Strategiyasi milliy taraqqiyot asosi


Davlat va jamiyat qurilishi tizimining takomillashtirish



Download 50.4 Kb.
bet3/20
Sana15.05.2021
Hajmi50.4 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Davlat va jamiyat qurilishi tizimining takomillashtirish.

Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish” deb nomlanadi. Ushbu yo‘nalishda quyidagi strategik vazifalar belgilandi:

1. Demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalaning rolini yanada kuchaytirish.

2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish.

3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish.

Mustaqillik yillarida Konstitutsiya va qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining mutlaq vakolatlari, Senatning va Qonunchilik palatasining alohida vakolatlari qonun chiqaruvchi hokimiyat faoliyatining mustaqil va demokratik tamoyillar asosida kechishini ta’minlay oladigan darajada belgilandi. Mamlakatimizda Parlament islohotlarini yanada chuqurlashtirish natijasida ikki palatali parlament tashkil etildi, O‘zbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi hokimiyati huquqiy davlat talablariga javob beradigan darajada faoliyat yurita boshladi. Harakatlar strategiyasida «davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha vakolatlarini yanada kengaytirish»ga doyr strategik vazifa qo‘yildi. Shu maqsadda, Harakatlar dasturida Oliy Majlisning hokimiyatlar bo‘linishi prinsipiga asosan boshqa hokimiyat tarmoqlari bilan muvozanatni va o‘zaro bir-birini tiyib turishni ta’minlash, uning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish maqsadida «Parlament nazorati to‘g‘risida»1gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqildi, loyihada Oliy Majlis Konunchilik palatasining deputati va Senat a’zosi tomonidan parlament nazorati vakli sifatida mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilish hamda uning natijalari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish, Oliy Majlisning tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes ombudsman)ni parlament nazorati subyekti sifatida belgilandi2. Harakatlar strategiyasida Prezident Sh.M. Mirziyoyev ilgari surgan - «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini ijtimoiy-siyosiy hayotda amalga oshirishga doir dasturiy maqsadlar ham mujassamlashgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida hududlardan saylangan deputat va senatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘ladi. Harakatlar strategiyasining birinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha mamlakatimizda davlat va jamiyat qurilishi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida yana bir qator qonun va qonunosti hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish belgilangan:




Download 50.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
davlat pedagogika
guruh talabasi
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
samarqand davlat
toshkent davlat
navoiy nomidagi
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
matematika fakulteti
tashkil etish
Darsning maqsadi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
Ўзбекистон республикаси
Alisher navoiy
bilan ishlash
fanining predmeti
Nizomiy nomidagi
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
vazirligi muhammad
fizika matematika
maxsus ta'lim
fanlar fakulteti
sinflar uchun
universiteti fizika
o’rta ta’lim
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
махсус таълим
haqida umumiy
Referat mavzu
ishlab chiqarish
tibbiyot akademiyasi
pedagogika fakulteti
umumiy o’rta
Samarqand davlat