Sotsiologiyaning asosiy kategoriyalari


Mehnat jamoalarining sotsial xarakteri va asosiy funksiyalari



Download 44,36 Kb.
bet9/11
Sana15.05.2021
Hajmi44,36 Kb.
#64800
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boytemirova Husnigul kurs ishi

Mehnat jamoalarining sotsial xarakteri va asosiy funksiyalari

Mehnat jamoalari ijtimoiy hayotning noyob hodisasidir, ular hozirgi jamiyat hayotida muhim rol o’ynaydi. Shu munosabat bilan besh jihatni ta’kidlab o’tamiz:



Birinchidan, mehnat jamoalari barcha asosiy moddiy va ma’naviy

boyliklarni yaratuvchilardir.



Ikkinchidan, ish bilan band aholining hamma asosiy kategoriyalari –

barcha millatlarga mansub ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, xizmatchilar mehnat jamoalarida jamlangan.



Uchinchidan, mehnat jamoalari – umuminsoniy va sinfiy, shuningdek,

bizning sharoitdagi milliy jihatlar dialektikasining, ularning demokratik negizidagi o’zaro hamkorligining, garchi, yagona bo’lmasada, timsolidir.



To’rtinchidan, mehnat jamoalari jamiyatimiz sotsial strukturasining

alohida «qavat»ini tashkil etuvchi sotsial subyektlar bo’lib, burjua davlatlarida

ularni sotsiallashtirish sari bo’lgan barcha harakatlarga qaramay, bunga o’xshash «qavat» umuman mavjud emas. Ana shu «qavat» subyektlari o’zaro mehnat taqsimoti hamda boshqa aloqalarning yaxlit sistemasi bilan birlashtirilgan. Mehnat jamoalarining o’z a’zolari–jonli kishilar bilan aloqalari ham juda katta ahamiyatga ega, zero ularning qiziqishlari va xatti-harakatlari ana shu jamoalarning o’z faoliyatiga qaraganda xilma-xilroq, boyroqdir, chunki u «o’rtachalashtirilgan» sifatida maydonga chiqadi.

Mehnat jamosi ishlab chiqarish korxonasi, muassasa va hokazolar bazasida faoliyat ko’rsatuvchi sotsial guruhdir.



Beshinchidan, bozor munosabatlariga o’tish muammosi sababli, mehnat

jamoalarining ahamiyati haqidagi masala alohida faollik kasb etmoqda. So’l-o’ng yo’nalishi, biz allaqachon ko’rayotganimizdek, xususiy tadbirkorlik negizlarini hukmron negizlariga aylantirishga, ya’ni sinfni- tadbirkorlar sinfi asosida shakllantirishga, iqtisodiyotda mulkchilikning turli xil shakllarini ko’rishga intilmoqda.

O’ng-so’l yo’nalish iqtisodiyotning bozorga daxlsiz shakllari ustun turishini ko’zlaydi, tadbirkorlikka ikkinchi darajali o’rin ajratadi, mehnat jamoalarining rolini bo’rttiradi, lekin shu bilan birga ular kuch-harakatlarining samaradorligini keskin oshirishga qodir bo’lgan mexanzimlarni olg’a surmaydi. Agar biz mehnat jamoalarini rivojlantirish asosiy harakatlantiruvchi kuch deb e’tirof etsak, sobiq totalitar tuzum uchun ana shunday mexanizmlarni shakllantirishdan muhimroq yumush bo’lmaydi. Ana shu muammoga to’xtashdan oldin shuni eslatish kerakki, jamiyatda har doim olg’a qarab harakat qilish uchun ham, bir joyda depsinib turush uchun ham manba bo’lishi mumkin bo’ladigan bir talay ziddiyatlar mavjud. Depsinishda ziddiyatlar ko’pincha, ayniqsa jamiyat rivojlanishining teng davrlarida illatli doira shaklida maydonga chiqadi. Juda murakkab muammolarni oxirigacha hal etish uchun texnologik to’ntarishni amalga oshirish talab qilinadi, lekin buning uchun iqtisodiy maqbul sharoitlar zarur. Yoki qishloqqa sanoat tomonidan yordam ko’rsatmasdan turib, oziq-ovqat muamosi mavjudligi mushkullashib boradi va hokazo.

Mehnat jamoalarining harakatlarini uyushtirish orqali butun jamiyatimiz uchun foydali bo’lgan bir qator maqsad va vazifalarni ro’yobga chiqarish zarur:



  1. Mehnat jamoalarining kuch-g’ayrati eng yirik texnik-iqtisodiy, sotsial,

siyosiy, madaniy muammolarni hal etishga yo’naltiriladi. Xo’jalik yuritish shakllarini tanlashda jamoalarning mustaqilligi, mehnatdagi intizom, uyushqoqlik, mas’uliyatlilik, jonkuyarlik bilan tadbirkorlikni birlashtirish ta’minlanadi. Shu jumladan, o’z-o’zini samarali boshqarish negizida tadbirkor- rahbarlar bilan ishlash mehnat jamoalari o’rtasida yaqindan o’zaro hamkorlik o’rnatilishiga erishiladi.

  1. «Samarali, konstruktiv ish yo’lida plyuralizm» shiori ostida mehnat

jamoalarini integrasiyalash potesiali ko’paytiriladi.

  1. Mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqish va bajarishda mehnat

jamoalarining kuch-harakatlari birlashtiriladi.

  1. Guruhiy xudbinlik, millatchilik va boshqa salbiy tendensiyalarga qarshi

turiladi.

Mehnat sohasida ijtimoiy birlikning asosiy ko’rinishi mehnat jamoasi hisoblanadi. Mehnat jamoalaridagi mehnatkashlarning o’zaro munosabatlari, mehnat jarayonidagi ijtimoiy vaziyatlar va mehnat munosabatlari shular jumlasidandir. Mehnat munosabatlari mehnat jarayonidagi ishtirokchilar o’rtasida yuzaga kelib, iste’mol qiymatini yaratish va mehnat kooperasiyasi hamda mehnat taqsimoti asosida sodir bo’ladi. Mehnatning huquqiy munosabatlari mehnat jamoasi kasaba uyushmalarining korxona, tashkilot ma’muriyati, xususiy tadbirkorlar bilan bo’ladigan o’zaro huquqiy aloqalarini ham o’z ichiga oladi.

Mehnat unumdorligi, mahsulot sifati, mehnatni muhofaza qilish, mehnat va davlat intizomi, ishchi va xizmatchilarga ijtimoiy-maishiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirish bilan bog’liq takliflar, mehnat jamoasi kengashi bilan kasaba uyushmasi qo’mitasining birlashgan kengashida, korxona ma’muriyati ishtirokida muhoqama qilinada. Shundan so’ng tushgan qo’shimchlar va takliflar bilan qayta ko’rib chiqilgan jamoa shartnamasi korxona mehnat

jamoasining umumiy yig’ilishiga muhokama va qabul qilish uchun tavsiya etiladi. Jamoa shartnomasi tarkibiy qismlari va mazmunini mehnat jamoasi, korxona ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo’mitasi mustaqil ravishda belgilaydi. Jamoa shartnomasi O’zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilanadigan xalq xo’jaligi tarmoqlarining mustaqil balansga ega bo’lgan va yuridik shaxs hisoblanadigan korxona va tashkilotlarida tuziladi.

Mehnat Sotsiologiyasida o’zaro aloqadorlik tushunchasi qo’llanilib, u ikki asosiy munosabatni o’z ichiga oladi. Bular o’zaro hamkorlik va raqobatdir. O’zaro hamkorlikda turlicha ijtimoiy qiziqishlar, manfaatlar o’zaro mos tushadi. Raqobatda esa, aksincha, o’zaro manfaatlar zid keladi. Bu tendensiyalarni o’rganish ayniqsa, hozirda respublikamizda xususiy mulkchilik shakllanayotganligi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topishi jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

O’zbekiston Respublikasi bir qator mustaqillikka erishgan davlatlar qatori ishlab chiqarish munosabatlarining bozor iqtisodiyotiga asoslangan shakliga o’tishni tanladi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti o’zining obyektiv qonunlari asosida rivojlanadi. Bu qonunlarning hayotga tatbiqini ta’minlash uchun esa ma’lum bir o’tish davri talab etiladi. Yuqorida biz ana shu o’tish davrida amal qilinishi lozim bo’lgan asosiy tamoyillar xususida, hamda shu davrdagi ijtimoiy boshqaruvning o’ziga xos shakllari haqida fikr yuritdik. O’zbekistonning har bir fuqarosi uchun qonuniy ravishda va uning kundalik hayotida mulkka ega bo’lish, iqtisodiy faoliyatda to’la erkin bo’lish, o’zi mehnat qiladigan sohani va ish shaklini tanlashda erkin bo’lish huquqi ta’minlanishi darkor. Mehnat qilish huquqi, tadbirkorlik ila shug’ullanish imkoniyati hamda o’z mehnatidan daromad olish huquqi, mehnatga yaroqli aholining ish bilan bandligi muammosini hal etish bilan chambarchas bog’liq. Mavjud muammoni hal etishda mehnat Sotsiologiyasining roli kattadir.



Yuqorida keltirilgan fikrlardan xulosa qilib aytganda, mehnat Sotsiologiyasi jamiyat iqtisodiy hayotining yuksalishida muhim ahamiyatga ega. Shu jihatdan mehnat Sotsiologiyasi iqtisodiyot Sotsiologiyasi bilan chambarchas bog’liq. Iqtisodiy munosabatlar tarkibini o’rganishda mehnat Sotsiologiyasining ahamiyati beqiyos.


Download 44,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish