Статья публикует насмешки в начальных классах школ, головоломки чтобы думать о факторах народного устного творчества Аnnotation



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana30.04.2022
Hajmi0,52 Mb.
#598725
TuriСтатья
Bog'liq
781-Текст статьи-2183-1-10-20220329



271 
BOSHLANNG’ICH SINFLARDA TOPISHMOQLARNI O’RGANISH MASALALARI 
DOI: 10.53885/edinres.2021.77.34.104
 
N.O. Safarova
f.f.n., dotsent. 
N. Farhodova
 BuxDU talabasi 
 
Annotatsiya 
Maqolada boshlang‘ich sinf darslarida topishmoqlarni o‘rganish masalalari haqida, topishmoqlar xalq 
og‘zaki ijodining bolalarni o‘ylashga, topqirlikka o‘rgatuvchi omillari haqida fikr yuritilgan 
Аннотация 
Статья публикует насмешки в начальных классах школ, головоломки чтобы думать о факторах 
народного устного творчества 
Аnnotation 
The article publishes ridicules in primary school classes, puzzles were thought to think about the 
factors of folk oral creativity 
 
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini tashkil etish kichik maktab yoshidagi o'quvchilarda nutq 
boyligini o'stirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, adabiy-estetik tafakkurni kamol toptirish hamda shu 
yoshdagi bolalarni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashdan iborat. O'qish dasturining mazmuni 
boshlang'ich sinf o'quvchilarida imon-e'tiqod tushunchalarini shakllantirish, vatanga muhabbat uyg'otish, 
o'zligini tanishga xizmat qiladi. O'quvchilarni o'qishga o'rgatish jarayonida bir qator ko'nikma va malakalar 
shakllantiriladi. Jumladan, to'g'ri, ongli, tez va ifodali o'qish; o'qilgan asarni adabiy-estetik xususiyatlari 
chuqur idrok etish, tasvirlangan voqea-hodisalarning mag'zini chaqish, muayyan xulosalar chiqarish; matn 
ustida ishlashga o'rgatish, o'quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish; o'quvchilarda yuksak 
axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg'usini tarbiyalash kabilar. Yuqorida qayd qilingan vazifalar "O'qish" 
darsliklariga kiritilgan badiiy, ilmiy-ommabop asarlar, xalq og'zaki ijodi namunalarini o'qitish asosida 
amalga oshiriladi. 
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslari ikki yo'nalishda tashkil etiladi. 1-yo'nalish sinfda o'qish darslari; 
2-yo'nalish sinfdan tashqari o'qish darslari.
Kuzatishlarimizdan ayon bo'lishicha, o'qish dasturini tuzishda g'oyaviy-estetik, mavsumiy, tadrijiy 
asoslar hisobga olingan. Tanlangan o'quv materiallari o'quvchilarga ta'lim berish, ularni tarbiyalashda muhim 
bo'lgan borliq haqidagi bilimlar va yuksak insoniy munosabatlarni o'z ichiga oladi. Darsliklar(1-2-3-4-sinf 
"O'qish" darsliklari nazarda tutilyapti)da o'z ifodasini topgan badiiy asarlar xalqimizning o'tmishi, vatanimiz 
tarixi, undagi muhim voqealar, vatan ramzlari, kishilar mehnati, inson e'tiqodi va ma'naviyatiga 
bag'ishlangan bo'lib, u orqali barkamol shaxsni tarbiyalash maqsadi belgilangan. 
O'quvchilarni o'qishga o'rgatish hayot tajribalariga tayanib ish ko'riladi. Buning uchun o'quvchi 
madaniy-maishiy va boshqa sohadagi hamda tabiat hodisalari yuzasidan ega bo'lgan ma'lum ko'nikmalarga 
tayaniladi. 
O'qish mashg'ulotlarida o'quvchilarning faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan usullardan 
foydalanish, asarlarni janr tabiatidan kelib chiqib rollarga bo'lib o'qitish, qahramonlar nomidan qayta hikoya 
qilish, qahramonning taqdiri haqidagi hikoyani davom ettirish, qiziqarli mavzularda og'zaki hikoya tuzdirish 
kabi ijobiy topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Og'zaki nutq madaniyatini egallash, unga xos xususiyatlarni bilish; o'quvchidan gap va nutqni 
grammatik, orfografik, stilistik jihatdan adabiy til me'yorlariga rioya qilgan holda tuzishga o'rgatish. Og'zaki 
nutqni rivojlantirish uchun o'quvchi lug'at boyligini izchil oshirib borish, gapning sintaktik tuzilishiga oid 
bilimlarni amaliy jihatdan egallash, nutq birliklari o'rtasidagi mantiqiy uyg'unlikni ta'minlashga oid 
malakalarni rivojlantirish, yangi harf-tovushga bog'lab tavsiya etilgan so'zlar ma'nosini o'quvchiga to'liq 
anglashilishiga erishish kerak. Topishmoq, maqol, hikmatli so'zlar ustida ishlash (darslik materiallari va 
sinfdan tashqari o'qish uchun tan tanlangan o'quv materiallari asosida);
Topishmoqlar narsa yoki hodisalarning ataylab yashirilgan belgisi, shakli, hatti-harakati, holati va 
vazifasini boshqa narsa yoki hodisalarga qiyoslash asosida topishga asoslangan sheriy yoki nasriy 
tuzilishdagi savol va topshiriqlardir. Topishmoqlar xalq turmushi bilan chambarchas bog'liq holda yaratiladi. 
Ularning zaminida kishilarning qadimiy e’tikod va tasavvurlari, olamni bilish va idrok etishga bo'lgan 
intilishlari yotadi. 


272 
Topishmoqda yashirilgan narsalar uning javobi hisoblanadi. Topishmoqning javobini topish uchun 
topishmoq matnini etibor bilan o'qish, nimaga ishora qilinayotganligini faxmlash, topishmoqning asosiy 
xususiyat va belgilari aynan nimaga qaratilganligini taxmin qilish bilan ham topishga harakat qilish kerak. 
Topishmoq o'quvchilarni topqirlik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Shu sababli xalq og'zaki ijodining bu 
janridan darsliklarda ham keng qo'llanilgan. 1-2-sinf ,,O'qish kitobi" da topishmoqlar ko'proq, har bir matn 
ostida keltirilgan. Bundan ko'zlangan maqsad matn mazmunini topishmoqlar asosida ham o'zlashtirilishiga 
erishishdir. Masalan, 1 -sinf ,,O'qish kitobi" da "Kitobga mehr" matni ostida "Qat-qat qatlama, Aqling bo'lsa 
tashlama" topishmog'i keltirilgan va mavzuga juda mos tanlangan. Topishmoqlar bunday shaklda berilganda 
ularning javobi oson topiladi.
1-4-sinf o'qish darsliklarida "Topishmoqlar" mavzusi ostida har xil topishmoqlar ham berilgan bo'lib, 
ular o'quvchilarning topqirligini yanada oshiradi, tafakkurini o'stiradi. 1 - 2-sinf darsliklarida topishmoq 
javoblari ularning ostiga yozib qo'yilgan yoki rasmlar orqali berilgan. 3-4-sinflarga o'tgach esa javoblar qayd 
etilmagan. Buning sababi shuki, bu davrga kelib o'quvchilar topishmoqlar ustida ishlash ko'nikmalarini hosil 
qilgan bo'ladi. 
Topishmoqlar bolalar shoirlari tomonidan ham yaratilib kelinmoqda. Bunday topishmoqlar sho'x, 
qiziqarli bo'ladi. Masalan, 4-sinf ,,O'qish kitobi" da "Buni toping, qizlarim" (G'.G'ulom) topishmoqlari 
keltirilgan. 
Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, boshlang'ich sinf darsliklariga o'quvchilar yoshiga mos, 
mavzular bo'yicha tanlab olingan ko'proq tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan topishmoqlar tanlab kiritish 
maqsadga muvofiq bo'lardi. 
Topishmoqlarni o'rganish boshlang'ich sinflarda dastlab har bir darsda amalga oshirilib boriladi. 
Alohida dars sifatida o'rganishda esa o'qituvchilar turli usullardan foydalanishlari mumkin.
Adabiyotlar 
1. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi: Nasaf, 2000.
2. Roziqov O., Mahmudov M., Adizov B., Hamroyev A. Ona tili didaktikasi. -T.: Yangi asr avlodi, 
2005. -388 b.
3. G'ulomova X., G'afforova T. 2-sinfda ona tili darslari. -T.: Sharq, 2003. -110 b.
4. Hamroyev A. 1-sinfda o`qish darslari. -Buxoro, 2002.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish