T o' ybol a keng hovlida chopqillab, Kezib yurar to'y bola, Davralarni gullatib, Chopib yurar oy bola. Yarashgan liboslari, Boshidadir sallasi, To'yida yangrab turar



Download 18,88 Kb.
Sana17.12.2022
Hajmi18,88 Kb.
#889844
Bog'liq
Ўқувчи шеърлари



T O' Y B O L A

Keng hovlida chopqillab,
Kezib yurar to'y bola,
Davralarni gullatib,
Chopib yurar oy bola.

Yarashgan liboslari,
Boshidadir sallasi,
To'yida yangrab turar,
O'zbegimning yallasi.

Omon bo'lsin, boy bo'lsin,
Ozod elning baxtiga,
Ko'z tegmasin, ilohim,
Yarashiqli taxtiga.

BEKMURODOVA SASIYONA
Mirishkor tumani, 22-sonli maktabi, "Yosh navnihol"
to'garagi a'zosi, 5 "A"-sinf o'quvchisi

ОNAMNI ASRAGIN...

Bunchalar qiynama, ezilgan,
Jonimga rahm ayla, ey yurak,
Gul umri xazonga aylangan,
Onamni asragin, ey falak.

Meni deb rohatin o'ylamay,
Bir joni jonimga ming halak,
Ozurda jonini qiynamay,
Onamni asragin, ey falak.

Poyiga to'shayman jonimni,
Bolsa ham tanimda jon halak,
Ko'klarga ko'targan qadrimni,
Onamni asragin, ey falak.

Fayz berar borligi taxtimga,
Volidam men uchun hur, malak,
So'g' yursin doimo baxtimga,
Onamni asragin, ey falak.

TO'RAQULOVA AZIZA
Mirishkor tumani, 22-sonli maktabi, 10-sinf
o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi


Maktabning Ijodiy-madaniy masalalar bo'yicha targ'ibotchisi: M. PARDAEV

Abdullaeva To'tigul


Mirishkor tumani 22-sonli maktabi 6"V"-sinf o'quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

OTA-ONAM-VATANIM

Otam-davlatli shohim,
Onam-eng yorug' oyim,
Ozod Vatan bag'rida,
Ular baxtli hamrohim.

Tunlar yulduzlar hamroz,
Baxtim ohangiga soz,
Vatan madhin kuylasam,
Menga bulbul jo'rovoz.

Baxtli yashar yosh-qari,
Qizlari huru pari,
Oqil-dono, bilimdon,
Vatanimning sarvari.

Qadri baland, ko'ksi tog',
Odamlarning kayfi chog',
Har mahalla, har guzar,
Ko'rkam bamisli chorbog'.

Ota-onam-osmonim,
Vatanim-soyabonim,
Kerak bo'lsa shularga,
Fidodir shirin jonim.

V A Q T

Fursat deganlari juda qiziqda,
Ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi,
Bahor anhoridek pishqirib, toshib,
Sharqirab to'xtamay oqib ketadi.

O'tgan har bir oni oltinga qiyos,
Har dami g'animat, bo'lmasin uvol,
Yolvorsang ham aslo qaytmas ortiga,
Bu ahli basharga javobsiz savol.

Ochilova Gulyuz
Mirishkor tumani, 22-sonli maktabi, 8"A"-sinf o'quvchisi

B U G' D O Y N O N

Ko'zlarimda inmas nam,
Rizqim butun, emas kam,
Yog'li osh yemasam ham,
Bug'doy nondan qo'ymasin.

Onam yopgan kulcha non,
Jonimga bo'lar darmon,
Tangrim meni har qachon,
Bug'doy nondan qo'ymasin.

JUMAMURODOVA SARVINOZ
Mirishkor tumani, 22-sonli maktabi 5"V"-sinf o‘quvchisi, "Navnihol" to'garagi a'zosi

B A H O R

Qish ketib bahor kelar,
Quvnab yashnaydi dillar,
Tog'lardan erib qorlar,
Qo'shiq boshlaydi soylar.

Oftob yuzida kulgu,
Yerda qolmaydi qayg'u,
Bodom qiyg'os gul ochib,
Sochin taraydi tollar.

To'lib oqmoqda anhor,
O'zgachadir shom-nahor,
Sizga aytaymi bir so'z,
"Yurtimga kezar bahor".


FAYZIYEVA SABRINA

Mirishkor tumani, 22-sonli maktabi 8-sinf o‘quvchisi,
"Navnihol" to'garagi a'zosi
Download 18,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish