Талаба томонидан мустақил ва ижодий иш сифатида тақдим этилган



Download 91,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana24.02.2022
Hajmi91,29 Kb.
#200692
  1   2   3
Bog'liq
mrtodlogiya



Kazus
Талаба томонидан мустақил ва ижодий иш сифатида тақдим этилган 
казуснинг ечими ва мантиқий саволнинг жавоби қуйидаги таркибий 
қисмлардан иборат бўлиши керак: кириш, асосий қисм ва хулоса. 
Намуна учун мантиқий савол:
“Агар “оммавий маданият” таҳдиди фақат четдан – Ғарбдан кириб 
келади, десак, қаттиқ адашамиз. Бу бало, афсуски, ўзимиздан, ўз орамиздан 
ҳам чиқиши мумкин. Мен бу гапларни осмондан олиб айтаётганим йўқ. 
Юртимизда нашр этилаётган айрим газета-журналлар, китобларни, суратга 
олинаётган баъзи клип ва киноларни, эфирга берилаётган қўшиқ ва рақсларни
кузатиб, соғлом фикрлайдиган ҳар қандай одам шундай хулосага келиши 
табиий...”.
Президент Ш.Мирзиёев томонидан айтилган юқоридаги фикрни 
изоҳлаб беринг.
Юқорида берилган мантиқий савол жавобини кириш, асосий қисм ва хулоса 
қисмларида қайси жиҳатларини ёритасиз. Мантиқий жавобнинг ҳар бир 
таркибий қисмига изоҳ бериб боринг.
Javob
Mamlakatimiz o’z taraqqiyot yo’lida dadil qadam tashlab, jahon 
hamjamiyatida o’z o’rniga ega bo’lib bormoqda. Ammo shuni ham tan olish 
kerakki, bugungi globallashuv jarayonida ‘‘ommaviy madaniyat’’ tushunchasi ham
hayotimizda paydo bo’ldi va uning yosh avlod ongini zaharlashdagi darajasi misli 
ko’rilmagan darajadadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev esa ‘‘ommaviy 
madaniyat’’ faqat g’arb dunyosidan kirib kelmayotganini, uni o’zimizning 
oramizdan ham chiqishi mumkinligiga to’xtalib o’tgan. Prezident bu fikr to’satdan 
paydo bo’lmaganini ta’kidlab, yurtimizda nashr etilayotgan ayrim gazeta va 
jurnallar, kitoblar, suratga olinayotgan ba’zi klip va kinolar, efirga berilayotgan 
qo’shiq va raqslarning saviyasi haqida keskin tanqidiy fikrlarni aytib o’tgan va 
sog’lom fikrlaydigan har qanday inson ularni ko’rib ‘‘ommaviy madaniyat’’ning 
o’z oramizdan ham chiqib kelishi mumkinligini tushuna olishini ta’kidlab o’tgan. 
Shuningdek, yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev bu boradagi eng kuchli va eng 
ta’sirchan qurol sifatida ma’naviyatni shunday e’tirof etadi:”Ma’naviyatli inson 
irodali, dunyoqarashi keng, tafakkuri boy bo’ladi va madaniyatli bo’ladi va aynan 
yuksak ma’naviyat ‘‘ommaviy madaniyat’’ga, buzg’unchi va vayronkor g’oyalarga
qarshi kuchli himoyadir’’
1
1
http//:journalist.uz


Endi yuqoridagi mantiqiy savolga javob berganda qanday shaklda javob 
yozilishiga to’xtaladigan bo’lsak,kirish qismida berilgan mantiqiy savolning asosiy
mohiyati,ya’ni muhokama etiladigan mavzu,muammoning muhim jihatlari va asl 
mohiyati aniqlab olinishi kerak.Kirish qismida o’rtaga qo’yilgan savolning mazkur
masaladagi davlat siyosati bilan bog’liq jihatlariga(agar ular bor bo’lsa) qisqacha 
to’xtalib o’tish o’rinli bo’ladi,zero,bu bilan savolning dolzarblik darajasi 
belgilanadi.Bunda ‘‘hammamizga ma’lumki’’ deb boshlanadigan umumiy 
gaplardan,tavsif-u ta’riflardan,yuzaki havoyi talqinlarni ishlatishdan saqlanish 
lozim.Shuningdek,gapni savol mohiyatidan uzoq tushunchalar haqida gapirishdan 
boshlash,ko’plab ta’riflar berishning hojati yo’q.Bundan tashqari,oddiy va hamma 
biladigan gaplar bilan javob hajmini ko’paytirishga urinish,huquqiy,ilmiy yoxud 
amaliy ahamiyatga ega bo’lmagan yuzaki mulohazalarga joy ajratish ham 
maqsadga muvofiq emas.
Javobning asosiy qismida mantiqiy savolda bayon etilayotgan, hal qilinishi 
talab qilinayotgan barcha muammoli vaziyatlarni aniqlashtirish hamda qonunchilik
normalari va maxsus adabiyotlar tahlili asosida mazkur muammo yechimiga 
tegishli manbalar, kerakli asosiy adabiyotlarni belgilash orqali o’z shaxsiy, 
mustaqil, asoslangan javobni ifoda qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Bunda 
mavjud muammolar yuzasidan o’z fikrini bildirish, yangi g’oya va takliflarni ilgari
surish o’rinli bo’ladi. Shuningdek, xorijiy va milliy olimlar, amaliyotchilar 
qarashlariga murojaat qilish imtihon bahosining yuqori bo’lishiga o’z ta’sirini 
ko’rsatadi. Bunda joylashtiriladigan ma’lumotlar asosli, hujjatli bo’lishini e’tiborga
olish kerak.
Shuningdek, “birinchidan…’’, “ikkinchidan…’’, “boshqa tomondan 
qaraganda…’’ kabi so’z va iboralarni o’z o’rnida qo’llash javobning mustaqil 
yozilganiga ishonchni oshiradi va ushbu so’zlarni qo’llash yaxshiroq samara beadi.
Xulosa qismida esa muammoli vaziyat yuzasidan kelib chiqqan natijalarni 
lo’nda va aniq bayon qilish, fikrlarni umumiy xulosalash kerak. Mavzuga doir 
bo’lmagan malumotlarni qo’llamaslik kerak. Shunindek, xulosa qismi matnni 
mantiqiy yakunlashi zarur.
Xulosa qiladigan bo’lsak, berilgan kazus yoki mantiqiy savol uchun yozilgan 
javob ishining kirish qismida muhokama qilayotgan mavzuning muhim jihatlari 
aniqlanishi kerak. Asosiy qismda esa kazus yoki mantiqiy savolda hal qilinishi 
talab etilayotgan muammoli holatlar aniqlanishi va kerakli qonunlar va 
adabiyotlarga asoslangan holda shaxsiy, mustaqil javob ifodalanishi kerak. Xulosa 
qismida esa muammoli vaziyat yuzasidan kelib chiqqan natijalar aniq va tushunarli
qilib ifodalangan, fikrlar umumiylashtirilgan, xulosa qilingan bo’lishi kerak



Download 91,29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish