Tabiiy va aniq fanlar



Download 486,5 Kb.
bet2/13
Sana29.08.2021
Hajmi486,5 Kb.
#158514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qurbonova Mahfuza kurs ishi to'g'irlangan variantыыыыi

Mundarija:

Kirish……………………………………………………………………………………..3

I bob .Shaxsiy kompyuterlarning kelib chiqish tarixi va ular xaqida tushuncha……......................................................................................................................5

1.1.Shaxsiy kompyuterlarning dasturiy ta’minoti……………………………………......13

1.2.Shaxsiy kompyuterlarning afzalliklari……………………………...………………..16

II bob.Operatsion tizimlarning xilma xilligi……………………………………..........…21

2.1.Operatsion tizimni o’rnatishning samarali usullari……………………………….….26

Xulosa……………………………………………………………………………...….…27

Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………………….…29

Kirish

O’zbekistonda yuzaga kelgan vaziyat iqtisodiyotning rivojlanishini intensiv yo’lga o’tkazishni, resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni, ishlab chiqarishga tobora takomillashgan mehnat qurollarini joriy etishni juda ham muhim vazifa qilib qo’ymoqda. Korxonalarni texnik jihatdan qayta qurollantirish, kam chiqitli va chiqitsiz texnologiyalardan, ilg’or konstruktsiyali materiallardan foydalanish dasturlarini amalga oshirish asosidagina mehnat unumdorligini o’stirish, mahsulot sifatini yaxshilash, aholining harid talabini qondirish, ilm - fan ishlab chiqarish tarmoqlarni, ayniqsa, elektronika, asbobsozlik, hisoblash texnikasi, aloqa vositalari ishlab chiqarishlarini rivojlantirish vazifasi kelib chiqadi.

Bularning hammasi axborotlashtirishning ulkan imkoniyatlaridan eng samarali foydalanishni, uning bozor munosabatlariga o’tish davridagi jarayonlariga ta’sirini kuchaytirishning eng dolzarb vazifasiga aylantirmoqda. Axborotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish, axborotlarni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish har xil iqtisodiy ob’ektlarda har xil kechadi. Bu jarayon boshqarish jarayonlari avtomatlashtirilgan xalq xo’jaligi ob’ekti faoliyatini aks etgan boshlang’ich iqtisodiy hisobotni yig’ish va ro’yxatdan o’tkazish, amalga oshiriladigan ishlab chiqarish korxonalari, firmalar va boshqalarda ancha murakkabdir. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti axborotlar oqimini bamisoli bahor sellari oqimi kabi ko’paytirib yubordi. Axborot oqimining tobora ko’paya borganidan shu narsa ham dalolat bera oladiki, asrimizning 70-yillar o’rtalariga keliboq ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyoti shunday darajaga yetgan ediki, ulardan oqilona foydalanish, ijtimoiy ishlab chiqarishni jadallashtirish uchun yiliga 1016 arifmetik amalni bajarish kerak bo’ladi. Tabiiyki, bunday murakkab hisob - kitobni cho’t qoqib amalga oshirib bo’lmaydi. 10 milliard kishi bir yil davomida tinmay ishlagan taqdirdagina shuncha arifmetik amalni yecha olishi mumkin.

Odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy muammolarni hal etishga safarbar qilmoq uchun tegishli axborotlarni o’z vaqtida to’plab, qayta ishlab, muayyan bir tartibga solish va zudlik bilan kishilarga yetkazish kerak bo’ladi. Buning uchun jamiyatni axborotlashtirish dasturini amalga oshirish va ilg’or axborot texnologiyasini joriy etish zarur.

Axborot texnologiyasi-bu usullar tizimi va axborotlarni yig’ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo’lidir. U informatikaning predmeti hisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o’tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo’jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi.

Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o’lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi.

Fan quyidagi masalalarni yechadi:



  • ixtiyoriy axborot jarayonlarini tekshirish;

  • axborot jarayonlarini tekshirish natijasida olingan bazani qayta ishlsh uchun eng yangi texnika va texnologiyalarni yaratish;

  • jamiyatning barcha sohalarida kompyuter texnikasi va texnologiyasidan unumli foydalanishning lmiy va muxandislik muommolarini yechishni yaratish hamda ularni tadbiq etish.

Informatika va informatsion texnologiya keng ma’noda fan, texnika va ishlab chiqarish, ya’ni inson faoliyatining barcha sohalarida axborotni kompyuter va telekommunikatsiyalar yordamida qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va uzatish bilan bog’liq bo‘lgan yagona sohadir.

Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblanadi. Ma’lumki axborot texnologiyalari informatika qonun-qoidalari asosida takomillashtiriladi. Bu fanda axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari axborotni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o‘rganiladi. Bu fan matematika, fizika, kibernetika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog’liq.

“Axborot texnologiyalari” iborasidagi “texnologiya” so‘zi lotincha “texnos” so’zidan olingan bo’lib, san’at, hunar, soha va “logos” fan degan ma’nolarni bildiradi.

XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab, kundalik turmushda axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa, o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqazo etadi.

Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bu borada katta tadbirlar amalga oshirildi. Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan “ta’lim to‘g’risida”gi qonunda bu dasturning tub moxiyati bayon etilgan. “Axborot texnologiyasi” fani axborotlarni jamlash, saqlash, uzatish va shu jarayonlarni amalga oshiruvchi barcha texnik vositalarni ishlatishni o‘rgatuvchi fan. Bilim olishda, ya’ni ma’lum turdagi axborotlarni o‘zlashtirishda kompyuter tizimining yordami benihoya kattadir. Bunda uning ro’li quydagicha:

Birinchidan, o‘qitishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish standart(ananaviy) tizimga nisbatan o‘quv jarayonini jadallashtirib, talabada ilmga qiziqishni oshiradi, ularning ijodiy faoliyatini oshiradi, olingan bilimlarni takrorlash, mustaxkamlash va nazorat qilishni engillashtiradi. Ikkinchidan yangi axborot texnologiyalaridan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin, ya’ni:


  • -muayyan predmetlarni o‘qitishda kompyuter darslari;

  • -talabalarning ilmiy izlanishlarini tashkillashtirishda;

  • -talabalarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini to‘g’ri tashkil qilish masalalarini.



Kompyuterni kelib chiqishi!

● 1617 yil: John Napier tahtadan oddiy hisob kitob uchun moslama yaratdi

● 1642 yil: Blaise Pascal qo'shish mashinasini tariflab berdi

● 1822 yil: Charles Babbage birinchi bo'lib hisob kitob mashinasini yaratdi

● 1906 yil: Lee DeForest Vakumli triodni patentladi, bu birinchi elektron mashinalarda o'chirib yo'qish uchun ishlatildi

● 1937 yil: John V. Atanasoff kompyuter ustida ishlaydi, va uning ABC kompyuteri umuman birinchi kompyuter deb tan olinadi

● 1943 yil: Alan Turing Colossus degan Nemetslarni habarlarnini rasshifrovka qilish uchun mo'ljallangan kompyuter yaratadi.

● 1946 yil: Presper Eckert va John Mauchly tarafidan ENIAC nomli kompyuter ishlab chiqiladi.

● 1947 yil: John Bardeen, Walter Brattain va William Shockley tarafidan yarim o'tkazgich yaratiladi.

● 1950 yil: Minneapolisda tekshirish va izlanish universiteti tarafidan birinchi komertsiya uchun ERA1101 nomli kompyuter ishlab chiqariladi

● 1953 yil: IBM birinchi 701 nomli kompyuterini yaratadi

● 1954 yil: IBM birinchi marta 650 nomli kalkulyatorni ishlab chiqaradi va 1 yildayoq 450 dona sotiladi

● 1956 yil: IBM ning IBM 305 RAMAC nomli kompyuteri chiqarildi va bu kompyuter birinchi marotaba magnitli ma'lumot saqlashni ishlata boshladi.

● 1959 yil: IBM birinchi marotaba mainframe 7000 ishlab chiqardi va uni katta kompanyalarga ishlatishga sotdi.

● 1960 yil: DEC kompanyasi birinchi marotaba mini computer

ishlab chiqardi va uning narhi 120 ming dollar baholandi.

● 1966 yil: HewlettPackard HP2115 nomli biznes uchun kompyuter ishlab chiqardi, bu kompyuter ko'p korkorativ kompyuterlardan qolishmas edi.

● 1970 yil: Birinchi marotaba 4 ta korhona bir biri bilan ARPAnet orqali ulandi, bular Kalifornoya Universiteti, UCLA, SRI International va YuTA universiteti.

● 1972 yil: Intel 8008 mikro protsessor ishlab chiqarildi

© Toshkent 2007 GNU GPL

● 1973 yil: Micral Intel 8008 mikro protsessor ba'zasida PC (Personal Computer) ishlab chiqardi.

● 1975 yil: Birinchi marotaba ARPAnet sistemasi kabi faqat halq uchun pullik Network(bog'lanish) chiqarildi, telnet orqali.

● 1976 yil: Shugart Associates, birinchi marotaba 5.25'' disketa va dikovod ishlab chiqardi. Shu yili Steve Wozniak Apple I kompyuterini ishlab chiqdi.

● 1977 yil: Apple II kompyuteri chiqdi

● 1979 yil: Motorola mikro protsessor 68000 ishlab chiqardi.

● 1980 yil: Seagate Technologies birinchi marotaba HDD (Hard disk drive) doimiy ma'lumot saqlovchini ishlab chiqardi.

● 1981 yil: Adam Osborne birinchi Laptop (notebook) ishlab chiqardi. Osborne I narhi 1795 dollar. Shu yili IBM birinchi marotaba PC ishlab chiqardi.

● 1983 yil: Apple o'zining Lisa kompyuterini, grafik rejimda ishlovchi kompyuterini chiqardi (GUI).

● 1984 yil: IBM PCAT

(Advanced Technologies) kompyuterini ishlab chiqardi. Bu



kompyuterning tezligi qolgan modellardan 3 barobar tez bo'lib Intel 286 mikro protsessorda ishlab, ISA shinasi 16 razraydlik edi. Bu kompyuter hozirgi kompyuterlarni eng bosh avlodi hisoblanadi.

● 1985 yil: Philips birinchi musiqali CDROM ishlab chiqardi.

● 1986 yil: Compaq Intel 386 mikro protsessorida Deskpro 386 kompyuterini ishlab chiqardi.

● 1989 yil: Intel o'zinig 486 mikro protsesorini ishlab chiqardi, unda 1 million transistor joylashtirilgan edi.

● 1990 yil: Tim BernersLee CERN ishchisi (Jeneva fizika labaratoriyasi) HTML (Hyper Text Markup Language) ishlab chiqardi va bu WWW (World Wide Web) era'sini boshlab berdi.

● 1995 yil: Intel Pentium Pro protsessorini ishlab chiqdi. Shu yili Microsoft Windows 95 operatsion sistemasini ishlab chiqardi

● 1997 yil: Intel Pentuim II prostsessorlarini ishlab chiqara boshladi

● 1998 yil: Microsoft o'zining Windows 98 operatsion sistemasini ishlab chiqardi va sotuvga qo'ydi.

● 1999 yil: Intel Pentuim III protsessorini chiqara boshladi.

● 2000 yil: AMD va Intel kompaniyalari o'zlarining 1Ghz protsessorlarini ishlab chiqarishligin elon qilishdi. Shu yili Intel Pentium IV protsessorlarini ishlab chiqarishni boshladi. Va shu bilan Itanium 64 razryadli protsessorlarini ham elon qildi

● 2003 yil: AMD o'zining Opteron protsessorini ishlab AMD64 tehnologiyasida ishlab chiqardi

● 2004 yil: AMD birinchi marotaba DualCore

protsessorini ishlab chiqardi

● 2005 yil: AMD o'zining AMD Athlon 64 dualcore

protsessorini sotuvga chiqardi. Mana yuqorida qisqacha tarih bilan tanishib ham o'tdik.

Shaxsiy kompyuter haqida tushuncha.

           Birinchi shaxsiy kompyuter 1973 yilda Fransiyada Nruohg Trohg Ti tomonidan yaratilgan. Dastlab yaratilgan maskur shaxsiy kompyuter elektron o'yinchoq sifatida qabul qilindi. Bu kompyuter 1977 yilda amerikalik Stiv Jobs boshchiligidagi "Apple Computer" firmasi tomonidan mukammallashtirilib, dasturlarning katta majmuini tatbiq etib, ommaviy ravishda chiqarila boshladi. Shundan beri kompyuter hayotimizga mustaxkam joylashib, axborotni qayta ishlashning eng zamonaviy vositasiga aylandi.
          Kompyuter, deganda turli hajmdagi, har xil ko'rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta`minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

 Hozirda hilma-hil zamonaviy kompyuterlar insonga holis hizmat qilmoqda. Ularning tashqi ko'rinishi ham turlicha. Lekin ularni tashkil etuvchi qurilmalar, (ya`ni apparatli ta`minoti) bilan yaqindan tanishsak, turli turkumdagi mashinalardagi qurilmalarda o'xshashlik borligini ko'ramiz. Har qanday kompyuter apparatli ta`minoti, asosiy va qo'shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishlashini ta`minlasa, qo'shimcha qurilmalar kompyuter bilan ishlash imkoniyatini kengaytirish.



Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari

Asosiy qurilmalarga sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Qo'shimcha qurilmalarga "sichqoncha" manipulyatori, printer, plotter, skaner, nurli pero va boshqalar misol bo'ladi.

Sistema blokini asosiy xotira, protsessor va elektron sxema tashkil etadi. Asosiy xotira o'z navbatida tezkor xotira qurilmasi (TXQ) va doimiy xotira qurilmasidan (DXQ) iborat. Tezkor xotira qurilmasida kompyuterga kiritiladigan va uning ish jarayoni davomida hosil bo'luvchi barcha axborotlar va ma`lumotlarni ishlash uchun zarur bo'ladigan dasturlar vaqtincha saqlanadi. Chunki, tezkor xotira qurilmasida saqlanib turgan ma`lumotlar kompyuterlar elektr manba`dan uzilganda yoki qayta yuklangan vaqtda o'chib ketadi.

          Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan.



Registr - ma`lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti kondensator bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda - "1", zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi, ya`ni 0 yoki 1. 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya`ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha istagan qismiga o'tish mumkin bo'lgan xotira), chunki undagi bor, istagan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o’tish imkoniyati mavjud.
           Tezkor xotira qurilmasining bir qismida kompyuter ekranidagi joriy tasvirga mos keluvchi ma`lumotlar saqlanadi, uni shartli ravishda videoxotira deb yuritiladi. Agar tezkor xotirani IBM PC rusumidagi kompyuterlar uchun olsak, u quyidagicha taqsimlanadi: dastlabki 640 Kbayti foydalanuvchi dasturlari va ma`lumotlar uchun, 1 Mbaytgacha bo'lgan qismi sistemali foydalanish uchun.
          Doimiy xotira qurilmasida kompyuter ishlagan paytda yozilgan axborot o'zgarmasdan doim saqlanadi. Unda odatda, kompyuterning har yoqilishida uning barcha asosiy qurilmalarining sozligini tekshiruvchi dasturlar, diskyurituvchi, monitor, klaviatura qurilmalarining ishini boshqaruvchi dasturlar, operatsion sistema diskning qaysi joyida joylashganligi haqidagi axborotlar joylashgan bo'ladi.

          Protsessor - kompyuterning asosiy qurilmasi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallar bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha mahalliy qurilmalarning ishini boshqaradi. Protsessorning asosiy ishi tezkor xotira qurilmasida joylashgan dasturdan navbatdagi buyruqni o'qish va bajarish, natijani yozib qo'yish hamda keyingi bajariladigan buyruqni aniqlashdan iborat takrorlanuvchi jarayon.

 Dastur - kompyuter bajarishi lozim bo'lgan buyruq va ko'rsatmalarining izchil ketma-ketligi. Bundan tashqari protsessor dastur mazmunidagi boshqarishni amalga oshirish, ma`lumotlarni zarur joydan o'qish, lozim joyga yozish, kerak joyga uzatish boshqa qurilmalarning izlanishini muvofiqlashtirish vazifasini ham bajaradi.


Download 486,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish