Soliq akademiyasi


Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari



Download 1,17 Mb.
bet12/14
Sana09.11.2019
Hajmi1,17 Mb.
#25438
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Soliq akademiyasi

7. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari




1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini tahlil etishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir xo’jalik yurituvchi sub’ekt biror-bir mahsulot (ish, xizmat)lar ishlab chiqarishni tashkil qilishi uchun asosan to’rt xil resurs mujassam bo’lmog’i lozim bo’ladi. Bunday resurslar tarkibiga:

  • Moddiy resurslar;

  • Moliyaviy resurslar;

  • Mehnat resurslari;

  • Tadbirkorlik resursi.

Mazkur resurslar tarkibida bugungi kunda eng asosiylaridan biri bu moddiy resurslar bo’lib, ularning tarkibida ham muhimlaridan biri asosiy vositalar hisoblanadi. Chunki, keyingi yillarda asosiy vositalarning bahosini muntazam oshib borishi va ularga qilinadigan xarajatlar mahsulot tannarxining asosini tashkil qilayotganligi ham ushbu vositalarni tahlil qilib borishni taqozo etmoqda.

Asosiy fondlar (vositalar) ishlab chiqarishning muhim omili sifatida qaralib, ular vositasida bevosita mehnat predmetlari va mehnat kuchlari birikuvida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlar bajariladi va xizmatlar ko’rsatiladi.

Asosiy fondlar deb ishlab chiqarish siklida bir necha bor qatnashib o’zining qiymatini yaratilayotgan mahsulotlarga qisman-qisman o’tkazuvchi hamda jismoniy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalariga aytiladi.

Asosiy fondlar yoki vositalarni tarkiblashda jahon va respublika hisob belgiloviga muvofiq quyidagi ikkita jihat mezon sifatida olingan. Birinchisi, ularning qiymat ifodasi, ikkinchisi – xizmat muddati.

Assosiy vositalarning qiymat ifodasi uning kam baholi va tez eskiruvchi buyumlardan farqlanish chegarasini xarakterlaydi. Bu ifoda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2000 yil dagi qarori bilan ish haqi minimumining 50 barobarida qilib belgilangan. Asosiy vositalarning xizmat muddati ularning bir yildan ortiq muddat xizmat etishini xarakterlaydi.

Xizmat muddati bir yildan ortiq bo’lgan, lekin qiymat jihatdan qat’iy chegaradan oshmaydigan qiymatliklar, shuningdek, qiymatliklar, xo’jalik inventarlarining ayrim turlari asosiy vositalar qatoriga kiritilmaydi. Bu qator bevosita kam baholi va tez eskiruvchi buyumlari tarkibida hisobga olinadi.

Asosiy vositalar tahlilida korxonaning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasiga, ularning texnik holati va harakat ko’rsatkichlariga, samaradorlik ko’rsatkichlariga, dinamikasi va holatiga baho beriladi.

Asosiy vositalar bilan ta’minlanish deyilganda korxonaning biznes rejasiga yoki o’tgan yillarga nisbatan asosiy fondlar bilan qurollanishi darajasi tushuniladi.

Shuningdek, asosiy vositalarning tarkibi bo’yicha, turi bo’yicha o’zgarishlariga baho beriladi. Tahlil etishda asosiy vositalarning holat va harakat ko’rsatkichlariga muhim e’tibor qaratiladi. Bu orqali bevosita asosiy vositalarning eskirish darajasi, yaroqlilik darajasi, kirimi va chiqimi ko’rsatkichlariga baho beriladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligini o’rganishda moliyaviy tahlilning eng asosiy vazifalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:



  • xo’jalik sub’ektlarining asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganlik holatiga baho berish;

  • asosiy vositalarning tarkibi, tuzilishi va dinamik o’zgarishlariga baho berish;

  • korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik holatini yaxshilash bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va ularga baho berish;

  • asosiy vositalarning texnik holatiga baho berish;

  • xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajalariga baho berish;

  • asosiy vositalar samaradorligini oshirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni ko’rsatib berish va hakozo.

Bugungi Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalarini tahlil etishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

  • korxonaning biznes reja ma’lumotlari;

  • “Buxgalteriya balansi” (1-shakl);

  • “Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi” hisobot (3-shakl);

  • Buxgalteriya hisobining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyot ma’lumotlari.



2. Asosiy vosita (fond)larning tarkibi, tuzilishi va dinamikasining tahlili, ularning aktiv va passiv qismlarini nisbati
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir vositani ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflash va tarkibiy joylashtirib chiqish mumkin bo’ladi. Xususan, korxonalarning asosiy vositalarini ham ma’lum bir xususiyatlari bo’yicha tasniflab chiqish va ularni tahlil qilib chiqish maqsadga muvofiq sanaladi. Bugungi kunda asosiy vositalarni quyidagi xususiyatlari bo’yicha tasniflashimiz mumkin:

1. Asosiy vositalarning korxonaning ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:

- aktiv asosiy vositalar;

- passiv asosiy vositalar.

2. Asosiy vositalarni ma’lum tarmoqlarga bo’ysunuviga qarab:

- sanoat ishlab chiqarish asosiy vositalari;

- boshqa tarmoq asosiy vositalari;

- noishlab chiqarish asosiy vositalari.



3. Asosiy vositalarning foydalanish jarayonidagi qatnashuviga qarab:

- foydalanishdagi asosiy vositalar;

- foydalanishdan olib qo’yilgan (konservatsiya qilingan) asosiy fondlar.

4. Mulkiy egaligiga qarab:

- o’ziga tegishli asosiy vositalar;

- ijaraga olingan asosiy vositalar.

Bundan tashqari asosiy vositalarning yana boshqa bir xususiyatlari bo’yicha ham tasniflash mumkin.

Asosiy vositalarni aktiv va passiv fondlarga tarkiblashda asosiy jihat ularning mahsulot ishlab chiqarishdagi bevosita ishtirokiga qaratiladi. Aktiv asosiy vositalar deb mahsulot ishlab chiqarishdan bevosita va bilvosita qatnashuvchi asosiy vositalarga aytiladi.
3. Tezlashgan amortizatsiya ajratmalari va ularning fond qiytimiga ta’siri
Asosiy vositalarning eskirishi bugungi kunda asosan ikki xil ko’rinishda bo’ladi, ya’ni, jismoniy eskirish va ma’naviy eskirish. Bugungi kunda ko’pgina asosiy vosita turlari jismoniy eskirishdan ko’ra ma’naviy jihatdan tezroq eskirib qolmoqda. Shu sababli ham korxonalarning asosiy vositalarini batamom eskirib qolishining oldini olish maqsadida, ularga amortizatsiya (eskirish) hisoblab boriladi va asosiy vosita o’z qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotga sekin-astalik bilan o’tkazib boradi.

Jahon tajribasida asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning turli-tuman muhim uslublari mavjud. Bunday muhim uslublariga quyidagilar kiritiladi:



  • teng ulushlarda, amortizatsiya normalaridan kelib chiqqan holda eskirish hisoblash;

  • qoldiq usulda eskirish hisoblash;

  • ishlab chiqarish hajmiga muvofiq eskirish hisoblash;

  • komulyativ usulda eskirish hisoblash va hakozo.

Yuqoridagi usullarning mohiyatini quyidagi misol asosida ko’rib o’tish mumkin.

Asosiy vositalarning boshlang’ich qiymati - 1000000 so’m

Asosiy vositalarning tugatish qiymati - 100000 so’m

Asosiy vositalarning xizmat muddati - 5 yil


Hozirda O’zbekiston Respublikasi milliy hisob tizimida amortizatsiya hisoblashning asosan ikkita usulidan foydalanilmoqda.

-Teng ulushlarda amortizatsiyalashning qat’iy normalarida eskirish hisoblash;

-Tezlashtirilgan, amortizatsiyalashning qa’tiy normalarini ikki marta oshirilgan holatida eskirish hisoblash usuli;

Amortizatsiyaning u yoki bu usulining qullanishi albatta asosiy vositalarning texnik holatiga ta’sir etadi.

Jumladan, tezlashtirilgan usulda amortizatsiya normalariga o’tish asosiy fondlarni yangi asosiy fondlar bilan almashtirishning moliyaviy taminoti va ularning manaviy eskirishdan saqlanish imkonini beribgina qolmay, balki mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, ishlab chiqarish samaradorligini o’stirish imkonini ham beradi.
4. Asosiy vositalarning texnik holatini tahlili
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalarning asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlanganligini o’rganish bilan bir qatorda, ularning texnik holatiga ham baho berib boriladi. Odatda asosiy vositalar tarkibida yil davomida o’zgarishlar ro’y beradi. Yangi asosiy vositalarni kirimi tufayli asosiy vositalar ortib boradi. Eskirgan asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bunday tabiiy holatlarni ro’y berishi natijasida asosiy vositalarning texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi. Asosiy vositalarning texnik holatini ifodalovchi ko’rsatkichlar bo’lib quyidagilar hisoblanadi:

- asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;

- asosiy vositalarning eskirish darajasi;

- asosiy vositalarning yangilanish darajasi.



Asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi foiz ko’rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:

Asosiy vositalarning eskirish darajasi foiz ko’rinishida quyidagi tartibda aniqlanadi:

Asosiy vositalarning yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig’indisi koeffitsentda 1,0 ga, foizda 100 teng bo’ladi.

Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo’yicha boshqaruv qarorlari qa’bul qilinadi.

Asosiy vositalarning holatini o’rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo’yilgan va konservatsiya qilingan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.

Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo’yicha o’rganiladi. Tahlil uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar 1-shakl «Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to’g’risidagi» hisobot shakllaridan olinadi.


5. Asosiy fondlarning yangilanish dinamikasi va mehnatning fond bilan qurollanishini tahlili
Asosiy vositalarning holat ko’rsatkichlari ularning harakat ko’rsatkichlarini o’rganish asosida to’ldiriladi.

Asosiy vositalarning haraakat ko’rsatkichlariga ularning yangilanishi va chiqib ketish koeffitsentlari kiritiladi. Asosiy vositlarning yangilanish koeffitsenti joriy davrda yangidan kiritilgan asosiy vositalar qiymatini asosiy vositalarning yil oxiriga bo’lgan qiymatiga bo’lish orqali topiladi. Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymatini ularning yil boshiga bo’lgan qiymatiga bo’lish asosida aniqlanadi. Ya’ni ushbu koeffitsiyentlarni aniqlashni quyidagi formulalar orqali ham ifodalashimiz mumkin:

Asosiy vositalarning yangilanish koeffitsiyentini quyidagicha aniqlanadi:
Ishlab chiqarishga yangidan qabul qilingan

asosiy vositalar qiymati

---------------------------------------------------- ;

Asosiy vositalarning yil oxiridagi

Boshlang’ich qiymati

Asosiy vositalarning chiqib ketish koeffitsiyenti esa quyidagi tartibda aniqlanadi:



Joriy davrda chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati

-------------------------------------------------------------

Asosiy vositalarning yil boshiga bo’lgan qiymati
Bu tarkiblashni asosiy vositalarning jami qatori va har bitta tarkibi bo’yicha berib o’tish mumkin. Tahlil jarayonlarida asosiy vositalarning yangilanish va ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga ham e’tibor beriladi. Bunda korxonaning asosiy vositalarini yangilash manbalari bo’lib:

  • kapital qo’yilmalar va investitsiyalar;

  • xususiy kapitalning o’sishi;

  • uzoq muddatli kreditlar va qarzlar;

  • maqsadli moliyalash va subsidiyalar;

  • tekinga olingan asosiy vositalar;

  • grantlar va boshqa manbalar hisoblanadi.

Asosiy vositalarni ishlab chiqarishdan chiqarish sabablariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • asosiy vositalarning ma’naviy eskirishi;

  • asosiy vositalarning jismoniy eskirishi va foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelishi;

  • asosiy vositalarning ortiqchaliligi;

  • asosiy vositalarni sotish;

  • o’g’irliklar, yo’qotishlar va boshqa chiqimlar.

Bugungi kunda korxonalardagi asosiy vositalarning texnik holati va harakat ko’rsatkichlarini tahlil qilib borish bilan bir qatorda, korxonaning asosiy vositalar bilan ta’minlanganligi darajasini hamda xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanganligi darajasini ham tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Korxona (firma)ning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik yoki qurollanganlik darajasi deb ishlab chiqarishning me’g’r darajasida mehnat vositalari bilan ta’minlanganligiga aytiladi.

Avvalo, korxona (firma)ning mehnat vositalari bilan ta’mminlanganligida quyidagi jihatlarini farqlash lozim:


  • o’ziga tegishli bo’lgan mehnat vositalari bilan ta’minlanganligi;

  • ijaraga olingan mehnat vositalari hisobiga ta’minlanganligi.

Demak, korxona har ikkala holatda ham asosiy vositalar bilan ta’minlanganlikning me’g’r ko’rsatkichlariga ega bo’lishi mumkin.

Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik tahlilida korxona (firma) da asosiy vositalarning rejaga va o’tgan yillarga nisbatan mutloq va nisbiy o’zgarishlariga baho beriladi.

Asosiy vositalar bilan qurollanganlik darajasi ularning samaradorlik ko’rsatkichlarini o’rganish asosida to’ldiriladi. Ya’ni, korxona faoliyatiga faqat miqdor ko’rsatkichlar orqaligina emas balki sifat ko’rsatkichlarini ham o’rganish asosida baho beriladi.
6. Fond qaytimining dinamikasi va va unga tashkiliy texnikaviy omillar ta’sirining tahlili
Asosiy vositalardan foydalanish va ularning samaradorligiga baho berish moliyaviy tahlilning zarur shartlaridan biri hisoblanadi.

Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari korxona xo’jalik faoliyatiga baho berishning muhim ko’rsatkichlaridan biri sifatida olinadi. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin.


Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari.


Fond qiymati

Fond sig’imi

Sanoat ishlab chiqarish fondlari qaytimi



Mahsulot hajmi

Fk=-------------------------------------

Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati

Mashina va uskunalar qaytimi



Mahsulot hajmi

Fk=-------------------------------------

Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati

Sanoat ishlab chiqarish fondlari sig’imi



Sanoat ishlab chiqarish fondlari o’rtacha yillik qiymati

Fs=--------------------------------------

Mahsulot hajmi

Mashina va uskunalar sig’imi



Mashina va uskunalar o’rtacha yillik qiymati

Fs=--------------------------------------

Mahsulot hajmi

Ishlab chiqarish quvvatlari va uning foydalanish darajalariga baho berish asosida korxonaning joriy davrdagi iqtisodiy potensiali hamda uni maqsadli boshqaruvi belgilanadi.

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning tahlilining quyidagi qatorlarini xarakterlash mumkin;

- korxona ishlab chiqarish quvvatlarining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari tizimi;

- texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni qig’siy tahlili;

- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona xarajatlariga ta’sirining tahlili;

- ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishning korxona ishlab chiqarish samaradorligiga va faoliyat natijaviyligiga ta’sirining tahlili.

Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishda korxona tomonidan oshkor etiladigan 2-b forma «Korxonaning ijtimoiy iqtisodiy ko’rsatkichlar tizimi» ga muhim e’tibor beriladi.

Tahlilda asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning ta’sir etuvchi omillari ikkita tarkib bo’yicha o’rganiladi.

1. Asosiy vositalarning samaradorligi va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar tahlili;

2. Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanish ko’rsatkichlarining mahsulot hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili.

Asosiy vositalarning samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:



Fond qaytimi (sig’imi) va uning o’zgarishiga ta’sir etuvchi omillar bo’lib:

  • Mahsulot ishlab chiqarish hajmi va uning o’zgarishi;

  • Asosiy fondlar o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi.

Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat vositalari bilan bog’liq bo’lgan omillar qatoriga quyidagilar kiritiladi:

  • Asosiy fondlarning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi;

  • Fond qaytimi (sig’imi)ning o’zgarishi.




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish