Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi 17. 32 -guruh talabasi Xudoyqulova Ma’sumaxonning Biorganik kimyo fanidan m u s t a q I l I s h I



Download 0,94 Mb.
Sana01.08.2021
Hajmi0,94 Mb.
#135128
Bog'liq
Biorganika 1-mavzu. Mt. Xudoyqulova M

Tabiiy fanlar fakulteti Kimyo o’qitish metodikasi yo’nalishi 17.32 -guruh talabasi Xudoyqulova Ma’sumaxonning Biorganik kimyo fanidan M U S T A Q I L I S H I

1-Mavzu: Oqsil va peptidlarning kimyoviy tuzilishini aniqlashda zamonaviy asbob uskunalarning ishlash prinsplarini o’zlashtirish. Reja: 1. Plazmadagi oqsil miqdorini turli usullarda aniqlash. 2. Qon zardobidagi umumiy oqsil miqdorini refraktometrik usulda aniqlash. 3. Qon zardobidagi oqsil fraktsiyalarini turbidimetrik usuli bilan aniqlash. 4. Qon plazmasidagi oqsil tarkibini Biuret usuli bilan aniqlash.

1. Plazmadagi oqsil miqdorini turli usullarda aniqlash. Oqsillar almashinuvini xamda turli organlar va tizimlar funksiyalarini baxolash uchun klinik veterinariyada qon zardobidagi (plazmadagi) umumiy oqsil va uning fraksiyalarini, qoldiq azotni, mochevina, aminokislotalar azot, kreatin va boshqa metabolitlarni aniqlash talab etiladi. Zardobning (plazmaning) umumiy oqsilini aniqlash uchun kalorometrik, refraktometrik, spektrofotometrik va boshqa usullardan foydalaniladi. Odatda laboratoriyalarida refraktometrik va kalorimetrik (biuretli) usullaridan foydalaniladi .

Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini aniqlashda elektroforetik usullarda, neytralli tuzlar bilan tuzlash (ammoniyning achchiq tuzli, natriyning achchiq tuzi, fosforli achchiq tuz) sedimentasionli past haroratda etil spirti bilan cho’ktirish yo’li bilan oqsillarni bo’lish usullari immunoelektroforektik usullardan foydaniladi.

Klinika amaliyotida zardob oqsillarini fraksiyalarga bo’lish uchun ko’pchilik xollarda elektroforetik usullardan foydaniladi. Qog’ozda elektroforez qilinganda asosan 5 ta fraksiya: albuminlar, alfa-1, alfa-2, beta va gamma globulinlar olinadi.Bu usulning kamchiligi bo’lib tahlil ishlarini uzoq muddatda bajarilishi (tekshirishlarning natijasini faqat 2-3 kundan keyingina olish mumkin) va qog’ozning kimiyoviy yaxlitligining doimo ham talabga javob bermasligi natijasida oqsil fraksiyasining juda anik bo’linmasligi hisoblanadi. Agarli gelda elektroforez qilinganida qog’ozdagiga nisbatan oqsilli fraksiyalarning ancha aniq bo’linishga ega bo’lgan ma’lumotlar olish mumkin, lekin gelni tayyorlash prosedurasini murakkabligi va tayyor xolda uzoq muddat saklash imkoniyati yo’qligi sababli bu usulni laboratoriya amaliyotida qo’llash imkonini bermaydi.

2.Qon zardobidagi umumiy oqsil miqdorini refraktometrik usul bilan aniqlash Ishning borishi. Tahlilning refraktometrik usulining asosiga o‟rganilayotgan moddaning sinish (koeffisentlari) ko‟rsatkichlarini aniqlashi qo‟yilgan. Sinish ko‟rsatkichlari deb yorug‟lik nurining tushish burchagi sinusining, uning sinish burchagi sinusiga bo‟lgan nisbatiga aytiladi.Ishga zarur bo`lgan reaktivlar va asbob-uskunalar. 1:1 nisbatda tayyorlangan etil spirti bilan efirning aralashmasi, turli tipdagi refraktometrlar.Aniqlash tartibi. Xarorat 20 0C bo`lgan distillangan suv bo‟yicha asbob nolga qo‟yiladi. Avval yuqorigi va pastki kameralar spirt va efir aralashmasi bilan namlangan doka bilan va so‟ngra quruq paxtali tampon bilan tozalab artiladi. Prizmalarning yuzasi asbob nolga qo‟yilayotgan va qon zardobi namunasi tekshirilayotgan paytda toza va quruq bo‟lishi kerak, chunki aynan tekshirish natijalari ko‟proq yuqoridagi holatga bog‟liqdir.

Sinish koeffisentlarining okulyar shkalasini eng oxirgi holatga (tekshiruvchi o‟z tomoniga) qo‟yiladi. Kameraning pastki qismini pastga tushirib, prizmaga 1-2 tomchi distillangan suv tomiziladi. Kamera yopiladi, okulyar shkalasi va kuzatish trubkasining shkalalarini ravshanligi (rezkost) aniqlanadi.Kuzatish trubkasining dispersiyasi, dispersiyani limbik vintini burashi bilan tuziladi.Okulyar shkalasining chizig‟i 1,3330 (suvning sinish ko‟rsatkichi) raqamga qo‟yiladi va ko‟rish trubkasi orqali ikkita o‟zaro bog‟lio‟ bo‟lgan perpendikulyar chiziqlarni kesishadigan nuqtasi bo‟yicha yorug‟ soya chegarasi kuzatiladi. Agar yorug‟ soya chegarasi kesishadigan, chizilgan nuqta orqali o‟tgan bo‟lsa, unda asbob nolga qo‟yilgan bo‟ladi. Agar yuqoridagi holat kuzatilmasa, kalit va ko‟rish trubkasini korpusida joylashtirilgan vint yordamida yorug‟ soya chegarasi chiziqlar kesishgan nuqta ustiga qo‟yiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Ю.A.Золотов и др.,,Основы аналитической химии’’.1 том. Moсква. ,,Высщая школа’’ 1999 г. 2. В.И.Посыпайко и др. ,,Xимические методы анализа’’ Moсква. ,,Высщая школа.’’1989 г.. 3. A. G. Mahsumov, A. J. Jo’rayev BIOORGANIK KIMYO « O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent 2007 4.V.P. Vasil’ev ,, analitik kimyo’’ Toshkent ,, O’zbekiston’’1999yil. 5. M.Mirkomilova ,, Analitik kimyo’’ ,, Fizik- kimyoviy analiz usullari’’ Toshkent ,, O’zbekiston’’ 1996 yil. 6. M.Mirkomilova ,, Analitik kimyo’’ Toshkent ,, O’zbekiston’’ 2003yil. 7. Ершов. Ю. А Основы молекулярной диагностики. Метаболомика.-2016 8. R.A.Sobirova, O.A.Abroeov, F.X.Inoyatov, A.N.Aripov – “Biologik kimyo” - Toshkent. - 2006-yil. Elеktrоn tа’lim rеsurslаri 1. www. bilim.uz 2. www.pedagog.uz 3. www.Ziyonet.uz 4. www.lex.uz 5. www.chemistry.ru 6. www.labchem.ru 7. www.tdpu

E’tiboringiz uchun Rahmat!...


Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish