Tabiat va insonning o‘zaro ta'siri intervyu olish va berish qoidalari



Download 46,62 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2021
Hajmi46,62 Kb.
#119096
  1   2
Bog'liq
Tabiat va insonning o‘zaro ta'siri intervyu olish va berish qoidalari
хива, 5, 6- son IMI Jumaniyazova Muhabbat, Документ Microsoft Word (5), 11-sinf Biologiya fanidan imtihon javoblari - 2019, 0018391f-e580ccb5, Словарное богатство русского языка , ГРЕК, animal products, Adabiy til uslublari, Aholining yosh, jinsiy, irqiy, etnik, diniy va hududiy tarkiblari, Milliy qadriyatlar millat iftixori. O’zbek tilida so’z yasalishi

Tabiat va insonning o‘zaro ta'siri intervyu olish va berish qoidalari

 Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi.



Intervyu (ing . interview — uchrashuv) — publitsistika janri. Jurnalistning bir yoki bir necha shaxs bilan dolzarb masalalar yuzasidan suhbati. Ikki turga boʻlinadi: I.-xabar, asosan, axborot yetkazish maqsadida oʻtka-ziladi; I. tax,lilda — muhim voqea, hodisa va hujjatlar sharhdab beriladi. [1]

 Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar.

 Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga j oylashganlar.

 Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi.

 Muayyan hududning hayvonot olami va o‘simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko‘chirish va ko‘paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo‘y, tovuq, asalari, kofe, bug‘doy, sholi, arpa, karam, sholg‘om, nok kabilar olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi:

1. Tabiiy landshaltlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar. 3. Antropogen landshaftlar.

 Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar tipik misol bo‘ladi.

 Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig‘ida tarkib topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir.

 Antropogen landshaftlar - kishilarning xo‘jalik faoliyati ta'sirida o‘zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam « qal'a-shahar «, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan.

 Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar, zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonot olami «Qizil kitob» larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va insonlarning sog‘lig‘ini asrash uchun xizmat qiladi.



– Aholining ekologik madaniyati pastligi tufayli dam olish maskanlari, misol uchun Toshkent viloyatidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi, Ohangaron va Burchmulla o‘rmon xo‘jaliklari nozirlari bu hududlarni chiqindilardan tozalashga majbur bo‘lmoqda, – deydi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi vakili Hojimurod Tolipov. – Ko‘plab qonunbuzarlik aniqlanib, fuqarolardan jarima va tovon pullari undirilmoqda.

Eng achinarlisi, insonlarning tabiatga befarq munosabati tufayli yer yuzidagi mavjud hayot muvozanati izdan chiqmoqda. Ma’lumotlarga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, dunyoda so‘nggi 50 yilda juda ko‘p salbiy ishlar yuz berdi. Eng avvalo, zaharli kimyoviy o‘g‘itlar bilan tuproqni izdan chiqardik. Oxir oqibat atrofdagi hayvonot va o‘simlik dunyosining 10-30 foizgacha bo‘lgan turlarining yo‘qolib ketishiga ma’lum ma’noda sababchi bo‘ldik.

Uylamay qilayotgan ishimiz qanday oqibatlarga olib kelishini hozirning o‘zida ko‘rib turibmiz. Harorat yildan-yilga oshib bormoqda. Ba’zi davlatlarda toza havo o‘rniga atrofni chang qoplagani uchun insonlar doimiy niqob kiyib yurishga majbur. Biz bularni barini iqlim o‘zgarishidan ko‘rib, o‘zimizni tinchlantiramiz. Vaholanki, hayotda hamma narsa bir-biriga bog‘liq holda rivojlanadi.

Yer yuzida har 18 daqiqada bitta biologik tur yo‘qolib borayotganiga nima deysiz? Nega bunga yo‘l qo‘yyapmiz. Sayyoraning ifloslanishi, o‘rmonlarning yo‘q bo‘lishiga kim aybdor? Biz aybdormiz. Inson yanada yaxshiroq, yengilroq, qulayroq yashashni istaydi. Biroq, tabiat ishiga aralashishni to‘xtamasak, atrofni ifloslantirishda davom etsak, buning oqibati nima bilan tugashini hozir tasavvur ham qila olmaymiz.

Hozirda dunyoda biologik turlar soni 60 foizga kamaydi. Masalan, Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘i hududidagi 74 ta o‘simlik va 38 ta hayvon Qizil kitobga kiritilgan.
Bir narsani unutmaylik. Zero, tabiat hech narsani unutmaydi. Agar ko‘chma ma’noda aytadigan bo‘lsak, inson va tabiat o‘rtasidagi hozirgi holat “Titanik”ni yodga soladi. Toki unga borib urilmaguncha xursandchilik qilamiz. Xavfni ko‘rib qolganimizda esa kech bo‘ladi. Biz yo‘nalishni o‘zgartira olmaymiz.

Tabiat va insonning o‘zaro ta'siri Tabiat - bizni o‘rab turgan butun borliq (olam), kishilarning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish manbaidir. Inson - murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgazuvchi tirik organizm - individdir. U jamiyatning moddiy va ma'naviy-madaniy rivojlanishining asosi hisoblanadi. Tabiat boyliklari va ularning inson uchun ahamiyati. Inson o‘zining kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklaridan foydalanishga majbur. Tabiat boyliklarini beshta asosiy guruhga ajratish mumkin: mineral, iqlimiy, suv, yer va biologik boyliklar. Aholining yashashi uchun rudali va noruda mineral bioliklar zarur. Ularsiz jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tasavvur etish qiyin. Rudali foydali qazilmalarga temir, mis, olmos, oltin, uran va boshqalar, noruda mineral boyliklarga oltingugurt, neft, gaz, fosforit va boshqalar kiradi. Insoniyatning rekreatsion resurslarga va, ayniqsa, qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talabini qondirish uchun iqlimiy boyliklarning ahamiyati beqiyos. Shuning uchun odamlar qadimdan tabiiy-iqlimiy sharoiti qulay bo‘lgan hududlarga joylashganlar. Xo‘jalikda eng ko‘p foydalaniladigan tabiat boyligi suv hisoblanadi . «Suv bor joyda hayot bor», «suv tugagan joyda hayot tugaydi» degan xalq maqollari suvning bebaho mineral boylik ekanligidan dalolat beradi. Dehqonchilikni rivojlantirishda hosildor yer - tuproqlarning ahamiyati juda katta. Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondinshda tuproqning hosildorligini oshirish muhim tadbirlardan hisoblanadi. Muayyan hududning hayvonot olami va o‘simlik qoplami biologik boyliklarni tashkil etadi. Bu boyliklarning eng muhim xususiyatlari ularni qayta tiklash mumkinligidir. Ularni bir-biridan juda uzoq masofada joylashgan materiklarga ko‘chirish va ko‘paytirish ham mumkin. Masalan, Amerika qit'asidan Yevrosiyo va Afrikaga makkajo‘xori, kartoshka, pomidor, shirin va achchiq garmdori, kakao, loviya, qovoq, ananas keltirilgan. Aksincha, Amerika qit'asiga ot, sigir, qo‘y, tovuq, asalari, kofe, bug‘doy, sholi, arpa, karam, sholg‘om, nok kabilar olib ketilgan . Tabiiy komplekslar inson ta'siri darajasiga ko‘ra uch guruhga ajratiladi: 1. Tabiiy landshaltlar. 2. Tabiiy-antropogen landshaftlar. 3. Antropogen landshaftlar. Tabiiy landshaftlar deganda insonlar tomonidan foydalanilmaydigan hududlar landshaftini tushunamiz. Ularga Antarktida, Shimoliy Muz okeanidagi doimiy muzliklar, orollar, tog‘lar, cho‘llar, qalin o‘rmonzorlar tipik misol bo‘ladi. Tabiiy-antropogen landshaftlarni oraliq landshaftlar deb ham atashadi. Bunday landshaltlar tabiiy va antropogen landshaftlarning oralig‘ida tarkib topadi. Yaylovlar,lalmikor yerlar tabiiy-antropogen landshaftlardir. Antropogen landshaftlar - kishilarning xo‘jalik faoliyati ta'sirida o‘zgargan tabiiy landshaftlar bo‘lib, ular Yer yuzasida keng tarqalgan. Aholi punktlari - qishloq va shaharlar antropogen landshaftlarning tipik namunasi hisoblanadi. Shaharlar landshafti dastlab 5-4 ming yil muqaddam « qal'a-shahar «, «shahar-davlat« sifatida shakllana boshlagan. Tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida qo‘riqxonalar, zakazniklar, milliy bog‘lar tashkil etiladi. Yo‘qolib ketish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonot olami «Qizil kitob» larga kiritiladi va alohida muhofaza qilinadi. Bunday chora-tadbirlar yagona umumiy uyimiz Yer tabiatini va insonlarning sog‘lig‘ini asrash uchun xizmat qiladi

Download 46,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
O'zbekiston respublikasi
tashkil etish
vazirligi toshkent
bilan ishlash
Toshkent davlat
matematika fakulteti
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
pedagogika universiteti
haqida umumiy
uzbekistan coronavirus
sog'liqni saqlash
koronavirus covid
coronavirus covid
qarshi emlanganlik
respublikasi sog'liqni
vazirligi koronavirus
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
covid vaccination
moliya instituti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
fanlar fakulteti
fanidan mustaqil
ishlab chiqarish
Toshkent axborot