Talab va taklifning o’zaro bog’liqligi. Bozor muvozanati va uning turlari



Download 1,25 Mb.
Sana31.12.2021
Hajmi1,25 Mb.
#221870
Bog'liq
2 5219738711914188394


Talab va taklifning o’zaro bog’liqligi. Bozor muvozanati va uning turlari.

  1. Bob

    1. Talab va taklif umumiy tushunchasi.

    2. Talab tushunchasi. Talab qonuni. Talab o’zgaruvchanligi. Ta’sir etuvchi omillar.

    3. Taklif tushunchasi. Taklif qonuni. Taklif o’zgaruvchanligi va unga ta’sir etuvchi omillar.

  1. Bob

    1. Talab va uning umumiy manbalari.

    2. Talab va taklif qonuninging nazariy asoslari.

    3. Talab va taklifning muvofiq kelishi. Xususiy va umumiy muvozanati. O’zbekistonda bozor muvozanatini ta’minlash.

Xulosa.

Kirish


Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan to‘g‘ri va izchil iqtisodiy siѐsat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Jumladan, O‘zbekistonda talab va taklifning o‘zaro mutanosibligi negizida milliy xo‘jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib, ma'muriybuyruqbozlik tizimdan meros bo‘lib qolgan bir tomonlamalik va inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiѐtning barqaror o‘sishi ta'minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiѐt va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Ma'naviy jabhada ham tub o‘zgarishlar qilinib, jamiyat a'zolarida milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi shakllandi. Bugungi kunda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiѐtni erkinlashtirish va modernizatsiyalash jaraѐnlari amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz I.Karimov 2013 yil yakunlariga bag‘ishlangan majlisdagi “2014 yil yuqori o‘sish sur'atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” deb nomlangan ma'ruzalarida “Biz bugun 2013 yilning yakunlari haqida gapirganda, avvalo, o‘tgan yilda mamlakatimizning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda mutanosiblikka erishgani, modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlanganini qayd etamiz.

Mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti 8 foizga o‘sdi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8,8 foizga, qishloq xo‘jaligi – 6,8 foizga, chakana savdo aylanmasi – 14,8 foizga oshdi. Inflyasiya darajasi prognoz ko‘rsatkichidan past bo‘ldi va 6,8 foizni tashkil etdi”1 deb, ta'kidlagan edi. Yuqoridagi iqtisodiy ko‘rsatgichlar talab va taklifning mutanosibligi negizida yuzaga kelganligi hammaga ma'lum.

Jamiyatda ro‘y beradigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ularning amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiѐtni bozor tamoyillari asosida isloh qilish jaraѐnlari mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni berishda «Iqtisodiy bilim asoslari» fanining roli beqiyosdir. Bugungi kunda ѐsh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ma'naviy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda. Zero birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganidek, “hozirgi davrda, xalqaro maydonda turli siyosiy manfaatlar to‘qnashayotgan murakkab bir sharoitda faqat o‘z fikri, o‘z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‘lgan xalq va jamiyat yengilmas kuchga aylanib, o‘z kelajagini o‘z qo‘li va aql-zakovati bilan qurishga qodir bo‘ladi”

Ayni paytda ilmiy-texnikaviy taraqqiѐti nafaqat ishlab chiqarishning ko‘p soni tarmoqlariga, balki madaniy, ijtimoiy gumanitar bilimlar, talim sohasiga ham zamonaviy texnalogiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Malumki, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” da “....o‘quv-tarbiyaviy jaraѐnni ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan taminlash”3 takidlanib, uzluksiz talim sifatini oshirish va takomilashtirishning ikkinchi va uchinchi bosqichlarda bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Shu ma'noda ayni paytda iqtisodiѐtni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy ta'limdagi islohotlarni chuqurlashtirish bilim olishga, iqtisodiѐtni sir-asrorlarini o‘rganishga bo‘lgan xarakatni, “Iqtisodiy bilim asoslari” fanini chuqur o‘rganishga talablarni yanada kuchaytirdi. Iqtisodiѐtni modernizatsiyalash sharoitida haѐtimizda talab, taklif, bozor

iqtisodiѐti, bozor muvozanati, kichik biznes, tadbirkorlik, narxlarni erkinlashtirish, marketing, menejment kabi iqtisodiy tushunchalar tez-tez duch kelmoqdamiz. Ya'ni, barcha sohalarda mazkur tushunchalarni amal qilmoqda. Shu ma'noda, mazkur tushunchalarning mazmuni va mohiyatini uzluksiz ta'limda o‘quvchi-talabalar ongiga sindirish bugungi hozirgi zamon iqtisochio‘qituvchilari oldida turgan asosiy vazifalar qatoriga kirmoqda. Shu bilan birga o‘quvchi talabalar ongida iqtisodiѐtdagi tarkibiy o‘zgarishlar, makroiqtisodiy ko‘rsatgichlarni tahlil qilish, iqtisodiy mashohada qilish ko‘nikmalarini shakllantirish iqtisodiy ta'limdagi asosiy muammolar sirasiga kiradi.

Ehtiyoj kishilarning hayotiy vositalariga bo‘lgan zaruriyatini ifodalovchi ilmiy kategoriya sifatida taraqqiѐtning hamma bosqichlari uchun umumiy va doimiydir. Uning bozor iqtisodiѐti sharoitidagi tarixiy ko‘rinishi talab tushunchasidir. Talab ehtiѐjdan farq qilib, mustaqil iqtisodiy kategoriya (ilmiy tushuncha) sifatida amal qiladi. Ehtiyojning faqat pul bilan ta'minlangan qismi talabga aylanadi. Demak, talab – bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiyoj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi. Talabning bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi, chunki narx o‘zgarishi bilan tovarning sotib olinadigan miqdori ham o‘zgaradi. Shu bog‘liqlikdan kelib chiqib, talabga quyidagicha ta'rif berish mumkin: ma'lum vaqt oralig‘ida, narxlarning mavjud darajasida iste'molchilarning tovar va xizmatlar ma'lum turlarini sotib olishga qodir bo‘lgan ehtiѐji talab deyiladi. Talablar turlicha bo‘lib, odatda bir xil tovar ѐki xizmatlarga bo‘lgan talabning ikki turi farq qilinadi: yakka talab va bozor talabi. Har bir iste'molchining, ya'ni alohida shaxs, oila, korxona, firmaning tovarning shu turiga bo‘lgan talabi yakka talab deyiladi. Bir qancha (ko‘pchilik) iste'molchilarning shu turdagi tovar ѐki xizmatga bo‘lgan talablari yig‘indisi bozor talabi deyiladi. Yakka talab ham, bozor talabi ham miqdor jihatdan aniqlanadi. Lekin bu miqdor har doim ham bir xil bo‘lib turmaydi, balki o‘zgaruvchan bo‘ladi. Talab miqdorining o‘zgarishiga bir qancha omillar ta'sir qiladi. Ularning ichida eng ko‘p ta'sir qiladigan omil narx omilidir. Narx va sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bo‘ladigan bog‘liqlikni quyidagi 1-jadval ma'lumotlari asosida qarab chiqamiz.


  1. Talab va taklif umumiy tushunchasi.

Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik.

1-jadval

Bir kg un narxi (sum)

1 oy davomida unga bulgan yakka talab mikdori (kg)

1 oy davomida unga bulgan bozor talabi mikdori (t)

350

300


250

200


150

10

20

30



50

60


1,0

2,0


3,0

5,0


6,0

Jadval ma'lumotlari tovar narxining pasayishi sotib olinadigan tovar miqdorining o‘sishiga va aksincha, narxning o‘sishi talab miqdorining kamayishiga olib kelishini ko‘rsatadi. Mahsulot narxi va sotib olinadigan tovar miqdori o‘zgarishi o‘rtasida bo‘ladigan teskari ѐki qarama-qarshi bog‘liqlik talab qonuni deyiladi. Tovar narxi va uning xarid qilinadigan miqdori (talabning) o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni oddiy ikki o‘lchamli grafikda ham tasvirlash mumkin: ѐtiq chiziq talab miqdorini, tik chiziq narxni ko‘rsatadi

P

D

1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q



1-chizma. Talab egri chizig‘i

Grafikdagi DD chiziq narx va talab hajmi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni tasviriy aks ettiradi. Grafikdagi har bir nuqta tovarning aniq narxi va iste'molchi shu narxda sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar miqdorini ko‘rsatadi. Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi. Talab miqdoriga narxdan tashqari ta'sir qiluvchi omillar. Talab hajmining o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi.

Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta'sir ko‘rsatadi:

1) iste'molchining didi;

2) bozordagi iste'molchilar soni;

3) iste'molchining daromadlari;

4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;

5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.

Bu omillarning o‘zgarishi talab hajmining o‘zgarishiga qanday ta'sir ko‘rsatishini qarab chiqamiz.

1. Biror mahsulotga iste'molchi dididagi ijobiy o‘zgarish ro‘y bersa, narxning tegishli darajasida unga bo‘lgan talab ortadi. Iste'molchi didiga salbiy ta'sir ko‘rsatadigan holatlar talabning qisqarishiga olib keladi.

2. O‘z-o‘zidan aniqki, bozorda iste'molchilar soni ko‘paysa, talab ortadi, iste'molchilarning soni kamaysa, talab qisqaradi. Masalan, aloqa vositalarining takomillashuvi xalqaro moliyaviy bozor doirasini, undagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdi jaraѐnlarida ishtirok etuvchilar sonini mislsiz kengaytiradi hamda aksiya va obligatsiya kabi moliyaviy aktivlarga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib keladi. Tug‘ilish darajasining pasayishi bolalar bog‘chasi va maktabga bo‘lgan talabni kamaytiradi. Pul daromadi o‘zgarishining talab hajmiga ta'siri boshqa omillarga qaraganda ancha murakkab. Pul daromadining ortishi juda ko‘p tovarlarga talabni nisbatan oshiradi, daromadning kamayishi esa bunday tovarlarga talabni kamaytiradi. Daromad oshsa, uning o‘sishiga qarab iste'molchilar aksariyat hollarda narxi yuqori bo‘lsada, ko‘proq sifatli tovarlarni xarid qilishga harakat qilishadi. Bunda ular non, kartoshka, karam kabi mahsulotlarni kamroq sotib olishlari mumkin. Chunki ortiqcha daromad ularga ancha yuqori oqsil tarkibiga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari, masalan, go‘sht va sut mahsulotlari xarid qilish imkonini beradi. Daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori to‘g‘ri bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar oliy toifali tovarlar deyiladi. Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar past toifali tovarlar deyiladi. Iste'molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engel (1821-1896) tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Shunga ko‘ra, iste'molchi daromadi bilan u tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik Engel qonuni deyiladi. Bu qonnunning amal qilishini Engel egri chizig‘i orqali ifodalash mumkin (2-chizma). Oliy toifali ѐki normal tovarlar uchun Engel egri chizig‘i o‘suvchan ko‘rinishida bo‘ladi. Haqiqatan ham, aholi daromadlari o‘sib borishi bilan bu turdagi tovarlar ko‘proq xarid qilinadi. Past toifali tovarlar uchun Engel egri chizig‘i pasayuvchan ko‘rinishda bo‘lib, daromadlar oshib borishi bilan iste'molchilar ularni kamroq miqdorda sotib oladilar. Agar tovarning iste'moli daromad darajasiga bog‘liq bo‘lmasa, u holda Engel egri chizig‘i tik holda bo‘ladi. Chizmadan ko‘rinadiki, iste'molchining bir oylik daromadi 10 ming so‘mdan 20 ming so‘mga oshganda, u sotib olgan mahsulot miqdori 1 donadan 2 donaga, 20 ming so‘mdan 30 ming so‘mga oshganda 2 donadan 4 donaga oshmoqda. Daromadlarning keyingi o‘sishi bilan tovarlar sotib olish hajmining o‘sishi sekinlamoqda: 30 ming so‘mdan 40 ming so‘mgacha – 4 donadan 6 donagacha, 40 ming so‘mdan 50 ming so‘mgacha – 6 donadan 7 donagacha. Daromadning bundan yuqori darajalarida esa sotib olish hajmining o‘sishi butunlay to‘xtagan (daromadning 60 ming so‘m va undan yuqori darajalarida mazkur tovarning 7 donasi sotib olinmoqda)

100

90

80



70

60

50

40

30

20

10

0 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Tovar miqdori,dona.



2-chizma. Engel egri chizig‘i.

Engel egri chizig‘i iste'molchilar pul daromadlari o‘zgarishining talabga qanday ta'sir qilishi to‘g‘risida axborot beradi. Bu axborot tovar ishlab chiqaruvchilar uchun o‘z tovarlarining mumkin bo‘lgan sotish hajmi va bozorkon'yunkturasini baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. 3.O‘zaro bog‘liq tovarlar narxi o‘zgarishining talabga ta'sirini o‘rganishda ularni ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi:

1) o‘zaro bir-birini almashtiruvchi yoki o‘rinbosar tovarlar;

2) o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar.O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi. Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi. O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar avtomobilning narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha, avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi. 5. Kelgusida iste'molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va tovarlar miqdorining yetarli bo‘lishi ѐki bo‘lmasligi kabi omillar talab hajmini o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi, iste'molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan joriy talab hajmining qisqarishiga sabab bo‘ladi. Ma'lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi ѐki sotuvchilar tomonidan ma'lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan.Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi.Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilaѐtgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi

2. Taklif tushunchasi. Taklif miqdoriga ta'sir qiluvchi omillar. Taklif qonuni

Ma'lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqaruvchi ѐki sotuvchilar tomonidan ma'lum turdagi tovar va xizmatlarning bozorga chiqarilgan miqdori taklif deyiladi. Narx o‘zgarishi bilan sotishga chiqariladigan mahsulot miqdori ham o‘zgarishi sababli talab kabi taklifning ham bir qator muqobil variantlari mavjud bo‘ladi. Alohida ishlab chiqaruvchi hamda bozor taklifini ifodalovchi misol 5-jadvalda ko‘rsatilgan. Taklif narxlarning turli darajasida qancha miqdordagi mahsulotning sotishga chiqarilishini ko‘rsatadi. Narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi. Narxning o‘zgarishi bilan taklif etilaѐtgan tovar miqdorining to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi taklif qonuni deyiladi. Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlik

2-Jadval

1 kg un narxi (so‘m)

1 oy davomida unning yakka

taklifi miqdori (kg)



1 oy davomida unning

bozor taklifi miqdori (tn)



350

300


250

200


150

60

50

30



20

10


6,0

5,0


3,0

2,0


1,0

Iste'molchi uchun narxning oshishi to‘siq rolini o‘ynasa, ishlab chiqaruvchi uchun rag‘batlantirish vazifasini bajaradi. Narx darajasi va taklif miqdori o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni ko‘rsatuvchi ma'lumotlarni grafikda ifodalab, taklif egri chizig‘ini tasvirlash mumkin (3-chizma)

P, so’m

350 S

300


250

200


150 S

100


50

0 1,0 2,0 3,0 4,0 5,0 6,0 Q,tonna

3-chizma. Taklif egri chizig’i.

Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta'sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:

1) resurslarning narxi;

2) ishlab chiqarish texnologiyasi;

3) soliq va subsidiyalar;

4) boshqa tovarlarning narxi;

5) narx o‘zgarishining kutilishi;

6) bozordagi sotuvchilar soni.

Mazkur omillardan bir ѐki bir nechtasining o‘zgarishi taklif hajmining o‘zgarishini taqozo qiladi. Taklifga ta'sir qiluvchi omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.

1. Resurslarning narxi. Ishlab chiqarish xarajatlari va taklif o‘rtasida mustahkam o‘zaro bog‘liqlik mavjud. Resurs narxlarining pasayishi ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va taklifni oshiradi. Aksincha, resurslarga narxning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, mineral o‘g‘itlar narxining pasayishi bug‘doy taklifini oshiradi, ѐmg‘irlatib sug‘orish xarajatlarining oshishi makkajo‘xori doni taklifini qisqartiradi.

2. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologic usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.

3. Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish ѐki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.

4. Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi.

5. Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

6. Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi. Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta'sir ko‘rsatadi. Masalan,uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ishlab chiqarish jaraѐnining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish ѐki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi. Mamlakatimizda mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi 2013 yilda oldingi yilga nisbatan 1,2 barobar o‘sgan bo‘lsa, so‘nggi 3yilda qariyb ikki barobar oshdi. Natijada 2013 yilda 1282 yangi ish o‘rinlari yaratilib, import o‘rnini bosish samaradorligi 5,3 mlrd. doll.ni tashkil etdi.

Biz yuqorida turli omillar ta'sirida talab va taklif miqdorining o‘zgarib turishini ko‘rdik. Lekin talab bilan taklif miqdorlari bir-birlari bilan doimo ma'lum nisbatda bo‘ladi, bu nisbatlar o‘zgarib turadi. Ba'zan talab miqdori taklif miqdoridan oshib ketib, narx ko‘tirilsa, ayrim paytda taklif miqdori talab miqdoridan oshib ketib, narx pasayib qoladi. Talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-biriga teng bo‘lgan holat bozor muvozanati deyiladi. Bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx bozor narxi deyiladi. Ba'zan uni muvozanatlashgan narx ham deb yuritiladi. Bozor muvozanati va muvozanatli narx har doim mavjud bo‘lib turmaydi, ularga ta'sir qiluvchi ko‘plab omillar muvozanatlikning buzilishiga sabab bo‘ladi. Ammo iqtisodiyotda ushbu muvozanatga doimo intilish mavjud bo‘ladi. 2013 yil Ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so‘m Eksport hajmi, mln. doll. Import o‘rnini bosish samarasi, mln. doll.**15 Talab va taklif tushunchalari tahlili, bizga sotuvchi va xaridorlar manfaatlari mos kelishini qarab chiqishga o‘tish imkonini beradi. Mos kelishlik o‘z ifodasini muvozanatli narxda topadi. Oldingi bandlarda ko‘rib chiqilgan talab va taklif egri chiziqlarini bitta grafikka joylashtirib bozor muvozanatli nuqtasini hosil qilamiz Tb=Tf=Nm=Mm, bu yerda: Tb - talab, Tf - taklif, Nm - muvozanatli narx, Mm – tovarning muvozanatli miqdori. [ 23, 24] Grafikda ye nuqatga muvozanatli narx (Nm) va mahsulotning muozanatli miqdori (Mm) mos keladi. Ya'ni, narx 250 so‘m bo‘lganda, xaridorlar mazkur tovar (un) dan 3 tonna sotib olishga, sotuvchilar esa 3 tonna unni bozorga chiqarishiga tayѐr bo‘ladi. 200 so‘mlik narxda sotuvchilar va xaridorlar ahvoli butunlay o‘zgaradi: sotuvchilar faqat 2 tonna unni sotishga, xaridorlar esa 5 tonna sotib olishga tayѐr bo‘ladi va hokazo.



Grafikda narxning 350 so‘m darajasidagi bozor holati tovarlar ortiqcha ishlab chiqarilishini ko‘rsatadi va to‘yingan bozorni ifodalaydi. Aksincha, 150 so‘m darajasidagi bozor holatida tovar taqchilligi (defitsit) vujudga keladi va taqchil tovar bozorini tavsiflaydi. Muvozanatli narxni tushunib olish uchun vaqt omili katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu sababli bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning o‘zgarmas ѐki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanatlikni, ishlab chiqarish va taklifni vaqtinchalik amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi. Bunday vaqtinchalik omillarga ish vaqtidan tashqari, dam olish va bayram kunlari ishlash, ish smenasini ko‘paytirishlar kiradi. Uzoq davrli muvozanatlik o‘zgarishi uzoq muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bunda ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan bog‘liq investitsiyalar haqida gap boradi. Bu davrda yangi korxonalarni qurish hamda mazkur bozorda yangi korxonalarning paydo bo‘lishi ham mumkin bo‘ladi. Iste'molchining tovar narxlarining o‘zgarishiga sezgirlik darajasini aniqlashda narxli egiluvchanlik tushunchasidan foydalaniladi. Ayrim mahsulotlar narxidagi uncha sezilarli bo‘lmagan o‘zgarishlar sotib olinadigan mahsulot miqdorida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bunday mahsulotlarga talab nisbatan egiluvchan deyiladi. Boshqa xil mahsulotlar narxidagi sezilarli o‘zgarish xarid miqdorida faqat katta bo‘lmagan o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Talab hajmiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib talabning egiluvchanligi deb ataladi.



Q

ЭT= ,



P

Bu yerda:



Q-talab miqdorining foizli o’zgarishi;

P-narxlarning foizli o’zgarishi.

Mahsulotlarning o‘rnini bosuvchanligi. Iste'molchiga biror mahsulotning o‘rnini bosuvchi boshqa mahsulotlar ko‘proq tavsiya qilinsa, unga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, sof raqobatli bozorda taklif qilinadigan mahsulotlarning juda ko‘p o‘rnini bosuvchilari mavjud bo‘ladi, shu sababli har bir alohida sotuvchi mahsulotlariga talab butunlay egiluvchan bo‘ladi.

2. Mahsulot qiymati (narxi)ning iste'molchi daromadidagi salmog‘i. Iste'molchi daromadida mahsulotlar narxi qanchalik kata o‘rinni egallasa, unga talab shuncha yuqori egiluvchan bo‘ladi. Masalan, daftar ѐki qalam narxining 10 foizga o‘sishi bir necha so‘mni tashkil qiladi va bu talab bildirgan mahsulot miqdorida juda kam o‘zgarish bo‘lishiga olib keladi. Shu bilan birga, avtomobil ѐki uy narxining 10 foizga o‘sishi mos ravishda 0,5 ѐki 1,5 mln. so‘mni tashkil qiladi. Narxlarning bunday oshishi juda ko‘p oilalar bir necha yillik daromadining kata qismini tashkil qiladi va, aytish mumkinki, bu sotib olinadigan mahsulot miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.

3. Mahsulotlarning iste'mol xususiyatlari. Zeb-ziynat buyumlariga talab odatda egiluvchan, haѐtiy zarur buyumlarga esa talab noegiluvchan hisoblanadi. Masalan, non va elektr energiyasi zaruriy iste'mol buyumlari hisoblanadi, shu sababli ular narxining oshishi non ѐki elektr energiyasini iste'mol qilishning keskin kamayishiga olib kelmaydi. Boshqa tomondan zeb-ziynat buyumlariga narxlar oshganda ularni osonlik bilan iste'moldan chiqarib tashlash mumkin.

4. Vaqt omili. Qaror qabul qilish uchun vaqt oralig‘i qancha uzoq bo‘lsa, mahsulotga talab shuncha egiluvchan bo‘ladi. Masalan, agar mol go‘shtining narxi 10%ga ko‘tarilsa, iste'molchi uni xarid qilishni birdaniga qisqartirmasligi mumkin. Lekin bir qancha vaqt o‘tishi bilan u o‘zining moyilligini tovuq go‘shti yoki baliqqa o‘tkazishi mumkin.

Shuningdek, daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ham mavjud. Daromadlar

ko‘payishi bilan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshadi. Bundan ko‘rinadiki, daromad talabga ta'sir ko‘rsatadi. Bu ta'sir darajasini aniqlash uchun daromad bo‘yicha talab egiluvchanligi ko‘rsatkichidan foydalaniladi. Iste'molchi daromadining 1% ga o‘zgarishi talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich talabning daromad bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi va quyidagi formula ѐrdamida aniqlanadi:

Taklif hajmiga ta'sir qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda, narxning 1%ga o‘zgarishi taklifning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich taklifning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi deyiladi. Bu ko‘rsatkich ko‘pincha oddiy qilib taklifning egiluvchanligi deb ham ataladi.


Taklif egiluvchanligiga ta'sir ko‘rsatuvchi muhim omil, mahsulotga narxning mavjud o‘zgarishini hisobga olish uchun zarur bo‘lgan vaqt oralig‘i hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchi narxning mavjud o‘zgarishiga moslashish uchun qanchalik uzoqroq vaqtga ega bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi shunchalik katta o‘zgaradi va shunga mos ravishda taklifning egiluvchanligi ham yuqori bo‘ladi. Biz yuqorida vaqt omilining juda qisqa, qisqaroq va uzoq muddatli davrlaridagi taklifning o‘zgarishiga ta'sirini tahlil qilib bergan edik. Bu ta'sir taklifning egiluvchanligida ham o‘z ahamiyatini saqlab qoladi. O‘tgan 2013 yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‘rin olgan muhim choralar va tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiѐtimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlandi.

Rasmdan ko’rinadiki, mamlakatimizda YaIMning o‘sish sur'atlari barqaror tarzda bormoqda. Agar o‘rtacha o‘sish sur'atlari 2000-2003 yillarda 4 foizdan, 2004-2006 yillarda 7,3 foizdan, 2007-2008 yillarda esa 9,2 foizdan yuqori darajada kuzatilgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich keyingi besh yil davomida 8,2 foizdan yuqori bo‘lmoqda. Albatta, bu o‘rinda dunѐdagi murakkab vaziyat – jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ro‘y berishi, uning jahondagi barcha mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston iqtisodiѐtiga ham salbiy ta'sirini e'tibordan chetda qoldirmaslik kerak. Chunki, mamlakatimizda chuqur o‘ylangan holda ishlab chiqilgan hamda izchil ravishda olib borilaѐtgan samarali iqtisodiy siѐsat global inqirozning iqtisodiѐtimizga salbiy ta'sirini ahamiyatli darajada “yumshatib”, shunday murakkab sharoitda ham YaIMning yuqori va barqaror o‘sish sur'atlarini saqlanib qolishini ta'minladi. Shunga ko‘ra, agar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ro‘y bermaganida O‘zbekistondagi o‘sish sur'atlari yanada yuksakroq bo‘lardi, deyishga yetarli asos bor. Demak, yuqoridagi holatlar O‘zbekistonda talab va taklif mutanosibligi negizida yuzaga kelganligini ko‘rish mumkin. 2013 yil yakuni bo‘yicha iste'mol baholari indeksi asosida hisoblanadigan inflyasiya darajasi 2012 yilga nisbatan 0,2 foiz bandga pasayib, 6,8 foizni tashkil etdi. Bunda iste'mol baholari indeksining o‘sishi asosan nomonetar omillar hisobiga yuz berdi. Jumladan, o‘tgan yilda oziq-ovqat mahsulotlarining narxi 3,9 foizga o‘sib, uning inflyasiyaga ta'siri 2,0 foizni, nooziq-ovqat mahsulotlari narxi 7,4 foizga o‘sib, inflyasiya darajasiga ta'siri 2,1 foizni tashkil etdi. Xizmatlar narxi esa 13,8 foizga o‘sib, iste'mol baholari indeksiga ta'siri 2,6 foizni tashkil qildi (3-rasm)



3-rasm. O’zbekistonda 2013 yilda narxlar o’zgarishining inflatsiya ta’siri, foizi.

Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘tgan yilda mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim choratadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi mutanosiblik kuchayib, iqtisodiѐtimiz modernizatsiya va diversifikatsiya hisobidan yuqori sur'atlar bilan rivojlanishiga erishildi.


2013 yilda pul-kredit sohasidagi vaziyat va monetar siѐsatning 2014 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari. - http://www.cbu.uz – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.


Birinchidan, bozor iqtisodiѐtining amal qilishida talab va taklif qonunlari muhim o‘rin tutadi. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni aniqlab beradi.

Ikkinchidan, talab – bu pul bilan ta'minlangan ehtiyojdir. Ehtiѐj zarur miqdordagi pul bilan ta'minlanmasa, u «xohish», «istak» bo‘lib qolaveradi.

Uchinchidan, talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta'sirko‘rsatadi: iste'molchining didi; bozordagi iste'molchilar soni; iste'molchining daromadlari; bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi; kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.

To‘rtinchidan, narxning oshishi bilan shunga mos ravishda sotishga chiqariladigan tovarlar taklifi miqdori ham ortadi, narxning tushishi bilan taklif hajmi qisqaradi.

Beshinchidan, taklifga ta'sir qiluvchi omillar quyidagilardan iborat: resurslarning narxi, ishlab chiqarish texnologiyasi, soliqlar va subsidiyalar darajasi, boshqa tovar narxi, narx o‘zgarishining kutilishi, ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni.

Oltinchidan, talab va taklif o‘rtasida muvozanat yuzaga kelsa, bozor muvozanati ta'minlanadi va bu holat sotuvchi va iste'molchini qanoatlantiradi.

Talab va uning umumiy manbalari.

«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning ikkinchi sifat bosqichi amalga oshirilaѐtgan hozirgi tub o‘zgarishlar davrida oliy ta'limda chuqur izlanishlar, islohatlar, ilg‘or texnologiyalardan foydalanish hamda bu sohalarda tadqiqotlar keng ko‘lamda olib borilmoqda. O‘qitish jarayonida ta'lim sifatini oshirishda darslarni savol javob tarzida o‘tkazish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish, yuqori ilmiy pedagogik saviyada darsni tashkil etish, muammoli ma'ruzalar o‘qish, mustaqil ishlashga, ijodiy fikrlashga, ilmiy izlanishga jalb etish kabi tadbirlar alohida o‘rinni egallaydi.
Tarvuzga bo‘lgan talab 100 dona bo‘lganda har bir tarvuz narxi 21 so‘mni tashkil qiladi. 160 dona bo‘lganda bir dona tarvuz 19 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastiklik koeffitsientini hisoblang?
2. Kalishga bo‘lgan talab 150 dona bo‘lganda, har bir poy kalish narxi 40 so‘mni tashkil qilsin, talab 250 dona bo‘lganda bir poy kalish narxi 37 so‘m bo‘lsin. Yoysimon elastik koeffitsientini hisoblang?
3. Talab va taklifning narxga bog‘liqligi. Mazkur mavzuni tushuintirish davomida quyidagi ko‘rgazmali materiallardan, Klaster texnologiyasidan foydalanildi:

Talabning turkumlanishi.



Narx va sotib olinadigan tovar miqdori o’rtasidagi bog’liqlik.

5-jadval.



6-chizma. Talab egri chizig’i.



7-chizma. Taklif egri chizig’i.



8-chizma. Muvozanatli narx.



Klaster misoli.



“Talab va taklif nazariyasi. Bozor muvozanati” mavzusidan mashg’ulotni tashkil etishdan oldin talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichlari

6 -jadval

Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi talabalardan barcha savolga olingan javoblar yuqori - 20 %, o‘rta 16 %, quyi 64% bo‘lgan bo‘lsa, nazorat guruhida yuqori 24 %, o‘rta 12 %, quyi 64 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblar nazorat guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblarga nisbatan deyarli bir xil. Endi “Talab va taklif. Bozor muvozanati” mavzusini aniqlashtirilgan differensial texnologiya asosida dars o‘tilgandan so‘ng olingan natijalarni quyidagi 7-jadvalda keltiramiz.


“Talab va taklif. Bozor muvozanati” mavzusini aniqlashtirilgan texnologiya asosida dars o’tilgandan so’ng olingan natijalar.

7-jadval.



Jadval ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi talabalardan har uchchala savolga olingan javoblar yuqori 60 %, o‘rta 32 %, quyi 8 % bo‘lgan bo‘lsa, nazorat guruhida yuqori 48 %, o‘rta 32 %, quyi 20 % ni tashkil etgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, tajriba sinov guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblar nazorat guruhidagi ma'ruza mashg‘ulotida olingan javoblarga nisbatan yuqori.

Xulosa

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” o‘zining bir qator ustivor xususiyatlari va afzalliklari bilan iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoiti talablariga javob beradigan zamonaviy yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Dasturda ko‘zda tutilgan tadbirlarning barchasi to‘laligicha amalga oshirilib bo‘linsada, u holda mamlakatimiz mavqeyini nafaqat mintaqada, balki butun dunyo hamjamiyatida ko‘tarilishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shaligan yetuk malakali mutaxassislar, shu jumladan iqtisodchi va iqtisodchi o‘qituvchi mutaxassislar yetishib chiqadi. Biroq, hozirgi kunda, yuqori malakali iqtisodchi mutaxassislarni tayyorlash tizimida bir qator muammo va kamchiliklar mavjud bo‘lib, ular bevosita tizimni zamon talablari darajasida rivojlanishiga to‘sqinlik qilmoqda. Bular quyida o‘z ifodasini topgan:



Birinchidan, mutaxassislar tayѐrlash tizimi yuqori malakali professor o‘qituvchilar bilan yetarli darajada ta'minlanmagan.

Ikkinchidan, ta'lim sohasi ko‘proq nazariylashib ketmoqda, ya'ni kadrlar tayѐrlash milliy modelida nazarda tutilgan fan va ishlab chiqarish o‘rtasida bog‘liqlik mustahkam emas.

Uchinchidan, ta'lim sohasi yetarli axborot texnologiyalari bilan qurollanmagan, ya'ni ta'minlanmagan.

To‘rtinchidan, davlat tilidagi o‘quv uslubiy majmualar yetarli hajmda emas.

Beshinchidan, mutaxassislarni tayѐrlashda ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanish hollari sust amalga oshirilmoqda.

Oltinchidan, iqtisodiy ta'limda innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish muammolari mavjud.

Yettinchidan, mutaxassis tayѐrdashda xalqaro hamkorlik ishlari talab darajasida emas. Bu kabi muammolarni hal etilishi bevosita mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mutaxassislar tayyorlash uchun katta imkoniyat yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI

1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘rta maxsus kasb hunar ta'limi me'ѐriy hujjatlar to‘plami. Toshkent “Sharq” 2001 yil.

2. Kadrlar tayѐrlash milliy dasturi. O‘rta maxsus kasb hunar ta'limi me'yoriy hujjatlar to‘plami. Toshkent “Sharq” 2001 yil.

3. Karimov I.A. 2014 yil yuqori o‘sish sur'atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi. - T.: O‘zbekiston, 2014.- 36 b.

4. Karimov I.A. “Bosh maqsadimiz-keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat'iyat bilan davom ettirish”. 2012 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2013 yilgi iqtisodiy dasturning asosiy ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan ma'ruzasi. Ishonch gazetasi. 2013 yil 19 yanvar.

5. Karimov I.A. “2012 – yil Vatanimiz taraqqiѐtini yangi bosqichga ko‘taradigan yil bo‘ladi”. 2011 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2012 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zR VMning majlisidagi ma'ruza. "Xalq so‘zi”, № 14, 20.01.2012.

6. Sh.Shodmonov. Iqtisodiѐt nazariyasi. T.: “Fan va texnologiyalar” 2009 yil.

7. Shodmonov Sh. G‘ofurov U. Iqtisodiѐt nazariyasi. – T.: Iqtisodiѐt, 2010.

8. Shodmonov Sh., Alimov R. Iqtisodiѐt nazariyasi. – T.: Moliya, 2003.

9. Sharifxujaev M. Bozor iqtisodiѐti nazariyasi va amaliѐti. T. “O‘qituvchi”, 2000.

10. P. Xeyne. Ekonomicheskiy obraz mыshleniya. M. “Novosti” 1991.

11. J.Yo‘ldoshev, S. Xasanov. Pedagogik texnologiyalar. Toshkent “Iqtisod-moliya” 2009.

12. Yo‘ldoshev J., Hasanov S.. Pedagogik texnologiyalar. T. “IqtisodMoliya”, 2009 y.

13. Tojiboeva D.. Iqtisodiy pedagogika. T. “Fan va texnologiya”, 2008.

14. Tojiboeva D.. Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi. T. “Fan va texnologiya”, 2007

15. Tojiboeva D. Iqtisodiѐt nazariyasi fanini o‘qitish metodikasi. T. “Fan va texnologiya”, 2005

16. Tolipov O‘, Usmonboeva O‘.. Pedagogik texnologiya: naziѐt va amaliѐt. T. “Fan”, 2005.

www.worldtax.org , www.worldwide-tax.com

www.taxworld.org, www.worldtax.org

www.aif.ru., www.krotov.info

www.gumer.info



www.gumannaja-pedagogika.ru

www.koob.ru/pedagogics/
Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish