Tadbirning borishi



Download 67,69 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi67,69 Kb.
#16590
gerb+bayroq

Samarqand tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi tasarrufidagi 20-umumiy o’rta ta’lim maktabi 3-“A” sinf o’quvchilarining Alisher Navoiy tavalludinig 574 yilligiga bag’ishlab “Buyuk zotga ta’zim” tadbirining

D A S T U R I

2014-2015 o’quv yili

TADBIRNING BORISHI

Maktab zali chiroyli qilib bezatiladi. Devorga Alisher Navoiy rasmi osilib, uning atrofida shoirning sarlari haqida ma’lumotlar joylashtiriladi. O’quvchilar tomonidan Navoiy ijodiga bag’ishlab chizilgan rasmlar ham osib qo’yiladi. Musiqa sadolari ostida sahnaga boshlovchilar va tadbir ishtirokchilari chiqishadi.



- O’qituvci: -Assalomu alaykum, aziz ustozlar, hurmatli ota-onalar, maktabimizga tashrif buyurgan qadrli mehmonlar! Bugun Benazir inson, buyuk alloma va daho ijodkor Alisher Navoiy bobomizning 574 yillik yoshini nishonlayapmiz. Shu munosabat bilan o’tkazilayotgan “Buyuk zotga ta’zim” deb nomlangan tadbirkechamizga xush kelibsiz!

(M.Mirzo sheri D.Omonullayev musiqasiga bastalangan “Aziz bo’ston – O’zbekiston” qo’shig’i o’quvchilar jo’rligida ijro etiladi va tadbir boshlanadi)

1 - boshlovchi:

Biz o’zbek yoshlari, so’z naqqoshlari,

Bu qadim turonning tillaqoshlari,

Gohida tinch daryo, goh beboshlari

Hatto maysangga ham titroq bo’lamiz,

Vatan, biz To’maris, Shiroq bo’lamiz.



2 - boshlovchi:

To’rt faslning ham gulzor, boychechak fasli,

To’rt faslning ham Vatan, bizniki asli,

Barkamol avlodning barkamol nasli,

Tog’larni yiqitar bilak bo’lamiz!

Vatan, sen deb urgan yurak bo’lamiz!



(Musiqa sadolari ostida Alisher Navoiy surati slayd orqali ko’rsatiladi)

  1. boshlovchi:

Besh asrkim, nazmiy saroyni

Titratadi zanjirband bir sher.

Temur tig’i yetmagan joyni

Qalam bilan oldi Alisher.



  • Buyuk bobomiz Alisher Navoiy chindan ham insoniyat tarixida so’z mulkining sultoni degan nom bilan muhrlangan. Ul zot 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida dunyoga kelgan. Yoshligidan kitobga mehr qo’yib, odobli va zehnli bo’lib ulg’aygan. Ko’plab g’azallar, dostonlar va ruboiylar yozgan. Bolaligidanoq Fariduddin Attorning butun boshli “Mantiq ut-tayr” asarini yodlab, iqtidori bilan ko’pchilikni lol qoldirgan.

2-boshlovchi: - Keling, endi navbatni o’rtoqlarimizga bersak, ular buyuk shoir ijodidan yod olgan g’azal va ruboiylarini aytib beradilar.

(Bir necha o’quvchi sahnaga chiqib, Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va g’azallar, hikmatli so’zlar aytadilar)

1 – o’quvchi: Jism bo’stonig’a shajar so’zdur,

Ruh shjorig’a samar so’zdur.



2 – o’quvchi: G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas

emish,


El anga shafiq-u mehribon bo’lmas

emish,


Oltun qafas ichra gar qizil gul butsa,

Bulbulg’a tikondek oshyon bo’lmas

emish.

3 – o’quvchi: Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz.

4 - o’quvchi: Boshni fido ayla ato qoshig’a,

Jismni qil sadqa ano boshig’a.

Tun-kuningga aylagali nurposh,

Birisin oy ayla, birisin quyosh.

So’zlaridan chekma qalam tashqari,

Xatlaridan qo’yma qadam tashqari.



5 - o’quvchi: Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim.

6 - o’quvchi: Oz-oz o’rganib dono bo’lur,

Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.



(Qizlar ijrosida “Xorazmcha” raqs)

1-boshlovchi: - Bobomiz Alisher Navoiy o’zbek tili asoschisidir, to’g’rimi o’rtoqjon?

2-boshlovchi: - Ha, albatta. Endi navbat o’quvchilar tomonidan tayyorlangan “Mir Alisher va xasta odam” deb nomlangan sahna ko’rinishiga. Marhamat.

(“El desa Navoiyni” kitobidan).

Sahna to’rida Mir Alisher Navoiy kitob mutolaa qilib o’tirganda, unig oldiga biro dam kelib, salomatligi yomonligidan shikoyat qiladi:



  • Mavlono Mir Alisher, siz ko’pni ko’rgan, dono odamsiz, shoirsiz, adolatparvar amirsiz, ammo tabiblikdan xabaringiz yo’qligi juda yomon-da.



Mir Alisher Navoiy: - Qayeringiz og’ruydi?

Bemor odam: - O’zim ham bilmaymav, hamma joyim og’tiydi, ammo tanamsa issig’im yo’q.

Mir Alisher Navoiy: - Unday bo’lsa, bir shifosi bor. Har kuni ertalab bir namoz vaqti, peshinda bir namoz vaqti, kechqurun yana bir namoz vaqti yer chopib, qolgan paytlarda o’z kasbingizni qiling, inshoolloh, tezda tuzalib ketasiz…

Boshlovchi: - Oradan bir necha kun o’tgach, haligi odam yana Mir Alisherning oldiga kirib kelibdi.

  • Meni tanidinfizmi, taqsir?

Mir Alisher Navoiy: - Tanishga tanidimku-ya, ammo salomatligingiz qalay?

Bemor odam: - Otdayman. Shoirdan ham tabib chiqar ekan-da, aytganingizni qilib, tamomila darddan xolos bo’ldim. (Mamnun qiyofada).


Boshlovchi: - Mana aziz do’stlar, bobomiz Mir Alisher Navoiy bilimli bo’lishi bilan birga juda zukko inson bolganlar. Siz ham sahna ko’rinishimizdagi bemor odamga o’xshab qolmang. Mrhnat qilishdan, bilim olishdan charchamang.

(Shundan so’ng mayin nay sadosi yangraydi va davraga Dono bobo kirib keladi).

1-boshlovchi: - Assalomu aleykum, Dono bobo.

2-boshlovchi: - Yaxshi keldingizmi?

Dono bobo: - Vaalaykim assalom, bolajonlarim! Sizlarning Alisher Navoiy bobomiz qalamiga mansub she’r va g’azallar aytayotganingizni eshitib qoldim. Men ham bobomiz Navoiyning nabirasiman.U kishining ko’p kitoblarini o’qiganman.

Ul zot betakror “Xamsa”sini yaratib, o’zbek adabiy tilining shakllanishiga bebaho hissa qo’shdi. Ushbu asar besh dostonni o’zida mujassam etgan. Bular “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”. Bu dostonlar bilan yuqori sinflarda batafsil tanishasiz.



Dono bobo: - Aziz bolajonlarim siz ham Farhoddek jasur bo’ling. O’z yurtingizni himoya qiling. Ana endi bo’taloqlarim, kimlar chaqqon, kimlar zukko ekanligini bilib olish uchun o’quvchilarni guruhga ajratib olamiz.

(O’quvchilar guruhlarga bo’linishadi).

1-guruh – “Chaqqonlar”, 2-guruh – “Zukkolar”.



Dono bobo: - Bolalarim, sizlarga topshiriq beraman. Unda bobomizning fazilatlarini mujassamlashtirishga harakat qiling. “Chaqqonlar” guruhi “Alisher Navoiy kim bo’lgan?”, “Zukkolar” guruhi esa “Alloma qanday ijobiy fazilatlarga ega bo’lgan?” degan savollarga javob berishlari kerak.

Dono bobo: - Barakalla, bolalar! Bobomiz Alisher Navoiyning juda ko’p xislatlarini bilar ekansiz. O’ylaymanki siz ham bobomizdek bilimdon, mehnatkash, o’zgalarga yordam beradigan, to’g’riso’z bo’lib yetishasiz. Endi menga ruxsat. Yana boshqa maktablarga borib ko’ray-chi, sizdek bilimdon bolalar bormikan. Xayr bolalar!

Bolalar: - Rahmat, bobojon. Xayr!

1-boshlovchi: Navbat yana o’quvchilarimizga, ular Tursunboy Adashboyev, Xurshid Davron va Abdulla Oripovlarning Alisher Navoiyga bag’ishlab yozgan she’rlaridan namunalar o’qishadi.

2-boshlovchi: Endi esa o’quvchilar bilimini sinab ko’rish uchun ular o’rtasida bellashuv o’tkaziladi.

O’qituvchi jumlalarning yarmini o’qiydi, o’quvchilar esa davom ettiradi.



  1. Bilmaganni so’rab o’rgangan olim, ……

  2. Yazshilikni bilsang,……

  3. Olamdan g’amsiz o’tay desang,……

  4. Tilga ixtiyorsiz - ……

  5. Har nekim ko’ngilda bor,……

  6. Til bilgan - ……

Jumlalarni tez topa olgan o’quvchilar rag’batlantiriladi.

O’qituvchi: - Mana, qadrli mehmonlar. Bugun o’quvchilarimiz bobomiz haqida qanday bilimga ega ekanliklarini ko’rdingiz. Shu o’rinda Prezidentimiz so’zlarini yodga olmoqchiman. “Mening eng katta ishonchim – yosh avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, ko’rsang havasing keladigan barkamol va shijoatli farzandlarimizdir. Men o’zimning taqdirimniham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdirini ham ana shularning qiyofasida ko’raman”.

Siz nomi dunyoga mashhur ajdodlarning avlodlarisiz! Ularning xotirasini yod etib, ularga munosib, Vatan ravnaqiga hissa qo’shadigan insonlar bo’lib yetishishingiz kerak. Buning uchun ko’p o’qib, buyuk bobokalonlarimiz hayot yo’lini

o’rganmog’ingiz va ular dan o’rnak olishingiz kerak. Tadbirdan shunday xulosa chiqarsak: Navoiyni bilish o’zlikni bilish, Navoiyni sevish millatni sevish, Navoiyga sadoqat eng ezgu insoniy qadriyatlarga sadoqat demakdir.

1-boshlovchi: Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-tilning 14-fevralida Andijonda tug’ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayx Farg’ona viloyati hukmdori edi/ Onasi Qutlug’ Nigorxonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.

“Bobur” arab tilida “sher” degani. Bo’lajak shoir 12 yoshida ekan, otasi bevaqt vafot etib, Farg’ona hokimligi uning zimmasiga tushadi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo’ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo’ldi. Lekin saqlab olish nasib etmadi. Samarqandni ham, Andijonni ham qo’ldan berib, tog’u-toshlarda besh-o’n yigiti bilan goh ortiq, goh yayov yurgan paytlari ham bo’ldi. Nihoyat, 1503 yilda Jayxun (Amu) ni kechib, Xurosonga o’tdi. Qobul va g’aznani qo’lga kiritdi. So’ng 1526 yilda esa Hindistonni zabt etib, kata saltanat o’rnatdi.



2-boshlovchi: Ko’ngli tilagan murodig’a yetsa kishi

Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.

Bu ikki ish muyassar bo’lmasa olamda,

Boshini olib bir sorig’a ketsa kishi.



Bolalar: - Biz hamisha buyuk siymolarga ta’zim qilamiz!

B a d i i y q i s m .
Download 67,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish