«tabiyot fanlari» fakultеti «gеografiya va uni o’qitish mеtodikasi» kafеdrasi


Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolar



Download 0.81 Mb.
bet19/35
Sana27.09.2021
Hajmi0.81 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Viloyat iqtisodiyotining hududiy tarkibi va asosiy muammolar. Qashqadaryo viloyatida, eng avvalo, ikkita shakllangan asosiy ichki iqtisodiy rayon ajratiladi. Quyi mintaqa yoki Qarshi mintaqasi paxta va g’alla, chorvachilikka, neft­gaz, tog’­kon hamda elektr energetikaga ixtisoslashgan. Uning tarkibiga Qarshi shahri, Qarshi, Nishon, Muborak, Koson, G’uzor, Kasbi va Mirishkor tumanlari kiradi.

Yuqori yoki SHahrisabz mintaqasida ko’proq agrosanoat majmuasi rivojlangan. U SHahrisabz, Yakkabog’ va Kitob tumanlarini birlashtiradi. Bu ikkita - shakllangan rayonlardan tashqari Qashqadaryo geografi M.Yangiboev yana ikki SHimoliy (CHiroqchi tumani) va Janubiy (Dehqonobod va Qamashi tumanlari) rayonlarni ham ajratgan. Albatta, bu yangi rayonlarda hududiy ishlab chiqarish majmuasi endi shakllanib bormoqda. Balkim, Dehqonobod, G’uzor, Qamashi va CHiroqchi tumanlarini oraliq yoki O’rta iqtisodiy rayon sifatida ajratish haqiqatga yaqin bo’lar.

Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi ichki tafovutlar qishloq tumanlari miqyosida yanada aniqroq ko’zga tashlanadi. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, asosiy ishlab chiqarish sohalari, ya’ni sanoat va qishloq xo’jaligi bo’yicha Muborak va G’uzor tumanlari ajralib turadi. Ijtimoiy sohalar Kitob, Muborak hamda Nishon tumanlarida nisbatan yaxshiroq. Hozircha eng sust rivojlangan qishloq tumanlari Dehqonobod va Chiroqchi.

Yaqin kelajakda ishlab chiqarishni to’g’ri hududiy tashkil etilishini takomillashtirish, mehnat resurslari, rekreatsiya hamda turistik imkoniyatlardan foydalanish, to’qimachilik va qurilish sanoati bazasini mustahkamlash, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.



So’nggi yillarda Tolimarjon IES va Toshg’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on temir yo’lining qurilishi mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Ular viloyat iqtisodiy geografiyasiga katta o’zgarishlar kiritadi. SHu bilan birga, kelajakda yangi ichki temir va avtomobil yo’llarini qurish bunday katta hududga ega bo’lgan mintaqa uchun zarurdir. Jumladan, Yakkabog’ va Ayritom bekatlarini birlashtiruvchi temir yo’l qurilsa, viloyatning ikkinchi shahri - SHahrisabz respublika markaziy rayonlari bilan qisqaroq masofada bog’lanish imkoniyatiga ega bo’ladi va transport harajati kamayadi, Qarshi stantsiyasining “yuki” biroz yengillashadi. Qolaversa, bu yo’l viloyatning ichki hududlarini rivojlanishiga turtki beradi, natijada, Qashqadaryoning asosiy iqtisodiy o’zagi (qovurg’asi) Qarshi–G’uzor–Qamashi–Yakkabog’ (SHahrisabz)–Chiroqchi–Ayritom halqasi yoki to’rtburchagi vujudga keladi. Ayni vaqtda G’uzorning transport tuguni sifatidagi ahamiyati kuchayadi, Dehqonobod tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi faollashadi va u Qashqadaryoni Surxondaryo viloyati bilan bog’lashga xizmat qiladi, shu asosda yagona Janubiy iqtisodiy rayon shakllanib boradi. SHaxrisabz tugunining rvojlanishi, dovonning ikki tomonida joylashgan Urgut va Kitob tumanlar iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish esa Qarshi – Buxoro – Samarqand uchburchagini, respublikamiz janubi-g’arbiy qutbini yanada mustahkamlaydi.

Demak, istiqbolda G’uzor, Yakkabog’, Ayritom, Qarashina, CHin, Kitob kabi o’sish nuqta va markazlari vujudga keladi, Qarshi va uning aglomeratsiyasi takomillashadi, xuddi shunday aholi va xo’jalikni hududiy tashkil etish shakli SHahrisabz negizida ham paydo bo’ladi[12].

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Toshkent axborot
Buxoro davlat