Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi Tangachalilar turkumi



Download 88,5 Kb.
Sana09.09.2017
Hajmi88,5 Kb.
#20723
O’zbekiston Respublikasi Хalq talim vazirligi

Respublika bolalar kutubhonasi.

Fan: Zologiya

Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi
Tangachalilar turkumi. Bu turkumga har xil kaltakesaklar va ilonlar kiradi. Ulaming tanasi tangachalar bilan qoplangan. Bizning cho'llarimizda kaltakesaklardan dasht agamasi, kulrang echkemar va oyoqsiz kaltakesak - sariq ilon uchraydi. Ular har xil hasharotlami уеb, foyda keltiradi. Тurаr joylarda tunda hayot kechiruychi kaltakesaklardan gekkonlami uchratish mumkin. Bekkonlar kunduzi devor yoriqlariga yashirinib oladi, faqat tunda ovga chiqadi. Eski imoratlarda tunda ularning ohista chiqillashi eshitiladi. Gekkonlar har xil hasharotlar va o'rgimchaklar bilan oziqlanadi.

Ilonlariimg oyog'i bo'lmaydi., Ular gavdasini u yoki bu tomonga egib, qovurg'alariga tayangan holda harakatlanadi.( Lekin kaltakesaklar orasida oyoqsiz turlari ham bo'ladi. Misol tariqasida sariq ilon va urchuqsiтon kaltakesakni ko'rsatish mumkin) Shuning uchun ko'pincha ular ilonlar bilan adashtiriladi. Ilonlar kaltake­saklardan ko'zining tuzilishi bilan farq qiladi. Кaltakesaklaming ochilib-yumiladigan uchinchi xira qovog'i bo'lishi eslatib o'tilgan edi. Ilonlarda esa bunday qovoq bo'lmaydi, chunki ulaming ustki va ostki qovoqlari shaffof bo'lib, soat oynasi singari ko'zini qoplab turadi. Ko'zi yumilmasligi tufayli ilonlar baqrayib turganga o'xshaydi.

Kaltakesaklar singari ilonlar ham tullaydi. Lekin ilonlar tullaganda terisi paypoqqa o'xshab yaxlit ko'chib tushadi. Ilonlaming yuqori va pastki jag' suyaklari cho'ziluvchan paylar yordamida harakatchan birikkan. Shuning uchun ular og'zini juda, katta ochib, tanasidan ancha yo'g'on bo'lgan o'ljasini butunligicha yuta oladi. Ko'pchilik ilonlar o'ljasini tiriklayin yutadi. Bo'g'ma ilonlar esa o'ljasini tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldirgandan so'ng yutib yuboradi.

Zaharli ilonlaming og'iz bo'shlig'ida yuqori jag'idan orqaroqda zahar bezlari va yuqori jag'ining old tomonida esa zahar chiqa­radigan ikkita yirik tishiari joylashgan. Ilоn chaqqanida bezlar ishlab chiqaradigan zahar аnа shu tishlardagi egatcha yoki naycha orqali o'ljasi yoki g'animi organizmiga o'tadi. Ilonning uchi ayri tili ham kaltakesakniki singari tuyg'u va ta'm bilish a'zosi hisohianadi. Ilonlаrdа eshitish a'zosi yaxshi riyojlanmaganligidan havoda tarqaladigan tovushni eshitmaydi.

Во 'g'ma ilonlarda shaqildoq ilonda issiqlikni sezish a'zosi bo'ladi. Ular uzoqdagi hayvon tanasidan chiqayotgan haroratтni yaxshi sezadi.

Ilonlаr o'rgimchaksimonlar, hasharotlar, baliqlar, baqalar, qurbaqalar, kaltakesaklar, qushlar va sutemizuychilar bilan oziqlanadi. Ilonlаr bittadan bir necha o'ntagacha tuxum qo'yadi. Ayrim ilonlar tirik tug'adi

­ O'rta Osiyo hududidа ilonlаrning o'nlab turi uchraydi. Ular orasida kapcha ilon, ko'lvor ilon, qora ilon, charx ilon va qalqon­tumshuq ilon zaxarli hisohianadi.

Qizilqum, Ustyurt va Amudaryo qumloqlarida tanasining uzunligi 70 sm keladigan qum bo'g'mailoni tarqalgan. Вu ilon zaharli emas. U kaltakesaklar, kemiruvchilar va mayda qushlar bilan oziqlanadi. O'ljasini boshqa ilonlar singari tanasi bilan o'rab olib, bo'g'ib o'ldir­gandan so'ng yutib yuboradi. Bu ilon tirik bola tug‘adi.

O'zbekistonning hamma suv havzalarida suv ilon uchraydi. U turli mayda baliqlar va baqalar bilan oziqlanadi. Baliqchilik xo'jaliklarida ilon birmuncha ziyon keltirishi mumkin. Vohalardagi jarliklar, tashlandiq eski binolar, molxonalar, hatto xonadonlarda chipor ilon tez-tez uchrab turаdi. Chipor ilon turli qushiar va ulaming jo‘jalari, kemiruvchilar va kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ilon o'lja qidirib, molxona va xonadonlarning shiftiga chiqib olib, devorning yoriqlariga kirib qolishi mumkin, Chipor ilon ham suvilon singari zaharli еmаs.

O'rta Osiyoning janubiy umanlarida, xususan Bobotog', Hisor, Zarafshon, Nurota tizma tog'larining tog'oldi hududlarida, Qarshi dashtida yirik zaharli ilonlardan biri kapcha ilon (kobra) tarqalgan. Ilonning uzunligi 170 sm dan 2 m gacha boradi. U bahorda kunduzi, yoz va kuzda ertalab va kechqurun faol harakat qiladi. Biron xavf tug'ilganida yoki odam yaqinlashganida ilon tanasining old qismini ko'taradi-da, bo'ynini kengaytirib yassi qiladi va vishillagan ovoz chiqaradi. Kapcha ilоn qurbaqa, kaltakesaklar va boshqa ilonlami tutib yeydi. Вu ilon o'ta zaharli hisohianadi. Uning zaharidan dori tayyorlanadi. Кapcha ilon noyob tur sifatida “Qizil kitob"ga kiritilgan.

Nurota, Zarafshon va Hisor tizma tog'larida, tog' etaklarida tanasining uzunligi l20 sm cha keladigan ko‘lvor ilon ko'p uch­raydi. Uni tog' etaklaridagi bog'larda va hatto daraxtlarning shoxida ham uchratish mumkin. Ilon ko'pincha kechasi ovga chiqadi. Mayda qushlar, kemiruvchilar, kaltakesaklar bilan oziqlanadi. Ko'lvor ilon ba'zan o'zidan ancha yirik o'ljani, masalan, tovushqonlami ham yutishi mumkin. ilon odamga duch kelganida harakatsiz yotadi.

Yalangoyoq kishi uni bosib olganida chaqadi. Ko'lvor ilonning' zahari juda xavfli. Ви ilon chaqqan odam davolanmasa, halok bo'lishi mumkin.

O'rta Osiyoning janubidagi cho'llarda va tog' etaklarida uzunligi 80-90 sm keladigan charx ilon ko'p uchraydi. Ilon bezovta qilinsa, u bir joyda turib aylana boshlaydi va uning yon tangachalari bir ­biriga ishqalanib, aylanadigan charx tosh kabi ovoz chiqaradi. Shuning uchun unga charx ilon degan nom berilgan. Ilon faqat tunda ovga chiqadi. Tosh ilonlar umurtqasiz hayvonlar: chayon, chigirtka, ko'poyoqlilar; voyaga yetgan ilonlar kemiruychilar, kaltakesaklar, baqa va zaharsiz ilonlar bilan oziqlanadi. Charx ilon chaqqanida badan juda kuchii og'riydi, lekin ko'pincha odam tuzalib ketadi.

­

Toshkent va Samarqand viloyatlarida, shuningdek, Mirzacho'l va Xorazm cho'llarida qаlqоntumshuq ilon ko'p uchraydi. Uning uzunligi 68 smgacha bo‘ladi. Ilon chaqqan odamning badani shishib ketadi va issig'i ko'tariladi. Kasal odam l0-l5 kundan so'ng tuzala boshiaydi.



Zaharli ilonlar chaqqanida, jarohatlangan joydan zahar qon bilan birga qo'l bilan siqib yoki og'iz bilan so'rib chiqarib tashianadi. So'ngrajarohatga margansoYka, sirka yoki sodali suy bilan ho'llangan bint yoki paxta bosiladi. Jarohatga qizdirilgan temir bosish mumkin emas. Dastlabki chora-tadbirlar ko'rilgandan so'ng zaharga qarshi zardob qabul qilish uchun tezda shifoxonaga murojaat qilish zarur.
Toshbaqalar va timsohlar turkumlari.

Sudralib yuruvchilarning umumiy tavsifi

Toshbaqalar turkumi. Toshbaqalaming tanasi orqa va qorin tomondan suyak hamda mиgиzdan iborat mustahkam kosa, ya'ni qalqon bilan qoplangan. Kosalar qovurg'alar, umurtqalar va o'mrov suyaklari bilan bog'langan. Вiron xavf tug'ilganida toshbaqa boshi, oyoqlari va dumini kosasining ichiga tortib oladi. Toshbaqalarning bo'yni uzun, boshi juda harakatchan bo'ladi. Og'iz bo'shiig'ida yo'g'on go'shtdor tili joylashgan, tishiari riyojlanmagan, shoxsimon plastinkalar bilan qoplangan jag'lari bor. Ko'zi va hid bilish organlari yahshi riyojlangan. Umurtqa pog'onasida bо'yin va dum umurtqalari o'zaro harakatchan birikkan, boshqa umurtqalari orqa kosasi bilan harakatsiz qo'shilib ketgan.

Ko'pchilik toshbaqalar quruqlikda, ayrim turlari suv hay­zalarida hayot kechiradi. Chuchuk suyda hayot kechirishga mos­lashgan turlarining barmoqlari orasida suzgich pardasi bo'ladi. Dengiz toshbaqalarining oyoqlari eshkak yazifasini o'taydi.

O'rta Osiyoning cho'l va adirlarida, ayniqsa lalmikor yerlarida О 'rta Osiyo toshbaqasi keng tarqalgan. U ning kattaligi 20-25 sm keladi. Toshbaqalar tabiatda bahor va kuz fasllarida uchraydi. Ular yovvoyi o'simliklar maysalari bilan oziqlanadi. Ba'zan bug'doy Va beda maysalarini уеЬ, birmuncha ziyon keltiradi. Jazirama yoz boshianishi bilan adirlarda toshbaqalarga oziq bo'ladigan o'simliklar qovjirab qoladi. Toshbaqalar esa kuz kirgunicha uyquga ketadi. Kech kuzda hayo soviy boshlagach, ular o'zlari qazigan inlariga yoki toshiaming ostiga bekinib оlib, qishki uyquga kiradi.

O'rta Osiyo toshbaqasi mart-аргеI oylarida' urchiy boshiaydi. Urg'ochi toshbaqalar qazigan inlariga l-6 tadan tuxum qo'yadi. у oz oxirida tuxumlardan chiqqan yosh toshbaqalar tuproqqa ko'milib оliЬ qishlaydi.

у evropaning janubida botqoq toshbaqasi uchraydi. Тoshbaqa yaxshi suzadi va sho'ng'iydi, suyda uchraydigan umurtqasiz hayvonlar bilan oziqlanadi. Uzoq Sharq Suy hayzalarida yashaydigan terili toshbaqaning suyak kosasi bo'lmaydi.

Tropik dengizlarda hayot kechiradigan deпgiz toshbaqasi juda yirik Ьо'liЬ, uning og'irligi 300 kg dan oshadi. Toshbaqa eshkaksi­топ oyoqlari yordamida suvda suzib yuradi; faqat tuxum qo'yish uch-un qirg'oqqa chiqadi.



Timsohiar turkumi. Timsohiar bahaybat kaltakesaklarga o'xshab ketadi. Tanasining uzunligi l0 m gacha boradi. Terisi orqa tomondan juda qalin qalqonlar bilan qoplangan. Timsohiarning orqa oyoqlari barmoqlari orasiga parda tortilgan va ikki yondan siqilgan kuchii uzun dumi yordamida yaxshi suzadi va sho'ng'iydi.

Timsohlar-yirtqich hayvonlar. Ularning ko'zlari va. burun teshiklari bosh ustidagi maxsus bo'rtiqchalarda joylashgan bo'lganidan tanasi suvga botib turganida ham burun teshiklari va ko'zlari suvdan tashqariga chiqib turadi. Shu holatda timsoh suvga yaqinlashayotgan yirik hayvonlarnibemalol kuzatib turadi va sezdirmasdan yaqinlashib tutib oladi. Lekin bunaqa o'lja timsohiarga kamdan-kam nasib etadi. Odatda ular har xil suv hayvonlari, asosan baliqlar bilan oziqlanadi. Timsohiar ko'pincha kunduzi qirg'oqqa chiqib, oftobda isinib yotadi. Urg'ochi timsoh qirg'oqqa chiqib, o'zi qazigan chuqurga o'nlab tuxurn qo'yadi va ko'pincha tuxurnlarini o'zi qo'riqlaydi. Tuxurndan chiqqan bolalarini o'z og'zida suvga оlib boradi.

Tirnsohlar boshqa sudralib yuruvchilarga nisbatan rnurakkab tuzilgan. Ulaming o'pkasidagi bo'shlig'i to'siqlar bilan ko'plab karneralarga Ьо'lingап, yuragi esa to'rt karnerali. Lekin уепа va arteriya qoni yurals:dan chiqqandan so'ng aralashib ketadi.

Tirnsohlaming terisi yuqori baholanadi. Terisidan chiroyli portfel, surnka va oyoq kiyirnlari tikiladi. Аупrn rnarnlakatlarda, rnasalan Kubada teri olish rnaqsadida tirnsohlar rnaxsus hovuzlarda ko'paytiriladi.



Sudralib yuruvchilarning umumiy tavsifi. Sudralib yuruvchilar - quruqlikda hayot kechirishga yaxshi rnoslashgan hayvonlar. Ulaming terisi quruq bo`lib, shoxsirnon tangachalar yoki qalqon­lar bilan qoplangan. Faqat o'pkasi orqali nafas oladi. Yurak qorin­chasi to'liq ikkiga bo'linrnaganligi uchun уепа arteriya qoni qisrnan aralashadi. Ular sovuqqonli hayvonlar bo'lganidan tana harorati tashqi rnuhit haroratiga bog'liq. Urg'ochilari po'sti qalin, zaxira rnoddalarga Ьоу tuxurnini quruqlikka qo'yadi. Tuxurndan chiqqan yosh nasli voyaga yetgan hayvonlarga o'xshab ketadi.

Ba'zi sudralib yuruvchilar tirik tug'adi. Sudralib yuruvchilaming ауrim turlari suvda yashashga rnoslashgan bo'lsa-da, tuxurnlarini quruqlikka qo'yadi. Вu hol suvda yashaydigan sudralib yuruvchilarning ajdodlari harn dastlab quruqlikda yashaganligini ko'rsatadi.


Sudralib yuruvchilarning kelib chiqishi

Sudralib yuruvchilarning ajdodlari. fsudralib yuruvchilaming ajdodlari qariyb 300 mln. yil ilgari suvdan quruqlik muhitida yashashga o'tgan eng qadimgi suvda ham quruqlikda yashovchilar bo'lgan O'sha davrga sayyoramizning sernam va issiq iqlim ulаrniug hayot kechirishi uchun juda qulay bo'lgan. Аmmо iqlimning quruqlasha borishi bilаn suvda ham quruqlikda yashovchilaming ko'p qismi qirilib ketib, qolganlarining rivojlanishi esa ikki уо'nа­lishda davom etgan. Ba'zilari suv bo'yida yashab qolib ularda hozirgi suvda ham quruqlikda yashovchilar kelib chiqqan. Boshqalari esa aksincha, quruqlik muhitiga tobora moslashib borgan va ulardan sudiralib yuruvchilar kelib chiqqan.

Qadimgi suvda ham quruqlikda yashovchilaming quruqlik muhitiga moslashuvi ular tuxumining tobora yiriklashib, po'cho­g'ining qattiqlashuvi va hayvon terisining qalinlashib, quruqlashuvi orqali sodir bo'lgan. Тuхum po'chog'ining qattiqlashganligi quruqlikda tuxum qo'yishga imkon bergan. Tuxumning yiriklashib, sariq oziq moddaga boyishi uninf? ichidagi embrionni uzoqroq rivojlanishiga imkon bergan. Shuriing uchun tuxumdan chiqqan yosh hayvon ancha yirik va voyaga yetgan hayvongajuda o'xshash bo'ladi.(yoyaga yetgan hayvonlar terisining qalinligi, ayniqsa, uning muguz tangachalar bilаn qoplanishi tanadagi suvni teri orqali bug'lanib ketishiga to'sqinlik qiladi, binobarin, suvni tejab sarflash imkonini bеrаdi Аmmо qalin va quruq teri orqali kislorodning tanaga o'tishi qiyinlashadi. Вu hol sudralib yuruvchilar o'pka xaltasi devorida katakchalar paydo bo'lishi tufayli nafas olish yuzasining ortishiga, pirovard natijada o'pka faoliyatining kuchayishiga оlib kelgan. Keyinchalik qovurg'alar va ko'krak qafasi paydo bo'lganidan so'ng ko'krak qafasining kengayib-torayishi hisobiga nafas olish jarayoni yanadajadallashgan. Yurak qorinchasida parda paydo bo'lishi va qorinchaning chala bo'linishi esa arteriya va уеnа qonining qisman ajralishiga оlib kelgan.

Sudralib yuruvchilar skeletida qovurg'alarning paydo Ьо'шЫ bilan ularning bo'yni ancha cho'zilgan, bosh qismijuda harakatchan bo'lib qolgan. Sudralib yuruvchilar o'ljasini ushiaganida suvda ham quruqlikda yashovchilar singari butun tanasini burmasdan faqat boshini buradi. Ularning bosh miyasi, sezgi a'zolari va turq-atvori, suvda ham quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ko'proq takomillashgan. Xilma­. xil harakatlar qilishi tufayli miyachaning hajmi ortgan, bosh miyaning boshqa bo'limlari ham ancha murakkahiashgan.

Qadimgi sudralib yuruvchilarning keng tarqalishi va qirilib ketisbi. Sudralib yuruvchilar terisi quruq bo'lgani tufayli suvni juda kam iste'mol qiladi. Ko'pchilik sudralib yuruvchilar hech qachon sliv ichmaydi, faqat oziq tarkibidagi suv bilan qanoat­lanadi. НауоН suv bilan bog'liq bo'lmaganligi va [аоl harakatlanishi tufayli qadimgi sudralib yuruvchilar У er yuzida keng tarqala boshlagan, ular turlarining soni ham ortgan. Юlimlаr bundan 200 mln. уЦ ilgari sudralib yuruvchilar u er yuzida barq uпЬ rivojlanganligini va mavjud barcha muhitni egallaganligini aniq­lashgan. Ular orasida turli muhitga moslashgan bahaybat turlari ham ko'p bo'lgan. Masalan, quruqlikda uzunligi 30 m, og'irligi 50 t keladigan o'txo'r diпozavrlar, uzunligi l0 m keladigan yirt­qich tiraпozavrlar, suvda ho'zirgi delfinlarga o'xshab ketadigan uzunligi l2 m ga yetadigan ixtiozavrlar, havoda esa uchar kaltakesaklar - pterodaktillar hayot kechirgary(2-forzatsga qarang). Dinozavrlarning suyak qoldiqlari va tishlari Markaziy Osiyoning bir qancha hududlaridan topilgan. Qadimgi yirik sudralib yuruv­chilar suv bo'yida yoki suvda hayot _echirishgan, chunki quruq­likda ularning harakatlanishi juda qiyin bo'lgan.





Qapcha ilon

Oxus (Central Asian) Cobra

Naja oxiana (Eichwald, 1831)

 

 

Maqomi. 3: Zaiflarga yaqin, mozaik tarqalgan Eron-Turon turi. TMXI Qizil ro`yxatiga kiritilgan [DD].



Tarqalishi. G`arbiy Pomir-Oloy, Markaziy va Janubiy Qizilqum, Qarshi cho`llari. O`zbekistondan tashqarida: Turkmanistonning janubiy qismi, Tojikiston, hamda Eron, Afg`oniston, Pokiston, Hindistonning shimoliy qismlari.

Yashash joylari. Shag`al va tuproqli adirlar, qoldiq tog`lar va d.s.b. 2000 metrgacha bo`lgan tog`lar, daryo qayirlari va vohalar, ba'zan cho`l va yarim cho`llar. Soni. 1980-yillarda janubiy hududlarda (Bobotog` etaklari, Sandiqlicho`l) 1,5 gektar maydonda 1 dona uchrar edi; o`rtacha zichligi 1 kv. km maydonda 0,5-5-ni tashkil etar edi. Hozirda ayrim yashash joylarida butunlay yo`q bo`lib ketgan, qolganlarida esa soni kamayib ketgan.

Yashash tarzi. Mart-oktabrda (yozda - asosan tunlari) faol; tuproq yoriqlari, toshlar osti, kemiruvchi va toshbaqalar inlariga yashirinadi va o`sha yerda qishlaydi. May oyida juftlashadi. Iyulda 6-19 ta tuxum ko`yadi. Bolasi avgust-sentabrda tuxumdan chiqadi, 3-4 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Sudralib yuruvchilar, baqalar, ayrim hollarda mayda qush va sutemizuvchilar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar. Yerlarning o`zlashtirilishi, inson tomonidan ta'qib qilinishi.

Ko`paytirish. Urg`ochisining tabiatda urug`lantirilgan tuxumlari inkubatsiya davrini muvaffaqiyatli o`taydi. Serpentariy sharoitiga yaxshi ko`nikadi.

Muhofaza choralari. Ovlash taqiqlangan. Surxon, Hisor, Kitob va Nurota qo`riqxonalarida muhofaza ostiga olingan. SITESning II-Ilovasiga kiritilgan.

Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish