Tabiiy va aniq fanlar


Shaxsiy kompyuterlarning afzalliklari



Download 486.5 Kb.
bet8/13
Sana29.08.2021
Hajmi486.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Shaxsiy kompyuterlarning afzalliklari.

Shaxsiy kompyuterlar (ShK) — hammaboplik va qo’llashda universallik talablarini qoniqtiruvchi, bir kishi foydalanadigan mikro EHMlardir.

Shaxsiy kompyuterlar hammaboplik va universallik talablarini qondirishi uchun quyidagi hususiyatlarga ega bo’lishi lozim:

-individual xaridor uchun mos keladigan narxlarda;

-atrof-muxit sharoitlariga maxsus talablarsiz foydalanish avtonomligi;

-tuzilishining boshqarish, fan, ta'lim, turmush sohalarida turli ko’rinishda qullanishlarga

moslashuvchanligi;

-foydalanuvchining maxsus, kasbiy tayyorgarliksiz ishlashi imkoniyatini beruvchi operatsion tizimlar va boshqa «dustona» dasturiy ta'minotlar;

-ishlashning yuqori darajada ishonchliligi (buzilmasdan 5000 soatdan ortiq ishlashi).

Ma'lumotlarni qayta ishlash bilan bog’liq biror masalani yangi axborot texnologiyasi doirasida samarali bajarish uchun qullaniladigan kompyuterning imkoniyatlarini bilish lozim. Ushbu imkoniyat haqidagi bilimlar kompyuterning konfiguratsiyasi tushunchasini tashkil etadi.

Ko’chma kompyuterlar shaxsiy kompyuterlarning tez rivojlanayotgan kenja sinfidir. Mutaxassislar fikricha, 1998 yilda foydalanuvchilarning 50% dan ko’prog’i aynan ko’chma kompyuterlardan foydalangan bo’lsa, 2000 yilga kelib bu ko’rsatkich 81% dan oshdi.

Ko’chma kompyuterlarning kupchiligi akkumulyatorlardan alohida (avtonom) ta'minlanadi. Ular tarmoqqa ulanishi ham mumkin. Videomonitor sifatida ularda yassi videoproektorli suyuk kristalli displeylar qo’llaniladi.

Suyuk kristalli displeylar (LCD - Liguid Crystal Display) faol (aktiv) va sust (passiv) matritsali bo’ladi. Sust matritsada ekranning xar bir elementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlar kesishgan joyga etib keladi.

Faol (aktiv) matritsali displey ancha murakkab va qimmat, biroq yaxshi sifat — barqaror, kontrast va tiniq tasvir berilishini ta'minlaydi.

Ko’chma kompyuterlar turli-tuman: ulkan va og’ir (15 kg gacha), portativ ishchi stantsiyalaridan to 100 gramm keladigan elektron yozuv daftarchasigacha bo’lgan ko’chma kompyuterlar mavjud.

Portativ ishchi stantsiyalar eng qudratli va yirik ko’chma ShKlardir. Ular ko’pincha chemodan shaklida tayyorlanadi va og’zaki tilda «Ko’chmanchi» deb ataladi. Ularning konfiguratsiyasi ko’chmas ShKlar ishchi stantsiyalari konfiguratsiyasiga o’xshash bo’lib, 800 MGts dan yuqori bo’lgan chastotali, kuchli mikroprotsessorga, 128 Mbaytdan yuqori sig’imdagi tezkor xotirali, 10 gigabayt diskli jamlaguvchilarga ega, 8 Mbaytdan yuqori videoxotirali interfeys va qudratli videoadapterlari bo’lgan kompyuterdir.

Mohiyatiga ko’ra ular tarmoqdan ta'minlanuvchi oddiy ishchi stantsiyalaridir, biroq tashki qobig’I (korpusi) ko’tarib yurish uchun qulay qilib tayyorlangan va yassi suyuk kristalli videomonitorga ega. Ular odatda modem va SD—ROMlarga, lokal hamda Internet tarmoqlariga ulanishi mumkin.

«Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichik chemodanchalar ko’rinishida tayyorlanadi. Ularning og’irligi odatda 5—10 kg atrofida bo’ladi. Apparat va dasturiy ta'minot ularning eng yaxshi kuchmas ShKlar bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.

Kompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book — «har erda hozir» deb xam atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi. Ular uncha katta bo’lmagan kitob hajmidagi mo’jaz chemodancha (ba'zan olinadigan kopkokli holda) ko’rinishida tayyorlanadi. O’z xususiyatlariga ko’ra ko’p jihatdan Lap Topga mos keladi, faqat o’lchami va bir qator kichik hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.

Kompyuter-bloknotlarning ko’pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash tarmog’iga ulanish uchun modemlarga ega aloqani ta'minlaydi. Ular uncha katta bo’lmagan hajmdagi suyuk kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi xar doim qisqa, Tpack Point va Tpack Pad turidagi manipulyatorlarga ega.

Cho’ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma'noni bildiradi) 300 gramm og’irlikka ega. Tipik o’lchamlari yig’ilgan holatda 150Ѕ80Ѕ25 mmdir. Ular tulaqonli shaxsiy kompyuterlar bo’lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy xotira, odatda monoxrom suyuk kristalli displey, ixcham klaviatura, ko’chmas ShKga axborot almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo’limlariga ega.

Elektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba'zan Hand Help — qo’l yordamchisi deb atashadi) cho’ntak kompyuteri shakliga ega (og’irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm Top ga nisbatan keng funktsional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgoxlar va telefon rakamlarini saklovchi elektron ma'lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar ro’yhatlari, harajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo’naltirilgan apparat va maxsus dasturiy ta'minot), maxsus matnli, ba'zan esa grafik muxarrirlik, elektron jadvallar tayyorlaydi.

Ko’pgina elektron kotiblar modemlarga ega va boshqa ShKlar bilan axborot almashishi mumkin. Hisoblash tarmog’iga ulanganda esa elektron pochta va fakslarni olish hamda jo’natish mumkin. Ulardan ba'zilari hatto avtomatik raqam teruvchilarga ega. Elektron kotiblarning yangi modemlari boshqa kompyuter qurilmalari bilan masofadan simsiz axborot almashish uchun radiomodem va infraqizil portlar bilan jihozlangan.

Elektron yozuv daftarchalari (organizer — organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng engil sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elek­tron tarjimonlar va boshqalar kiradi); ularning og’irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan dasturlashtirilmaydi, birok sig’imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.

IBM PC shaxsiy kompyuterining asosiy qurilmalari:

protsessor;

monitor;


klaviatura;

Sistemali blok (Protsessor) - kompyuter ishini ta'minlaydi va boshqaradi, shuning uchun odatda uni "kompyuter" deb ham atashadi.

Sistemali blokda markaziy protsessor, operativ (tezkor) xotira, qattik disk, kontrollerlar, disketalar va lazerli kompakt disklar bilan ishlash uchun qurilmalar va boshqalar joylashadi.

Markaziy protsessor-kompyuterning eng muxim kismini tashkil etadi. Dastur yordamida berilgan ma'lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini o’rnatadigan qurilma - protsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturdagi ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va boshqa amallar protsessor zimmasidadir. Protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va ko’rsatmalarini bajaradi.

Mikroprotsessor. IBM rusumli kompyuterlarda protsessor sifatida odatda Intel firmasi yoki unga muvofiq boshqa firmalarning mikroprotsessorlari o’rnatiladi. Kompyuterlar mikroprotsessor turlari bilan farqlanadi. Mikroprotsessorlarning Intel 8088, 80284, 80386SX, 80386, 80486 kabi turlari ma'lum. 1993 yildan boshlab Intel firmasi Pentium mikroprotsessorlarini ishlab chiqarib, IBM kompyuterlariga o’rnatmoqda. Hozirda Respublikamizda IBM rusumli kompyuterlardan PIII keng tarqalgan. Ayrim korxona va tashkilotlarda,hususan ta'lim muassasalarida, jumladan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida PIV kompyuterlari ham o’rnatilib foydalanilmoqda.

Mikroprotsessor – kompyuterni boshqarish va barcha hisob ishlarini bajaradi. Mikroprotsessor turli amallarni tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi soniyaga 100 million amalgacha va undan ortiq bo’lishi mumkin

Operativ xotira-kompyuterda ishlatilayotgan dasturlar va ma'lumotlarni saqlaydi. Ma'lumotlar doimiy xotiradan operativ xotiraga ko’chiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi. Kompyuter uchirilishi bilan operativ xotiradagi ma'lumotlar o’chiriladi.

Diskli jamlagichlar -ma'lumotlarni saqlash, hujjatlarni va dasturlarni bir joydan ikkinchi joyga olib o’tish, bir kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish kompyuter bilan ishlaganda foydalanadigan axborotni doimiy saqlash uchun disklardagi jamlagichlar ishlatiladi. Ular ikki turda bo’lib, egiluvchan disklar (disketalar) va qattiq disklardagi jamlagichlar (vinchesterlar) deb ataladi.

Egiluvchan disklar (disketa­lar)ga ma'lumotlarni yozish va ulardan ma'lumotlarni ukish uchun disk yurituvchi (diskovod) kurilmasi ishlatiladi.

Qattik disklar (vinchesterlar)-disk kompyuterda ishlanadigan programmalar va ma’lumotlarni doimiy saqlash uchun qo’llaniladi. Ular operatsion sistema programmalari, tahrirlagichlar, programmalash sistemalari, amaliy programmalar, ma’lumotlar va hakozolar Kompyuterda qattiq diskning mavjudligi u bilan ishlashda qulaylikni oshiradi. Hozirgi paytda kompyuterlar asosan sig’imi 20 Gbayt va undan ko’p bo’lgan vinchesterlar bilan jihozlanmoqda.

Monitorlar.Kompyuter monitori (displey) ekranga matnli va grafik axborotni chiqarishga mo’ljallangan.

Monitorlar monoxrom yoki rangli bo’lib, matnli hamda grafik holatlarda ishlashi mumkin. Grafik rejimda ekranga matnli ma’lumotlardan tashqari rasm va grafik tasvirlar ham chiqariladi. Bunda belgi ixtiyoriy shrift va o’lchamga ega bo’ladi. Bu rejimda ekran nuqtalar to’plamidan iborat. Masalan, 640x200 imkoniyatli monitor ekranda gorizontaliga 640 va vertikaliga 200 nuqtani tasvirlaydi. Nuqtalar soni oshishi bilan tasvir sifati oshadi



Sichqoncha”foydalanuvchitomonidanma’lumotlarnikompyutergakiritishgamo’ljallanganqurilmadir.Uning “sichqoncha” nomi tashqi ko’rinishidan kelib chiqqan. “Sichqoncha” qo’lga bemalol joylashuvchi bir necha tugmachali quticha. “Sichqoncha” stol yoki maxsus yuzada (gilamchada) harakati natijasida ekrandagi kursorni mos ravishda harakatlantiradi




Download 486.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
samarqand davlat
vazirligi muhammad
pedagogika universiteti
bilan ishlash
fanining predmeti
Darsning maqsadi
navoiy nomidagi
o’rta ta’lim
Ishdan maqsad
haqida umumiy
nomidagi samarqand
fizika matematika
sinflar uchun
fanlar fakulteti
maxsus ta'lim
Nizomiy nomidagi
ta'lim vazirligi
moliya instituti
universiteti fizika
Ўзбекистон республикаси
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
Toshkent axborot
таълим вазирлиги
Alisher navoiy
махсус таълим
Buxoro davlat