Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari



Download 44.36 Kb.
bet6/11
Sana15.05.2021
Hajmi44.36 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Iqtisodiy kategoriyalar, iqtisodiy jarayonlar, hodisa va voqyealarning biron-bir alohida jihatlarini xarakterlaydigan ilmiy tushunchalar yoki ularning ilmiy-nazariy in’ikosidir.

Nazariyada iqtisodiy kategoriyalar guruhlarga bo’lib o’rga-niladi.

1. Umumiqtisodiy kategoriyalar. Bunday qonunlar iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlariga xos, lekin ijtimoiy-iqtisodiy tizimga aloqasi bo’lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar. Ishlab chiqarish, ishlab chiqarish omili, mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, ish vaqti, mehnat taqsimoti, ayriboshlash, iste’mol, iqtisodiy manfaat, mehnat unumdorligi kabilar shunday kategoriyalar jumlasidandir.

2. Tizimning o’ziga xos kategoriyalari. Bular iqtisodiy taraq-qiyotning muayyan bir bosqichiga, ijtimoiy-iqtisodiy tizimning tabiatiga aloqador bo’lgan va o’tkinchi munosabatlarni ifodalovchi maxsus kategoriyalardan iborat. Masalan, ekspluatasiya, renta, ekspansiya, rantye, aholi ortiqchaligi, qashshoqlanish, monopoliya, oligopoliya kabi kategoriyalar mavjudligini bilish lozim.

3. Davriy oraliq kategoriyalar. Ular umuminsoniy xarakter-dagi, lekin bir necha iqtisodiy tizimlar sharoitida amal qiluvchi, tarixan uzoq saqlanuvchi, ammo o’tkinchi mazmundagi iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalardan iborat. Bularga bozor munosabatlariga xos kategoriyalar: tovar, pul, talab-taklif, marketing, narx-navo, inflyasiya va boshqalar kiradi.

Iqtisodiy munosabatlar o’zgarib turganligi tufayli birining o’rniga boshqasi kelishi, ayrimlarining yangilanib turishi, boyib borishi, yangi qirralarining paydo bo’lishi mumkin. Shu sababli iqtisodiy kategoriyalar ham o’zgarib turadi, ilgari bo’lmaganlari o’rnida yangilari paydo bo’ladi. Masalan: integrasiya, diversifikasiya, infrastruktura, konversiya, xususiylashtirish, tasarrufdan chiqarish va boshqalar.

Iqtisodiy kategoriyalar o’ziga xos tizimlardan iborat bo’lib, unda har bir kategoriyaning o’z o’rni va mavqyei bor. Masalan, ma’lum iqtisodiy davr iqtisodiyotining holati bir necha iqtisodiy tushun-chalar orqali ifodalanadi. Jami ijtimoiy mahsulot (JIM), yalpi milliy mahsulot (YaMM), sof mahsulotlar (SM), zarur mahsulot (ZM), qo’shimcha mahsulot (QM), yalpi daromad (YaD), milliy daromad (MD), iqtisodiy tushunchalarning ayrimlari iqtisodiy holatni umuman aks ettirsa, boshqalari nisbiy ravishda ifodalaydi. Agar sof mahsulot iqtisodiyotning holatini buyum, mahsulot shaklida ijtimoiy mehnat sarfini ifodalasa, milliy daromad qiymat-pul hisobi (qiyosiy, qat’iy o’zgarmas narxlar) dagi holatini aniqlaydi.

AQShda va G’arbiy Ovro’pada mehnat Sotsiologiyasiga e’tiborning ortishiga, asosan Rossiya va bir qator Ovro’pa mamlakatlarida ro’y bergan sotsial inqiloblarning sodir bo’lishi, mehnatkashlarning mavjud siyosiy-iqtisodiy tuzumga qarshi bosh ko’tarib chiqishi va sinfiy kurash ko’lamining ortishi sabab bo’ldi. XX asrning 20-yillarida bir qator kapitalistik mamlakatlarda bir necha bor takrorlangan iqtisodiy inqirozlar esa siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirib qo’ygan edi.

Qanday bo’lmasin siyosiy vaziyatni yumshatish va iqtisodiy tanglikdan chiqish muammosi mavjud kapitalistik ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning hayot- mamot masalasiga aylanib qoldi. Bularning barchasi eski ishlab chiqarish munosabatlarini isloh qilish yo’li bilan, tadrijiy suratda yangilanib borish, ya’ni zamonaviy mehnat munosabatlarining tarkib topishiga olib keldi. Mehnat Sotsiologiyasi xuddi shu tarixiy missiyani bajarishga xizmat qildi. AQShda mehnat Sotsiologiyasi asosan boshqaruv Sotsiologiyasi doirasida o’rganib kelindi. G’arbiy Ovro’pa mamlakatlarida esa alohida fan sifatida o’rganilib kelinmoqda. XX asrning 70-yillaridan boshlab G’arb mehnat Sotsiologiyasi doirasida mehnatni gumanizasiyalash tendensiyasi o’rganila boshlandi. Mehnat sharoitini yaxshilashga ko’proq e’tibor berildi. G’arb sosiologlarining fikricha, mehnat insonga azob-uqubat emas, balki, huzur bag’ishlashi kerak. Bu tamoyil ayniqsa bizda, kelajagi buyuk davlat qurish yo’lida yanada muhim ahamiyat kasb etmog’i lozim. O’tish davrining hozirgi bosqichida asosiy vazifalardan biri “…sermahsul mehnat qilish uchun yaxshiroq rag’bat bilan imkoniyatlar yaratishdan, iqtisodiy yo’l tanlash va faoliyat ko’rsatish erkinligiga bo’lgan kafolatli huquqni qaror toptirishdan, aholining mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishdan ham iboratdir”.

Bu yo’lda, mehnat Sotsiologiyasining muhim vazifalaridan biri mehnat unumdorligini oshiruvchi sosiologik omillarni va zahiralarni tahlil qilib o’rganishdir. Uning asosiy ijtimoiy vazifalaridan yana biri, jamiyat hayotida, xalq xo’jaligidagi iqtisodiy munosabatlarni, mehnat sohasi bilan bog’liq bo’lgan barcha ijtimoiy munosabatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi.




Download 44.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим