Skip to main content Hozirgi o'zbek adabiy tili



Download 173,01 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi173,01 Kb.
#553662
Bog'liq
hoat


Skip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
1-Ma'ruza. Mavzu: Kirish. Asosiy sintaktik birliklar.
Asosiy sintaktik birliklar.
Asosiy sintaktik birliklar.
Reja:

1. Sintaksis va uning o‘rganish predmeti.

2. O‘zbek tilshunosligida sintaktik nazariyalar va ularning tahlil usullari.

3. Sintaktik birliklar: so‘z birikmasi va gap.

4. O‘zbek tilida lisoniy sintaktik qolip va uning turlari: so‘z birikmasi qoliplari va gap qoliplari, ularning qurilish xususiyatlari.

5. Valentlik, uning tildagi mohiyati. Valentlik va sintaktik aloqa UMIS va AHVO dialektikasining sintaktik sathdagi voqelanishi sifatida.


Sintaksis va uning tadqiq manbayi. Til o‘z kommunikativ vazifasini sintaktik qurilma – gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha – fonetik, leksik, morfologik hodisa ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki o‘ziga xos. Zero, har qanday sintaktik hodisada so‘z va morfologik ko‘rsatkichni ko‘ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatni belgilashda leksik va morfologik omilga tayaniladi.

Sintaksis (gr. sintaxys – tuzish, qurish)ning asosi – gap haqidagi ta’limot. Gap, aslida, so‘zning erkin birikuviga ham asoslanganligi tufayli so‘zning bog‘lanish qonuniyati, so‘z birikmasi ham sintaksisda o‘rganiladi. So‘z birikmalarini o‘rganish gap ta’limotining tarkibiy qismi, undan ajratilgan holda qaralishi mumkin emas.

Sintaksis so‘zning har qanday birikuvini emas, balki hokim-tobelik munosabatiga kirishgan erkin nutqiy birikuvning lisoniy mohiyatini tekshiradi. Qaysidir yo‘sindagi so‘zning birikuvi bo‘lgan qo‘shma so‘z (uchburchak, ertapishar, sotib olmoq), frazeologik birlik (ilonning yog‘ini yalagan, po‘konidan yel o‘tmagan, ko‘ngli bo‘sh) sintaksisning tadqiq doirasidan chetda qoladi. Chunki ular erkin bog‘lanishga ega emas.

Sintaksis atamasi grammatika atamasining o‘zi kabi ikki ma’noli:

1) tilning sintaktik qurilishi;

2) grammatikaning tarkibiy qismi.

Atamani ana shu ikkinchi ma’nosida qo‘llab, birinchi ma’no ifodasi uchun sintaktik qurilish atamasini ishlatamiz.

Asosiy sintaktik birliklar. So‘z birikmasi va gap – sintaksisning asosiy birliklari. Shunga ko‘ra, sintaksis ikkida bo‘linadi: so‘z birikmasi sintaksisi; gap sintaksisi.

So‘zning nutqda o‘zaro tobe-hokimlik aloqaga kirishuvidan sintaktik birliklar vujudga keladi. Ularni ikki guruhga birlashtirish mumkin:

(Mualliflarga: so‘z qoshilmasi atamasidan ehtiyot bo‘ling, chunki uning fanda o‘ziga xos ma`no va vazifasi ham bor – so‘zlarning teng bog‘lanishli birikuvlari so‘z qo‘shilmasi deb aytiladi= H/N.)

gap (Osmon tip-tiniq);

so‘z birikmasi (tip-tiniq osmon).

Til jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So‘z birikmasi fikr emas, balki so‘z kabi tushuncha ifodalaydi (Biroq so‘z birikmasi ifodalagan tushuncha so‘z ifodalagan tushunchadan farqlanadi) Ko‘rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so‘z birikmasi so‘z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir.

Sintaktik birlik – gap va so‘z birikmasi – so‘zlarning o‘zaro tobe-hokim aloqasi asosida hosil bo‘lishi, bu birikishning esa turli vosita (qo‘shimcha, yordamchi so‘z) va usul (masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar bilan zich aloqada ekanligini ko‘rsatadi.

Demak, nutqda:

1) so‘zlar o‘zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushuncha ifodalovchi birlik – so‘z birikmasi vujudga keladi. So‘zlarning o‘zaro birikib, tushuncha ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatini o‘rganish – so‘z birikmasi sintaksisining vazifasi;

2) so‘z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik – gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg‘ul bo‘ladi.

Sintaktik birlikning ikki tomoni. LSQ tushunchasi. Fonetika, leksika va morfologiyada bo‘lgani kabi sintaksisda ham lisoniy va nutqiy jihat farqlanadi. Ma’lumki, lisoniy hodisa bevosita kuzatishda berilmaganlik (moddiylikdan xolilik), miqdoran cheklilik, takrorlanuvchanlik, ijtimoiylik va majburiylik belgisiga ega, u bevosita kuzatishda berilganlik, miqdoriy cheklanmaganlik, betakrorlik, individuallik, ixtiyoriylik xususiyatlariga ega bo‘lgan nutqiy hodisaga qarama-qarshi turadi.

Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qo‘llanadigan, sezgi a’zolariga ta’sir qiladigan, o‘qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo‘lgan so‘z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so‘z birikmasi va gap hosil qilish qolipidir. Lisoniy sathga tegishli bo‘lganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip (qisqacha LSQ) deb ataymiz.

LSQ g‘isht qolipiga o‘xshaydi. Inson ongida ham so‘zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalarni so‘z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa-da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan ottushum kelishigi + fe’l - so‘z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta’sir qilmaydi.

Qolip va nutqiy hosila (so‘z birikmasi va gap)lar o‘zaro dialektik birlikdadir. Qolip nutqiy hosilasiz o‘lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo‘lishi mumkin emas. Quyida LSQ va nutqiy so‘z birikmasi hamda gapning bir-biriga o‘xshamaydigan, farqli xususiyatlarini bayon etamiz.

1. LSQning moddiylikdan xoliligi va nutqiy hosilaning moddiyligi. LSQ jamiyat a’zolari ongida mavjud bo‘lib, kishilarning erkin birikma hosil qilish ko‘nikmasi sifatida uzoq davr mobaynida shakllanadi. Bu ko‘nikma bo‘lmasa, inson birikma hosil qila olmaydi.Bunga quyidagi dalil asosida amin bo‘lishimiz mumkin. Masalan, (Birinchidan, “deylik” kirish so‘zidan mutlaqo foydalanmang va hamma joyda o‘chirib chiqing – bu sahroyilik, savodsizlik belgisi. Ikkinchidan-lar qoshimchasini “yutish” bas qiling!), biror tilni, chunonchi, ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan kishi ongida bu tilga xos birikma tuzish ko‘nikmasi – LSQ shakllanmagan bo‘lsa, o‘zbekcha kitob va o‘qimoq so‘zining ingliz tilidagi a book va to read muqobilini bilsa-da, birikma hosil qilaolmaydi yoxud o‘zbek tiliga xos ottushum kelishigi Q fe’l qolipi (bundagi Q nima?)asosida a book to read deya oladi, xolos. Ingliz tilida esa kitobni o‘qimoq birikmasini hosil qiluvchi LSQ to VQ the N ko‘rinishida bo‘lib, undan to read the book, to write the letter kabi hosila paydo bo‘ladi.

Ma’lum bo‘ladiki, LSQ jamiyat a’zolari ongida yashaydi va moddiy qiyofaga ega emas. Uni sezgi a’zosi asosida bilib bo‘lmaydi. Qolipdan chiqqan nutqiy hosilani esa aytish, eshitish, yozish va o‘qish mumkin ekan, bu ularning moddiylikka egaligini ko‘rsatadi .

2. LSQning ijtimoiyligi va nutqiy birikmaning individualligi. LSQ bir kishi tomonidan emas, balki shu tilda so‘zlashuvchi jamiyatning barcha a’zolari tomonidan uzoq vaqt davomida shakllantirilgan. Shuningdek, ular bir kishi uchun emas, balki jamiyatning shu tilda so‘zlashuvchi barcha a’zosi uchun birday xizmat qiladi. Bu LSQning ijtimoiy tabiatga egaligini ko‘rsatadi.

LSQ asosida vujudga keluvchi nutqiy hosila har bir kishi nutqida o‘ziga xos. Masalan, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi har bir so‘zlovchi nutqida o‘zgacha. Bu nutqiy hosilaning har biri kimning nutqiga tegishliligi, aytilgan o‘rni va zamoni, aytilish maqsadi va sharoiti kabi qator belgisi bilan farqlanadi. Hatto bir kishi nutqida aytilgan ikkita (kitobni o‘qimoq(1) va kitobni o‘qimoq(2)) so‘z birikmasidan ikkinchisi birinchisining aynan takrori emas. Zero, bu nutqiy hosilalar hech bo‘lmaganda, so‘zlovchi shaxs, nutq vaziyati, zamoni bilan farqlanadi. Nutqiy hosilaning individualligi (alohidaligi)ni shunday tushunmoq lozim.

3. LSQning takrorlanuvchanligi va nutqiy hosilaning betakrorligi. Qolip har bir g‘ishtda o‘z izini qoldiraverganligi kabi LSQ ham har bir so‘z birikmasi va gapda takrorlanaveradi. Lekin ikkinchi g‘isht birinchi g‘ishtning takrori bo‘lmaganligi kabi, nutqiy hosilaga ham betakrorlik xos. Aslida borliqda bevosita kuzatishda berilgan birorta hodisada takroriylik yo‘q. Kesilgan daraxtni qayta ekib bo‘lmaganidek, qolipdan chiqqan so‘z birikmasini takror aytish, yozish mumkin emas. Ikkinchi bor aytilgan yoki yozilgandek tuyulgan so‘z birikmasi, aslida, boshqa hosila.

4. LSQning cheklanganligi va nutqiy hosilaning cheksizligi. g‘isht qolipi bitta, undan chiqqan g‘isht hisobsiz. Shuningdek, oo ottushum kelishigiQfe’l qolipi bitta bo‘lib, undan kitobni o‘qimoq, qalamni sotmoq kabi ming-minglab so‘z birikmasini hosil qilish mumkin. Substansional yondashuv o‘zbek tilida so‘z birikmasi hosil qilishning 18 ta ustuvor qolipini aniqlagan (ular haqida «So‘z birikmasi» faslida bahs yuritiladi). Bu qoliplardan chiqqan, chiqayotgan va chiqadigan nutqiy so‘z birikmalari miqdori ooocheksiz bo‘lib, ularni tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Gap qolipi va ularning hosilalari ham xuddi shunday xususiyatga ega.

5. LSQning majburiyligi va nutqiy hosilaning ixtiyoriyligi. O‘zbek tilida

so‘zlashuvchi kishi nutq jarayonida so‘z birikmasi tuzishga ehtiyoj sezar ekan, bunda LSQning yuqorida aytilgan 18 ta turidan foydalanishga majbur. Ularning LSQni o‘zgartirishiga, yangi-yangi LSQ tuzishiga tilimiz qonuniyati yo‘l qo‘ymaydi. Biroq nutqiy so‘z birikmasi yaratishda so‘zlovchi erkin.

Qolip va nutqiy hosila o‘zida dialektikaning bir-biriga nisbatlanuvchi kategoriyalari munosabatini aks ettiradi. Buni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin (27-jadval):

LSQ


nutqiy hosila

Umumiylik

Alohidalik

Mohiyat


Hodisa

Imkoniyat

Voqelik

Sabab


Oqibat

Bu jihatdan ham LSQ va nutqiy hosila munosabatini sharhlashga harakat qilamiz.

1. LSQ umumiylik va nutqiy hosila alohidalik sifatida. LSQ umumiylik sifatida ko‘plab nutqiy hosiladagi umumiy belgi-xususiyatni o‘zida jamlaydi. Masalan, kitobni o‘qimoq, xatni yozmoq va qo‘yni sotmoq birikmasidagi kitobni, xatni, qo‘yni tobe a’zosi quyidagi umumiy belgilarga ega:

ot turkumiga mansublik;

tushum kelishigi bilan shakllanganlik;

tobe a’zolik.

Bu uch umumiylik [Ottushum kelishigi Q fe’l] LSQining ot uzvida mujassamlangan. LSQning keyingi uzvi haqida ham shunga o‘xshash fikrni aytish mumkin. Har bir nutqiy hosila esa boshqa nutqiy hosilaga mutlaqo o‘xshamaydigan alohidalik. Aytilganidek, nutqda muayyan lug‘aviy ma’noli birliklar aniq makon va zamonda muayyan qolip asosida erkin nutqiy birikma hosil qiladi.

2. LSQ mohiyat va nutqiy hosila hodisa sifatida. LSQ nutqiy hodisalar zamirida yashiringan, ularning ichki, barqaror, o‘zgarmas mohiyati bo‘lib, u nutqiy hosiladagi rang-baranglikka befarqdir. Nutqiy hosila esa bu mohiyatni turli nutq sharoitiga mos ravishda rang-barang ko‘rinishda aks ettiruvchi, biroq mohiyat chegarasidan tashqariga chiqa olmaydigan vaqtinchalik hodisa hisoblanadi. Masalan, [Ottushum kelishigi Q fe’l] qolipi – o‘zgarmas. Ammo uning hosilalari uyni supurmoq, qog‘ozni yirtmoq, xatni jo‘natmoq, derazani bo‘yamoq kabi har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Bu rang-baranglikning barchasi, u qancha ko‘p bo‘lmasin, «tushum kelishigidagi tobe ot va fe’l» doirasidan chetga chiqa olmaydi. Nutqiy hosila LSQning o‘zgarmasdan turlicha namoyonbo‘lishini ko‘rsatsa, LSQ nutqdagi xilma-xil hosilalarni bir asosga birlashtiradi.

3. LSQ imkoniyat va nutqiy hosila voqelik sifatida. LSQ – voqelikka aylanmagan, namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit va ehtiyoj talab etadigan imkoniyat bo‘lsa, nutqiy hosila esa ana shu imkoniyatning yuzaga chiqishi, voqelikka aylanishidir.

4. LSQ – sabab, nutqiy hosila uning oqibati. LSQ – bu o‘ziga muvofiq keladigan biror natijani keltirib chiqaruvchi omildir. Chunki sabab biror ta’sirning boshlanish nuqtasi bo‘lib, u ma’lum bir natija, oqibatni yuzaga keltiradi. LSQ natijasida kelib chiqadigan oqibat – shunday hosila. Sabab oqibatdan oldin kelganligi kabi LSQ ham nutqiy hosilaning qanday bo‘lishini belgilaydi.

LSQning asosiy turlari. Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin:

yasama so‘z;

so‘z birikmasi;

gap.


ishla yasama so‘zi ish leksemasi va -la morfemasining, kitobni o‘qimoq nutqiy so‘z birikmasi kitob va o‘qi leksemalarining, O‘qidim gapi esa o‘qi leksemasi va -dim kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil bo‘lgan.

ishla so‘zi [ot → la q asosdan anglashilgan narsa bilan shug‘ullanmoq] so‘z yasash qolipi mahsuli bo‘lsa, kitobni o‘qimoq so‘z birikmasi [Ot tushum kelishigi → fe’l] LSQi, O‘qidim gapi esa [WPm] qolipi hosilasidir. Bular sirasida so‘z yasash va so‘z birikmasi qolipi tushuncha ifodalovchi – atash (nominativ) vazifasini bajaruvchi hosilani beradigan qolip bo‘lsa, gap qolipi fikr ifodalovchi (kommunikativ) hosilani tug‘diruvchi qolip hisoblanadi. So‘z yasash qolipi lisoniy bo‘lsa-da, lekin sintaktik mohiyatga ega emas. Shuning uchun u lisoniy derivatsion qolip (LDQ) sifatida derivatsiya bo‘limida qoldirilib, sintaksisda erkin sintaktik hosila beruvchi, ya’ni so‘z birikmasi va gap qolipi tekshiriladi.

LSQni o‘qish va yozish qoidalari. Lisoniy birlik bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, ular yozish yoki aytish uchun ham shartli belgidir.

Lisoniy birlik bo‘lgan LSQ yozuvda turli shartli belgi vositasida beriladi. Biroq bu shartli belgini o‘qishning o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ma’lumki, ximiyada moddalar turli shartli belgilar vositasida ifodalansa-da, ular aynan o‘qilmaydi. Masalan, H2SO4 ni «Ash ikki S O to‘rt» deb o‘qish to‘g‘ri emas. LSQga ham shunday munosabatda bo‘lish lozim. Oo [W morfologik vosita →W morfologik vosita] qolipini o‘qish buyurilgan. Uni «W morfologik vosita va W morfologik vosita», deb emas, balki, «ikki uzvi morfologik shakllangan atov birligi» deb o‘qish tavsiya etiladi. Agar LSQ [ism kelishik qo‘shimchasi → ism egalik qo‘shimchasi] ko‘rinishida bo‘lsa, u «ikki uzvi ismli qaratuvchili birikma» tarzida o‘qilishi maqsadga muvofiq.

Ma’lum bo‘ldiki, LSQning shakliy tomonigina yoziladi va o‘qiladi. Zero, ikki yoqlamali birlik bo‘lgan leksema va morfemaning ham shakliy tomoni shartli ravishda yoziladi va o‘qiladi: kitob leksemasi, -ni morfemasi kabi. Ularning mazmuniy tomoni bo‘lgan semema yoki grammatik ma’no birliklarning shakliy tomoni bilanyaxlit idrok etiladi va yozuvda uni alohida berish uchun zarurat bo‘lmaydi.

Demak, LSQ ifodasida ham qulaylik uchun ularning shakliy tomoni bilangina cheklanish ma’qul.

Turg‘un SB va frazemalarning LSQdagi o‘rni. Turg‘un SB va frazemalar ham mohiyatan o‘zida tayyorlik, majburiylik,ijtimoiylik belgilarini mujassamlashtirganligi bois, mazmun mohiyatiga ko‘ra bir atov birligi, bir leksemaga teng birlik sifatida qaraladi, lekin sintaktik sathda, sintaktik tuzilish nuqtayi nazardan ular bo‘linuvchan bo‘lib, qanday LSQ asosida hosil qilingan bo‘lsa, shunday tahlil etilishi lozim. Chunonchi, “Karimning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi” hosilasi

“Karimning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi va tars etib yorildi.

“Karimning tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi, nima qilarini bilmay qoldi.”

kabi ikki qo‘llanilishda semantik nuqtayi nazardan ikki xil tahlil etilsa-da, sintaktik nuqtayi nazardan bir xil tahlil etiladi.

Formal va substansional (struktural) sintaksis. Formal sintaksis bevosita kuzatishda berilgan, nutqiy sintaktik hodisani o‘rganadi. Boshqacha aytganda, u alohidalik, hodisa, voqelik, oqibat sifatidagi nutqiy hosila bilan band bo‘lib, umumiylik, mohiyat, imkoniyat, sabab sifatidagi lisoniy birlikni (nutqiy birlikning lisoniy tomonini) o‘rganish bilan shug‘ullanmaydi. Shuningdek, formal sintaksis kitob va o‘qimoq so‘zlari orasidagi sintaktik aloqani ham tekshiradi. Zero, bundagi o‘qimoq fe’lining tushum kelishigidagi so‘zni boshqaruvi ham bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisa. Lekin bu aloqa uchun o‘qi leksemasining biriktirish imkoniyati bo‘lgan obyekt valentligi bevosita kuzatishda berilmagan. Bu esa substansional sintaksis tomonidan o‘rganiladi.

Substansional sintaksis tadqiqotlari uchun formal sintaksis tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar zamin, poydevor vazifasini o‘taydi. Demak, formal sintaksissiz substansional sintaksisning bo‘lishi mumkin emas. Formal sintaksis esa substansional sintaksissiz ham ish ko‘raveradi. Zero, substansional sintaksis mohiyatni tadqiq etar ekan, buning uchun hodisalar jamlangan bo‘lishi kerak. Hodisani jamlash uchun esa substansional sintaksis tiklaydigan mohiyatga ehtiyoj sezilmaydi.

Har bir nutqiy parchada turli sath hodisasi qorishgan holda voqelanadi. Masalan, Halim keldi gapida fonetik (tovushlar tizimi, ohang), leksik (so‘zlar), morfologik (grammatik shakllar) va uslubiy (masalan, so‘zlovchining munosabati yoki uslubiy betaraflik) sathlar o‘z izini qoldirgan. Formal sintaksis nutqiy parchani shu holida, turli mohiyat zarralarining qorishmasi sifatida o‘rganadi. Substansional sintaksis esa nutqiy parchada qorishgan, sintaksisga daxldor bo‘lmagan jihatlarni e’tibordan soqit qiladi. Formal sintaksis keltirilgan gapni muayyan(aniq)lik sifatida e’tirof etsa, substansional sintaksis unda turli hodisalar qorishganligi sababli mohiyatini anglash mushkulligini hisobga olgan holda mavhum (noaniq)lik sifatida qaraydi. Qorishiq hodisalar chetlashtirilgan, mohiyat «tozalangan»ligi uchun substansional sintaksis tomonidan muayyanlik, bevosita kuzatishda berilmaganligi uchun esa u formal sintaksis tomonidan mavhumlik sifatida qaraladi.

Demak, formal sintaksis asosiy diqqatini hodisalarning zohiriy (bevositakuzatishda berilgan) tomoniga, substansional sintaksis esa botiniy (bevosita kuzatishda berilmagan, ichki) tomoniga qaratadi. Ular bir-birini ham taqozo, ham inkor etadi. formal sintaksis mutlaq hodisalar bilan, substansional sintaksis esa mutlaq mohiyat bilan shug‘ullanadi, ularning vazifalarini butunlay qarama-qarshi qo‘yish mumkin emas. Chunki formal sintaksis mohiyatga intilganligi kabi substansional sintaksis ham faqat formal sintaksis to‘plagan hodisalargagina tayanadi. Bunda formal va substansional sintaksisning o‘rganish manbalari jihatdan qarama-qarshiligi so‘nadi.

Lisoniy sintaktik qolip. LSQni aniqlashda ham LSQga daxldor bo‘lmagan, bir qolipdan chiqqan nutqiy hosilalarning turli-tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog‘liq bo‘lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e’tibordan soqit qilinadi. Masalan, Gulnoraning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya’ni LSQini aniqlamoqchi bo‘lsak, shu ko‘rinishdagi va turdagi so‘z birikmalarini tasavvurimizda to‘plab, saralaymiz. Shu usulda Muniraning daftari, Sitoraning ruchkasi kabi yuzlab nutqiy so‘z birikmalarida

[Otatoqli qar.kel. → otturdosh e.qo‘sh. =otdan anglashilgan pred./shaxsga tegishli narsa]

umumiyligini topgandek bo‘lamiz. Biroq mening kitobim, uning ruchkasi, bizning uyimiz, qizilning qizili, yashashning zavqi nutqiy birikmalarini oldingi so‘z birikmalari bilan qiyoslash natijasida ularning farqli ekanligiga, qolipga solib ko‘rish natijasida unga joylashmayotganligiga amin bo‘lamiz. Zero, LSQning birinchi uzvi ot turkumiga mansub so‘z bo‘lishi kerak edi. Misollarda esa tobe uzvlar – olmosh. Shuningdek, LSQning ikkinchi uzvidagi egalik kategoriyasi III shaxs qo‘shimchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Yuqorida qoliplarning umumiylik tabiatiga ega ekanligini, unda nutqiy hosilalarning umumiy, bir xil belgilari o‘rin olishini ta’kidlagan edik. Shuning uchun nutqiy hosilalardan farqlarni fikran chetlashtirib, umumiy belgilarni saqlab qolamiz. Keltirilgan birinchi (tobe) a’zolardagi umumiylik va farqlarni quyidagicha beramiz (28-jadval):

Umumiylik

Farqlar

1.1.Erkak kishining ismi Q qaratqich kelishigi

Halim oti Qning

1.2.Qiz bola ismiQqaratqich kelishigi

Munira

otiQning, Sitora otiQning



1.3.I shaxs birlik kishilik olmoshi

men olmoshiQning

1.4. II shaxs ko‘plik kishilik olmoshi

biz olmoshiQning

1.5.sifatQqaratqich kelishigi

Qizil sifati Qning

1.6.Harakat nomiQqaratqich kelishigi

Yashash harakat nomiQning


Farqlarni e’tibordan soqit qilib, olingan umumiylik asosida LSQning birinchi (tobe) a’zosini tiklaymiz. Nisbiy umumiyliklarni yana birlashtirib, quyidagi

[ ismqaratqich kelishigi Q ...]

uzvi tiklanadi.

So‘z birikmasining ikkinchi uzvidagi farq va umumiyliklarni ham shu asosda aniqlaymiz (29-jadval):

Umumiylik

Farqlar

2.1. O‘quvvositasioti Q IIIsh.egalikqo‘shimchasi

kitob otiQi

2.2. Yozish mumkin bo‘lgan narsa oti Q III sh.egalik qo‘shimchasi

daftar otiQi

2.3. Rang sifati Q III sh. egalik qo‘shimchasi

qizil sifati Q i

2.4. Mavhum ot Q III sh. egalik qo‘shimchasi

zavq oti Q i

2.5. Joy oti Q I sh. Egalik qo‘shimchasi

uy otiQimiz

2.6. Yozuv quroli Q III sh. egalik qo‘shimchasi

ruchka otiQsi

Bu a’zoda ham farqlarni chetlashtirib, umumiy belgilarni olib qolamiz. Natijada,

...→ ismegalik qo‘shimchasi]

umumiyligi tiklanadi. Har ikkala a’zoni birlashtirish natijasida [ismqaratqich kelishigi → ismegalik qo‘shimchasi] umumiyligi tiklanadi. Bu umumiylik LSQ bo‘lib, so‘z birikmalaridan chetlashtirilgan mazkur farqlar LSQga aloqador emas.

LSQning shakliy tomoni. LSQ mohiyatan riyoziy tenglamaga o‘xshaydi va u butunlik sifatida tenglik belgisidan chap hamda o‘ng tomonlardan iborat bo‘ladi.

Yuqorida misol sifatida keltirilgan [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasiq qaratuvchi-qaralmish qurilishli so‘z birikmasi] LSQi ham ikki – [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] va qaratuvchi-qaralmish qurilishli so‘z birikmasi qismlaridan tashkil topgan.

LSQning chap, ya’ni [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] qismi uning shaklini tashkil etadi.

LSQning shakliy tomoni umumiylik xususiyatiga ega. Chunki u nutqda voqelangan cheksiz birikmalar umumiy shaklining sintezi. Xususiy shakl sifatida nutqiy so‘z birikmalari namoyon bo‘ladi. Demak, xususiy shakl deganda moddiy shaklda – so‘z va qo‘shimcha vositasida ifodalangan, o‘qilishi, yozilishi, aytilishi, eshitilishi mumkin bo‘lgan shakl tushuniladi.

LSQning mazmuniy tomoni. LSQning o‘ng tomoni - uning mazmuniy jihati. Yuqorida keltirilgan [Ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish qurilishli so‘z birikmasi] qolipining o‘ng, ya’ni mazmuniy qismini «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarni ifodalovchi so‘z biriklamasi» yoki «lisoniy tobe qaratuvchi va hokim qaralmish orasidagi rang-barang ma`noviy munosabatlarniifodalovchi atov birligii» tashkil etadi. «Rang-barang munosabat» deganda har bir nutqiy so‘z birikmasidan anglashiladigan turli ma’no va munosabat tushuniladi. Masalan: mening kitobim – «qarashlilik» stolning oyog‘i – «butun-qism» e’tiborsizlik oqibati – «sabab-oqibat» yashashning zavqi – «holat va uning natijasi».

Birikmalarning o‘ng tomonida ularning xususiy ma’noviy belgisi ko‘rsatilgan. Ular qolipda «rang-barang ma’noviy munosabat» deya birlashtirilgan. Ma’lumki, ko‘pincha, ma’no deganda so‘z atayotgan narsa, predmet, miqdor, belgi kabilar haqidagi tushuncha ifodasi tushuniladi. Masalan, kitob leksemasi aytilganda, uning ma’nosi sifatida «varaqlardan tashkil topgan, bosma yoki qo‘lyozma holdagi asar» mohiyati tan olinadi. Lekin keltirilgan LSQ ma’nosi esa bunga o‘xshamaydi. Chunki kitob leksema bo‘lib, uning ma’nosi leksik. Lekin LSQ – sintaktik hodisa. Shu boisdan uning ma’nosi ham sintaktik bo‘lmog‘i darkor. Sintaksisda esa «tobe-hokim», «qaratuvchi-qaralmish», «to‘ldiruvchi», «hol», «ega», «kesim» kabi tushunchalar ahamiyatli bo‘lib, sintaktik munosabatni ifodalaydi. Bu munosabat esa sintaktik ma’no sifatida qaraladi. Nega yuqoridagi birikmalarning o‘ng tomonida keltirilgan «qarashlilik», «butun-qism», «sabab-oqibat», «holat – uning natijasi» kabilar LSQning mazmuni bo‘la olmaydi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. To‘g‘ri, ular birikmalarning ma’nolarini alohida-alohida aks ettiradi. Lekin LSQi bitta. [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi = qaratuvchi-qaralmish...] qolipining mazmuni esa cheksiz nutqiy hosilalarning ma’nolarini umumlashtiradi.

LSQning [Ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi] shakliy tomoni birikuvchi so‘zlar munosabatidan umumlashtirganligi kabi mazmun tomoni ham nutqiy birikmaning alohida-alohida ma’nosini umumlashtirish natijasi bo‘lmog‘i lozim.

Ta’kidlash lozimki, o‘zbek tilshunosligida har bir gap bo‘lagi, so‘z birikmasining turli gap, matn va qurshovdagi ma’nolarini tavsiflashga ko‘p e’tibor qaratiladi. Masalan, uyni qurmoq birikmasida uyni so‘zshaklining, yoki to‘ldiruvchining ma’nosi «yaratiladigan, bunyod etiladigan narsa», uyni buzmoq birikmasidagi uyni so‘zshaklining ma’nosi «yo‘qotiladigan manba» tarzida ta’riflanadi. Lekin mulohaza yuritilsa, bu ma’nolar sintaktik emas, balki lug‘aviy bo‘lib, aslida buzmoq va qurmoq so‘zlariga xos ma’nolar. LSQ esa cheksiz so‘z birikmalarining umumlashmasi. Shu boisdan ularning mazmun tomoni ham cheksiz so‘z birikmalarining alohida-alohida ma’nolaridagi xususiy, farqli jihatlarni chetlashtirib, umumiy, o‘xshash tomonlarni ajratish asosida tiklanadi. Demak, umumiy, lisoniy ma’no xususiy jihatlarni idrok etish asosida birlashtirishdir. Xususiy ma’no, ya’ni har bir so‘z birikmasidagi tezda anglanadigan, ilg‘anishi oson bo‘lgan ma’no ular zamiridagi mohiyatni to‘sib turadi. Ana shu mohiyat anglanishi bilan tadqiqotchi ko‘rinib turgan ma’noning rang-barangligi «aldamchi» ekanligiga ishonch hosil qiladi.

LSQni ajratishning ahamiyati. Tabiatda sof narsa uchramaydi. Har bir modda turli-tuman narsalarning qorishmasidir. Biroq sofmoddani ajratib olish maqsadida uzoq vaqtlar davomida tadqiqotlar olib borilgan. Shu tariqa tozalangan atom ximiya fanidagi buyuk «topilma» bo‘ldi. Bu D.Mendeleyev davriy jadvalida o‘z aksini topdi. Til hodisalarini ham «tozalangan» holda o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Tozalangan atomlardan tabiatda uchramaydigan, lekin zarur bo‘lgan turli-tumansun’iy moddalar hosil qilinganidek, «tozalangan» LSQ ham boshqa «tozalangan» fonetik, leksik, morfologik hodisalar kabi, bugungi kunda tilni «mashinalashtirish», ya’ni kompyuter orqali matn tarjima qilish, tuzatish, tekshirish kabi zamonaviy «yumush»larda muhim qimmat kasb etadi.

Valentlik haqida tushuncha. Valentlik aslida ximiyaviy atama bo‘lib, tilshunoslikda lisoniy birliklarning yuzaga chiqmagan birikuvchanlik-biriktiruvchanlik imkoniyati sifatida qaraluvchi lisoniy hodisaga nisbatan qo‘llanadi. Valentlikning ximiyaviy tavsifi quyidagicha. Masalan, kislorod (O) atomi boshqa turdagi yana ikkita atomni biriktirish imkoniyatiga ega. Bu uning elektron qavatidagi ikkita atomning bo‘sh o‘rniga qarab belgilanadi. Suv molekulasi (N2O) da bu bo‘sh o‘rinlar to‘ldirilgan. Shuningdek, nafaqat kislorod, balki vodorod (N) ham valentlikka ega bo‘lib, uning bo‘sh o‘rni bitta. Demak, ko‘rinadiki, suv molekulasida kislorodning ham, vodorodning ham valentlik imkoniyati voqelikka aylangan bo‘lib, ular kislorodda biriktiruvchi, vodorodda esa birikuvchi tabiatga ega. Har ikkala atom (vodorod va kislorod) ham bir-biriga muvofiq bo‘lgandagina birikma hosil qilishi mumkin. Masalan, vodorod va oltin atomlari birikib, molekula hosil qila olmaydi.

Atomning valentligi ro‘yobga chiqmagan, namoyon bo‘lishi uchun sharoit talab etiladigan imkoniyatdir. Lisoniy birlik ham ana shunday birikish-biriktirish imkoniyatiga ega, u (ya’ni valentlik) ham lisoniy birliklarning o‘zi bilan muayyan til jamiyati a’zolari ongida yashaydi. Masalan, o‘qi leksemasi kishi ongida bir nechta bo‘sh o‘ringa ega holda mavjud bo‘ladi va nutqda voqelanib, bir vaqtda o‘ziga shuncha birikuvchini ham torta olishi mumkin. Uni chizmada quyidagicha aks ettirish mumkin (30-jadval):

Kim
o‘qidi

Nimani

Kimga


Qanday

Qachon


Nima bilan

Nima sababdan

Qancha

Bunda so‘roq olmoshlari o‘qi leksemasiga birikish imkoniyatiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi. Bu imkoniyat bevosita kuzatishda berilmagan bo‘lib, o‘qi leksemasining mohiyatida yashiringan. Lekin kitobni o‘qimoq, har kuni o‘qimoq, ko‘p o‘qimoq nutqiy birikuvlarida bu imkoniyatlar bitta-bitta voqelangan. Quyidagi birikuvlarning birinchisida bir vaqtning o‘zida bu imkoniyatdan ikkitasi, ikkinchisida esa uchtasi voqelikka aylangan, so‘z birikmasi hosil qilingan:

kitobni tez o‘qimoq;

kutubxonada kitobni tez o‘qimoq.

O‘qi leksemasining ongdagi birikish imkoniyati valentlik ekan, uning nutqiy voqelanishi sintaktik aloqa hisoblanadi. Demak, valentliklisoniy, sintaktik aloqa esa nutqiy hodisa sifatida qaraladi. Ular lison va nutqning barcha qarama-qarshi belgilarini o‘zida aks ettiradi:

Valentlik

Sintaktik aloqa

Umumiylik

Alohidalik

Mohiyat


Hodisa

Imkoniyat

Voqelik

Sabab


Oqibat

yoki:


Valentlik

Sintaktik aloqa

Moddiylikdan xoli

Moddiylikka ega

Ijtimoiy

Individual

Takrorlanuvchan

Betakror

Lisoniy birlikning valentligini to‘ldiruvchi birlik aktant deb ham yuritiladi.

Yuqorida aytilganidek, kislorod atomi bilan birga vodorod atomi ham valentlikka ega bo‘lganligi kabi o‘qi leksemasiga birikuvchi leksema ham valentlikka ega. Biroq o‘qi leksemasi hokim, tortuvchi mavqeda bo‘lganligi sababli uning valentligi hokim valentlik, unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe valentlik deyiladi.

Turli atom bir-biriga mos bo‘lgandagina birika olganligi kabi lisoniy birlik ham ma’no va grammatik jihatdan muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Boshqacha aytganda, biriktiruvchi leksema birikishi lozim bo‘lgan leksemani nafaqat ma’no jihatdan, balki grammatik shaklda ham mos bo‘lishini talab qiladi. Shunga ko‘ra, valentlik lug‘aviy va sintaktik qatlamga ajraladi.

Lug‘aviy valentlik. Lug‘aviy valentlik biriktiruvchi leksemaning ma’noviy jihatdan o‘ziga mos birikuvchilarni tanlashidir. Masalan, hangra leksemasi qush leksemasini o‘ziga torta olmaydi, qush leksemasi hangra leksemasidagi birorta ham bo‘sh o‘ringa tusha olmaydi. Chunki ularda ma’noviy muvofiqlik mavjud emas. Leksemalar bir-biriga ma’noviy mos bo‘lishi uchun ularning ma’no strukturalarida o‘xshash ma’no bo‘lakchalari – semalari bo‘lmog‘i lozim. Masalan:


Qush


Sayramoq

«parranda»

«ovoz chiqarish»

«uchadigan»

«qushlarga xos»

«sayray oladigan»

Ko‘rinadiki, qush leksemasi ma’no tarkibidagi «sayray oladigan» ma’no bo‘lakchasi sayramoq leksemasida va undagi «qushga xos» ma’no bo‘lakchasi qush leksemasida mavjud. Bu ularning birikma hosil qilishiga asos bo‘la oladi.

Endi qush va hangra leksemalarini shu tarzda qiyoslab ko‘raylik:


Qush


Hangramoq

«parranda»

«ovoz chiqarish»

«uchadigan»

«eshakka xos»

«sayray oladigan»

Bu leksemalarda, yuqoridagidek, ma’noviy moslik kuzatilmaydi. Shu boisdanhangramoqleksemasivalentliginito‘ldirishuchunqushleksemasinio‘zigatortaolmaydi, qushleksemasiesahangraleksemasidagibo‘sho‘rinnito‘ldiraolmaydi.

Leksemaning valentliklari tor yoki keng bo‘lishi mumkin. Masalan: hangramoq leksemasining nima so‘rog‘iga javob bo‘ladigan valentligi to‘ldiruvchisi – eshak, xo‘tik, hangi leksemalari. kishnamoq leksemasining bunday valentligini to‘ldiruvchi unsurlar – ot, toy, bedov, saman leksemalari. Ba’zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar ma’nolari muvofiq bo‘lmagani holda ular nutqda birikuv hosil qilishi mumkin. Masalan, Artist «hangradi» kabi. Bunda endi me’yoriy valentlik buzilgan holda namoyon bo‘lib, ko‘chma, obrazli ma’no yuzaga chiqadi. Lekin bu sof nutqiy hodisa, hangra va artist leksemalarining lisoniy mohiyatidan joy olmagan. Chunki artist leksemasining ma’no tarkibi «san’atkor», «qo‘shiqchilik–teatrga xos» semalari bo‘lib, unda «hangra» semasi yo‘q, hangramoq leksemasi «eshakka xos», «ovoz chiqarish» ma’no tarkibiga ega, unda «san’atkor», «qo‘shiqchilikka xos» ma’no bo‘lakchalari mavjud emas.

Lug‘aviy valentlikni ot va fe’l turkumidan olingan namuna asosida dalillashga harakat qildik. Lekin lisoniy-lug‘aviy valentlik nafaqat ot yoki fe’lga, balki boshqa so‘z turkumlariga ham xos.

Sintaktik valentlik. Sintaktik valentlik leksema valentligining ikkinchi tomoni, u hokim mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o‘ziga tortish uchun ularning ma’lum bir sintaktik shaklda – kelishik, ko‘makchi, ravishdosh, sifatdosh qo‘shimchasini olishini talab qilishi. Bu hokim leksemaning sintaktik mavqei, grammatik shakli tomonidan belgilanadi. Masalan, Xatni yozdi, Xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi (xatni) va (xat) so‘zlarining grammatik shakli bosh so‘zning grammatik shakli bilan belgilangan.

Sintaktik valentlik lug‘aviy valentlik bilan zich bog‘langan, biri o‘zgarsa, ikkinchisi ham o‘zgaradi, biri yo‘qolsa, ikkinchisi ham bo‘lmaydi. Masalan, yetakla leksemasi jo‘nalish kelishigidagi otni o‘ziga tortmaydi (Halimga yetakla tarzida). Lekin yetakla leksemasi orttirma nisbat shakli -t bilan shakllansa, Halimga so‘zshakli unga tortila oladi. Halimga yetaklat Bunda yetakla leksemasining sintaktik valentligi o‘zgardi.

Lug‘aviy va sintaktik valentlik o‘zaro bog‘liq bo‘lsa-da, ular tez-tez o‘zgarishga uchrab turadi. Masalan, Ashulachi «hangradi»birikuvida sintaktik valentlik o‘zgarmasdan voqelangan, ammo lug‘aviy valentlik yangilangan holda yuzaga chiqqan. Bunday hol ko‘chma ma’no yuzaga chiqqanidan dalolat beradi. Xat yozildi, Xatni yozdi birikuvlarida ma’noviy valentlik joyida, biroq sintaktik valentlik o‘zgargan. Bu turlicha sintaktik shakllar voqelanganligini ko‘rsatadi. Biroq aytilgan har ikkala o‘zgarish ham bir yoqlama – yo ma’noviy, yo sintaktik tabiatga ega. Agar o‘zgarish birdaniga ikki tomonlama – ham lug‘aviy, ham sintaktik bo‘lsa-chi? Bunda derivatsiya sodir bo‘ladi. Dalil sifatida ochmoq fe’lining lug‘aviy va sintaktik valentliklarini aniqlash orqali bunga amin bo‘lish mumkin:

Tergovchi jinoyatni ochdi.

Jinoyat tergovchi tomonidan ochildi.

Amerikani Vespuchchi ochdi.

Gul ochildi.

1- va 2-misolda ochmoq fe’li valentliklarini to‘ldiruvchi so‘z (tergovchi)ning ma’nosi o‘zgarmagan, lekin sintaktik shakli (tergovchi – bosh kelishikda, tergovchi tomonidan – ko‘makchili) o‘zgargan. Demak, ochmoq leksemasining ma’noviy valentligi o‘zgarishsiz saqlangan, sintaktik valentligi o‘zgargan. Bu o‘zgarish ochmoq fe’liga -il majhul nisbat qo‘shimchasi tomonidan kiritilgan. 3-misolda esa fe’lning sintaktik valentligi o‘zgarishsiz qolgani holda ma’noviy valentlik o‘zgarishga uchragan. Chunki Amerika so‘zining ma’nosi ochmoq fe’li ma’nosiga muvofiq kelmaydi. Ammo sintaktik shakli mos. 4-misolda esa ham ma’noviy, ham sintaktik valentliklar butkul o‘zgargan. Chunki gul so‘zi ochmoq fe’liga ma’noviy jihatdan mos emas. Bundan tashqari, birikuvchi so‘zning sintaktik shakli (gul – bosh kelishik) ochmoq fe’lga -il qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida o‘zgarishga uchragan.

Demak, ma’lum bo‘ladiki, leksemaning lisoniy valentligi ikkiyoqlama, ma’noviy tomoni unga qanday leksema birika olishi me’yori, chegarasini ko‘rsatsa, sintaktik tomoni birikuvchi so‘zning qanday grammatik qo‘shimchani olishini belgilaydi.

Grammatik shakl valentligi. Leksemaga grammatik shakl qo‘shilganda ularning birikuvchilari sirasida jiddiy o‘zgarish yuz beradi. Shoirman so‘zshakli – -man shaxs-son qo‘shimchasi bilan birikmasdan oldin, ya’ni shoir leksemasi sifatida men olmoshi bilan birikish ehtiyojiga ega emas edi. Shaxs-son ma’nosini ifodalovchi (-man) qo‘shimchasini qabul qilgach, shunday ehtiyoj tug‘ildi. Bu ehtiyoj, zarurat -man qo‘shimchasida mujassam, u I shaxs birlik son shaxs/son qo‘shimchasining sintaktik ehtiyoji, kengayish talabi, ya’ni valentligi.

Grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning lisoniy (ma’noviy va sintaktik) valentligini yo kengaytiradi, yoki cheklaydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi o‘zi qo‘shilib kelgan ism turkumiga mansub so‘zga qaratqich kelishigi shaklida turgan boshqa ism bilan qaralmish-qaratuvchi aloqasiga kirishish imkoniyatini beradi. Demak, o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning sintaktik imkoniyatini kengaytiradi. So‘zshakl ma’noviy va sintaktik valentligi shu so‘zshakl uchun asos bo‘lgan leksema lisoniy valentligidan keng. Shunday hodisani orttirmanisbat morfemasi bilan o‘timsiz fe’l leksema birikishida ko‘rish mumkin. Qiyoslang: Mashina yurdi. Bola uxladi. uxla, yur fe’llari vositasiz to‘ldiruvchi bilan birika olmaydi. Lekin Haydovchi mashinani yurgizdi, Ona bolani uxlatdi me’yoriy birikma. Vositasiz to‘ldiruvchi bilan birika olish valentlik qobiliyatini yur, uxla leksemalariga orttirma nisbat morfemasi berdi, boshqacha aytganda, bu fe’lga qo‘shilib kelgach, u morfema o‘z valentligini olib keldi.

Ayrim grammatik shakl o‘zi qo‘shilib kelgan leksemaning lisoniy valentligini toraytiradi.

Masalan, majhul va o‘zlik nisbat shakli o‘timli fe’lni o‘timsizlashtiradi, uning vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish imkoniyatini cheklaydi. Bunga amin bo‘lish uchun kitob leksemasining grammatik shaklsiz va grammatik shakllangan holatida valentlik imkoniyatini taqqoslash kifoya:


Qiziq


Kitob

Katta


Badiiy

O‘nta


Ko‘p

Qiziq

Kitobcha

Katta


Badiiy

O‘nta


Ko‘p

Ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda kitob leksemasining birikuv imkoniyati ko‘plik son shakli -lar va kichraytirish qo‘shimchasi -cha hisobiga toraygan. Quyidagi gaplarda esa leksemaning biriktirish imkoniyati kengayganligiga amin bo‘lamiz: 1. Halim kitob o‘qidi. 2. Halim ukasiga kitob o‘qitdi.

Sintaktik aloqa. Mustaqil so‘zlarning nutq jarayonidagi erkin bog‘lanishi sintaktik aloqa deyiladi: Suvlar tiniq, toza havo. Sintaktik birlik bir necha a’zoli bo‘ladi. Faqat gap bir a’zoli bo‘lishi mumkin. Nutqda so‘zlarning bir-biri bilan bog‘lanishi har bir tilning LSQ, leksemaning birikish imkoniyati asosida sodir bo‘ladi.

So‘zning sintaktik munosabatga kirishuvi natijasida hosil bo‘lgan sintaktik qurilmaso‘z qo‘shilmasi deyiladi. Bu so‘zning bir-biriga ergashishi (a’lochi o‘quvchi) yoki tenglashishi (olma va anor) shakllarida bo‘lishi mumkin. A’lochi o‘quvchi birikmasida bir so‘z ma’noviy qobiliyatini namoyon qilish uchun boshqasiga ehtiyoj sezadi. Aniqrog‘i, o‘quvchi uzvi izohlanishga muhtoj. Shu boisdan a’lochi so‘zi unga ergashib, izohlab keladi. Bu tobelanish aloqasi. Tobelanish aloqasi natijasida so‘z birikmasi va gap hosil bo‘ladi: tiniq suv, Xalil o‘qidi. O‘zbek tilida keyin kelib, ma’nosi izohlanayotgan so‘z hokim (bosh) so‘z, hokim so‘zga ergashish yo‘li bilan bog‘lanib, uning ma’nosini izohlaydigan so‘z tobe (ergash so‘z) deyiladi. Tiniq suv, Xalil o‘qidi birikuvlarida tiniq va Xalil so‘zlari tobe, suv va o‘qidi so‘zlari – hokim a’zo.

Nutqda so‘zlarning barchasi ham tobe aloqada bog‘lanavermaydi. So‘zlar olma va anor, nok va anjir, o‘qidi va yozdi shaklida biri ikkinchisiga bo‘ysunmay, teng holda ham bog‘lanishi mumkin. Bu so‘z qo‘shilmalari a’zolari teng huquqli bo‘lib, biri ikkinchisining ma’nosini izohlamaydi.

Demak, so‘zlar orasidagi aloqa ikki xil: tenglashish va tobelanish. Ular esa uch xil hosilani beradi: so‘z birikmasi, so‘z tizmasi va gap. Tenglashish aloqasi asosida so‘z tizmasi hosil bo‘lsa, tobelanish aloqasi asosida so‘z birikmasi va gap shakllanadi.

So‘z tizmasi. So‘z tizmasi (olma va anor) teng huquqli a’zolardan tashkil topadi. Ular orasida tobelik bo‘lmaydi. Shunga muvofiq, so‘zlar orasida bir-birini izohlash, to‘ldirish hodisasi ham yo‘q. So‘z tizmasi tashkil etuvchilarining o‘rnini almashtirish ham mumkin: anor va olma. Bu ularning sintaktik mavqeyi va ma’nosiga putur yetkazmaydi. So‘z tizmasidagi a’zolar birgalikda boshqa so‘zga tobelanib, uni aniqlashi (oq va sariq gullar) yoki boshqa so‘z tomonidan izohlanib, birgalikda hokim a’zo bo‘lib kelishi mumkin (shirin olma va anor). Shuningdek, so‘z tizmasidagi har bir a’zo o‘ziga xos tobe uzvlarga ham ega bo‘lishi mumkin (o‘qiyotgan bola va yozayotgan qiz).

So‘z tizmasi a’zolari teng bog‘lovchilar yordamida yoki bog‘lovchi vositasiz, faqat ohang yordamida bog‘lanishi mumkin: bola, qiz kabi. So‘z tizmasi a’zolari, asosan, bir so‘z turkumiga mansub leksemalar voqelanishi bo‘ladi: olma (ot) va anor (ot). Ba’zan ular turli turkumdan ham bo‘ladi: Halim (ot) va men (olmosh).

So‘z birikmasi birikuvchi so‘zlarning hokim-tobelik munosabati asosida hosil bo‘ladi. Bunda izohlanuvchi a’zo kengayuvchi, izohlovchi a’zo kengaytiruvchi a’zo deb ham yuritiladi: kitobni o‘qimoq (kitobni – izohlovchi, kengaytiruvchi, o‘qimoq – izohlanuvchi, kengayuvchi).

Tobelanish aloqasida hokim a’zo hokimlik mavqeyi va vositasiga, tobe a’zo tobelik mavqeyi va uni ta’minlovchi vositaga ega bo‘ladi. kitobni o‘qimoq birikmasida kitobni a’zosi oldin kelib, tushum kelishigi ko‘rsatkichi bilan shakllangan bo‘lsa, o‘qimoq a’zosi hokimlik mavqeyi va shakliga ega.

A’zolarning hokim-tobeligini bildiradigan shakliy ko‘rsatkich har doim ham bo‘lavermaydi. Morfologik ko‘rsatkich bo‘lmaganda ham tobelik va hokimlik belgisi birikuvchi so‘zlarning lug‘aviy-grammatik tabiatidan, sintaktik o‘rnidan hamda tartib va ohangdan bilinib turadi. Masalan: tiniq suv (tobeQhokim), suv tiniq (tobeQhokim).

Nutqiy birikuvda hokim-tobelik belgisini aniqlashda ohangga asoslanishning ahamiyati katta. Masalan, so‘z tizmasida sanash ohangi mavjud bo‘lsa (qalam, daftar), so‘z birikmasida ko‘tariluvchi (kitobni o‘qimoq) va gapda pasayuvchi ohang (suvlar tiniq) amal qiladi. Biroq hokim-tobelikni aniqlashda morfologik ko‘rsatkichga tayanish har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaganligi kabi (chunki morfologik ko‘rsatkichsiz ham so‘z birikuvi hosil bo‘laveradi – qizil qalam), ohang va so‘z tartibiga tayanish ham mutlaq asos emas. Umuman, tobelikningko‘rsatkichlari bo‘lmaganda, tartib – hokim-tobelikning asosiy belgisi, bunday ko‘rsatkich bo‘lganda esa u o‘z kuchini yo‘qotadi.

Tenglashish uyushiq bo‘laklar va ayrim qo‘shma gap a’zolari orasida amal qilsa, bulardan boshqa bog‘lanish – tobelanish aloqasi.....(So‘z birikmasi va gap doirasida amal qiladi)

Gap. Gapning asosini tobelanish tashkil qiladi. Kesim gapning markaziy, uyushtiruvchi bo‘lagi bo‘lib, u barcha gap bo‘lagini o‘ziga bevosita yoki bilvosita tobelaydi.

Sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar. Erkin birikmada so‘zlarning bog‘lanishi va unda sintaktik aloqa vositalari turlicha: a’lochi o‘quvchi, o‘qituvchini tabriklamoq, telefon orqali gaplashmoq, kitobning varag‘i va h.k.

So‘zlarning turli vosita yordamida bog‘lanishi ularning qaysi lug‘aviy-grammatik tip (so‘z turkumi)ga kirishiga, lug‘aviy-grammatik xususiyatiga bog‘liq. Zero, ayrim lug‘aviy-grammatik tur, asosan, tobe a’zo vazifasida kelish uchun ixtisoslashgan (masalan, son, ravish, sifat): besh o‘quvchi, tez gapirish, a’lochi bola kabi. Shuning uchun ular so‘z birikmasida tobe a’zo mavqeyida kelish uchun ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichni talab qilmaydi. Ayrim so‘z turkumi (masalan, ot, fe’l), asosan, hokim mavqe egallashga xoslangan: issiq non, kitobni keltirmoq. Shu boisdan ular tobe a’zo sifatida nutqda ishtirok etishi uchun asosan o‘ziga xos grammatik shakl kasb etadi: paxtani termoq, terilgan paxta.

Sintaktik aloqani ifodalovchi vosita sintaktik shakl hosil qiluvchi qo‘shimcha, yordamchi so‘z, so‘z tartibi va ohangdir.

Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari (sintaktik shakl hosil qiluvchi vosita) – kelishik, egalik, kesimlik ko‘rsatkichlari. Aloqa-munosabat shakllari shakliy omil sifatida so‘zlarning erkin bog‘lanishida faol: Men qishloqqa bordim gapida -ga shakli qishloq so‘zini bormoq fe’li bilan, -dim kesimlik shaklidagi -m ko‘rsatkichi men so‘zini bormoq fe’liga tobelash vazifasini o‘tamoqda.

Egalik qo‘shimchalari mustaqil so‘zlarning hokim mavqeda kelishini ifodalab, uning tobe so‘zga munosabatini ko‘rsatadi (sizning uyingiz). Shuningdek, bog‘lash bilan birgalikda, hokim va tobe so‘zning shaxs va sonda moslashishini ham ta’minlaydi.

Kelishik – mustaqil so‘zning barchasi uchun tobelikni ta’minlovchi formal ko‘rsatkich. Masalan, bosh kelishik egani, tushum kelishigi to‘ldiruvchini, qaratqich kelishigi aniqlovchini hokim bo‘lakka tobelaydi.

Shaxs-son qo‘shimchalari, kesimlikning boshqa shakllari bilan birgalikda, o‘zi hosil qilayotgan hokim bo‘lakni tobe bo‘lak – egaga bog‘laydi.

Yordamchi so‘z. Sintaktik aloqani ifodalashda qo‘llanadigan yordamchi vositalar (ko‘makchi, bog‘lovchi va bog‘lama) birikuvlarda shakliy omil sifatida namoyon bo‘ladi.

Ko‘makchining bir so‘zni ikkinchi so‘zga tobelovchi vosita ekanligi, ma’no va vazifa jihatdan kelishikka o‘xshashligi (telefondagaplashmoq – telefon orqali gaplashmoq), shuningdek, so‘zni sintaktik aloqaga kiritishda o‘zi bilan birga uning biror kelishik shaklida bo‘lishini ham talab qilishi ma’lum: Marraga qadar bir tekisda yugurib borishdi. (A.G‘ul)

Bog‘lovchi odatda, so‘z tizmalari, gaplarning a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qiladi. Masalan: olma va anor. Men o‘qidim va yozdim. Teng bog‘lovchi birinchi misolda so‘z tizmasi a’zolarini, ikkinchi misolda esa qo‘shma gap a’zolarini bog‘lash uchun xizmat qilgan.

Bog‘lama ot kesimni ega yoki boshqa tobe a’zo bilan bog‘lash uchun xizmat qiladi: Biz o‘tgan yili talaba bo‘ldik. Bunda bo‘ldik bog‘lamasi shaxs-son va zamon ma’nolarini ifodalagan hamda kesimni uning shaxs (biz), zamon (o‘tgan yili) kengaytiruvchilari bilan bog‘lagan.

So‘z tartibi. So‘zlar erkin birikuvda grammatik shakl asosida bog‘langanda, so‘z

tartibi o‘zgarsa-da, u ma’noviy munosabat yoki bog‘lanishga ta’sir qilmaydi: Sen kitobni keltirdingmi? Kitobni sen keltirdingmi? Keltirdingmi sen kitobni? birikuvidagi so‘z o‘rni almashtirilganiga qaramay, keltirdingmi so‘zshakli hokim, sen va kitobni so‘zshakllari tobe a’zo sifatida qolavergan. Chunki ular sintaktik mavqeyini ta’minlovchi vosita – morfologik ko‘rsatkichga ega. So‘zning hokim-tobeligi (sintaktik mavqeyi)ni ko‘rsatuvchi vosita bo‘lmaganda so‘z tartibining qimmati oshadi (achchiq olma). Bunda so‘zning gapdagi funksiyasi, asosan, tartibi bilan belgilanadi, tartib o‘zgarsa, mazmun bilan birga, sintaktik holat ham o‘zgaradi: Hayot go‘zal (egaQkesim), go‘zal hayot (aniqlovchiQaniqlanmish).

Gapda uslubiy maqsadlarda so‘z tartibi o‘zgarishi mumkin: O‘qituvchi intizom haqida gapirdi. Intizom haqida o‘qituvchi gapirdi. Tartibning bunday o‘zgarishi a’zolarning hokim-tobeligiga ta’sir qilmaydi, biroq gapning uslubiy jihatiga, fikrdagi ma’no nozikligiga ta’sir ko‘rsatadi.

Ohang. Ohang ham, yuqorida aytilganidek, birikuvning tabiatini ko‘rsatuvchi nisbiy vosita. Gap tugallangan ohang bilan aytiladi, uning tarkibidagi ayrim birikuvlar sanash (olma va anor), ayrimlari ko‘tariluvchi ohangga (qizil qalam) ega bo‘ladi.

Ohang (pauza) birikuvning sintaktik bo‘linishini ko‘rsatadi. Masalan, Ko‘p qavatli uy birikmasini ikki xil (ko‘p//qavatli uy va ko‘p qavatli//uy tarzida) aytish mumkin. Demak, sintaktik aloqani, unga bog‘liq ravishda mazmuniy farqlanishni ifodalashda ohangning o‘rni bor. Ya’ni ko‘p//qavatli uy tarzida birinchi so‘zdan keyin pauza qilinishi natijasida (ko‘p) so‘zshakli tobe va qavatli uy birikmasi unga hokim mavqeda bo‘lib, bunda qavatli uylarning ko‘pligi haqidagi ma’no anglashiladi. Ikkinchi holatda (ko‘p qavatli//uy) esa ko‘p qavatli birikmasi tobe, uy so‘zshakli esa hokim mavqeda, birikmadan esa uyning qavatlari ko‘pligi ma’nosi namoyon bo‘lgan.

Sanash ohangi bir xil bo‘lakning aloqasini ifodalaydi: Oltin, kumush tosh bo‘lar. (Maq)

Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasida ham turli: qarama-qarshilik (Kunduzi issiq – kechasi sovuq), shart (Sen kel – u boradi),sabab (Kecha borolmadim – mehmonlar kelib qoldi) – ma’noviy munosabatlar mavjud.

Ko‘rinadiki, ayrim o‘rinda so‘zlar va gaplarni bog‘lashni ohangning o‘zi bajaradi. Bog‘lashni boshqa vositalar o‘z zimmasiga olganda, ohangning roli kuchsizlanadi.

×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uz.Skip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
2-Ma'ruza. Mavzu: So‘z birikmasi sintaksisi.
So‘z birikmasi sintaksisi
So‘z birikmasi sintaksisi
Reja:

1. So‘z birikmasining o‘rganilishi.

2. Erkin birikmalar va uning turlari.

3. So‘z birikmasi, uning xususiyatlari, tarkibi, tiplari va turlari, yondosh hodisalarga munosabati.

4. So‘z birikmasi lisoniy sintaktik qolipining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.

5. So‘z birikmasi qoliplarida erkin birikuv omillari: ma’noviy, shakliy va joylashuv omillari.

6. So‘z birikmasida tobe aloqaning turlari: moslashuv, boshqaruv, bitishuv aloqalari.Birikmalarda sintaktik aloqani ta’minlovchi vositalar.

So‘z birikmasi (SB) haqida tushuncha. Nutqda tushunchalarni aniqroq va muayyanroq ifodalash zarurati tug‘iladi. Bu esa nisbiy noaniq tushuncha ifodalovchi so‘zdan nisbiy aniq tushuncha ifodalovchi so‘z birikmasini afzal qilib qo‘yadi. Qiyoslang: o‘qimoq – tez o‘qimoq. Keyingi nutqiy hosilada «harflarni urishtirib ma’nosini tushunish» harakati (o‘qimoq) so‘zidagiga nisbatan aniqroq. Chunki unga tez so‘zi ko‘maklashgan. Ko‘rinadiki, so‘z ham, so‘z birikmasi ham tushuncha ifodalaydi. So‘z ifodalaydigan tushuncha noaniq va, demak, kengroq (masalan, o‘qimoq fe’lida harakat tez ham, sekin ham bo‘lishi mumkin), so‘z birikmasida esa ikki tushuncha o‘z mustaqilliklarini saqlagan holda nisbiy aniq va muayyan harakat («harflarni tez urishtirib, ma’nosini tushunish») ifodalangan. Demak, so‘z o‘z ma’noviy imkoniyatini to‘laroq va ravshanroq namoyon qilishi uchun boshqa bir mustaqil so‘zga ehtiyoj sezadi. Bu so‘z uning ma’noviy ehtiyojini qondirmog‘i uchun ham ma’noviy, ham grammatik jihatdan unga muvofiq bo‘lmog‘i lozim. Buni ravshanroq anglash uchun quyidagi hosilalarga diqqat qilaylik:

olmaning termoq

osmonni tishlamoq

Halim keldi

kitobni o‘qimoq

Birikmalarning birinchisida (olma) va (termoq) so‘zlari ma’noviy jihatdan muvofiq bo‘lib, biroq ularning grammatik shakli (qaratqich kelishigi) mos emas. Ikkinchi birikuv (osmonni tishlamoq)da so‘zlar grammatik shakli jihatdan mos bo‘lsa-da, ma’noviy tabiatining «beo‘xshovligi» ularning birikuv hosil qilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Uchinchi birikuvda a’zolar ham ma’noviy, ham shakliy jihatdan muvofiq. Ular birikuvi tushuncha emas, fikr ifodalaydi. To‘rtinchi birikuv (kitobni o‘qimoq) bularning barchasidan farqlanadi va birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’no va grammatik jihatdan hokim-tobelashuvidan tashkil topib, tushuncha ifodalashga xoslanganligi bilan xarakterlanadi. Bunda bir so‘z tobe, ikkinchisi hokim, tobelik va hokimlik xossasi hamda vositasiga ega. Bu – ularning ma’noviy mosligi va tobeligi (hokimligi) grammatik shakli hamda joylashuv (oldinma-keyinlik) xususiyati. Demak, nutqiy so‘z birikmalari uchun quyidagi belgilarni ko‘rsatish mumkin:

a) birdan ortiq mustaqil so‘z;

b) a’zolarning ma’noviy va grammatik jihatdan mosligi;

d) tobelik;

e) tushuncha ifodalash.

So‘z birikmasi bu to‘rt belgisining har biri bilan o‘ziga yondosh hodisalarga o‘xshaydi va bir vaqtning o‘zida farqlanadi ham. Masalan,birdan ortiq mustaqil so‘zdan tashkil topganligi bilan so‘zdan farq qilsa, tushuncha ifodalashi bilan o‘xshashlik kasb etadi. Gap birdan ortiq mustaqil so‘zning ma’noviy va grammatik jihatdan tobelanishi asosida ham vujudga keladi. Lekin u SBdan farqli o‘laroq, fikr ifodalaydi. Demak, SB bilan uning o‘xshashlari munosabatiga alohida-alohida to‘xtalish lozim bo‘ladi.

SB va so‘z.So‘z bir tushunchani ifodalaydi. SBda esa birdan ortiq tushuncha munosabatga kirishgan holda voqelanadi. So‘z asosida leksema va morfema hamda ularning birikuv qonuniyati yotsa, SBga leksemalar birikuvini tartibga soluvchi LSQ asos bo‘ladi. Aytilganidek, so‘zda tushuncha, ma’no keng va mavhum bo‘ladi. So‘z birikmasida esa bu kenglik va mavhumlik bir qadar barham topgan bo‘ladi. Masalan, qiziq kitob birikmasida kitobning bir belgisi namoyon bo‘lgan. Shu jihatdan u muayyanlik kasb etgan. Ammo bu muayyanlik nisbiy va biryoqlama. Chunki uning badiiy yoki ilmiyligi hali mavhum va noaniq. Qiziq badiiy kitob birikmasida bu belgi ham muayyanlik kasb etadi. So‘z birikmasida so‘z boshqa so‘zni o‘ziga biriktirib kengayishi bilan ma’noviy jihatdan torayib boradi. Demak, shakliy kengayish ma’noviy torayishni keltirib chiqarsa (so‘z birikmasida), shakliy torlik (so‘zda) ma’noviy kenglik bilan munosib.

SBda ma’nolar o‘zaro munosabatga kirishar ekan, bunda ular yaxlitlanib, bir «vujud»ga aylanib ketmaydi. Bir-biriga qancha yaqinlashmasin, baribir o‘z mustaqilliklarini saqlab qoladi. Masalan, toza havo birikmasida bir ma’no ikkinchisiga muayyanlik kiritish uchun xizmat qiladi, lekin, baribir, bunda ikki tushuncha mavjud. Ikki tushuncha orasidagi munosabat ma’lum bir me’yor chizig‘idan o‘tsa, ular yaxlit tushunchaga aylanadi va bir butun holda yangi ma’no anglatadi. Masalan, belbog‘ so‘zi dastlab belning bog‘i birikuvi shaklida bo‘lib, bunda ikki tushuncha munosabati (hokim-tobeligi) mavjud. Biroq bu ularning yaxlitlanishi darajasiga etmagan. (Belbog‘) so‘zida esa munosabatning me’yor chizig‘idan keyingi holatiga duch kelamiz.

So‘zlarning alohida ko‘rinishi bo‘lgan qo‘shma so‘zlar aslida so‘z

birikmalari uzvlarining yaxlitlanishi – so‘z birikmasining ma’noviy

taraqqiyoti mahsuli.

SB va ibora. SB a’zolari tobe munosabatli mustaqil so‘z bo‘lsa, ibora ham mustaqil so‘zlar birikuvidan tashkil topsa-da, orasidagi sintaktik aloqa so‘ngan, bu so‘zlar o‘zaro yaxlitlanib, ibora o‘zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga o‘xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi iborasi bilan bo‘shashmoq so‘zining ma’noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So‘z birikmasi esa vaqtincha va o‘zgaruvchan. So‘z birikmasini tashkil etgan so‘zlar nutqda o‘z mustaqil ma’nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi so‘zlar o‘zlarining xos ma’nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi iborasida tarvuz, qo‘ltiq, tushmoq so‘zlari o‘zlarining xos ma’nolariga ega emas).

SBda hokim va tobe, kengayuvchi va kengaytiruvchi so‘z. SBda ma’nosi

muayyanlashtirilayotgan so‘z hokim va uning ma’nosini muayyanlashtiruvchi so‘z tobe a’zo deyiladi (masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida kitobni tobe va o‘qimoq hokim a’zo). Bir so‘z bir nechta so‘zni o‘ziga tobe a’zo sifatida biriktirishi mumkin. Lekin SBda bir so‘z faqat bir a’zogagina tobe a’zo sifatida bog‘lanishi mumkin, xolos. Masalan, katta, chiroyli gulchambar birikmasida gulchambar so‘zi ikkita so‘zga hokim. Lekin chiroyli so‘zi bir so‘zgagina tobe. Hokim mavqeda yuzaga chiqayotgan leksema o‘zining hokim, tobe vazifada yuzaga chiqayotgan leksema esa o‘zining tobe valentligini namoyon qiladi. Hokim va tobe a’zo vazifalari, grammatik shakli va sintaktik o‘rni asosida belgilanadi. Tobe a’zo oldin kelib, keyingisining ma’nosini izohlashga xoslangan bo‘ladi va bunga mos grammatik ko‘rsatkich bilan shakllanadi, ma’lum sintaktik o‘ringa ega bo‘ladi. O‘zbek nutqida, odatda, hokim so‘z keyin tobe so‘z oldin keladi. Nutqiy inversiya (hokim va tobe so‘z tartibining buzilishi) asosidagi so‘z birikmalarigina bundan mustasno: o‘qidim kitobni, Dilshoda hamshira kabi. Hokim so‘z kengayuvchi va tobe so‘z kengaytiruvchi so‘z deb ham yuritiladi. Kengayuvchi va kengaytiruvchi atamalari nisbiy mohiyatga ega bo‘lib, shaklga nisbatan aytilgandagina to‘g‘ri bo‘ladi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida (o‘qimoq) so‘ziga yana bir so‘z birikadi va so‘zlar soni ikkita bo‘lib, shakliy «yoyilish», ya’ni kengayish yuz berdi. Shakliy kengayish esa ma’noviy torayishni vujudga keltiradi. Bunda shakl va mazmun dialektikasi yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Chunki o‘qimoq leksemasining ma’nosi keng, u o‘qiladigan barcha narsalar ustida yuz beradigan tegishli harakatni ifodalaydi. Kitobni o‘qimoq birikmasida esa aytilgan «barcha narsalar»dan asosan «kitob ustida bajariladigan harakat» mohiyatli toraygan ma’nosi qoladi. Kengayuvchi atamasini faqat bosh so‘zga, kengaytiruvchi atamasini faqat ergash so‘zgagina xos qilib qo‘yish ham biryoqlamalik. Zero, kitobni o‘qimoq birikmasida kitob leksemasi tobe, o‘qi leksemasi hokim valentligini namoyon qilganligi kabi unda o‘qimoq so‘zi kitobni so‘zshakli uchun ma’noviy toraytiruvchi va shakliy kengaytiruvchi vazifani namoyon qiladi. Zero, kitobni so‘zshakli o‘timli harakatni ifodalovchi cheksiz leksema bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega. O‘qimoq so‘zshakli bilan birikish asosida unda ma’noviy torayish, shakliy kengayish yuz beradi.

SBda bog‘lanish usuli. SB a’zolari orasidagi bog‘lanish, ya’ni tobelanish uch xil: bitishuv, moslashuv, boshqaruv. Bu aloqa turining o‘ziga xos xususiyati va farqi a’zolarni biriktiruvchi ko‘rsatkich yoki boshqa vositadan kelib chiqadi. Masalan, tez yurmoq, qalamni olmoq, kitobning varag‘i birikmalarida tobe so‘zning qaysi shaklda kelishi ko‘pincha, uning hokim so‘ziga (qalamni olmoq) bog‘liq bo‘lsa, ba’zan har ikkala a’zo bir-birining qanday shaklda bo‘lishini belgilab qo‘yadi (kitobning varag‘i).

Bitishuvda birikkan so‘zlarning o‘zaro aloqasi, asosan, tartib va ohang bilan belgilanadi. Bitishuv aloqasida morfologik ko‘rsatkich bo‘lmasa-da, tartib muhim vosita sifatida namoyon bo‘ladi. Bunda tobe so‘z ushbu mavqeda kelish uchun shakliy jihatdan o‘zgarmaydi. Zero, tobe a’zo sifatida namoyon bo‘layotgan so‘z ma’noviy va vazifaviy jihatdan bunga xoslangan bo‘ladi. Misollar: qizil gul, oq qog‘oz. Ba’zan ot turkumidagi so‘zlar ham hech qanday vositasiz tobe vazifada kela oladi: oltin soat, tosh yo‘l kabi. Bunda ular mohiyatan tobe a’zolik doimiy belgisi bo‘lgan sifat, son, ravish turkumiga yaqinlashadi. Bu hodisa nutqiy bo‘lib, oltin, tosh leksemasining lisoniy mohiyati bilan belgilanmagan.

Quyidagi so‘zlar bitishuv yo‘li bilan bog‘langan:

ravishQfe’l: o‘z-o‘zidan gapirmoq;

sifatQfe’l: yaxshi so‘zlamoq;

sonQot: o‘nta qalam, sakkiz daftar;

otQot: kumush qoshiq, chang yo‘l;

olmoshQot: hamma odam, qanday kitob.

Ayrim manbalarda tobe so‘z vazifasida ravishdosh (shoshilib gapirdi), sifatdosh (o‘qigan bola) yuzaga chiqqan birikuv ham bitishuvli birikma sifatida qaraladi. Vaholanki, bu erda ravishdosh ko‘rsatkichi -ib fe’lni fe’lga (shoshilib gapirdi), sifatdosh shakli -gan fe’lni otga (o‘qigan bola) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Shuningdek, bularning morfologiyada lug‘aviy-sintaktik shakl sifatida qaralishi ham ular hosil qilgan birikuvni bitishuvli emas, balki boshqaruvli birikuv sifatida baholashni taqozo etadi.

Bitishuvda a’zolarning hokim-tobelik holati, asosan, tartib va joylashuv omili asosida belgilanadi: (tobe a’zo Q hokim a’zo), ya’ni tobe so‘z oldin, hokim so‘z keyin keladi hamda a’zolar orasiga boshqa so‘zni kiritib bo‘lmaydi, (kumush qoshiq birikmasini kumush o‘nta qoshiq deb o‘zgartirib bo‘lmaydi).

Demak, bitishuv aloqasida tartib va ohang muhim rol o‘ynaydi. Bunda tobelik tartib va joylashuvdan, so‘zning grammatik xususiyati va ma’nosidan anglashilishi ayon bo‘lib turadi.

Kelishik affiksi o‘z ma’nolarini yo‘qotgan tezda kelmoq, o‘z-o‘zidan raqsga tushib ketmoq, birdan gapirmoq birikuvini ham bitishuv aloqasi sifatida qaramoq lozim. Chunki kelishik qo‘shimchasi bu SBda o‘z tizimidan ajralib, so‘z tarkibida «qotib qolgan». Bular – kelishik qo‘shimchasini olgan holda ravishga ko‘chgan so‘zlardir.

Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBlar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a’zolari birikish uchun tobelovchi qo‘shimcha olgan Sb boshqaruv yo‘li bilan bog‘langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda bo‘lishini boshqaradi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum kelishigi shaklida kelishi o‘qimoq fe’lining o‘timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe’l o‘timsiz fe’lga aylantirilsa, (o‘qildi) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o‘z-o‘zidan g‘oyib bo‘ladi: kitobni o‘qimoq – kitob o‘qildi.

Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xil turkumdagi so‘z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe’lli boshqaruv),mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o‘qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv).

Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog‘liq ravishda kelishikli

boshqaruv, ko‘makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv

kabi turga ajraladi.

Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo‘lib, bunda

tobe a’zo hokim a’zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a’zo tobe a’zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g‘azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a’zo bir-birini taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a’zo qaratuvchi, hokim a’zo qaralmish deb yuritiladi.

Moslashuv aloqasida tobe a’zo (Fuzuliy g‘azali) 0 shaklli bo‘lganligi kabi, hokim a’zo ham ko‘rsatkichsiz qo‘llanishi mumkin: sizning uyingiz – sizning uy, bizning kitobimiz – bizning kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda -ngiz va -miz ko‘rsatkichining tarixiy genetik bog‘lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo‘llab bo‘lmaydi.

SBda bog‘lanish omili. Sbning tuzilishi, tashkil etuvchi

a’zolarning o‘zaro munosabatini o‘rganish jarayonida birikishning ichki qonuniyati ochiladi. Sbda bog‘lanish a’zolardan birining faolligi asosida emas, balki har ikki a’zoning ham bir-biriga, avvalo, ma’noviy, qolaversa, shakliy, joylashuv jihatdan moslashishi asosida yuz beradi. Chunki tobelanayotgan leksemaning birikish imkoniyati voqelanishga, hokim a’zoning biriktirish talabi esa qondirilishga intiladi. Sbdagi a’zolarning goh bittasining (maktabga bormoq), goh ikkinchisining ham (maktabning bog‘i) grammatik shakllanishi asosida sintaktik aloqaning ikki xil – bir tomonlama aloqa, ikki tomonlama aloqa turini farqlash ma’qul emas. Unda bitishuvli (keng dala) birikmalarni hech qanday aloqasiz birikma deyishga to‘g‘ri kelgan bo‘lar edi. Yuqoridagi aloqaning ikki ko‘rinishi bog‘lovchi vositaga qarab belgilangan, xolos.

So‘z birikmasida aloqa har doim ham ikki tomonlamadir. SB a’zolarining ikki yoqlama birikish imkoniyati (tobe a’zo) va biriktirish talabi (hokim a’zo) aloqadorligi bevosita a’zolarning birikish-biriktirish qobiliyatiga asoslanadi.

SB a’zolari orasidagi bog‘lanish har bir so‘zda yaxlit holda mavjud bo‘lgan ma’noviy (M), shakliy (Sh), joylashuv (J) omillarining o‘zaro muvofiqligiga tayanadi. Masalan, kitobni o‘qimoq birikmasidagi kitobni so‘zshaklida hokim so‘zga birikishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari bo‘lganligi kabi o‘qimoq so‘zshaklining ham tobe a’zoga bog‘lanishini ta’minlaydigan M, Sh, J omillari mavjud. xatni yozmoq birikmasida tobe so‘z (xatni)ning hokim so‘z (yozmoq) bilan birikishini uning shakli -ni, ma’nosi va qisman joylashuvi (oldin kelishi)ko‘rsatsa, hokim so‘zning tobe so‘z bilan bog‘lanishini ma’nosi, shakli va qisman joylashishi (keyin kelishi) ko‘rsatadi.

So‘zda bu uch omil yaxlit bo‘lib, ma’lum birikish jarayonida birortasi ustunlik qilsa, boshqalari kuchsizlanadi. Keltirilgan xatni yozmoq birikmasidagi tobe so‘z (xatni)da shakliy omil -ni tobelikni ko‘rsatuvchi yetakchi omil bo‘lsa, hokim so‘z (yozmoq)da ma’noviy omil ustunlik qilgan.

Ma’noviy omil deganda so‘zlarning bog‘lanishi uchun muhim sanalgan lug‘aviy ma’nosi, qaysi turkumga xosligi tushuniladi.Lug‘aviy ma’no ayon bo‘lib, so‘zning grammatik ma’noviy xususiyatiga biroz sharh berish lozim. So‘zlarning muayyan turkumga xosligi keng ko‘lamli tushuncha, mustaqil so‘z turkumlari doirasida narsa-predmet (ot), belgi (sifat), miqdor (son), harakat (fe’l), holat (ravish), tasviriylik (taqlidlar), ishoraviylik (olmoshlar) kabi turkumlik ma’nolarini qamrab oladi. Bu ma’nolar so‘z turkumi (masalan, ot), uning ichki bo‘linishlari (masalan, modda-ma’dan oti, o‘rin-joy oti kabi) bilan bog‘liq. Shuning uchun tosh ko‘prik birikmasida (tosh) so‘zining ot turkumiga mansubligi, modda-ashyo nomi ekanligi, (ko‘prik) so‘zining ma’lum bir harakatning mahsuli bo‘lmish predmetni ifodalashi, so‘rida yotmoq birikmasida esa (so‘ri) so‘zining joy nomini atab kelishi, (yotmoq) fe’lining o‘timsizligi kabilar ma’noviy omilni tashkil etadi.

Shakliy omil deganda so‘zlarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari tushuniladi. Morfologik shakl birikmadagi qaysi a’zoni shakllantirishiga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:

1) tobega xos (kelishik, sifatdosh, ravishdosh ko‘rsatkichi va ko‘makchi);

2) hokimga xos (egalik, nisbat, kesimlik ko‘rsatkichi).

Joylashuv omili so‘zlarning erkin joylashuvi (1) va birikma tarkibida jipslashuvidan (2) iborat.

O‘zbek tilining me’yoriy nutqida tartib qat’iy, tobe a’zo oldin, hokim keyin keladi. Erkin joylashuv deganda SBdagi tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish», ular orasiga boshqa bo‘laklarni kiritish imkoniyati mavjudligi nazarda tutiladi. Masalan, kecha kelmoq, kitobni o‘qimoq, shahrimizning ko‘chalari kabi SBda erkin joylashuv imkoniyati bor, ularda tobe va hokim a’zoni bir-biridan ajratish, «uzish» (Kecha uyga kelmoq, kitobni tez o‘qimoq, shahrimizning keng ko‘chalari), hatto teskari joylashtirish (kelmoq kecha, ko‘chalari shahrimizning) mumkin. Jipslashuv deganda tobe va hokim a’zoni bir-biridan «uzish» mumkin emasligi tushuniladi. Bunga tosh ko‘prik, oltin uzuk, Navoiy romani, kitob o‘qimoq birikmalarini misol qilib keltirish mumkin. Masalan, tosh ko‘prik birikmasidagi so‘zlarning o‘rni almashtirilsa, birikma mohiyati o‘zgarib ketadi: Ko‘prik – tosh. Demak, bu so‘zlarda birikma mohiyatini belgilashda joylashuv omili ustuvor ahamiyatga ega. Erkin joylashuv J omilining kuchsizligini, jipslashuv esa kuchliligini bildiradi.

Har qanday SBda so‘zning mavjud imkoniyati yuzaga chiqadi. Bunda har bir a’zodagi mazkur (M, J, Sh) omillar o‘zaro va boshqa a’zodagi shunday omillar bilan muvofiqlashadi. So‘zdagi bir omilning kuchayishi boshqa omilning kuchsizlanishi evaziga sodir bo‘ladi. Buni uchburchak burchaklariga qiyoslash mumkin. Uchburchak burchaklarining yig‘indisi 180 gradusga teng. Bir burchak kattalashsa, buning hisobiga boshqalari kichrayadi. Lekin ularning umumiy yig‘indisi 180 gradusga teng bo‘lib turaveradi. Xuddi shuningdek, tobe yoki hokim so‘zdagi bir omil kuchayishi boshqa omillarning kuchsizlanishi hisobiga bo‘ladi. Chunki bir omilning yetakchilik qilishi boshqalarning to‘la voqelanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, uyning egasi birikmasida birikuv omillari quyidagicha: ShMJq + ShMJq. Chunki har ikki a’zo ham – biriktiruvchi-tobe a’zo tobega xos, hokim a’zo hokimga xos grammatik shaklga ega. Ularning hokim va tobeligini ana shu shakllar ko‘rsatib turibdi. Shuning uchun har ikkala a’zoda ham shakliy omil ustuvor. Birikma a’zolarini bir-biridan «uzish» (uyning asl egasi), teskari joylashtirish (egasi uyning) birikmaning oldingi mohiyatiga ta’sir qilmaydi. Bu esa joylashuv omilining o‘ta kuchsizligidan dalolat beradi. Ma’noviy omil esa shakliy va joylashuv omillari oralig‘ida bo‘ladi. Shoshilib gapirmoq birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari quyidagicha: ShMJ-MShJ. Birinchi uzvda shakliy omilning oldingi o‘ringa chiqishi sababi uning ravishdosh shaklida ekanligir. Ravishdosh shakli shoshilib so‘zshaklining tobeligini ta’minlamoqda. Joylashuv omilining har ikkala a’zoda ham oxirgi o‘ringa o‘tishi esa tobe va hokim uzvlar orasida erkin joylashuvning mavjudligidir. Ikkinchi a’zo (o‘qimoq)da ma’noviy omilning kuchayishi uning hokimlik grammatik shakliga ega emasligi va joylashuv omilining kuchsizligi evaziga. Mart oyi birikmasidagi a’zolarning birikuv omillari munosabati esa quyidagicha: JMShQShMJ. SB a’zolarida ma’noviy omilning oxirgi o‘ringa o‘tishi mumkin emas. Chunki SB uchun dastlabki talab – a’zolarning ma’noviy muvofiqligi.

O‘zbek tilida har bir a’zo birikuv omillarining o‘rin almashish natijasida 6 xil kombinatsiya vujudga keladi. Tobe a’zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Hokim a’zo: MShJ, MJSh, ShMJ, ShJM, JMSh, JShM. Har bir a’zoning 6 xilligi asosida (6x6) SBning 36 mantiqiy-riyoziy turi ma’lum bo‘ladi. Olti xil tobe a’zo va olti xil hokim a’zoni ko‘paytirish asosida 36 xonali jadval yuzaga keladi.

SB tasnifi. Hokim a’zoning ifodalanishiga ko‘ra SBning turlari. SB o‘z tarkibidagi hokim a’zoning qaysi so‘z turkumiga kirishiga qarab, quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi.

Ismli birikmada hokim a’zo ot, sifat, son, olmosh turkumidan ifodalanadi: keng dala (ot), tuxumdan kichik (sifat), ovozdan tez (sifat), odamlarning biri (son), o‘quvchilarning hammasi (olmosh).

Fe’lli birikmada hokim a’zo fe’ldan bo‘ladi: vazifani bajarmoq, tez o‘qish, uyalgani uyalgan.

SBning tuzilishiga ko‘ra turlari. Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan so‘z birikmalari ikki mustaqil so‘zdan tashkil topgan. So‘z birikmalari uch va undan ortiq mustaqil so‘zli bo‘lishi ham mumkin: bepoyon yashil maydon, o‘nta badiiy asar. Demak, tuzilishiga ko‘ra so‘z birikmasi ikki turga bo‘linadi:

a) sodda birikma; b) murakkab birikma.

Sodda birikma, odatda, ikki mustaqil so‘zdan tuziladi: oq qog‘oz, ko‘m-ko‘k osmon kabi. Besh qavatli bino, o‘n yashar bola, o‘rta bo‘yli yigit tipidagi qo‘shilish ham sodda birikma sanaladi. Chunki ular tarkibidagi besh qavatli, o‘n yashar, o‘rta bo‘yli unsurlari ajralmas birikma bo‘lib, bir butun holda tobe a’zo sifatida namoyon bo‘ladi.Shuningdek, SBning a’zolari ibora yoki boshqa turg‘un birikma bilan ifodalanganda ham birikma sodda hisoblanadi: kapalagi uchib ketgan bola (kapalagi uchib ketgan + bola), «Yoriltosh» ertagi (yoriltosh + ertagi), Qush qo‘nmas o‘simligi (qush qo‘nmas + o‘simligi).

Murakkab birikma sodda birikma a’zolarining kengayishidan tuziladi. Qiyoslang:

uch o‘rdak osmondagi uch o‘rdak

o‘rdak o‘rdak

uch uch

osmondagi

ilg‘or terimchilar xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar

terimchilar terimchilar


ilg‘or ilg‘or

xo‘jalikdagi

a’lochi o‘quvchilar hammadan a’lochi o‘quvchilar

o‘quvchilar o‘quvchilar


a’lochi a’lochi
hammadan

Osmondagi uch o‘rdak (osmondagiQuchQo‘rdak), xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar (xo‘jalikdagi Q ilg‘or Qterimchilar) SBlarida hokim so‘z kengayishi natijasida, hammadan a’lochi o‘quvchilar (hamma-danQa’lochiQo‘quvchilar) birikmasida esa tobe a’zo kengayishi natijasida murakkab birikma hosil bo‘lgan. Ba’zan har ikkala a’zo ham birdan kengayishi mumkin: hammadan a’lochi faol talabalar: (hammadan + a’lochi + faol +talabalar):

(talabalar
faol)

hammadan a’lochi

Murakkab birikmada oldin turgan so‘zlar oxirgisiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanib birikma hosil qilmaydi, ya’ni katta semiz qora qo‘y birikmasidagi a’zolar ushbu birikmaning o‘zida katta qo‘y, semiz qo‘y, qora qo‘y kabi birikuvni bermaydi:

qo‘y


katta semiz qora

Chunki bunda tobe so‘zlar hokim so‘z ifodalagan narsaning turli belgisini ko‘rsatadi. Bu esa ularning uyushmaganligiga dalildir. Uyushmagan tobe a’zo esa o‘ziga xos ohang bilan aytiladi. Qiyoslang:

A’lochi, bilimdon bolalar (uyushgan tobe so‘zlar)

Katta semiz qora qo‘y (uyushmagan tobe so‘zlar)

SB zanjiri. Ayrim murakkab SBda bir so‘z oldingi so‘zga hokim, keyingi so‘zga nisbatan tobe bo‘lishi mumkin. Masalan: maktabda o‘qiyotgan bola kabi. Bunda o‘qiyotgan so‘zi maktabda so‘ziga hokim, bola so‘ziga esa tobe a’zo sanaladi.

Uning sxemasini quyidagicha berish mumkin:

bola

o‘qiyotgan


maktabda

Birikma esa kengayishi mumkin:

bola

o‘qiyotgan


maktabda


kunduzgi

So‘z birikmasidagi a’zolarning bu tarzdagi kengayishi SB zanjiri deyiladi. Lekin barcha murakkab birikma ham SB zanjirini hosil qilavermaydi. Masalan, xo‘jalikdagi ilg‘or terimchilar birikmasi kabi. Buning bog‘lanishi zanjirsimon emas. Chunki xo‘jalikdagi so‘zi ilg‘or so‘ziga emas, balki ilg‘or terimchilar birikmasiga tobelangan:

terimchilar

ilg‘or


xo‘jalikdagi

SB va sintagma. Gapning tuzilish va mazmun jihatdan birlashgan parchalari nutq jarayonida qisqa to‘xtam bilan ajraladi. Bunday parchalar sintagma deyiladi. Masalan: A’lochi o‘quvchilar barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdilar gapi uchta sintagmaga bo‘linadi:

1)a’lochi o‘quvchilar; 2) barcha imtihonlarni; 3) muvaffaqiyat bilan topshirdilar.

Har bir sintagma bir nafas kuchi bilan aytilib, qisqa to‘xtamdan so‘ng yangi sintagma boshlanadi. Gap yaxlitlik sifatida boshqa gapdan kattaroq pauza bilan ajratilsa, sintagmalarni ajratib turadigan pauzalar undan kichikroq bo‘ladi. Sintagma – grammatik-semantik jihatdan yaxlitlangan fonetik butunlik.

Gap bir sintagmali yoki bir necha sintagmali bo‘lishi mumkin. Sintagma ba’zan bir so‘zdan ham tashkil topadi. Sintagma bir necha so‘zli bo‘lganda, ko‘pincha, yetakchi va unga tobe so‘zdan tashkil topadi. Lekin sintagmadagi hokim-tobelik SBdagi hokim-tobelik munosabatidan farq qiladi. Sintagmadagi bir hokim so‘z keyingi sintagma uchun tobe bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan gapdagi a’lochi o‘quvchilar sintagmasidagi hokim a’zo (o‘quvchilar) barcha so‘ziga tobe bo‘lolmaydi. Lekin SBning tarkibiy uzvida u uchinchi sintagmadagi topshirdilar so‘ziga tobelanadi.

Sintagma SBga teng bo‘lishi ham mumkin. Bunda SBdagi yonma-yon kelgan tobe va hokim a’zolar sintagma hosil qila oladi: a’lochi o‘quvchilar birikuvi ham SB, ham sintagma. O‘quvchilar topshirdilar birikmasi erkin birikuv bo‘lsa-da, sintagma emas, chunki a’zolari bir pauza bilan birlashtirilmagan.

Sintagmaning SBdan farqli yana bir xususiyati shuki, uning unsurlari orasiga boshqa sintagmaning uzvi ajralib kirmaydi. Lekin SBning uzvlari orasida nutqda bu SBga daxldor bo‘lmagan boshqa SB uzvlari joylashgan bo‘lishi mumkin: kitobni kecha o‘qidim gapidagi kitobni o‘qimoq SB orasida daxli bo‘lmagan kecha so‘zi joylashgan.

Sintagmalanishning o‘ziga xos qonuniyati bor. Asosan, yonma-yon kelgan aniqlovchi va aniqlanmish, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish bir sintagmani hosil qiladi.

So‘zlovchining maqsadi gapni sintagmaga bo‘lishda muhim rol o‘ynaydi. Demak, sintagma nutqiy, individual hodisa bo‘lib, har bir so‘zlovchi bir gapni turlicha sintagmaga bo‘lishi mumkin. Masalan: Halim shofyor akamning o‘rtog‘i gapini quyidagicha sintagmalash va uni turlicha tushunish mumkin; 1. Halim – shofyor akamning o‘rtog‘i. 2. Halim shofyor – akamning o‘rtog‘i. Demak, gapning lisoniy mohiyatini gap tarkibidagi nutqiy SBning qaysi SB LSQi hosilasi ekanligini aniqlashda sintagmalanishga ham tayanish mumkin.

SB LSQsini tiklash va uning voqelanishi. Boshqa lisoniy hodisa kabi SB LSQlarini tiklash va uning voqelanishi farqlanadi. SB LSQining voqelanishi «lison-nutq» yo‘nalishida bo‘lib, bu yo‘nalish umumiylikdan oraliq ko‘rinish orqali xususiylikka – nutqiy hodisaga qarab boradi. Masalan:

[W→W]

[Wmorfologik vosita→Wmorfologik vosita]



[Wqaratqich kelishigi→W egalik qo‘shimchasi]

[ismqaratqich kelishigi→ismegalik qo‘shimchasi]


[otqaratqich kelishigi→otegalik qo‘shimchasi]


[otatoqliqaratqich kelishigi →otturdoshegalik qo‘shimchasi]


Karimning kitobi

Bunda [W-W] umumiy lisoniy sintaktik qolip bo‘lsa, [otatoqliqaratqich kelishigi→otturdoshegalik qo‘shimchasi] – quyi lisoniy sintaktik qolip. Karimning kitobi hosilasi – ana shu LSQ asosidagi nutqiy SBdir.

LSQni tiklash xususiylik (nutqiy hosila)dan oraliq ko‘rinish orqali umumiylik sari boradi va bu jarayon «nutq-lison» yo‘nalishida kechadi. Nutqiy SBning voqelanishida boshlang‘ich nuqta [W→W] qolipi bo‘lsa, uni tiklashda Karimning kitobi kabi nutqiy SBlari asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yuqorida aytilganidek, o‘zbek tilida so‘z birikmasining 18 ta umumlashmasi –

LSQi mavjud bo‘lib, ularni a’zolarining birikuv omillari asosida jadvalda quyidagicha umumlashtirish mumkin (37-jadval).


ShMJ


ShJM

MShJ


MJSh

JMSh


JShM

ShMJ


[Wqaratqich kelishigi →Wegalik qo‘shimchasi]

[Wchiqish kelishigi→Wchegara shakli]

[Wchiqish/jo‘nalish kelishigi→Fe’lmajhul/ aniq nisbat]

[ismkelishik qo‘shimchasi→fe’l]

[ismo‘xshatish →fe’l]

[sifatchiqish kelishigi→sifat]

[otqaratqich kelishigi→sifat]

[fe’lsifatdosh→fe’l]

[sonkelishik qo‘shimchasi→son]

[otkelishik qo‘shimchasi→ot]

[ismo‘xsha-tish→ism]

[fe’lsifat-dosh→ot]


ShJM

MShJ


MJSh

[ism→ot]


[ism→fe’l]

[ravish/olmosh→sifat]

JMSh

[otbosh kelishik→otegalik qo‘shimchasi]


[otmodda→otaniq]

[otshaxs→otshaxs]


JShM
Quyida har bir riyoziy-mantiqiy katakdagi bittadan LSQning asosiy ko‘rinishi va ma’noviy turlarini tasvirlashga harakat qilamiz.

[Wqaratqich kelishigi→Wegalik qo‘shimchasi]qqaratuvchi-qaralmish. Qolipda a’zolar W belgisi bilan berilgan bo‘lib, bu muayyan so‘z turkumi belgisi emas. Chunki bunda W unsurini to‘ldiruvchi a’zo sifatida turli xil mustaqil so‘z turkumi qatnashishi mumkin. Shuningdek, bu LSQning quyi bo‘linishi uning tegishli so‘z turkumi tomonidan to‘ldirilishi asosida bo‘lib, ular quyidagilar:

[ot qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ot qaralmish] (kitobning varag‘i);

[ot qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifat qaralmish] (daraxtning mo‘rti);

[sifat qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q ot qaralmish] ((gulning) qizilining hidi);

[sifat qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q sifat qaratuvchi Q sifat qaralmish] ((olmaning) kattasining chuchugi);

[ot turdosh qaratqich kelishigi → sifat egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q son qaralmish] (gulning bittasi);

[son qaratqich kelishigi → Segalik qo‘shimchasi q son qaratuvchi Q son qaralmish (o‘nning yarmi);

[ot qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchiQfe’l qaralmish] (Otabekning qaytishi);

[harakat nomi qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchiQot qaralmish] (uyalishning o‘rni);

[harakat nomi qaratqich kelishigi → harakat nomi egalik qo‘shimchasi q fe’l qaratuvchi Q fe’l qaratuvchi (olmoqning bermog‘i);

[ot qaratqich kelishigi → sifatdosh egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q sifatdosh qaralmish (yurakning to‘xtagani);

11) [sifatdosh qaratqich kelishigi →ot egalik qo‘shimchasi q sifatdosh qaratuvchi Q ot qaralmish] (qo‘rqqanning ko‘zi);

[ot qaratqich kelishigi → ravish egalik qo‘shimchasi q ot qaratuvchi Q ravish qaralmish (mehnatning kecha-kunduzi);

[olmosh qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q olmosh qaratuvchi Q ot qaralmish (mening vatanim);

[ravish qaratqich kelishigi → ot egalik qo‘shimchasi q ravish qaratuvchi Q ot qaralmish (hozirning huzuri).

Umumiy [W qaratqich kelishig → W egalik qo‘shimchasi]qolipining bu ko‘rinishlari ham bevosita kuzatishda berilgan, ular o‘zaro a’zolarining qaysi turkumga mansubligi bilan farqlanar ekan, demak, bu farq lug‘aviy mohiyatlar asosidadir.

[W qaratqich kelishigi – W egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi-qaralmish qolipi hosilalari turli xil ma’noviy munosabatni namoyon qiladi. Misol sifatida bir-biriga o‘xshash bir nechta nutqiy SB ni qiyoslab ko‘raylik (38- jadval):

38-jadval

SB



Ma’noviy munosabatlar

1

2



3

4

5



6

7

8



9

Halimningqalami

Odamningqo‘li

Ilmningtashabbuskori

Odamningyaxshisi

Uyningtozaligi


Bolaningyig‘lashi


Yashashningzavqi


Urushningasorati


E’tiborsizlikningillati


«Ega-egalik qilinuvchi narsa»

«Butun-qism»

«Narsa-aloqador shaxs»

«Tur-jins»

«Belgi egasi-belgi»


«Subyekt-uning harakati»

«Holat-uning natijasi»

«Jarayon-uning oqibati»

«Sabab-natija»

Bu qatorni yana davom ettirish mumkin. Ko‘rinadiki, SBdan SBga o‘tish bilan ularning ma’noviy munosabati ham farqlanib bormoqda. Ma’noviy munosabatlar orasida aynan o‘xshashlik yo‘q.

Bu leksemalar asosida ko‘plab SB tuzish mumkin va ularning har biri borliqdagi har xil – «atash», «ajratish», «ega-egalik qiluvchi narsa» kabi munosabatlarni aks ettiradi. Bu obyektiv munosabatning qaysi biri voqelanishi esa birikmadagi grammatik qo‘shimcha bilan belgilanadi. Qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi Karimning kitobi birikmasida ikki xil ma’noviy munosabatni voqelantiradi: «ega-egalik qilinuvchi narsa» va «muallif-uning asari». Lekin [Wqaratqich kelishigi →W egalik qo‘shimchasiq qaratuvchi – qaralmish] LSQi bu ikki xillikka nisbatan befarq. Chunki bu omonimlikni nutqda yokilisonda [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi]dan quyida maxsus vositalar farqlaydi. Bu vositalar matn (Karim kitob oldi. Karimning kitobi qiziq ekan, yoki Karim kitob yozdi. Karimning kitobi qiziq ekan) yoki SB a’zosining kengayishi (Karimning yozgan kitobi ) kabidan biri yoki bir nechtasi bo‘lishi mumkin.

Demak, ayon bo‘ladiki, yuqoridagi jadvalda keltirilgan SB a’zolari orasidagi ma’noviy munosabat [W qaratqich kelishigi → W egalik qo‘shimchasi] qolipiga daxldor bo‘lmay, balki uni to‘ldirayotgan leksemalar va ular borliqda ataydigan narsa/predmet orasida bo‘ladigan munosabatning aksi bo‘lib, bu munosabat leksemaning miqdoriga muvofiq ravishda rang-barang bo‘lishi mumkin. Masalan, borliqdagi stol va oyoq jismlari orasida «ega-egalik qiluvchi narsa» munosabati bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, bu ma’noviy munosabat qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasining ma’nosi ham emas. Bu jismlar orasida butun-qism munosabati mavjud, u SBda ham aks etgan. SBdagi turli-tuman ma’noviy munosabat bir qarashda qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi ma’nosidek ham tuyuladi. Lekin qaratqich kelishigi tobe so‘zni hokim so‘zga, egalik qo‘shimchasi hokim so‘zni tobe so‘zga bog‘lash uchungina xizmat qiladi, xolos. Unga tegishlidek tuyulgan ma’nolar qolipni to‘ldirayotgan leksemalarning ma’noviy mohiyati bilan bog‘liq bo‘lib, mazkur qo‘shimchalar namoyon qiluvchi vositalardir, xolos.

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] qolipi. SBning bu LSQi birinchi uzvi morfologik shakllangan va shuning uchun ShMJ birikuv omiliga ega va ikkinchi qismda grammatik ko‘rsatkich bog‘lanish uchun nisbatan ahamiyatsiz bo‘lganligi bois, birikuv omillarining MShJ kombinatsiyasi amal qiladi.

Qolipning birinchi uzvini ism turkumiga oid so‘zlar to‘ldirib, ular hokim uzvga tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish kelishiklari shakllari bilan bog‘lanadi. Birinchi uzvi asosida LSQ quyidagi ko‘rinishlarga ega bo‘ladi (39-jadval):

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l]

[ismtushum kelishigi→ fe’l]

[ism jo‘nalish kelishigi →fe’l]

[ism o‘rin-payt kelishigi → fe’l]

[ismchiqish kelishigi→ fe’l]

LSQning har bir ko‘rinishi ism uzvining bo‘linishi asosida yana tarmoqlanadi. Masalan, [ism tushum kelishigi → fe’l] qolipi quyidagi bo‘linishlarni beradi: [ot tushum kelishigi → fe’l], [sifat tushum kelishigi → fe’l], [son tushum kelishigi → fe’l], [olmosh tushum kelishigi → fe’l], [harakat nomi tushum kelishigi → fe’l] (kitobni/yaxshini/o‘nni ayir, uni gapirish/o‘qimoq/so‘ramoq/ boshlamoq/ni bas qil) kabi.

LSQning birinchi uzvi morfologik shakllanganligi tufayli uni to‘ldiruvchi so‘zda shakliy omil birinchi o‘ringa ko‘tariladi. Joylashuv omili esa oxirgi o‘ringa tushadi. Zero, birikma a’zolarini erkin almashtirish, ular orasiga so‘zlar kiritish birikmaning mohiyatiga, a’zolar orasidagi ma’noviy munosabatga ta’sir ko‘rsatmaydi. Ikkinchi a’zo grammatik shakllanganligi sababli ma’noviy omil kuchayib, birinchi uzvda joylashuv omili o‘ta kuchsiz bo‘lganligi bois ikkinchi fe’l uzvda ham bu omilning kuchsizlanishi va uchinchi o‘ringa surilishini taqozo qiladi.

[ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining birinchi uzvida bir necha kelishik umumlashmasi aks etganligi uchun uning mazmuniy jihati ham murakkab tabiatli bo‘ladi va uni harakatga tortilgan yoki bog‘liq obyekt (joy-harakat) ko‘rinishida berish mumkin. Bu ma’noviy umumiylik [ism kelishik qo‘shimchasi → fe’l] LSQining xususiy ko‘rinishlarida alohida kelishik qo‘shimchalari tomonidan juz’iylashtiriladi, muayyanlashtiriladi.

Masalan:

[ism tushum kelishigi → fe’l q vositasiz obyekt-harakat];

[ism jo‘nalish kelishigi → fe’l q vositali obyekt/hol-harakat];

[ism chiqish kelishigi → fe’l q ajralish manbai/o‘rin-harakat] va hokazo.

[ism → ot] LSQi. Bu LSQ SB [W→W] qolipining alohida turi, u bitishuv aloqali nutqiy hosila berishi bilan xarakterlanadi. [ism→ot] qolipining nutqiy voqelanish bosqichlarini quyidagicha aks ettirish mumkin (40-jadval):

40-jadval

[ot→ot]

[sifat→ot]

[olmosh→ot]

[son→ot]


[ravish→ot]

asal bola

yaxshibola

o‘shabola

birinchibola

pinhonasuhbat


[ism → ot] LSQ i uzvlari o‘zaro hech qanday morfologik vositasiz bog‘langan, bunday unsurlarda birikuvning joylashuv omili kuchayadi, shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Ma’noviy omil esa birikuvni ta’minlovchi ustuvor omil maqomida bo‘ladi: MJSh-MJSh. [ism → ot] LSQining mazmuniy jihati birikuvchi unsurlarning ma’noviy munosabatini umumlashtirish asosida lisoniy mazmunga ega bo‘ladi, LSQni yaxlit holda [ism → ot q sifatlovchi – sifatlanmish] tarzida ta’riflash mumkin.

Ma’lum bo‘ladiki, LSQdan sintaktik shakl yasovchigina joy oladi. Lug‘aviy shakl yasovchi esa LSQ uchun ahamiyatsiz, ikkiyoqlama tabiatga ega bo‘lgan lug‘aviy-sintaktik shakllar qolip uchun ahamiyatli vositalar sifatida lug‘aviy shakllar tizimining chekkasidan joy oladi.

×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
3-Ma'ruza. Mavzu: Sodda gap sintaksisi
Sodda gap sintaksisiga
Sodda gap sintaksisiga
Reja:

1.O‘zbek tilshunosligida sodda gapning o‘rganilishi.

2. Sodda gap tasnifi masalasi.

3. Sodda gapning lisoniy va nutqiy xususiyatlari.

4. Sodda gap qolipi va uning turlari.

Yig‘iq gap va ixcham gap atamalari haqida. Yig‘iq gap atamasini o‘zbek tilshunosligiga dastlab tilshunos A.G‘ulomov kiritgan va unga mufassal ta’rif bergan. A.G‘ulomov ta’limotida yig‘iq gap, yuqorida ta’kidlanganidek, ega va kesimdan iborat bo‘lgan sodda gapning bir turi sifatida talqin etiladi. Bunday ega va kesimdan iborat sodda gaplar ikki tarkibli sodda gapning eng xarakterli tipi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tilshunoslar O.Azizov, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov, G‘.Abdurahmonov, N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning asarlarida ham yig‘iq gap atamasi ega va kesimdan iborat gap yoki faqat bosh bo‘laklardangina tuzilgan gap sifatida talqin etiladi. Faqat kesimdangina iborat bo‘lgan gaplar nazardan chetda qoladi. Faqat so‘nggi asr so‘ngida bunday gaplar ixcham gap atamasi ostida berila boshladi.

Ixcham gap atamasi dastlab o‘rta ta’lim darslik va dasturlarida aks etdi. Shu asosda ilmiy talqinlarda ham uchray boshladi. Gap ilmiy termin va tushuncha haqida ketayotgan ekan, uning ildizlari xususida so‘z yuritishda mazkur manbalarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lum darajada noqulaylik tug‘dirsa-da, fikrlarni ilmiy manba emas, balki metodik manbalardan boshlashga to‘g‘ri keladi. Aytish lozimki, har qanday hodisa serqirra bo‘lganligi sababli bunda tushunchaning o‘qitilishi haqidagi emas, balki ilmiy iste’molga kirib kelishi xususidagi jihatlariga tayanamiz. Holbuki, manbaning tabiati emas, balki ilmga beradigan dalillari va asoslari muhimdir. UO‘T DTS asosidagi dasturga muvofiq yaratilgan 5-sinf ona tili darsligidan “Kesim. Ixcham gap” mavzulari o‘rin olganligi fikrimiz dalilidir. Ammo “Ixcham gap” mavzusi 1999-yilgacha amalda bo‘lgan darsliklarda berilmagan edi. Chunki istiqlolgacha oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilining gap qurilishi [ega-kesim] tarzida o‘qitib kelindi. O‘zbek tilshunosligida gap talqinining [ega-kesim]ko‘rinishidan [kesim] modeliga o‘tishi darsliklarda yangi “Ixcham gap” mavzusining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

“Ixcham gap” mavzusi ostida faqat kesimdan iborat bo‘lgan gaplar talqin etilib, ular sodda yig‘iq gap tarkibiga kiritilmadi. Ammo “Sodda yig‘iq gap” mavzusida Oldim. Ko‘rgansiz. Uchuvchi bo‘ladi. Sinfdoshimiz. Yozgansiz. Misollari berilgan. Zotan, xuddi shu darslikda sodda yig‘iq gapga “faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar” deb ta’rif berilgan edi. Shu tariqa ixcham gap atamasi ostida o‘rganiladigan hodisa bilan yig‘iq gap atamasi anglatadigan tushunchalarni farqlashda chalkashliklar vujudga keldi.

Ko‘rinadiki, gapga formal-funksional yondashuv omili asosida ta’lim mazmuniga kiritilgan ixcham gap atamasi o‘zbek tilining substansional mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi hodisa bo‘lsa, yig‘iq gap atamasini saqlash maqsadida yangi ixcham gap atamasining olinishi dastur va darslik mualliflarining an’anaviy sintaktik nazariya qoliplarini buzishga jur’at etolmaganligidan dalolat beradi.

Mazkur mualliflarning 8-sinf uchun “Ona tili” darsligida ixcham gap atamasi mutlaqo ishlatilmaydi va yoyiq gapga “gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklaridan birortasi ishtirok etsa, bunday gap yoyiq gap deyiladi”, - degan ta’rif berildi. Bu esa zimdan yig‘iq gap ega va kesimdangina iborat gap deb tushunilganligidan dalolat beradi. Nazarimizda, mualliflarning ixcham gap atamasini ta’lim mazmuniga olib kirishi bu borada oldinga qo‘yilgan bir qadam bo‘lsa, yig‘iq gap atamasining avvalgi mohiyati nuqtayi nazaridan saqlanishi orqaga tashlangan birinchi, 8-sinf darsligida ixcham gap atamasining chiqarilishi va yig‘iq gapning eskicha talqinini qoldirish ikkinchi qadam deyish mumkin.

Ona tili darsliklarining yangi avlodini yaratish, uning mazmuni va uslubini takomillashtirish davom etdi. Xususan, darsliklarda sintaktik bilimlar silsilasini berishda ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu o‘rinda N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning 5-sinf ona tili darsligida Kesim. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar mavzusiga berilgan ta’riflarga to‘xtalish lozim. Unda «Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil(-di, -yapti va boshq.)?, nima bo‘l(-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil so‘zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘la oladi», - deyiladi va Yaxshimisiz? Keldi kabi misollar keltiriladi. Shuningdek, kesim qanday mustaqil so‘zlar orqali ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi, fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq? nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim, fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib, kim? nima? qanday? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar ot kesim sanalishi uqtiriladi hamda «faqat kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim” kabi misollar keltiriladi. Ammo barcha ta’rif va misollarda ixcham gap atamasi chetlab o‘tiladi va umuman ishlatilmaydi.

Yig‘iq gap muammosiga substansional yondashuv omillari. Milliy istiqlol, bir tomondan, milliylik yaqqol namoyon bo‘ladigan, “millat oynasi” sifatida e’tirof etilgan ona tilimizni uning o‘z ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Ikkinchi tomondan esa, ona tili ta’limi jarayonida grammatik qurilishning o‘ziga xosligi asosida yosh avlodda milliy tafakkurni o‘stirish uchun kuchli zamin hozirlandi. N.Mahmudov aytganidek, istiqlolga qadar “o‘zbek tili hodisalarini rus tili qoliplariga solib tushuntirish” majburiy edi”. Bu nafaqat o‘zbek tiliga, balki barcha turkiy tillarga munosabatda ham ko‘zga tashlanar edi. O‘zbek tili grammatikalari va ilmiy tadqiqotlarida sintaksisning juda ko‘p masalalari tadqiq etilgan, ammo ularda bu kategoriyalar sistema sifatida talqin etilmadi. Zero, sistem yondashuv tillarning asl barqaror sifatlarini ochishning mahsuldor usullaridan biridir. Fanlarda erkin tafakkur tarzining shakllanishi va taraqqiyoti natijasida sistemaviy sintaksis grammatik qurilishining ayrim muammolari talqinidan o‘zbek tilining mukammal substansional sintaksisini yaratishga qarab jadal taraqqiy etdi.

O‘zbek tilining yaxlit sintaktik ta’limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi, ya’ni [WPm] asos qilib olindi va tadqiq etildi. Bunday substansional yondashuv o‘zbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan yangilashga olib keldi.

Gapning eng kichik qurilish qolipi o‘zida uning umumiy grammatik ma’nosini mujassamlashtirib, qurilish elementlari orasidagi munosabatni ifodalaydi. Gapning lisoniy qolipi nutqda namoyon bo‘layotgan gaplarning umumiy shartli belgisi. Shuning uchun gapning eng kichik qurilish qolipi – [WPm] va uning tarmoqlanishidan vujudga kelgan quyi lisoniy qurilish qoliplari nutqda voqyelanayotgan gaplardan umumiylik va xususiylik munosabati darajasida farq qiladi. Nutqiy gap qolipning ko‘rinishlaridan, hosilalaridan biri, lekin aynan uning o‘zi emas.

Har bir milliy tilning o‘z qonuniyatlari, milliy xususiyatlari mavjud. Tilning ontologik tabiati masalalariga milliylik asosida yondashish lozim. Ya’ni milliy tilning o‘z ichki qonuniyatlarini, xususiyatlarini hisobga olib, tahlil etish lozim. Zero, dunyoda turli-tuman xalqlar bo‘lgani kabi ularning nutqi, gapi ham turlichadir. Masalan, turkiy tillar guruhiga kiruvchi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillaridagi gapning sintaktik qurilishi Hind-Yevropa tillari guruhiga kiruvchi rus, ingliz va nemis tillaridagi gap qurilishidan tubdan farq qiladi. Hind-Yevropa tillari guruhiga kiruvchi ingliz, nemis, rus tillaridagi gaplar «ikki cho‘qqili» bo‘lib, aytilganidek, ularda eganing ifodalanishi ko‘p hollarda shart. Chunki bu tillarning kesimi yaxlit holda, bir o‘zi kelganda, gap hisoblanmaydi. Shuningdek, bu tillardagi gaplarning kesimida zamon, shaxs-son, maylni ifodalovchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar o‘zbek tilidagidek rivojlanmagan. Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, turkiy tillarda esa, xususan, o‘zbek tilida gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar taraqqiy etgan. Gapning bu maxsus morfologik ko‘rsatkichi kesimlik qo‘shimchalari, ya’ni kesimlik shakllaridir. Gap kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligi tufayli so‘z va so‘z birikmalaridan farq qiladi. Zero, “eng kichik gap – morfologik shakllangan atov birligidir”. Masalan, Yozdim. Talabaman gaplari ana shu [WPm] ning yorqin va tipik ko‘rinishi bo‘lib, undagi yoz va talaba qismlari atov birligi, ya’ni W bo‘lsa, -dim va –man formantlari morfologik shakllar, ya’ni qolipning Pm qismidir. Yig‘iq gapda o‘zbek tili gap qurilishining substansional mohiyati ko‘zga tashlanadi.

Demak, o‘zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplar masalasining to‘g‘ri

qo‘yilishi, ya’ni sodda gapning eng kichik qurilishi asosiga [WPm]ning olinishi va hal qilinishi o‘zbek substansional sintaksisining yutug‘i va sintaktik qurilishni formal-funksional tekshirishning asosidir.

Gap asosiga olingan kesimning mavqeyi haqida so‘z ketar ekan, A.A.Dmitriyevning quyidagi fikrlariga tayanish lozim: «Сказуемое – есть неограниченный властитель, царь предложения; если есть в предложении кроме него другие члены, они ему строго подчинены, от него получают свой смысл и значение; если их нет, даже подлежаҳего, сказуемое само собой достаточно выражает мысль и составляет целое предложение. Само предложение есть ни что иное, как сказуемое одно или с приданными ему другими членами». O‘zbek tilida kesimlik shakli boshqa morfologik shakllardan farq qilib, u gapning mohiyatini belgilaydi va bir necha ichki kategoriyalarning birikuvidan hosil bo‘ladi. Ya’ni «kesimlik kategoriyasi kesimlik vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir». Morfologik shakllardan faqat kesimlik kategoriyasigina gapning mohiyatiga tegishli bo‘lganligi sababli usiz gap shakllanishi mumkin emas. Demak, o‘zbek tili sintaktik qurilishining substansional mohiyati “atov birligi Q kesimlik kategoriyasi”, ya’ni [WPm] tarzida ekanligi isbotga muhtoj emas.

[WPm] – o‘zbek tili sintaktik qurilishida gapning eng kichik qurilish qolipi hisoblanadi va u yuqorida aytib o‘tganimizdek, boshqa tillardagi gap qurilishidan farq qiladi. Xususan, Hind-Yevropa tillari bilan qiyoslasak, bu farqlar tezda ko‘zga tashlanadi. Masalan, olima R.Sayfullayeva ta’kidlaganidek, “Hind-Yevropa tillariga bir tarkibli gaplar umuman xos emas va gap ko‘pincha egasiz bo‘la olmaydi”. Turli strukturali til oilalariga mansub o‘zbek va ingliz tillaridagi matnlar qiyosiy o‘rganilganda o‘zbek tilidagi matnlarda bir tarkibli (egali va egasiz) gaplar ko‘p qo‘llanganligi, kirish komponentli gap boshlanmalari rang-barang va ko‘p ekanligi (aniq, albatta, modomiki, sir emaski, aslini olganda, kerak bo‘lsa...) ma’lum bo‘ldi. Ingliz tilidagi matnlarda R.A.Yakobs ta’kidlaganidek, “...majhullik nisbatidagi gaplarga urg‘u berish, tinglovchining diqqatini tortish, gap ta’sirini kuchaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilgan”. O‘zbekcha gaplarning ichki o‘rinlarida ham bir fikrdan ikkinchisiga o‘tish uchun alohida so‘z, ibora va, hatto gaplar qo‘llangan (nega desangiz, avvalo, hech shubhasiz, ko‘rib turganimizdek, taassufki, barchamizga ayon bo‘lishi kerakki va boshqalar). Ingliz tilidagi variantlarida esa o‘zbekcha bir tarkibli gaplar o‘rnida it formal egali gaplar ishlatilishi kuzatiladi. Demak, kesimlik kategoriyasi rivojlangan o‘zbek tilidagidan farqli ravishda ingliz tiliga xos gaplarda gap doimo ega bilan ifodalanishi shart: I read. I write. He went.

O‘zbek tilida esa kesim shaxs-son jihatdan mukammal shakllanganligi uchun u egasiz ham gap hosil qilaveradi. Masalan: Yozyapman va Men yozyapman gaplari orasida ega haqida denotativ axborot uzatishda hech qanday farq yo‘q. Xuddi shuningdek, “o‘zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so‘z turkumi bilan ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko‘rsatkichini qabul qila oladi yoki predikativ so‘zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko‘rsatkichiga ega bo‘la olmaydi, shuning uchun predikativ otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini bajara oladi”. Bu holatni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: Sog‘-salomatmisiz? - Здоровыливы? O‘qituvchiman. - Яучительница. Ingliz tili haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Qiyoslang: Who are you? I am a teacher.

O‘zbek va rus tillarida kesim o‘ziga xos grammatik xususiyatlariga ham ega.

O‘zbek tilida kesim sodda va tarkibli bo‘lib, turli kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, kesim vazifasida kelgan so‘zlarda shaxs-son, modallik va zamon ko‘rsatkichlari bo‘lishi lozim.

O‘zbek tilida ot kesimdan iborat gaplar ham mavjud. Bu ot kesimlarda birlik va ko‘plik, shaxs qo‘shimchalari shaxs ma’nolarini ifodalashi bilan birga, hozirgi zamon ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan, Tadbirkorman. Uydaman.

O‘zbek tili sintaktik qurilishida ot kesimlar ham, fe’l kesimlardagi kabi egali yoki egasiz qo‘llanishi mumkin. Rus tilida esa, aytib o‘tganimizdek, otlarga qo‘shiladigan predikativ shaxs-son qo‘shimchalari yo‘qligi tufayli bu tilda “otning o‘zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko‘rsatkich yordami bilan kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi mumkin». Masalan, Tadbirkorman. – Ябизнесмен. - I am a businessman.

Demak, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi [WPm] shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi [E-P] tarzidadir. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida yig‘iq gapning eng kichik qurilish qolipini [WPm] shaklida berish mumkin. Bu esa o‘zbek tili va Hind-Yevropa tillari orasidagi asosiy tipologik hamda milliy farqlardan hisoblanadi.

O‘zbek tilidagi yig‘iq gapning ko‘rinishlari haqida. Gapning bosh bo‘laklaridan bo‘lgan kesim va uning mavqeyi haqida keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Ayniqsa, V.Egamberdiyev, J.Omonturdiyev tadqiqotlaridan so‘ng va ular asosida formal-funksional tadqiq usullarida ish olib borgan R.Sayfullayeva, M.Qurbonova, M.Abuzalova, L.Raupova, R.Bobokalonov kabi tadqiqotchilarning ishlari, oliy va o‘rta maktab darslik va qo‘llanmalarida ham maxsus bo‘lmasa-da, yo‘l-yo‘lakay kesim haqida bahs bordi. Mazkur olimlarning tadqiqotlarida kesimning o‘ziga xos morfologik belgilarga ega ekanligi, kesimni ifoda etadigan so‘z o‘zining grammatik strukturasi bilan boshqa bo‘laklardan ajralib turishi, ba’zi bir gaplarda ega maxsus so‘z bilan ifodalanmasa-da, kesim orqali egani aniqlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, faqat kesimdan iborat so‘zlar gap bo‘lib kelishi mumkinligi, buning uchun u kesimlik maqomiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi.

Zero, gap lisoniy sathda kesimlik kategoriyalari bilan shakllanadi. Nutqda esa gapning muhim belgilaridan biri uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi. “Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathidagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakli va mazmunidan farqlanadi”.

Gaplar turli-tuman bo‘lgani kabi lisoniy sintaktik qoliplar ham har xil bo‘ladi. Bu tilda shakllangan va so‘zlovchining kommunikativ niyati, uzatilayotgan axborotning o‘ziga xosligi umumiyliklarining barqarorlashuvi natijasida shakllanadi. Gap minimal qoliplarini tiklashda ana shu jihatlar asos qilib olinadi.

Turkiyshunoslikda kesim muammosiga bag‘ishlangan qator ishlar bo‘lsa-da,

ularda mustaqillik-nomustaqillik masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan va masala tadqiq etilmagan edi. “Buning sababi turkiy tillar bo‘yicha XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XX asrning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda turkiy tillar sintaksisi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qiyos mezoni Hind-Yevropa tillarining sintaksisi, xususan, rus tili sintaksisi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas”. Chunki bu tillarda sodda gaplar tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham kesimning formal xususiyatlari farqlanmaydi. Shu boisdan yaratilgan tadqiqotlarda kesim deyilganda faqat sodda gap kesimi olinib, qo‘shma gapning kesimi, u o‘zbek tilidagi kesimning mezonlariga muvofiq kelmaganligi sababli, har doim chetlab o‘tilgan. Bu masala, ilk bor formal-funksional sintaksis tezislarida, so‘ngra R.Sayfullayeva va M.Abuzalova, L.Raupova tadqiqotlarida masalaning yechimi darajasida kun tartibiga qo‘yildi. Kesimni sintaktik kategoriya sifatida formal-funksional tadqiq qilgan L.Raupova uning mustaqil va nomustaqil shakllarini ajratadi. Mustaqil va nomustaqil kesimlar farqlanishida tadqiqotchi qurshov omillariga tayanadi.

Tadqiqotlarda qurshov omiliga tayangan holda kesimning ikki turi ajratildi:

1. Mustaqil kesimlik shakli.

2. Nomustaqil kesimlik shakli.

“Mustaqil kesimlik shakli bu qo‘shma gap tarkibida ham, sodda gap tarkibida ham bemalol qo‘llana oladigan vositalardir”. Nomustaqil kesimlik shakllari qat’iy belgilangan sintaktik vazifaga ega bo‘lib, ular qo‘shma gap tarkibidagina voqyelana oladi. Qo‘shma gap tarkibidan boshqa holatlarda ular yo tamoman boshqa ma’no va vazifalarda qo‘llanadi, yo qo‘shimcha matniy va nutqiy sharoit hamda vositalarning mavjudligini talab qiladi. Nomustaqil kesimlik shakllari sifatida o‘zbek tilida -sa, -sa ham, -sa-ku, -sa-yu, -sa-ya, -a(r) ekan, -a(r)di, -gan ham edi, -di-yam kabi shakllari olindi.

Bu shakllar o‘zlarining polisemantiklik xossasi asosida mazkurbelgisiga ega bo‘ladi. Ya’ni ma’lum bir nomustaqil kesimlik shakli sodda gap tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’noviy xususiyatini yuzaga chiqaradi. Masalan: 1. Salim kelsa, boramiz. (shart yoki payt). 2. Salim kelsa. (istak). Demak, -sa shaklli kesim tegishli qurshov doirasidan tashqarida boshqa semantik qirrasini namoyon qiladi.

Kesimlarning qurshovga “ehtiyoji” darajasi turli ko‘rinish va shaklda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, O‘qiyman. Borasan. Ishchidir gaplarida kesim orqali o‘qish, borish, ishchi va ularning subyekti haqidagi ikki xil axborot yaxlitlangan va bu butunlikda bu informasiyalarning mavqeyi turlicha. Masalan, o‘qiyman gapida o‘qish harakatining bajarilishi, ya’ni [W] dan anglashiluvchi qism axborotning bir qirrasi bo‘lsa, [Pm] kelasi zamon, aniqlik mayli, birinchi shaxs birlik, tasdiq (bo‘lishlilik) axborotning ikkinchi qirrasi. Axborotningikkala qismi ham kommunikativ niyat uchun muhim bo‘lib, shu holatda axborotning [W] dan anglashiluvchi qismi muhimlikda birinchi va [Pm]dan anglashiluvchi qismi ikkinchi darajali. Axborot qismlarining bunday muhimlik darajasiga ko‘ra farqlanishi kesimlik shaklining qo‘llanish xususiyatini, ya’ni uning mustahkamlovchi vositalarga ehtiyojini belgilaydi. Bu ehtiyojlardan kommunikativ niyat talabiga ko‘ra ba’zan ayrimlari (bittasi yoki bir nechtasi), ba’zan barchasi bir vaqtning o‘zida kuchayishi mumkin. Natijada [Pm] kengayadi. Men o‘qiyman. Bugun o‘qiyman. Men bugun o‘qiyman kabi. Bunda [Pm] kengaytiruvchilari mustahkamlovchi unsurlar sanaladi.

Barcha kengaytiruvchilar mustahkamlovchi bo‘lavermaydi. Masalan, [WPm]dagi [W] unsurini kengaytiruvchi tarz, payt kabi kengaytiruvchi mustahkamlovchi vosita sanalmaydi. Chunki [W] unsurida mustahkamlanadigan unsur yo‘q. Mustahkamlanishda takrorlanish mavjud bo‘lishi lozim. Masalan, Men o‘qiyman gapidagi [WPm] unsuri hosilasida “birinchi shaxs birlik” ma’nosini ifodalovchi vosita mavjud (-man). Men olmoshi va –man shaxs-son qo‘shimchasi semantikasi bir xil. Demak, bu gapda shaxs-son ma’nosining ikki qavat ifodalanishi – mustahkamlanishning yorqin namunasi. Qavatlanish davom etishi mumkin. Masalan, Men o‘zim o‘qiyman gapida shaxs-son ma’nosi uch qavat ifodalovchiga ega. Demak, yoyilish (kengayish) mustahkamlash asosida ham, boshqa holda ham bo‘lishi mumkin. Mustahkamlashga ehtiyoj nol darajaga tushganda yig‘iq gap ko‘rinishi vujudga keladi. Mustahkamlash mustahkamlovchining ta’kid ohangi, mantiqiy urg‘u olishi bilan quvvatlanadi.

Shunday hollar kuzatiladiki, mustahkamlash kuchayishi natijasida [Pm]ning semantik va funksional quvvati mustahkamlovchining funksional salmog‘i oldida sezilarsiz holga tushishi mumkin. Bu, odatda, kesimdagi [W] ning ifodalovchisi ismlarga mansub, [Pm] zamoni hozirgi zamon bo‘lganda yuz beradi: Men o‘qituvchi. Biz ishchi. Sen shifokor kabi. Bunda ega tushirib qoldirilsa, kommunikativ ifoda nol darajaga tushadi. [WPm]ning [Pm] qismi ifodalanmishi uchun qurshov va ega kengaytiruvchisi ifodalovchi sifatida yuzaga chiqadi. Kesimning [W] qismi egasiz nomustaqil holga tushadi. Natijada kesimning nomustaqil ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bu nomustaqillikni nomustaqil kesimlik shaklidan farqlash lozim, albatta. Nomustaqil kesimlik shaklida [Pm] ifodalovchisi mavjud bo‘lib, u ma’no anglatishda nomustaqil bo‘ladi. Ya’ni uning ma’nolaridan qaysisi yuzaga chiqayotganligi, ma’nolarini farqlash uchun qurshov zarur bo‘lsa, nomustaqil kesim [Pm] ma’nosini ifodalay olmayotganligi uchun egaga zarurat tug‘ilganligi sababli nomustaqil sanaladi. Demak, nomustaqil kesimlik shakli va nomustaqil kesim tushunchalari prinsipial farqlarga ega. Nomustaqil kesim mavjud bo‘lganda gapqurilishi kesimlik shakllari rivojlanmagan Hind-Yevropa tillari gap qurilishiga monandlik kasb etib, [E-P] qolipiga tushadi. qiyoslang: Men ishchi. Ярабочий. I am a worker.

Ko‘rinadiki, Men ishchi gapidagi ishchi uzvida [Pm] nol ifodalovchiligina emas, balki mutlaqo ifodalovchiga ega emas. Demak, kesim egasiz mutlaqo yuzaga chiqmaydigan bunday gaplar ham o‘zbek tili sintaktik qurilishida yig‘iq gapning o‘ziga xos shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday gaplarning yig‘iq gaplar sifatida qaralishi yangi hodisa emas. Uning yig‘iq gap ekanligi o‘zbek formal tilshunosligida ham aytilgan. Zero, u rus tilidagi [egaQkesim] tipik qolipli yig‘iq gaplarning aynan o‘zi, sintaktik universaliyaning yorqin namunalaridan biri edi.

O‘zbek tilshunosligida so‘z-gaplar 50-yillarga qadar darslik va qo‘llanmalarga

kiritilmagan. 50-yillardan so‘ng chop etilgan tilshunos S.Usmonovning “Undov gaplar” nomli qo‘llanmasi bu sohadagi ilk qadam bo‘ldi. Professor S.Usmonov o‘zining mazkur kitobida undov so‘zlarning sintaktik vazifasini, ya’ni ular mustaqil so‘z-gap vazifasida kelishini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi.

O‘zbek tilidagi so‘z-gaplarni formal-funksional tahlil qilgan R.Bobokalonov ularning semantik va struktur mohiyatini ochar ekan, bunday gaplarning strukturasida kesimlik qo‘shimchalari mutlaqo yo‘q bo‘lib, atov birligi o‘zida ham lug‘aviy ma’noni, ham kesimlik ma’nolarini yaxlit holda tashishini ta’kidlaydi. “Kesimlik ma’no va vazifalari [W]ning o‘zida mujassamlashgan bo‘ladi va ularning shunday lisoniy birliklarini tashkil etadiki, gap yoki gap markazi vazifasida kelish ham, kesimlik ma’nosini ifodalash ham ularning ontologik tabiatida birlashgan bo‘ladi. Shu sababli grammatik shakllangan gaplarning minimal qolipini [WPm] sifatida bersak, semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarning eng kichik qurilish qolipi ramzini [WP] sifatida berish ma’qul. Bu ramz kesimlik ma’no va vazifasini [W]ning ichida, uning tarkibiy qismi sifatida mavjudligiga ishoradir. Shu bilan birga, bu ramz xuddi shunday gaplarda kesimlik qo‘shimchalari (markerlari)ning bo‘lolmasligiga, shuning uchun bunday gaplarda [WPm] qurilishli sodda gaplarda bo‘ladigan kesimlik ma’nolarining rang-barangligi ham xos emasligiga ayni bir zamonda ishora qilib turadi”.

Semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarning kesimlik qo‘shimchalaridan xoliligi ularning kengaymasligiga asosdir. Bu esa, o‘z o‘rnida, uning ma’no imkoniyatlari chegaralanganligi, grammatik shakllarni talab etmasligi, har qanday so‘zlar bilan birikish imkoniyatidan mahrumligi, gapda bajaradigan vazifasi cheklanganligi xususiyatlariga egaligini keltirib chiqaradi.

An’anaviy o‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati to‘la-to‘kis ochilgan deb bo‘lmaydi. Bu borada ish olib borgan tadqiqotchilar bunday tipdagi gaplar yig‘iq gaplarning [egaQkesim] ko‘rinishli “o‘zbekcha” qolipiga mos kelmaganligidan chetlab o‘tganlar. “Tilshunoslarimiz o‘tgan asrning 40-90-yillari davomidagi taraqqiyotida bu majmua mohiyatini ochib berolmadi, ikkinchi tomondan, bu majmua funksional sintaksis tadqiqotchilari ilgari surgan sodda va qo‘shma gaplarning minimal qoliplari [WPm] va [WPm,WPm] talablariga ham javob bermaydi. Demak, formal sintaksis tahlilida bo‘lganidek, formal-funksional tahlilda ham bu geterogen (tabiatan xilma-xil bo‘lgan – R.B.) hodisalar majmui so‘z-gaplar mohiyatini ochishda to‘g‘anoq bo‘lib qoldi”[1].

Ko‘rinadiki, bu holat semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarni ham

o‘zbek tilidagi yig‘iq gaplarning bir ko‘rinishi sifatida qarashga ilk asos bo‘lib xizmat qiladi.

Demak, gap bo‘laklarining kengayish-kengaymasligiga ko‘ra gap ikki xil

bo‘ladi: yig‘iq va yoyiq.

Qisqaruvning maksimal chegarasidagi kengaymagan minimal gap yig‘iq

gapdir. Agar yig‘iq gap tizimida [E-P] yoki [E-WP] ko‘rinishli birliklar bo‘lmaganda edi, unga “kengaytiruvchilarning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra” tasnifiy belgisini qo‘ygan bo‘lar edik. Ko‘rinadiki, Gap bo‘laklari qisqaruvining maksimal chegarasiga ko‘ra yig‘iq gap quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

1. [WPm] – Yozyapman.

2. [E-P] yoki [E-WPm] – Men o‘qituvchi.

3. [WP] – Qish.

Bu qisqarishning maksimal chegarasi buzilsa, u gaplik mohiyatini yo‘qotadi.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplar. [WPm] qolipi o‘zbek nutqida voqyelangan aksariyat gaplarning barchasi uchun umumiy va majburiy bo‘lib, u aslida yig‘iq gap. Yevropa tillarida, xususan, rus tilida [egaQkesim] ramzi gapning eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o‘zida, yig‘iq gapni ifodalasa, shuningdek, bu tillarning turkiy va kesimlik shakli rivojlangan boshqa tillardan ontologik farqini ifodalasa, o‘zbek tili gaplarining eng kichik qurilish qolipi bo‘lmish [WPm] ramzi gapning bu tildagi eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o‘zida, yig‘iq gapning bir turini ifodalab, shuningdek, bu tillarning Yevropa va kesimlik shakli rivojlanmagan boshqa tillardan substansional farqini ko‘rsatuvchi barqaror belgisi ham hisoblanadi.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplarda W va Pm komponentlari yoyiq gaplardagidan shaklan farqlanmaydi. Pm yig‘iq gaplarda turlicha struktur ko‘rinishlarga ega.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.

“O‘zbek tilining struktural sintaksisi” kitobi mualliflari ta’kidlashganidek, o‘zbek tili yig‘iq gaplarda kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:

1. [Pm]ning ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ay. Ishla-ylik. Yur-di. Belgilangan qo‘shimchalar (-y, -ylik, -di)dan har birida shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolari birgalikda umumiy ifodalanmishga egadir. Masalan, Bor-ay gapidagi -ay qo‘shimchasi birinchi I shaxs (II shaxs Bor), birlik (ko‘plikda Boraylik) kelasizamon,tasdiq (-may uning inkor shakli), buyruq-istak mayli (bunda –sin, -ng, (masalan, Borsin. Boring) bilan assosiativ munosabatga kirishadi), ma’nolariga ega. Bunday holatni Borsa. Yozsa gaplari Pm voqyelantiruvchilari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1. Bor! 2. Qish.

2. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor alohida shakl orqali, modallik, zamon, shaxs-son ma’nolari esa yaxlit ifodalanadi: Bor - ma – di. Kel – di.

3. [Pm] tarkibida shaxs-son ma’nosi alohida shakl orqali, tasdiq-inkor,

modallik, zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-sa–ng. Kel-sa–ngiz.

Bil - di – mi?

4. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor, shaxs-son alohida-alohida shakl orqali, modallik va zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ma-di-ngiz.

5. [Pm]ning har bir ma’nosi alohida shakl orqali ifodalanadi: Bor-ma-sa-ydi-ngiz.

6. [Pm] ma’nolarini ifodalashga bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l xizmat qiladi. Masalan:

Ishchi bo‘laman. Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi (Uyg‘., I.Sult.)

7. [Pm] ma’nosini ifodalovchi vositalar harakat tarzi shakllari tarkibida keladi: Baqirib yubordi. Bora ko‘rma.[2]

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplar kommunikativ niyat va uning ifodalanishi bilan yoyiq, shuningdek, ba’zan yig‘iq gaplardan farqlanadi.

[WP] qurilishli yig‘iq gaplar. O‘zbek tilshunosligida gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida talqin etilgach, ba’zi o‘rinlarda ziddiyatli, izohtalab nuqtalar ham vujudga keldi. Chunki tilimizda shunday so‘zlar borki, ular o‘zining alohida belgilari bilan mustaqil so‘zlardan ham, yordamchi so‘zlardan ham, sodda yoki qo‘shma gaplardan ham farq qiladi. Bu so‘zlar – bo‘laklarga ajralmaydigan gap yoki so‘z-gapdir.

So‘z-gap mustaqil grammatik hodisa bo‘lib, o‘zbek tilshunosligida ular turli xil atamalar bilan talqin etilgan.

Tilshunos olim, professor A.G‘ulomov so‘z-gaplarni “undash gaplar” sifatida e’tirof etsa, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlar o‘zlarining “O‘zbek tili” darsliklarida so‘z-gaplarni “bo‘laklarga bo‘linmas gaplar” tarzida talqin etadilar.

O‘zbek tilidagi so‘z-gaplar mohiyatan gap maqomidaligi, gapning boshqa markaziy va kengaytiruvchi qismlari bilan faqat mazmunangina bog‘lanishi, o‘z kommunikativ vazifasini kesimlik kategoriyasi shakllarisiz namoyon qilishi, semantik strukturasining odatiy gaplardan keskin farqlanishi bilan ajralib turadi. Masalan, Boysun yo‘lidan borganmisiz? – Yo‘q. Bormaganman. Bu so‘roq gapning javobi ikki gapdan iborat. Ulardan birining kesimi bormaganman so‘zi bilan ifodalangan bo‘lib, rang-barang kesimlik shakllariga ega bo‘la oladi (bormaganman, bormagansan; bormagan edim, bormagan eding;bormagan bo‘lsangiz va h.k.) Yo‘q so‘zi esa yakka o‘zi gap bo‘lib kelyapti va kesimlik shakllariga ega emasligi, ya’ni kesimlik ko‘rsatkichlarini qabul qilmaganligi bilan ajralib turadi. “So‘z-gaplar shunday so‘zlarki, gap vazifasida qo‘llanish, ularning lug‘aviy, ichki ma’nosidan o‘rin olgan va ular boshqa so‘zlar kabi kesimlik shakli qo‘shimchalariga muhtoj emas. Lekin qo‘llanishda so‘z-gaplar ohang, matn bilan bog‘liq bo‘ladi». “Maxsus ohang bilan talaffuz qilinadigan, ammo biror hukm yoki mavjudlik ifodalamagan so‘z va so‘z birikmalari atov gap bo‘la olmaydi. Ular so‘z-gapni tashkil etadi... Bunday gaplar tobe yoki hokim bo‘laklarni talab ham etmaydi,ularda biror bo‘lakning “yashiringani” ham sezilmaydi. Ular aytib o‘tilgan fikrga modal munosabatni ifodalaydi”.

So‘z-gaplarning qo‘llanish doirasi ancha tor va xususiyatlari ziddiyatli bo‘lgani uchun ularning tadqiqi va tatbiqi doim «keyin»ga ko‘chirib kelingan.

XX asrning 90-yillaridan boshlab o‘zbek tilshunosligida so‘z-gaplar atroflicha

o‘rganila boshlandi.

Tilshunos olim G‘.Abdurahmonov so‘z-gaplar haqida alohida to‘xtalib, ularni ma’no va vazifasiga ko‘ra besh guruhga:

1.Tasdiq bildiruvchi so‘z-gaplar.

2. Inkor so‘z-gaplar.

3. So‘roq so‘z-gaplar.

4. His-tuyg‘u so‘z-gaplar.

5.Modal so‘z-gaplarga bo‘lsa, R.Bobokalonov ularni to‘rt guruhga bo‘ladi:

Modallar.

Undovlar.

Tasdiq-inkorlar.

Taklif-xitoblar.

Bu so‘z-gaplar so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini (modallar), kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarini buyruqlarni (undovlar) ifodalaydi. Masalan: 1. “Hoy! Kim bor?» - deb chaqirdi eshik tabaqasini biroz ochib Anzirat xola. (O.Muxtor). 3. – Labbay! Ukajon, hozir chiqaman,-deb Zebiniso darrov o‘rnidan turdi. (Oybek). 4. Mang! Komilaxon, bu kitobni oling. 5. Kecha bir voqyeaning guvohi bo‘ldim. – Qani! So‘zlang-chi! 6. Ko‘p gapirish ko‘p bilishdanmi? – Yo‘q. 7. Kam gapirish ko‘p bilishdanmi? – Ha.

So‘z-gaplarning kattagina qismi mustaqil so‘zlardan (shukur, rahmat, mayli, yo‘q, shubhasiz, ehtimol, sira), so‘z birikmalaridan (har holda, har qalay), gaplardan (xudo xohlasa, nasib bo‘lsa) o‘sib chiqqanligi uchun mustaqil so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar bilan aloqalari hozir ham sezilib turadi.

Gapning semantik va sintaktik qurilishi qolipi va propozitiv strukturasi o‘rtasidagi munosabat (o‘zbek tilidagi yo‘qlik-mavjudlik belgisi misolida) D.Lutfullayevaning doktorlik dissertasiyasida atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, «so‘z-gaplar ixcham gap sifatida ma’no va vazifasi jihatdan xoslanganligi tufayli ular sodda gaplar tarkibida kelganda ham boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmaydi, ulardan ajralib turadi». Mualliflar, yuqorida aytilganidek, ixcham gap atamasini bizning talqinimizdagi yig‘iq gapga nisbatan qo‘llashgan. Shunday ekan, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli ularga nisbatan semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar atamasi ham uning o‘zida so‘zlik va gaplik xususiyatlarini mujassamlashtirganligi uchun qo‘llansa, yig‘iq gap atamasi esa kengaymaganligi va shunday xossaga ega bo‘lganligi uchun qo‘llanadi. Shuningdek, ular atipik gaplar (Bobokalonov, 26-bet) ham deyiladi. Bunday gaplar hodisaning lug‘aviy tomoniga ishora qilib turadi va sintaktik vazifa bajarishi jihatidan faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan farqlanadi.

Kesimlik ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosi va so‘zning egallagan sintaktik pozisiyasi hamda morfologik shakllanmaganligidan anglashilib turganligi uchun formal-funksional sintaksis tadqiqotchilari bunday gaplarning lisoniy qolipini [WP] ramzi bilan belgilaydilar.

O‘zbek tilida [E-P] ko‘rinishli yig‘iq gaplar. Aytilganidek, o‘zbek tili

sintaksisini «baynalminallashtirgan» va «sintaksis internasional» degan xulosani bergan formal o‘zbek tilshunosligi tilning grammatik qurilishini ko‘p hollarda uning o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib emas, «balki rus tilining grammatik-semantik qurilishi tabiatidan kelib chiqib ag‘darmachilik zaminida» yaratdi. «Fanimizda gap qurilishi tahlili, dastlab Hind-Yevropa tilshunosligida G‘arbiy Yevropa tillarining sintaktik qurilishi tahlili asosida qo‘lga kiritilgan gapning asosi (mantiqiy hukm kabi) ikki bosh bo‘lakdan – ega va kesimdan iboratligi va eganing mutlaq hokimligi asosida amalga oshirildi». Lekin 80-yillarga kelib, fanimizda sistemaviy – struktural tadqiqotlar kuchaya borishi bilan bog‘liq ravishda Hind – Yevropa tilshunosligi va G‘arbiy Yevropa tillarning o‘ziga xos sintaktik qurilishi bilan aloqador bo‘lgan va, takror bo‘lsa-da, aytish lozimki, gap negizining «ega-kesim»dan iborat» ekanligi haqidagi fikrlar o‘zbek tili sintaksisi uchun muvofiq emasligi oydinlasha bordi. Bunga sabab, o‘zbek substansional tilshunosligining vujudga kelishi hamda «turkiy gapning turkona- kesim markazli qurilishini ochishi, uni [WPm] sifatida ko‘rsatishi” bo‘ldi. Shu asosda ona tilimizning grammatik qurilishi butunlay yangicha talqin etildi. [WPm] – gapning eng kichik qurilish qolipi asosida faqat kesimlik ko‘rsatkichlari (zamon, shaxs, mayl) bilan shakllangan gaplar berildi. «Lekin tilimizda Yevropa (xususan, G‘arbiy Yevropa – roman, german tillar guruhiga mansub) tillarida keng tarqalgan [E-P] qurilishli (ya’ni, eganing ifodalanishi shart va majburiy

bo‘lgan) gaplar ham yashirin imkoniyat sifatida xos»ligi aniqlandi.

Masalan: Men o‘qituvchi. U - shoir.

Bunday gaplar o‘zbek tilida ot kesim qurilishi ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi tilshunoslar bu shakldagi gaplarni rus tili ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrni aytdilar. Lekin [E-P] qurilishli gaplar tilimizda qadimgi davrlardanoq yashirin imkoniyat sifatida xos bo‘lgan. Hatto Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida [E-P] qurilishli sifatdosh kesimli gaplar turkiy tillar qurilishiga qadimdan xosliginiquyidagi misollar orqali izohlaydi: Men yay qurduq. Biz yay qurduq. Sen yay qurduq. Siz yay qurduq. U yay qurduq. Alar yay qurduq.

Hozirgi o‘zbek tilida ba’zi gaplarda kesimni shakllantiruvchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar bo‘lmasa-da, bu gaplarning kesimidan zamon, shaxs–son, tasdiq va aniqlik ma’nolari anglashilib turadi. Masalan: Bu yer - maktab gapida kesim maktab so‘zi bo‘lib, u morfologik ko‘rsatkichsiz shakllangan. Ammo bu gapda ham III shaxs, birlik, hozirgi zamon, tasdiq va aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turadi.

Hozirgi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan Men - o‘qituvchi. Siz – shifokor. U - talaba kabi gaplar esa rus tili ta’siri asosida shakllanmagan. Bu shakldagi gaplarni biz tilimizda yashirin imkoniyat sifatida mavjud ekanligini bilishimiz darkor.

[E-P] qurilishli gaplar mavjudligini faylasuf shoir G‘.G‘ulomning «Men – yahudiy» she’rida ham uchratishimiz mumkin. Shoir bu asarida xuddi «shu gapni (hamisha ta’kid ma’nosini kuchaytiruvchi eksplisit – ifodalangan ega bilan) yetti marta qo‘llaydi». Lekin G‘.G‘ulom o‘z asariga «Men – yahudiy» deb sarlavha qo‘yadi. Bu yerda «Men gapning zaruriy - majburiy – struktur qismi» bo‘lib, unda faqat ta’kid ma’nosi berilmagan, balki fikr zaruriy tarkibiy qism sifatida aks ettirilgan.

Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilida gapning turkona – kesim markazli

qurilishi [WPm] qolipi asosida shakllangan. Shu qolip asosida shakllangan gaplarni sodda yig‘iq gap deb atash imkoni mavjud. Bunda gap kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanishi shart. Biroq nutqimizda ot(ism) kesimli gaplar ham qadimdan mavjud bo‘lganligi tufayli sodda yig‘iq gapning egasi ifodalanishi shart bo‘lgan ko‘rinishi ham mavjud. Agar bunday gaplar qurilishidagi ega tushirib qoldirilsa hamda O‘qituvchi. Talaba shaklida berilsa, fikr faqat qayd mohiyatini aks ettirib, atov gap sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va gapning kommunikativ substansiyasi butunlay o‘zgarib ketadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tilining substansional sintaksisida [egaQot-kesim] ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi Sen – shifokor tipidagi yig‘iq gaplarni [EQWP] qolipi asosida ifodalash mumkin. Bunda Sen so‘zi qolipning [E] uzvi

voqyelanishi bo‘lsa, shifokor birligi [WP]ning voqyelanishidir.

Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligining substansional sintaksisida sodda yig‘iq gaplarning qurilish qolipi faqat [WPm] ko‘rsatkichli emas, balki [E-WP] tarzida ham berilishi mumkin. Bunda [Pm] unsurining [P] qismi qoldirilib, [m] qismi tushirilganligining sababi shundaki, kesim vazifasida kelayotgan so‘zda markazlik xossasi morfologik ko‘rsatkichsiz namoyon bo‘lgan, u ega va kesimning o‘zaro munosabatidan yuzaga chiqadi.

Gap nutqiy hosila sifatida xilma-xil, cheksiz ko‘rinishga ega. Gap nutqda voqyelanar ekan, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg‘unlashadi. Va shu asosda, lisoniy sistemaga berilgan unsurlarning “bir xil shaklliligi” tamoyili mo‘tadillashib, u “har xil shakllilik” belgisiga ega bo‘ladi. Chunki nutqiy gapda sof lisoniy birliklar bilan birga, nutqning boshqa vositalari nutq vaziyati, so‘zlovchi va tinglovchining yosh va xarakter-xususiyati, kommunikativ maqsadi, nutq sharoiti kabi qator omillar gapga “yopishadi” va yaxlitlik kasb etadi. Yaxlitlik esa sistemadir. Lekin nosintaktik hodisalar bilan qorishgan birlik qanchalik cheksiz turlanmasin, lisoniy sathdagi umumiylik barqaror holda saqlangan bo‘ladi. Bu umumiylik gapning eng kichik sintaktik qolipidir. Ma’lumki, gapning eng kichik sintaktik qolipini aniqlash uchun gap nosintaktik hodisalardan xoli qilinadi va fikrni ifodalay oladigan, hokim bo‘lak – kesim vazifasidagi so‘z shakli qoladi. Ayni shu so‘z shakli uchun [WPm] qolipi qabul qilindi. [WPm] ning rang-barang xususiyatlari haqida yuqoridagi fasllarda so‘z yuritildi va uni gapning eng kichik qurilish qolipi – lisoniy birlik har qanday ong birligi kabi bevosita kuzatishda berilmagan deb ta’riflandi.

Gapning umumiy qolipini tiklash va shakllantirishda barcha atov birliklari uchun umumiy bo‘lgan bitta xususiyat – “atash ma’nosi” va unga kesimlik maqomini beruvchi vositalar uchun “kesimlikni shakllantirish” vazifa va ma’nosi olindi. Zero, bu qolipning tarkibiy qismi bo‘lgan [W]ning ham, [Pm]ning ham o‘ziga xos minglab juz’iy xususiyatlari mavjud. Tadqiqotchi M.Abuzalova [W]ni ifodalanish shakllariga ko‘ra dastlab ikki turga bo‘ladi:

Ot, sifat, son, olmosh turkumiga oid so‘zlarning [W] vazifasida kelishi.

Fe’lning [W] vazifasida kelishi.

Nutq bosqichida esa kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari

J.Omonturdiyev tomonidan o‘z vaqtida tadqiq qilingan. U “kesim fe’l bilan ifodalansa ham, ot bilan ifodalansa ham, predikativlikni ifodalashi, ega haqidagi hukmni bildirishi”ni aytgan. E.Benvenist esa fe’l predikat bilan birga, ot predikat mavjudligini e’tirof etadi. Tilshunos olim T.Akromov lisoniy sathda ot so‘z turkumi kesim vazifasida ham kelishini va bunda eganing belgisini bildirishini ta’kidlaydi: “O‘zbek tilida ham ot kesim, sifat, son va ravishlardan ifodalanib, egadan anglashilgan shaxs, predmet, hodisaning predmetlik belgisi, sifat-xususiyati, jinsi, holati, son-miqdori, mavjudlik o‘rni, materiali va shu kabi xilma-xil belgilarni bildiradi”.

Ko‘rinib turibdiki, kesimning ot (aslida, ism) yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyati nutq bosqichida keng o‘rganilgan. Shuningdek, yuqorida qisman qolipning Pm qismi ifodalanishiga [WPm] qolipli yig‘iq gaplar misolida to‘xtalindi. Shu sababli quyida gap markazini – kesimni – otli yoki fe’lli kabi turlarga ajratib, [WPm] ning [W] qismi nutqiy voqyelanishi – ifodalanish shakllari ko‘rsatib o‘tiladi.

1. Yig‘iq gapning nutqiy voqyelanishida [W]ning fe’l bilan ifodalanishi: O‘qiding. Borgin. Keladi. Kuylasin. Sotib oldim.

2. Yig‘iq gapning nutqiy voqyelanishida [W]ning ism bilan ifodalanishi:

a) ot bilan: O‘qituvchiman. Shifokordirsiz.

b) sifat bilan: Chiroylidir. Tiriksan. Nodonsan.

v) son bilan: O‘ntamiz. Birinchisiz. O‘ttizdaman.

g) olmosh bilan: Menman. O‘zingsan.

Shuningdek, mazkur vazifada sodda so‘zlar bilan birga, qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari, frazemalar ham kela oladi va [W]ning aksidensiyalarini namoyon qiladi, ularning barchasi xususiylik sifatida bir qator o‘ziga xosliklarga ega bo‘ladi. Masalan:

[W] vazifasida:

a) qo‘shma so‘zlarning kelishi: Ustabuzarmonsan. Olib qochdim. Ishlab chiqardi.

b) frazemalarning kelishi: Yuragi yorila yozdi. Kapalagi uchib ketdi. Ko‘zim tushdi. Ko‘zlari to‘rt bo‘ldi kabi.

[Pm] ham avvalgi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan yaxlitlikdir. Bu ko‘rsatkich bir butunlik sifatida umumiylik deb olinadigan bo‘lsa-da, uning ham o‘ziga xos ifodalanish shakllari bor.Bu haqda yuqorida qisman to‘xtalindi. Bu shakliy turli-tumanlik faqat nutqda mavjud bo‘lib, ularning birortasi ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir etmaydi.

Ma’lumki, o‘zbek tilida shakliy ifodalanishiga ko‘ra [Pm] o‘ta rang-barang. U nol morfemadan boshlab, morfemalarning yig‘iq, yoyiq ko‘rinishlari hamda bog‘lamalar bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun uning muayyan nutqiy voqyelanishlari bu qolip tarkibidagi qismlar orasida hissasi hamma vaqt ham bir xil bo‘lavermaydi. Ba’zi hollarda bir ma’no bo‘rttirilsa, uning ikkinchi ma’nosi zaiflashadi.Tilshunos B.Mengliyev ta’kidlaganidek, masalan, «modallik ma’nolari bo‘rttirilganda zamon ma’nosi zaiflashadi va, aksincha, zamon ma’nosi bo‘rttirilganda, modallik, mayl ma’nosi susayadi. Shunga o‘xshash boshqa grammatik ma’nolarning ifodalanish darajasi ham xilma–xil bo‘lishi mumkin. Bu ma’nolar ifodalanish darajasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, u [Pm]da mutlaq yoki yagona bo‘lishi, shuningdek, o‘ta zaiflashib kelishi yoki tamoman yo‘qolgan bo‘lishi ham mumkin emas». Hatto kesimlik kategoriyasi tarkibidagi birorta ma’noning tamoman yo‘qolishi natijasida uning, ya’ni kesimlik kategoriyasining o‘zi ham butunlay yo‘qoladi yoki boshqa mohiyat kasb etadi.

Gapning sintaktik qurilishida uning hajmi muhim ahamiyatga ega. “Gap hajmi qanchalik katta bo‘lsa, unda shuncha ko‘p bo‘linish (bo‘laklarga ajratish) mavjud bo‘ladi”. Ma’lumki, har qanday hajmli gapda aktual bo‘linish ikki qismdan–tema(ma’lum) va rema(yangi)dan iborat bo‘ladi. Bu atamalar hozirgi kunda ba’zi adabiyotlarda «yangi» va «ma’lum» terminlari ostida beriladi[3].

Gaplar nutqda turlicha namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, nutqda ishtirok etayogan nosintaktik – nolisoniy omillarning ishtiroki darajasi turlicha bo‘ladi. So‘zlovchiga bog‘liq bo‘lgan (subyektiv) va bog‘liq bo‘lmagan (obyektiv) omillarning turli darajada birlashuvi uning aktual bo‘linishini tadqiq qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, gapning aktual bo‘linishi bilan sintaktik bo‘linishining o‘zaro munosabatida muvofiqlik va nomuvofiqlik holatlari kuzatiladi. Chunki so‘zlovchining maqsadi va nutq sharoitiga bog‘liq ravishda gaplarning qurilishi turlicha tus oladi. Agar aktual bo‘linish bilan sintaktik bo‘linish munosabati o‘zaro muvofiq kelsa, ega yoki ega guruhi temani, kesim yoki kesim guruhi remani ifodalaydi. Bunda nutq vaziyatiga muvofiq ravishda gaplarning qurilishi va, unga muvofiq, aktual bo‘linishida me’yoriy holatlar kuzatiladi.

Bizga ayonki, ma’lum–yangi munosabatli jumlalar ko‘proq ikki tarkibli sodda gaplarda uchraydi. Masalan:

Nutqiy hosila

U


shoir

qolipi


[S- P]

Aktual bo‘linishi

T

R

Nutqiy hosila



Bulbullar

sayradi


qolipi

[S - WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Ba’zan aktual tuzilish bilan sintaktik tuzilish o‘zaro mos kelmasligi yoki sintaktik bo‘linishga ega bo‘lgan muayyan gap yoki birjumla ayni vaziyatda aktual bo‘linishga ega bo‘lmasligi ham mumkin. “Bunday holatlarda jumla yaxlitligicha yangi xabarni ifodalab, to‘liq diktal so‘roqqa javob bo‘ladi”. Masalan:

Qor yog‘di. – Nima bo‘ldi?

Ko‘rinadiki, jumla aktual tuzilishining semantik tuzilish bilan ham munosabati

o‘ziga xos. “Agar jumlada subyekt tema funksiyasida, predikat rema funksiyasida kelsa, aktual tuzilish semantik tuzilishga muvofiq keladi. Tema funksiyasida subyektdan boshqa semantik bo‘laklar kelganda esa bu moslik buziladi”.

Er boyligi – yo‘lda,

So‘z boyligi – tilda. (O‘zbek xalq maqoli)

Bu misolda bog‘lovchisiz qo‘shma gapning egalari temani, kesimlar esa remani tashkil etmoqda.

Tema–rematik va grammatik moslik ko‘proq Hind-Yevropa tillari oilasiga xos. Chunki bu tillarda kesim egasiz ifodalanmaydi va bir tarkibli gaplar bu tillar uchun umuman xos emas. Yuqorida keltirilgan Tы chital. Ya uchitelnisa.Zdorovы li vы? kabi misollarda subyekt, ya’ni egalar (ya, tы, vы) temani, predikatlar, ya’ni kesimlar (chital, uchitelnisa, zdorovы) remani tashkil etadi va ma’lum – yangi munosabatli jumlalarni hosil qiladi hamda «tinglovchi uchun faktdan – xabar, dalildan boshlanib, noma’lum yangi fakt – xabar, dalil tomon yo‘naladi va bunda “tema” bilan “rema”ning “ma’lum” bilan “yangi”ga to‘liq mos kelishi kuzatiladi”.

Lekin turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida kesim shaxs–son jihatdan mukammal shakllangan va uning morfologik tarkibi ega haqida to‘liq ma’lumot bera oladi. Shuning uchun u egasiz ham gapni hosil qilaveradi. Masalan, rus tilidagi Ya uchitelnisa gapini o‘zbek tilida O‘qituvchiman deb bersa ham bo‘laveradi. O‘zbek tilidagi bunday sodda yig‘iq gaplarning aktual bo‘linishi semantik tuzilishi bilan mos kelmaydi. O‘qituvchiman gapida o‘qituvchi axborotni, ya’ni yangi xabarni bildirgani uchun remani, shaxs-son ko‘rsatkichi, ya’ni ishora semasi bo‘lgan –man esa temani tashkil etyapti:


Nutqiy hosila

O‘qituvchi

man


Qolipi

[WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Bunda ta’kid O‘qituvchiga qaratiladi. Chunki ohang ham gapning eng muhim, xarakterli belgilaridan biri bo‘lib, u kommunikativ tuzilishni ifodalovchi eng asosiy vositadir. “Qolgan vositalar (shu jumladan, so‘zlar tartibi ham) o‘zlarining bu boradagi funksiyalarini intonasiya zamirida amalga oshiradilar. Boshqa vositalar aktual tuzilishni ifodalashda qatnashmasa, prosodik vositalar yaqqol yetakchilik qiladi». Ma’lumki, gapni aktuallashtiruvchi prosodik vositalarga urg‘u va u bilan bog‘liq bo‘lgan nutq tempi hamda pauza, ya’ni to‘xtam kiradi. Shunday ekan, yuqoridagi O‘qituvchiman sodda ixcham gapida ta’kid O‘qituvchiga qaratilgani uchun bu jumla yangi-ma’lum munosabatli jumlani tashkil etmoqda. Lekin bu gapda ta’kidni yanada kuchaytirib, Men o‘qituvchiman tarzida ham qo‘llashimiz mumkin. Chunki gapning mazmuniy–sintaktik tahlilida «kishilik olmoshining qo‘llanib-qo‘llanmasligi bayonning hissiy-nohissiyligi, aniqroq qilib aytganda, tuslanish vositasi (kesimni shakllantiruvchi vosita)ning valentligi va gapning aktual (kommunikativ, nutqiy) bo‘linishi bilan uzviy bog‘liq» (Zikrillayev G‘.)dir. Yuqoridagi misolda ta’kid kishilik olmoshiga qaratilgan bo‘lib, ayni vaqtda shu kishilik olmoshi remani tashkil etadi.


Nutqiy hosila

Men

o‘qituvchiman



Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Tilshunos G‘.Zikrillayev o‘zining «Istiqlol va adabiy til» risolasida «... o‘zbek tilida remani ta’kidlash zarurati bo‘lmasa, kishilik olmoshi ishlatilmaydi, fikr ifodalash uchun kesim (tuslanish vositasi)ning o‘zi yetarli bo‘ladi. Natijada gap birgina so‘zdan tuziladi. ... butun diqqat–e’tibor axborot uchun muhim hisoblangan so‘zga qaratiladi. Ayni paytda ixchamlik, tejamkorlikka erishiladi», - deb ta’kidlaydi va «gap rema vazifasidagi birgina so‘zdan iborat bo‘lganda xabarning bir qismi (temasi) oldingi yoki keyingi gapda muayyan vosita bilan ifoda etiladi, yo bo‘lmasa matnning umumiy mazmunidan anglashiladi», – deydi hamda Arslonbekmisiz? Soliqni aytmadingizmi? – Aytdik kabi misollarni keltiradi. Shu o‘rinda Arslonbekmisiz? Aytdik kabi sodda yig‘iq gaplarni rema deb e’tirof etadi va ularning temasi keyingi gap mazmunidan anglashiladi, degan fikrlarni ham bildiradi. Aslida esa bu yerda olmosh tejalgani bilan bu so‘zlarga gap mavqeyini berayotgan morfologik ko‘rsatkich, ya’ni Pm (-di, -k) ma’lum (tema) bo‘lib, gap kim haqida ketayotganligini shaxs-son ko‘rsatkichlari (-siz, -k) dan bilib olishimiz mumkin. Demak, bunday gaplar faqat remadan iborat emas, balki rema-tema, ya’ni yangi-ma’lum munosabatli jumlalardan tuzilgan. Arslonbekmisiz? Aytdik kabi misollarda Arslonbek, ayt so‘zlari remani, -siz, -di, -k ko‘rsatkichlari esa temani tashkil qilmoqda.

Ma’lumki, so‘z turkumlari bilan gapning funksional bo‘laklari orasida muayyan xoslanishlar bor, ya’ni ma’lum bir so‘z turkumi ma’lum bir sintaktik vazifani bajarishga xoslangan bo‘ladi. Shunday ekan, «so‘z turkumlari va ularning morfologik shakllari gapning sintaktik qurilish ashyolari (materiallari) hisoblanadi» (O.Bozorov) hamda ular tema (ma’lum) va rema (ma’lum)ga ham befarq emas. Ya’ni so‘z turkumlarinig gapdagi vazifasi ularning tema-rematik munosabatiga ham bog‘liq.

Sodda yig‘iq gaplarda ot turkumidagi so‘zlar ega vazifasida kelganda, bu turkumdagi so‘zlarning tipik vazifasi temani ifodalashdan iborat bo‘ladi. Masalan: Yoz issiq. Jimlik hukmron. Bu sodda yig‘iqgaplarning egasi, ya’ni yoz, jimlik kabi so‘zlar tema (ma’lum)ni, kesimlari – issiq, hukmron so‘zlari esa remani tashkil etadi.

Otlar kesim vazifasida yoki kesim guruhi tarkibida kelganda ko‘pincha rema vazifasini bajaradi. Aytilganidek, sodda yig‘iq gaplar uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

Egasi ifodalanmagan sodda yig‘iq gap. Bu gaplarning qolipini [WPm] tarzida bergan

edik.

Egasi ifodalanishi lozim bo‘lgan sodda yig‘iq gaplar. Bu gaplar [E-P] ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.



So‘z-gapdan iborat yig‘iq gap ([WP]).

Shunga ko‘ra, birinchi ko‘rinishdagi [WPm] qolipli gaplarda ism kesim ot bilan ifodalanganda, ya’ni, oo Shifokordirsiz gapida W qism, ya’ni shifokor – remani, Pm qismi esa, ya’ni -dirsiz ko‘rsatkichi temani tashkil etadi. Xuddi shuningdek, bu qolipli gaplarda ism kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanganda ham, W remani, Pm temani bildiradi. Masalan: Chiroylidir. A’lochiman. Nodonsan. O‘ttizdaman.

Egasi ifodalanishi shart bo‘lgan [E-P] ko‘rinishli sodda yig‘iq gaplarda ham sodda ot kesim remani tashkil etadi. Masalan:

Nutqiy hosila

Suv

gavhar


Qolipi

[E - P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Sifatlar aniqlovchilik vazifasidan kesim vazifasiga olib o‘tilganda, mustaqil holda rema maqomiga ega bo‘ladi.

Nutqiy hosila

Atrof


Suvlar

Osmon


jimjit tiniq

ko‘m-ko‘k

Qolipi

[E - P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Sonlar ham, sifatlar ham atributiv holatlarda rema maqomida bo‘ladi. Lekin sifatlar otlashganda yoki ega guruhida kelganda, tema shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin.

Bu yig‘iq gapda ega ma’lumni, kesim esa yangini ifodalamoqda.

Otlashgan sonlar esa vaziyatga qarab, yig‘iq gaplarda tema ham, rema ham bo‘lib kelishi mumkin:

Nutqiy hosila

Beshovi


keldi.

Qolipi


[E-WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kulgan


uchovi

Qolipi


[E -WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Sonlar odatda kesim vazifasini bajarganda mustaqil holda rema maqomida bo‘ladi. Masalan: Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Kitobim beshta.Shuningdek, nutqiy maqsad va vazifaga ko‘ra olmoshlarning aksariyati tema (ma’lum)ni ifodalashga xizmat qiladi. Chunki ular boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanganligi sababli xabar tinglovchi uchun kommunikativ jihatdan yangi emasligini ko‘rsatadi. «Lekin bu olmoshlarning har doim tema funksiyasida kelaverishini bildirmaydi». Chunki tema va rema har doim ham ma’lum va yangiga mos kelavermaydi.

Ko‘proq gapning tema qismini ifodalashda kishilik, ko‘rsatish, o‘zlik, belgilash va gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari ishtirok etadi:


Nutqiy hosila

Ular

ketishdi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Bu

kitob


Qolipi

[E-WP]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Hamma

yig‘ildi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kimdir

keldi.


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy maqsad va vazifa so‘zlovchi yoki tinglovchini ta’kidlashni taqozo qilsa, kishilik olmoshlari qo‘llanadi. Bunday paytda gap kamida ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Ba’zi sodda gaplarning egasi juft so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Sen-u men boramiz. Bu gapda ega vazifasini ikkita subyekt – juft so‘z shaklidagi olmosh bajarib, rema maqomida kelmoqda. Chunki ushbu misolda so‘zlovchi va tinglovchini ajratib ko‘rsatish, ta’kidlash uchun juft olmoshdan foydalanilgan va bu juft olmoshlar ma’lum xabarni emas, ta’kidni bildirgani sababli rema vazifasini bajarmoqda:

Senu men boramiz.

R - T

Bunda tema–rematik siljish yuzaga kelib, yangi-ma’lum munosabatli jumlalar paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek, so‘roq olmoshlari ham yangi-ma’lum munosabatli jumlalarni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunki so‘roq olmoshlari ko‘pincha so‘roq gaplar tarkibida bo‘lib, ularning asosiy vazifasi so‘rovchiga noma’lum yangi narsa, voqyea-hodisa belgini aniqlashdir. Shuning uchun ham so‘roq olmoshlari mana shu noma’lum narsa, voqea-hodisa, belgi o‘rnida qo‘llanganligi sababli rema vazifasini bajaradi. So‘roq olmoshlari gapning barcha o‘rinlarida kela olishi mumkin. Shu sababli bu olmoshlarning vazifasini bajarayotgan remalar ham gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. Misol:


Nutqiy hosila

Bu

nima?


Qolipi

[E-P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Nima

gap?


Qolipi

[E-WP]


Aktual bo‘linishi

R

T


Nutqiy hosila

Ukang

qayerda?


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kim

keldi.


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Sodda yig‘iq gaplarda ko‘pincha kesim, ya’ni fe’l–kesim remani ifodalovchi asosiy qismdir. Boshqacharoq aytganda, fe’llar remani ifodalovchi eng xarakterli so‘z turkumidir. Fe’llar “o‘zlarining barcha mayllarida rema sifatida namoyon bo‘la oladi”. Masalan, u yig‘iq gaplarda quyidagicha:


Nutqiy hosila

Gullar

ochildi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Qushlar

sayradi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Bitta fe’l bilan yoki qo‘shma fe’l bilan ifodalanib, yig‘iq gapni gapni hosil qilayotgan so‘zlar ham yangi xabarni bildirayotganligi uchun rema vazifasida keladi: Yozyapman. Charchadim. Yig‘lama. Sotib oldim. Lekin fe’lning xoslangan shakllari (sifatdosh, ravishdosh va harakat nomlari) sodda yig‘iq gaplarda nutq vaziyatiga ko‘ra tema vazifasida ham, rema vazifasida ham kela olishi mumkin. Harakat nomlari yig‘iq gaplarda ega vazifasida kelganda, asosan, tema maqomida bo‘ladi va tema-rematik munosabatni tashkil etadi. Qiyoslang:

Yoyiq gaplarda:

Nutqiy hosila

O‘qish

tugadi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Agar harakat nomlari yig‘iq gapning kesimi vazifasida kelsa, u rema maqomiga ega bo‘ladi.


[1]Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. -Toshkent: Fan, 2006. –B.35. Bu haqda yana qarang: Shodmonov E. Hozirgi zamon o‘zbek tilida so‘z-gaplar: filol. fan. nomz. ... diss. –Toshkent, 1970. –B.230.

[2]Qurbonova M., Sayfullaeva R., Boqieva G., Menglyiev B. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. – Toshkent, 2004. – B. 68-69.

[3]Mahmudov N., Nurmonov A., Ahmedov A.va boshq. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi:-Toshkent: Fan, 1992; Bozorov O. O‘zbek tilida gapning kommunikativ(aktual) tuzilishi: filol. fan. nomz. ... diss. avtoref.-Farg‘ona, 2004. –B. 23.


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
3-Ma'ruza. Mavzu: Sodda gap sintaksisi
Sodda gap sintaksisiga
Sodda gap sintaksisiga
Reja:

1.O‘zbek tilshunosligida sodda gapning o‘rganilishi.

2. Sodda gap tasnifi masalasi.

3. Sodda gapning lisoniy va nutqiy xususiyatlari.

4. Sodda gap qolipi va uning turlari.

Yig‘iq gap va ixcham gap atamalari haqida. Yig‘iq gap atamasini o‘zbek tilshunosligiga dastlab tilshunos A.G‘ulomov kiritgan va unga mufassal ta’rif bergan. A.G‘ulomov ta’limotida yig‘iq gap, yuqorida ta’kidlanganidek, ega va kesimdan iborat bo‘lgan sodda gapning bir turi sifatida talqin etiladi. Bunday ega va kesimdan iborat sodda gaplar ikki tarkibli sodda gapning eng xarakterli tipi ekanligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tilshunoslar O.Azizov, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulov, G‘.Abdurahmonov, N.Mahmudov, A.Nurmonovlarning asarlarida ham yig‘iq gap atamasi ega va kesimdan iborat gap yoki faqat bosh bo‘laklardangina tuzilgan gap sifatida talqin etiladi. Faqat kesimdangina iborat bo‘lgan gaplar nazardan chetda qoladi. Faqat so‘nggi asr so‘ngida bunday gaplar ixcham gap atamasi ostida berila boshladi.

Ixcham gap atamasi dastlab o‘rta ta’lim darslik va dasturlarida aks etdi. Shu asosda ilmiy talqinlarda ham uchray boshladi. Gap ilmiy termin va tushuncha haqida ketayotgan ekan, uning ildizlari xususida so‘z yuritishda mazkur manbalarni chetlab o‘tib bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lum darajada noqulaylik tug‘dirsa-da, fikrlarni ilmiy manba emas, balki metodik manbalardan boshlashga to‘g‘ri keladi. Aytish lozimki, har qanday hodisa serqirra bo‘lganligi sababli bunda tushunchaning o‘qitilishi haqidagi emas, balki ilmiy iste’molga kirib kelishi xususidagi jihatlariga tayanamiz. Holbuki, manbaning tabiati emas, balki ilmga beradigan dalillari va asoslari muhimdir. UO‘T DTS asosidagi dasturga muvofiq yaratilgan 5-sinf ona tili darsligidan “Kesim. Ixcham gap” mavzulari o‘rin olganligi fikrimiz dalilidir. Ammo “Ixcham gap” mavzusi 1999-yilgacha amalda bo‘lgan darsliklarda berilmagan edi. Chunki istiqlolgacha oliy va o‘rta ta’lim muassasalarida o‘zbek tilining gap qurilishi [ega-kesim] tarzida o‘qitib kelindi. O‘zbek tilshunosligida gap talqinining [ega-kesim]ko‘rinishidan [kesim] modeliga o‘tishi darsliklarda yangi “Ixcham gap” mavzusining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

“Ixcham gap” mavzusi ostida faqat kesimdan iborat bo‘lgan gaplar talqin etilib, ular sodda yig‘iq gap tarkibiga kiritilmadi. Ammo “Sodda yig‘iq gap” mavzusida Oldim. Ko‘rgansiz. Uchuvchi bo‘ladi. Sinfdoshimiz. Yozgansiz. Misollari berilgan. Zotan, xuddi shu darslikda sodda yig‘iq gapga “faqat ega va kesimdan iborat bo‘lgan gaplar” deb ta’rif berilgan edi. Shu tariqa ixcham gap atamasi ostida o‘rganiladigan hodisa bilan yig‘iq gap atamasi anglatadigan tushunchalarni farqlashda chalkashliklar vujudga keldi.

Ko‘rinadiki, gapga formal-funksional yondashuv omili asosida ta’lim mazmuniga kiritilgan ixcham gap atamasi o‘zbek tilining substansional mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi hodisa bo‘lsa, yig‘iq gap atamasini saqlash maqsadida yangi ixcham gap atamasining olinishi dastur va darslik mualliflarining an’anaviy sintaktik nazariya qoliplarini buzishga jur’at etolmaganligidan dalolat beradi.

Mazkur mualliflarning 8-sinf uchun “Ona tili” darsligida ixcham gap atamasi mutlaqo ishlatilmaydi va yoyiq gapga “gap tarkibida ikkinchi darajali bo‘laklaridan birortasi ishtirok etsa, bunday gap yoyiq gap deyiladi”, - degan ta’rif berildi. Bu esa zimdan yig‘iq gap ega va kesimdangina iborat gap deb tushunilganligidan dalolat beradi. Nazarimizda, mualliflarning ixcham gap atamasini ta’lim mazmuniga olib kirishi bu borada oldinga qo‘yilgan bir qadam bo‘lsa, yig‘iq gap atamasining avvalgi mohiyati nuqtayi nazaridan saqlanishi orqaga tashlangan birinchi, 8-sinf darsligida ixcham gap atamasining chiqarilishi va yig‘iq gapning eskicha talqinini qoldirish ikkinchi qadam deyish mumkin.

Ona tili darsliklarining yangi avlodini yaratish, uning mazmuni va uslubini takomillashtirish davom etdi. Xususan, darsliklarda sintaktik bilimlar silsilasini berishda ham bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shu o‘rinda N.Mahmudov va A.Nurmonovlarning 5-sinf ona tili darsligida Kesim. Sodda yig‘iq va sodda yoyiq gaplar mavzusiga berilgan ta’riflarga to‘xtalish lozim. Unda «Shaxs-son ma’nolarini ifodalab, nima qil(-di, -yapti va boshq.)?, nima bo‘l(-di, -yapti va boshq.)?, kimdir?, nimadir?, qayerdir? so‘roqlariga javob bo‘luvchi mustaqil so‘zlar gapda kesim vazifasini bajaradi. Kesim gapning mazmuniy markazidir. U boshqa bo‘laklarsiz ham gap bo‘la oladi», - deyiladi va Yaxshimisiz? Keldi kabi misollar keltiriladi. Shuningdek, kesim qanday mustaqil so‘zlar orqali ifodalanishiga ko‘ra ikki xil bo‘lishi, fe’l orqali ifodalanib, nima qilmoq? nima bo‘lmoq? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar fe’l kesim, fe’ldan boshqa so‘zlar orqali (ot, sifat, son, ravish, olmosh) ifodalanib, kim? nima? qanday? so‘roqlariga javob bo‘luvchi kesimlar ot kesim sanalishi uqtiriladi hamda «faqat kesimdan iborat bo‘lgan gap yig‘iq gap hisoblanadi. Masalan: Kuz. Qara. Kesimning boshqa bo‘laklar bilan kengayishidan hosil bo‘lgan gap yoyiq gap deyiladi. Masalan: Men uni ko‘rdim” kabi misollar keltiriladi. Ammo barcha ta’rif va misollarda ixcham gap atamasi chetlab o‘tiladi va umuman ishlatilmaydi.

Yig‘iq gap muammosiga substansional yondashuv omillari. Milliy istiqlol, bir tomondan, milliylik yaqqol namoyon bo‘ladigan, “millat oynasi” sifatida e’tirof etilgan ona tilimizni uning o‘z ichki qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda tadqiq qilish uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Ikkinchi tomondan esa, ona tili ta’limi jarayonida grammatik qurilishning o‘ziga xosligi asosida yosh avlodda milliy tafakkurni o‘stirish uchun kuchli zamin hozirlandi. N.Mahmudov aytganidek, istiqlolga qadar “o‘zbek tili hodisalarini rus tili qoliplariga solib tushuntirish” majburiy edi”. Bu nafaqat o‘zbek tiliga, balki barcha turkiy tillarga munosabatda ham ko‘zga tashlanar edi. O‘zbek tili grammatikalari va ilmiy tadqiqotlarida sintaksisning juda ko‘p masalalari tadqiq etilgan, ammo ularda bu kategoriyalar sistema sifatida talqin etilmadi. Zero, sistem yondashuv tillarning asl barqaror sifatlarini ochishning mahsuldor usullaridan biridir. Fanlarda erkin tafakkur tarzining shakllanishi va taraqqiyoti natijasida sistemaviy sintaksis grammatik qurilishining ayrim muammolari talqinidan o‘zbek tilining mukammal substansional sintaksisini yaratishga qarab jadal taraqqiy etdi.

O‘zbek tilining yaxlit sintaktik ta’limotini ishlab chiqishda gapning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi, ya’ni [WPm] asos qilib olindi va tadqiq etildi. Bunday substansional yondashuv o‘zbek tili grammatik qurilishi talqinini tubdan yangilashga olib keldi.

Gapning eng kichik qurilish qolipi o‘zida uning umumiy grammatik ma’nosini mujassamlashtirib, qurilish elementlari orasidagi munosabatni ifodalaydi. Gapning lisoniy qolipi nutqda namoyon bo‘layotgan gaplarning umumiy shartli belgisi. Shuning uchun gapning eng kichik qurilish qolipi – [WPm] va uning tarmoqlanishidan vujudga kelgan quyi lisoniy qurilish qoliplari nutqda voqyelanayotgan gaplardan umumiylik va xususiylik munosabati darajasida farq qiladi. Nutqiy gap qolipning ko‘rinishlaridan, hosilalaridan biri, lekin aynan uning o‘zi emas.

Har bir milliy tilning o‘z qonuniyatlari, milliy xususiyatlari mavjud. Tilning ontologik tabiati masalalariga milliylik asosida yondashish lozim. Ya’ni milliy tilning o‘z ichki qonuniyatlarini, xususiyatlarini hisobga olib, tahlil etish lozim. Zero, dunyoda turli-tuman xalqlar bo‘lgani kabi ularning nutqi, gapi ham turlichadir. Masalan, turkiy tillar guruhiga kiruvchi o‘zbek, qozoq, qirg‘iz tillaridagi gapning sintaktik qurilishi Hind-Yevropa tillari guruhiga kiruvchi rus, ingliz va nemis tillaridagi gap qurilishidan tubdan farq qiladi. Hind-Yevropa tillari guruhiga kiruvchi ingliz, nemis, rus tillaridagi gaplar «ikki cho‘qqili» bo‘lib, aytilganidek, ularda eganing ifodalanishi ko‘p hollarda shart. Chunki bu tillarning kesimi yaxlit holda, bir o‘zi kelganda, gap hisoblanmaydi. Shuningdek, bu tillardagi gaplarning kesimida zamon, shaxs-son, maylni ifodalovchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar o‘zbek tilidagidek rivojlanmagan. Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, turkiy tillarda esa, xususan, o‘zbek tilida gapni so‘z, so‘z birikmasidan farqlovchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar taraqqiy etgan. Gapning bu maxsus morfologik ko‘rsatkichi kesimlik qo‘shimchalari, ya’ni kesimlik shakllaridir. Gap kesimlik qo‘shimchalari bilan shakllanganligi tufayli so‘z va so‘z birikmalaridan farq qiladi. Zero, “eng kichik gap – morfologik shakllangan atov birligidir”. Masalan, Yozdim. Talabaman gaplari ana shu [WPm] ning yorqin va tipik ko‘rinishi bo‘lib, undagi yoz va talaba qismlari atov birligi, ya’ni W bo‘lsa, -dim va –man formantlari morfologik shakllar, ya’ni qolipning Pm qismidir. Yig‘iq gapda o‘zbek tili gap qurilishining substansional mohiyati ko‘zga tashlanadi.

Demak, o‘zbek tilshunosligida bir tarkibli gaplar masalasining to‘g‘ri

qo‘yilishi, ya’ni sodda gapning eng kichik qurilishi asosiga [WPm]ning olinishi va hal qilinishi o‘zbek substansional sintaksisining yutug‘i va sintaktik qurilishni formal-funksional tekshirishning asosidir.

Gap asosiga olingan kesimning mavqeyi haqida so‘z ketar ekan, A.A.Dmitriyevning quyidagi fikrlariga tayanish lozim: «Сказуемое – есть неограниченный властитель, царь предложения; если есть в предложении кроме него другие члены, они ему строго подчинены, от него получают свой смысл и значение; если их нет, даже подлежаҳего, сказуемое само собой достаточно выражает мысль и составляет целое предложение. Само предложение есть ни что иное, как сказуемое одно или с приданными ему другими членами». O‘zbek tilida kesimlik shakli boshqa morfologik shakllardan farq qilib, u gapning mohiyatini belgilaydi va bir necha ichki kategoriyalarning birikuvidan hosil bo‘ladi. Ya’ni «kesimlik kategoriyasi kesimlik vazifasini birgalikda qaror toptiruvchi shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl kategoriyalari sintezidan iboratdir». Morfologik shakllardan faqat kesimlik kategoriyasigina gapning mohiyatiga tegishli bo‘lganligi sababli usiz gap shakllanishi mumkin emas. Demak, o‘zbek tili sintaktik qurilishining substansional mohiyati “atov birligi Q kesimlik kategoriyasi”, ya’ni [WPm] tarzida ekanligi isbotga muhtoj emas.

[WPm] – o‘zbek tili sintaktik qurilishida gapning eng kichik qurilish qolipi hisoblanadi va u yuqorida aytib o‘tganimizdek, boshqa tillardagi gap qurilishidan farq qiladi. Xususan, Hind-Yevropa tillari bilan qiyoslasak, bu farqlar tezda ko‘zga tashlanadi. Masalan, olima R.Sayfullayeva ta’kidlaganidek, “Hind-Yevropa tillariga bir tarkibli gaplar umuman xos emas va gap ko‘pincha egasiz bo‘la olmaydi”. Turli strukturali til oilalariga mansub o‘zbek va ingliz tillaridagi matnlar qiyosiy o‘rganilganda o‘zbek tilidagi matnlarda bir tarkibli (egali va egasiz) gaplar ko‘p qo‘llanganligi, kirish komponentli gap boshlanmalari rang-barang va ko‘p ekanligi (aniq, albatta, modomiki, sir emaski, aslini olganda, kerak bo‘lsa...) ma’lum bo‘ldi. Ingliz tilidagi matnlarda R.A.Yakobs ta’kidlaganidek, “...majhullik nisbatidagi gaplarga urg‘u berish, tinglovchining diqqatini tortish, gap ta’sirini kuchaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilgan”. O‘zbekcha gaplarning ichki o‘rinlarida ham bir fikrdan ikkinchisiga o‘tish uchun alohida so‘z, ibora va, hatto gaplar qo‘llangan (nega desangiz, avvalo, hech shubhasiz, ko‘rib turganimizdek, taassufki, barchamizga ayon bo‘lishi kerakki va boshqalar). Ingliz tilidagi variantlarida esa o‘zbekcha bir tarkibli gaplar o‘rnida it formal egali gaplar ishlatilishi kuzatiladi. Demak, kesimlik kategoriyasi rivojlangan o‘zbek tilidagidan farqli ravishda ingliz tiliga xos gaplarda gap doimo ega bilan ifodalanishi shart: I read. I write. He went.

O‘zbek tilida esa kesim shaxs-son jihatdan mukammal shakllanganligi uchun u egasiz ham gap hosil qilaveradi. Masalan: Yozyapman va Men yozyapman gaplari orasida ega haqida denotativ axborot uzatishda hech qanday farq yo‘q. Xuddi shuningdek, “o‘zbek tilida ot, sifat, son yoki boshqa so‘z turkumi bilan ifodalangan kesim predikativlikning shaxs-son ko‘rsatkichini qabul qila oladi yoki predikativ so‘zlar orqali ifodalaydi, shuning uchun ular egasiz gapda ham kesim vazifasini bajara oladi. Ammo rus tilida esa otlar predikativlik ko‘rsatkichiga ega bo‘la olmaydi, shuning uchun predikativ otlar ega bilan kelgandagina kesim vazifasini bajara oladi”. Bu holatni quyidagi misollarda ko‘rishimiz mumkin: Sog‘-salomatmisiz? - Здоровыливы? O‘qituvchiman. - Яучительница. Ingliz tili haqida ham xuddi shu fikrni aytish mumkin. Qiyoslang: Who are you? I am a teacher.

O‘zbek va rus tillarida kesim o‘ziga xos grammatik xususiyatlariga ham ega.

O‘zbek tilida kesim sodda va tarkibli bo‘lib, turli kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, kesim vazifasida kelgan so‘zlarda shaxs-son, modallik va zamon ko‘rsatkichlari bo‘lishi lozim.

O‘zbek tilida ot kesimdan iborat gaplar ham mavjud. Bu ot kesimlarda birlik va ko‘plik, shaxs qo‘shimchalari shaxs ma’nolarini ifodalashi bilan birga, hozirgi zamon ma’nosini ham ifodalaydi. Masalan, Tadbirkorman. Uydaman.

O‘zbek tili sintaktik qurilishida ot kesimlar ham, fe’l kesimlardagi kabi egali yoki egasiz qo‘llanishi mumkin. Rus tilida esa, aytib o‘tganimizdek, otlarga qo‘shiladigan predikativ shaxs-son qo‘shimchalari yo‘qligi tufayli bu tilda “otning o‘zi mustaqil holda ma’lum bir morfologik ko‘rsatkich yordami bilan kesimga aylana olmaydi. U faqat ega bilan kelib, kesim vazifasini bajarishi mumkin». Masalan, Tadbirkorman. – Ябизнесмен. - I am a businessman.

Demak, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy sathdagi eng kichik qurilish qolipi [WPm] shaklida bo‘lsa, Hind-Yevropa tillarida gapning minimal qolipi [E-P] tarzidadir. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida yig‘iq gapning eng kichik qurilish qolipini [WPm] shaklida berish mumkin. Bu esa o‘zbek tili va Hind-Yevropa tillari orasidagi asosiy tipologik hamda milliy farqlardan hisoblanadi.

O‘zbek tilidagi yig‘iq gapning ko‘rinishlari haqida. Gapning bosh bo‘laklaridan bo‘lgan kesim va uning mavqeyi haqida keyingi yillarda o‘zbek tilshunosligida qator tadqiqotlar yuzaga keldi. Ayniqsa, V.Egamberdiyev, J.Omonturdiyev tadqiqotlaridan so‘ng va ular asosida formal-funksional tadqiq usullarida ish olib borgan R.Sayfullayeva, M.Qurbonova, M.Abuzalova, L.Raupova, R.Bobokalonov kabi tadqiqotchilarning ishlari, oliy va o‘rta maktab darslik va qo‘llanmalarida ham maxsus bo‘lmasa-da, yo‘l-yo‘lakay kesim haqida bahs bordi. Mazkur olimlarning tadqiqotlarida kesimning o‘ziga xos morfologik belgilarga ega ekanligi, kesimni ifoda etadigan so‘z o‘zining grammatik strukturasi bilan boshqa bo‘laklardan ajralib turishi, ba’zi bir gaplarda ega maxsus so‘z bilan ifodalanmasa-da, kesim orqali egani aniqlash mumkinligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, faqat kesimdan iborat so‘zlar gap bo‘lib kelishi mumkinligi, buning uchun u kesimlik maqomiga ega bo‘lishi lozimligi uqtirildi.

Zero, gap lisoniy sathda kesimlik kategoriyalari bilan shakllanadi. Nutqda esa gapning muhim belgilaridan biri uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi. “Har qanday gap shakl va mazmun birligidan iborat. Gapning lisoniy sathidagi shakliy va mazmuniy jihati uning nutqiy sathdagi shakli va mazmunidan farqlanadi”.

Gaplar turli-tuman bo‘lgani kabi lisoniy sintaktik qoliplar ham har xil bo‘ladi. Bu tilda shakllangan va so‘zlovchining kommunikativ niyati, uzatilayotgan axborotning o‘ziga xosligi umumiyliklarining barqarorlashuvi natijasida shakllanadi. Gap minimal qoliplarini tiklashda ana shu jihatlar asos qilib olinadi.

Turkiyshunoslikda kesim muammosiga bag‘ishlangan qator ishlar bo‘lsa-da,

ularda mustaqillik-nomustaqillik masalasi kun tartibiga qo‘yilmagan va masala tadqiq etilmagan edi. “Buning sababi turkiy tillar bo‘yicha XVIII asrning ikkinchi yarmidan boshlab, XX asrning uchinchi choragigacha bo‘lgan davrda turkiy tillar sintaksisi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda qiyos mezoni Hind-Yevropa tillarining sintaksisi, xususan, rus tili sintaksisi bo‘lgan bo‘lsa, ajab emas”. Chunki bu tillarda sodda gaplar tarkibida ham, qo‘shma gap tarkibida ham kesimning formal xususiyatlari farqlanmaydi. Shu boisdan yaratilgan tadqiqotlarda kesim deyilganda faqat sodda gap kesimi olinib, qo‘shma gapning kesimi, u o‘zbek tilidagi kesimning mezonlariga muvofiq kelmaganligi sababli, har doim chetlab o‘tilgan. Bu masala, ilk bor formal-funksional sintaksis tezislarida, so‘ngra R.Sayfullayeva va M.Abuzalova, L.Raupova tadqiqotlarida masalaning yechimi darajasida kun tartibiga qo‘yildi. Kesimni sintaktik kategoriya sifatida formal-funksional tadqiq qilgan L.Raupova uning mustaqil va nomustaqil shakllarini ajratadi. Mustaqil va nomustaqil kesimlar farqlanishida tadqiqotchi qurshov omillariga tayanadi.

Tadqiqotlarda qurshov omiliga tayangan holda kesimning ikki turi ajratildi:

1. Mustaqil kesimlik shakli.

2. Nomustaqil kesimlik shakli.

“Mustaqil kesimlik shakli bu qo‘shma gap tarkibida ham, sodda gap tarkibida ham bemalol qo‘llana oladigan vositalardir”. Nomustaqil kesimlik shakllari qat’iy belgilangan sintaktik vazifaga ega bo‘lib, ular qo‘shma gap tarkibidagina voqyelana oladi. Qo‘shma gap tarkibidan boshqa holatlarda ular yo tamoman boshqa ma’no va vazifalarda qo‘llanadi, yo qo‘shimcha matniy va nutqiy sharoit hamda vositalarning mavjudligini talab qiladi. Nomustaqil kesimlik shakllari sifatida o‘zbek tilida -sa, -sa ham, -sa-ku, -sa-yu, -sa-ya, -a(r) ekan, -a(r)di, -gan ham edi, -di-yam kabi shakllari olindi.

Bu shakllar o‘zlarining polisemantiklik xossasi asosida mazkurbelgisiga ega bo‘ladi. Ya’ni ma’lum bir nomustaqil kesimlik shakli sodda gap tarkibida boshqa, qo‘shma gap tarkibida boshqa ma’noviy xususiyatini yuzaga chiqaradi. Masalan: 1. Salim kelsa, boramiz. (shart yoki payt). 2. Salim kelsa. (istak). Demak, -sa shaklli kesim tegishli qurshov doirasidan tashqarida boshqa semantik qirrasini namoyon qiladi.

Kesimlarning qurshovga “ehtiyoji” darajasi turli ko‘rinish va shaklda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, O‘qiyman. Borasan. Ishchidir gaplarida kesim orqali o‘qish, borish, ishchi va ularning subyekti haqidagi ikki xil axborot yaxlitlangan va bu butunlikda bu informasiyalarning mavqeyi turlicha. Masalan, o‘qiyman gapida o‘qish harakatining bajarilishi, ya’ni [W] dan anglashiluvchi qism axborotning bir qirrasi bo‘lsa, [Pm] kelasi zamon, aniqlik mayli, birinchi shaxs birlik, tasdiq (bo‘lishlilik) axborotning ikkinchi qirrasi. Axborotningikkala qismi ham kommunikativ niyat uchun muhim bo‘lib, shu holatda axborotning [W] dan anglashiluvchi qismi muhimlikda birinchi va [Pm]dan anglashiluvchi qismi ikkinchi darajali. Axborot qismlarining bunday muhimlik darajasiga ko‘ra farqlanishi kesimlik shaklining qo‘llanish xususiyatini, ya’ni uning mustahkamlovchi vositalarga ehtiyojini belgilaydi. Bu ehtiyojlardan kommunikativ niyat talabiga ko‘ra ba’zan ayrimlari (bittasi yoki bir nechtasi), ba’zan barchasi bir vaqtning o‘zida kuchayishi mumkin. Natijada [Pm] kengayadi. Men o‘qiyman. Bugun o‘qiyman. Men bugun o‘qiyman kabi. Bunda [Pm] kengaytiruvchilari mustahkamlovchi unsurlar sanaladi.

Barcha kengaytiruvchilar mustahkamlovchi bo‘lavermaydi. Masalan, [WPm]dagi [W] unsurini kengaytiruvchi tarz, payt kabi kengaytiruvchi mustahkamlovchi vosita sanalmaydi. Chunki [W] unsurida mustahkamlanadigan unsur yo‘q. Mustahkamlanishda takrorlanish mavjud bo‘lishi lozim. Masalan, Men o‘qiyman gapidagi [WPm] unsuri hosilasida “birinchi shaxs birlik” ma’nosini ifodalovchi vosita mavjud (-man). Men olmoshi va –man shaxs-son qo‘shimchasi semantikasi bir xil. Demak, bu gapda shaxs-son ma’nosining ikki qavat ifodalanishi – mustahkamlanishning yorqin namunasi. Qavatlanish davom etishi mumkin. Masalan, Men o‘zim o‘qiyman gapida shaxs-son ma’nosi uch qavat ifodalovchiga ega. Demak, yoyilish (kengayish) mustahkamlash asosida ham, boshqa holda ham bo‘lishi mumkin. Mustahkamlashga ehtiyoj nol darajaga tushganda yig‘iq gap ko‘rinishi vujudga keladi. Mustahkamlash mustahkamlovchining ta’kid ohangi, mantiqiy urg‘u olishi bilan quvvatlanadi.

Shunday hollar kuzatiladiki, mustahkamlash kuchayishi natijasida [Pm]ning semantik va funksional quvvati mustahkamlovchining funksional salmog‘i oldida sezilarsiz holga tushishi mumkin. Bu, odatda, kesimdagi [W] ning ifodalovchisi ismlarga mansub, [Pm] zamoni hozirgi zamon bo‘lganda yuz beradi: Men o‘qituvchi. Biz ishchi. Sen shifokor kabi. Bunda ega tushirib qoldirilsa, kommunikativ ifoda nol darajaga tushadi. [WPm]ning [Pm] qismi ifodalanmishi uchun qurshov va ega kengaytiruvchisi ifodalovchi sifatida yuzaga chiqadi. Kesimning [W] qismi egasiz nomustaqil holga tushadi. Natijada kesimning nomustaqil ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Bu nomustaqillikni nomustaqil kesimlik shaklidan farqlash lozim, albatta. Nomustaqil kesimlik shaklida [Pm] ifodalovchisi mavjud bo‘lib, u ma’no anglatishda nomustaqil bo‘ladi. Ya’ni uning ma’nolaridan qaysisi yuzaga chiqayotganligi, ma’nolarini farqlash uchun qurshov zarur bo‘lsa, nomustaqil kesim [Pm] ma’nosini ifodalay olmayotganligi uchun egaga zarurat tug‘ilganligi sababli nomustaqil sanaladi. Demak, nomustaqil kesimlik shakli va nomustaqil kesim tushunchalari prinsipial farqlarga ega. Nomustaqil kesim mavjud bo‘lganda gapqurilishi kesimlik shakllari rivojlanmagan Hind-Yevropa tillari gap qurilishiga monandlik kasb etib, [E-P] qolipiga tushadi. qiyoslang: Men ishchi. Ярабочий. I am a worker.

Ko‘rinadiki, Men ishchi gapidagi ishchi uzvida [Pm] nol ifodalovchiligina emas, balki mutlaqo ifodalovchiga ega emas. Demak, kesim egasiz mutlaqo yuzaga chiqmaydigan bunday gaplar ham o‘zbek tili sintaktik qurilishida yig‘iq gapning o‘ziga xos shakli sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday gaplarning yig‘iq gaplar sifatida qaralishi yangi hodisa emas. Uning yig‘iq gap ekanligi o‘zbek formal tilshunosligida ham aytilgan. Zero, u rus tilidagi [egaQkesim] tipik qolipli yig‘iq gaplarning aynan o‘zi, sintaktik universaliyaning yorqin namunalaridan biri edi.

O‘zbek tilshunosligida so‘z-gaplar 50-yillarga qadar darslik va qo‘llanmalarga

kiritilmagan. 50-yillardan so‘ng chop etilgan tilshunos S.Usmonovning “Undov gaplar” nomli qo‘llanmasi bu sohadagi ilk qadam bo‘ldi. Professor S.Usmonov o‘zining mazkur kitobida undov so‘zlarning sintaktik vazifasini, ya’ni ular mustaqil so‘z-gap vazifasida kelishini birinchilardan bo‘lib asoslab berdi.

O‘zbek tilidagi so‘z-gaplarni formal-funksional tahlil qilgan R.Bobokalonov ularning semantik va struktur mohiyatini ochar ekan, bunday gaplarning strukturasida kesimlik qo‘shimchalari mutlaqo yo‘q bo‘lib, atov birligi o‘zida ham lug‘aviy ma’noni, ham kesimlik ma’nolarini yaxlit holda tashishini ta’kidlaydi. “Kesimlik ma’no va vazifalari [W]ning o‘zida mujassamlashgan bo‘ladi va ularning shunday lisoniy birliklarini tashkil etadiki, gap yoki gap markazi vazifasida kelish ham, kesimlik ma’nosini ifodalash ham ularning ontologik tabiatida birlashgan bo‘ladi. Shu sababli grammatik shakllangan gaplarning minimal qolipini [WPm] sifatida bersak, semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarning eng kichik qurilish qolipi ramzini [WP] sifatida berish ma’qul. Bu ramz kesimlik ma’no va vazifasini [W]ning ichida, uning tarkibiy qismi sifatida mavjudligiga ishoradir. Shu bilan birga, bu ramz xuddi shunday gaplarda kesimlik qo‘shimchalari (markerlari)ning bo‘lolmasligiga, shuning uchun bunday gaplarda [WPm] qurilishli sodda gaplarda bo‘ladigan kesimlik ma’nolarining rang-barangligi ham xos emasligiga ayni bir zamonda ishora qilib turadi”.

Semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarning kesimlik qo‘shimchalaridan xoliligi ularning kengaymasligiga asosdir. Bu esa, o‘z o‘rnida, uning ma’no imkoniyatlari chegaralanganligi, grammatik shakllarni talab etmasligi, har qanday so‘zlar bilan birikish imkoniyatidan mahrumligi, gapda bajaradigan vazifasi cheklanganligi xususiyatlariga egaligini keltirib chiqaradi.

An’anaviy o‘zbek tilshunosligida so‘z-gapning mohiyati to‘la-to‘kis ochilgan deb bo‘lmaydi. Bu borada ish olib borgan tadqiqotchilar bunday tipdagi gaplar yig‘iq gaplarning [egaQkesim] ko‘rinishli “o‘zbekcha” qolipiga mos kelmaganligidan chetlab o‘tganlar. “Tilshunoslarimiz o‘tgan asrning 40-90-yillari davomidagi taraqqiyotida bu majmua mohiyatini ochib berolmadi, ikkinchi tomondan, bu majmua funksional sintaksis tadqiqotchilari ilgari surgan sodda va qo‘shma gaplarning minimal qoliplari [WPm] va [WPm,WPm] talablariga ham javob bermaydi. Demak, formal sintaksis tahlilida bo‘lganidek, formal-funksional tahlilda ham bu geterogen (tabiatan xilma-xil bo‘lgan – R.B.) hodisalar majmui so‘z-gaplar mohiyatini ochishda to‘g‘anoq bo‘lib qoldi”[1].

Ko‘rinadiki, bu holat semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplarni ham

o‘zbek tilidagi yig‘iq gaplarning bir ko‘rinishi sifatida qarashga ilk asos bo‘lib xizmat qiladi.

Demak, gap bo‘laklarining kengayish-kengaymasligiga ko‘ra gap ikki xil

bo‘ladi: yig‘iq va yoyiq.

Qisqaruvning maksimal chegarasidagi kengaymagan minimal gap yig‘iq

gapdir. Agar yig‘iq gap tizimida [E-P] yoki [E-WP] ko‘rinishli birliklar bo‘lmaganda edi, unga “kengaytiruvchilarning ishtirok etish-etmasligiga ko‘ra” tasnifiy belgisini qo‘ygan bo‘lar edik. Ko‘rinadiki, Gap bo‘laklari qisqaruvining maksimal chegarasiga ko‘ra yig‘iq gap quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:

1. [WPm] – Yozyapman.

2. [E-P] yoki [E-WPm] – Men o‘qituvchi.

3. [WP] – Qish.

Bu qisqarishning maksimal chegarasi buzilsa, u gaplik mohiyatini yo‘qotadi.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplar. [WPm] qolipi o‘zbek nutqida voqyelangan aksariyat gaplarning barchasi uchun umumiy va majburiy bo‘lib, u aslida yig‘iq gap. Yevropa tillarida, xususan, rus tilida [egaQkesim] ramzi gapning eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o‘zida, yig‘iq gapni ifodalasa, shuningdek, bu tillarning turkiy va kesimlik shakli rivojlangan boshqa tillardan ontologik farqini ifodalasa, o‘zbek tili gaplarining eng kichik qurilish qolipi bo‘lmish [WPm] ramzi gapning bu tildagi eng kichik qurilish qolipini va bir vaqtning o‘zida, yig‘iq gapning bir turini ifodalab, shuningdek, bu tillarning Yevropa va kesimlik shakli rivojlanmagan boshqa tillardan substansional farqini ko‘rsatuvchi barqaror belgisi ham hisoblanadi.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplarda W va Pm komponentlari yoyiq gaplardagidan shaklan farqlanmaydi. Pm yig‘iq gaplarda turlicha struktur ko‘rinishlarga ega.

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.

“O‘zbek tilining struktural sintaksisi” kitobi mualliflari ta’kidlashganidek, o‘zbek tili yig‘iq gaplarda kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:

1. [Pm]ning ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ay. Ishla-ylik. Yur-di. Belgilangan qo‘shimchalar (-y, -ylik, -di)dan har birida shaxs-son, zamon, tasdiq-inkor, mayl ma’nolari birgalikda umumiy ifodalanmishga egadir. Masalan, Bor-ay gapidagi -ay qo‘shimchasi birinchi I shaxs (II shaxs Bor), birlik (ko‘plikda Boraylik) kelasizamon,tasdiq (-may uning inkor shakli), buyruq-istak mayli (bunda –sin, -ng, (masalan, Borsin. Boring) bilan assosiativ munosabatga kirishadi), ma’nolariga ega. Bunday holatni Borsa. Yozsa gaplari Pm voqyelantiruvchilari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1. Bor! 2. Qish.

2. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor alohida shakl orqali, modallik, zamon, shaxs-son ma’nolari esa yaxlit ifodalanadi: Bor - ma – di. Kel – di.

3. [Pm] tarkibida shaxs-son ma’nosi alohida shakl orqali, tasdiq-inkor,

modallik, zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-sa–ng. Kel-sa–ngiz.

Bil - di – mi?

4. [Pm] tarkibida tasdiq-inkor, shaxs-son alohida-alohida shakl orqali, modallik va zamon ma’nolari yaxlit ifodalanadi: Bor-ma-di-ngiz.

5. [Pm]ning har bir ma’nosi alohida shakl orqali ifodalanadi: Bor-ma-sa-ydi-ngiz.

6. [Pm] ma’nolarini ifodalashga bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l xizmat qiladi. Masalan:

Ishchi bo‘laman. Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi (Uyg‘., I.Sult.)

7. [Pm] ma’nosini ifodalovchi vositalar harakat tarzi shakllari tarkibida keladi: Baqirib yubordi. Bora ko‘rma.[2]

[WPm] qurilishli yig‘iq gaplar kommunikativ niyat va uning ifodalanishi bilan yoyiq, shuningdek, ba’zan yig‘iq gaplardan farqlanadi.

[WP] qurilishli yig‘iq gaplar. O‘zbek tilshunosligida gapning eng kichik qurilish qolipi [WPm] sifatida talqin etilgach, ba’zi o‘rinlarda ziddiyatli, izohtalab nuqtalar ham vujudga keldi. Chunki tilimizda shunday so‘zlar borki, ular o‘zining alohida belgilari bilan mustaqil so‘zlardan ham, yordamchi so‘zlardan ham, sodda yoki qo‘shma gaplardan ham farq qiladi. Bu so‘zlar – bo‘laklarga ajralmaydigan gap yoki so‘z-gapdir.

So‘z-gap mustaqil grammatik hodisa bo‘lib, o‘zbek tilshunosligida ular turli xil atamalar bilan talqin etilgan.

Tilshunos olim, professor A.G‘ulomov so‘z-gaplarni “undash gaplar” sifatida e’tirof etsa, M.Mirzayev, S.Usmonov, I.Rasulovlar o‘zlarining “O‘zbek tili” darsliklarida so‘z-gaplarni “bo‘laklarga bo‘linmas gaplar” tarzida talqin etadilar.

O‘zbek tilidagi so‘z-gaplar mohiyatan gap maqomidaligi, gapning boshqa markaziy va kengaytiruvchi qismlari bilan faqat mazmunangina bog‘lanishi, o‘z kommunikativ vazifasini kesimlik kategoriyasi shakllarisiz namoyon qilishi, semantik strukturasining odatiy gaplardan keskin farqlanishi bilan ajralib turadi. Masalan, Boysun yo‘lidan borganmisiz? – Yo‘q. Bormaganman. Bu so‘roq gapning javobi ikki gapdan iborat. Ulardan birining kesimi bormaganman so‘zi bilan ifodalangan bo‘lib, rang-barang kesimlik shakllariga ega bo‘la oladi (bormaganman, bormagansan; bormagan edim, bormagan eding;bormagan bo‘lsangiz va h.k.) Yo‘q so‘zi esa yakka o‘zi gap bo‘lib kelyapti va kesimlik shakllariga ega emasligi, ya’ni kesimlik ko‘rsatkichlarini qabul qilmaganligi bilan ajralib turadi. “So‘z-gaplar shunday so‘zlarki, gap vazifasida qo‘llanish, ularning lug‘aviy, ichki ma’nosidan o‘rin olgan va ular boshqa so‘zlar kabi kesimlik shakli qo‘shimchalariga muhtoj emas. Lekin qo‘llanishda so‘z-gaplar ohang, matn bilan bog‘liq bo‘ladi». “Maxsus ohang bilan talaffuz qilinadigan, ammo biror hukm yoki mavjudlik ifodalamagan so‘z va so‘z birikmalari atov gap bo‘la olmaydi. Ular so‘z-gapni tashkil etadi... Bunday gaplar tobe yoki hokim bo‘laklarni talab ham etmaydi,ularda biror bo‘lakning “yashiringani” ham sezilmaydi. Ular aytib o‘tilgan fikrga modal munosabatni ifodalaydi”.

So‘z-gaplarning qo‘llanish doirasi ancha tor va xususiyatlari ziddiyatli bo‘lgani uchun ularning tadqiqi va tatbiqi doim «keyin»ga ko‘chirib kelingan.

XX asrning 90-yillaridan boshlab o‘zbek tilshunosligida so‘z-gaplar atroflicha

o‘rganila boshlandi.

Tilshunos olim G‘.Abdurahmonov so‘z-gaplar haqida alohida to‘xtalib, ularni ma’no va vazifasiga ko‘ra besh guruhga:

1.Tasdiq bildiruvchi so‘z-gaplar.

2. Inkor so‘z-gaplar.

3. So‘roq so‘z-gaplar.

4. His-tuyg‘u so‘z-gaplar.

5.Modal so‘z-gaplarga bo‘lsa, R.Bobokalonov ularni to‘rt guruhga bo‘ladi:

Modallar.

Undovlar.

Tasdiq-inkorlar.

Taklif-xitoblar.

Bu so‘z-gaplar so‘zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabatini (modallar), kishilarning his-tuyg‘ularini, haydash, to‘xtatish kabi xitoblarini buyruqlarni (undovlar) ifodalaydi. Masalan: 1. “Hoy! Kim bor?» - deb chaqirdi eshik tabaqasini biroz ochib Anzirat xola. (O.Muxtor). 3. – Labbay! Ukajon, hozir chiqaman,-deb Zebiniso darrov o‘rnidan turdi. (Oybek). 4. Mang! Komilaxon, bu kitobni oling. 5. Kecha bir voqyeaning guvohi bo‘ldim. – Qani! So‘zlang-chi! 6. Ko‘p gapirish ko‘p bilishdanmi? – Yo‘q. 7. Kam gapirish ko‘p bilishdanmi? – Ha.

So‘z-gaplarning kattagina qismi mustaqil so‘zlardan (shukur, rahmat, mayli, yo‘q, shubhasiz, ehtimol, sira), so‘z birikmalaridan (har holda, har qalay), gaplardan (xudo xohlasa, nasib bo‘lsa) o‘sib chiqqanligi uchun mustaqil so‘zlar, so‘z birikmalari va gaplar bilan aloqalari hozir ham sezilib turadi.

Gapning semantik va sintaktik qurilishi qolipi va propozitiv strukturasi o‘rtasidagi munosabat (o‘zbek tilidagi yo‘qlik-mavjudlik belgisi misolida) D.Lutfullayevaning doktorlik dissertasiyasida atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, «so‘z-gaplar ixcham gap sifatida ma’no va vazifasi jihatdan xoslanganligi tufayli ular sodda gaplar tarkibida kelganda ham boshqa bo‘laklar bilan bog‘lanmaydi, ulardan ajralib turadi». Mualliflar, yuqorida aytilganidek, ixcham gap atamasini bizning talqinimizdagi yig‘iq gapga nisbatan qo‘llashgan. Shunday ekan, so‘z-gaplar mustaqil gap bo‘la olish qobiliyatiga ega bo‘lganligi sababli ularga nisbatan semantik-funksional shakllangan so‘z-gaplar atamasi ham uning o‘zida so‘zlik va gaplik xususiyatlarini mujassamlashtirganligi uchun qo‘llansa, yig‘iq gap atamasi esa kengaymaganligi va shunday xossaga ega bo‘lganligi uchun qo‘llanadi. Shuningdek, ular atipik gaplar (Bobokalonov, 26-bet) ham deyiladi. Bunday gaplar hodisaning lug‘aviy tomoniga ishora qilib turadi va sintaktik vazifa bajarishi jihatidan faqat gap markazi vazifasida kela olishi bilan farqlanadi.

Kesimlik ma’nosi so‘zning lug‘aviy ma’nosi va so‘zning egallagan sintaktik pozisiyasi hamda morfologik shakllanmaganligidan anglashilib turganligi uchun formal-funksional sintaksis tadqiqotchilari bunday gaplarning lisoniy qolipini [WP] ramzi bilan belgilaydilar.

O‘zbek tilida [E-P] ko‘rinishli yig‘iq gaplar. Aytilganidek, o‘zbek tili

sintaksisini «baynalminallashtirgan» va «sintaksis internasional» degan xulosani bergan formal o‘zbek tilshunosligi tilning grammatik qurilishini ko‘p hollarda uning o‘z ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib emas, «balki rus tilining grammatik-semantik qurilishi tabiatidan kelib chiqib ag‘darmachilik zaminida» yaratdi. «Fanimizda gap qurilishi tahlili, dastlab Hind-Yevropa tilshunosligida G‘arbiy Yevropa tillarining sintaktik qurilishi tahlili asosida qo‘lga kiritilgan gapning asosi (mantiqiy hukm kabi) ikki bosh bo‘lakdan – ega va kesimdan iboratligi va eganing mutlaq hokimligi asosida amalga oshirildi». Lekin 80-yillarga kelib, fanimizda sistemaviy – struktural tadqiqotlar kuchaya borishi bilan bog‘liq ravishda Hind – Yevropa tilshunosligi va G‘arbiy Yevropa tillarning o‘ziga xos sintaktik qurilishi bilan aloqador bo‘lgan va, takror bo‘lsa-da, aytish lozimki, gap negizining «ega-kesim»dan iborat» ekanligi haqidagi fikrlar o‘zbek tili sintaksisi uchun muvofiq emasligi oydinlasha bordi. Bunga sabab, o‘zbek substansional tilshunosligining vujudga kelishi hamda «turkiy gapning turkona- kesim markazli qurilishini ochishi, uni [WPm] sifatida ko‘rsatishi” bo‘ldi. Shu asosda ona tilimizning grammatik qurilishi butunlay yangicha talqin etildi. [WPm] – gapning eng kichik qurilish qolipi asosida faqat kesimlik ko‘rsatkichlari (zamon, shaxs, mayl) bilan shakllangan gaplar berildi. «Lekin tilimizda Yevropa (xususan, G‘arbiy Yevropa – roman, german tillar guruhiga mansub) tillarida keng tarqalgan [E-P] qurilishli (ya’ni, eganing ifodalanishi shart va majburiy

bo‘lgan) gaplar ham yashirin imkoniyat sifatida xos»ligi aniqlandi.

Masalan: Men o‘qituvchi. U - shoir.

Bunday gaplar o‘zbek tilida ot kesim qurilishi ko‘rinishida bo‘lib, ba’zi tilshunoslar bu shakldagi gaplarni rus tili ta’sirida paydo bo‘lgan degan fikrni aytdilar. Lekin [E-P] qurilishli gaplar tilimizda qadimgi davrlardanoq yashirin imkoniyat sifatida xos bo‘lgan. Hatto Mahmud Koshg‘ariy o‘zining «Devonu lug‘otit turk» asarida [E-P] qurilishli sifatdosh kesimli gaplar turkiy tillar qurilishiga qadimdan xosliginiquyidagi misollar orqali izohlaydi: Men yay qurduq. Biz yay qurduq. Sen yay qurduq. Siz yay qurduq. U yay qurduq. Alar yay qurduq.

Hozirgi o‘zbek tilida ba’zi gaplarda kesimni shakllantiruvchi maxsus morfologik ko‘rsatkichlar bo‘lmasa-da, bu gaplarning kesimidan zamon, shaxs–son, tasdiq va aniqlik ma’nolari anglashilib turadi. Masalan: Bu yer - maktab gapida kesim maktab so‘zi bo‘lib, u morfologik ko‘rsatkichsiz shakllangan. Ammo bu gapda ham III shaxs, birlik, hozirgi zamon, tasdiq va aniqlik mayli ma’nolari anglashilib turadi.

Hozirgi o‘zbek tiliga xos bo‘lgan Men - o‘qituvchi. Siz – shifokor. U - talaba kabi gaplar esa rus tili ta’siri asosida shakllanmagan. Bu shakldagi gaplarni biz tilimizda yashirin imkoniyat sifatida mavjud ekanligini bilishimiz darkor.

[E-P] qurilishli gaplar mavjudligini faylasuf shoir G‘.G‘ulomning «Men – yahudiy» she’rida ham uchratishimiz mumkin. Shoir bu asarida xuddi «shu gapni (hamisha ta’kid ma’nosini kuchaytiruvchi eksplisit – ifodalangan ega bilan) yetti marta qo‘llaydi». Lekin G‘.G‘ulom o‘z asariga «Men – yahudiy» deb sarlavha qo‘yadi. Bu yerda «Men gapning zaruriy - majburiy – struktur qismi» bo‘lib, unda faqat ta’kid ma’nosi berilmagan, balki fikr zaruriy tarkibiy qism sifatida aks ettirilgan.

Demak, aytish mumkinki, o‘zbek tilida gapning turkona – kesim markazli

qurilishi [WPm] qolipi asosida shakllangan. Shu qolip asosida shakllangan gaplarni sodda yig‘iq gap deb atash imkoni mavjud. Bunda gap kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllanishi shart. Biroq nutqimizda ot(ism) kesimli gaplar ham qadimdan mavjud bo‘lganligi tufayli sodda yig‘iq gapning egasi ifodalanishi shart bo‘lgan ko‘rinishi ham mavjud. Agar bunday gaplar qurilishidagi ega tushirib qoldirilsa hamda O‘qituvchi. Talaba shaklida berilsa, fikr faqat qayd mohiyatini aks ettirib, atov gap sifatida namoyon bo‘lishi mumkin va gapning kommunikativ substansiyasi butunlay o‘zgarib ketadi. Shunga ko‘ra, o‘zbek tilining substansional sintaksisida [egaQot-kesim] ko‘rinishida namoyon bo‘luvchi Sen – shifokor tipidagi yig‘iq gaplarni [EQWP] qolipi asosida ifodalash mumkin. Bunda Sen so‘zi qolipning [E] uzvi

voqyelanishi bo‘lsa, shifokor birligi [WP]ning voqyelanishidir.

Ko‘rinadiki, o‘zbek tilshunosligining substansional sintaksisida sodda yig‘iq gaplarning qurilish qolipi faqat [WPm] ko‘rsatkichli emas, balki [E-WP] tarzida ham berilishi mumkin. Bunda [Pm] unsurining [P] qismi qoldirilib, [m] qismi tushirilganligining sababi shundaki, kesim vazifasida kelayotgan so‘zda markazlik xossasi morfologik ko‘rsatkichsiz namoyon bo‘lgan, u ega va kesimning o‘zaro munosabatidan yuzaga chiqadi.

Gap nutqiy hosila sifatida xilma-xil, cheksiz ko‘rinishga ega. Gap nutqda voqyelanar ekan, unda lisoniy va nolisoniy omillar uyg‘unlashadi. Va shu asosda, lisoniy sistemaga berilgan unsurlarning “bir xil shaklliligi” tamoyili mo‘tadillashib, u “har xil shakllilik” belgisiga ega bo‘ladi. Chunki nutqiy gapda sof lisoniy birliklar bilan birga, nutqning boshqa vositalari nutq vaziyati, so‘zlovchi va tinglovchining yosh va xarakter-xususiyati, kommunikativ maqsadi, nutq sharoiti kabi qator omillar gapga “yopishadi” va yaxlitlik kasb etadi. Yaxlitlik esa sistemadir. Lekin nosintaktik hodisalar bilan qorishgan birlik qanchalik cheksiz turlanmasin, lisoniy sathdagi umumiylik barqaror holda saqlangan bo‘ladi. Bu umumiylik gapning eng kichik sintaktik qolipidir. Ma’lumki, gapning eng kichik sintaktik qolipini aniqlash uchun gap nosintaktik hodisalardan xoli qilinadi va fikrni ifodalay oladigan, hokim bo‘lak – kesim vazifasidagi so‘z shakli qoladi. Ayni shu so‘z shakli uchun [WPm] qolipi qabul qilindi. [WPm] ning rang-barang xususiyatlari haqida yuqoridagi fasllarda so‘z yuritildi va uni gapning eng kichik qurilish qolipi – lisoniy birlik har qanday ong birligi kabi bevosita kuzatishda berilmagan deb ta’riflandi.

Gapning umumiy qolipini tiklash va shakllantirishda barcha atov birliklari uchun umumiy bo‘lgan bitta xususiyat – “atash ma’nosi” va unga kesimlik maqomini beruvchi vositalar uchun “kesimlikni shakllantirish” vazifa va ma’nosi olindi. Zero, bu qolipning tarkibiy qismi bo‘lgan [W]ning ham, [Pm]ning ham o‘ziga xos minglab juz’iy xususiyatlari mavjud. Tadqiqotchi M.Abuzalova [W]ni ifodalanish shakllariga ko‘ra dastlab ikki turga bo‘ladi:

Ot, sifat, son, olmosh turkumiga oid so‘zlarning [W] vazifasida kelishi.

Fe’lning [W] vazifasida kelishi.

Nutq bosqichida esa kesimning ot yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyatlari

J.Omonturdiyev tomonidan o‘z vaqtida tadqiq qilingan. U “kesim fe’l bilan ifodalansa ham, ot bilan ifodalansa ham, predikativlikni ifodalashi, ega haqidagi hukmni bildirishi”ni aytgan. E.Benvenist esa fe’l predikat bilan birga, ot predikat mavjudligini e’tirof etadi. Tilshunos olim T.Akromov lisoniy sathda ot so‘z turkumi kesim vazifasida ham kelishini va bunda eganing belgisini bildirishini ta’kidlaydi: “O‘zbek tilida ham ot kesim, sifat, son va ravishlardan ifodalanib, egadan anglashilgan shaxs, predmet, hodisaning predmetlik belgisi, sifat-xususiyati, jinsi, holati, son-miqdori, mavjudlik o‘rni, materiali va shu kabi xilma-xil belgilarni bildiradi”.

Ko‘rinib turibdiki, kesimning ot (aslida, ism) yoki fe’l bilan ifodalanish xususiyati nutq bosqichida keng o‘rganilgan. Shuningdek, yuqorida qisman qolipning Pm qismi ifodalanishiga [WPm] qolipli yig‘iq gaplar misolida to‘xtalindi. Shu sababli quyida gap markazini – kesimni – otli yoki fe’lli kabi turlarga ajratib, [WPm] ning [W] qismi nutqiy voqyelanishi – ifodalanish shakllari ko‘rsatib o‘tiladi.

1. Yig‘iq gapning nutqiy voqyelanishida [W]ning fe’l bilan ifodalanishi: O‘qiding. Borgin. Keladi. Kuylasin. Sotib oldim.

2. Yig‘iq gapning nutqiy voqyelanishida [W]ning ism bilan ifodalanishi:

a) ot bilan: O‘qituvchiman. Shifokordirsiz.

b) sifat bilan: Chiroylidir. Tiriksan. Nodonsan.

v) son bilan: O‘ntamiz. Birinchisiz. O‘ttizdaman.

g) olmosh bilan: Menman. O‘zingsan.

Shuningdek, mazkur vazifada sodda so‘zlar bilan birga, qo‘shma so‘zlar, so‘z birikmalari, frazemalar ham kela oladi va [W]ning aksidensiyalarini namoyon qiladi, ularning barchasi xususiylik sifatida bir qator o‘ziga xosliklarga ega bo‘ladi. Masalan:

[W] vazifasida:

a) qo‘shma so‘zlarning kelishi: Ustabuzarmonsan. Olib qochdim. Ishlab chiqardi.

b) frazemalarning kelishi: Yuragi yorila yozdi. Kapalagi uchib ketdi. Ko‘zim tushdi. Ko‘zlari to‘rt bo‘ldi kabi.

[Pm] ham avvalgi bo‘limlarda ta’kidlanganidek, tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ko‘rsatkichlarini o‘zida mujassamlashtirgan yaxlitlikdir. Bu ko‘rsatkich bir butunlik sifatida umumiylik deb olinadigan bo‘lsa-da, uning ham o‘ziga xos ifodalanish shakllari bor.Bu haqda yuqorida qisman to‘xtalindi. Bu shakliy turli-tumanlik faqat nutqda mavjud bo‘lib, ularning birortasi ham gapning sintaktik qurilishiga ta’sir etmaydi.

Ma’lumki, o‘zbek tilida shakliy ifodalanishiga ko‘ra [Pm] o‘ta rang-barang. U nol morfemadan boshlab, morfemalarning yig‘iq, yoyiq ko‘rinishlari hamda bog‘lamalar bilan ifodalanishi mumkin. Shuning uchun uning muayyan nutqiy voqyelanishlari bu qolip tarkibidagi qismlar orasida hissasi hamma vaqt ham bir xil bo‘lavermaydi. Ba’zi hollarda bir ma’no bo‘rttirilsa, uning ikkinchi ma’nosi zaiflashadi.Tilshunos B.Mengliyev ta’kidlaganidek, masalan, «modallik ma’nolari bo‘rttirilganda zamon ma’nosi zaiflashadi va, aksincha, zamon ma’nosi bo‘rttirilganda, modallik, mayl ma’nosi susayadi. Shunga o‘xshash boshqa grammatik ma’nolarning ifodalanish darajasi ham xilma–xil bo‘lishi mumkin. Bu ma’nolar ifodalanish darajasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, u [Pm]da mutlaq yoki yagona bo‘lishi, shuningdek, o‘ta zaiflashib kelishi yoki tamoman yo‘qolgan bo‘lishi ham mumkin emas». Hatto kesimlik kategoriyasi tarkibidagi birorta ma’noning tamoman yo‘qolishi natijasida uning, ya’ni kesimlik kategoriyasining o‘zi ham butunlay yo‘qoladi yoki boshqa mohiyat kasb etadi.

Gapning sintaktik qurilishida uning hajmi muhim ahamiyatga ega. “Gap hajmi qanchalik katta bo‘lsa, unda shuncha ko‘p bo‘linish (bo‘laklarga ajratish) mavjud bo‘ladi”. Ma’lumki, har qanday hajmli gapda aktual bo‘linish ikki qismdan–tema(ma’lum) va rema(yangi)dan iborat bo‘ladi. Bu atamalar hozirgi kunda ba’zi adabiyotlarda «yangi» va «ma’lum» terminlari ostida beriladi[3].

Gaplar nutqda turlicha namoyon bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, nutqda ishtirok etayogan nosintaktik – nolisoniy omillarning ishtiroki darajasi turlicha bo‘ladi. So‘zlovchiga bog‘liq bo‘lgan (subyektiv) va bog‘liq bo‘lmagan (obyektiv) omillarning turli darajada birlashuvi uning aktual bo‘linishini tadqiq qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, gapning aktual bo‘linishi bilan sintaktik bo‘linishining o‘zaro munosabatida muvofiqlik va nomuvofiqlik holatlari kuzatiladi. Chunki so‘zlovchining maqsadi va nutq sharoitiga bog‘liq ravishda gaplarning qurilishi turlicha tus oladi. Agar aktual bo‘linish bilan sintaktik bo‘linish munosabati o‘zaro muvofiq kelsa, ega yoki ega guruhi temani, kesim yoki kesim guruhi remani ifodalaydi. Bunda nutq vaziyatiga muvofiq ravishda gaplarning qurilishi va, unga muvofiq, aktual bo‘linishida me’yoriy holatlar kuzatiladi.

Bizga ayonki, ma’lum–yangi munosabatli jumlalar ko‘proq ikki tarkibli sodda gaplarda uchraydi. Masalan:

Nutqiy hosila

U


shoir

qolipi


[S- P]

Aktual bo‘linishi

T

R

Nutqiy hosila



Bulbullar

sayradi


qolipi

[S - WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Ba’zan aktual tuzilish bilan sintaktik tuzilish o‘zaro mos kelmasligi yoki sintaktik bo‘linishga ega bo‘lgan muayyan gap yoki birjumla ayni vaziyatda aktual bo‘linishga ega bo‘lmasligi ham mumkin. “Bunday holatlarda jumla yaxlitligicha yangi xabarni ifodalab, to‘liq diktal so‘roqqa javob bo‘ladi”. Masalan:

Qor yog‘di. – Nima bo‘ldi?

Ko‘rinadiki, jumla aktual tuzilishining semantik tuzilish bilan ham munosabati

o‘ziga xos. “Agar jumlada subyekt tema funksiyasida, predikat rema funksiyasida kelsa, aktual tuzilish semantik tuzilishga muvofiq keladi. Tema funksiyasida subyektdan boshqa semantik bo‘laklar kelganda esa bu moslik buziladi”.

Er boyligi – yo‘lda,

So‘z boyligi – tilda. (O‘zbek xalq maqoli)

Bu misolda bog‘lovchisiz qo‘shma gapning egalari temani, kesimlar esa remani tashkil etmoqda.

Tema–rematik va grammatik moslik ko‘proq Hind-Yevropa tillari oilasiga xos. Chunki bu tillarda kesim egasiz ifodalanmaydi va bir tarkibli gaplar bu tillar uchun umuman xos emas. Yuqorida keltirilgan Tы chital. Ya uchitelnisa.Zdorovы li vы? kabi misollarda subyekt, ya’ni egalar (ya, tы, vы) temani, predikatlar, ya’ni kesimlar (chital, uchitelnisa, zdorovы) remani tashkil etadi va ma’lum – yangi munosabatli jumlalarni hosil qiladi hamda «tinglovchi uchun faktdan – xabar, dalildan boshlanib, noma’lum yangi fakt – xabar, dalil tomon yo‘naladi va bunda “tema” bilan “rema”ning “ma’lum” bilan “yangi”ga to‘liq mos kelishi kuzatiladi”.

Lekin turkiy tillarda, xususan, o‘zbek tilida kesim shaxs–son jihatdan mukammal shakllangan va uning morfologik tarkibi ega haqida to‘liq ma’lumot bera oladi. Shuning uchun u egasiz ham gapni hosil qilaveradi. Masalan, rus tilidagi Ya uchitelnisa gapini o‘zbek tilida O‘qituvchiman deb bersa ham bo‘laveradi. O‘zbek tilidagi bunday sodda yig‘iq gaplarning aktual bo‘linishi semantik tuzilishi bilan mos kelmaydi. O‘qituvchiman gapida o‘qituvchi axborotni, ya’ni yangi xabarni bildirgani uchun remani, shaxs-son ko‘rsatkichi, ya’ni ishora semasi bo‘lgan –man esa temani tashkil etyapti:


Nutqiy hosila

O‘qituvchi

man


Qolipi

[WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Bunda ta’kid O‘qituvchiga qaratiladi. Chunki ohang ham gapning eng muhim, xarakterli belgilaridan biri bo‘lib, u kommunikativ tuzilishni ifodalovchi eng asosiy vositadir. “Qolgan vositalar (shu jumladan, so‘zlar tartibi ham) o‘zlarining bu boradagi funksiyalarini intonasiya zamirida amalga oshiradilar. Boshqa vositalar aktual tuzilishni ifodalashda qatnashmasa, prosodik vositalar yaqqol yetakchilik qiladi». Ma’lumki, gapni aktuallashtiruvchi prosodik vositalarga urg‘u va u bilan bog‘liq bo‘lgan nutq tempi hamda pauza, ya’ni to‘xtam kiradi. Shunday ekan, yuqoridagi O‘qituvchiman sodda ixcham gapida ta’kid O‘qituvchiga qaratilgani uchun bu jumla yangi-ma’lum munosabatli jumlani tashkil etmoqda. Lekin bu gapda ta’kidni yanada kuchaytirib, Men o‘qituvchiman tarzida ham qo‘llashimiz mumkin. Chunki gapning mazmuniy–sintaktik tahlilida «kishilik olmoshining qo‘llanib-qo‘llanmasligi bayonning hissiy-nohissiyligi, aniqroq qilib aytganda, tuslanish vositasi (kesimni shakllantiruvchi vosita)ning valentligi va gapning aktual (kommunikativ, nutqiy) bo‘linishi bilan uzviy bog‘liq» (Zikrillayev G‘.)dir. Yuqoridagi misolda ta’kid kishilik olmoshiga qaratilgan bo‘lib, ayni vaqtda shu kishilik olmoshi remani tashkil etadi.


Nutqiy hosila

Men

o‘qituvchiman



Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Tilshunos G‘.Zikrillayev o‘zining «Istiqlol va adabiy til» risolasida «... o‘zbek tilida remani ta’kidlash zarurati bo‘lmasa, kishilik olmoshi ishlatilmaydi, fikr ifodalash uchun kesim (tuslanish vositasi)ning o‘zi yetarli bo‘ladi. Natijada gap birgina so‘zdan tuziladi. ... butun diqqat–e’tibor axborot uchun muhim hisoblangan so‘zga qaratiladi. Ayni paytda ixchamlik, tejamkorlikka erishiladi», - deb ta’kidlaydi va «gap rema vazifasidagi birgina so‘zdan iborat bo‘lganda xabarning bir qismi (temasi) oldingi yoki keyingi gapda muayyan vosita bilan ifoda etiladi, yo bo‘lmasa matnning umumiy mazmunidan anglashiladi», – deydi hamda Arslonbekmisiz? Soliqni aytmadingizmi? – Aytdik kabi misollarni keltiradi. Shu o‘rinda Arslonbekmisiz? Aytdik kabi sodda yig‘iq gaplarni rema deb e’tirof etadi va ularning temasi keyingi gap mazmunidan anglashiladi, degan fikrlarni ham bildiradi. Aslida esa bu yerda olmosh tejalgani bilan bu so‘zlarga gap mavqeyini berayotgan morfologik ko‘rsatkich, ya’ni Pm (-di, -k) ma’lum (tema) bo‘lib, gap kim haqida ketayotganligini shaxs-son ko‘rsatkichlari (-siz, -k) dan bilib olishimiz mumkin. Demak, bunday gaplar faqat remadan iborat emas, balki rema-tema, ya’ni yangi-ma’lum munosabatli jumlalardan tuzilgan. Arslonbekmisiz? Aytdik kabi misollarda Arslonbek, ayt so‘zlari remani, -siz, -di, -k ko‘rsatkichlari esa temani tashkil qilmoqda.

Ma’lumki, so‘z turkumlari bilan gapning funksional bo‘laklari orasida muayyan xoslanishlar bor, ya’ni ma’lum bir so‘z turkumi ma’lum bir sintaktik vazifani bajarishga xoslangan bo‘ladi. Shunday ekan, «so‘z turkumlari va ularning morfologik shakllari gapning sintaktik qurilish ashyolari (materiallari) hisoblanadi» (O.Bozorov) hamda ular tema (ma’lum) va rema (ma’lum)ga ham befarq emas. Ya’ni so‘z turkumlarinig gapdagi vazifasi ularning tema-rematik munosabatiga ham bog‘liq.

Sodda yig‘iq gaplarda ot turkumidagi so‘zlar ega vazifasida kelganda, bu turkumdagi so‘zlarning tipik vazifasi temani ifodalashdan iborat bo‘ladi. Masalan: Yoz issiq. Jimlik hukmron. Bu sodda yig‘iqgaplarning egasi, ya’ni yoz, jimlik kabi so‘zlar tema (ma’lum)ni, kesimlari – issiq, hukmron so‘zlari esa remani tashkil etadi.

Otlar kesim vazifasida yoki kesim guruhi tarkibida kelganda ko‘pincha rema vazifasini bajaradi. Aytilganidek, sodda yig‘iq gaplar uch xil ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:

Egasi ifodalanmagan sodda yig‘iq gap. Bu gaplarning qolipini [WPm] tarzida bergan

edik.

Egasi ifodalanishi lozim bo‘lgan sodda yig‘iq gaplar. Bu gaplar [E-P] ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.



So‘z-gapdan iborat yig‘iq gap ([WP]).

Shunga ko‘ra, birinchi ko‘rinishdagi [WPm] qolipli gaplarda ism kesim ot bilan ifodalanganda, ya’ni, oo Shifokordirsiz gapida W qism, ya’ni shifokor – remani, Pm qismi esa, ya’ni -dirsiz ko‘rsatkichi temani tashkil etadi. Xuddi shuningdek, bu qolipli gaplarda ism kesim sifat, son, olmosh, ravish bilan ifodalanganda ham, W remani, Pm temani bildiradi. Masalan: Chiroylidir. A’lochiman. Nodonsan. O‘ttizdaman.

Egasi ifodalanishi shart bo‘lgan [E-P] ko‘rinishli sodda yig‘iq gaplarda ham sodda ot kesim remani tashkil etadi. Masalan:

Nutqiy hosila

Suv

gavhar


Qolipi

[E - P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Sifatlar aniqlovchilik vazifasidan kesim vazifasiga olib o‘tilganda, mustaqil holda rema maqomiga ega bo‘ladi.

Nutqiy hosila

Atrof


Suvlar

Osmon


jimjit tiniq

ko‘m-ko‘k

Qolipi

[E - P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Sonlar ham, sifatlar ham atributiv holatlarda rema maqomida bo‘ladi. Lekin sifatlar otlashganda yoki ega guruhida kelganda, tema shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan, Yaxshilar ko‘paysin.

Bu yig‘iq gapda ega ma’lumni, kesim esa yangini ifodalamoqda.

Otlashgan sonlar esa vaziyatga qarab, yig‘iq gaplarda tema ham, rema ham bo‘lib kelishi mumkin:

Nutqiy hosila

Beshovi


keldi.

Qolipi


[E-WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kulgan


uchovi

Qolipi


[E -WPm]

Aktual bo‘linishi

T

R


Sonlar odatda kesim vazifasini bajarganda mustaqil holda rema maqomida bo‘ladi. Masalan: Ikki o‘n besh – bir o‘ttiz. Kitobim beshta.Shuningdek, nutqiy maqsad va vazifaga ko‘ra olmoshlarning aksariyati tema (ma’lum)ni ifodalashga xizmat qiladi. Chunki ular boshqa so‘z turkumlari o‘rnida qo‘llanganligi sababli xabar tinglovchi uchun kommunikativ jihatdan yangi emasligini ko‘rsatadi. «Lekin bu olmoshlarning har doim tema funksiyasida kelaverishini bildirmaydi». Chunki tema va rema har doim ham ma’lum va yangiga mos kelavermaydi.

Ko‘proq gapning tema qismini ifodalashda kishilik, ko‘rsatish, o‘zlik, belgilash va gumon, bo‘lishsizlik olmoshlari ishtirok etadi:


Nutqiy hosila

Ular

ketishdi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Bu

kitob


Qolipi

[E-WP]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Hamma

yig‘ildi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kimdir

keldi.


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy maqsad va vazifa so‘zlovchi yoki tinglovchini ta’kidlashni taqozo qilsa, kishilik olmoshlari qo‘llanadi. Bunday paytda gap kamida ikkita so‘zdan iborat bo‘lishi kerak.

Ba’zi sodda gaplarning egasi juft so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin. Masalan: Sen-u men boramiz. Bu gapda ega vazifasini ikkita subyekt – juft so‘z shaklidagi olmosh bajarib, rema maqomida kelmoqda. Chunki ushbu misolda so‘zlovchi va tinglovchini ajratib ko‘rsatish, ta’kidlash uchun juft olmoshdan foydalanilgan va bu juft olmoshlar ma’lum xabarni emas, ta’kidni bildirgani sababli rema vazifasini bajarmoqda:

Senu men boramiz.

R - T

Bunda tema–rematik siljish yuzaga kelib, yangi-ma’lum munosabatli jumlalar paydo bo‘lgan. Xuddi shuningdek, so‘roq olmoshlari ham yangi-ma’lum munosabatli jumlalarni ifodalashga xoslangan bo‘ladi. Chunki so‘roq olmoshlari ko‘pincha so‘roq gaplar tarkibida bo‘lib, ularning asosiy vazifasi so‘rovchiga noma’lum yangi narsa, voqyea-hodisa belgini aniqlashdir. Shuning uchun ham so‘roq olmoshlari mana shu noma’lum narsa, voqea-hodisa, belgi o‘rnida qo‘llanganligi sababli rema vazifasini bajaradi. So‘roq olmoshlari gapning barcha o‘rinlarida kela olishi mumkin. Shu sababli bu olmoshlarning vazifasini bajarayotgan remalar ham gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. Misol:


Nutqiy hosila

Bu

nima?


Qolipi

[E-P]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Nima

gap?


Qolipi

[E-WP]


Aktual bo‘linishi

R

T


Nutqiy hosila

Ukang

qayerda?


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Kim

keldi.


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

R

T


Sodda yig‘iq gaplarda ko‘pincha kesim, ya’ni fe’l–kesim remani ifodalovchi asosiy qismdir. Boshqacharoq aytganda, fe’llar remani ifodalovchi eng xarakterli so‘z turkumidir. Fe’llar “o‘zlarining barcha mayllarida rema sifatida namoyon bo‘la oladi”. Masalan, u yig‘iq gaplarda quyidagicha:


Nutqiy hosila

Gullar

ochildi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Nutqiy hosila

Qushlar

sayradi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Bitta fe’l bilan yoki qo‘shma fe’l bilan ifodalanib, yig‘iq gapni gapni hosil qilayotgan so‘zlar ham yangi xabarni bildirayotganligi uchun rema vazifasida keladi: Yozyapman. Charchadim. Yig‘lama. Sotib oldim. Lekin fe’lning xoslangan shakllari (sifatdosh, ravishdosh va harakat nomlari) sodda yig‘iq gaplarda nutq vaziyatiga ko‘ra tema vazifasida ham, rema vazifasida ham kela olishi mumkin. Harakat nomlari yig‘iq gaplarda ega vazifasida kelganda, asosan, tema maqomida bo‘ladi va tema-rematik munosabatni tashkil etadi. Qiyoslang:

Yoyiq gaplarda:

Nutqiy hosila

O‘qish

tugadi


Qolipi

[E-WPm]


Aktual bo‘linishi

T

R


Agar harakat nomlari yig‘iq gapning kesimi vazifasida kelsa, u rema maqomiga ega bo‘ladi.


[1]Bobokalonov R. O‘zbek tilida gap sintaksisi va so‘z-gaplarning sistem-struktur talqini: monografiya. -Toshkent: Fan, 2006. –B.35. Bu haqda yana qarang: Shodmonov E. Hozirgi zamon o‘zbek tilida so‘z-gaplar: filol. fan. nomz. ... diss. –Toshkent, 1970. –B.230.

[2]Qurbonova M., Sayfullaeva R., Boqieva G., Menglyiev B. O‘zbek tilining struktural sintaksisi. – Toshkent, 2004. – B. 68-69.

[3]Mahmudov N., Nurmonov A., Ahmedov A.va boshq. O‘zbek tilining mazmuniy sintaksisi:-Toshkent: Fan, 1992; Bozorov O. O‘zbek tilida gapning kommunikativ(aktual) tuzilishi: filol. fan. nomz. ... diss. avtoref.-Farg‘ona, 2004. –B. 23.


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
4-Ma'ruza. Mavzu: Gap boʻlaklari nazariyasi
Gap boʻlaklari nazariyasi
Gap boʻlaklari nazariyasi
Reja:

1. Gapning grammatik boʻlaklari. Bosh va ikkinchi darajali boʻlaklar tushunchasi. Gapning kommunikativ yoki aktual boʻlinishi. Tema – rema tushunchalari.

2.Sodda gapga markaz-qurshov tamoyili asosida yondashish. Markaz va uning qurshovi. Gap markazi. Gap va so‘z kengaytiruvchilai. Gap bo‘laklari. Gap bo‘laklarida darajalanish (kesim – ega – hol – to‘ldiruvchi – aniqlovchi)

3.Kesim va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Kesim – gap markazi va uning uyushtiruvchisi. Kesimning turlari: mustaqil va nomustaqil kesim, sodda va murakkab kesim. Fe’l kesim va ism kesim. Fe’l kesim, unda kesimlik kategoriyasining voqelanish imkoniyatlari kengligi. Fe’l kesimning tuzilish turlari va ko‘rinishlari. Ism kesim, uning grammatik shakli, ifodalanishi. Bog’lama, uning ko‘rinishlari. Ism kesim. Unda kesimlik kategoriyasining voqelanish xususiyatlari. Fe’l kesimning tuzilish turlari va ko‘rinishlari.

4. Ega va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Eganing gap qurilishidagi o‘rni. Egali va egasiz gaplar. Eganing ifodalanishi.

Gap bo‘laklari [Pm] ma’nosi bilan uzviy bog‘liq. Shu boisdan gap bo‘laklarini ko‘rib o‘tish uchun bevosita gapning «jon»ini, markazini shakllantiruvchi vosita – kesimlik kategoriyasining tarkibi, ma’nolari va ifodalanish usullariga qisqacha sharh berishi zarur. Zero, gap kengaytiruvchilari tushunchasi, ularni belgilash, shu asosda gapning struktur zaruriy va ixtiyoriy tarkibiy qismlarini ajratish gapning «yuragi», gapning gap ekanligini ta’minlovchi kesimlik kategoriyasi va uning ko‘rsatkichi, ifodalanish xususiyati bilan uzviy bog‘liq. Shu sababli, gapning gapligini, ya’ni bir nisbiy tugal fikrni boshqalarga yetkazish, ular tomonidan to‘g‘ri anglanishining eng muhim omili bu nutq bosqichida nutq sharoiti, lisoniy bosqichda esa kesimlik kategoriyasidir.

Demak, kesimlik kategoriyasi fikrni shakllantiruvchi, uni tinglovchiga yetkazishning eng muhim lisoniy vositasi, asosi hisoblanadi.

Kesimlik kategoriyasi mazmun jihatidan tasdiq-inkor [T], so‘zlovchining bayon etilgan fikrga bildirgan munosabati – modallik [M], zamon [Z] va shaxs-son [Sh] ma’nolaridan tarkib topadi (buni qisqacha shartli ravishda T, M, Z, Sh deb belgilaymiz va qulaylik uchun keyingi o‘rinlarda ana shu shartli qisqartmalardan foydalanamiz). Bu ma’nolar yaxlit holda voqelangandagina kesimlik kategoriyasi ichki mazmun tomonini namoyon qila oladi. T, M, Z, Sh ma’nolarining har biri alohida-alohida ravishda yuzaga chiqishi mumkin. Masalan, modal so‘zlarda mayl (modallik) ma’nosi bo‘ladi. Kishilik olmoshlari va egalik qo‘shimchalarida shaxs-son ma’nosi yetakchilik qiladi. Tasdiq-inkor so‘zlari (ha, yo‘q)da, bo‘lishli-bo‘lishsizlik (-ma, 0)da tasdiq-inkor ma’nosi yorqin ifodalangan bo‘ladi. Payt ravishlari, zamon otlari, shuningdek, o‘rin-payt kelishigi shakli, ravishdosh va sifatdoshda zamon ma’nosi ifodalanadi. Lekin bularning barchasi alohida-alohida voqelanish bo‘lib, kesimlik vazifasida yuzaga chiqishidan boshqa holatda yaxlit sistem tabiatga ega bo‘lmaydi. Zero, kesimlik kategoriyasi mazkur alohida olingan kategoriyalarning yaxlitligi (sistemasi)dan iborat. Har qanday tizim–o‘z tarkibiy qismlarining oddiy yig‘indisidan kattaroq butunlik. Chunki T, M, Z, Sh kategoriyalari kesimlik kategoriyasida birlashar ekan, bu butunlik tarkibiy qismlarida avval bo‘lmagan, lekin sistema tashkil etganda tug‘iladigan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, o‘tgan yili o‘qimagan odam birikuvidagi o‘qimagan so‘zshaklining birikuvchisi – o‘tgan yili so‘z kengaytiruvchisi (lekin gap bo‘lagi emas). U o‘tgan yili o‘qimagan gapidagi o‘tgan yili so‘zshakli – gap bo‘lagi (hol). Demak, birinchi qurilmadagi kesimlik kategoriyasi a’zosi emas, shu boisdan uning birikuvchisi (o‘tgan yili) gap bo‘lagi emas. Ammo ikkinchi qurilmada -gan kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismi bo‘lib, uning birikuvchisi gap bo‘lagi. Gap kesimlik tarkibidagina gap bo‘laklarini o‘ziga tobelaydi. Bu uning butunlik tarkibida kasb etgan yoki namoyon bo‘lgan belgisi.

Kesimlik kategoriyasining nutqiy gaplarda voqelanishidagi ikki holatni farqlash lozim:

1) kesimlik kategoriyasining grammatik (morfologik) shakllar orqali voqelanishi;

2) kesimlik kategoriyasining semantik-funksional ifodalanishi.

Bundan kelib chiqqan holda gapni ikkiga ajratish mumkin:

1) grammatik shakllangan gap;

2) semantik-funksional shakllangan gap.

Grammatik shakllangan gap. Grammatik shakllangan gapda kesimlik

kategoriyasi ma’nosi kesimlik qo‘shimchalarining faqat o‘zi bilan yoki bog‘lama va kesimlik qo‘shimchalari vositasida ifodalanishi mumkin.

O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarining quyidagi turlari mavjud:

1) kesimlik kategoriyasining tarkibiy qismlari sinkretik, ya’ni ajralmas, bitta moddiy

ko‘rinishda berilgan qo‘shimchalar bo‘ladi:o‘qiy, ketaylik, keldi. Bu qo‘shimchalar (-y, -aylik, -di)ning har birida tasdiq-inkor, shakl, zamon va shaxs-son ma’nolari birgalikda umumiy shaklga ega. Masalan, o‘qiy kesimidagi -y qo‘shimchasi bo‘lishlilik (-may uning bo‘lishsiz shakli), buyruq-istak mayli (bunda -sin, -ng, (o‘qisin, o‘qing) bilan paradigma – o‘xshashlik qatori hosil qiladi), kelasi zamon, birinchi I shaxs (II shaxs o‘qi), birlik (ko‘plikda o‘qiylik) ma’nolariga ega. Bunday holatni borsa, yozsa so‘zshakllari tarkibidagi shart mayli qo‘shimchasida ham ko‘rish mumkin. Bunday sinkretik shaklli ma’nolar nol morfemalarda ham mavjud: 1.O‘qi! 2.Shavkat – shoir. 3.Qish;

2) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida qo‘shimcha bilan, modallik, mayl, zamon, shaxs-son qorishiq ravishda bitta qo‘shimcha bilan beriladi: kel – ma – di, kel – ma-y;

3) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor, modallik, zamon ma’nolari qorishiq holatda bir qo‘shimcha bilan, shaxs-son ma’nosi boshqa qo‘shimcha bilan beriladi: bor – sa – ng, o‘qi – sa – ngiz, ko‘r – di-mi;

4) kesimlik qo‘shimchasi tarkibida tasdiq-inkor alohida, shaxs-son alohida, modallik va zamon ma’nolari qorishiq qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r-ma-di-ngiz;

5) kesimlik kategoriyasining har bir ma’nosi alohida-alohida qo‘shimcha bilan ifodalanadi: ko‘r – ma – sa – ydi – ngiz;

6) kesimlik kategoriya ma’nolarini ifodalashda bog‘lama yoki to‘liqsiz fe’l vositalarida yuzaga chiqadi. Masalan: Borgan yigit men bo‘laman. (A.Muxt) Hamon yodimdadir: gul chog‘i erdi. (Uyg‘.;I.Sult)

Sanab o‘tilgan barcha vositalar lisoniy mohiyat nuqtayi nazaridan bir kategoriyaning shakllari sifatida baholanadi va qolipda, aytilganidek, bitta ramz – [Pm] shartli belgisi bilan beriladi. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Sensan har narsadan mo‘tabar aziz [W-sen, Pm-san]. 2. Ha, ha, ammamning buzog‘isan [W – buzog‘, Pm – iQsan]. 3. U cho‘l burguti edi [W – cho‘l burguti, Pm – edi]. 4. U shu yerda yashaydi [W – yasha, Pm – ydi].

Ma’lum bo‘ladiki, [WPm] W va Pm qismlaridan iborat bo‘lib, atash ma’nosini W, kesimlik ma’nosini [Pm] ko‘rsatkichi beradi. [Pm] ko‘rsatkichlari formal jihatdan ifodalanganda u morfemali deyiladi. Masalan, Uyim shaharda gapidagi shaharda so‘zshakli alohida olinganda unda kesimlik ma’nosi, vazifasi mujassamlashgan emas. Bu vazifa unga kontekst (nutq sharoiti, gapdagi o‘rni va h.) tomonidan kiritilmoqda. Bunda [Pm] morfemali ekanligiga uni shahardadir, shaharda edi, shaharda bo‘ladi tarzida o‘zgartirish bilan ham amin bo‘lish mumkin. Demak, Uyimiz shaharda gapida [Pm] tarkibiy qismlari quyidagicha: T – tasdiq, M – aniq, Z – hozirgi zamon, Sh – III shaxs. Bunda ham kesimning tarkibiy qismlari [W] va [Pm] ajralib turibdi. Shu xususiyatga ko‘ra ular semantik-funksional shakllangan gaplardan ajralib turadi.

Semantik-funksional shakllangan gap. Oldingi bo‘limlarda ta’kidlanidek, semantik-funksional shakllangan gap to‘rtga bo‘linadi:

modal so‘z-gap (Kelasizmi?- Albatta);

undov so‘z- gap (Beh-beh! Oh-oh);

tasdiq/inkor so‘z- gap (Ha, yo‘q);

taklif-ishora so‘z-gap (Ma ).

Bu so‘z-gapning barchasida kesimlik kategoriyasi ma’nosi (TMZSh) so‘zning lug‘aviy ma’nosida mujassamlashgan bo‘ladi. Shuning uchun bunday so‘z-gap:

a) hech qachon kesimlik qo‘shimchalarini qabul qila olmaydi;

b) nutqda alohida gap bo‘lib keladi;

d) boshqa gap tarkibiga kirganda, uning biror bo‘lagi bilan semantik aloqaga kirishmaydi va o‘z mustaqilligini saqlab qolaveradi.

Semantik-funksional shakllangan so‘z-gapda kesimlik ma’nosi atov birligi [W] ning lug‘aviy ma’nosi tarkibida mujassamlashgan, bunday gaplar kesimi [Wm] ramzi bilan beriladi.

Semantik-funksional shakllangan gaplarda kesimlik ma’nosi so‘z-gapning lug‘aviy ma’nosi bilan bir butunlikni tashkil etganligi sababli kesimlik kategoriyasi uchun xos bo‘lgan tasdiq-inkor, modallik, mayl, zamon, shaxs-son (TMZSH) ma’nolarining rang-barangligi yo‘q. Bunda ham kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolari uchburchak burchaklarining yig‘indisiga o‘xshaydi. Aytilganidek, uchburchak burchaklarining yig‘indisi 1800ga teng bo‘lib, bir burchak kattaroq bo‘lsa, buning evaziga boshqa burchaklar kichrayadi. Semantik-funksional shakllangan gaplarda ham kesimlikning to‘rtta ma’nosidan biri yuzaga chiqqanda boshqalari 0 (nol)ga teng bo‘ladi. Bu tasdiq-inkor, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolarining har biri uchun alohida-alohida so‘zlar borligi bilan belgilanadi. Masalan, «qat’iy bo‘lishlilik» ma’nosi (ya’ni mayl ma’nosining ko‘rinishi) albatta so‘zi bilan ifodalansa, kesimlik shaklidagi -ma qo‘shimchasi ifodalaydigan shunday bo‘lishsiz ma’no mutlaqo so‘z-gapi bilan beriladi. Ha so‘zida tasdiq, yo‘q so‘zida inkor ma’nosi mavjud.

Kesimlik kategoriyasi ma’nolari kesimdagi atov birligi lug‘aviy ma’nosiga singganligi tufayli so‘z-gaplarda bu ma’nolarning har birini alohida-alohida va rang-barang ko‘rinishlarda ifodalash imkoniyatlari cheklangan. Shu boisdan o‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalarini qabul qiladigan, kesimlik kategoriyasining barcha ma’nolarini ifodalay oladigan, lug‘aviy ma’nosi kesimlik qo‘shimchalariga befarq bo‘lgan,ya’ni ularni erkin biriktira oladigan mustaqil so‘z (fe’l, ot, sifat, son, ravish, taqlid va olmosh)lardan lug‘aviy ma’nosida kesimlik kategoriyasi qo‘shimchalarini biriktira olmaydigan, lekin ularning ma’nolaridan birini o‘z lug‘aviy ma’nosi bilan kuchaytirgan holda ifodalab, boshqalarini nutqqa o‘ta kuchsiz holda voqelantiruvchi so‘z-gaplar guruhi alohida ajralib turadi.

Mustaqil va nomustaqil kesimlik shakllari. O‘zbek tilida kesimlik qo‘shimchalari o‘z voqelanishi uchun boshqa bir gapni talab qilishi ham, talab qilmasligi ham mumkin. Quyidagi gaplarning kesimiga diqqat qiling: 1. Men kecha maktabga bordim. 2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi. 3. Yomg‘ir yog‘masa edi, ekin-tikin ishlarini saranjomlab olgan bo‘lardik.

Birinchi gapning kesimi (bordim) o‘z ma’nosini boshqa gaplarga ehtiyoj sezmasdan voqelantirmoqda. Ikkinchi gapdagi kelsa, uchinchi gapdagi yog‘masa edi, saranjomlab olgan bo‘ldik kesimlarining ushbu gaplarda voqelangan ma’nolari uchun boshqa gap talab qilinadi. Boshqacha aytganda, kelsa va yog‘masa edi kesimlaridan anglashilgan shart ma’nosi boshlanadi, saranjomlab olgan bo‘lardik kesimlari yordamida, saranjomlab olgan edik kesimning ma’nosi esa undan oldindagi yog‘masa edi kesimi yordamida yuzaga chiqadi. Agar ikkinchi va uchinchi gapning ikkinchi qismi olib tashlansa, oldingi gapdagi kesimdan shart emas, balki istak ma’nosi yuzaga chiqadi: O‘qituvchi kelsa. Yomg‘ir yog‘masa edi. Saranjomlab olgan bo‘lur edik kesimi esa oldingi gapsiz hech qachon, boshqacha bo‘lsa ham, ma’nosini voqelantira olmaydi. Ma’nosini yordamchisiz voqelantiradigan kesimlik shakli mustaqil kesimlik shakli (MKSH) deyiladi.

Boshqa gaplarsiz, ya’ni qurshovsiz o‘z ma’nosini voqelantira olmaydigan, voqelantirgan taqdirda esa butunlay boshqa ma’no kelib chiqadigan kesimlik shakli nomustaqil kesimlik shakli (NKSH) deyiladi.

Kesim – tasdiq/inkor, zamon, modallik, shaxs/son (ya’ni kesimlik kategoriyasi) ma’no va shakllariga ega bo‘lgan so‘z, gap markazini tashkil qiluvchi bo‘lak.

Nutqimizda kesimsiz gap bo‘lishi mumkin emas. Gapda kesim bo‘lmasa, u o‘zbek tili (nutqi) uchun to‘liqsiz gap. Kesim gapning shunday konstruktiv bo‘lagiki, u o‘zini shakllantiruvchi grammatik kategoriya – kesimlik kategoriyasi voqelanishiga ega. Shu sababdan hamma vaqt gapda kesim tarkibi murakkab.

O‘zbek tilidagi ayrim gaplarda eganing qo‘llanilishi shart bo‘ladi: 1. Otam – o‘qituvchi. 2. Men – yahudiy. (G‘.G‘ul) Bunda [m] tushirilgan bo‘lib, uning vazifasi ega va kesim birligidan iborat bo‘ladi. Bu turdagi gaplarning kichik qolipi [E-WP] ko‘rinishida. Qolipning bu turi o‘zbek tilining tipologik sintaktik belgisi bo‘la olmaydi. Chunki o‘zbek tilidagi gaplarning aksariyati [WPm] minimal qolipi va uning kengayishi asosida hosil bo‘ladi.

[Pm] ma’nosi kesimda mujassamlashgan tasdiq/inkor, modallik/mayl, shaxs/son ma’nolarining yaxlitligidan iboratligi bois [Pm] ning me’yoriy ma’nosi ushbu to‘rtta grammatik ma’noning majmui sifatida ajratiladi. Istalgan gap tarkibida bu majmua butunlik sifatida bo‘lishi shart, lekin muayyan nutqiy voqelanishlarda majmua tarkibi qismlarining hissasi hamma vaqt bir xil bo‘lavermaydi.Masalan, modallik ma’nolari bo‘rttirilganda, zamon ma’nosi zaiflashadi va aksincha, zamon ma’nosi bo‘rttirilganda modallik ma’nosi susayadi. Shunga o‘xshash boshqa grammatik ma’nolarning ifodalanish darajasi ham xilma-xil bo‘lishi mumkin. Bu ma’nolar ifodalanish darajasi qanchalik kuchli bo‘lmasin, u [Pm]da mutlaq yoki yagona bo‘lishi mumkin emas. Shuningdek, o‘ta zaiflashib kelishi yoki tamoman yo‘qolgan bo‘lishi ham mumkin emas. Chunki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi har bir ma’no tizim hosil qiluvchi ma’no va ulardan birortasi tamoman yo‘qolsa, kesimlikning o‘zi ham yo‘qoladi yoki butunlay boshqa mohiyat kasb etadi.

Shakliy ifodalanishga ko‘ra [Pm] o‘zbek tilida o‘ta rang-barang. Uning nol morfema (Otam – o‘qituvchi)dan boshlab morfemalar tizmasi bilan (aytmasaydingiz), turli xil bog‘lamalar bilan ifodalanishi mumkinligi aytildi.

Kesimning lug‘aviy asosi ham nutqda tub, sodda, yasama, qo‘shma, qisqartma,

erkin so‘z birikmasi, turg‘un so‘z birikmasi, parafraza, frazema, kengaygan birikma, transformatsiyalashgan gaplar kabi struktura jihatidan rang-barang bo‘lgan nominativ birlik bilan ifodalanishi mumkin.

Kesimning W ga ko‘ra turlari. Kesimlikdagi atov birligi vazifasida barcha mustaqil so‘z turkumi kela oladi. Shunga ko‘ra, kesimlarni umumlashtirib, ism (ot, sifat, son, ravish, taqlid olmosh)li va fe’l (fe’l, olmosh)li kesimlarga ajratish mumkin.

Ism bilan ifodalangan kesimlar:

Ot: Qarg‘a nima deyotganini bilmaymiz, chunki u qarg‘a, biz – odam. («Husnobod»)

Sifat: E taqsir, qissamiz uzun. (Oyb)

Son: Ikki karra ikki – to‘rt.

Ravish: O‘zlashtirishing – yodaki.

Taqlid: Hamma tomon g‘ovur-g‘uvur, tinchlik yo‘q.

Olmosh: Sen – mensan-u, men – senman, qissamni bayon etsam.

Fe’l bilan ifodalangan kesim:

1. Maqsadim – o‘qimoq. 2. Qarasam, qaramaysan. 3. Ishning boshi boshlanguncha. 4. Yashnaganim – yashnagan. 5. Yigit kishining uyalgani – o‘lgani. 6. Ko‘rdi-yu, kapalagi uchib ketdi.

Kesim tuzilishiga ko‘ra sodda, murakkab va tarkibli bo‘ladi.

Sodda kesim bir mustaqil so‘z bilan ifodalanadi: 1. Sen bahorni sog‘inmadingmi? (A.Orip) 2. Majlis shunga qaror qildi. 3. Mana bu – yeryong‘oq. 4. Sherzod – talaba.

Murakkab kesim so‘z birikmasi holidagi kengaygan so‘z bilan ifodalanadi: 1. Bu kun biz uchun og‘ir kun. 2. Sherzod yulduzni benarvon uradigan yigit.

Tarkibli kesim yetakchi va yordamchi a’zodan tuzilib, yetakchi a’zo lug‘aviy ma’noga ega bo‘ladi, yordamchi a’zo esa grammatik ma’no tashiydi. Misollar: 1. Anjir kulchaday yirik va holvaytarday yumshoq edi. (Oyb): yumshoq – yetakchi a’zo, edi – yordamchi a’zo. 2. Hammasi sen uchun, dilovar uchun: senQ yetakchi a’zo, uchun – yordamchi a’zo, dilovar – yetakchi a’zo, uchun – yordamchi a’zo. 3. Bunday odamlarni nodon hisoblashadi. («Kalila va Dimna»): nodon – yetakchi a’zo, hisoblashadi – yordamchi a’zo. 4. Hamma hamxalqiga xizmat qilgisi keladi. (N.Saf): – xizmat qilgisiQ yetakchi a’zo, keladi – yordamchi a’zo.

Gap kengaytiruvchilari Ega. Ega gap kesimini shakllantiruvchi [Pm] – kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (Sh) ma’nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisi: 1. Elchibek asta o‘rnidan turdi. (A.Mux) 2. Biri – sensan, biri – men. (Oyb)3. Shunday o‘lka doim bor bo‘lsin. (H.Olim) 4. (Sen) Aytar so‘zni ayt, (sen) aytmas so‘zdan qayt. (Maqol)

Birinchi gapda Elchibek so‘zi kesimdagi uchinchi shaxs birlik (nol) kesimlik qo‘shimchasining, ikkinchi gapdagi biri so‘zlari sensan kesimining ikkinchi shaxs birlik (-san) va men so‘zidagi birinchi shaxs birlik (-man), uchinchi gapdagi o‘lka so‘zi bor bo‘lsin kesimidagi uchinchi shaxs (-sin), to‘rtinchi gapdagi ifodalanmagan (sen, sen) ayt, qayt so‘zlari bilan ifodalangan kesimdagi ikkinchi shaxs birlik (nol) kesimlik ma’nosining muayyanlashtiruvchisi, kengaytiruvchisidir. Ega gapdagi fikr o‘zi haqida borayotgan, belgisi kesim tomonidan ko‘rsatilayotgan bo‘lak bolib, kesimdan axborot (kommunikatsiya) anglashilsa, ega ana shu kommunikatsiya predmetidir.

Ega bevosita kesimlik shakli – [Pm]ga bog‘lanayotganligi tufayli, hol va kesim bilan birgalikda, gapning konstruktiv bo‘laklari qatoriga kiradi.

Egali va egasiz gaplar. Gapning lisoniy qurilishida eganing ifodalangan yoki ifodalanmaganligiga ko‘ra ikki ko‘rinishi bo‘ladi:

1) egali gaplar;

2) egasiz gaplar.

Egali va egasiz gap gapning lisoniy sintaktik qolipi bilan emas, balki gap kesimining lug‘aviy [W] va kesimlik qo‘shimchalari [Pm] qismlarining ba’zi bir ifodalanish xususiyatlari bilan bog‘liq.

1. Egasiz gaplar. Bunday gaplarda kesim tarkibidagi [Pm]ning shaxs-son ma’nosi o‘ta kuchsizlanib, gap tarkibidagi eganing mutlaqo bo‘lmasligini keltirib chiqaradi. Egasiz gaplarning mavjudligiga olib keluvchi omillar kesimdagi [W] va [Pm]ga bog‘liq ikki guruhga bo‘linadi.

[W]ga bog‘liq ravishda egasiz gapning vujudga kelishi.1.O‘timsiz fe’llar (masalan, bormoq, yurmoq, yugurmoq, qolmoq, erishmoq) vositasiz to‘ldiruvchiga ega bo‘lganligi tufayli majhul nisbat shaklini olganda, gap egasiz qo‘llanadi: 1. Bugun stadionga boriladi. 2. O‘n minutcha yo‘l yurildi. (Oyb) 3. Institutning o‘ttiz yili davomida ulkan yutuqlarga erishildi. 4. Katta trassaga chiqish uchun o‘ng tomonga yuriladi. 5. Samarqandga borish uchun Jizzaxdan o‘tiladi. Bu gaplardan bittasining lisoniy qolipini kuzatamiz (43-jadval):

43-jadval

E

H

W



Pm

o‘ttiz yili davomida



erishil

di


Institutning

Yutuqlarga

Ulkan

Ma’lum bo‘ladiki, gapning maksimal lisoniy qolipidagi eganing o‘rni bo‘sh. Buning boisi, aytilganidek, o‘timsiz fe’l (erishmoq) majhul nisbatga o‘tganda ega o‘z-o‘zidan tushib qoladi. Agar fe’l o‘timli bo‘lsa edi, (masalan, o‘qimoq), uning vositasiz to‘ldiruvchisi ega mavqeyini egallar edi: Nilufar kitobni o‘qidi – Kitob Nilufar tomonidan o‘qildi tarzida. to‘g‘ri kelmoq qo‘shma fe’li «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»dagi 8-ma’nosida jo‘nalish kelishigidagi harakat nomi bilan zich aloqaga kirishib, egasiz gaplar hosil bo‘lishiga olib keladi: 1. Buning uchun Toshkentga o‘z vakillarimizni yuborib, korxonadan zarur yordamni so‘rashimizga to‘g‘ri keladi. Bu gaplarning lisoniy strukturasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi (44-jadval):

Bu gaplar kesimidagi mumkin, shart, kerak kesimlik so‘zi [Pm]dagi mayl ma’nosi ifodalovchilari bo‘lib, ulardan keyin zamon va tasdiq, inkor ma’nolarini ifodalovchi vositalar keladi.

44-jadval

E

H

W



Pm
Bugun → yuborib

to‘g‘ri kel


so‘rashimizga


-adi

s

Toshkentga


o‘z → vakillarimizni

yordamni
zarur

Korxonadan

Yuqoridagi gaplardan birining lisoniy struktur sxemasini keltiramiz (45-jadval):

45-jadval

E

H



W

Pm


har doim

Rivojlantir-moq, davom ettirmoq

kerak edi
ishini
Ustozlar

Kesimi fe’lning III shaxs shart mayliQbo‘ladi qurilmasi asosida ifodalangan gaplar ham o‘zbek tilida egasiz gaplarni hosil qiladi: 1. Hosilni o‘n-o‘n besh kunda yig‘ib olsa bo‘ladi. 2. Bu ig‘voning sabablarini tahlil qilsa bo‘ladi. Bunda kesimlarning yig‘ib ol, tahlil qil qismlari [W] (lug‘aviy birlik) va -sa bo‘ladi qismlari esa [Pm] voqelanishidir.

Kesim ravishdoshning -(i)b shakli va bo‘lmoq fe’lining turli ko‘rinishlari bilan ifodalanganda ham egasiz gap vujudga keladi: 1. Bu xatning mazmunini birovga aytib bo‘lmaydi.(A.Qah)2. Falakka qo‘l uzatib, shamsu anvorni olib bo‘lmas. (Mashr) Bu kesimlarda aytib bo‘l, olib bo‘l qismlari [W] va -maydi, -mas qismlari Pm voqelanishidir. (46-jadval):

46-jadval

E

H

W



Pm

uzatib


olib bo‘l

mas


Qo‘l

Shamsi anvorni


Falakka

O‘zbek tilidagi atov gap – egasiz gapning o‘ziga xos turi:1.Keng sahro. Quruq cho‘l. Suv manbalaridan darak yo‘q.2.Yoqimli ohang. Zavqli qo‘shiqlar. Anorxon yo‘llaridan to‘xtab tinglaydi. (I.Rah) Bu gaplar bir qarashda kesimsiz, faqat egadan iborat gaplardek tasavvur uyg‘otadi. Biroq gaplarni zamonlar bo‘yicha paradigmaga solsak, quyidagi ko‘rinish hosil bo‘ladi:

Keng sahro – Keng sahro edi.

Tun – Tun edi.

Demak, atov gap – hozirgi zamon ko‘rinishidagi kesimdan iborat egasiz gap. Qiyoslang:

1. Navbahor, ochildi gullar, sabza bo‘ldi bog‘lar. (Muq)

2. Hamon yodimdadir, gul chog‘i erdi. (Uyg‘.,I.Sult)

3. Ko‘rishgan maskanim, gul bog‘i erdi. (Uyg‘., I.Sult)

Semantik-funksional shakllangan gap ham egasiz gapning alohida ko‘rinishi: 1. – Bugun bormoqchimisan? – Ha. 2. – U ham bormoqchimi? – Yo‘q. 3. – Kitobni olasanmi? – Bo‘lmasam-chi! 4. Nasriddin xaltani uloqtirib yubordi: Ma! Sen to‘y! («Afandi latifalari»dan). 5. Salom, – dedi ko‘rishi bilan hamma birdan. Qo‘llar o‘tdi biqinlarning orasidan. (G‘.G‘ul)

Egali gap. Egasiz gap tilimizda chegaralangan bo‘lib, ular egali gapga nisbatan kam. Egali gap esa tilimizning me’yoriy xususiyatidan biri. Chunki gap markazini tashkil etuvchi kesimning tarkibidagi [Pm] (kesimlik kategoriyasi)ning qismlaridan biri shaxs-son ma’nosi bo‘lib, u hamisha o‘zining to‘ldirilishini, muayyanlashtirilishini talab qiladi. Bu esa gaplarning egali bo‘lishini taqozo qiladi.

Aytilganidek, o‘zbek tilidagi gaplarning lisoniy strukturasi uch a’zo (ega, hol, kesim) dan iborat, egali gaplarda ega pozitsiyasi bo‘sh bo‘lmaydi, to‘ldirilgan bo‘ladi. Quyidagi ikki gapni qiyoslang:

1. Men kitobni o‘qidim.

2. Kitobni o‘qidim.

Har ikkala gap ham [E-H-Pm] qolipi hosilasi bo‘lib, ularning kesimidagi [Pm]ga xos shaxs-son qo‘shimchalari ega, uning tabiati (qaysi shaxs, son) haqida to‘liq axborot berib turibdi. Har ikkala gap uchun ham ega – I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi. Biroq ulardan birinchisida bu lisoniy to‘liqlik (ega pozitsiyasining bo‘sh emasligi) nutqda namoyon bo‘lgan, ikkinchisida esa nutqiy ehtiyoj bo‘lmaganligitufayli yuzaga chiqmagan. Ko‘rinadiki, har ikkala gap ham lisoniy egali, ega pozitsiyasi to‘ldirilgan gap qismining hosilasi.

Egali gaplarning o‘zi quyidagi turlarga ajratilishi mumkin:

egasi ifodalangan (nutqda namoyon bo‘lgan) gap;

egasi ifodalanmagan (nutqda namoyon bo‘lmagan) gap.

Egasi ifodalangan gap. Kesimdagi [W], [Pm] xususiyati va ularning o‘zaro munosabati tufayli nutqda egani tushirib qoldirish mumkin bo‘lmaydi. Bunda eganing nutqiy voqelanishini zarur qilib qo‘yadigan:

[W] ga bog‘liq omil.

[Pm] ga bog‘liq omil mavjud.

I. Kesimdagi Wga bog‘liq holda ega ifodalanishining zarurligi.

1. Kesimning [W] qismi vazifasida frazema (ibora) kelganda, egani tushirib qoldirishning iloji yo‘q: 1. Bu voqeadan Jamshidning kapalagi uchib ketdi. (Gaz) 2. Markazga kelib, bo‘lib o‘tgan voqealarning butun tafsilotini eshitgan Qalandarovning fig‘oni falakka chiqdi. Bunda ega ifodalanishining zarurligi, ko‘rinib turibdiki, gapning qolipiga emas, balki iboralarda ega bilan kesim aloqasining o‘ta zichligi, iboralarning barqaror hodisa ekanligi bilan bog‘liq.

2. Ma’lumki, ayrim hollarda o‘timli fe’lning semantikasi ularning vositasiz to‘ldiruvchi bilan kompletiv (o‘ta zich) aloqada bo‘lishini taqozo qiladi (masalan, kuzatmoq, ko‘rmoq, aytmoq). Bu so‘zlarning obyekt valentligi (tushum kelishigidagi kengaytiruvchisi) zaruriyligi boisdan fe’l majhul nisbatga o‘tgach, ularning vositasiz to‘ldiruvchisi egaga aylanadi, shuningdek, mazkur kompletiv aloqa ham saqlanib qoladi, avval to‘ldiruvchi, endi esa eganing ifodalanishi zarur bo‘lib qoladi: 1. Oqibat, hozirgacha ham ayrim fuqoralar, ayniqsa, yoshlar orasida ikkilanishlar, hatto muxolifat tomoniga og‘ib ketish kabi achinarli hollar kuzatilmoqda. (Gaz) 2. Natijada, ko‘plab fuqarolar uchun buzg‘unchi muxolifatning asl basharasi, uning maqsad va vazifalari, mohiyati, kirdikorlari to‘laqonli bayon etib berilmadi. (Gaz) 3. Yig‘inda fermer xo‘jaliklari taraqqiyoti uchun mahalliy fermerlar tomonidan qo‘yilayotgan sun’iy g‘ovlarning sabablari ham aytildi. (Gaz)

3. Kesimning [W] qismi taqlid so‘zlardan yasalgan fe’l bilan

ifodalanishi ham eganing voqelanishini taqozo etadi: 1. Eshik taq-taq

qildi. 2. Yuragim shuvillab ketdi. 3. Qarg‘a qag‘illaydi.

4. Tabiat hodisalarini ifodalovchi ayrim fe’llar ham eganing mazmuni bilan o‘ta zichlashib ketganligi bois nutqda eganing tushib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi: Tong otdi. Kun botdi. Chaqmoq chaqdi. Qorong‘i tushdi.

×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
5-Ma'ruza. Mavzu: Gap tuzilishida hol, toʻldiruvchi va aniqlovchining oʻrni
Gap tuzilishida hol, toʻldiruvchi va aniqlovchining oʻrni
Gap tuzilishida hol, toʻldiruvchi va aniqlovchining oʻrni
Reja: 1. Hol va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Holning gap qurilishidagi o‘rni, ma’noviy turlari, ifodalanishi. 2. To‘ldiruvchilar va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. To‘ldiruvchining gap qurilishida so‘z kengaytiruvchisi sifatidagi o‘rni,ifodalanishi. To‘ldiruvchining turlari. 3. Aniqlovchi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi. Aniqlovchining gap qurishidagi o‘rni, ifodalanishi. Aniqlovchining turlari. Hol. Hol ega kabi gap kesimidagi kesimlik shakllari – [Pm]ning ma’noviy xususiyatini muayyanlashtiruvchi, oydinlashtiruvchi bo‘lak, ya’ni gap kengaytiruvchisi sanaladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 1. Jamshid ishladi. 2. Jamshid kecha ishladi. 3. Jamshid ertaga ishlaydi. Keltirilgan gaplardagi ishladi va ishlaydi so‘zshakllari gap kesimi vazifasida kelgan bo‘lib, boshqa bo‘laklar ana shu markaziy bo‘lakning muayyanlashtiruvchilari: 1. ishladi Jamshid 2. ishladi Jamshid kecha 3. ishlaydi Jamshid ertaga Jamshid so‘zi har uchala gapda ham kesimdagi [Pm]ning shaxs-son, kecha, ertaga so‘zlari esa payt ma’nosini muayyanlashtirgan. Ega va gap markazidagi shaxs-son ma’nolari kabi, hol va kesimlik kategoriyasi [Pm] voqelanishidagi zamon ma’nolari ham bir-biriga muvofiqlashgan. Aniqrog‘i, kesimlikda o‘tgan zamon ma’nosi voqelanganda, hol hozirgi yoki kelasi zamon ma’nosida bo‘lmaydi. Demak, ma’lum bo‘ladiki, gap qurilishida gap markazidagi kesimlik kategoriyasi ma’nosi bilan uzviy bog‘langan gap kengaytiruvchisi payt holidir. Payt holi kesimga bog‘lanar ekan, undagi lug‘aviy qism ma’nosi bilan emas, balki kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma’nosi bilan bog‘liq ekanligi otkesimli gaplarda yanada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ot leksema o‘z semantik valentligini to‘ldiruvchi har xil aniqlovchilar bilan erkin birikuv hosil qila oladi: a’lochi talaba, shaharlik talaba, o‘nta talaba va h. Bunda birikuv hosil qilish uchun talaba so‘zining gap hosil qilishi, gap tarkibidan o‘rin egallashi shart emas. Qiyoslang: a’lochi talaba, Jamshid a’lochi talaba. Har ikkala holatda ham hosil bo‘lgan birikuv me’yoriy. Chunki aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi. Biroq bugun talaba, ertaga talaba, kecha talaba kabi so‘z birikmalari g‘ayrime’yoriy bolib, ular gap tarkibiga kiritilganda va talaba so‘zi kesim mavqeyini egallaganda, bu g‘ayrioddiylik yo‘qoladi: 1.Men bugun talabaman. 2. Sen kecha talaba eding. Demak, bugun, kecha so‘zlari gap kengaytiruvchici bo‘lganligi va gap markazidagi [Pm]ga tortilganligi, bog‘langanligi sababli so‘z birikmasidagi nome’yoriylik gap tarkibida barham topadi. O‘rin holi ham so‘z kengaytiruvchisi emas, balki gap kengaytiruvchisi ekanligi bunday vazifada keluvchi so‘zlarni gapda va gapdan tashqarida SB hosil qilish uchun ot-leksemaga tobelab ko‘rish asosida amin bo‘lish mumkin. Qiyoslang: 1. Qishloqda muallim, zavodda ishchi. 2. Halim shaharda o‘qituvchi, G‘afur zavodda ishchi. Ko‘rinadiki, birinchi guruh birikuvlar g‘ayrime’yoriy, ikkinchi guruh birikuvlar esa o‘zbek nutqiga xos me’yoriy qurilma ekanligi hech kimda shubha uyg‘otmaydi. Demak, o‘rin hollari payt hollari kabi gap kengaytiruvchilaridir. Endi holning boshqa turlariga diqqat qilamiz: 1. Ilgari ikkalamiz birga talaba edik. 2. Bu payt sen kabi o‘qituvchiman. 3. Shu boisdan dadam ishchi edi. Birinchi gapda birga so‘zi ravish, ikkinchi gapda sen kabi o‘xshatish, uchinchi gapdagi shu boisdan so‘zshakli sabab holi. Ular gap kengaytiruvchilarimi yoki so‘z kengaytiruvchilari ekanligini aniqlash uchun birikuvlarni gap tarkibidan chiqarib, zikr etilgan so‘zshakllar talaba, o‘qituvchi, ishchi so‘zshakllarining ma’noviy valentligini to‘ldirayotgan-to‘ldirmayotganligini tekshiramiz: 1) birga talaba; 2) sen kabi o‘qituvchi; 3) shu boisdan ishchi. Ko‘rinadiki, birikuvlar nome’yoriy va tobe so‘zshakllar hokimlarining lug‘aviy-ma’noviy birikuvchisi emas, balki ularning kesimlik vazifasi, mavqeyi bilan har doim mantiqan bog‘langan. Demak, holning mazkur turlari ham gap kengaytiruvchilaridir. Holning gap kengaytiruvchisi ekanligini asoslash uchun ot kesimli gaplardan foydalandik. Bunda holning bu xususiyati yaqqol ko‘zga tashlanadi. Hol gap markazini shakllantiruvchi [Pm] bilan bog‘lanar ekan, u, umuman, gap konstruktiv tizimida qanday mavqega ega bo‘ladi? Hol gapning bevosita konstruktiv uzvi emas. Chunki holsiz ham gap tashkil topaveradi. Demak, hol kesimdan quyi mavqeni egallaydi. Ko‘pincha holning gap tarkibiga kiritilishi [Pm] ma’nolari bilan zich bog‘lanmaydi. Shu boisdan hol egadan ham quyi mavqeni egallaydi. Chunki nutqiy gaplarda kesim orqali egani tiklash holni tiklashdan ancha qulay. Ifodalanmagan holni tiklash qiyin. Ammo shuni ta’kidlash lozimki, ba’zan kesimning [W]si maqomida o‘rin, payt, sabab, maqsad va boshqa ma’noli aktantlar bilan kuchli aloqada bo‘ladigan leksema yuzaga chiqqanda, gapning yuza qolipida hol egadan ko‘ra zarurroq mavqega ega bo‘ladi. Masalan, yurish fe’llari (bormoq, kelmoq, etmoq, ketmoq) kesim vazifasida kelganda gapda o‘rin hollarining ishtirok etishi zaruriyati kuchayadi: Uyga bordi. Shahardan keldi. Maktabga ketdi. Manzilga yetdi. Bu, albatta, kesimlik kategoriyasi birikuvchanligi bilan emas, balki kesim vazifasida kelayotgan fe’lning ma’noviy xususiyati bilan belgilanadi. Demak, holning gap qurilishidagi zaruriy bo‘lak darajasiga ko‘tarilishi kesimdagi [W]ning muayyanlashish ehtiyoji bilan belgilanadi. Hol gapning konstruktiv bo‘laklari sifatidagi kesim va egadan keyin uchinchi o‘rinni egallaydi. Holning ma’noviy turlari haqida. Hol nutqda gapdan anglashilgan mazmunning, kesim ifodalagan ish-harakat, holat, voqea-hodisaning o‘rni, payti, tarzi, miqdor-darajasi, sababi, maqsadi, natijasi, sharti (qatorni yana davom ettirish mumkin) kabi ma’noni ifodalaydi. Boshqa gap bo‘laklariga nisbatan holning ma’noviy turlari nisbatan ko‘proq. Lekin, olaylik, aniqlovchining rang-tus aniqlovchilari, xususiyat aniqlovchilari, hajm-shakl aniqlovchilari kabiturlarini ajratish grammatik, sintaktik qurilish nuqtayi nazaridan mantiqsiz bo‘lgani kabi, holning ma’noviy turi ham gap sintaktik qurilishi uchun daxlsiz. Shuningdek, ko‘p hollarda o‘rin-payt (Botir urushda bilinadi), sabab va maqsad (O‘qish uchun Toshkentga keldi), ravish va miqdor holini (Isroil qayta-qayta o‘qidi) farqlash qiyin. Chunki hol va so‘zlararo munosabat nutq sharoiti, voqea-hodisaning tabiatiga va so‘zlovchining maqsadiga mos ravishda turlicha voqelanishi mumkin. Holning tuzilish turlari. Lisoniy sintaktik qolipning asosiy xususiyatidan biri shuki, uni to‘ldiradigan nutqiy birlik bir a’zo huquqiga ega va har qanday katta-kichiklikda bo‘lishi mumkin: Holning bir so‘z bilan ifodalanishi: 1. Tog‘am shaharga meni ham olib bordi. 2. Shalola shoshilib jo‘nadi. 3. Qiz bilan uzoq suhbatlashdi. Holning so‘z birikmasi bilan ifodalanishi: 1. Tog‘am notanish shaharga meni ham olib bordi. 2. Shalola favqulodda shoshilib jo‘nadi. 3. Qiz bilan do‘stlarcha uzoq suhbatlashdi. Demak, bir so‘zshakl bilan ifodalangan hol sodda, kengaygan (birikma holidagi) birlik bilan ifodalangan hol murakkab deyiladi. Holning ifodalanishi. Hol barcha mustaqil so‘z turkumi bilan ifodalanadi: 1) fe’l: Shalola shoshilib gapirdi; 2) ot: Uydan chiqarib ketdi; 3) sifat: U yaxshi o‘qiydi; 4) son: Bir keldi, bir ketdi; 5) olmosh: Bunda ari keltiradi bol; 6) taqlid: U piq-piq kuldi; 7) ravish: Ish kech tugadi. Holning kesimga bog‘lanish usuli – bitishuv va boshqaruv. Bitishuv aloqasida hol vazifasida tobe uzvlik vazifasiga xoslangan so‘z keladi. Ular sifat, ravish, son, olmosh va taqlid: 1. Vazifani xo‘b uddaladi. (sifat) 2. Qo‘qqisdan kulib yubordi.(ravish) 3.¬G‘o‘ng‘ir-g‘o‘ng‘ir suhbatlashdi.(taqlid) 4. Bir gapirib, o‘n kular.(son) 5. Kun botguncha kelmadi.(fe’l) Ot, fe’l, olmosh hol vazifasida kesimga boshqaruv usulida bog‘lanadi. Buning uchun ot kelishik shakli va ko‘makchi, o‘xshatish, fe’l esa ravishdosh va o‘xshatish shakliga ega bo‘ladi: 1. Shahardan qaytdi. 2. Shoshilib gapirdi. 3. Odamdek yashadi. 4. Uxlagandek yotardi. Holning kesimga birikishida bog‘lanish omillari munosabati quyidagicha bo‘ladi: 1. ShMJ-MShJ: 1. Uydan keldi. 2. Go‘dakday kuldi. 3. Shoshilib gapirdi. 2. MJSh-MShJ: 1.Tez o‘qirdi. 2.Qo‘qqisdan kulib yubordi.3.Chindan qiynaldi. Demak, hol va kesimning bog‘lanishida birikuvchi unsurlarda bog‘lanish omillari munosabati ikki xil kombinatsiyali bo‘ladi: ShMJ-MShJ va MJSh-MShJ. Bu hol va kesim birikuvida LSQlardan biri [Wmorfologik shakl →WPm] va ikkinchisi [W→WPm] ekanligini ko‘rsatadi. To‘ldiruvchi. Aytilganidek, so‘z kengaytiruvchisi gapning konstruktiv bo‘laklari sirasiga kirmaydi, balki gapdagi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosini muayyanlashtiruvchi vosita sanaladi. To‘ldiruvchi ham nutqiy gap qurilishida so‘z kengaytiruvchisi sifatida ishtirok etadi va fe’l bilan ifodalangan har qanday bo‘lak yoki bo‘lak qismining ma’noviy valentligini to‘ldiradi. To‘ldiruvchi faqat kesimgagina bog‘lanmaydi. Quyidagi gaplarga diqqat qiling: 1. Kitobni olib kel. 2. Kitobni olib kelishni unutma. 3. Kitobni keltirish sening vazifang. 4. Kitobni tushunishning yaxshi tomonlari ko‘p. Ko‘rinadiki, to‘ldiruvchi birinchi gapda kesimga (olib kel), ikkinchi gapda to‘ldiruvchiga (olib kelishni), uchinchi gapda egaga (keltirish), to‘rtinchi gapda aniqlovchiga (tushunishning) bog‘langan. Kesimga bog‘langanda ham undagi [Pm] ma’nolariga emas, balki Wga «tortiladi» – uning ma’nosini muayyanlashtirishga xizmat qiladi. To‘ldiruvchi qaysi gap bo‘lagiga aylanishidan qat’i nazar, shu bo‘lak ifodalanayotgan fe’lning ma’nosini muayyanlashtiradi. To‘ldiruvchi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois, u kengaytirayotgan ma’nosi muayyanlashayotgan so‘z gap bo‘lagi maqomiga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Yuqorida aytilganidek, kesim, ega, hol gapning konstruktiv bo‘laklari bo‘lib, to‘ldiruvchi va aniqlovchi bo‘lakning bo‘laklari sifatida keladi. Bu, ayniqsa, kengaygan ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi gap bo‘laklari modeliga ega bo‘lganda, yaqqol ko‘zga tashlanadi. E’tibor bering:1. Shalola kitobni keltirdi. 2. Kecha kitobni keltirgan Shalola bugun kelmadi. Birinchi gapda kitobni to‘ldiruvchisi kesimga bog‘langan. Ikkinchi gapda esa aniqlovchiga (keltirgan) tobelangan. Birinchi gapda to‘ldiruvchi kesim (keltirdi)ning emas, balki uning tarkibiy qismi bo‘lgan keltir fe’li ma’nosini izohlagan va gap bo‘lagining bo‘lagiga daxldor. Ikkinchi gapda esa aniqlovchi (so‘z kengaytiruvchisi)ning kengaytiruvchisi vazifasida kelgan. To‘ldiruvchi o‘zi bog‘lanayotgan fe’lning obyekt valentligini to‘ldiradi va shunga muvofiq ravishda, uning mazmunidan shaxs/predmetlik ma’nosi anglashilib turadi. Harakatni bajarish vositasini ifodalovchi gap bo‘lagini uning predmet yoki nopredmetlik ma’nosidan qat’i nazar, to‘ldiruvchi yoki hol deb atashning o‘zi ham muammoli. Chunki ular bir vaqtning o‘zida nimada so‘rog‘iga ham, qanday, qay holda, qay yo‘sinda so‘roqlariga ham javob bo‘lishi tabiiy hamda ularning mohiyatini to‘laroq ochishga xizmat qiladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, misollardagi so‘zlarning bunday so‘roqlarni olishida o‘rin-payt kelishigi ko‘rsatkichining roli muhim. O‘rin ma’nosini ifodalovchi -da kelishik shakli gap propozitsiyasining tayanch bo‘lagi bo‘lgan makonni ifodalashda alohida mavqega ega. Ma’lumki, makon va zamon ma’nosidagi hollar gap kesimini shakllantiruvchi [Pm]ning o‘rin va payt ko‘rsatkichlariga mos keladi. Xususan, quyidagi ko‘rinishli (47-jadval): 47-jadval Men hozir Qo‘qonda Yashayman o‘qituvchiman Birinchiman Xursandman Gaplarda o‘rin ma’noli Qo‘qon so‘zi bilan yasha fe’li orasida, Qo‘qon so‘zi bilan o‘qituvchi so‘zi orasida, shuningdek, sifatga xos xursand, songa xos ikkinchi so‘zlarining bir-biriga bog‘lanish xususiyati yo‘q edi. Keyin keluvchi hokim uzvga kesimlik qo‘shimchalarining qo‘shilishi unga kengayish imkoniyatini berdi va natijada [WPm] hosilasi bo‘lgan gap shaxs kengaytiruvchisi qatorida o‘rin va payt kengaytiruvchilariga ham ega bo‘ldi. Demak, zikr etilgan gaplarda qatnashgan havoda, dengizda so‘zshakllaridagi o‘rin-payt shakli [Pm] ta’siriga berilgan bo‘lib, bu ularning gap kengaytiruvchisi ekanligidan dalolat beradi. To‘ldiruvchi esa so‘z kengaytiruvchisi bo‘lib, [Pm]ga befarq, ya’ni aloqasi yo‘q. To‘ldiruvchining ma’no turlari. To‘ldiruvchi o‘zi birikayotgan fe’lning tabiatiga ko‘ra vositali va vositasiz turga ajraladi. Vositasiz to‘ldiruvchi bilan birikish faqat o‘timli fe’lga xos. Shu boisdan vositasiz to‘ldiruvchi – o‘timli fe’lning obyekt valentligini to‘ldiruvchi so‘z kengaytiruvchisi. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasida bosh yoki tushum kelishigidagi so‘z keladi: 1. Bosh kelishikdagi vositasiz to‘ldiruvchi: 1. Bunda bulbul kitob o‘qiydi. 2. Bunda qurtlar ipak to‘qiydi. 3. Bunda ari keltiradi bol, Bunda qushlar topadi iqbol. 2. Tushum kelishigidagi vositasiz to‘ldiruvchi: 1. Sen bahorni sog‘inmadingmi? 2. Har bir tuki kiyimlarini teshib chiqib ketgan edi. Vositasiz to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘z turli-tuman ma’nolarni ifodalaydi. Vositasiz to‘ldiruvchi o‘timli fe’lga bog‘lanadi deyish o‘timli fe’l vositali to‘ldiruvchini qabul qila olmaydi degani emas. O‘timli fe’llar ham vositali, ham vositasiz to‘ldiruvchini o‘ziga biriktiradi. O‘timsiz fe’llar esa faqat vositali to‘ldiruvchilarnigina tobelaydi. Vositasiz to‘ldiruvchi bevosita harakatni o‘z ustiga olgan predmetni anglatsa, vositali to‘ldiruvchi harakatni qamrab olgan, lekin harakatga daxldor bo‘lmagan predmetni ifodalaydi. Vositali to‘ldiruvchi turli grammatik ko‘rsatkichlar bilan ifodalanadi: jo‘nalish kelishigi: Senga oldim. chiqish kelishigi: Sendan oldim. o‘rin-payt kelishigi: Menda qoldi. ko‘makchi: Sen uchun oldim. To‘ldiruvchining tuzilish turlari. Boshqa bo‘lak kabi to‘ldiruvchi ham sodda yoki murakkab bo‘ladi: 1) sodda to‘ldiruvchi bir so‘z yoki bir so‘zga teng birlik bilan ifodalanadi: 1. Xotirangiz mening xotiramdan o‘tkir ekan. 2. U yana Pushkinga murojaat qildi. 3. Turmushimizda hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq; 2) murakkab to‘ldiruvchi kengaygan birikmalar bilan ifodalanadi: 1. Men Mirzacho‘lni ham, Surxon diyorining Sherobod dashtini ham, Farg‘ona vodiysining Yozyovon qumliklarini ham ko‘rganman. 2. Hasharchilarning shart-sharoitlarini yaxshilash, ularga yordam ko‘rsatish to‘grisida ko‘rsatma berildi. 3. Tevarak-atrof qushlar chug‘uriga, anvoyi gullar isiga to‘lib ketdi. Izohlanayotgan fe’lning bo‘sh o‘rnini to‘ldirishda sodda to‘ldiruvchi ham, kengaygan to‘ldiruvchi ham bir xil mavqega ega bo‘ladi – u qancha kengaygan bo‘lmasin, baribir bir o‘rinni to‘ldiradi. Bir so‘zdan iborat to‘ldiruvchiga ham, bir necha so‘z bilan kengaygan to‘ldiruvchiga ham fe’l valentligidan bitta bo‘sh o‘rin «ajratilgan». Aniqlovchi. Aniqlovchi ot bilan ifodalangan, shuningdek, bo‘lak yoki bo‘lak bo‘laklarining, undalma yoki kirish birikmalarining kengaytiruvchisi. To‘ldiruvchi kabi aniqlovchi ham so‘z kengaytiruvchisi sifatida gap tarkibida qatnashayotgan otlarning lug‘aviy valentligini to‘ldiradigan vosita sifatida namoyon bo‘ladi va gap konstruktiv tuzilmasidan o‘rin egallamaydi. Uning lisoniy sathga aloqadorligi – muayyanlashuvchi otning qanday valentligiga muvofiq kelishi va uni sintaktik aloqa bilan voqelantirishi bilan uzviy bo‘gliq. Aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi ekan, u istagan gap bo‘laklariga tobelanishi mumkin: 1) kesim aniqlovchisi: Nilufar a’lochi talaba; 2) ega aniqlovchisi: Kimning gapi to‘g‘ri; 3) hol aniqlovchisi: So‘lim va xushhavo vodiyda o‘rnashdilar; 4) to‘ldiruvchi aniqlovchisi: Bizning yorni ko‘rgan bormi 5) undalma aniqlovchisi: Xayr endi, yashil vodiy, xushmanzara tog‘. Aniqlovchi mustaqil holda biror bo‘lakka bog‘lanishi ham, kengaytiruvchilar tarkibida kelishi ham mumkin. Qiyoslang: Bir yonda lojuvard Bahri Muhit bor, Bir yonda za’faron Sahroyi Kabir. Bir yonda oq sochli tog‘lar purviqor Sening toleyinga o‘qiydi takbir. Misralardagi lojuvard so‘zi Bahri Muhit (ega), za’faron so‘zi esa Sahroyi Kabir (kesim) so‘ziga aniqlovchi bo‘lib, bo‘laklar kengaytiruvchisi sifatida namoyon bo‘lgan. Uchinchi misradagi sochli so‘zi tog‘lar (ega) so‘ziga tobelangan bo‘lib, o‘z navbatida oq so‘zini o‘ziga tobelagan. Aniqlovchining ifodalanishi. Aniqlovchi gapda turlicha ifodalanishga ega. Aniqlashning o‘ziga xosligiga ko‘ra, aniqlovchining ifodalanishi ham, shunga muvofiq, uning kengayuvchi so‘z bilan sintaktik aloqasi ham turlicha bo‘ladi. Predmetning qandayligi, tusi, xususiyati, maza-ta’mi, shakli, tabiati kabilarni muayyanlashtirish lozim bo‘lganda aniqlovchi sifat, sifatdosh, ba’zan ot turkumidan bo‘lgan so‘z bilan ifodalanadi. Biror shaxs yoki predmetga qarashlilikni anglatish zaruriyati bo‘lganda aniqlovchi ot yoki ot o‘rnidagi so‘z bilan ifodalanadi. Shunga ko‘ra, aniqlovchi ikki xil bo‘ladi: 1) belgini muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (sifatlovchi); 2) qarashlilikni muayyanlashtiruvchi aniqlovchi (qaratuvchi). Sifatlovchi-aniqlovchi quyidagicha ifodalanadi: 1) sifat bilan: A’lo mamlakatning a’lo farzandi, bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi; 2) sifatdosh bilan: Oqar daryo oqmasdan qolmas; 3) ravish bilan: Kechagi noxush manzarani bir umr unutmasa kerak; 4) son bilan: o‘ninchi yillarning sargardonligi; 5) belgi aniqlovchisi (sifat vazifasidagi) ot bilan: anor yuz, oltin kuz; 6) olmosh bilan: Qaysi yuzim bilan unga qarayman? Qaratuvchi aniqlovchi quyidagi so‘zlar bilan ifodalanadi: 1) ot yoki ot o‘rnidagi so‘z: 1. Ona yerning otash qa’ridan «o‘g‘lim», degan nido keladi.(E.Voh) 2. Mening ikki onam bor, ikkisi ham mehribon; 2) otlashgan so‘z bilan: 1. Ko‘pning duosi ko‘l. 2. O‘qiganning tili ko‘p uzun bo‘ldi. Aniqlovchining ma’noviy turlari. Aytilganidek, aniqlovchi mohiyatan uch xil bo‘ladi: sifatlovchi, qaratuvchi, izohlovchi. Sifatlovchi. Sifatlovchili birikmada tobe a’zo (sifatlovchi) hokim uzvning biror xususiyatini aniqlab keladi va unga tobe aloqaning bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchining qo‘llanishida ikki holatni farqlash lozim: 1) sifatlovchining sifatlanmish ma’nosini toraytirishi – muayyanlashtirishi: Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani? Bunda oq so‘zi bilan ifodalangan sifatlovchi sifatlanmish zamiridagi tushunchani ajratish, farqlash vazifasini bajargan (qora ilon, sariq ilon,oq ilon); 2) sifatlovchining ta’kid vazifasini bajarishi. Bunda ajratish, muayyanlashtirish vazifasi kuzatilmaydi: oppoq qor, oq sut bergan ona, oq paxta. Bu holat nutqiy jihatdan me’yoriy bo‘lsa-da, lisoniy nuqtayi nazardan ortiqlik sanaladi. Chunki qor, sut, paxta tabiatan oq bo‘lganligi sababli uni yana aniqlovchi bilan takrorlab o‘tirishga hojat bo‘lmaydi. Sifatlovchi vazifasida tabiatan tobe uzvlikka xoslangan so‘z kelganligi bois, u sifatlanmishga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Sifatlovchi vazifasida kelgan ot ham «tobega xos»lardek xususiyat kasb etib, hokim uzvga bitishuv yo‘li bilan birikadi. Sifatlovchi qaratuvchili birikmaga kengaytiruvchi bo‘lganda, ikki holat farqlanadi. Sifatlovchi bunda qaratuvchili birikmaga butunicha yoki undan faqat qaratuvchigagina kengaytiruvchi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Quyidagi gaplarda sifatlovchi kengaytiruvchining kengayuvchiga munosabatini qiyoslaymiz: yangi xo‘jalik rahbari – yangi xo‘jalik rahbari. Birinchi gapda yangi so‘zi xo‘jalik so‘zining kengaytiruvchisi bo‘lib, bu hokim so‘zning qaratqich kelishigini olishini taqozo etadi. Keyingi birikuvda yangi sifatlovchisi – xo‘jalik rahbari birikmasining kengaytiruvchisi. Sifatlovchilar ketma-ket kelib sifatlovchi zanjirini tashkil etadi. Sifatlanmish uyushiq holatda bo‘lganda, sifatlovchining barcha uyushgan birliklarga yoki ularning biriga tegishli ekanligi anglashilmay qoladi. Bunda belgining qaysi birlikka xos ekanligi matndan, biriktiruvning valentlik imkoniyati yoki boshqa nutqiy omillardan ayon bo‘lib turadi. Qiyoslang: 1. Aqlli bolalar, qizlar. qizlar bolalar Aqlli 2. Gulli chit tufli chit tufli Gulli Sifatlovchi va sifatlanmish izofa shaklida – sifatlanmish-sifatlovchi ko‘rinishini olgan bo‘lishi mumkin: majnuni gumroh, devonayi Mashrab, oynayi jahon va boshqalar. Bunday birikuv o‘zbek nutqi nuqtayi nazaridan sifatlovchili birikma sifatida qaralmaydi. Sifatlovchi va sifatlanmish tobelanishida sifatlovchining birikuv omillari MJSh tartibida bo‘ladi. Chunki sifatlovchi maxsus ko‘rsatkichlarsiz tobe a’zo maqomini egallaydi. Shu boisdan unda shakliy omil o‘ta kuchsizlanadi. Sifatlovchi va sifatlanmish orasiga so‘z kiritish, ularni bir-biridan uzish imkoniyati bo‘lmaganligi, bog‘lanishda sintaktik pozitsiya ustuvor ahamiyatga ega bo‘lganligi bois joylashuv omili faollashadi. Birikuvda ma’noviy omil birinchi o‘rinda bo‘ladi. Uning joylashuv omilidan ustunligi birikuvchi unsurlarning ma’noviy muvofiqligi har doim ham ahamiyatli bo‘lib qolishi bilan belgilanadi. Qaratuvchi aniqlovchi. Qaratuvchili birikmada qaralmishdan anglashilayotgan predmet yoki predmet tasavvuridagi narsaning qaratuvchidan anglashilgan narsa/shaxsga mansublik, tegishlilik kabi daxldorligi anglashiladi. Qaralmish vazifasidagi so‘zning lisoniy valentligida qaratuvchi to‘ldiradigan bo‘sh o‘rin fakultativ, nozaruriydir. Shu boisdan qaralmish egalik qo‘shimchalari bilan shakllanib, bu lisoniy nozarurlikni zaruriyatga aylantiradi. Qaratuvchi va qaralmish munosabati ikki tomonlama bo‘lib, birinchi a’zo (qaratuvchi) qaratqich kelishigi yoki bosh kelishik bilan, hokim a’zo esa egalik qo‘shimchasi bilan yoki usiz shakllanadi. 1.Qaratuvchining qaratqich kelishigi bilan shakllanishi: olmaning shoxi, ammamning daftari, Halimning kitobi. 2.Qaratuvchining bosh kelishikda bo‘lishi: mart oyi, bozor kuni, nafrat hissi. 3.Qaralmishning egalik qo‘shimchasisiz shakllanishi: bizning uy, sizning ayvon, Bizning yorni ko‘rgan bormi Qaratuvchili birikmadagi so‘zlarning o‘zaro munosabatidan turli ma’no anglashilishi mumkin: 1) qarashlilik: Azizaning kitobi, mening onam; 2) xoslik: olmaning bargi, piyozning po‘sti; 3) butun-bo‘lak: stolning oyog‘i, uyning eshigi; 4) tur-jins: olmaning yaxshisi, odamning aqllisi; 5) bajaruvchi va harakat munosabati: bolaning yig‘isi, itning hurishi. Bu ma’nolarning barchasi [ism qaratqich kelishigi → ism egalik qo‘shimchasi q qaratuvchi va qaralmish] qolipi emas, balki so‘zlarning ma’noviy munosabati hosilasi. Qaralmishdagi egalik affiksi qaratuvchining qaysi shaxsda ekanligini bildirib turadi. Shu boisdan ko‘p hollarda qaratuvchi qo‘llanilmasligi ham mumkin: ukang, kitobing kabi. Bunda ta’kid muhim rol o‘ynaydi. Qaratuvchini ta’kidlash lozim bo‘lganda, u, albatta, qo‘llanadi. Boshqa hollarda qaratuvchining qo‘llanishi nutqiy ortiqchalikni keltirib chiqaradi. Umuman, qaratuvchining qo‘llanmasligi quyidagi hollarda yuz beradi: 1) qaratuvchi vazifasida o‘zlik olmoshi qo‘llanishi lozim bo‘lganda: Halim o‘rtoqlariga xat jo‘natdi; 2) qaratuvchidan anglashilgan ma’no oldingi gaplardan ma’lum bo‘lib turgan bo‘lsa, uslubiy ortiqchalikdan qochish maqsadida: 1.Men (mening) sevgan qizimga uylandim. (Mening) Xotinimning otasi savdogar edi; 3) ta’kidlash lozim ko‘rilmaganda: Bog‘imda anorim bor. Oldingi bolimlarda aytilganidek, so‘z kengaytiruvchisi – so‘z semantik imkoniyatidagi bo‘sh o‘rinni to‘ldiruvchi aktant. Aktant nutqiy gaplar tarkibida so‘z birikmasini hosil qiladi. Bu birikuvlarda bo‘sh o‘rni to‘ldirilayotgan (biriktiruvchi) so‘z hokim so‘z, bo‘sh o‘rinni to‘ldirayotgan so‘z tobe so‘z sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, qizil olma birikuvida qizil so‘zi olma so‘zi zamiridagi ma’noviy mohiyatning «belgi» ma’no bo‘lakchasini muayyanlashtiruvchi aktant bo‘lib, olma so‘ziga «xizmat qilayotganligi» bois unga tobe unsur maqomida bo‘ladi. Demak, biror so‘zga tobelanib kelayotgan so‘z bo‘sh o‘rinni to‘ldiruvchi, aktant atamalari bilan yuritiladi. Aktantlar nutqda, an’anaviy tahlil usullari asosida aytganda, ega, hol, to‘ldiruvchi, aniqlovchi atamasi bilan nomlanadi. Biroq bu atamalar ostida tushuniluvchi hodisalar so‘z va gap kengaytiruvchisi farqlanishi nuqtayi nazaridan baholansa, butunlay boshqa holat vujudga keladi. Kengayuvchi so‘z gapning kesimi mavqeyida kelganda, gap kengaytiruvchisi gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘ladi. Masalan, Jahongir kitobni tez o‘qidi gapining lisoniy struktur sxemasi quyidagicha (48-jadval): 48-jadval E H W Pm o‘qi kitobni -di Jahongir tez Bundagi uchta so‘z – bevosita konstruktiv bo‘lakvoqelantiruvchisi. Bular: Jahongir, tez, o‘qidi. Faqat kitobni so‘zi o‘qi so‘zi orqaligina lisoniy strukturaga daxldor bo‘ladi. Bular Jahongir tez o‘qigan kitobni men olaman tarzida o‘zgartirilsa, oldingi gapda gap kengaytiruvchisi va gapning konstruktiv bo‘laklari ifodalovchici bo‘lgan Jahongir, tez so‘zlari endi avvalgi mavqeyidan mahrum bo‘ladi. Ulardagi konstruktiv bo‘laklarga bevosita daxldorlik bilvositalikka, gap kengaytiruvchilik so‘z kengaytiruvchilikka aylanadi. Bu gapning struktur sxemasiga diqqat qiling (49-jadval): 49-jadval E H W Pm ol kitobni -aman Men tez →o‘qigan Jahongir Oldingi gapda bevosita gap kesimidagi [Pm]ga daxldorlik kasb etib turgan Jahongir va tez so‘zlari kesimdagi atov birligi [W] kengaytiruvchisi bo‘lgan kitobni so‘zshaklining aktanti hisoblangan o‘qigan so‘zining kengaytiruvchilaridir. Ko‘rinadiki, gapning konstruktiv tizimidan faqat [Pm]ga bog‘langan hokim a’zo o‘rin oladi. Hokim uzvga tobelangan, ergashib kelayotgan aktant nutqiy gap tarkibidagina bo‘ladi. Nutqiy gap qanchalik kengaymasin, u, kengaymagan ko‘rinishida bo‘lgani kabi, lisoniy strukturaga bir xil daxldor bo‘ladi. Misolga murojaat qilamiz: Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi. Bu gapning struktur sxemasi quyidagicha (50-jadval): 50-jadval E H W Pm Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi Bunda bo‘laklarning barchasi bir so‘z bilan ifodalangan. So‘zning har biri qanchalik kengaysa ham, gapning lisoniy strukturaga munosabati o‘zgarmaydi. Gapning Olimlikni orzu qilgan Shavkat pedagogika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlab, magistraturaga kirish uchun tayyorlanayotganda o‘z faoliyatiga daxldor bu gaplardan bexabar edi tarzidagi kengaygan ko‘rinishi struktur sxemasiga diqqat qilaylik (51-jadval): 51-jadval E H W Pm Shavkat tayyorlanayotganda bexabar edi orzu qilgan olimlikni kirish uchun magistraturaga tamomlab diplom bilan imtiyozli universitetini pedagogika gaplar dan daxldor bu faoliyatiga o‘z Ko‘rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‘lmasin, uning struktur qolipi o‘ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo farqlanmaydi. So‘zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo‘lakka bog‘langanda yuz beradi. Konstruktiv bo‘lak bo‘lishi uchun kesimlik shakllanishi zarur bo‘ladi. Chunki kesim mavjud bo‘lsagina, unga bog‘langan ayrim so‘zlar konstruktiv bo‘lak tabiatiga ega bo‘ladi. Masalan, Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi nutqiy hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim yo‘q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‘laklari ham mavjud emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‘ldiruvchisi maqomini olsa, so‘zlardan mutlaq hokimlarining mavqeyi o‘zgaradi va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol mavqeyini egallashi mumkin: kesim: Mening orzum – qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi; ega: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallashi – mening orzum; hol: Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o‘rinni egallaganligidan biz juda quvondik Gapni bo‘laklarga va so‘z birikmasiga ajratish – sintaktik tahlilning ikki xil ko‘rinishi. Gapni bo‘laklarga ajratish kommunikativ birlik tahlili bo‘lsa, so‘z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlili. Masalan, Gulnora o‘qigan kitobni men kecha tugatgan edim gapining gap bo‘laklari bo‘yicha tahlili quyidagicha bo‘ladi: 1) tugatgan edim – kesim; 2) men – ega; 3) kecha – hol. Gulnora o‘qigan kitobni birikuvi gap bo‘lagi emas va u bo‘laklar tahlilida e’tiborga olinmaydi. Demak, to‘ldiruvchi va aniqlovchi so‘z kengaytiruvchisi bo‘lganligi bois gap bo‘laklari tahlilida nazardan chetda qoladi. Gapni so‘z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‘z kengaytiruvchi so‘z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchisi biror so‘z (atov birligi) ma’nosini emas, balki kesimlik qo‘shimchasi ma’nosini muayyanlashtirganligi bois, so‘z birikmalari sifatida olinmaydi. Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommunikativ sathga daxldor, ya’ni [Pm]ga bog‘lanuvchi so‘zlarni chiqarib tashlasak: a) Gulnora o‘qigan; b) o‘qigan kitob; d) kitobni tugatmoq kabi uchta so‘z birikmasi mavjudligi ayon bo‘ladi. Chunki gap tarkibidagi Gulnora, o‘qigan, kitobni birliklari so‘z kengaytiruvchisi Demak, xulosa qilish mumkinki, so‘z kengaytiruvchisi va gap kengaytiruvchisi munosabatidan kelib chiqqan holda so‘z birikmalari tahlilini gap bo‘laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.
×This lesson is not ready to be taken.
Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
6-Ma'ruza. Mavzu: Sodda gapning murakkablashuvi
Sodda gapning murakkablashuvi
Sodda gapning murakkablashuvi
Reja:

1. Sodda gapning murakkablashuvi va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi.

2. Sodda gapni murakkablashtiruvchi vositalar.

3. Ajratilgan bo‘laklar, uyushiq bo‘laklar, undalma, kirish va kiritmalar.

4. Murakkablashgan sodda gapning lisoniy sintaktik qolipi.

Ajratilgan so‘zshakllar. Gap nutqda voqelanar ekan, unda ishtirok etayotgan atov

birliklarining ma’nosi so‘zlovchi uchun yetarli darajada ochilmagan bo‘lishi mumkin. Shunda ularning ma’nolarini muayyanlashtirish maqsadida alohida, ta’kid ohangiga ega bo‘lgan atov birliklari nutqqa kiritiladi. Quyidagi gaplarga e’tibor bering: 1. Shavkat she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota. 3. Uning kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida uzoq turdi. 5. Seni sog‘indim. Tinglovchi uchun ushbu gaplardagi ma’lum bir so‘zlar ma’nolari izohlarsiz noaniq bo‘lishi mumkin. Buni e’tiborga olgan holda so‘zlovchi ularni muayyanlashtiruvchi so‘zlar bilan qo‘llaydi: 1. Shavkat, shoir, she’r o‘qidi. 2. Yurtim – Nurota, tog‘lar orasi. 3. Uning, Ikrom Imomzodaning, kafolati kerak bo‘ladi. 4. Soy bo‘yida, qo‘sh yong‘oqning tagida, uzoq turdi. 5. Seni, vafodorimni, sog‘indim. Birinchi gapda ega (Shavkat)ning ma’nosini shoir so‘zi, ikkinchi gapda kesim (Nurota)ning ma’nosini tog‘lar orasi, uchinchi gapda aniqlovchi (uning)ning ma’nosini Ikrom Imomzodaning so‘zshakli, to‘rtinchi gapda hol (soy bo‘yida) ning ma’nosini qo‘sh yong‘oqning tagida so‘zshakli, beshinchi gapda to‘ldiruvchi (seni)ning ma’nosini vafodorimni so‘zshakli izohlagan, to‘ldirgan, muayyanlashtirgan. Bu so‘zlar o‘zi izohlayotgan so‘zlar bilan bir hokim so‘zga tobelanadi. Undan faqat nisbatan tor ma’noga egaligi va ta’kid ohangi bilan ajralib turadi. Bunday atov birliklari gapning ajratilgan kengaytiruvchisi deyiladi. Gapning so‘z kengaytiruvchisi ham, gap kengaytiruvchisi ham ajratilishi mumkin. Yuqoridagi birinchi va ikkinchi gaplarda gap kengaytiruvchisi, 3-, 4-, 5- gaplarda esa so‘z kengaytiruvchisi ajratilgan. Shu boisdan ajratilgan kengaytiruvchilarni:

a) ajratilgan gap kengaytiruvchilari;

b) ajratilgan so‘z kengaytiruvchilari

ko‘rinishida ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin.

Gap ajratilgan kengaytiruvchilari bilan ajratilgan bo‘laklar muqobil atamalar emas. Chunki ajratilgan bo‘laklar deganda, gap konstruktiv bo‘laklarining ajratilishi tushuniladi. Ajratilgan kengaytiruvchilar atamasi esa bo‘lak mavqeyiga ega bo‘lmagan atov birliklarini ham o‘z ichiga qamrab oladi. Masalan, Men seni, vafodorimni, sog‘inganimni ayta olmayman gapida vafodorimni so‘zshakli ajratilgan kengaytiruvchi, lekin gap bo‘lagi emas.

Ajratilgan kengaytiruvchining gap struktur sxemasiga munosabati ular izohlayotgan atov birliklariniki bilan bir xildir. Ajratilgan kengaytiruvchi ajralmish (muayyanlashtirilayotgan) atov birliklarining «soyasi» bo‘lganligi bois, ular bilan bir butun holda bevosita yoki bilvosita gap struktur qolipiga daxldor bo‘ladi. Yuqoridagi gapning struktur qolipga munosabatini kuzating(52-jadval):52-jadval

E

H

W



Pm

Men

ayta ol

sog‘inganimni


vafodorimni,

seni,

mayman

Yoki Shavkat, shoir, she’r o‘qidi gapining struktur sxemasi quyidagicha (53-jadval):

53-jadval

E

H



W

Pm

shoir,



Shavkat,

o‘qi
she’r

di

Ajratilgan kengaytiruvchi muayyanlashtirilayotgan bo‘lakning «soyasi» bo‘lganligi bois, sof nutqiy hodisa. Shuning uchun uning mavjudligi va o‘ziga xosligi sof nutqiy omil – ohang bilan ham bog‘liq. O‘ziga xos ohangdan mahrum qilinsa, u boshqa nutqiy hodisa­ – undalmaga monand bo‘lib qoladi. Masalan, Erkin, ukam, injener bo‘ldi gapida ukam atov birligi ajratilgan kengaytiruvchiga xos ohangdan mahrum etilsa (ukam birligidan keyin ajratish pauzasi qo‘llansa), u egaga va eganing atov birligi esa undalmaga aylanib qoladi.

Gap va so‘z kengaytiruvchilarining ajratilishida o‘ziga xosliklar bor.

Gapda izohlovchining ajratilishi boshqa kengaytiruvchilarga nisbatan o‘ziga xos. Izohlovchi odatda izohlanmishdan oldin keladi: traktorchi Toshpo‘lat, oshpaz Mamatqulov, professor Jo‘rayev kabi. Izohlovchi ajratilganda, izohlanmish qanday mavqeda bo‘lsa, u ham shunday mavqega ega bo‘ladi. Masalan, Traktorchi Toshpo‘lat aka smenani topshirdi gapida izohlovchi (traktorchi) ega (Toshpo‘lat aka)ga tobe. Biroq u ajratilsa, gap egasiga tobeligi yo‘qoladi va o‘zi ham egaga aylanadi. Toshpo‘lat aka, traktorchi, smenani topshirdi. Bu gapda traktorchi so‘zshakli o‘rni o‘zgargan izohlovchi emas, balki tamoman yangi mavqe (gapning konsruktiv bo‘lagi – ega) olganligini izohlanmish (Toshpo‘lat aka)ni gapning boshqa konstruktiv yoki nokonstruktiv bo‘laklari vazifasiga qo‘yish bilan amin bo‘lish mumkin:

Bu kishi – Toshpo‘lat aka, traktorchi;

Toshpo‘lat akani, traktorchini, taniyman;

Toshpo‘latning, traktorchining, obro‘yi baland, hurmati joyida.

Birinchi gapda «sobiq» izohlovchi bo‘lmish traktorchi kesim, ikkinchi gapda to‘ldiruvchi, uchinchi gapda qaratuvchi aniqlovchi vazifasida kelgan. Demak, bunday holda ajratilish natijasida izohlovchi o‘z sifatini o‘zgartiradi.

Ajratilgan sifatlovchi. Sifatlovchi aniqlovchi ajratilganda ham aniqlanmishdan keyinga o‘tadi: 1. Ipaklari tillodan do‘ppi tikdim – Do‘ppi tikdim, ipaklari tillodan. 2. Yalang oyoq Qobil bobo dag‘-dag‘ titraydi – Qobil bobo, yalang oyoq, dag‘-dag‘ titraydi.

Gapning boshqa turdagi kengaytiruvchilari ajratilganda, ajralmish va ajratilgan

kengaytiruvchilar grammatik shakl va sintaktik mavqe jihatidan sifat o‘zgarishi kasb

etmaydi.


Ajratilgan ega. Izohlovchi ta’kidlanganda, ajratilgan egaga aylanadi: 1. Dotsent Jumayev Tursunali ilmiy safarga jo‘nadi – Jumayev Tursunali, dotsent, ilmiy safarga jo‘nadi. 2. Kapitan Xudoynazarov so‘z oldi – Xudoynazarov, kapitan, so‘z oldi.

Quyidagi gaplarda eganing o‘zi ajratilgan: Siz, yoshlar – bizning umidimizsiz. Bunda yoshlar so‘zshaklini ajralmish egadan oldinga o‘tkazib bo‘lmaydi. Ajratilgan ega izohlovchidan oldin bo‘lganda uning o‘rnini almashtirish mumkin: Jumayev domla – domla Jumayev kabi.

Ajratilgan hol. Bunda gapning bo‘lagi ma’nosi juda ham aniq bo‘lmagan, umumiy so‘zshakl bilan ifodalanadi. Ajratilgan holning ma’nosi nisbatan muayyan va tor bo‘ladi: Qishda, chillada, bo‘rilar odamga ham hamla qiladi.

Ajralmish holsiz ajratilgan hol bo‘lishi mumkin: Ikrom aka,

xayolga cho‘mib, bozorga qarab ketmoqda edi. Bundagi

ajratilmishni ajratish-ta’kid deb atash mumkin.

Ajratilgan to‘ldiruvchi. Ajratilgan to‘ldiruvchi odatdagi to‘ldiruvchining – olmoshning ma’nosini izohlaydi: Kecha-kunduz seni, vafodorimni, o‘ylayman.

Ajratilgan bo‘laklar tahlilida yana quyidagiga e’tibor berish lozim:

1) uyushiq bo‘lakli gaplarda umumlashtiruvchi so‘z yoki uyushiq so‘zlar ajratilgan bo‘lishi mumkin: 1. Ikrom va Otabek – sinfdoshlar, yo‘lga tushishdi. 2. Sinfdoshlar – Ikrom va Otabek yo‘lga tushishdi. Birinchi gapda sinfdoshlar, ikkinchi gapda Ikrom va Otabek uyushiq so‘zlari ajratilgan kengaytiruvchidir;

2) ajratilgan bo‘laklarni aniqlashda tartib muhim rol o‘ynaydi. Ajratilgan kengaytiruvchi keyin, ajralmish kengaytiruvchi oldin keladi: 1. U shaharga, Qarshiga, ketdi. 2. U Qarshiga, shaharga, ketdi. Birinchi gapda Qarshiga, ikkinchi gapda shaharga so‘zshakli–ajratilgan birlik.

Ajratilgan aniqlovchi bilan aniqlanmish distant holatda bo‘lganda, ularning aloqasi kuchsizlanib, aniqlovchining nisbiy mustaqillik holati kuchayadi: Haligi yigit, qo‘lida tuguni bor edi-ku, sartarosh, ertaga ta’tilga chiqar ekan.

Teng bog‘lanish haqida. Gap o‘zaro teng bog‘lanishga ega so‘zlar bilan ham kengayishi mumkin: Bodomlar, shaftolilar va o‘riklar gulladi. Bu gapdagi bodomlar, o‘riklar, shaftolilar so‘zshakllari sintaktik mazmun jihatdan biri ikkinchisiga tobe bo‘lmasdan, teng aloqaga kirishgan va bu aloqa teng bog‘lovchilar yoki ohang vositasida amalga oshirilgan. Bunday tenglanish qatorini hosil qilgan so‘zshakllar bir kengayuvchi so‘zshaklga tobelanib, sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘ladi. Bunday so‘zshakl uyushiq so‘zshakl deyiladi.

Formal va substansional yo‘nalishlar gap qurilishi talqiniga doir ixtiloflardan asosiysi uyushiq bo‘lak masalasida namoyon bo‘ladi. Chunki kesimga munosabat bu ikki yo‘nalishda tubdan farq qilar va u butun grammatik qurilish talqinining markazida turib, ayniqsa, sodda va qo‘shma gaplarni farqlashda tayanch nuqta vazifasini o‘taydi. Bu tayanch nuqta, ayniqsa, uyushiq kesim doirasida yaqqol bo‘rtib turadi. Kesim har doim ham boshqa uyushiq bo‘laklarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ega emas, ya’ni u uyushiqlikka doir qonun-qoidalarga har doim ham bo‘ysunmaydi. Gapning biror boshqa bo‘lagi kesimga o‘xshab hukmni bildirmaydi. Shuning uchun uni uyushiq bo‘laklar qatorida emas, balki alohida tarzda tahlil etish ma’qul ko‘rildi. Kesimning gap asosiga olinishi ham buni taqozo qiladi. Zero, “opredeleniye predlojeniya na yazыkovom urovne kak [WPm] pozvolyayet korennыm obrazom peresmotret vopros o prirode odnorodnыx skazuyemыx, poskolku kajdaya [WPm] yavlyayetsya predlojeniyam.”

Substansional talqinda uyushiq kesim masalasi birinchi bor tilshunos H.Ne’matov rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan oldinga surildi. Ular 1984-yilda o‘zbek sintaksisining substansional tadqiqi yo‘nalishini belgilab berishdi. Maqolada sintaksisning asosiy xususiyatlari haqida fikr yuritilib, unda turkiy sintaksisga yangicha munosabat g‘oyalari tezislar ko‘rinishida ifoda etildi. Keyinchalik uyushiq kesim masalasi uyushiq bo‘laklar qatorida bir necha risola va maqolalarda o‘rganildi.

Tezislar mualliflari sodda gapning eng kichik qurilish qolipini bizga ma’lum (WPm) shaklida belgilaydilar va gapga ta’rif berishar ekan, bunda nutqiy gaplarning lisoniy sathdagi umumiyligini nazarda tutishadi: “Poskolku formirovaniye predlojeniya ne opredelyayetsya nalichiyem ili otsutstviyem podlejahyego, to na urovne yazыka mojet bыt sformulirovano sleduyuhyeye opredeleniye: predlojeniyem mojno nazvat slovoformu v kategoriyax skazuyemosti i yeyo rasprostraniteli.”

Uyushgan so‘zshakllari gap bo‘laklari bo‘lishi ham, bo‘lmasligi ham mumkin. Shuning uchun ular umumiy “uyushgan so‘zshakl” atamasi bilan berildi. Ammo ular orasidagi aloqa tenglanish aloqasi bo‘lib, uyushayotgan so‘zshakllar tenglanish qatorini hosil qiladi.

Tenglanish qatori gapda har qanday sintaktik mavqeni egallashi mumkin:

Kesim: Siz aqlli va tadbirkorsiz.

Ega: Go‘yo Navoiy va Boyqaro qarshimda edi.

Hol: Suv o‘ynoqlab, ko‘piklanib oqardi.

To‘ldiruvchi: U qalam, daftar, ruchka oldi.

Aniqlovchi: Nasibaning va Karimaning opalari keldi.

Undalma: Aziz do‘stlar, yurtdoshlar, sizlarni sog‘inib yashadim.

Ko‘rinadiki, gapning konstruktiv bo‘laklari ham, nokonstruktiv bo‘laklari ham uyushishi mumkin.

Uyushiq so‘zshakllar bir butun holda, yaxlit a’zo sifatida gap struktur qolipiga bevosita (uyushiq kesim, ega, hol) yoki bilvosita (to‘ldiruvchi, aniqlovchi va boshqa so‘z kengaytiruvchisi) daxldor bo‘ladi. Tenglanish qatoridagi so‘zshakllar sintaktik jihatdan bir xil mavqega ega bo‘lmasligi ham mumkin. Ya’ni ular bir hokim uzvga tobelanishsa va o‘zaro teng aloqaga kirishishsa-da, sintaktik vazifa jihatdan farqlanadi. Masalan: Har joyda va har kimga sen haqingda gapirdim. Bundagi har joyda va har kimga so‘zshakllari o‘zaro teng aloqaga kirishgan, lekin biri gap kengaytiruvchisi (har joyda), ikkinchisi esa so‘z kengaytiruvchisi (har kimga). Bunday tenglanish qatori uyushmagan tenglanish qatori deyiladi. Uyushmagan tenglanish qatori a’zosining har biri har xil lisoniy-sintaktik o‘rinlarning to‘ldiruvchisi bo‘ladi. Xususan, mazkur gapdagi har joyda so‘zshakli gap lisoniy strukturasidagi hol o‘rnini to‘ldirsa, har kimga so‘zshakli gap markazidagi atov birligi [W]ning kengaytiruvchisi, gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan a’zodir.

Tenglangan so‘zshakllarining har biri kengaygan bo‘lishi ham mumkin: 1. U dengiz qiyofasini kasb etgan keng paxtazorga va undagi marra uchun kuyib-pishayotgan terimchilarga uzoq tikildi. 2. Sho‘x yigitlar, erka qizlar quvnashar.

Umumlashtiruvchi bo‘lak. Jahon tilshunosligida uyushiq bo‘laklar bobida “umumlashtiruvchi bo‘lak”, “umumlashtiruvchi so‘z”, “umumlashtiruvchi birlik” kabi atamalar qo‘llanib kelgan. Q.Ramazon, M.Shamslar umumlashtiruvchi bo‘lak haqida quyidagi fikrni bayon etganlar: “Ba’zan bir so‘zdan so‘ng uyushiq misollar bayon qilinadi”. O‘zbek tilshunosligida umumlashtiruvchi bo‘lak uyushiq ega va kesimlar bobida F.S.Ubayeva tomonidan yoritilgan. Bu birlik haqida olima quyidagicha fikr bildiradi: “Umumlashtiruvchi so‘z sanaluvchilarni – uyushiq egalarni jamlab, umumlashtirib ko‘rsatadi va jins tushunchasini ifoda etadi”.(86) (F.S.Ubayeva Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida uyushiq bosh bo‘laklari. Filol.fanl.nomzod....diss. Samarqand, 1959y.) Jahon va o‘zbek tili akademgrammatikalari hamda o‘quv adabiyotlarida umumlashtiruvchi bo‘lak, uning mohiyati, qo‘llanishi haqida o‘xshash ma’lumotlar keltirilgan. Tilshunoslikda uyushiq bo‘laklarning ikki xil qo‘llanishi bor: umumlashtiruvchi bo‘lakli va umumlashtiruvchi bo‘laksiz. Misollar: 1. Normurod ko‘zda yosh, ko‘nglida umid, yurakda dard va armon bilan xayrlashdi.(I.Shomurodov)2.Butun mashshoqlar, ashulachilar, qiziqchilar ham tashqarida edi.(A.Qahhor) Bu misollardan birinchisida uyushiq bo‘laklar qahramonning tashqi ko‘rinishini tasvirlash uchun, ikkinchisida esa, ular kasb-korni bildirish uchun qo‘llangan. Ushbu misollarni ko‘plab va ularning turli xillarini badiiy asarlarda uchratish mumkin.

Formal tilshunoslikda umumlashtiruvchi so‘z nomi bilan yuritilgan, formal-funksional tilshunoslikda kengaytiruvchilar qatoridan o‘rin olgan umumlashtiruvchi bo‘lak aksariyat holda uyushiq bo‘laklar(uyushgan kengaytiruvchilar) bilan qo‘llanadi. Quyida umumlashtiruvchi bo‘lak bilan birga qo‘llangan uyushiq bo‘laklar haqida fikr yuritamiz: 1)uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi birliklar, odatda, izoh talab qiladi: To‘rt otliq: Botirali, Bo‘ronbek, Qamchi, O‘tap aravalarni kuzatib bordilar.(H.G‘ulom);2)umumlashtiruvchi birliklar jins tushunchasining grammatik ifoda formasi, uyushiq bo‘laklar tur tushunchasining grammatik ifodasi hisoblanadi: Bog‘imizda mevalar: olma, anor va noklar g‘arq pishdi; 3)uyushiq bo‘laklar umumlashtiruvchi birliklarga nisbatan aniqlashtiruvchi vosita vazifasida keladi va ular o‘rtasidaizohlov munosabati bo‘ladi. Bu munosabat ba’zan ya’ni, jumladan, masalan, xususan kabi so‘zlar orqali ifodalanadi: Keyingi vaqtlarda u qattiq ishladi, ya’ni shudgor qildi,yerga mahalliy o‘gitlar soldi, chigit ekdi.

Uyushiq qatorlarda va hokazo, va boshqalar, hamma, barcha//bari, kabi//kabilar umumlashtiruvchi birliklar vazifasida kela oladi: 1) Diniy ilmlardan tashqari riyoziyot, ilmi nujum, mantiq, adabiyot va hokazolarda keng, pishiq ma’lumot kasb etgan edi.(Oybek) 2) Qalamda tortilgandek qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko‘zlar, sutday oppoq yuz, ingichka iyagidagi mitti holi, angishvonadek og‘zi – hammasi ataylab chizib qo‘yilgan suratgao‘xshaydi. (O‘.Hoshimov) 3) Keyinchalik yuqoridazikr etilgan kishilarning barchasi – Gulbesherov ham, Abdulla bilan Fayzulla ham, Shokirjon aka ham – bittasi qolmay hammasi qamalib ketdi.(Z.Saidnosirova)

Umumlashtiruvchi birlikning gap bo‘laklari, so‘z birikmalarini umumlashtirib kelishi masalasi o‘zbek va ingliz tillari matnlarining qiyoslanishi misolida o‘rganilgan, masalan: a)umumlashtiruvchi birlik gap yoki so‘z kengaytiruvchilarini umumlashtirib keladi: Ular qullarni chetdan olib kelishardi, garchi ularni qullar deb atashmasdi: xitoyliklar, yaponlar,meksikanlar, filippinlar.(J.Steynbek) b)umumlashtiruvchi birlik so‘z birikmasi va gap yoki so‘z kengaytiruvchilarini umumlashtiradi:1. Bejirim tuflilar, paypoqlar, yubkalar, to‘rlar, lentalar, taroqlar, hamyonchalar – qo‘ying-chi, har bir buyum yuragiga o‘t soladi.(T.Drayzer) 2.Kazanova, Mosart, imperator, Salyeri – bularning barchasi mening do‘stlarim edilar.(D.Veys) Bu gaplardagi har bir buyum va bularning barchasi birliklari gap kengaytiruvchilarini umumlashtirib kelmoqda. Umumlashtiruvchi birliklar faqat so‘z yoki gap kengaytiruvchilari, so‘z birikmalarinigina emas, balki ba’zan gaplarni ham umumlashtirib kela oladi, masalan, Har tun dunyo yaralardi quyidagilar bilan – do‘stlar paydo bo‘lardiva dushmanlar orttiriladi.(J.Steynberg) Kechqurun g‘alati hodisa sodir bo‘ldi: 20ta oila bir oilaga aylandi va hamma bolalar umumiy bolalarga aylandilar.(J.Steyberg)

Umumlashtiruvchi gap ikki gapdan iborat bo‘lgan ikkinchi qism uchun umumiy: Qayiq to‘xtovsiz ilgari siljirdi: quyosh ham ufq betida tirnog‘ini ko‘rsatdi-da, cholning o‘ng yelkasiga nur to‘kdi.(E.Xeminguey) Uch qismli gap qismlari ketma-ketlikda bir-biri bilan birikkan va o‘zaro ohang yordamida bog‘langan. Bu gapning qurilish qolipini quyidagicha berish mumkin: (S1 – WPm1): (S2 – WPm2), (S3 – WPm3). Keyingi ikkita gap mazmunan o‘zaro bog‘liq: Bu ikki gapdan birini tushirib qoldirish yoki o‘rnini almashtirish mazmunga putur yetkazadi.

Umumlashtiruvchi gap uchta qism uchun umumiy bo‘lishi mumkin: Davlatmandlarning xo‘p ham oshig‘i olchi-da: qayiqlarida radiolari bor, ularga har turli voqealarni so‘zlab beradi, beysbol yangiliklarini eshittirib turadi.(E.Xeminguey)

Uyushgan so‘zshakl. Uyushgan so‘zshakl har doim sintaktik mavqe va morfologik shakllanish jihatidan bir xil bo‘ladi. Ular boshqa so‘z bilan bog‘lanishda tenglik saqlaydi. Ammo ularning qanday so‘z bilan ifodalanishi – so‘z turkumi jihatdan bir xil bo‘lishi va demak, bir xil so‘roqqa javob bo‘lishi shart emas: Seni (olmosh) va Salomatning ukasini (ot) taqdirlashadi.

Uyushgan so‘zshaklning oxirgisi tegishli grammatik shaklni olib, oldingilari olmagan bo‘lishi ham mumkin: Maydonni begona o‘t, tosh va har xil chiqindilardan tozaladik. Bunda uyushgan so‘zshaklning oxirgisi (chiqindilardan) chiqish kelishigi bilan shakllangan. Bu uyushgan so‘zshaklning grammatik shakllanishi har xil bo‘lishi ham mumkin degani emas. Chunki oxirgi so‘zshakldagi chiqish kelishigi uyushgan so‘zlarning boshqalariga ham tegishli. Faqat nutqiy tejamkorlik grammatik ko‘rsatkichning barcha so‘zshaklda takrorlanishiga monelik qiladi.

Uyushiq so‘zshaklning muhim nutqiy belgisidan biri sanash ohangi bilan aytilishidir. Sanash ohangi bo‘lmasa, sintaktik mavqe, grammatik shakl va ifodalanish jihatlari bir xilligiga qaramasdan so‘zshakllar uyushiq sanalmaydi. Masalan, Mening diqqatimni dumaloq oppoq toshlar tortdi gapidagi dumaloq va oppoq so‘zshakli toshlar so‘zshakliga tobelanib, ifodalanish va grammatik shakl jihatdan bir xil. Biroq ular uyushtiruvchi (sanash) ohangsiz uyushmagan kengaytiruvchi hisoblanadi.

Demak, sintaktik mavqe, grammatik shakl bir xilligi va uyushtiruvchi ohangga egalik uyushgan tenglanish qatorining zaruriy belgisidir.

Uyushiq kesimning o‘ziga xos xususiyati. Uyushgan ega, hol, to‘ldiruvchi va aniqlovchida tegishli grammatik shakl har bir so‘zshaklda alohida-alohida mavjud bo‘lishi ham, faqat oxirgisida bo‘lib, oldingilarida bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq uyushgan kesimlarda kesimlik shakllari bilan faqat oxirgi kesim shakllangan, boshqalari esa bu qo‘shimchani olmagan bo‘ladi: 1. Bizning yoshlar dono va zukkodirlar. 2. Do‘kondorlar molini maqtab va xaridorlarni chorlab turardilar. 3. Voqea sodir bo‘lgan joyga zudlik bilan borishimiz va masalaga oydinlik kiritishimiz lozim.

So‘z kesimlik ko‘rsatkichi bilan shakllangan va kesimlik sintaktik pozitsiyasini egallagan bo‘lsa, u alohida hukm va tugal ma’no ifodalaydi hamda gap hosil qiladi. Yuqorida keltirilgan gapda ham uyushgan kesimning barchasi [Pm] ko‘rsatkichi bilan shakllantirilganda, ularning har biri alohida-alohida gapni hosil qiladi va natijada qo‘shma gap vujudga keladi. Qiyoslang: 1. Siz a’lochi va jamoatchisiz (uyushiq kesimli gap) – Siz a’lochisiz va jamoatchisiz (qo‘shma gap). 2. U vaqtlarda otam kosib, onamtikuvchi edi (uyushgan sodda gap) – U vaqtlarda otam kosib edi va onam tikuvchi edi (qo‘shma gap).

Ikkinchi gapning har bir kesimini [Pm] bilan to‘la shakllantirib, qo‘shma gap tarzida qo‘llash uslubiy g‘alizlikni keltirib chiqaradi. Shu bois ushbu o‘rinda qo‘shma gap emas, balki uyushiq kesimli sodda gapni ishlatish qulay.

O‘zbek tilida uyushiq kesim har xil so‘z turkumi bilan ham ifodalanishi mumkin. Bu holat ot va olmoshda mavjud: Taniganim, bilganim sen va Halimdir. Biroq fe’l va boshqa turkum so‘zi uyushiq kesim hosil qila olmaydi. Chunki ot, fe’l boshqacha va qolgan turkumlar boshqacha tuslanishga ega bo‘ladi: Itingdurman va bo‘zlagaydirman. Bu gapda kesimlik ko‘rsatkichlarini ikkala so‘zshakl uchun bitta qilib bo‘lmaydi: Itingdur va bo‘zlagaydirman kabi.

Uyushiq kesimlarning oldin turgani-i(b) shaklli ravishdosh bilan ifodalanganda, hol bilan monand bo‘lib qoladi: 1. U ko‘rqib baqirib yubordi. 2. U tanib, bilib so‘ray boshladi. Har ikkala qo‘llanishda ham fe’l so‘zshakllar bir-biriga o‘xshaydi. Biroq gaplardan birinchisida fe’l hol (ko‘rib) va kesim (baqirib yubordi) vazifasida. Keyingi gapda esa uyushiq kesim mavjud. Biroq birinchi gapda uyushiqlikning zaruriy belgisi – uyushtiruvchi ohang mavjud emas.

Tenglanish qatorida bog‘lovchi. Tenglanish qatori bog‘lovchili yoki bog‘lovchisiz bo‘lishi mumkin. Bog‘lovchisiz qator faqat ohang yordamida hosil qilinadi: 1. Karima, Gulnora, Halima bog‘ga jo‘nadilar. 2. U tanib, bilib, so‘ray boshladi.

Bog‘lovchili qator bog‘lovchi vosita yordamida hosil qilinadi: 1.Eshikdan yosh yigit va chol kirib keldi. 2. Farzandlarimiz dono va baxtiyordir.

Tenglanish qatori nisbatan cheklanmagan yoki cheklangan a’zodan tashkil topishi mumkin. Bu a’zolararo munosabatning turi bilan bog‘liq. Shunday tenglanish qatori mavjudki, bunda bemalol qatorni to‘ldirish, yangi a’zo bilan davom ettirish mumkin bo‘ladi: U ko‘k, qora, qizil qalamlar oldi. Bunday tenglanish qatori ochiq qator deyiladi. Ochiq qator shunday a’zolardan tuziladiki, bunda bir a’zo boshqalariga qanday munosabatda bo‘lsa, boshqa a’zo ham unga shunday munosabatda bo‘ladi. Yopiq qator esa shunday a’zolardan tashkil topadiki, ularda qatordagi a’zolarning munosabati taqsimlangan bo‘ladi: bir a’zo ikkinchisiga boshqacha, ikkinchisi birinchisiga boshqacha munosabatda bo‘ladi: Bog‘da nafaqat olma, balki nok ham o‘sadi. Ochiq tenglanish qatorida tartib, asosan, erkin: Bog‘da o‘rik, olma, shaftoli o‘sadi gapi bog‘da o‘rik, olma, shaftoli, balki nok ham o‘sadi shaklida berilsa ham, mazmunga putur yetmaydi. Yopiq tenglanish qatorida tartib, ko‘pincha, qat’iy bo‘ladi. Bog‘da shaftoli, olma, balki nok ham o‘sadi gapi Bog‘da nafaqat nok, balki olma ham o‘sadi ko‘rinishini olsa, avvalgi mazmunni bermaydi (Qiyoslang: pishirib, yedi – yeb pishirdi, to‘y va tomosha – tomosha va to‘y).

Ba’zi bog‘lovchi faqat ochiq qatorni, ba’zilari esa faqat yopiq qatorni tashkil etadi.

Ayiruv bog‘lovchilari ochiq qatorni tashkil qiladi: 1. Biz uchun maktab yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat ishi bo‘lmog‘i lozim.2. Bunda bor na ofat, na g‘urbat, na g‘am.

Biriktiruv va zidlov bog‘lovchilari yo yopiq qatorni tashkil etadi, yoki qatorni yopadi: 1) yopiq qatorni tashkil etish: Gullar va maysalar ajib bir go‘zallik baxsh etardi; 2) qatorni yopish: Gullar, rayhonlar va maysalar ajib bir go‘zallik baxsh etardi.

Tenglanish qatorining har ikkala turi – ochiq qator ham, yopiq qator ham

bog‘lovchisiz bo‘lishi mumkin:

Bog‘lovchili ochiq qator. Ayrim bog‘lovchi tenglik munosabatiga kirishayotgan har bir so‘zshakl uchun qo‘llanib, qatorni bemalol davom ettirishi mumkin: Halim ham o‘qiydi, ham ishlaydi, ham davolanadi gapida ochiq qatorni tashkil etuvchi bog‘lovchi, aytilganidek, asosan, ayiruv bog‘lovchilar va ham yuklamasi.

Bog‘lovchisiz ochiq qator. Bog‘lovchisiz ochiq qatorni tashkil etuvchi a’zolar o‘zaro uyushtiruvchi ohang yordamida bog‘lanadi:

Muhayyo, Surayyo, Dilshoda, Muqaddas,

Ko‘zimni yashnatib kiyibsiz atlas.

2.1. Bog‘lovchisiz ochiq qatorning ikki turi mavjud:

a) har xil predmet, belgi va shu kabilar nomi beriladi: Nonsiz, tuzsiz, suvsiz

uch kun qiynaldi.

b) darajalanuvchi, ko‘payuvchi, to‘ldiruvchi a’zolar beriladi: Tutab, burqsib, yonib, kuydi bechora.

2.1.1. Yopiq bog‘lovchili qator a’zolari orasida:

a) uyg‘unlik ( Halim qattiq qo‘l va jiddiy edi);

b) zidlik (Sekin, ammo chiroyli yozadi)

ma’nosi mavjud.

2.1.2. Bog‘lovchisiz yopiq qatorda tenglanuvchi a’zolar juftlashadi: 1. Erta-indin kelarman (erta yoki indin kelarman). Ba’zan ayrim vosita ham bog‘lovchisiz qatorni tashkil qilishda qo‘llaniladi: Senga emas, qizimga aytaman.

Gap undalma bilan ham kengayishi mumkin. Undalma gap tarkibidagi II shaxs kishilik olmoshi bo‘lgan so‘zshakl ma’nosini muayyanlashtiruvchi unsur bo‘lib, u mantiqan so‘z kengaytiruvchisi maqomida bo‘ladi. Biroq u kengayayotgan so‘z bilan bog‘langanda, grammatik aloqaga ega emas. Undalma mazmunan bog‘langan so‘zshakl nutq yo‘naltirilgan shaxs yoki narsa predmetni ifodalaydi. Undalma vazifasida, odatda, bosh kelishikdagi ot, ba’zan otlashgan so‘zshakllar keladi.

Demak, undalma gap lisoniy strukturasiga bevosita daxldor bo‘lmagan, gap tarkibidagi ifodalangan yoki ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshining so‘z kengaytiruvchisi hisoblanadi. Ajratilgan bo‘lak ajralmish bo‘lak bilan mazmunangina munosabatga kirishganligi kabi, undalma ham nutq yo‘naltirilgan shaxs, predmet bilan mazmuniy bog‘lanishga ega bo‘ladi.

Undalma kengaytirgan olmosh so‘zshakl gapning barcha bo‘laklari, bo‘lakning kengaytiruvchilari, qolaversa, bo‘lak bo‘laklarining kengaytiruvchilari bo‘lishi mumkin:

kesim: Do‘stim, ishonganim sensan;

ega: Oybek, sen maktabga kechikyapsan;

hol: Halim, sen tufayli murodimga yetdim;

aniqlovchi: Gulbadan, sening muhabbating dilingda pinhon;

to‘ldiruvchi: Qarchig‘ay changalim, senga yo‘l bo‘lsin.

Undalma qo‘llanganda u kengaytirgan so‘z tushib qolishi ham mumkin. 1. Ey Sharqning bo‘stoni, dilimga payvand! 2. Kel, ey Furqat, suxanni muxtasar qil.

So‘zlovchining nutqi qaratilgan shaxs predmetni ifodalovchi so‘zshakl gap tarkibida yo‘q bo‘lishi va uni tiklab ham bo‘lmasligi mumkin: 1. Hoy qizlar, mana bo‘ldi pora-pora paranji. 2. Yigitcha, mashina jo‘nayapti. Ammo baribir, undalma ifodalanmagan ikkinchi shaxs olmoshi mazmunining muayyanlashtiruvchisi ekanligi ma’lum bo‘lib turadi.

Undalma vazifasida qo‘llanadigan so‘z:

ot: Xola, bemahalda nima qilib yuribsiz?

otlashgan so‘z: 1. Ko‘rganlar, gapiring. 2. Tentagim, nima deysan?3. Birinchi, men ikkinchi!

Undalma kengayishi ham mumkin: 1. Yaxshi yigit, sevganingdan ayrilma. 2. Oq ilon, oppoq ilon, oydinda yotganing qani?

Undalma uyushishi ham mumkin. Bunda nutq turli narsalarga qaratiladi. Daraxtlar, bo‘stonlar, sizdan so‘rayman.

Undalma gapning barcha o‘rinlarida kela oladi. Gap boshida kelganda uni ochadi, oxirida esa yopadi: 1. Aziz do‘stim, omonmisan? 2. Omonmisan, aziz do‘stim.

Undalma mustaqil gap maqomini ham olishi mumkin: 1. Opa! Sen ham odam edingmi? 2. Bola qichqirdi: «Dada!» Bunda u vokativ gap bo‘ladi, undalmalar mohiyatidan butunlay uzoqlashadi.

Kirish kengaytiruvchilar. Ma’lum bo‘ladiki, gap [Pm]i tarkibida mayl/modallik ma’nosi ham mavjud. Modallik gap kesimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Tilshunoslikda modallikning o‘zigina gapni tashkil etadi degan qarash ham mavjud. Chunki gap [Pm]ida mavjud va xilma-xil vosita bilan ifodalangan taxmin, gumon, shubha, ishonch, qat’iylik, shart, istak, tilak, buyruq, imkoniyat, zaruriyat, majburiylik kabi ma’no ifodalangan har qanday hukm, fikrda ustuvor qiymati bilan ajralib turadi. Shu boisdan gap tarkibida gap bo‘laklari bilan grammatik aloqaga kirishmagan, so‘z birikmasi hosil qilmagan bo‘lsa-da, [Pm]dagi mazkur ma’noga bevosita daxldor bo‘lgan subyektiv modallik munosabatini ifodalaydigan atov birliklari ko‘plab uchraydi: 1. Aka, bugun ota-onalar yig‘ilishiga dadam boradilarmi? – Dadam, albatta, boradilar, balki, onam ham borarlar. 2. To‘g‘ri, yomon odam jazosini tortishi kerak, – dedi Saida. 3. Bu chol, qizining so‘ziga qaraganda, hali juda baquvvat ekan. 4. Siz, o‘ylab qarasam, shu lavozimga loyiq nomzod ekansiz.

Bunday atov birliklari va qurilmalar gap tarkibiga kirar ekan, [Pm] tarkibidagi modal va tasdiq/inkor ma’nosini muayyanlashtiradi, ya’ni gapning kesimi bilan bog‘lanadi. Shu boisdan ular modal yoki kirish kengaytiruvchi deb ataladi. Kirish kengaytiruvchilar gapning konstruktiv bo‘laklari sanalmish ega va hol kabi faqat va to‘g‘ridan-to‘g‘ri gap markaziga munosabatda bo‘ladi. Biroq kirish kengaytiruvchi [Pm]ga grammatik jihatdan bog‘lanmaganligi bois unga nisbatan konstruktiv sifatini qo‘llab bo‘lmaydi. Biroq unga zich mazmuniy munosabatda bo‘lganligini inobatga olib ularni bo‘lak, gap bo‘lagi, gap kengaytiruvchisi deyish mumkin. Demak, kirish kengaytiruvchi so‘z va gap kengaytiruvchisi orasida «oraliq uchinchi» bo‘lganligi bois ularni gapning konstruktiv bo‘lmagan bo‘lagi atamasi bilan nomlash mumkin. Atamaning konstruktiv bo‘lmagan degan qismi hodisaning so‘z kengaytiruvchisi sifatiga egaligini ko‘rsatsa, bo‘lak uzvi gap kengaytiruvchi sirasiga daxldorligini bildiradi.

Kirishlarning gap struktur qurilishidagi o‘rnini quyidagicha berish mumkin (54-jadval):54-jadval:

E

H

W



Pm

Kirish


yoki WPm

Ega Hol Kesim Kirish

Kirish kengaytiruvchi so‘z, birikma va gap ko‘rinishida bo‘lishi mumkin: 1. Farg‘onada, balki, balqarsan.(A.Orip) 2. Tabibning ta’biricha, shohning sog‘ayishi uchun uch narsa zarur ekan. (Ert) 3. Men sizga aytsam, bir kunda uch mahal shaharga qatnashning o‘zi bo‘lmaydi. (S.Nur) Shu sababli kirish kengaytiruvchi kirish so‘z, kirish birikma, kirish gap kabi turga bo‘lib o‘rganiladi. Aslida barcha kirish kengaytiruvchisi nominativ birlik. Garchi ularning ayrim ko‘rinishi gap xarakterida bo‘lsa-da, ularni tom ma’nodagi gap deb bo‘lmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan, men sizga aytsamqurilmasi mazkur gap tarkibida shaklan gap ko‘rinishida bo‘lsa-da, uning zimmasiga fikr ifodalash, axborot uzatish vazifasi yuklatilmagan. Unda [Pm] shakli mavjud bo‘lsa-da, tegishli ma’nolar voqelanishi o‘ta kuchsizlangan. Shu boisdan undagi [Pm] shakllari va unga mos gap kengaytiruvchisi o‘zgartirib ko‘rilsa, uning kirishlik mohiyati butunlay yo‘qoladi.

Kirish kengaytiruvchilarning umumiy va o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar:

kirishlar gap tarkibiga muayyan denotativ ma’nolari bilan kirmaydi. Masalan, yuqorida keltirilgan Men sizga aytsam kirish gapidagi so‘zlarda harakat, harakatni bajaruvchi shaxs, obyekt kabi ma’no ifodalanmagan. Unda bir butun holda «ishontirish» modal ma’nosi mavjud;

kirishlar grammatik shakllanganlik nuqtayi nazaridan rang-barang. Unda tuslangan fe’l ham (aytsam), tuslanmagan fe’l ham (shunday qilib), ot ham (chamasi), olmosh ham (menimcha) kirish vazifasida keladi. Ammo ular, aytilganidek, ba’zan qisman, ba’zan butunlay o‘z lug‘aviy ma’nosini yo‘qotib, paradigmasidan vaqtincha uzilgan bo‘ladi;

kirish kengaytiruvchining barchasi o‘ziga xos yagona «so‘zlovchining o‘z fikriga munosabatini bildirish» umumiy ma’nosi ostida birlashadi;

kirish kengaytiruvchilarning gapdagi o‘rni qat’iy emas.

Bu belgilarning barchasi kirish kengaytiruvchilar o‘ziga xos lug‘aviy-sintaktik guruhni tashkil etishini ko‘rsatadi.

Kirish kengaytiruvchi gapda quyidagi ma’nolarni ifodalaydi:

ta’kidlash, tinglovchining diqqatini bayon qilinayotgan fikrga tortish: takrorlayman, muhimi, ishonsangiz, masalan, misol uchun, ta’kidlayman, aytish kerakki;

subyektiv munosabat, his-tuyg‘ularni ifodalash: baxtimizga, baxtga qarshi, o‘ylayman, umid qilaman, o‘ylaymanki, shubhasiz, ehtimol, shu ma’noda, qaysidir ma’noda, afsuski, attang, essiz;

fikrni bayon qilish usuliga munosabat: to‘g‘risini aytganda, bir so‘z bilan aytganda, sodda qilib aytganda, aniqrog‘i, qisqasi, gapning indallosi;

fikrning bog‘lanishini, matn tarkibiy qismlari orasida munosabat, ichki aloqa kabilarga so‘zlovchining qanday qarashini ifodalash: demak, xulosa, sababi, shunday qilib, ko‘rinadiki, ma’lum bo‘ladiki, buning ustiga, odatda;

aytilayotgan fikrning kimga tegishli ekanligini bildiruvchi so‘z: menimcha, fikrimcha, uning so‘ziga qaraganda, aytishlaricha, xabar berishiga qaraganda;

fikrning tartibini, izchilligini bildiradigan so‘zlar: birinchidan, avvalo, ikkinchidan.

Kiritma qurilma.Kiritma qurilma gap holatida bo‘lib, nutqda gapdan

anglashilayotgan fikrga qo‘shimcha tariqasidagi yangi fikrni bayon etish vositasi. Kiritma kirish o‘zining gaplik mohiyatiga to‘la egaligi (kirish gap garchi shaklan gap tarzida bo‘lsa-da, ko‘proq kirish so‘z tabiatiga ega bo‘ladi), asosiy gap bilan mazmuniy bog‘liqlikning o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi: Buvamga (hamma band bo‘lganligi uchun) men qarashib turadigan bo‘ldim. Bu gapdagi hamma band bo‘lganligi uchun qurilmasi kiritma bo‘lib, u asosiy gap bilan grammatik jihatdan bog‘lanmasa-da, mazmunan undan anglashilgan voqea/hodisaning sababini bildirib, mazmunan qo‘shma gapda bo‘lgani kabi izohlash vazifasini o‘tamoqda. Kiritma qurilmaning nisbiy mustaqilligi gap ohangidan ham anglashilib turadi.

Kiritma qurilmaning qo‘shma gap tarkibidagi sodda gapdan farqi – uning ma’lum gapga nutq momentida tug‘ilib qolgan ehtiyojga ko‘ra kutilmagan tarzda birdan kiritilishi. Bu uni sof nutqiy hodisadek tasavvur qilishga olib keladi. Biroq so‘zlovchi ongida kiritma qurilmalarni gapga kiritish ko‘nikma va malakasi mavjud bo‘lib, bu uning lisoniy hodisa tajallisi ekanligidan, lisonda uning nutqiy qo‘llanish andozasi mavjudligidan dalolat beradi.

Kiritma qurilmaning o‘rni ham gap tarkibida qat’iy. U asosiy fikrga qo‘shimcha, ilova fikrni ifodalaganligi bois gap avvalida kela olmaydi. Chunki asosiy fikr boshlanmasdan ilova fikrni berish noo‘rin. Shuningdek, kiritma, odatda, gap oxirida ham bo‘lmaydi.

Kiritma qurilmaning yana bir xususiyati uning yig‘iq (kesimdangina iborat) bo‘lmasligi: 1. Yalpiz (cho‘l yalpizini aytganim yo‘q) oshga solinadi. 2. O‘sha yosh bolani (u ota-onasiz qolgan edi) boyga qarol qilib berishdi. Chunki, birinchidan, fikr qo‘shimcha bo‘lsa-da, u muhim, shu boisdan, odatda, uni faqat kesim bilan berishning imkoni yo‘q. Ikkinchidan, kiritma bir so‘z bilan berilsa, u ajratilgan bo‘lakka aylanib qoladi: Onam (o‘gay) meni ko‘p urishardi. Bunday ko‘rinishdagi ajratilgan bo‘lak ba’zi darslik va qo‘llanmada kiritma gap sifatida talqin qilinadi. Aslida Otam (o‘gay) qazo qildi gapida o‘gay birligi ajratilgan aniqlovchi (Bayroq, havo rang, hilpiramoqda gapidagi kabi).

Demak, kiritma qurilmali gap mohiyatan qo‘shma gapga o‘xshaydi. Biroq grammatik aloqa va intonatsion o‘ziga xoslik ularni farqlovchi belgidir. Misol sifatida O‘rmondan (u yerda yirtqich hayvonlar bor edi) bo‘kirgan ovozlar eshitilardi gapini olaylik. Gap mazmunini O‘rmonda yirtqich hayvonlar bor, shuning uchun u yerda bo‘kirgan ovozlar eshitilardi deya tushunish mumkin. Biroq uni O‘rmonda bo‘kirgan ovozlar eshitilardi, u yerda yirtqich hayvonlar bor edi tarzida o‘zgartirilsa, gaplardagi grammatik mustaqillik kuchayib, qo‘shma gaplik xususiyati susayadi, alohida sodda gapga intilish o‘sadi.


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzhSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
7-Ma'ruza.Mavzu: Uyushgan gap
Uyushgan gap
Uyushgan gap
Reja:

1. Uyushgan gap, uning sodda va qo‘shma gap oralig‘ida tutgan o‘rni.

2. Uyushgan gapning lisoniy-sintaktik qolipi, turlari, nutqiy voqelanishi

3. Uyushgan gapda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.


Uyushiqlik haqida. Uyushiqlik umumiy bir holat bo‘lib, sodda gapga ham, qo‘shma gapga ham xosdir. Buni sodda gaplar misolida oldingi bo‘limlarda ko‘rib o‘tdik. Sodda gapda an’anaviy sintaksisga ko‘ra gap bo‘laklari uyushib kelsa, qo‘shma gapda gap bo‘laklari, qo‘shma gap qismlarining o‘zi, o‘rni bilan, qo‘shma gap uyushib keladi. Keyingi qurilmada qo‘shma gapning qurilish materiali qo‘shma gap bo‘ladi.

Uyushiqlik ikki birlik (unsur)dan iborat bo‘ladi:

a) uyushuvchi birlik (unsur)lar;

b) uyushtiruvchi birlik (unsur).

Uyushuvchi birliklar – sanaluvchilar. Uyushtiruvchi birliklar – sanaluvchilarni birlashtirib, markazlashtirib turuvchilardir. Uyushuvchi birlik grammatikada uyushiq birlik (unsur), bo‘lak, gap deyiladi.

Uyushiq so‘zi hozirgi zamon tilshunosligida, asosan, gap bo‘laklariga nisbatan qo‘llaniladi. Gaplarga nisbatan esa bu terminni (uyushiq, uyushgan) o‘zbek tilshunosligida birinchi bo‘lib R.Rasulov qo‘llagan. Olim uyushgan gaplarning o‘ziga xos xususiyatlari, tuzilishi, qo‘llanilishini “Alpomish” dostoni materiali asosida tekshiradi va qiziqarli ma’lumotlar beradi.

Mavjud adabiyotlarda bir semantik gruppaga kiruvchi bo‘laklarning uyushib kelishi, uyushiq bo‘laklarning sanash ohangi bilan aytilishi, umumiy bo‘lakka ergashishi va umumiy bo‘lakni ergashtirib kelishi, uyushiq bo‘laklarning bir xil so‘z turkumi bilan ifodalanishi, bir xildagi so‘roqqa javob bo‘lishi kabilar qayd etiladi. Bu qayd etilgan fikrlar to‘g‘ri. Lekin hamma vaqt ham, har xil joylashish (pozisiya)da ham uyushiq bo‘laklarning shu yuqoridagi xususiyatlarga to‘la ega bo‘lishi, shu qonuniyatlardan chetga chiqishi mumkin emasligi haqidagi fikrlarga qanoat hosil qilib bo‘lmaydi.

Til hodisasiga har bir milliy tilning o‘z qonuniyati, har bir xalqning milliy-mental xususiyatini hisobga olgan holda yondashish kerak. Masalan, rus xalqi barcha jonli predmetlar uchun kto so‘rog‘ini qo‘llasa, o‘zbek xalqi kishilar uchun kim, kishidan boshqa barcha jonli va jonsiz predmetlar uchun nima so‘rog‘ini qo‘llaydi. Bundan uyushiq bo‘laklarning turli xil so‘roqlarga javob bo‘lishi kelib chiqadi. Bundan tashqari, uyushiq bo‘laklar jonli va jonsiz predmetlarni ifodalovchi turli xil otlar bilan ifodalanib keladi: Ariqlarda qiy-chuv bilan cho‘milib, qizg‘in tuproqqa ag‘anagan qora-qura bolalar, o‘rikzorda o‘rik qoqqan qizlar, havoda zarg‘aldoqning "biyov-biyov"i va traktorning guldirovi, devor orqasida tandirda pishayotgan, nonning hidi, olislarda chaylalardan, dala shiyponlaridan ko‘tarilayotgan tutun ko‘malari bog‘larda mevalarni qushlardan qo‘riqlovchilarning shovqini – hamma narsa unga tinch hayotni va erkin mehnat nash’asini gavdalantirar edi. (Oyb) Bu gapda yettita ega uyushib kelgan bo‘lib, ularning ikkitasi (bolalar, qizlar) kimlar, beshtasi (biyov-biyovi, guldirovi, hidi, tutun ko‘malari, shovqini) nimalar so‘roqlariga javob bo‘ladi. Haqiqatdan ham, bu xarakterli misollardan uyushiq bo‘laklarning turli xil so‘roqqa javob bo‘lishi aniq ko‘rinib turibdi.

Uyushiq bo‘laklar, xuddi uyushmagan bo‘laklarday, ot, olmosh, fe’l, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, ravish kabi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. O‘rniga qarab, ot va olmosh bilan ifodalangan bo‘laklar bir uyushiqlik zanjirni tashkil etadi. Masalan, Mamlakat, Lola, Mahfuza, Ziyoda, yana kimlar keldi gapida Mamlakat, Lola, Mahfuza, Ziyoda, kimdir bo‘laklari uyushiq bo‘lak bo‘lib, ularning oldingi to‘rttasi ot, keyingi bittasi, yakunlovchisi olmosh bilan ifodalangan. Demak, uyushiq bo‘laklar bir xil turkumdagi so‘z bilan ifodalanadi va ular bir xil so‘roqqa javob bo‘ladi degan fikrlar nisbiydir.

Uyushtiruvchi unsur bir semantik gruppani tashkil qilgan uyushiq bo‘laklarni ham, boshqacha aytganda, turli jinsli uyushiq bo‘laklarni ham markazlashtirib kelaveradi. Bir misolni qiyoslab, tahlil qilib ko‘raylik: Norali ikki qo‘llab, sortlarga ajratib, tez, toza va ko‘p terdi. (I.Rah) Bu misolda terdi uyushtiruvchi unsur bo‘lib, ikki qo‘llab, sortlarga ajratib, tez, toza, ko‘p uyushuvchi unsurlardir. Uyushuvchi unsurlar ikkita semantik gruppani tashkil qiladi:

a) ikki qo‘llab, sortlarga ajratib, tez, toza – ravish hollari;

b) ko‘p – miqdor holi.

Mana shu turli jinslardan iborat hollar bir uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi.

To‘ldiruvchi va holning umumiy tomonlari bor:

a) ikkalasi ham kesim sostaviga kiradi, ya’ni kesim bilan sintaktik aloqaga kirib, unga ergashadi;

b) grammatik ko‘rsatkichlari deyarli bir xil;

v) ifodalanish materiali jihatidan ham yaqinligi bor.

Ana shuning uchun bo‘lsa kerak, to‘ldiruvchi bilan hol ba’zan bir uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi: Ashulani mana shunday joyda aytsang! Ovozing hamma-hamma joyga, hamma odamlarga, osmonlarga, yulduzlarga yetib borsin. (A.Mux) Bu misolda yetib borsin – uyushtiruvchi unsur, hamma-hamma joyga, hamma odamlarga, osmonlarga, yulduzlarga uyushuvchi unsurlardir. Uyushuvchi unsurlar – gapning ikki xildagi bo‘laklaridir:

a) hamma-hamma joyga, osmonlarga – hol;

b) hamma odamlarga, yulduzlarga – to‘ldiruvchi.

Bundan ko‘rinadagi, gap bo‘laklarining ikki semantik turlarigina emas, balki shu bilan birga, turli xil gap bo‘laklari ham, o‘rniga qarab, bir uyushiqlik zanjirlarini tashkil qilishi mumkin.

Yuqoridagilardan anglashiladiki, o‘zbek tilida (o‘zbek tili an’anaviy sintaksisida), shuningdek, umuman, turkiy tillarda uyushiq bo‘lak bir va turli jinsli bo‘ladi. Uning bir jinslisi (Bug‘doy, arpa, tariq ekildi) rus tilidagi “odnorodnыy”ga teng keladi. Turli jinslisi rus tilida ham, turkiy tillarda ham o‘rganilmagan. Shunisi aniqki, ruscha odnorodnыyga nisbatan o‘zbekcha uyushiq so‘zining ma’nosi kengdir.

Turli jinsli uyushiq bo‘laklar gap bo‘laklarining barchasiga xos emas. Masalan, hol bilan aniqlovchi, to‘ldiruvchi bilan aniqlovchi bir uyushiqlik zanjirini tashkil qilmaydi. Chunki, ularning semantik-grammatik tabiati shunga mos emas, jumladan, aniqlovchi otli birikmaning unsuri bo‘lsa, to‘ldiruvchi bilan hol fe’lli birikmaning unsurlaridir.

Yuqorida qayd etilganidek, uyushuvchi va uyushtiruvchi unsurlar faqat sodda

gap bo‘laklarigagina emas, shu bilan birga qo‘shma gap qismlariga ham xosdir, Buni “Uyushiq qismli qo‘shma gap” nomi ostida qo‘shma gap qismida to‘xtalamiz.

Ma’lumki, [{(S1, W2Pm),(S2-W2 Rm)}] tarkibli qo‘shma gaplarda [Pm] qo‘shma gapning har ikkala tarkibiy qismlari uchun umumiy bo‘lganligi sababli “qavsdan chiqarilishi” – umumlashtirilishi mumkin. Bunda an’anaviy sintaksisda mavjud bo‘lgan uyushiq gaplardan mohiyatan farq qiluvchi hosilalar – uyushgan gaplar haqida fikr yuritilib, bularning eng kichik qurilish qolipi asosiga [{(S1-W1), (S2 –W2)}Pm] shakli olingan edi. Aslida esa uyushgan gaplar uchun [{(S1 – W1,),(S2 – W2 )}Pm] qolipining olinishi to‘g‘ri emas, chunki uning matematik yechimi [2SWPm – 2SWPm ] ga olib keladi. Uyushgan gaplarning qolipi

S1 S2


| |

(W1 Q W2)

tarzida berilishi shart va zarur. Lekin har gal bu qolipdan foydalanish uchun imkoniyatimiz yo‘q. Shuning uchun ham [{(S1-W1),(S2-W2) } Q Pm] qolipini

S1 S2


| |

(W1 Q W2)

tarzida tushunish kerakligini ta’kiddashni lozim topdik. Masalan, Ukasi rasm chizar edi; singlisi televizor ko‘rar edi misoli ikki ega (ukasi, singlisi), ikki kesim (chizar edi, ko‘rar edi)dan iborat. Kesim tarkibidagi ko‘rsatkichlardan biri – edi to‘liqsiz fe’li ikki marta qo‘llangan. Mana shu kesimlik ko‘rsatkichini bemalol “qavsdan tashqari”ga chiqarish mumkin:

Ukasi rasm chizar,

edi

Singlisi televizor ko‘rar



Demak, bu gapning to‘liq qolipi [{(S1, – T1-W1),(S2-T2–W2)}Pm]dir. Bunda ko‘proq uyushgan gaplarning eng kichik qolipi bilan ish ko‘riladi, ya’ni zarurat bo‘lmasa, to‘ldiruvchi, hol, aniqlovchilar tushirib qoldiriladi: [{(S1 - W1), (S2 -W2)}Pm]. Ko‘rinadiki, bunday gaplarda bitta shakllangan kesim, bir necha va har xil ega hamda boshqa bo‘laklar qo‘llangan bo‘ladi.

Talqin etilayotgan uyushgan gaplarni rus va o‘zbek tilshunosligida ishlatilib kelayotgan “uyushiq qism (komponent)li qo‘shma gaplar”dan farqlash lozim. Yuqorida aytganimizdek, uyushiq gaplar deganda bir bosh gapga tobe bo‘lib kelgan ikki va undan ortiq bir tipli ergash gaplar tushuniladi. Masalan, Hamma biladiki, otam quruvchi, onam zavodda ishlaydi gapi uch qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismi – bosh gap. Mana shu bosh gapga (hamma biladi) ikkita to‘ldiruvchi ergash gap – otam kuruvchi, onam zavodda ishlaydi – birikib keladi. Bu qurilma qolipini quyidagicha berish mumkin: [{(S1-W1Pm), (S2-W2Rm2), (S3-W3Pm3}]. Qurilmaning yuqorida keltirilgan qolipidan ko‘rinib turibdiki, bunday gaplar [{(S1– W1) , (S2,-W2)}Rm] qolipli uyushgan gaplardan tubdan farqlanadi. Bu farqlardan eng asosiysi shundaki, uyushiq gaplar faqat qo‘shma gap tarkibidagina bo‘la oladi. Uyushgan gaplar esa sodda va qo‘shma gaplar oralig‘ida turadi va o‘zbek nutqi sintaksisida gaplarning qurilishiga ko‘ra alohida bir xili (turi)ni tashkil etadi, an’anaviy sintaksisdagi uyushiq gaplar bilan aloqasi va o‘xshashligi yo‘q. Shuning uchun an’anaviy sintaksisda gaplar qurilishga ko‘ra sodda gaplar va qo‘shma gaplar kabi ikki bosh turga ajratilsa, substansional jihatdan yondashilganda ular uch asosiy turga ajratiladi:

1) sodda gap – bitta shakllangan kesimga [WPm] ega bo‘lgan gap;

2) uyushgan gaplar (ikki va undan ortiq egaga, har bir egaga aloqador bo‘laklarga (so‘zlarga) ega bo‘lib, bitta kesimning ko‘rsatkichi bilan shakllangan gap);

3) qo‘shma gap – ikki va undan ortiq shakllangan kesimga ega bo‘lgan (ya’ni [WRm Q WPm]qurilishli) gap.

Sodda va qo‘shma gap qurilishini belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning bo‘lishidir. Egalarning miqdori, bor-yo‘qligi, bir xil yoki har xilligining ahamiyati yo‘q. Uyushgan gapni ajratishda esa bosh omil ikkita:

1) bitta shakllangan kesimning mavjudligi;

2) ikki va undan ortiq uyushmagan eganing mavjudligi.

Mana shu xususiyati bilan uyushgan gaplar uyushiq egali sodda gaplardan (egalar uyushgan bo‘lib, bitta shakllangan kesim mavjud: Rahima, Karima, Salima bordilar), uyushiq kesimli sodda gaplardan (kesimning lug‘aviy qismi ikkita va undan ortiq, kesimlikni shakllantiruvchi vositalar bitta, ega bor yoki yo‘q, uyushgan yoki uyushmagan.

Substansional talqinda esa uyushiq kesimli sodda gaplar bir ega, bir necha ikkinchi darajali gap bo‘laklari, bir qancha kesimning lug‘aviy qismi [W] hamda birgina kesimlik ko‘rsatkichiga ega bo‘ladi: Men avval shogird, keyinroq mustaqil ishlaydigan ishchi, so‘ng usta bo‘ldim. Bu kabi gaplar qurilishining kichik qolipi [S(W1W2…..W)Rm]dir. Uyushiq kesimli sodda gaplar haqida oldingi bo‘limlarda to‘xtalganmiz.

Uyushgan gaplarda ega, albatta, ikki va undan ko‘p bo‘ladi, lekin bu ega uyushmagan holatda qo‘llanadi. Shuningdek, kesimning [W] qismi ikki va undan ko‘p, [Rm]qismi esa bittagina bo‘ladi. Shunda uyushgan gaplarning eng kichik kurilish qolipi [{(S1 – W1), (S2 – W2) }]Pm]dir.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ikki va undan ortiq [WPm]larning birikuvi [WPm Q WPm ] qo‘shma gapni hosil qiladi. An’anaviy grammatikada mazmun va grammatik jihatdan bir-biriga bog‘liq qismlardan tashkil topgan gaplar qo‘shma gaplar deyiladi. Qo‘shma gap sodda gapdan ham tuzilishi, ham kurilish materiali bilan farq qiladi. Agar sodda gap bir konstruktiv markazdan iborat bo‘lsa, qo‘shma gapda bir-biriga bog‘langan bir necha konstruktiv markaz mavjuddir. Sodda gap bir predikativ markaz, qo‘shma gap esa bir necha predikativ markazdan tuzilgan bo‘ladi. Akam vrach bo‘lib ishlaydi, singlim esa o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi gapida ikkita qism, ikkita predikativ markaz bor, kesim takror holda qo‘llangan. Sintaktik tejam nuqtayi nazaridan yondashilsa, birinchi kesim tushirib qoldirsa ham bo‘ladi va bu gapni Akam vrach, singlim esa o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi tarzida keltirish mumkin. Bu holda kesim lug‘aviy qismining bir bo‘lagi bo‘lgan, har ikkala gap uchun umumiy bo‘lib ishlaydi qavsdan tashqariga chiqariladi va [{(S1-W1Pm1),(S2-W2Pm2)}] qolipli qo‘shma gapdan [{(S1-W1), (S2-W2)}Pm] qolipli hosila yuzaga keladi. Bu hosilani na uyushiq bo‘lakli sodda gapga, na qo‘shma gap qatoriga kiritish mumkin. Lekin bu hosilalar keyingi kategoriyalarga mutlaqo o‘xshamaydi deyish ham to‘g‘ri emas, albatta. Masalan, uyushiq bo‘lakli sodda gap qismlari sanash ohangi bilan aytiladi, Otam pais, onam brigadir bo‘lgan edi tipidagi hosilalarning qism (komponent)lari ham sanash ohangida aytiladi. Uyushiq bo‘laklar orasiga biriktiruvchi bog‘lovchilarni qo‘yib va uyushiqlik zanjirini davom ettirib bo‘lganidek, yuqoridagi hosilalar qismlari orasida bog‘lovchilarni qo‘llash va bu qatorni davom ettirish ham mumkin. Shu bilan birga, uyushiq bo‘lakli sodda gaplarning yana bir xususiyati shundaki, uyushiq bo‘laklarni umumlashtiruvchi boshqa bir so‘z bo‘lak bo‘ladi. Bog‘da yetilgan olma, anor, uzumlar – hammasidan oldik gapida to‘ldiruvchi uyushib kelmoqda. Uyushiq to‘ldiruvchilarni bir so‘z – hammasidan to‘ldiruvchisi uyushtirib, bu zanjirning oxirida qo‘llanib kelmoqda. Bu xususiyat yuqorida qayd etilgan hosilalarga ham xos. Masalan, Men hayron qoldim: do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, boshqa birlari esnab o‘tirishardi. (Y.Shuk) An’anaviy grammatikada bu tipdagi gaplar qo‘shma gaplar qatoriga kiritilib, birinchi qism bosh gap, keyingilari to‘ldiruvchi ergash gaplar deb qaraladi (qisman “sabab” ma’nosi bor).


Do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, boshqa birlari esnab o‘tirishardi gapi uchta qismdan tashkil topgan, bularning har biri o‘z navbatida [S] va [W]larga hamda hammasi uchun umumiy bo‘lgan [Pm] birligiga ega. Demak, bu hosila [{(S1 – W1), (S2 – W2), (S3 –W3)}Pm] tuzilishiga ega bo‘lib, yana bir umumiy birlikka ham ega. Bu umumiy birlik xuddi uyushiq bo‘lakli gaplarda qo‘llanadigan umumlashtiruvchi so‘z vazifasini bajarib kelmoqda. Buni biz gapning shaklini o‘zgartirganimizda yaqqol sezamiz: Do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, boshqa birlari esnab o‘tirishlarini ko‘rib hayron qoldim. Bir predikativ markazga ega bo‘lgan bu birlik sodda gapdir. Men hayron qoldim birligining umumlashtirish, jamlab ko‘rsatish xususiyatlari hisobga olinib, shartli ravishda umumlashtiruvchi gap deb ataldi. Bu {[(S1– W1), (S2 – W2), (S3 –W3)}Pm] tuzilishli gap bo‘lib, uyushiq bo‘lakli sodda gaplarga va qo‘shma gaplarga, yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, ham o‘xshash, ham farqli tomonlari bor. Shunday ekan, {[(S1–W1), (S2– W2)}Pm] tuzilishli hosilalarni nima deb atash va qaysi kategoriya ichida o‘rganish mumkin? Yana shunisi qiziqki, kesimlikni shakllantiruvchi birlikning o‘zi har xil, turli shaklda bo‘ladi, Quyida ularning ayrim paradigmalari beriladi:

1.[(Uning qo‘llari ishda), (ko‘zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]edi // ekan // emish. (S.Ahm)

2.[(Uning qo‘llari ishda, (ko‘zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)]bo‘ladi//

bo‘lar //bo‘lgan.

3. [(Uning qo‘llari ishda), (ko‘zi shudgorda), (ammo xayoli Zebixonda)].

4. [(Otam rais), (onam brigadir)].

Keyingi gapda kesimlikni shakllantiruvchi birlik yo‘q, nol ko‘rsatkichga ega, lekin u har doim qo‘llanishi va har xil shaklda bo‘lishi mumkin: (otam rais), (onam brigadir) – dir // edi // bo‘ladi va boshqalar. Ko‘rinib turibdiki, bunday birliklarning kesimlikni shakllantiruvchi birligi bo‘lmasa ham, qo‘llanishi g‘ayritabiiy hol emas. Ammo ayrim o‘rinlarda [Pm]ni qo‘llamaslik gapning semantikasiga ta’sir qiladi. Chunonchi, chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketibdi gapining qismida chakkasi – ega, tirishib – kesimning leksik ma’no tashuvchi qismi [W], ikkinchi qismda ko‘zi – ega [S], qizarib – [W], ketibdi –[Pm] kesim tarkibidagi o‘z ma’nosini yo‘qotib, yordamchi unsur vazifasini bajaruvchi fe’l. Bu gapdagi kesimlikning shakllantiruvchi unsurni “qavsdan tashqari”ga chiqarishimiz mumkin: {(chakkasi tirishib), (ko‘zi qizarib)} ketibdi. Bu gapni ikki mustaqil qismga ham bo‘lsa bo‘ladi: Chakkasi tirishib ketibdi. Ko‘zi qizarib ketibdi. Biroq har ikki qismning kesimini shakllantirish uchun xizmat qiluvchi ketibdi birligi u yoki bu sabablarga ko‘ra qo‘llanmasa, kesimgina emas, balki gap ham shakllanmay qoladi: chakkasi tirishib, ko‘zi qizarib... Agar fe’lning ravishdosh shakli har ikkala o‘rinda tuslanuvchi fe’l bilan almashtirilsa, unda bu birlik qo‘shma gap bo‘ladi: Chakkasi tirishdi, ko‘zi qizardi.

Yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarga ega bo‘lgan {[(S1–W1), (S2 – W2)}Pm] tuzilishli hosilalar uyushgan gaplar deb ataldi.

Uyushgan gap bir jihatdan sodda gapga, boshqa jihatdan qo‘shma gapga o‘xshaydi. Uning sodda gapga o‘xshash tomoni shundan iboratki, uyushgan gapda kesimdagi shakllantiruvchi birlik [Pm] sodda gapda bo‘lgani kabi, bitta. Qo‘shma gapga o‘xshash jihati – tarkibida ikki va undan ortiq ega mavjudligi va har bir eganing o‘z [W]si (ya’ni kesimning leksik qismi) borligi, lekin kesimlarni shakllantiruvchi [Pm]ning umumiyligi. Shuning uchun uyushgan gaplarni bir ega-kesimli (ya’ni, S–WPm strukturali), uyushgan egali (ya’ni S1S2 ...–WPm), uyushgan kesimli [S –(W1, W2, W3 ...Wn)Pm] tuzilishli sodda gaplardan ham, ikki va undan ortiq predikativ markazli (ya’ni WPmRWPm strukturali) qo‘shma gaplardan ham farqlash lozim, chunki uyushgan gaplar {[(S1 – W1), (S2–W2)}Pm] tuzilishiga ega. Uyushgan gaplar, sodda va qo‘shma gap oralig‘ida, tilshunos H.G‘.Ne’matov ta’kidlaganidek, “oraliq uchinchi” (vklyuchennoye tretye) mavqeyiga ega[1], ya’ni unda sodda va qo‘shma gaplarning qarama-qarshi qo‘yilish belgilari ma’lum ma’noda betaraflashib, dialektik birlikda yuzaga chiqadi.

Uyushtiruvchi vositasi [WPm] bilan ifodalangan uyushgan gaplar.

Substansional yondashuvda kesim hamisha murakkab tuzilishga ega bo‘lib, u lug‘aviy ma’noni o‘zida tashuvchi qismdan, uning kengaytiruvchilaridan, kengaytiruvchilarning kengaytiruvchilaridan (bularning barchasi ixchamlik uchun [W] ishorasi bilan ifodalangan edi) va kesimlik kategoriyasining ma’no va vazifalarini bu [W]ga kirituvchi vositadan iboratdir. Chunonchi, Uch-to‘rtta katta-kichik bolalar ko‘chada baroq it bilan o‘ynashardi sodda gapi ikki tarkibga –[S] tarkibiga (ya’ni ega tarkibiga) va –[WPm] tarkibiga (yoki kesim tarkibiga) ajratiladi:

a) [S] tarkibi – uch-to‘rtta katta-kichik bolalar. Bunda markaz –bolalar, uch-to‘rtta va katta-kichik aniqlovchilari esa bu markazning qurshovi, kengaytiruvchilaridir;

b) [WPm] tarkibi – ko‘chada baroq it bilan o‘ynashardi. Bunda – sh Q – ar Q – di q [Pm], o‘yna – q [W] bo‘lib, ko‘chada va baroq it bilan [W]ning kengaytiruvchilaridir; baroq it bilan birikmasidagi baroq aniqlovchisi esa kengaytiruvchisining (ya’ni it bilan so‘zshaklining) kengaytiruvchisidir.

Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro umumiyligi (va shu asosda umumlashtiruvchi bo‘lagi) turli xil bo‘ladi:

1) hamma qismlari xususan alohida-alohida bo‘lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gaplar. Bunday gaplarning o‘zi o‘z navbatida bir necha turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. Chunonchi:

a) “ega – hol – to‘ldiruvchi”lari bilan farqlanuvchi gaplar: Rahim bog‘dan gul, Salim do‘kondan gul oldi;

b) “ega – hol”lari bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar: Rahim bugun, Salim ertaga qaytadi kabilar shular jumlasidandir;

2) [WPm] va uning kengaytiruvchi bo‘laklari umumiy bo‘lib, faqat ega va [WPm] kengaytiruvchisining kengaytiruvchisi bilan farqlanuvchi uyushgan gaplar:

Rahim oq,

gul oldi

Salim qizil


Uyushgan gaplarning bunday xususiyatiga tayangan holda quyida [Pm] va [WPm] uyushtiruvchi vosita bo‘lib kelgan uyushgan gap turlari ko‘rib o‘tiladi.

[Pm] – uyushtiruvchi vosita. Nutqda shunday gaplar borki, ularda kesim tarkibiy qismining ma’lum bir birligi takror kelmay, faqat oxirgi kesim bilan birga qo‘llaniladi. Oxirgi kesim bilan qo‘llangan bu birliklar odingi kesimlarga ham tegishli bo‘lib, ularni birlashtirish, uyushtirish vazifasini o‘taydi. Bu uyushtiruvchi birliklar oldingi uyushtiruvchi birliklarga o‘xshamaydi. Oldingi uyushtiruvchi birliklar (gap va gap bo‘laklari) o‘z mazmun (semantik) tuzilishi (strukturasi)ga ega. Ular o‘zlarining mazmun tuzilishi (semantik strukturasi)ga mos ravishda gapning ma’lum bir bo‘laklarini yoki qismlarini uyushtirib keladi va ular bilan o‘zaro sintaktik munosabatga kirishadi. Keyingi, uchinchi, uyushtiruvchi birliklar esa bunday xususiyatga ega emas. Bu xil uyushtiruvchi birliklar kesim tarkibida kelib, bir butun mazmun tuzilishiga ega bo‘ladi. Shu butunligicha gapning boshqa bo‘laklari bilan sintaktik aloqaga kirishadi. Kesim tarkibidagi bu uyushtiruvchi birliklar o‘z-o‘zidan qo‘llanilmaydi, albatta. Ular gap kesimini shakllantiradi, kesimga shaxs-son, zamon, modallik kabilarni ifodalash imkoniyatini beradi.

[Pm] nutqda juda ko‘p qo‘llanib, turli xil o‘rinda keladi. U gapning oxirida kelib, hamma kesimlarni (gaplarni) birlashtiradi. Gap keng hajmli va, shu bilan birga, gapda ifoda etilgan fikrlar ma’lum darajada bir-biridan mazmunan yiroq bo‘lsa, o‘rtada kelib, o‘zidan oldingi kesimlargagina tegishli bo‘ladi. Kesim tarkibida qo‘llanuvchi mana shu [Pm] juda xilma-xil ko‘rinishlarga ega bo‘ladi va bulardan asosiylarini quyida ko‘rib chiqamiz.

Hamma qismlari xususiy (alohida-alohida) bo‘lib, faqat [Pm] qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gaplar. [Pm] qismining ifodolanishiga ko‘ra uyushgan gaplarning ko‘rinishlari juda ko‘p va xilma-xildir. Ulardan eng ko‘p qo‘llanadigan ko‘rinishlari quyidagilar.

1. [Pm] – to‘liqsiz fe’llar. To‘liqsiz fe’llar haqida ancha ishlar mavjud. Ular orasida eng mukammali A.Hojiyevning “To‘liqsiz fe’l” kitobidir. Bu kitobda to‘liqsiz fe’lning edi, ekan, emish shakllari shu qadar keng o‘rganilganki, unga nimanidir qo‘shimcha qilish ortiqcha tuyuladi. Bunda “To‘liqsiz fe’llar” sarlavhasi ostida A.Hojiyevning bu boradagi ba’zi bir fikrlariga boshqacha yondashmoqchimiz. Bizning diqqatimiz, asosan, bir hodisaga – to‘liqsiz fe’l shakllarining uyushgan gaplarni shakllantirishdagi xususiyatlarini tasvirlash va umumlashtirishga qaratiladi.

Edi to‘liqsiz fe’li. Bu to‘liqsiz fe’l boshqa to‘liqsiz fe’llarga nisbatan, juda unumli bo‘lib, u so‘z turkumlarining deyarli barchasi bilan, so‘z birikmalari bilan birga keladi va ularni kesim shakliga kiritadi. To‘liqsiz fe’llar, shuningdek, uning bir ko‘rinishi bo‘lgan edi to‘liqsiz fe’li shaxs-son, zamonni ko‘rsatadi. Shunday bo‘lsa ham, “to‘liqsiz fe’lga nisbatan tuslanish haqida gapirish mumkin emas. Chunki, shaxs-son qo‘shimchalari harakat bajaruvchisini ko‘rsatadi. To‘liqsiz fe’lda esa bajariladigan narsa (harakat) yo‘q. Shaxs-son qo‘shimchalari to‘liqsiz fe’lga qo‘shilsa-da, u kesim vazifasidagi fe’lga oid bo‘ladi”. Edi to‘liqsiz fe’li, ko‘pincha, fel va keng ma’noda ot turkumidagi so‘zlar bilan birga kelib, ularni kesim shakliga kiritadi va asosan, harakat-holatning, biror voqeaning o‘tgan zamonda yuz berganligini ko‘rsatadi. Masalan, ot kesim hozirgi zamonni ifodalaydi, edi to‘liqsiz fe’li bilan birga kelganda esa o‘tgan zamonni ko‘rsatadi: Bu bino – maktab. Bu bino maktab edi. Fe’l kesim bilan birga kelganda uzoq o‘tgan zamonni anglatadi: U kelgan edi kabi.

Edi to‘liqsiz fe’li, yuqoridagi kabi birgina kesim tarkibida kelish bilan birga, bir paytning o‘zida, ya’ni bir gap ichida birdan ortiq kesimlar bilan ham kela oladi. Ba’zan esa uslub talabiga ko‘ra edi to‘liqsiz fe’li kesimlarning oxirgisi bilan birga kelib, hammasi uchun baravar bo‘ladi. Bu fikrni A.Hojiyev ham qayd etadi. Masalan, mazkur kitobning 109-betida bu haqda kuyidagicha fikr bayon etilgan:” ...edi to‘liqsiz fe’li uyushiq kesimlarda ularning eng oxirgisiga «qo‘shilishi mumkin”. Bu fikr to‘g‘ri. Lekin yondashuvimiz sal o‘zgacharoq bo‘lib, “uyushiq kesim” tushunchasidan uzoqlashadi, chunki uyushiq kesimli sodda gaplarning talqini substansil tahlilida boshqacharoqdir. Shunday qilib, edi to‘liqsiz fe’li bir gap ichidagi ko‘p kesimlarning har biri bilan birga “qo‘llanadi yoki ularning eng oxirgisi bilan keladi va hammasi uchun umumiy bo‘lib, birlashtirish, uyushtirish vazifasini o‘taydi.”

Demak, edi to‘liqsiz fe’li bir xil, shu bilan birga, turli xil grammatik shakldagi kesimlarni uyushtirib keladi. Bizni esa {[(S1–W1), (S2 –W2)}Pm] qolipli uyushgan gaplar tarkibida edi to‘liqsiz fe’l shaklining uyushgan gaplarni uyushtirishdagi vazifasini tahlil etish qiziqtiradi. Uyushgan gaplar kesimining lug‘aviy asosi [W1] va [W2] bir yoki turli so‘z turkumlarida, bir xil yoki turli xil grammatik shakllarda bo‘lishi mumkin. Tekshirishlarimiz uyushgan gaplar kesimining lug‘aviy asosi [W] quyidagi ko‘rinishlarda ko‘proq uchrashini ko‘rsatadi:

a)... [W1] q ot, ... [W2] q sifatdosh Q [Pm];

b)... [W1] q sifat, ... [W2] q sifatdosh Q [Pm];

v)... [W1] q bor, yo‘q so‘zlari;

g)... [W1] q – moqda, [W2] q harakat nomi – (i) Q [Pm];

d)... [W1] q sifatdosh, ... [W2] q harakat nomi Q [Pm];

ye)... [W1] q son, ... [W2] q ot Q [Pm];

ye)... [W1] q ot, ... [W2] q ko‘makchi Q [Pm];

j)...[W1 Q Pm] q buyruq mayli ... [W2] qistak mayli ( –sin, – gin) Q [Pm];

z)... [W1 Q Pm] q shart mayli, ...[W2] q sifatdosh, ( –sa, –(a)r) Q [Pm];

i)... [W1 Q Pm] q shart mayli ...[W2 qshart mayliQ [Pm]

Edi to‘liqsiz fe’li kesimlarni o‘zgartirib kelganda kesim tarkibi bir xil va turli xil bo‘lishi mumkin.

I. [WPm]ning tarkibida -gan shaklining qo‘llanilishi va edi ga nisbatan qanday o‘rinda turishi, yolg‘iz o‘zi yoki boshqa shakllar bilan qay tarzda ishlatilishini ko‘rib chiqamiz:

a) ...-gan, ...-gan edi; Kun qaytgan va bahor kunlarining uchdan ikki ulushi o‘tgan edi. (S.Ahm);

b)...-gan, ...-yo‘q edi: Qadimgi zamonda ayollar o‘ziga–o‘zi ayol, ya’ni mungli, mushtipar deb qarash tabiiy bo‘lgan, chunki uning ko‘z yoshidan boshqa orqa tayanchi yo‘q edi. (A.Qah);

v)...-gan, ...- sifat -edi: Erta yog‘ib o‘tgan yomg‘ir chang va g‘uborni yuvib ketgan daraxtlarning, yaproqlari tiniq va toza edi. (S.Ahm); ba’zan sifatdosh bilan ifodalangan kesim eng keyingi qismga qo‘shilib keladi: Ularning chaqchaygan ko‘zlari nursiz, so‘ljaygan yuzlari jonsiz._ ko‘plarining lablari ko‘piklangan edi. (A.Turs);

g)birinchi qism kesimi –gan, keyingi qismlar kesimi boshqa bir xil shaklli birliklar bilan shakllangan: Paxta dalalarida endi salqin kuchaygan, tungi yellar esar, mevasi og‘irligidan qad bukkan daraxtlarni vazmin silkitar, sap-sariq jo‘xoripoyalarni shildiratar edi. (Oyb) Misoldan ko‘rinib turibdiki, -gan bevosita fe’lning leksik qismiga qo‘shilib kelmoqda;

d)birinchi qism kesimi -gan, keyingi qismlar kesimi esa boshqa har xil shakldagi birliklar bilan shakllangan: Rostdan ham tanqidga Qalandarovning eti o‘lgan bundan bir muncha vaqt burun uni birov shunchalik tanqid qilsa, u haqiqatan tizzasini ko‘kragiga qo‘yib, tilini sug‘urib olishga jon-jahdi bilan urinar edi. (A.Qahhor)

Ba’zan edi ga vazifasi jihatdan teng bo‘ladigan -di qo‘shimchasi qo‘llanadi va u,

ko‘pincha, keyingi qism kesimiga qo‘shilib keladi: Hamma bir-biridan yaxshi kiyingan, lekin hech kimning kiyimi birovnikiga o‘xshamasdi. (P.Turs) Polga ham gilam singari o‘t tashlangan, stolda ham, deraza tokchasida ham o‘tlar yotardi. (S.Bob)

2. [WPm] tarkibida -mas shakli ham turli o‘rinlarda keladi. Ba’zan bu shakl hamma qism kesimlariga, ba’zan birinchi qism kesimi va ayrim hollarda oxirgi kesimi tarkibida qo‘llanadi. Masalan:

a) {[W1] Q -mas, W2] Q-mas edi: Siddiqjon o‘ziga bundoq savol bermas va bundoq savol xayoliga ham kelmas. edi. (A.Qah);

b) {[W1 ] Q -ar, W2] Q-mas edi: Xolmurod bilan ko‘p gaplashgisi kelar edi. (P.Turs);

3. [WPm] tarkibida ravishdosh qo‘shimchalaridan -(a)r ko‘p qo‘llanadi va u xuddi -mas shaklidek turli o‘rinlarda keladi. Qismlarning eng oxirgi kesimini -(a) r edi shakli shakllantiradi.

a) {...[W1] Q -ar, ...[W2] Q -ar} edi. Qismlar orasida teng bog‘lovchilar qo‘llangan: Akaskin qiz bilan rus tilida gaplashar ham Komila uning fikrlarini juda tez anglar va amalga oshirishga tirishar edi. (Oyb) Qismlar orasida ba’zan-ba’zan, goh-goh, dam-dam kabi birliklar qo‘llangan: Goh supa chetiga ekilgan rayhon hidi dimoqqa urilar, goh tom orqasidagi yo‘ng‘ichqazorda hashoratlarning bir qiyomda chirillashi e’tiborni tortar edi. Birinchi misolning uchala qismi, ikkinchi qo‘shma gapning ikki qismi ham -(a)r shakli bilan shakllangan.

b) {-..[W1] Q -(a)r sifatdoshi, ...[W2] Q boshqa unsurlar} Q Pm]. Masalan, Xolmurod

uning yonida o‘tirar va beixtiyor uning ko‘zlariga qarab qo‘yar, nazarida Fotima

tobora uzoqlashib, begona bir kishiga aylanib borayotgandek edi. (P.Tur)

v) {...[W1] Q -(a)r, ...[W2] Q –moqda)} edi; Chorpoyaning berigi yonida qarigan Abdurahimboy, uning yonida Abduhakim va Mullasobit nomli ikkita katta o‘g‘li o‘tirar va bularning ro‘parasida tumanning boylaridan bir necha kishi o‘tirmoqda edi. (S.Ahm)

Ayrim paytlarda bir qismning kesimi -(a)r birligi, ikkinchi qismning kesimi ot bilan shakllangan bo‘lib, keyingi qismdan so‘ng edi qo‘llangan. Masalan, Kozetani hushidan ketguncha urar – buning aybdori – xotin, u qish kunlari oyoqyalang yurar – buning aybdori er edi. (V.Gyugo)

1. ...-(a)r, ...-mas edi: Nuri esa Gulnorning gaplariga quloq solgani kabi ko‘rinar, lekin fikri boshqa narsalar bilan band bo‘lgani uchun, so‘zlari, savol-javoblari sira bir-biriga qovushmas edi. (Oyb)

Edi to‘liqsiz fe’li ko‘p sifatdosh kesimli gaplarda ham takror, ham gap oxirida qo‘llaniladi. Bu hol ancha unumli. Ravishdoshlarning bunday qo‘llanishi esa ancha unumsizdir. Masalan, u kelib edi, Sanam ularnikiga borib edi, U kelib, Sanam borib edi kabi misollar juda kam uchraydi.

2. Ekan to‘liqsiz fe’li. Bu to‘liqsiz fe’l kesimlar bilan birga kelib, ko‘pincha, voqeaning yuz berish-bermasligini shaxsan ko‘rish, ba’zan birovdan eshitish orqali bayon qilishni bildiradi. Ma’lumki, agar ekan to‘liqsiz fe’li ot kesimlar bilan qo‘llansa, tasdiq-inkorni, ya’ni bir narsani tasdiqlash, shu bilan birga boshqa bir narsani inkor etishni anglatadi: Bu kitob ekan. Bu bino maktab ekan. Bu yaxshi ekan kabi. Ekan kesim tarkibida kelib, shu yuqoridagi ma’nolarni saqlagan holda [Pm] vazifasini o‘tayveradi. Ekan [Pm] vazifasida kelganda ikki xil qo‘llanadi:

a) [W] bilan takrorlanadi. Bunday hollarda [Pm] umumlashtirishni emas, ta’kid ma’nosini kasb etadi: U borgan, o‘zi keksalarni to‘plagan, suhbatlashgan ekan (“Guliston”) Bu gapning modeli [{(S1-W1),(S2 – W2)}Pm, WPm]; b) [Pm] oxirgi [W] bilan kelib, xuddi edi dek umumlashtirish, uyushtirish funksiyasini bajaradi: Petka Penzalik kolxozchi, askarlikka urush boshlanganda chaqirilgan, u frontga Ahmadjondan uch oy chamasi burunroq kelgan va bir necha jangda qatnashgan ekan(A.Qah) Bu gapda to‘rtta [W] va bitta [Pm] mavjud. Qolipi: {(S1-W1 ,W2,) (S2-W3, W4)}Pm.

Tekshirish natijasi ko‘rsatdiki, [Pm] vazafasidagi ekan to‘liqsiz fe’lining qo‘llanishi ham edi, to‘liqsiz fe’ldagidek juda xilma–xil.

Ayniqsa, quyidagi hollar ko‘proq uchraydi: 1. {(S1-W1) (S2, S3 –W2)}Pm

2. {(S1-(W1,W2,)] [S2 – (W3, W4)]}Pm. 3. {(S1 –W1), (S2-W2, W3)}Pm. 4. {(S1 –W1), (S2-W2)}Pm. 5. {(S1-W1, (S2-W2)}Pm. 6. {(S1 – W1), (S2-W2)]Pm, [(S3-W3 ,W4,), (S4-W5] Pm. Traktor yep haydar,traktor chigit ekar ekan, traktor chopiq qilar, paxta terar, traktor go‘zapoya yular ekan (A.Qahhor) Bu qurilma murakkab bo‘lib, ikkita uyushgan gapni o‘z ichiga olgan va bunday juftliklarning cheki bo‘lmasligi ham mumkin.

Yuqorida keltirilgan oltinchi banddagi qolipda ma’lum bir paytgacha, ma’lum bir bosqichgacha bo‘lgan voqealar ta’kidlanadi. Shu voqealardan keyingi, bir-biriga yaqin bo‘lgan voqealar esa umumlashtiriladi, birlashtiriladi, uyushtiriladi. Keltirilgan boshqa modellarda ham yozuvchi yoki so‘zlovchining qandaydir niyatlari, voqelik aks ettiriladi, albatta. Ekan bobida bunday misollar tahlilini uzoq davom ettirsa bo‘ladi. Yuqorida [Rm]q edi bilan bir butunlik hosil qilgan [W]ning turli xil grammatik shakllarini ko‘rsatgan edik. [Pm] – ekan bilan bir butunlik hosil qilgan [W]ning ham grammatik ko‘rsatkichlari ko‘p. Shuni aytish kerakki, tarkibida [Pm] edi bo‘lgan [W]ning grammatik ko‘rsatkichlari bilan tarkibida [Pm] – ekan bo‘lgan [W]ning grammatik ko‘rsatkichlari, asosan, bir xil.

Tarkibida ekan [Pm] mavjud bo‘lgan [W] ifodalanish materiallarining xarakterli ko‘rinishlari quyidagicha:

a) ... [W1] q ot, ...[W2]q ot

b) ... [W1] q sifat, ...[W2] q sifat

v) ... [W1] q sifat, ...[W2] q bor, yo‘q;

g) ... [W1] q sifatdosh,...; ...[W2] q olmosh;

d) ... [W1) q sifatdosh, ...[W2] q sifatdosh;

ye) ... [W1] q sifatdosh, ...[W2] q bor, yo‘q;

yo) ... [W1] q fe’l, ...[W2]qfel

j) ... [W1] q shart mayli, ...[W2] q shart mayli;

z) ... [W1] q buyruq mayli, ,. ...[W2] q shart mayli;

i) ... [W1] q sifatdosh, ...[W2] q –moqchi;

y) ... [W1] q son, ...[W2] q son

(Sayyora ham birinchi, ukam ham birinchi ekan. ("Mushtum")

[Pm] ekan to‘liqsiz fe’li shaklida bo‘lganda yana bir qancha qiziqarli hollarni uchratish mumkin. Yuqorida aytganimizdek, kesim tarkibida keluvchi ko‘rsatkichlarning ko‘rinishlari juda ko‘p va xilma-xil:

a) [... W1QPmq – gan, ... W2QPm q – gan ekan; [... W1QPmq – (gan), ... W2QPm q – (a)r) ekan va boshqalar;

b) [... W1QPmq – gan, ... W2QPm q –mas) ekan. Matkarim bo‘qoq haqiqatdan bolaligida otasi bilan hajga borgan, lekin otasi kambag‘al bo‘lgani uchun, ikkovini ham hech kim hoji demas ekan. (A.Qah);

v) [... W1q ot, ... W2 q ot] bo‘lgan ekan (Bular Mirzacho‘lga ko‘chib kelishganda ham Qalandarov Voroshilov kolxozida brigadir, Xuriniso ipakchilik zvenosining boshlig‘i bo‘lgan ekan. (A.Qah). Bu misolda har ikkala qism kesimlari ot bilan ifodalangan bo‘lib, ikkinchi qism kesimi murakkab shaklda. Kesim tarkibidan ham bo‘lgan ekan ham ekan shakllarini qavsdan tashqariga chiqarish mumkin: (...Voroshilov kolxozida brigadir, ... zvenosining boshlig‘i) bo‘lgan ekan, (... Voroshilov kolxozida brigadir, ... zvenosining boshlig‘i bo‘lgan) ekan.

Emish to‘liqsiz fe’li. To‘liqsiz fe’lning bu shakli [W] bilan birga kelib, predmet harakat-holatini, biror narsa yoki biror belgining boshqa kishilardan eshitish orqali bayon etilishini, ba’zan esa ishonmaslik, gumonsirash kabilarni ifoda etadi. Emish to‘liqsiz fe’li edi, ekan shakllariga nisbatan kam qo‘llanadi. Ayniqsa, [Pm] vazifasida juda siyrak uchraydi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, boshqa kishilardan eshitib bayon qilishning, ishonmaslik va gumonsirash kabi tushunchalarni aks ettirishning o‘zgacha ifoda etish yo‘llari ham bor: aytishlariga qaraganda, uning fikricha ...; (…ertaga kelarmish) – ertaga kelishiga ishonmayman ... Bizningcha, ana shu vajdan to‘liqsiz fe’lning emish shakli unumsiz ishlatiladi.

Emish to‘liqsiz fe’lining [Pm] vazifasida kelishi, ko‘pincha, quyidagi shakllarda bo‘ladi:

1. {[(S1– W1), (S2 –W2)}Pm: Ahmad tikuvchi, Salim bog‘da qorovul emishmi ("Qishloq haqiqati"). Qush borgan sari balandlashar, yer esa ko‘ziga koptokdek bo‘lib ko‘rinar emish. (J.Abd);

2. {[(S1-W1,W2), (S2-W3)}Pm Nodir aka shaharga bormoqchi, artelga ishga kirmoqchi, ukasi keyinchalik bola-chaqalarini ham ko‘chirib ketmoqchi emish. ("Qishloq haqiqati")

Tarkibida [Pm] – emish mavjud bo‘lgan [W]ning ifodalanish materiali ham ko‘p emas, uning xarakterli ko‘rinishlari, asosan, quyidagicha:

a) ... [W1] q ot, ... [W2] q ot;

b) ... [W1] q sifat, ....[W2] q sifat;

v) ... [W1] q sifatdosh, ... [W2] q sifatdosh( –gan);

g) … [W1] q fe’l,.. ....[W2] q fe’l (-moqchi).

Bunday paradigmalar [W]ning ifodalanish materiali jihatdan aralash tarzda kelish hollari deyarli uchramaydi.

Emas to‘liqsiz fe’li. Emas to‘liqsiz fe’li [Pm] vazifasida kelganda ham xuddi yuqoridagi kabi ot va fe’l turkumidagi so‘zlar bilan keladi. Bu to‘liqsiz fe’lning [Pm] vazifasida kelgan va [Pm] vazifasida kelmagan holatida ham deyarli katta farq yo‘q, ya’ni to‘liqsiz fe’l ikkala holatda ham ham yordamchisi bilan va usiz kela oladi: Bu bedana emas, Bu bedana ham emas. Bu kaptar yoki unisi bedana emas. Bu kaptar ham, unisi bedana ham emas.

Bu keltirilgan gaplarning har birida o‘ziga xos mazmun bilan bir qatorda, o‘ziga xos mazmun bo‘yog‘i ham bor. Endi shuni aytish kerakki, emas to‘liqsiz fe’li [Pm] vazifasida kelganda, [W] ko‘pincha, ham yordamchisi bilan birga qo‘llanadi. Uning ham siz qo‘llanishi juda siyrak uchraydi. Keltirilgan misollarning birida yoki birligi bor. Mana shu yoki ishlatilmasa, bir tasdiq bir inkor kelib chiqadi yoki Bu kaptarni bedana deb bo‘lmaydi degan mazmun anglashiladi. Har ikki holatda ham emas so‘zi [Rm]lik vazifasini yo‘qotadi, uni qavsdan tashqariga chiqarib bo‘lmaydi. Demak, emas to‘liqsiz fe’lining [Pm] vazifasida kelishida o‘ziga xos ma’lum bir xususiyatlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Emas to‘liqsiz fe’li [Rm] vazifasida kelganda qurilma, asosan, yuqorida qayd etilgan shakllarda bo‘ladi. Masalan, Pirimqul ketmoqchi, uning o‘rniga amakisi kelmoqchi emas (“Mushtum”). Bu gapning qolipi – {[(S1-W1), (S2 – W2)}Pm.

[Pm] q emas qo‘llanganda [W]ning ifodalanish materiali murakkab emas, u asosan, quyidagicha:

... [W1] q ot, ...[W2] q ot;

... [W1] q sifat, ...[W2] q sifat;

... [W1] q sifatdosh, ...[W2] q sifatdosh;

... [W1] q fe’l, ...[W2] q fe’l (-moqi, -moqchi).;

Endi uyushgan gaplarda [Rm]ning ba’zi bir xususiyatlari ustida to‘xtalib o‘tamiz. Yuqorida, asosan, [Rm]ning bir birlikdan iborat turlari haqida fikr yuritdik. Ma’lumki, [Pm] hamma vaqt ham birgina birlikdan iborat bo‘lavermaydi. U, o‘rni kelganda, ikki va undan ortiq birliklardan iborat bo‘ladi. Ikki birlikdan iborat bo‘lganda ham bir xil tuzilishli bo‘lmaydi. Bu, asosan, ikki turda bo‘ladi:

[Pm] qo‘shimcha Q to‘liqsiz fe’l: Ko‘ngli g‘ashligi daromadning pastligi ishning sustligi rahbarning no‘noqligidan ekan. (Gazetadan) Bu gapda [Pm] – dan Q ekan ga teng.

[Pm] ikki va undan ortiq so‘z: Siz aytgan yigit xushfe’l, bunisi esa juda sofdil, mehnatkash yigit ekan. ([Pm] q otQekan).

[Pm] q kesimlik affikslari. Ma’lumki, -man,-san, -dir, -miz, -siz kesimlik affikslaridir. Bular ot kesimlarida qo‘llanib, shaxs-sonni va hozirgi zamonni ko‘rsatadi. Shu bilan birga ta’kidlashni ham ifodalaydi. Kesimlik affikslari qo‘llanmasa ham, hozirgi zamon tushuniladi. Farqi shundaki, bu affikslar qo‘llanganda, shaxs-son, zamon bilan bir paytda ta’kidlash ham qayd etiladi.

Kesimlik affikslari ko‘p ot kesimli gaplarda har bir kesimga qo‘shilib kelishi va faqat oxirgisida bo‘lib, boshqalar uchun ham umumiy bo‘lishi mumkin. Ular har bir kesimga qo‘shilib kelsa, ta’kid odatdagidan kuchliroq bo‘ladi. Oxiridagi kesimga qo‘shilib kelsa, ta’kid odatdagicha bo‘ladi. Faqat keyingi kesimga qo‘shilib kelgan kesimlik affikslarida sanaluvchilarning hammasi bir narsa, hammasida bir xil xususiyat bor, hammasi nimasi bilandir birlashadi, degan mazmun mujassamlashadi. Masalan, Men injener va o‘qituvchiman gapida injener va o‘qituvchi so‘zlari o‘z leksik ma’nosi bilan farq qiladi, ammo grammatik ma’nosi bilan ikkalasi bir qatorda turadi. Gapning [WPmRWPm] shaklida ham ikkala [W1,W2; Pm1, Pm2]larning grammatik jihatdan bir narsa ekanligi ko‘rinib turibdi, lekin, nazarimizda, gapning [{(S1– W1), (S2 –W2)}Pm] shaklida bir hosila ekanligi kuchliroqqa o‘xshab ko‘rinadi, jipslashtirish, mujassamlashtirish hollari sezilib turadi.

Kesimlik affikslarining -dir shakli boshqalariga nisbatan ancha unumli qo‘llanadi. Bu affikslarning ham qo‘llanishida yuqoridagi ikki holat bor. Birinchi holatda -dir har bir kesim [W]siga qo‘shilib keladi: Ko‘ngil xazinasining qulfi tildir va ul xazinaning kaliti so‘zdir. (Nav) Ikkinchi holatda, ya’ni [{(S1 – W1), (S2 –W2)}Pm] holatida xuddi boshqa shakllardagidek, uyushtirish, birlashtirish xususiyati kuchliroq: 1. Ko‘ngil xazinasining qulfi til va ul xazinaning kaliti so‘zdir. 2. Qarindoshlarning ahvoli pachava, tirikchiligi bemazadir. (Oyb) Bu qurilma ot kesimli qurilma bo‘lib, uning kesimlari pachava va bemazadir. Gapning semantik va grammatik tuzilishidan ko‘rinib turibdiki, keyingi kesimdagi [Pm] birligi oldingi kesimga ham taalluqlidir.

Shuni ham aytish kerakki, she’riyatda [Rm]ning qo‘llanishi o‘zgacha xususiyat kasb etadi, yani unda [Rm]ning, asosan, gap oxirida kelishi shart emas. Gap boshida ham, o‘rtasi va oxirida ham kelaveradi. Bir misolni tahlil qilib ko‘raylik:

Shaharlar boqiydir,

Umr o‘tkinchi,

Daryolar sobitdir,

Suvlar ko‘chkinchi. (Shuh)

Bu misol to‘rtta qismdan iborat bo‘lgan bitta qo‘shma gapdir. Bu qo‘shma gapning birinchi qismi (komponenti)dagi [Pm] ikkinchi qismga, uchinchi qismidagi [Pm] to‘rtinchi qismga mana shunday, ya’ni [Pm {(S1–W1), (S2-W2)}, Pm{(S3-W3), (S4-W4)}] tariqasida qo‘llangan. Bu xil qurilmalarni odatdagi [S1– W1QØ, S2–W2 Q Ø, S3 –W3 Q Ø, S4–W4 Q Ø] shaklida ham ishlatish mumkin, albatta.

She’riyatda yuqoridagidan boshqa qurilmalar ham ko‘p uchraydi:

1) [(S1 – W1)Pm (S2-W2)].

2) {(S1-W1), (S2 – W2)} Pm q Ø

3) {(S1 – W1W2), (S2 - W3( W4)} Pm

4) {(S1, S2-W1), (S3-W2, W3)} Pm

5) {(S1-W1, W2), S2-(W3, W4)} Pm

Bunday qoliplar sirasini yana davom ettirish mumkin.

[Pm] q mustaqil so‘z turkumlari. Kesimlik affikslari kesimni shakllantirganday, mustaqil so‘z turkumlari ham uni shakllantirishda xizmat qiladi.

Ot so‘z turkumini tashkil qiluvchi so‘zlar kesim vazifasida ko‘p qo‘llanadi, ot kesim bo‘lib kelganda gap tuzilishidan hozirgi zamon ma’nosi anglashiladi. Ot kesimlik qo‘shimchalari, shuningdek, ekan, emish, emas kabi to‘liqsiz fe’llar bilan

qo‘llanganda ham hozirgi zamon ma’nosi tushuniladi:

Men

Men

–man


Sen

injener


Sen

injener


–san

U


U

–dir

Men

ekan-man//emish-man// emas-man

Sen

injener


ekan-san// emish-san// emas-can

U


ekan// emish//emas

Yuqoridagi ko‘rinishlarning hammasidan hozirgi zamon ma’nosi sezilib turadi.

Ot kesimli qurilmalarda o‘tgan va kelasi zamon ma’nosi ham ifodalanadi. Bu ma’nolar, albatta, o‘z-o‘zidan emas, balki ularni ifodalash uchun boshqa vositalardan foydalaniladi. Masalan, o‘tgan zamon uchun edi to‘liqsiz fe’li, shuningdek, bo‘lmoq, sanalmoq singari o‘z asl ma’nosidan uzoqlashgan fe’llar ishlatiladi. Bo‘lmoq, sanalmoq kabi fe’llar o‘z navbatida kelasi zamonni ham ko‘rsatadi. Ot bilan birga kelib, zamon, shaxs-son, modallik kabilarni ko‘rsatuvchi yuqoridagi birliklar birgina otni kesim shakliga keltirish bilan birga, bir paytning o‘zida (bir gap ichida) birdan ortiq otlarni ham kesim shakliga keltiradi. Birdan ortiq otlarni kesim shakliga keltirganda ikki xil qo‘llanadi:

a) har bir ot bilan birga;

b) faqat keyingi ot bilan birga kelib, hammasi uchun umumiy bo‘ladi yoki boshqa

otlarni ham markazlashtirib, uyushtirib, ularni kesim shakliga kiritadi, yani shaxs-son, zamon, modallikni ifodalaydi: Qodirjon student bo‘ldi ... Nazokat o‘qituvchi, Bibigul to‘quvchi bo‘ldi. (Gazetadan) Birinchi misolda bo‘ldi fe’li student degan birgina otni, ikkinchi misolda o‘qituvchi, to‘quvchi degan ikkita otni kesim shakliga kiritadi. Keyingi misoldagi bo‘ldi fe’li ikkala otni bir markazga birlashtirib keladi, ikkala otning vazifa jihatdan bir xil ekanligini ko‘rsatib keladi. Shu jihatdan qarasak, birinchi gap [S –WPm] modelida bo‘lsa, ikkinchi gap [{(S1– W1), (S2–W2)}Pm] qolipidadir.

Edi to‘liqsiz fe’li ot kesimlarda, xuddi fe’l kesimlaridagidek, juda unumli qo‘llanadi. Boshqa bog‘lamalar esa ancha kam uchraydi.

Fe’lning asosiy yetakchi vazifasi kesim bo‘lib kelishidir. Shuning uchun ham fe’l kesimlar juda unumli qo‘llanadi. Uning bu boradagi unumliligi [{(S1 –W1], (S2–W2)}Pm] singari qolipda ham ko‘rinadi. Otning kesim vazifasida kelishi, fe’lning kesim vazifasida kelishiga nisbatan kam. Xuddi, shuningdek, uning kesim bo‘lib kelishi qayd etilgan qolipli qurilmalarda ham sezilarli darajada oz uchraydi.

Sifat ham ot kabi kesim vazifasida kelishi mumkin. Sifat kesimlarning bog‘lama bilan kelishi bir tomondan fe’l va ot kesimlarga o‘xshasa, boshqa tomondan ulardan farq qiladi. Ya’ni fe’l kesimlarda ham, ot kesimlarda ham fe’l bog‘lama vazifasida qo‘llanadi. Sifat kesimlarda esa fe’l, o‘rni bilan ot bog‘lama vazifasida keladi. Bu yerda shuni aytish kerakki, fe’l kesimlarda bormoq, kelmoq, yumshoq, bo‘lmoq, chiqmoq, yetmoq, o‘tmoq, boshlamoq, tashlamoq, quymoq, qolmoq, chaqirmoq, ko‘rmoq, olmoq, demoq kabi tuslanuvchi fe’llar, shuningdek, to‘liqsiz fe’llar bog‘lama vazifasida kelsa, sifat kesimlarda to‘liqsiz fe’l, kamroq bo‘lsa ham, tuslanuvchi fe’llar bog‘lama vazifasida keladi: bo‘lmoq, hisoblanmoq, sanalmoq kabi: Muhabbat inson hislarining eng go‘zali, eng shirini, nafrat eng achchig‘i emish. (M.Ism) Kesimlikka xos bo‘lgan shaxs-son, zamon, modallik kabi belgilarni ifodalash uchun bu xil qurilmalarni turli ko‘rinishlarda (bog‘lamasi turli ko‘rinishlarda) qo‘llash mumkin. Chunonchi:

Muhabbat inson hislarining eng go‘zali, eng shirini, nafrat eng achchig‘i

- Sh

- dir


emish

ekan


bo‘ladi

bo‘larmish

bo‘lar ekan

bo‘lsin


hisoblanadi

Ot va sifat bir-biriga bog‘liq, bir-biriga juda yaqindir. Chunki ot predmetni ifodalasa, sifat shu predmetning belgisini ko‘rsatadi. Shuning uchun ot va sifat ayni bir paytda, ya’ni bir qurilma ichida uyushiqlik zanjirini tashkil qiladi. Jumladan, Alpomish–u Rustamlar sizga yor va Ravshanbek, Avazxonlar madadkor bo‘lsin jumlasida yor so‘zi ot bo‘lsa, madadkor so‘zi sifatdir. Bu uyushiqlikni esa bog‘lama (bo‘lsin) ta’minlab turadi. Bu qurilmani ham yuqoridagi kabi turli ko‘rinishlarda ko‘rish mumkin:


-dir / edi / ekan / bo‘ldi / bo‘layotir / bo‘lsin /hisoblanadi

sizga yor

va

madadkor



Alpomish-u Rustamlar

Ravshanbek-u Avazxonlar


Bu gaplarning qolipi [{{S1, S2 –W1qot), (S1, S2 – W3qsifat)} Pm]dir.

Son, asosan, tartib sonlar, xuddi sifatlardek, kesim vazifasida kelib, bog‘lama bilan qo‘llanadi. Masalan, Musobaqada sportning bir turi bo‘yicha Nargiza birinchi,boshqa bir turi bo‘yicha Nodira ikkinchi bo‘ldi gapida birinchi va ikkinchi tartib sonlari kesimning asosiy qismi bo‘lsa, bo‘ldi fe’li bog‘lama bo‘ladi. Bu bog‘lama o‘tgan zamonni ko‘rsatadi. Kelasi zamonni ko‘rsatganda bo‘laman, bo‘larsan, bo‘ladi shakllarida qo‘llanadi. Sonning bog‘lama bilan kelib, yuqoridagi kabi kesim vazifasida kelishi unumsizdir.

[Pm] q bor, yo‘q so‘zlari. Bu so‘zlar tasdiq va inkor ma’nosini ifodalab, ko‘pincha, kesim vazifasida keladi. Kesim vazifasida kelganda sodda gapning, qo‘shma gapning, shuningdek, uyushiq gaplar kesimining birligi bo‘lib keladi. Uyushiq gaplar kesimining birligi [Pm] edi singari birliklar bilan qo‘llanadi. Biror narsa haqida aniq xabar berilganda, albatta, edi, ekan singari birliklar ishlatilmaydi: O‘rgilay, egachi, Nazokatxonning ishi ko‘p. Har kuni uning institutga borib o‘qishi, jamoat ishlariga qatnashishi, kechqurun kelib, kechasi bilan dars tayyorlashi bor. Dam olish kunlari esa uy-ro‘zg‘or ishlari, tozalik, ozodalik bilan band bo‘lib, kuyov haqida o‘ylashga ham vaqti yo‘q. O‘qishini bitirsin, o‘rgilay, keyin bir gap bo‘lar. ("Saodat") Bundan faqat ma’lumot berish anglashiladi. Shuning uchun ham bor so‘zini boshqa birliklar bilan qo‘llash mumkin emas. Yana shuni aytish kerakki, bor, yo‘q so‘zlarining mumkin, kerak so‘zlarining, yuqoridagi chizmada ko‘rsatilgan boshqa birikmalar bilan qo‘llanish doirasi keng emas. Chunki ularning (bor, yo‘q so‘zlarining) mazmun tuzilishi (semantik strukturasi) barcha birliklar (yuqoridagi kabi) bilan qo‘llanishga imkon bermaydi. Uning na Ko‘lobda uy-joyi bor, na bu yerda oyoq bosadigan joyi. (S.Ayn) gapida ham kesim butunicha qavsdan tashqariga chiqariladi, chunki u birinchi qism kesimini shakllantirayotgan bo‘lsa ham, ikkinchi qismga tegishlidir. Bu gapning kichik qurilish qolipini [(S1– H1)(S2–H2) WPm] shaklida berish mumkin.

Mustaqil so‘z turkumlaridan olmosh va ravishlarning kesim bo‘lib kelib, bog‘lama, aniqrog‘i, [Pm] vazifasidagi bog‘lama vazifasida qo‘llanishi deyarli uchramaydi.

[Pm] q kerak lozim, shart, mumkin. Yuqorida fe’l, ot, sifat, son kabi so‘z turkumlarining kesimlarini uyushtirib kelishi haqida to‘xtalindi. Endi bu turkumlarga kirmaydigan ba’zi bir so‘zlarning kesimlarni (gaplarni) uyushtirib, qavsdan tashqariga chiqaruvchi [Pm] vazifasida kelishi haqida fikr yuritishga harakat qilamiz (kerak, lozim, shart, mumkin kabi modal, maqsad, niyat, harakat, umid) singari nisbiy so‘zlar kiradi. Bu so‘zlar xuddi oldingi qismlarda fikr yuritilgan so‘zlar singari, har bir kesim, aniqrog‘i kesimning [W] birligidan keyin takrorlanib kelsa, qo‘shma gap, ko‘pincha, keyingi kesim bilan birga kelib, uni qavsdan tashqariga chiqarish imkoniyati bo‘lsa, uyushgan gaplar hosil bo‘ladi deb qarash kerak: {(S1 –W1), (S2 –W2)... (Sn – Wn)}Pm q uyushgan gap [ {(S1 – W1Pm), (S2 –W2 Pm)}n] q qo‘shma gap.

Endi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan so‘zlar ustida qisqacha to‘xtab, ular ishtirok etgan gaplarning uyushgan gap qolipiga tushishini tekshirib ko‘ramiz.

Mumkin so‘zi. Bu so‘z, aniqki, biror harakat-holat, biror voqea-hodisaning yuz berishi–bermasligi haqida imkoniyat bor-yo‘qligini ko‘rsatadi. So‘zlovchi yoki yozuvchining voqyelikka munosabatini, modallikni anglatadi. Bu so‘zning inkor shakli emas to‘liqsiz fe’li orqali beriladi.

Mumkin so‘zi va uning inkor shakli (mumkin emas va, shuningdek, modallikni ko‘rsatuvchi boshqa birliklar ham) qurilmada eng oxirgi kesim (oxirgi predikativ birlik) bilan birga kelib, uyushgan gaplarni hosil qiladi. Masalan, ... juda zarur bo‘lsa, u telegramma yuborishi mumkin yoki singlisi telefonda gaplashishi mumkin gapi qo‘shma gap bo‘lsa, ... juda zarur bo‘lsa, u telefonda gaplashishi yoki singlisi telegramma yuborishi mumkin. ("Saodat") gapi uyushgan gapdir. Birinchi gapning eng kichik qolipi – [... WPmRWPm]. Ikkinchi gapning qolipi – [{(S1–W1), (S2–W2)}Pm]. Ikkinchi gap uyushgan va ikki qismdan iborat. Birinchi qismi kesimining [W1] birligi yuborishi bo‘lsa, ikkinchi qismi kesimning [W2] gaplashishi birligidir. Qurilmaning mumkin birligi, ya’ni kesimning [Pm] qismi har ikkala [W]ga ham tegishli bo‘lib, ularning vazifasi jihatdan bir planda turishini ko‘rsatadi.

Mumkin so‘zining o‘zi modallikni ifodalaydi. Bu so‘z modallikning yanada nozik farq (ottenka)larini aks ettirish uchun bir qancha birliklar bilan qo‘llanadi. Bu, asosan, quyidagicha:

...mumkin

-dir


Sh

Edi


Ekan

Emish


Bo‘ladi

Bo‘lmaydi

...mumkin

bo‘lmaydi

bo‘lar

bo‘larmikan



bo‘lar ekan

bo‘lar emish

bo‘lmasa kerak

Bundan ko‘rinadiki, qurilma mumkin birligining bir o‘zi, shu bilan birga, o‘rniga qarab, mumkin birligi chiziq orqali ko‘rsatilgan birliklarning har biri bilan kelib, qavsdan tashqariga chiqariladi va [Pm] vasifasini bajaradi.

Kerak so‘zi. Bu ham modal so‘z bo‘lib, biror harakat-holat, voqea-hodisaning yuz berish-bermasligi haqida kishilarning munosabatini ifodalaydi. Kerak so‘zining ham inkor shakli emas to‘liqsiz fe’li orqali ifodalanadi. Kerak so‘zi biror voqeaning yuz berish-bermasligini istab, qat’iylik bilan bayon qilish, ifoda etishni anglatadi. Bu so‘z ma’no farqi bilan sal farq qilgan holda lozim, darkor, zarur so‘zlari bilan, o‘rniga qarab, sinonimik qator hosil qiladi. Lekin lozim, darkor, zarur so‘zlariga qaraganda kerak so‘zi unumliroq ishlatiladi.

Kerak so‘zi ham, xuddi mumkin so‘zidek, takrorlanib, gapning yoki qo‘shma gapning eng keyingi qismi bilan kelib, uyushgan gaplar hosil qiladi: Fashistning qo‘liga tikan tashlash, tomog‘iga qiltanoq bo‘lib qadalish kerak. (Shuhr) Xalq umid uzmasligi, sud kunini yaxshi niyatlar bilan kutishi, u sudga insof so‘rashi kerak. (Shuhr)

Kerak so‘zi ham, xuddi mumkin so‘zidek, harakat nomlari bilan qo‘llanadi. Shuni ham aytish kerakki, kerak so‘zi ba’zan ot bilan, o‘rniga qarab, ot va harakat nomi bilan aralash holda ham kela oladi: Menga kitob, ukamga yelim kerak.

Kerak so‘zi modallikning nozik farq (ottenka)larini ifodalash uchun har xil birliklar bilan qo‘llanadi. Bu quyidagicha:


...kerak

dir


yedi

ekan


emish

emas


bo‘ladi

bo‘lar


bo‘lib qolar emish

Kerak so‘zining sinonimlari bo‘lgan zarur, lozim, darkor so‘zlari ham yuqoridagi shakllarda qo‘llanib, turli xil farq (ottenka)larni ifodalaydi.

Maqsad, niyat, umid, harakat kabi nisbiy so‘zlar. Bu nisbiy so‘zlar ham, xuddi kerak, mumkin so‘zlaridek kesimning [W] bir qismi (birligi) bo‘lib keladi. Bu birlik bir qancha [Pm] birliklar bilan birga qo‘llanadi va uyushgan gaplarni shakllantiradi.

Maqsad tapidagi nisbiy so‘zlarning [Pm] birligi oldingi so‘zlardagidek (mumkin, kerak) rang-barang emas. Bu tipdagi so‘zlarda, asosan, -dir va edi, ekan, emish, emas to‘liqsiz fe’llari [Pm] vazifasida keladi.

U markaziy shaharga borib o‘qish, sinfdoshi esa ishlash niyatida

dir


edi

emish


emas

Haqida, to‘g‘risida singari ko‘makchilar. Bu ko‘makchilar o‘zlarining asosiy vazifalaridan, ya’ni nima bilandir birga kelib, obyektni ifodalashdan tashqari, kesim tarkibida ham keladi. Kesim tarkibida kelganda birlashtirish, uyushtirish vazifasini o‘taydi. Masalan, Raisning dokladi belgilangan me’yorga to‘la amal qilish yaqin kunlarda agronomning axborot berishi, uning ma’ruzasi esa ishning sifatli bajarilishi haqida ("Sharq yulduzi") gapida dokladi, ma’ruzasi so‘zi ega bo‘ladi, amal qilish, axborot berishi, bajarilishi so‘zlari kesimning [W] birligi bo‘lsa, haqida so‘zi kesimning [Pm] birligi hisoblanadi. Keltirilgan misoldagi tarkibida haqida so‘zi bo‘lgan yoki tarkibida haqida so‘zining bo‘lishi mumkin bo‘lgan birikmalarni (amal qilish, axborot berishi, bajarilishi haqida) harakat obyektini ifodalovchi qurilmalar deya bo‘lmaydi. Chunki haqida so‘zi qurilmalarni bir nuqtada jamlab, uyushtirib keladi va hukm belgisi ham shu so‘z (haqida) orqali aks ettiriladi, hukmning grammatik ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lgan -dir unsuri ham shu so‘zga qo‘shilib keladi: haqidadir kabi. Shunday qilib, amal kilish, axborot berish, bajarish so‘zlari kesimning [W] birligi bo‘lsa, haqida ko‘makchisi kesimning [Pm] birligidir. Bu gapdagi haqida so‘zi, ya’ni [Pm], o‘z navbatida, edi, ekan, emish, emas kabi birliklar bilan birga kelib, turli xil ma’nolarni, jumladan, zamon, modallik kabi ma’nolarni ham anglatadi.


haqida

0

-dir



edi

ekan

Bu yerda shunga ham e’tibor berish kerakki, mumkin, kerak so‘zlari kesimning [Pm] birligi bo‘lib kelganda to‘liqsiz fe’llardan tashqari bo‘lmoq fe’lining turli xil ko‘rinishlari bilan ham qo‘llanadi. Haqida singari so‘zlar bo‘lmoq fe’li bilan kelsa, gap tuzilishi butunlay o‘zgaradi, ya’ni haqida, to‘g‘risida kabi so‘zlar o‘z asl vazifasiga qaytadi. Masalan, Raisning dokladi belgilangan me’yorga amal qilish, yaqin kunlarda agronomning axborot berishi, uning ma’ruzasi esa ishning sifatli bajarilishi haqida bo‘ldi, bo‘ladi // bo‘lar emish // bo‘larkan... Bu gap “subyekt – obyekt – subyekt – predikat” qolipidadir. Predikat – bo‘ldi, bo‘ladi, bo‘larmish, bo‘larkan va boshqalar.

haqida bo‘ldi / bo‘ladi / bo‘larmish / bo‘larkan

amal qilish,

axborot berishi

bajarilishi

me’yorga


agronomning

sifatli


belgilangan

yaqin kunlarda

ishning

dokladi


ma’ruzasi esa

Raisning


uning

Uchun tipidagi ko‘makchilar va nisbiy so‘zlar. Uchun o‘z asosiy vazifasiga ko‘ra obyektni, shuningdek, sabab, maqsad kabi ma’nolarni ifoda etishda ko‘maklashsa, tufayli ko‘makchisi va sababli, sababdan nisbiy so‘zlari sabab ma’nosining ifodalanishiga yordam beradi. Shuni aytish kerakki, uchun tipidagi ko‘makchi va nisbiy so‘zlar o‘z vazifalaridan tashqari, kesim vazifasida ham kela oladi. Masalan, Uning bu harakatlari oilani boqish, turar joy sharoitini yaxshilash, qaynonasiniig bu gaplari esa "Sen tinch-qo‘shning tinch" iborasining hayotiy haqiqat ekanligini isbotlash uchun ("Mushtum") gapida boqish, yaxshilash, isbotlash so‘zlari uchun ko‘makchisi bilan birga kelib, kesim vazifasini bajaradi. Bu gapda boqish, yaxshilash, isbotlash so‘zlari kesimning [W] birligiga teng bo‘lsa, uchun kesimning [Pm] birligiga teng keladi. Bu gap quyidagi qolipga egadir: (S3-W4) Pmq0-W5}Pm]. Yuqorida keltirilgan gap shaklini biroz o‘zgartirib, unga teng bo‘lgan uchun birligini tufayli, sababli so‘zlari bilan almashtirish mumkin.

Uchun tipidagi [Pm] birliklar kesimning [W] birligi bilan birga kelib, o‘zidan keyin hech narsani talab qilmasligi va har xil modallik farq (ottenka)larining ifodalanishi uchun yuqoridagi so‘zlar singari, turli xil qo‘shimcha birliklar bilan kela oladi:

...uchun


Sh

–dir


ekan / ekanmikan

emish


emas / emasmikan

bo‘lsa kerak

bo‘lsa kerakdir

bo‘layotgandir

bo‘layotganmikan

Tufayli, sababli so‘zlari ham uchun tipidagi so‘zlar bo‘lganidan yuqoridagi qo‘shimcha so‘z, so‘z birikmalari bilan qo‘llanib, turli xil modallik farq (ottenka)larni ko‘rsatadi. Tufayli, sababli so‘zlarining yuqorida sanab o‘tilgan birliklar bilan qo‘llanishi, albatta, aynan bir xil emas. So‘zlarning mazmun (semantik) strukturasi, uslub talablariga ko‘ra farqli tomonlari bor, chiqish kelishigi qo‘shimchasi –dan ning qo‘llanishida ham buni ko‘rish mumkin.

[Pm] va uning tarkibiy qismlari haqida quyidagilarni bayon etish mumkin. Ma’lumki, bizni qiziqtirgan [Pm] – kesimning “qavsdan tashqariga chiqarilishi” mumkin bo‘lgan qismi. Kesimning mana shu [Pm] qismi zamon, mayl, modallik kabilarning ifodalanishiga xizmat qiladi, shuningdek, uslubga ko‘ra turli tusga kiradi, ya’ni shaxs-son qo‘shimchalari bilan qo‘llanadi, so‘z va so‘zlar birikmasi bilan keladi. Masalan, Bog‘ishamol gullari chiroyli va hidi hushbo‘y tipidagi sifat kesimli gaplarni quyidagicha turli tusga kiritish mumkin:
chiroyli va hidi xushbo‘y

–dir


edi

ekan


emish

bo‘ladi


bo‘lar ekan

Mana shu kabi kesimlarning [W] birligini turli tusga kirituvchi vosita har xil shakldagi [Pm] birligidir. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, [Pm] uch xil shaklga ega:

a) so‘zga qo‘shiluvchi qo‘shimcha shakliga;

b) bir so‘z shakliga;

v) ko‘p so‘z shakliga: bo‘lar ekan, bo‘lar emish...

Yuqorida keltirilgan bu misolda to‘liqsiz fe’llarning yolg‘iz o‘zi [Pm] vazifasida keladi, shu bilan birga, [Rm]ning tarkibiy qismi ham bo‘lib keladi. Albatta, bunday qo‘llanish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi. To‘liqsiz fe’llar birinchi qo‘llanishda zamon va modallik kabi tushunchalarni ifodalash bilan belgini xarakterlasa, ikkinchi qo‘llanishda belgining belgisini xarakterlaydi.

[Rm]ning tarkibiy qismi yuqoridagidan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. Yuqoriroqda kerak bo‘lib qolishi mumkin ekan singari misollar keltirilgan edi. Ushbu misollarda [Rm]ning tarkibi to‘rt birlikdan iborat bo‘lib, ular quyidagicha: 1) kerak; 2) bo‘lib qolishi; 3) mumkin; 4) ekan yoki emish. Bu yerda [Rm]ning birinchi birligi (kerak) o‘zidan oldingi so‘zga (ko‘pincha harakatga) nisbatan modallikni, ikkinchisi birinchisiga, uchinchisi ikkinchisiga, uchinchisi to‘rtinchisiga nisbatan modallikni anglatadi. Bunday misollar qancha birlikdan iborat bo‘lsa ham, bitta [Pm] hisoblanadi. Ayrim misollarni qiyoslab ko‘ramiz: 1. Abajurdan taralgan ko‘kish nur uning yuzida tovlanar, xayolga cho‘kkan qora ko‘zlari Saodatxonga bemalol ko‘rinardi. (S.Zun) Bu qurilmada -di qo‘shimchasi uyushtirish vazifasini bajarmoqda. Gap shaklini Abajurdan taralgan ko‘kish nur uning yuzida tovlanardi, xayolga cho‘kkan qora ko‘zlari Saodatxonga bemalol ko‘rinardi tarzida o‘zgartirsak, ikki qism kesimi ham shakllanadi va qo‘shma gap hosil bo‘ladi. 2. Nazokatning bag‘ridan nimadir ko‘chgan, nimadir yaraqlab chiqqan, nimadir kalqib ketgandek bo‘ldi. (Shuh) Bu qurilma o‘z tarkibida uchta qismi birlashtirib, uyushtirib kelmoqda. Har bir qism o‘zining [W]si, [Rm]iga ega, umumlashtiruvchi [Pm] -dek bo‘ldi ga teng bo‘lib, oldingi ikki qismga ham tegishli. Demak, bu qurilmani uyushgan gap shakliga keltirishda [Rm]ning -dek bo‘ldi ga teng bo‘lishi muhim rol o‘ynaydi. 3. Ko‘zini ochganda, kechagina xunuk va bevafo ko‘ringan olam ajib bir chiroy kashf etgan, yerda yotgan har bir tosh bo‘lagi gavharga aylanib, tilga kirgandek bo‘lib ko‘rindi (Shuh) Bu uyushgan gap ikki qismdan iborat, shu qismlarni tarkibida uchta unsur ishtirok etgan birgina [Pm] uyushtirib kelmoqda. Uyushtirish vazifasini bajaruvchi [Pm] bu o‘rinda -dek bo‘lib ko‘rindi ga tengdir.

Tarkibli [Rm]lar bir qarashda so‘z birikmalariga o‘xshaydi. Aslida esa ulardan farq qiladi: so‘z birikmalarida oldingi so‘z keyingi so‘zga aloqador bo‘lsa, tarkibli [Rm]da keyingisi o‘zidan oldingi so‘z bilan aloqador, ya’ni keyingi so‘z oldingi so‘zni u yoki bu jihatdan xarakterlaydi.


[1]Нигматов Х.Г. Вкяюченное третье в морфологической снстеме тюркских язьках // Советская тюркология. 1976. №3. С. 35-37.

×This lesson is not ready to be taken.
Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
8-Ma'ruza. Mavzu: Qo‘shma gap. Qoʻshma gapning qurilishiga koʻra turlari
Qo‘shma gap. Qoʻshma gapning qurilishiga koʻra turlari
Qo‘shma gap. Qoʻshma gapning qurilishiga koʻra turlari
Reja:

1. Qo‘shma gap va uning o‘zbek tilshunosligidagi tadqiqi.

2. Qo‘shma gap tasnifi masalasi. An’anaviy va zamonaviy tasnif asoslari.

3. Qo‘shma gapning qurilishiga ko‘ra turlari: teng munosabatli, tobe munosabatli va mutanosib munosabatli qo‘shma gaplar.

4. Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra turlari: faqat ohang vositasida, yuklamalar vositasida, teng bog‘lovchilar vositasida, ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida, nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap.

Qo‘shma gap haqida umumiy ma’lumot.O‘zbek tilshunosligida qo‘shma gap mavzu sifatida ko‘pgina asarlarning tadqiq obyekti bo‘lgan. Olimlar V.V.Vinogradov – A.G‘ulomov ta’limotida qo‘shma gapning (ega – kesim),(ega – kesim) umumiy qolipi asosida ish olib borilgan. Respublikamiz mustaqillikka erishgunga qadar bir necha o‘n yilliklar davomida o‘zbek tili rus tili orqali kirib kelgan g‘arb tishlunosligi nazariyalari zaminida rivojlanib kelgan. Natijada,olimlarimiz ta’kidlaganlaridek, o‘zbek tilining grammatik kategoriyalari o‘rtasida ziddiyatlar paydo bo‘lgan. Bu ziddiyatlar keyingi yillarda bajarilgan ilmiy ishlarda o‘z ifodasini topgan.

O‘zbek tilshunosligi taraqqiyotining so‘nggi yillarida har xil yo‘nalishlar asosida ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. Olimlarimiz ko‘p qirrali bo‘lgan birliklarning turli tomonlarini o‘rgandilar va o‘rganmoqdalar. Tabiiyki, har bir yo‘nalishning o‘ziga xos jihatlari ko‘p.

Grammatikaning ikkinchi yirik qismi bo‘lgan qo‘shma gap sintaksisida sodda gaplarning mazmun va intonasiya jihatdan birlashib, yaxlit bir gap – qo‘shma gap hosil qilishi, qo‘shma gap qismlarining o‘zaro mazmun munosabati, qismlarining o‘zaro birikish usulllari, qismlarining miqdoriga ko‘ra tasnif qilinishi,bu tasnifga kiruvchi qo‘shma gaplarning ichki turlari o‘rganilgan edi. Qo‘shma gap sodda gap bilan mustahkam bog‘langan, ammo undan ham struktur, ham uzatilayotgan axborot miqdori va sifati nuqtayi nazaridan farqlanuvchi sintaktik qurilmadir. Sodda va qo‘shma gaplar, ularning bir-biridan farqli, ba’zi bir o‘xshash tomonlarini bilish har bir insonga o‘z fikrini to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi, uning ta’sirchanligini ta’minlaydi.

Quyida bularning ayrimlariga to‘xtab o‘tamiz:

1.Sodda gapda shakllangan kesim bitta markazdan, qo‘shma gapda u birdan ortiq bo‘ladi va birdan ortiq sodda gaplarning mazmun hamda grammatik jihatdan birikuvidan tashkil topadi. Misollar: a)sodda gap: Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan.(I.Karimov)

b) qo‘shma gap: Ilmni o‘g‘ri ham o‘g‘rilay olmas, ilmni ajal ham olib ketolmas.(Maqol)

2.Sodda gap bir va, o‘rni bilan, ko‘p, qo‘shma gap esa faqat ko‘p fikrni ifoalaydi. Sodda gap: a)bir fikrni ifodalaydi: Qush sayradi. Bu yil qish sovuq keldi;

b)ko‘p fikrni ifodalaydi:Bahor kelganda, gullar ochilganda, lola sayriga chiqamiz.

Qo‘shma gap: Faqat Botiralini eslasa, bag‘ri eziladi, dili erib, ko‘zlarining qo‘sh bulog‘i qaynaydi.(H.G‘ulom) Bu gap uch qismli qo‘shmagap bo‘lib, bir necha fikrni bildiradi.

3.Sodda gapning qurilish materiali so‘z va so‘z birikmasi bo‘lsa, qo‘shma gapning qurilish materiali gap markazlaridir(mustaqil va nomustaqil kesimlar).

4.Sodda gapning eng oddiy shakli bir so‘zdan, qo‘shma gapning eng oddiy shakli ikki so‘zdan iborat bo‘ladi. Masalan: Ayt, kirsin. Bu gap ikki qismli qo‘shma gapdir.

5.Sodda gapdek, qo‘shma gap ham ifoda maqsadiga ko‘ra uchta:

A)qo‘shma darak gap: Qo‘hna tariximizni shu ma’noda ko‘z o‘ngimizdan o‘tkazib, tahlil qiladigan bo‘lsak, muhim va ibratli bir fikrni takroran aytishgato‘g‘ri keladi.(I.Karimov);

B)qo‘shma buyruq gap: Sen borma, ukang borsin! Ayt, tez bo‘lsin, mehmonlar kelib qolishadi!

D)qo‘shma so‘roq gap: Og‘riq qoldimi, uyqungiz qalay? Nima qilasan, qishloqqa qaytasanmi?(Oybek); Ayt o‘zing: tashvishin chekayinnening? (A.O‘ktam)

6.Sodda undov gaplardek, qo‘shma undov gaplar ham bor: Og‘iz ayg‘oq, tiltayg‘oq! Uning joni bitta emas, biz – xotinlar, qizlar nechta bo‘lsak, Jo‘raxonopamning jonlari shuncha!(A.Muxtor)

7.Qo‘shma gaplar, xuddi sodda gaplardek, bir va ikki tarkibli bo‘ladi. Bu holat uch ko‘rinishga ega:

a)qo‘shma gapning hamma qismlari bir tarkibli: Dabdabali to‘ylarga bormaslik mumkin, lekin ta’ziyada azador bilan birga bo‘lish kerak;

b)hamma qismlari ikki tarkibli: Tuproqni chaqaloqday tarbiyalasang, dur beradi;

D)qismlaridan biri bir tarkibli, boshqalari esa ikki tarkibli bo‘ladi: Agar zarur topilsa, chetlatib ham qo‘yishadi.(J.J)

8.Qo‘shma gaplar qismlari ham, xuddi sodda gaplardek, yoyiq va yig‘iq bo‘lishi mumkin.

Bu holatlar quyidagi tarzda berilishi mumkin:

a)qo‘shma gapning hamma qismlari yig‘iq, masalan, ...xullas, qichqirmasinlar, bobillamasinlar, sayramasinlar...(A.O‘ktam);

b)qo‘shma gapning bir qismi yig‘iq va boshqa qismlari yoyiq:

So‘kmasman birovni, so‘ktirmasman ham,

Berganimmas, totgan tuz yodimdadir.(A.O‘ktam)

Qo‘shma va sodda gaplarning o‘zaro o‘xshash va farqli tomonlari,asosan, shulardan iboratdir. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar alohida olingan sodda gaplardan mustaqil emasligi bilan ajralib turishi grammatik va intonasion nomustaqillikka asoslanadi.

Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnif

Bu tasnif sof shakliy bo‘lib, gap orasidagi ma’noviy bog‘lanish qanday qo‘shimcha (shakliy) vosita bilan ta’minlanishiga tayanadi. Bu asosga ko‘ra qo‘shma gapning quyidagi turlari ajratiladi:

a) faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap;

b) yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;

d) teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;

e) ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;

f) nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap.

Bog‘lovchi vositalarning ma’nodoshligi va vazifadoshligi

Qo‘shma gaplarning bog‘lovchi vositalarga ko‘ra yuqorida berilgan 5 turi asosida ma’nodoshlik munosabati juda kuchli. Xususan, faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gapda ifodalangan ma’noviy munosabat qo‘shma gapning boshqa turi bilan ham berilishi mumkin. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap va faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap sinonimiyasi juda keng. Qiyoslang:

1. Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi.

2. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi.

Qo‘shma gapning tarkibidagi qismlar o‘zaro bir-biriga turli yo‘llar va vositalar bilan bog‘lanadi. Ular quyidagilardan iborat:

1) intonatsiya orqali;

2) yordamchi vositalar orqali.

Intonatsiya qo‘shma gapning hamma turida ishtirok qiladigan universal vosita sanaladi. Qo‘shma gapning shakllanishidagi ishtirokiga ko‘ra, intonatsiya bosh va yordamchi rolni o‘ynaydi. Intonatsiya bosh rolni o‘ynaganda sintaktik aloqa faqat intonatsiya orqali ifodalangan bo‘ladi; yordamchi rol o‘ynaganda boshqa vositalar ishtirok etadi.

Yordamchi vositalar.

Ular o‘z xarakteriga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

1. Grammatik vositalar. Qo‘shma gapni hosil qiluvchi grammatik vositalarga bog‘lovchilar, ko‘makchilar, yuklamalar, kelishik shakllari kiradi.

2. Leksik-grammatik vositalar. Qo‘shma gapni tuzishda xizmat qiluvchi leksik-grammatik vositalarga sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi, shart fe’li, buyruq shakllari kiradi.

3. Leksik vositalar. Maxsus leksik vositalarning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:

a) Qo‘shma gaplarni hosil qilishda kirish va kiritma konstruksiyalar ishtirok etadi. Ular izohlash, qiyoslash munosabatini ifodalaydi: Lekin bu narsa Qalandarovning taftini bosolmadi, aksincha, yuragiga o‘t yoqildi. (A. Qahhor)

b) Payt munosabati ifodalangan qo‘shma gaplarda shundan buyon, shundan keyin, shu paytda, shunda, unda so‘zlari qo‘llanadi: Otasi o‘lganiga o‘n besh yil bo‘ldi – shundan buyon har qanaqa ishni yig‘ishtirib qo‘ygan. (Oybek)

c) Qo‘shma gapni tuzishda olmoshlarning, asosan, ko‘rsatish va nisbiy olmoshlarning roli bor: Shunday ayollar bo‘ladi: ular ishqni e’tiqod kabi muqaddas tugadi. (Oybek)

d) Qo‘shma gapning har ikki qismida bir xil vazifa yoki har xil vazifadagi so‘z takrorlanadi: Mening domlam yo‘q, domlam ikki ko‘zim (A.Qahhor). Vaqting ketdi – baxting ketdi (Maqol).


Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari.

Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi qism (gap)lar o‘rtasidagi ma’noviy munosabatga asoslaniladi va ikkita muhim nuqtaga e’tibor qaratiladi:

1) qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida qanday ma’noviy munosabat (masalan, payt,

o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va h.) ifodalanganligi;

2) aynan bir ma’noning turli yo‘llar bilan ifodalanishi mumkinligi (yoki aksincha).

Shakl va mazmun munosabati nisbiy mutanosiblikda (ya’ni asimmetrik) bo‘lganligi sababli qo‘shma gapda polisemiya va omonimiya hodisalari kuzatiladi.

Jumladan, payt munosabatini ifodalashda quyidagicha sinonimiya hodisasini kuzatishimiz mumkin:

1. O‘qituvchi keldi, dars boshlandi.

2.O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi.

3. O‘qituvchi keldi-yu, dars boshlandi.

4. O‘qituvchi keldi, shu zahoti dars boshlandi va h.k.

Yoki shart shaklida bir nechta semantik munosabat ifodalanishi natijasida sintaktik polisemiya hodisasi kuzatilishi mumkin:

a) payt ma’nosi - Borsam, ukam yo‘q ekan;

b) shart ma’nosi – Ozodaxon kelsa, aytaman;

v) to‘siqsizlik ma’nosi - Aqidaxon kelsa ham, aytaman va h.k.

Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra tasnifi bilan qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra tasnifi o‘zaro bog‘liq. Tom ma’noda bu tasnif tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiluvchi bog‘lovchining o‘z ma’nolari bilan aloqador. Masalan, agar shart va payt ma’nolarini beradi.

Bog‘lovchilar ma’nosi va gap semantikasi, juda ko‘p holatda bog‘lovchilarning o‘zgarishi gaplararo o‘zaro munosabatlarning qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Masalan, O‘qituvchi keldi, dars boshlandi qo‘shma gapi turli bog‘lovchi bilan bog‘langanda har xil munosabatni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan:

O‘qituvchi keldi, dars boshlandi.

O‘qituvchi keldi, chunki dars boshlandi.

O‘qituvchi keldi, shu sababli dars boshlandi.

O‘qituvchi keldi, natijada dars boshlandi va h.k.

Bоg‘langan qo‘shma gap kоmpоnеntlarining o‘zarо mazmuniy munоsabatlari:

I. BIRIKTIRISH MUNОSABATI

Bоg‘langan qo‘shma gap qismlari biriktiruvchi bоg‘lоvchilar yoki ularning funksiyasini bajaruvchi yuklamalar yordamida alоqaga kirganda, ma’lum bir paytda yoki kеtma-kеt yuzaga chiqadigan harakat-hоlatlar birlashtiriladi va bu bilan uyushgan qismlar hоsil qilinadi.

1. Qo‘shma gap kоmpоnеntlarida harakat-hоlat bir paytda yuzaga chiqadi:

Masalan: Chоrpоyaning bеrigi yonida qarigan Abdurahmоnbоy va ikki katta o‘g‘li o‘tirar va bularning ro‘paralarida tuman bоylaridan bir nеcha kishi o‘tirar edi. (S.Ayniy) Haftalar o‘tdi ham tugaldi savdо. (Оybеk)

2. Harakat-hоlat kеtma-kеt yuzaga chiqadi: Chirоq o‘ngga qayrilib g‘оyib bo‘ladi-yu, hayal o‘tmay yaqinrоqdan ko‘zni qamashtiradigan yog‘du sоchib chiqdi va bоsinqi mоtоr tоvushi eshitildi. (A.Qahhоr)

II. AYIRUV MUNОSABATI.

Bоg‘langan qo‘shma gaplarning ayrim turlarida qismlaridan anglashilgan

vоqеa-hоdisa yoki harakat-hоlatlarning biri ro‘y bеrib, ikkinchisi ro‘y bеrmaydi va ular galma-gal ro‘y bеradi. Bunday qo‘shma gaplar ayiruv munоsabatini ifоdalоvchi qo‘shma gaplar dеyiladi. Qo‘shma gap qismlari umumiy bir fikrni, niyatni ifоdalash uchun хizmat qiladi, shu umumiy bu fikrning elеmеntlari hisоblanadi. Ayiruv munоsabatini ifоdalagan bоg‘langan qo‘shma agplarning kоmpоnеntlari o‘zarо ayiruvchi bоg‘lоvchilar yordamida birikadi.

Masalan: Ilgari ham kunlar shunday qizirmidi yo

Bu yil yoz issiqrоqmi? (Оybеk)

Bo‘yingizga bo‘ldim хumоr

Yo siz kеling yo mеn bоray. (Fоlklоr)

Yoki yеr yomоnmi? Urug‘ yomоnmi?

Yo bo‘lmasa ayb havоdami? (G‘.G‘ulоm)

Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi. (Оybеk)

III. SABAB – NATIJA MUNОSABATI.

Bоg‘langan qo‘shma gap qismlarining biridan anglashilgan mazmun ikkinchisining ro‘y bеrishiga sabab bo‘ladi: Masalan: Anоr so‘zlar va Zaynab qalbi Tоl bargiday dir-dir qaltrar. (H.Оlimjоn)

Bu qo‘shma gapning ikkinchi qismi (Zaynab qalbining titrashi, qaltirashi) birinchi qismdan anglashilagn harakatning (anоrning so‘zlashishining) natijasidir.

Qiz yalt etib Jamоlga qaradi-yu, yuragi hоvliqib kеtdi.(H.Оlimjоn)

G‘amхоnada qashshоqlik kuldi

Va оila tutday to‘kildi. (H.Оlimjоn)

IV . ZIDLASH (QIYOSLASH MUNОSABATI)

Qo‘shma gap qismlaridan anglashilgan harakat-hоlat bir-biriga zid qo‘yilishi, qiyoslanishi mumkin. Bundan maqsad shuki, qismlardan anglashilgan bеlgi хususiyatlarini bir-biriga zid qo‘yish, ular оrasidagi farqni ko‘rsatish, bir-biriga nоmuvоfiq ekanini ko‘rsatishdir. Qo‘shma gap kоmpоnеntlari o‘zarо zidlоvchi bоg‘lоvchilar yordamida bоg‘lanadi: Masalan: Tоvоqlar bo‘shadi, lеkin so‘fi «savоb» bo‘ladi dеb, dasturхоnga to‘kilgan guruchlarni оg‘ziga sоlmоqda edi. (S.Ayniy) Хоlmurоd bilan ko‘p gaplashgusi kеlar, lеkin ilоji bo‘lmas edi. (P.Tursun)

Qiyoslash munоsabati «bo‘lsa», «esa» bоg‘lоvchilari yordamida ham yuzaga chiqishi mumkin:

Masalan: Kоzimbеk qilmishidan hijоlat, Saida esa undan bir оg‘iz so‘z kutar edi. (A.Qahhоr) Sеn shu ishni qilsang, bоydan qutulasan, mеn bo‘lsam, o‘z maqsadimga yеtaman. (Hamza)

V. IZОHLASH MUNОSABATI.

Bоg‘langan qo‘shma gaplarning ba’zilarida kоmpоnеntlarning biri ikkinchisining mazmuniga izоh bo‘ladi, uni to‘ldiradi. Kоmpоnеntlar biri ikkinchisiga umumiy izоh bo‘lishi, yoki birоr bo‘lakning ma’nоsini aniqlashi, to‘ldirishi mumkin: Masalan: Mulla Hakim, bir nоzik ish bоr. Lеkin хayrli ish. (Оybеk)Ertasiga ham оvchilar qaytmadilar va bu hоl qishlоq ahоlisini tashvishga sоldi. Bоyni zulmi bоrgan sari оrtdi va bu hоl esa хalqning g‘azabini yanada kuchaytirdi.

Bоg‘langan qo‘shma gap kоmpоnеntlari ba’zan tеng bоg‘lоvchilarning yonma-yon kеlishi natijasida ham bоg‘lanishi mumkin:Masalan: Hamоn chоpib bоrar Va lеkin ko‘kragi qоn. (H.Оlimjоn)

Оg‘zaki nutqda «ammо», «lеkin» bоg‘lоvchisi ham aktiv qo‘llanadi.


Qo‘shma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra turlari. Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi gaplar bir-biriga qanday sintaktik munosabatda ekanligi nazarda tutiladi. Qismlari orasida funksional munosabatiga ko‘ra qo‘shma gap har xil bo‘ladi. So‘z qo‘shilmasida, uyushiq bo‘lakda bo‘lgani kabi, gap orasidagi munosabat tenglik (birikish, zidlanish, ayirish) yoki tobelik tabiatida bo‘lishi mumkin. Tenglik munosabati ko‘p holatda faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap, yuklama bilan bog‘langan qo‘shma gap esa teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap orasida ko‘riladi. Bog‘lovchi va yuklamaning ma’nosiga ko‘ra qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi munosabat:

a) mo‘tadil birin-ketinlik:Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi;

b) uzilmas birin-ketinlik:Bahor boshlandi-yu, dalada ishlar qizidi;

d) ayiruv:Goh yig‘ladi, goh kuldi;

e) zidlov:Keldi, lekin gapirmadi. Tortindi, lekin kirdi;


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
9-Ma'ruza. Mavzu: Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga koʻra turlari
Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga koʻra turlar
Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga koʻra turlar
Reja:

1. Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari: qismlari payt, o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va b. ma’noviy munosabatlar asosida bog’langan qo‘shma gaplar.

2. Qoʻshma gapning qismlari orasidagi funksional munosabatlarga koʻra turlari: kesim tobe gapli, ega tobe gapli, hol tobe gapli, to‘ldiruvchi tobe gapli, aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap.

3. Qo‘shma gap tarkibiy qismlarining irreallikka munosabatiga ko‘ra turlari.


Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida tobelik aloqasi mohiyatan so‘z birikmasi tarkibiy qismlari orasidagi hokim–tobelik munosabati bilan o‘xshash. Farq shundaki, bunda tobe qism ham, hokim qism ham alohida gap bilan ifodalanadi. Bu masala tilshunosligimizda «Ergash gapli qo‘shma gaplar» mavzusi doirasida chuqur va atroflicha o‘rganilgan.

Gap bo‘laklariga muvofiq ravishda bunday qo‘shma gaplar 5 turga ajratiladi.

Kesim tobe gapli qo‘shma gap: Meni hayratda qoldirgan narsa shuki, qiz juda og‘ir yarador bo‘lishiga qaramay jilmayar edi.(Oyd)

Ega tobe gapli qo‘shma gap: Kim birovga chuqur qazisa, unga o‘zi yiqiladi.(Maq)

Hol tobe gapli qo‘shma gap: Yomg‘ir aralash qor yog‘ib turgan bo‘lsa ham, u negadir shoshilmas, xayol bilan band edi.(O.Yoq)

To‘ldiruvchi tobe gapli qo‘shma gap: Shunga erishishimiz kerakki, ayollar hayotning har bir sohasida erlar bilan teng bo‘lsin. (A.Qah)

Aniqlovchi tobe gapli qo‘shma gap: Umrlar bo‘ladiki, tirigida o‘likdir. Umrlar bo‘ladiki, mangulikka tirikdir.(M.Shayx)

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu tasnif ma’no bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli bir qo‘shma gapning o‘zi xilma-xil tasnif etilishi mumkin.

I.Bosh gapda olmosh bilan ifodalangan eganing yoki qo‘llanilmagan eganing mazmunini izohlab, to‘ldirib, konkretlashtirib keladigan ergash gap ega ergash gap deyiladi. Masalan, Kimki mehnatni sevsa, hurmatga sazovor bo‘ladi. («Saodat») gapida birinchi komponent (ergash gap) ikkinchi komponentdagi (bosh gapdagi) u olmoshi bilan ifodalangan eganing mazmunini konkretlashtirgan: u hurmatga sazovor bo‘ladi. - Mehnatni sevgan hurmatga sazovor bo‘ladi.

1) Ega ergash gapli qo‘shma gaplarda ergash gap sostavida uning egasi sifatida kim, kimda-kim, har-kim, har kimki, nima, nimaiki, nimaki, qaysi, qaysi kishi, shunisi, shu narsa kabi nisbiy so‘zlar; bosh gap sostavida, uning egasi sifatida – o‘sha, shu, o‘zi, o‘sha narsa, hamma, hammasi, barcha, barchasi kabi nisbiy so‘zlar bir-biriga muvofiqlashib qo‘llaniladi: Kimki mehnatdan qo‘rqmasa, u tuproqdan oltin ajratadi. («Saodat») Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidir, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidir. (Bobur)

2) Ega ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar (ergashtiruvchi vositalar) bilan tutashadi: Fe'lning shart mayli formasi -sa elementi bilan: Kimki birovga choh qazisa, o‘zi yiqiladi. (Maqol)-r, -ar, ekan, -mas, ekan shakli orqali. Bunda ergash gaping kesimi sifatdoshning -r, -ar, -mas shakli ekan yordamida yasalgan formada kelib, bosh gapga bog‘lanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi: Kimki el-yurt xizmatida bo‘lar ekan, u hech qachon yomonlik ko‘rmaydi. Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u, albatta, xor bo‘ladi. Kimki dilozor erur,o‘zi el ichra xor erur.-ki orqali. Bunda -ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi: Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb o‘rganish mumkin. Javobingizdan shu narsa aniq bo‘ldiki, til-adabiyotni sevar ekansiz. Ikki soatdan keyin ma’lum bo‘ladiki, Qalandarov rayonga jo‘nab ketibdi. (A.Q) Bu turdagi ega ergash gaplar ma’lumki, ayonki, ravshanki, ko‘rinib turibdiki, anglashiladiki kabi kirish so‘z, kirish ibora xarakteridagi bir sostavli (ko‘pincha egasi qo‘llanilmaydi) gaplarni ham izohlab keladi: Ma’lumki, ota-bobolarimiz yerni ardoqlagan, nonni ko‘ziga surib e’zozlagan. Shunisi qiziqki, laboratoriya bir hafta davomida ishlamagan. (As.M) Ko‘rinib turibdiki, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ajrata olmaysiz. (As.M)

-mi. Ega ergash gap bosh gapga so‘roq yuklamasi -mi orqali birikadi. Bosh gap so‘roq gap tarzida shakllangan bo‘lsa ham, ergash gapdagi voqeani eslatish, yodga tushirish mazmunini bildiradi: O‘sha esingdami, men uni qayta ko‘rolmadim. («Saodat») Esingizdami, yozgan xatlarimning birida sizdan hisob so‘rayman degan edim-u.(A.Q)-ku. Bu yuklama bilan birikkan qo‘shma gaplarda bosh gap mazmunan kirish gapga yaqin bo‘ladi: Ko‘nglingizga kelmasin-ku, odam har xil bo‘lar ekan. (A.Q) Ega ergash gaplar bosh gap bilan qaysi grammatik vositalar orqali bog‘lanishga qarab, turlicha o‘rinlashadi. Fe'lning shart mayli (-sa), sifatdoshning to‘liqsiz fe'l bilan birikishidan hosil bo‘lgan formalari (-r,-ar ekan,

-mas ekan) orqali birikkanda, biriktiruvchi vositalar ergash gap tarkibida bo‘ladi. Ergash gap bosh gapga -ki, -mi, -ku bog‘lovchilari orqali birikkanda, ergash gap ikkinchi, bosh gapga birinchi o‘rinda keladi. Tutashtiruvchi vositalar bosh gap tarkibida bo‘ladi.

3) Kimki mehnat mashaqqatlaridan qo‘rqmasa, u toshdan dur, tuproqdan oltin ajratadi.(O) Tahlili: Ikki gapdan tuzilgan. Birinchi gap ergash, ikkinchisi bosh gap. Birinchi gapda kimki, ikkinchisida u nisbiy olmoshlari qo‘llanilgan. Birinchi gap ikkinchi gapdagi ega funksiyasida kelgan u olmoshini izohlagan - ega egrash gap. Ega ergash gap bosh gapga -sa, bog‘lovchisi orqali birikkan bo‘lib, birinchi o‘rinda, bosh gap, ikkinchi o‘rinda, -sa bog‘lovchisi ergash gap tarkibida kelgan.

II. Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan kesimning mazmuni izohlab, konkretlashtirib keluvchi, ergash gaplar kesim ergash deyiladi: Maqsadim shuki, jahonda tinchlik bo‘lsin. Bu gapda bosh komponentning kesimi olmosh bilan ifodalanaganligidan mavhum xarakterga ega. Mana shu kesim mazmunini konkretlashtirish uchun boshqa bir aniqlovchi komponent (jahonda tinchlik bo‘lsin) keltiriladi, bu komponent orqali bosh gapning kesimi reallashadi: Maqsadim - jahonda tinchlik bo‘lsin.

1) Kesim ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh gap tarkibida - kesim funksiyasida shuki, shu yerdaki, shundaki, shundan iboratki, shu bo‘ldiki, shu ediki, shumidiki, kimsanki, nimasanki kabi so‘zlar qo‘llaniladi va ularning mazmuni ergash gap tomonidan konkretlashtiriladi. Bularga doir misollar kiritamiz. Shuki:ko‘nglingiz uchun bitta qo‘shig‘imni aytib beraman, ammo shartim shuki, Umarali aka, kulmaysiz.(O)Shu yerdaki:Muvaffaqqiyatlarimizning boisi shu yerdaki, biz agrotexnika qoidalariga to‘la rioya qilamiz. (Gazeta)Shundan iboratki:masalaning mohiyati shundan iboratki, bu qurilishlarni loyihalash va boshqarish tajribasida katta xato va yetishmovchiliklar oshkor bo‘lyapti. (As.M)Shumidiki:Sizdan umidimiz shumidiki, do‘stlarning yuziga tik boqadigan, dag‘al muammoli qiladigan qiliqlar chiqaribsiz. («Guliston»)Shunda ediki, shu bo‘ldiki:G‘ofur G‘ulomning usta san’atkorligi shunday ediki, u hayotni chuqur bilar, uni ustalik bilan she’rga ko‘chiradi. («Guliston»)Majlisni olib borishdagi hurmatsizlik shu bo‘ladiki, rais kun tartibini e’lon qilmasdan so‘zga tushib ketdi. (A.Q) Kim bo‘libsanki:kim bo‘libsanki, dag‘dag‘ang olamga sig‘maydi. (Mushtum)Nimaiki, nima ekanki: u nimaki sen unga bunchalar sehrlanib qolibsan, qizim. («Guliston»)U nima ekanki, seni kuldirar ekan-u, meni yig‘latar ekan. (A.Q) Bosh gapning kesimi yuqoridagi formalar bilan ifodalangan ergash gapli qo‘shma gaplar mazmun jihatidan ma’lum farqlarga ega, albatta. Kesim ergash gap bosh gapdagi sostavli ot kesimning ot qismini izohlab ham keladi: Yer koptok emaski, bir tepib uchirsang. (A.Q)Odam bolasi sirkning oti emaski, qamchin qarsillaganda, cho‘kkalasa.

2) Kesim ergash gap, asosan, -ki bog‘lovchisi bilan bosh gapga birikadi. -ki bosh

gap tarkibida, bosh gap birinchi o‘rinda, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi: Umid

shulkim, tole yor bo‘lsin. (G‘.G‘)

3) Bu kitobni tushunishning birinchi sharti shuki, to‘g‘ri va diqqat bilan o‘qiy bilishdir. (K.D) Tahlili: Ikkita gapdan tuzilgan. Birinchi gap bosh gap, ikkinchisi ergash gap. Ikkinchi gap bosh gapdagi shu olmoshi bilan ifodalangan kesimni izohlagan - kesim ergash gap. Ega ergash gap bosh gapga -ki bog‘lovchisi bilan birikkan bo‘lib, bosh gap birinchi o‘rinda, ergash gap ikkinchi o‘rinda, bog‘lovchi bosh gap tarkibida.

III) Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini yoki qo‘llanilmagan to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, konkretlashtirib keluvchi gaplar to‘ldiruvchi ergash gap deyiladi. Masalan, Shuni aytib o‘tayki, kema butun mas’uliyatni o‘z ustiga olgan, kema darg‘asining buyrug‘i bilangina u to‘lqinlarni yorib, dengizlar osha oladi. («K.D») gapida ergash gap (keyingi gap) bosh gapdagi (birinchi gap) olmosh (shuni) bilan ifodalangan mavhum bo‘lakning – to‘ldiruvchining mazmunini izohlab, to‘ldirib kelgan: Shuni, ya’ni kema butun mas’uliyatini o‘z ustiga olgan kema darg‘asining buyrug‘i bilangina to‘lqinlarni yorib, dengizlar osha olishni, aytib o‘tay.

1) To‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplarda nisbiy so‘zlarning qo‘llanilishida o‘ziga xoslik bor. Bosh gap birinchi o‘rinda kelganda, uning tarkibida shuni, shu narsani, bir narsani, shunga, shu narsaga kabi olmoshlar qo‘llaniladi va bu izohlanadi: Bu olmoshlar ergash komponentda biror formada takrorlanib qo‘llanmaydi: Shuni bilamanki, mashinaga ajratilgan kattakon bir kartaga Àrslonbek akam mo‘ylovchi qilib odam qo‘ydirib yubordilar. (A.Q) gapining bosh komponentida «shuni» bo‘lagining mosi keyingi gapda bo‘lmaydi. Ergash komponent birinchi o‘rinda kelganda, ergash gap tarkibida nimaga, kimni, nimani, kimga, nima, nimani, kim bilan, nima bilan bosh gap tarkibida uni, shuni, o‘shani, hammasini, barchasini, barini, o‘sha bilan, shu bilan, u bilan kabi nisbiy so‘zlar bir-biriga muvofiqlashib keladi. To‘ldiruvchi ergash gaplarni ana shu izohlanishi kerak bo‘lgan nisbiy so‘zlarning (obyektning) xususiyatiga ko‘ra ikkiga ajratish mumkin. Bosh gapdagi vositasiz to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gap bosh gapdagi vositali to‘ldiruvchini izohlaydigan ergash gap. Vositasiz to‘ldiruvchisi izohlanayotgan qo‘shma gaplarda bosh gapning kesimi o‘timli fe'llar orqali ifodalanadi: Oygul siz shuni yaxshi bilingki, sizning juda ko‘p samimiy do‘stlaringiz bor. («Sh.Y»)Ona biladiki, endi har nahor, butun Vatan bo‘ylab to‘lishar bahor. Vositali to‘ldiruvchisi izohlanayotgan qo‘shma gaplarda o‘timsiz fe'llar bosh gapning kesimi bo‘lib keladi. Shunga erishmog‘imiz kerakki, moddiy va ma’naviy boyliklardan hamma teng bahramand bo‘lsin. Ko‘p hollarda ergash gap tomonidan izohlanishi kerak bo‘lgan bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchi qo‘llanmaydi - «tushib qoladi». Biroq qo‘llanilmagan bu obyekt uning vositali yoki vositasiz to‘ldiruvchi ekanligi, boshqaruvchi bo‘lak – kesimdan anglashilib turadi. Ergash gaplar mana shu ifodalanmagan – elipsisga uchragan bo‘lakning funksiyasini ham konkretlashtiradi - o‘rnini qoplaydi (kompensatsiya qiladi). Masalan, Bilib qo‘yki, seni Vatan kutadi. (G‘.G‘) gapining kesimi o‘timli fe'l, qo‘llanilmagan bo‘lak (shuni, shu narsani) vositasiz to‘ldiruvchi. Bosh gapdagi izohlanishi kerak bo‘lgan to‘ldiruvchilar quyidagicha shakllanadi: Tushum kelishigida: Shuni unutmangki, Davron erishilgan yutuqlar bilan xotirjam bo‘lib qololmaydi. Jo‘nalish kelishigida: Men shu narsaga aminmanki, tinchlik urushni yengadi. Chiqish kelishigi formasida: Shu narsadan xavotirlanamanki, kanalni qazib bitkazmasak, suvsiz qolamiz. («Guliston»)

2) To‘ldiruvchi ergash gapni biriktiruvchi vositalar quyidagilar: -ki:Hech qachon esimizdan chiqarmaylikki, ayollar o‘tmishda hammadan ko‘p zulm ko‘rgan. (As.M)-mi: Bilasizmi, paxtakorning shuhrati olamga ketgan. -ku: Bilasiz-ku, mardning so‘zi bir bo‘lur, birgalashsak, dushman qo‘li tang bo‘lur. (I)deb: Yaxshilik hech vaqt unutilmaydi, yomonlik hech vaqt jazosiz qolmaydi deb, bekorga aytmaganlar. («K.D»)-chi: Chiqib ko‘r-chi, kimlar kelibdi. -sa: Kimda-kim Go‘ro‘g‘lining G‘irotini olib kelsa, Shunga berarkan Nigorxon qizini. (I) Ergash gap -ki, -ku, -mi,-chi yordamchilari orqali bosh gapga biriksa, bosh gap birinchi (bog‘lovchi vositalar bosh gap tarkibida), ergash gap ikkinchi; -sa, deb yordamchilari bilan biriksa, ergash gap birinchi (bog‘lovchi vositalar ergash gap tarkibida), bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi. Ba’zan bosh gap har xil sabab bilan ergash gapning o‘rtasiga tushib qoladi. Bunda bosh gap kirish gap xarakteriga ega bo‘ladi. Alisher, buni yaxshi bilasizki, bolalik yillaridayoq badialar ijod qilib «Zullisonayn» laqabi-la shuhrat topdilar. (O)

3) Men shu narsaga aminmanki, tinchlik urushni yengadi: Ikki gapdan tuzilgan. Birinchi gap bosh gap, ikkinchi gap ergash gap. Ikkinchi gap bosh gapdagi olmosh (shu narsa) bilan ifodalangan to‘ldiruvchini izohlagan - to‘ldiruvchi ergash gap. To‘ldiruvchi ergash gap bosh gapga -ki, bog‘lovchisi orqali birikkan bo‘lib, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda, -ki bog‘lovchisi bosh gap tarkibidan kelgan.

IV. Bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan aniqlovchini yoki qo‘llanmagan aniqlovchini izohlab, to‘ldirib keluvchi, oydinlashtiruvchi ergash gaplar aniqlovchi ergash gap deyiladi. Masalan: O‘zbekiston shunday diyorki, fasllari gulga o‘ralgan. (U) gapida ergash gap (fasllari gulga o‘ralgan) bosh gapdagi aniqlovchi funksiyasida qo‘llanilgan shundayso‘zini izohlab, oydinlashtirib kelgan. Bu qo‘shma gapni transformatsiya qilganda, yaqqol seziladi: bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan bo‘lak (shunday) funksiyasida endi aniqlovchi ergash gap (fasllari gulga o‘ralgan) qo‘llanilgan bo‘ladi. Qiyoslang: O‘zbekiston shunday diyorki, fasllar gulga o‘ralgan. –O‘zbekiston fasllari gulga o‘ralgan diyor.

1) Bosh gap birinchi o‘rinda kelganda, uning aniqlovchisi sifatida shunday, ba’zi, bir xil, ayrim, bir, ba’zi bir, hech bir, shunday bir kabi nisbiy olmoshlari qo‘llaniladi va bular ergash gap tomonidan konkretlashtiriladi. Shunday bir:Endi shunday bir hikoya aytib berki, unda doimo shoshiladigan, ishning orqa-o‘ngini o‘ylamasdan harakat qiladigan bir odamning ahvoli ta’sir etilsin... («K.D»)Ba’zi, ba’zi bir, ayrim:Ba’zi bir rahbar xodimlarimiz borki, Ular tanqiddan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydilar.Ayrim ilmiy muassasalar borki, unda fan yutuqlarini ishlab chiqarishga faol tatbiq etish yomon yo‘lga qo‘yilgan.Bir:Bir vatanning o‘g‘li menkim, har taraf gul, lola, bog‘. (G‘.G‘)Hech bir:hech bir ona yo‘qki, farzandiga ichi achimasa. Bosh gap tarkibidagi qo‘llangan shunday, ba’zi bir, ba’zi, bir xil, ayrim, bir kabi so‘zlar ko‘p hollarda bir-biriga sinonim bo‘lib g‘am qo‘llaniladi: Shunday bir (bir xil, ayrim, ba’zi) olimlar g‘am bo‘lganki, ular ijodda hech qachon to‘xtab qolmaganlar. Bosh gap ikkinchi o‘rinda kelganda, ergash gap tarkibida kim, kimki, kimning, bosh gap tarkibidagi olmoshlar ergash gap tomonidan oydinlashtiriladi. Kim egri bo‘lsa, uning taqdiri fojiali bo‘ladi. Kimki, olimlardan hayo qilmasa, ularni hurmat etmasa, ularning afzalliklarini e’tirof etmasa, ularni haqoratlardan qutqarmasa, unday odamning aqli zoye ketadi va hayoti barbod bo‘ladi. («K.D») Ergash gap ba’zan bosh gapdagi shu, u, o‘sha, uning, o‘shaning so‘zlari bilan ifodalangan aniqlovchining ma’nosini ham oydinlashtiradi. Bunda ergash gap tarkibida qaysi, qanday, qay kabi nisbiy olmoshlar qatnashadi: qaysi kitob sizga yoqsa, o‘sha kitobni xarid qilamiz. Siz qaysi fakultetni lozim ko‘rsangiz, men shu (o‘sha) fakultetga hujjat topshirishga roziman. Ba’zan, ma’lum qonuniyat, masalan, ekonimiya asosida, bosh gapdagi izohlanishi kerak bo‘lgan aniqlovchi qo‘llanmasligi (ellipsisga uchrashi) mumkin. Ergash gap mana shu qo‘llanmagan bo‘lakni izohlaydi. Umrlar bo‘ladiki, tirigida o‘likdir, Odamlar bo‘ladiki, o‘ligida tirikdir. (M.Shayxzoda)Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, undan hayvon yaxshidir. (N)

2) Aniqlovchi ergash gap bosh gapga quyidagi vositalar bilan birikadi:

-ki:Shunday odam haqida xabar keltirdimki, uning har bir so‘zi gavhardir. (O)-sa:Kimning ko‘ngli to‘g‘ri bo‘lsa, uning yo‘li ham to‘g‘ri bo‘ladi. Ergash gap -ki yordamida bosh gap bilan biriksa, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda keladi va bog‘lovchi bosh gap tarkibida bo‘ladi. Agar ergash gap -sa elementi bilan bosh gapga biriksa, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi o‘rinda keladi, bog‘lovchi ergash gapning kesimi tarkibida bo‘ladi.

Bu shunday ajib diyorki, uning zo‘r ko‘zgusi oydir. (H.O)

Ikkita gapdan tuzilgan. Birinchisi bosh gap, ikkinchisi ergash gap. Ikkinchi komponentdagi aniqlovchi (shunday olmoshni) izohlagan – aniqlovchi ergash gap. Komponentlar -ki bog‘lovchisi orqali birikkan; bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi o‘rinda, bog‘lovchi bosh gap tarkibida.

Hol ergash gapli qo‘shma gaplar:

a) Ravish ergash gap.

b) Daraja– miqdоr ergash gap.

d) Chоg‘ishtirish – o‘хshatish ergash gap.

e) Sabab ergash gap.

f) Maqsad ergash gap.

g) Payt ergash gap.

h) O‘rin ergash gap.

i) Shart ergash gap.

j) To‘siqsiz ergash gap.

k) Natija ergash gap.


I. Uch va undan оrtiq sоdda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan birikishidan tashkil tоpgan, umumiy bir yaхlit tugallanuvchi intоnatsiyaga ega bo‘lgan sintaktik kоnstruksiyalar murakkab qo‘shma gap dеyiladi.

Qo‘shmagapningmurakkabshakli uning sоdda (ikki kоmpоnеntli)fоrmasida: 1) kоmpоnеnt miqdоrining ko‘pligi. 2) unda birdan оrtiq bоg‘lanish usulining mavjudligi bilan ajralib turadi.

Misоllar shuni ko‘rsatadiki, kоmpоnеntlarning o‘zarо grammatik munоsabatiga ko‘ra murakkab qo‘shmagaplar uch guruhga ajraladi:

bоg‘lanish (tеnglanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap, ergashish (tоbеlanish) yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap, aralash alоqali murakkab qo‘shma gap.

II. Uch va undan оrtiq sоdda gaplarning mazmun va grammatik jihatdan tеng munоsabatga kirishishdan tashkil tоpgan sintaktik kоnstruktsiyalar bоg‘lanish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shmagap dеyiladi. Bu turdagi qo‘shma gap kоmpоnеntlarining birikishida ikki хil usul bоr: 1) kоmpоnеntlarning faqat intоnatsiya bilan birikadi: bunda bоg‘lоvchi yoki bоg‘lоvchi funksiyasidagi grammatik fоrmalar qatnashadi: 2) kоmpоnеntlar ham tеng bоg‘lоvchilar, ham tеng intоnatsiya (aralash usul) bilan birikadi; bunda tеng bоg‘lоvchilarning o‘rni har хil: biriktiruv va zidlоv bоg‘lоvchilari ikkita kоmpоnеntni juftlab bоg‘lash uchun gap o‘rtasida, ikki kоmpоnеntlarni tugatganligini ko‘rsatish uchun охirgi kоmpоnеntning оldida qo‘llaniladi.

Tеnglashish yo‘li bilan tuzilagan murakkab qo‘shma gaplarning quyidagi shakllarini ko‘rsatamiz:

1. Gоh o‘tmish azоblari esiga tushadi, gоh o‘z bоshlig‘ining uquvsizligidan kuyunadi, gоh o‘z оldiga qo‘yilgan maqsad uni kеlajak sari yеtaklaydi.

2. Maktabda intizоm bo‘sh, o‘qituvchilarning оbro‘yi yo‘q, davоmat juda past , har yili maktabga tоrtiladigan qizlarning faqat ikki-uch fоizigina o‘ninchi sinfni bitiradilar, bu ahvоl ko‘p darajada Qalandarоv bilan bоg‘liq ekan. (A.Q)

3. Shijоatli va kuchli bоtirlar – urushda; хоtin va farzandlar kambag‘allikda; do‘st va birоdarlar bоshga kulfat tushganda, taniladilar. (Q.D)

III. Birdan оrtiq ergash gaplarning bоsh gap bilan birikishidan tashkil tоpgan sintaktik kоnstruksiyalar ergashish yo‘li bilan tuzilgan murakkab qo‘shma gap dеyiladi:

1. Bahоr kеlsa, gullar оchilsa, qirlar maysalar bilan qоplansa, bu jоylar juda go‘zal bo‘ladi. (S)

2. Tilagim shuki, biringiz оlim bo‘lib, tariх tuzing, biringiz shоir bo‘lib, yurtni kuylang. («G‘uncha»)

Aniqlоvchi ergash gap uyushadi: Sеn butun imkоniyat va qоbiliyatingni ishga sоlib, shunday bir kitоb yozki, unda ham jiddiy va hazil mutоiba so‘zlar, ham hikmat va falsafaga оid fikrlar mujassamlashgan bo‘lsin, aqlli оdamlar undan ham hikmat darsi оlsinlar, ham kulgidan o‘zlarini to‘хtata оlmasinlar. («K.D»)

To‘ldiruvchi ergash gap uyushadi:har hоlda shuni bilishing kеrakki, daraхtni kеssalar, uning ildizidan bir shоhi ko‘karib, uning o‘rnini bоsadi, qilich va o‘q yarasibitib kеtadi, lеkin til yarasi hеch vaqt tuzalmaydi. («K.D»)

Ravish ergash gap uyushadi: Qоrni оchib, kuchi qоchib, kеladi bo‘ri. (Masal)

O‘lchоv-daraja ergash gap uyushadi: O‘tirishimiz qanchalik sоdda, dasturхоn qanchali faqirоna bo‘lsa, suhbatimiz shunchalik samimiy va shirin bo‘ladi.(«K.D”)

Chоg‘ishtirish-o‘хshatish ergash gaplar uyushadi: Quyosh tabiatga jоn kiritgandеk, еr insоnga rizq-u ro‘z bеrganidеk, оnahamo‘z farzandiga qalb-qo‘rini, mеhrini bahshida qiladi. («Saоdat»)

Sabab ergash gap uyushadi: Mеn bu masalani shuning uchunkеltirdimki, hеch

vaqt dushmanni mеnsimaslik kеrak emas, birinchi bo‘lib urush bоshlash aqlli kishini ishi emas. («K.D”)

Maqsad ergash gapli qo‘shma gap uyushadi: Yurtimiz оbоd bo‘lsin dеb, xalqimiz shоyi kiysin dеb, tut ko‘chatini ekamiz.

Payt ergash gap uyushadi:

Yigitlar sеn uchun jangga kirganda,

Bоtirlar оsmоnda bеrganda jоn,

Ko‘zidan qоn оqqan yovni ko‘rganda,

Sеning yеngishingga kеltirdim iymоn. (H.О)

O‘rin ergash gap uyushadi: Qayеrda mеhnat yaхshi tashkil qilingan bo‘lsa, o‘sha yеrda intizоm yaхshi bo‘ladi.

Shart ergash gap uyushadi:

Yursa agar tоmirda qоning,

Aziz bo‘lsa bir parcha nоning,

Kеrak bo‘lsa nоmus-vijdоning,

Qo‘lingga qurоl оl.


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzhSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
10-Ma'ruza. Mavzu: Murakkab qo‘shma gap tasnifi
Murakkab qo‘shma gap tasnifi
Murakkab qo‘shma gap tasnifi
Reja:

1. Murakkab qoʻshma gap.

2. Murakkab qoʻshma gaplarda sintaktik aloqa turlari.

3. Qoʻshma gap lisoniy imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar munosabati.

4. O‘zga gapli qurilmalar, ularning turlari, lisoniy xususiyatlari, nutqiy voqelanishi, unda lisoniy va nolisoniy omillar hamkorligi.

Kоmpоnеntlarning ham tеnglanish, ham tоbеlanish munоsabatidan tashkil tоpgan sintaktik kоnstruksiyalar aralash alоqali murakkab qo‘shma gap dеyiladi. Qo‘shma gaplarning bu turi bоg‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarni o‘z ichiga оlganligi uchun aralash qo‘shma gap dеb ham yuritiladi.

Aralash alоqali murakkab qo‘shma gaplarning quyidagi mоdеllarini ko‘rsatamiz:

1. Birinchi ergash gap o‘zidan kеyingi ikkita tеng alоqali bоsh gaplarning har qaysisiga alоhida-alоhida tоbеlanadi: Bu sifatlarning birisi bir оdamda mujassam bo‘lsa, dunyodagi eng buyuk saоdat ham uni gangitib qo‘ya оlmaydi,eng katta baхtsizlik ham uni sarоsimaga sоla bilmaydi. («K.D»)

2. Ikkita ergash gapli qo‘shma gap tеng alоqaga kirishadi:

Bahоr kеlsa оchilar gullar,

Gul оchilsa,sayrar bulbullar. (F)

3. Ikkitadan оrtiq ergash gapli qo‘shma gaplar tеng alоqaga kirishadi:

Ko‘kda parvоz etsa lоchin, yеrga kirgay zоg‘lar;

Kishnagan оt o‘tsa cho‘ldan, qo‘zg‘alur tuprоqlar;

Qоnga to‘lgay, jangga bоtir kirsa, so‘lu bоg‘lar. (Habibiy)

4. Quyidagi gapda оlti ergash gap o‘zlaridan kеyingi tеng alоqali ikkita bоsh gapning har qaysisiga alоhida ergashib so‘ngra bir butun hоlda birinchi o‘rinda kеlgan bitta bоsh gapga tоbеlangan. Оlimlar dеbdurlarki, kimning qоsh оralig‘i uzоq bo‘lsa, o‘ng ko‘zi chap ko‘zidan kichikrоq bo‘lsa va tеz-tеz yumib оchsa, burni chap tоmоnga bir оz qiyshaygan bo‘lsa va uchida uchta tuk bo‘lsa, o‘zi hamisha yеrga qarasa,undan оdamga fisqi-fasоd hamrоh, hiyla va makr yo‘ldоshdir.

Fikrni to‘la atrоflicha ifоdalash maqsadida tarkibida bir nеcha ergash gapi mavjud bo‘lgan birdan оrtiq ergash gaplarning ishtirоk etishi hisоbiga оrta bоradi.

Bir nеcha ergash gapli kоnstuksiyalarda ergash gaplar оddiy ergash gapli qo‘shma gap tarkibidagi ergash gapdan, asоsan, farq, qilmay. Farq ergash gaplarning miqdоrida bo‘ladi. Bir nеcha ergash gapli qo‘shma gap tarkibida sоdda gaplarning hammasi bir bo‘lgani hоlda, grammatik va lоgik butunlikni tashkil etadilar, umumiy intоnatsiyaga ega bo‘lib, tugal bir fikrni rеallashtiradilar.

Hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida ergash gaplarning hamma turi takrоrlanib kеlib, murakkab kоnstruksiya hоsil qiladi.

Hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida bir nеcha ergash gapli qo‘shma gaplar tarkibidagi ergash gaplar bоsh gapga uch хil yo‘l bilan bоg‘lanadi:

1. Birgalik ergashish.

2. Kеtma-kеt ergashish.

3. Aralash ergashish.

Birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplar bоsh gapning birоr bo‘lagini yoki uning umumiy mazmunini to‘ldirib kеlishi mumkin. Shunga ko‘ra, birgalik ergashish ikkiga bo‘linadi:

1. Umumiy ergashish.

2. Bo‘lakka ergashish.

Birinchi hоlatda ergash gaplar bоsh gapning umumiy mazmuniga alоqadоr bo‘lib, uni umuman izоhlaydi – bu umumiy ergashish dеyiladi. Ikkinchi hоlatda shunday bo‘ladiki, ergash gaplar bоsh gapning birоr bo‘lagiga bоg‘lanib, uning mazmunini to‘ldiradi. Bunday ergashishni bo‘lakka ergashish dеb yuritiladi.

Quyidagi umumiy va bo‘lakka ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar, оdatda, bir tipli yoki turli tipdagi ergash gaplardan ibоrat bo‘ladi. Shunga ko‘ra umumiy birgalik ergashish ikkiga bo‘lib o‘rganiladi:

1. Bir tipli umumiy birgalik ergashish.

2. Turli tipli umumiy birgalik ergashish.


1. Bir tipli umumiy birgalik ergashish. Bir tipli umumiy birgalik ergashishda ergash gaplarning hammasi birхil хaraktеrda bo‘ladi. Umumiy ergash gaplar bоsh gapning struktural-grammatik markaziga –ega va kеsimiga to‘liq bоg‘lanadi, uning butun sоstaviga alоqadоr bo‘ladi.

Birgalik ergash gaplar o‘zarо parallеl hоlatda jоylashadilar. Shuning uchun ham ayrim tеkshiruvchilar birgalik ergash gaplarni «parallеl» ergash gaplar (parallеlnoе pridatоchnoе», bu хil ergashishni esa «parallеl ergashish) (parallеlnое pоdchinеniе» dеb izоhlaydilar.

Hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida umumiy o‘zgarishni hоsil qiluvchi bir tipli birgalik ergash gaplar quyidagilar:

1. Uyushgan payt ergash gaplar:

Tuman g‘arb tоmоnga uchib kеtganda,

Karvоno‘zyo‘ligasafaretganda.

Unumsizsahrоdabo‘libg‘amgindоg‘,

Uchko‘rkamхurmоdankulqоldiоppоq. (Lеrmоntоv)

Хuri, Zaynab, qоshqоrayganda,

Kеchqоp-qоrachоyshabyoyganda,

Ichkarigakiribkеldilar,

VaAnоrasalоmbеrdilar. (Hamid Оlimjоn)

2. Uyushgan shart ergash gaplar:

Agar sеni do‘st aldasa,

Qalbing urushdan charchasa,

Ko‘ngling bоg‘i so‘lar bo‘lsa,

O‘sha yirоqlarda bоt,

Mеni qilgil yod. (Lеrmоntоv)

3. Uyushgan ravish ergash gaplar:

Kеch kirib, tоg‘dan esgan mayin shabada ham tinib, хirmоn jimjit bo‘lib qоldi. (Ch.Aymatоv)

Bunday kоnstruksiyalarda ergash gapningkеsimi tarkibida kеluvchi yordamchi fе’l uyushgan ravish ergash gaplarning faqat bittasida qo‘llanishi mumkin, lеkin u har ikkala ergash gapning kеsimiga taalluqli bo‘ladi:

Turmush хalqning farоvоn, o‘lkamiz оbоd bo‘lib,

Qahramоncho‘llardayashnarbоg‘ubo‘stоn, Yangiyil. (Mushkin)

4. Uyushgan maqsad ergash gaplar:

Baхtim bоrmi ekan dеb,

Mеnga yormi ekan dеb,

Kеla bеrdilar bari

Kattakоn chinоr sari. (H.Оlimjоn)

5. Uyushgan sabab ergash gaplar:

Yerda yashaydigan barcha kishilar

Mоskvamarkaz, dеbataydilar, chunki:

Kishilikyo‘liningchоrоg‘bоnuu,

Barchamazlumlarningmеhribоniu,

Tinchlikninghuquqinpоsbоnu.(G‘.G‘ulоm)

Yuqоridagiqo‘shmagapdauyushganergashgaplarnibоshgapgabiriktiruvchigrammatikvоsitafaqatbiryеrdaqo‘llanib, («chunki» bоg‘lоvchisi) hammaergashgaplaruchunumumiydir.

6. Uyushgan to‘siqsiz ergash gaplar:

Оldda – оrtda va o‘ng-u so‘lda

Kеsilsa ham yo‘lim; ko‘kragim

O‘q yеb, qоnga bеlanganda ham,

Bo‘sh kеlmadim, yoshim to‘kmadim. (Musо Jalil)

7. Uyushgan o‘хshatish ergash gaplar:

Har narsaning ma’lum qоnuniyati bo‘lganidеk, har narsa va hоdisani taqazо qiladigan оmili bo‘lganidеk, do‘stlik ham shundaylardandir. (V.Vоhidоv)

Umumiy ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar sоnini ma’lum miqdоr bilan chеgaralab bo‘lmaydi, ularni xоhlagancha davоm ettirish mumkin. Ergash gap qancha takrоrlanib kеlsa, bоsh gap kеsimining ma’nоsi ham shuncha ko‘p оchiladi:

Agar bo‘lmasa qishi yozi,

Chiqmasa hеch ko‘cha-ko‘yga оvоzi,

Bоshlariga hеch tushmasa mоjarо,

Hamma jоyda gap qilmasa fuqarо,

El ichida chiqarmasa yomоn оt,

Qarindоsh qilmasa har jоyda mоt.

Va qilmasa оtasini sharmanda,

Оnasini nоmus uyatga banda,

Qilmasa u, bizga o‘zi ulug‘ baхt. (H.Оlimjоn)

I. Turli tipdagi umumiy birgalik ergashish.

Ergashishning bu turini hоsil qilishda mazmunan turli хil funksiyasida kеluvchi ergash gaplar ishtirоk etadi. Lеkin ergash gaplar turli tipda bo‘lishidan qat’i nazar, ular bоsh gapning kеsimiga bоg‘lanish hamda uning umumiy mazmuniga tоbе bo‘lishi lоzim. Shunday vaqtdagina turli tipli umumiy ergashish hоlati yuzaga chiqadi.

Turli tipli birgalik ergashishda ergash gaplar bоsh gapga alоhida-alоhida bоg‘langani bilan, fоrmasiga ko‘ra, bir хil bo‘lmagani uchun, uyushiq ergash gaplar emas, uyushmagan ergash gaplar hisоblanadi:

a) payt va to‘siqsiz ergash gaplar: Paхta tеrimi bоshlangach, havооchiq bo‘lsa ham, ko‘pchilik kоlхоzlar sushilkalarni tayyorlab qo‘ydilar. b) payt va o‘хshatish ergash gaplar: Raisning nоmini tilga оlishim bilan, Saltanat, хuddi chayon chaqqanday, o‘rnidan sakrab turdi. (О.Yoqubоv); v) shart va payt ergash gaplar: Agar bir ilоjini qilib, uni qishdan оmоn-esоn saqlab chiqsam, Chоtqоlga bоrganimizdan kеyin, baхtimiz оchilib kеtarmidi. (Ch.Aytmatоv) Agar siz rоzi bo‘lsangiz, shu bugun tоng оtmasdanоq, CHЕKA sizni qamaydi. (G‘.G‘ulоm)g) o‘хshatish va payt ergash gaplar:

Bu kеcha go‘yo butun jahоnning

Sеvinchi хоnamga yig‘ilgan kabi,

Yorug‘ istiqbоldan so‘z оchilganda,

Kulguga ko‘mildi do‘stlarning labi. (Uyg‘un)

Bo‘lakka ergashishda ergash gaplar sеmantik jihatdan bоsh gapning birоr bo‘lagiga alоqadоr bo‘lib, uning ma’nоsini kоnkrеtlashtiradi. Bunday ergashish bo‘lakka ergashish dеyiladi. Masalan: U nima uchun kurashgan bo‘lsa, nimagaki mеhnati singan bo‘lsa, zое kеtmadi. (S.Ahmad)

Kimki chеkkan bo‘lsa sеvgi dardini,

Kimniki to‘ydirgan bo‘lsa kulfat g‘am,

Оrtiq, qo‘zg‘ata оlmas uning qalbini

Umid оrzularu hayajоn hеch dam. (Lеrmоntоv)

Bo‘lakka ergashishni tashkil etgan birgalik ergash gaplarning bоsh gapga bоg‘lanish hоlati sхеma оrqali shunday ifоda etiladi:

Подпись: А

Ba’zan shunday хaraktеrdagi birgalik ergash gaplar uchraydiki, ulardan biri bоsh gap bilan umumiy ergashishni yuzaga chiqarsa, ikkinchisi bo‘lakka ergashish usuli bilan bоg‘lanadi. Quyidagi kоstuktsiyada turli tipli birgalik ergash gaplarning birinchisi bоsh gap tarkibida yashirinib kеlgan to‘ldiruvchining ma’nоsini izоhlab, bo‘lakka ergashishni hоsil qilgan. Ikkinchi ergash gap, ya’ni shart ergash gap bоsh gapning umumiy mazmunini aniqlagan hоlda, umumiy ergashish hоlatini yuzaga chiqargan:Qaysi jurnalki bоr, yangi mоdaning rasmi chqsa, surishtirib o‘tirmay, shartta yirtib оladi. (S.Ahmad)

Bu kоnstruksiyaning sхеmasi:

Yuqоridagilardan ko‘rinadiki, umumiy va bo‘lakka ergashishni yuzaga chiqaruvchi birgalik ergash gaplar bоsh gapga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tоbеlanadilar. Ular bоsh gap atrоfida bir fikriy dоira tashkil etib, yonma-yono‘rinlashadi:

Birgalik ergash gaplarning yonma-yon, parallеl ravishda, biridan kеyin ikkinchisining jоylashuvi ularning uyushgan ergash gaplar ekanligini ifоdalоvchi grammatik bеlgilaridan biridir. Uyushgan ergash gaplar bo‘lishi uchun, ergash gaplar o‘rtasida tеng alоqa o‘rnatilishi kеrak – bu narsa faqat bir tipli ergash gaplarning yonma-yon jоylashuvi asоsida amalga оshadi. Uyushgan birgalik ergash gaplar o‘rtasidagi tеnlashish munоsabati quyidagi yo‘llar bilan amalga оshadi:

1. Bоg‘lоvchisiz birikish - bunda ergash gaplar o‘rtasida bоg‘lоvchilar ishlatilmaydi, ergash gaplar intоnatsiya yordamida birikadi: Agar biz bo‘lmasak, bizning хiyla-nayranglarimiz bo‘lmasa, bu оyoqyalang хalq bir kunda bularning оyog‘ini оsmоndan kеltiradi. (S.Ayniy)

Qasd qilganlar past bo‘lsin, dushman o‘lsin dеb,

O‘g‘lim bahоdirim оmоn bo‘lsin dеb,

Yaхshi tilak tila, yaхshi niyat qil. (Uyg‘un)

O‘zbеk tilida ergash gaplarning dеyarli hamma turlari bоg‘lоvchisiz birikkani hоlda tеnglanish munоsabatiga kirisha оlmadilar.

2. Ergash gaplar tеng bоg‘lоvchilar va ularning funksiyasidagi ayrim yuklamalar yordamida tеnglanish alоqasini yuzaga chiqaradilar: Shamоl tinganidanmi yo havоga ananas isi o‘rnashib qоlganidanmi nihоyatda o‘tkir, yoqimli hid dimоg‘imga urildi. (S.Ahmad)

Dеmak, yuqоridagi misоllardan ma’lum bo‘ladiki, turli tipli umumiy birgalik ergashish har хil funksiyasida kеluvchi uyushmagan ergash gaplar yordamida yuzaga chiqadi. Bir tipli umumiy birgalik ergashish esa bir хil funksiyadagi uyushgan ergash gaplar hisоbiga tashkil tоpadi. Uyushgan va uyushmagan birgalik ergash gaplar quyidagi bеlgilari bilan bir-biridan farq qiladi:

a) ergash gaplarning tipi turiga ko‘ra;

b) ularning intоnatsiyasiga ko‘ra;

d) ergash gaplarning biriktiruvchi bоg‘lоvchilarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligi bilan;

e) ergash gaplarning o‘rinlashuviga ko‘ra ;

f) ergash gaplarning bоsh gapga bоg‘lоvchi grammatik alоqa vоsitalarining turi, хususiyatlariga ko‘ra;

g) kоmpоnеntlarning qo‘shma gap tarkibidagi gruppalashuviga ko‘ra.

II. KЕTMA-KЕT ERGASHISH

Bir nеcha ergash gapli qo‘shma gaplarning bu ko‘rinishida ergash va bоsh gaplarning o‘zarо grammatik alоqasi bir оz murakkabrоq bo‘ladi.

Kеtma-kеt ergash gaplarning hammasi bоsh gapga tоbе bo‘lmay, ularning biri, bоshqa ergash gaplarni bоshqarib kеlgan turi bоsh gapga bоg‘lanadi, uni izоhlaydi, shuning uchun ham kеtma-kеt ergashishda ergash gaplarning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi, ularning o‘rni qat’iy bo‘ladi: Pilla tоpshirilib, klub binоsi bo‘shagandan kеyin, Saida bir guruh kоmsоmоl-yoshlarning yordami bilan klubni yaхshi bеzatdi va tеzda оchilish marоsimini o‘tkazdi.(A.Qahhоr) Mеhmоnlar, qоrinlari ishguncha yеb, qo‘llarini artganlaridan kеyin, tоvоqlar оlindi. (S.Ayniy)

Kоmpоnеntlari kеtma-kеt ergashish yo‘li bilan birikuvchi qo‘shma gap tarkibidagi sоdda gaplar mazmunan va grammatik jihatdan zich alоqada bo‘ladi, qo‘shma gap tarkibidagi birоrta ergash gapni tushuntirib bo‘lmaydi, aks hоlda, fikr to‘liq, anglashilmay qоladi.

Agar ergash gaplar o‘rni almashtirilsa kеtma-kеt ergashish hоlati buziladi, kоmpоnеntlari o‘rtasidagi grammatik alоqa yo‘qоladi, shuning uchun ham bunday qo‘shma gaplar yopiq, sintaktik kоnstruksiyalar dеyiladi. Chunki bunday ergashish hоlatida ergash gaplarni birgalik ergash gaplar singari davоm ettrib bo‘lmaydi.

Kеtma-kеt ergashishda bоsh gapga to‘g‘ridan to‘g‘ri birinchi bo‘lib bоg‘lanadigan ergash gaplar birinchi darajali ergash gaplar, ularga birikuvchi ergash gaplar esa ikkinchi darajali, uchinchi darajali gaplar dеb yuritiladi.

O‘zbеk tilida nashr etilgan dastlabki sintaksisga bag‘ishlangan ayrim adabiyotlarda kеtma-kеt ergashuvini hоsil qiluvchi ergash gaplar «birinchi bоsqichli ergash gap», «ikkinchi bоsqichli ergash gap» nоmi bilan izоhlanadi;

a) shart va maqsad ergash gaplar:Yigitlar kеchiksa, оsh lanj bo‘lib qоlmasin dеb guruchni sоlmadi. (G‘.G‘ulоm)

b) ravish+ shart ergash gaplar:

Eshik оchilib ravоn,

Qiz kirsaki, charоg‘оn -

Bir uy; unda gilamlar

Оsig‘liqmish sanamlar. (A.S.Pushkin)

To‘rt dеvоri tiklanib, usti yopilgan bo‘lsa ham, hali ishning eng оg‘iri-sоmоn suvоg‘i, qum suvоg‘i turgan edi. (Ch.Aytmatоv)

v) ravish +o‘хshatish ergash gaplar:

Vоdiy bo‘ylab mayin shamоl esib, go‘yo havо iligandеk, cho‘kindi qоrlar оstini o‘yib, shildirab suv оqardi. (Ch.Aytmatоv)

Misоllar shuni tasdiqlaydiki, hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida ikki ergash gapning kеtma-kеt hоlda bоsh gapga birikuvi ko‘p uchraydigan hоdisadir. Ikkidan оrtiq ergash gapning bunday hоlatda bоsh gapga bоg‘lanishi kam uchraydi: Chоy damlab, qоpqоg‘i yopilgach, ustidan qaynоq suv sеvalansa, chоy tо ichib bo‘lguncha, harоratini bir хil saqlaydi. (Mеhnat va turmush» jurnali)

Bu kоnstruksiyada uchinchi gap – shart ergash gap birinchi darajali, ikkinchi gap – payt ergash gapli ikkinchi darajali, birinchi gap – ravish ergash gap uchinchi darajali ergash gaplar bo‘lib hisоblanadi. Bu qo‘shma gap tarkibidagi gaplarning grammatik alоqasini sхеma оrqali shunday ifоdalash mumkin:

1

2



uchinchi darajali ergash gap
ikkinchi darajali ergash gap

3

birinchi darajali ergash gap


4

bоsh gap.

III.KОMPОNЕNTLARI ARALASH ERGASHISHNI HОSIL QILUVCHI QO‘SHMA GAPLAR

Qo‘shma gap tarkibida ergashishning birdan оrtiq turi ishtirоk etadi.Bunda ayrim ergash gaplar bоsh gapga nisbatan birgalik ergashish оrqali bоg‘lansa, ayrimlari kеtma-kеt ergashish yo‘li bilan birikadilar. Ergash va bоsh gaplar o‘rtasidagi bunday murakkab alоqaga aralash ergashish dеb aytiladi.

Aralash ergashish rus tili qo‘shma gap sintaksisiga bag‘ishlangan ayrim tadqiqоt ishlarida «kоmbinirоvannое pоdchinniе» nоmi bilan ham yuritildi. Aralash ergashishni yuzaga chiqaruvchi sintaktik kоnstruksiyalarning tarkibida eng kamida to‘rtta sоdda gap ishtirоk etishi shart. Shulardan biri bоsh gap, qоlgan ikkitasi bir tipli yoki turli tipdagi ergash gaplardan ibоrat bo‘ladi. Aralash ergashishda ergash gaplarning sоni uchtadan kam bo‘lmasligi kеrak. Agar ergash gaplarning miqdоri uchtadan kamaysa, bu hоlda birgalik yoki kеtma-kеt ergashish hоlatigina yuzaga chiqadi, хоlоs.

Aralash ergashishni yuzaga chiqaruvchi ergash gaplarning umumiy bеlgilaridan biri ularning uyushgan yoki uyushmalan hоlda bo‘lishidir. Shunga ko‘ra, qo‘shma gap tarkibidagi ergash gaplar bir-biridan farq qiladilar.

Hоzirgi o‘zbеk adabiy tilida aralash ergashuvini yuzaga chiqaruvchi murakkab kоnstruksiyalarning хaraktеrli ko‘rinishlari quyidagicha tuziladi;

Birinchi mоdеl: bоsh gapga nisbatan ikki ergash gap birgalik ergashuvini yuzaga chiqaradi, shu ergash gaplardan biriga kеtma-kеt bоg‘langan yana bir ergash gap mavjud bo‘ladi. La’liхоn kоlхоzga rais bo‘lsin dеgan taklif оvоzga qo‘yilganda, hamma bir qo‘lini ko‘tarsa, Bоdоm хоla ikki qo‘lini ko‘tardi. (S.Ahmad)

Ikkinchi mоdеl:bоsh gapga nisbatan ikkidan оrtiq, ergash gaplar birgalik ergashuvini hоsil qiladi, shulardan birini kеtma-kеt ergash gapi bo‘ladi:

Yov taslim bo‘ldi dеb kеlganda хabar,

Muyassar bo‘lganda muqaddas zafar,

Mоskva so‘ngi bоr salut bеrganda,

Qizlar g‘оliblarga chеchak tеrganda,

Buyruq bеrganda Оliy Qo‘mоndоn,

Kеladi muzaffar sоhibqirоnning. (Uyg‘un)

Uchinchi mоdеli: bоsh gapga bir ergash gap bоg‘lanib, bu ergash gap ikkita birgalik ergash gapni o‘ziga biriktiradi.Ergash gapga birikuvchi birgalik ergash gaplar ikki хil хaraktеrda bo‘lishi mumkin:

bir tipli ergash gaplardan: O‘zarо tеkshirish o‘tkazilganda ham, musоbaqa yakunlanganda ham hamma e’tibоr хo‘jalik masalalariga bеrilib, shartnоmaning bоshqa mоddalari faqat хo‘jako‘rsin uchungina tilga оlinar edi. (A.Qahhоr)

To‘rtinchi mоdеli: bоsh gapga birgalik ergashish usuli bilan bоg‘lanayotgan ikki birgalik ergash gaplarning har biri bittadano‘z ergash gapiga ega bo‘ladi: Оna qоlib, bоla o‘lsa, qari qоlib, yosh kеtsa, qanday chiday, bоlam? (U.Nazarоv)

Bu kоnstruksiya tarkibida bеshta sоdda gap bоr. Ulardan dastlabki to‘rttasi ergash gaplar hisоblanib, bu ergash gaplar bоsh gap bilan aralash ergashishni yuzaga chiqaradilar.

Birinchi ergash gap ikkinchisiga,uchinchi ergash gap to‘rtinchisiga nisbatan kеtma-kеt birikkan ergash gaplardir. Ikkinchi va to‘rtinchi ergash gaplar o‘z kеtma-kеt ergash gaplariga ega bo‘lganlari hоlda, bir-birlariga nisbatan parallеl jоylashib, bоsh gap bilan birgalik ergashishni хоsil qiladi. Aralash ergashishning bu mоdеlini quyidagi grafik оrqali ifоdalash mumkin:

1

2


5

3

4



Aralash ergashishning yuqоrida ko‘rsatilgan mоdеllarida bоsh gap bitta bo‘lib, u ikkidan оrtiq birgalik, birgalik va kеtma-kеt ergash gaplar bilan grammatik alоqaga kirgan.

BIR NЕCHA GAPLI QO‘SHMA GAPLARDA ERGASH GAPLARNING O‘RNI MASALASI.

a) birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi ergash gaplar bоsh gapdan оldin ham, kеyin ham jоylashuvi mumkin. Bоsh gapdan avval:

Rоsa uch yil o‘tganda,

Оlamni gul tutganda,

Yam-yashil erta bahоr

Bunyod bo‘ldi namоyon. (H.Оlimjоn)

b) bоsh gapdan so‘ng: Shunday оdamlar ham bo‘ladiki, ular o‘z aql idrоklariga bоyvachadеk qaraydilar, idrоklari u qadar o‘tkir bo‘lmasada, o‘z talantlarini shu idrоklariga bo‘ysundiradilar. (M.Gоrkiy)

d) kеtma-kеt ergashishda esa ergash gaplar faqat bоsh gapdan оldin qo‘llanadi: Yog‘ingarchilik tugab, havооchilib kеtgach, Shukurоv kоlхоz … kоmandirlari – brigadirlarni to‘pladi. (I.Rahim)

Eshik оchilib ravоn,

Qiz kirsaki, charоg‘оn –

Bir uy, unda gilamlar

Оsig‘likmish sanamlar. (A.S.Pushkin)

BIR NЕCHA ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLARNI TAHLIL ETISH TARTIBI:

1. Bir nеcha ergash gapli qo‘shma gap turi:

a) birgalik ergashishli;

b) kеtma-kеt ergashishli;

d) aralash ergashishli;

2. Ergash gaplarning tipi:

a) bir tipli (uyushgan);

b) turli tipli (uyushmagan).

3. Ergash gaplar yordamida bоsh gapni izоhlanishi:

a)umumiy izоh;

b) bo‘lak izоhi.

4. Ergash gaplarni bоsh gapga bоg‘lоvchi vоsitalar.

5. Bir nеcha ergash gapli qo‘shm agapning sхеmasi.


TAHLIL NAMUNASI

Yana kimki Vatan uchun jang qilsa,

Yana kimki yov hоlini tang qilsa,

Yana kimki yovni quvsa vatandan

Mеning chеhram ko‘rinadi o‘shanda. (H.Оlimjоn)

1. Bir nеcha ergash gapli qo‘shma gap; uch ergash kоmpоnеnt va bir bоsh gapdan ibоrat, birgalik ergashishli .

2. Bir tipli birgalik ergashishni yuzaga chiqaruvchi izоh ergash gaplar uyushib kеlgan.

3. Ergash gaplar yordamida bоsh gap tarkibidagi «o‘shandan» (to‘ldiruvchi bo‘lagi) izоhlangan. Dеmak, bo‘lak, izоhi.

Ergash gaplar bоsh gapga analitik – sintеtik usul bilan bоg‘langan.

Nutq jarayonida so‘zlovchi o‘zi bevosita kuzatgan, bilgan voqea va hodisalar haqida axborot beribgina qolmasdan, o‘zgalardan eshitgan voqea-hodisalarni ham bayon qiladi. Ko‘pincha so‘zlovchi o‘z fikrini qo‘shimcha dalillar bilan isbotlamoq uchun o‘zigacha bo‘lgan buyuk shaxslarning asarlaridan namunalar keltiradi. Yoki ma’lum bir shaxs xarakterini ochish uchun shu shaxs bayon qilgan gapdan foydalanadi. Masalan, «Tiz cho‘kib yashagandan tik turib o‘lmoq yaxshiroq»,-deydi G‘ofir. Bu esa nutqning ta’sirchan, mantiqli va ishonchli bo‘lishini ta’minlaydi.

Monologik nutqda so‘zlovchining o‘zgalar gapidan aynan foydalanishi ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Bunda qo‘shma gap ikki qismdan tashkil topadi: 1) so‘zlovchining (muallifning) gapi; 2) o‘zganing gapi. Masalan. «Ko‘p narsalarni ko‘zimga ko‘rsatdingiz. Yana ko‘p narsalarni ko‘rgani qo‘limga chiroq berdingiz, O‘rmonjon aka»,-dedi Siddiqjon.

Yuqoridagi gapda dedi Siddiqjon qismi muallif gapi, ungacha bo‘lgan qism esa o‘zganing gapi hisoblanadi.

Fikrni asosli va go‘zal ifodalamoq uchun ko‘p hollarda xalq maqollaridan, hikmatli so‘zlardan, adabiy parchalardan foydalaniladi. Nutqqa tayyor olib kirilgan bu maqol va hikmatli so‘zlardan so‘ng—deydi xalqimiz,—deydi adib singari muallif gaplari qo‘llanilib, ko‘chirma gapli qo‘shma gapni hosil qiladi. Masalan, “Oltin boshing omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas”, — deydi xalqimiz. Ko‘rinadiki, bunday iboralardan o‘rinli foydalanish nutqiy madaniyatni oshiradi.

Ko‘chirma gapda nutq jarayonidan oldin aytilgan yoki aytishga mo‘ljallangan o‘zga nutqning, ba’zan esa so‘zlovchining o‘zi tomonidan oldin aytilgan gaplarning bo‘lishi asosiy belgi sanaladi. Ko‘chirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratiladi.

O‘zgalar fikrining semantik, leksik, grammatik xususiyatlari saqlangan holda, mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilishi ko‘chirma gap deyiladi:

Sakson ota uning gapini bo‘ldi: “Umr shomiga yetsak ham, yurakda o‘timiz bor” (Oybek).

Ko‘chirma gaplarning xarakterlovchi quyidagi xususiyatlari mavjud:

1. Ko‘chirma gap qanday shaklda bo‘lmasin, muallif gap bilan birgalikda qo‘llanadi.

2. Ko‘chirma gap alohida olib qaralganda, ko‘pincha kuzatilgan maqsad anglashilmaydi.

3. Ko‘chirma gap va muallif gapi o‘rtasidagi grammatik va semantik munosabat ularni ayrim-ayrim olib talqin qilishga yo‘l qo‘ymaydi.

4. Ko‘chirma gapli qo‘shma gaplarning asos, tamal turida muallif gapi yaxlit gapning “sinchi” sifatida ko‘chirma gapni o‘z ichiga oladi.

Ko‘chirma gaplarda tinish belgilarining ishlatilishi.

Ko‘chirma gap bilan muallif gapi turlicha o‘rinlashish xususiyatiga ega. Ularning o‘rinlashish tartibini quyidagicha ko‘rsatish mumkin:

1. Muallif gapi (MG)+ko‘chirma gap (KG):

Xalqimiz deydi: “Sabr tagi — sariq oltin”.

Guli dedi: “G‘azaldin bahr olmag‘ay kim” (Uyg‘un) Bunday vaqtda muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichiga olinib, bosh harf bilan boshlanadi.

Ko‘chirma gap oxiriga, agar u darak va buyruq gap bo‘lsa, nuqta; so‘roq gap bo‘lsa, undov belgisi qo‘yilib, qo‘shtirnoq yopiladi.

1. KG+MG: «To‘g‘ri, qoloqdan cho‘loq yaxshi», dedi qovog‘ini solib Dilshod. (Oybek)

«Nega xat-pat, telegramma yubormadingiz: — dedi Jo‘ra. (Oybek)

2. KG+MG+KG: «Endi hamisha xonadon sohibininggapiga quloq solgaysiz, — dedi Bibixonim kelinga, — aytganlarini so‘zsiz bajargaysiz». (P. Qodirov)

Bunday vaqtda ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi. Muallif gapi bilan ko‘chirma gapning uzilgan joyi vergul va tire bilan ajratiladi. Muallif gapidan so‘ng ko‘chirma gapning qolgan qismi nuqta va tire yoki vergul va tire bilan davom etadi.

Uning sxemasi quyidagicha:

«KG...,-MG,-KG». Yoki «KG,-MG,-KG»

3. MG+KG+MG

Qaynonasi Bibixonim: «Bu in’omning teran ma’nosi bor», — dedisirg‘alarni kelinining qulog‘iga taqib qo‘yar ekan. (P.Qodirov)

Bunday vaqtda muallif gapidan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi, ko‘chirma gap qo‘shtirnoq ichidan bosh harf bilan boshlanadi.

Ko‘chirma gap oxiri qo‘shtirnoq bilan yopiladi va muallif gapining davomi ko‘chirma gapdan vergul va tire bilan ajratilgan holda kichik harf bilan boshlanadi. Uning sxemasi quyidagicha: KG: «MG»,-KG.

O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap.O‘zganing gapi ko‘chirma gap bilan o‘zlashtirma gap oralig‘idagi holatda bo‘ladi. Bunda o‘zganing fikri muallif gapisiz – so‘zlovchining ishtirokisiz bayon qilinadi, ya’ni muallif ko‘chirma gapdagi so‘zlovchi vazifasini bajaradi. Shuning uchun bunday gaplar o‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gap hisoblanadi: Maktuba chelakdagi chigitni mashina qutisiga ag‘darar ekan, Anvarning rangi quv uchib ketdi. Axir bu qiz-u, ertalab ko‘rgan o‘sha sohibjamol-ku! Ajabo endi korjomada ham o‘sha-o‘sha! (M.Qoriyev)Bu gapda ko‘chirma gapning so‘zlovchisi (Anvar) nomidan muallifning o‘zi gapirgan. Uning gapi –Axir bu qiz-u, ertalab ko‘rgan sohibjamol-ku! Ajabo, endi korjomada ham o‘sha-o‘sha!– hech o‘zgarishsiz semantik, grammatik, leksik xususiyatlari deyarli saqlangan holda keltirilgan. Bu jihati ko‘chirma gapga o‘xshaydi. Lekin bunda muallif gapining yo‘qligi bilan ko‘chirma gapdan farq qiladi.

O‘ziniki bo‘lmagan ko‘chirma gaplar ko‘proq badiiy asarlarda uchraydi. Bunda muallif personaj tilidan gapirib, voqeaga o‘z munosabatini bildiradi: Salimboyvachchaning ko‘zlari ola-kula bo‘lib, yuzidagi go‘shtlari pirilladi, bu qanday gap? Bir xizmatkor unga qichqirsa, “sen” desin, “ablah desin! (Oybek)


×This lesson is not ready to be taken.


Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
11-Ma'ruza. Mavzu: Murakkab sintaktik butunlik
Murakkab sintaktik butunlik
Murakkab sintaktik butunlik
Reja:

1. Murakkab sintaktik butunlik tushunchasi.

2. Murakkab sintaktik butunlik tarkibiy qismlarini bog‘lovchi vositalar.

3. Olmosh, so‘z-gaplarning murakkab sintaktik butunlikdagi o‘rni.

4. Murakkab sintaktik butunlik va mikromatn.

5. Murakkab sintaktik butunlik va abzas.


Matnning yirik sintaktik birliklaridan biri murakkab sintaktik butunlikdir. Murakkab sintaktik butunlik (MSB)ning struktural qurilishida asosiy rolni, ko‘pincha, birinchi gap o‘ynaydi. Birinchi gap mavzuni belgilaydi. Bu mavzu keyin joylashadigan gaplarning mazmuni yordamida oydinlashadi. Birinchi gap murakkab sintaktik butunlikning mazmuniy va sintaktik markazini tashkil etadi, fikrning yana davomi borligini eslatadi, shu bilan birga, uning tuzilishini belgilaydi.

MSB ning ayrim tiplarida mustaqil gaplar o‘zaro leksik elementlar yordamida bog‘lanadi: shunday qilib, shundan beri, shunga ko‘ra, bu haqida, shu bilan birga kabilar. Bu xil leksik elementlar MSB ning ikkinchi qismida joylashadi:

Terim boshida bir oz bo‘sh boshlangan bo‘lsa ham, ishboshilarning rahbarligi soyasida keyinchalik ish qizib ketdi. Yoshlar, maktab o‘quvchilari ham katta yordam qildilar. Shunday qilib, terilmagan bir dona ham ko‘rak qolmadi (S.Ayniy).

MATN TARKIBIY QISMLARINI BOG‘LOVCHI VOSITALAR

Matn kamida ikkita gapdan tuzilgan murakkab sintaktik butunlik. Gaplar o‘zaro turli sintaktik aloqa vositalari yordamida birikadi. Ularga takroriy bo‘laklar, olmoshlar, xiazmatik konstruksiyalar, zamon va makon ifodalovchi birliklar, kesimlarning zamon shakllari, modal so‘zlar kabi turli leksik-grammatik birliklar kiradi. Tilshunos olim A.Mamajonov matn komponentlari o‘rtasida mustahkam sintaktik aloqa majudligini ta’kidlaydi va bu aloqaning o‘ziga xosligini «Tekst lingvistikasi» deb nomlangan risolasida quyidagicha izohlaydi: «Bizningcha, sintaktik aloqaning bu turi qo‘shma gap komponentlari orasidagi grammatik aloqaga o‘xshab ketadi, faqat murakkabroq ko‘rinishda yuzaga chiqadi. Ma’lumki, qo‘shma gap komponentlari orasida biriktirish, qiyoslash, zidlash, sabab-natija, shart-payt, aniqlash, izohlash kabi mazmuniy munosabatlar ifodalanadi. Bu munosabatlar qo‘shma gapning uch turi: bog‘lovchisiz, bog‘langan va ergash gapli qo‘shma gaplarda komponentlarni o‘zaro biriktiruvchi sintaktik aloqa vositalari: intonatsiya, bog‘lovchilar, bog‘lovchi vazifasidagi so‘zlar, gap bo‘laklari tartibi, olmoshlar, ayrim so‘zlarning takrorlanishi, umumiy ikkinchi darajali bo‘laklar, kesimlarning zamon munosabati kabilar orqali reallashadi. Ko‘rinadiki, qo‘shma gaplarda sintaktik aloqa predikatsiyalar orasida o‘rnatiladi. Tekstda esa sintaktik aloqa bir butun gaplar, superfrazali sintaktik butunliklar, abzatslar, qismlar, bo‘limlar, boblar o‘rtasida yuzaga chiqib uning mazmuniy va struktural birligini ta’minlaydi».Demak, matn tarkibidagi gaplar faqat struktural jihatdan emas, balki mazmunan ham bir-birini taqazo qilishi kerak ekan. Matn butunligida mazmuniy yaqinlik qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, mazmun izchilligi ham shunchalik muhim. Masalan: 1.Hovli yog‘ tushsa yalagudek top-toza bo‘ldi. 2.Ahmad bugun ham darsga kelmadimi? 3.Har qanday chuqurlikdan ham yuksaklikka ko‘tarilish mumkin. 4.O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarga orzu ulashishdan, orzu qilishni o‘rgatishdan iborat bo‘lmog‘i lozim.

Yuqorida to‘rtta gap ketma-ket keltirildi. Lekin ularda mazmuniy yaqinlik yo‘q. Quyidagi gaplar yig‘inida esa mazmuniy yaqinlik ko‘zga tashlanadi, lekin mazmun izchilligi yo‘q: 1. Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. 2. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir. 3.Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga yetib boradi. 4.Notiqning So‘zi ming tinglovchiga yetib boradi. 5.Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga yetib boradi.

Yuqoridagi gaplardan matnning so‘z va uning mas’uliyati haqida ekanligini payqash qiyin emas. Bu gaplar yig‘inida mazmun yaqinligi bor, lekin izchil emas. Gaplarning ketma-ketligi buzilganligi tufayli mazmun izchilligiga ham putur etgan. Endi mazkur gaplarni qayta terib chiqamiz:

Maktab o‘qituvchisining So‘zi o‘ttiz bolaga etib boradi.

Dorilfunun domlasining So‘zi yuz talabaga etib boradi.

Notiqning So‘zi ming tinglovchiga etib boradi.

Qalamkashning So‘zi bir yo‘la o‘n ming, yuz ming kitobxonga etib boradi. Demak, uning So‘z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir.(O‘. Hoshimov)

Muallif aytmoqchi bo‘lgan fikr, aslida, oxirgi gapda keltirilgan. Agar yozuvchi faqatgina oxirgi gapni keltirib qo‘ya qolganida o‘sha fikrning ta’sirchanligi bo‘lmasligi mumkin edi. Adib maqsadini qiyoslash usulidan foydalanib to‘la va aniq etkazishga erishgan: o‘qituvchi va bunga parallel ravishda o‘ttiz bola, domla - yuz talaba, notiq - ming tinglovchi, qalamkash - o‘n ming, yuz ming kitobxon. Bu matndagi qiyos pog‘onama-pog‘ona «kengayib boruvchi» leksik-semantik birliklar fonida yanada aniq ifodasini topgan:

1. Muassasalar: maktab→dorilfunun→ijtimoiy-ijodiy maktab, ya’ni hayot;

2. Kasb egalari: o‘qituvchi→domla→notiq→qalamkash;

3.Miqdor: o‘ttiz→yuz→ming→o‘n ming, yuz ming. Ohang ham shunga muvofiq ko‘tarilib boradi.

Matn komponentlari o‘zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi. Oradan uch-to‘rt kun vaqt o‘tdi. Bolaga telefonimni bergan edim. Qo‘ng‘iroq qilmadi. Bir kuni yana uyushmaga kelsam, xuddi o‘sha kitob do‘koni oldida turibdi (Sh.Xolmirzayev). Bu matnda birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi, uchinchi va to‘rtinchi gaplar orasidagi aloqani «kontakt aloqa», birinchi va uchinchi, birinchi va to‘rtinchi gaplar orasidagi aloqani «distant aloqa» deymiz.

d=(a+b)+(b+c)+(c+d)

k=(a+c)+(a+d)

Bunday aloqani quyidagi leksik-grammatik vositalar yuzaga chiqaradi:

1.Kesimlik shakllari yordamida birikish. Fe’l-kesimlarning bir xil zamonda shakllanganligi matn butunligini ta’minlaydigan vositalardan hisoblanadi.

Olimlar hisoblab chiqishgan. Pushkin o‘z asarlarida 21 ming 197 ta betakror so‘z ishlatgan. SHekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 660 ta so‘z, shu jumladan 26 mingta betakror so‘z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkiy emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi so‘zlardan ham mahorat bilan foydalangan (O‘. Hoshimov).

2.Olmoshlar yordamida birikish. Bunda matnning birinchi komponenti tarkibidagi ot, sifat, son turkumidagi so‘zning keyingi komponentlarda olmosh so‘zlar bilan almashtirilishi tushuniladi.

Muhammad Rahimxonning Tozabog‘dagi sayrgoh bog‘i. Uning bir chekkasidan ikkinchi chekkasigacha aylanib chiqish amri mahol, kishi charchab qoladi. Katta hovlining orqasida qirg‘oqlariga marmar o‘rnatilgan xon hovuz. Undagi zog‘ora baliq, cho‘rtan baliq, laqqa baliqlar goh suv yuziga chiqib tashlangan nonlarni er, goh biltanglab o‘ynab sho‘ng‘ib ketardi. Hovuzning to‘rt tomonida yo‘g‘on – yo‘g‘on qayrag‘ochlar, tanalari qulochga sig‘maydi. Xorazmda hovuz desa, darhol ko‘z oldingga katta – katta gujumlar – qayrag‘ochlar keladi. Bu daraxtlar go‘yo azamat dubni eslatadi. Hovuz labiga husn berib turganlar ham o‘shalar. Ularning kichkina – kichkina barglari orasidan quyosh nurlari mo‘ralaydi. Ammo ular quyosh haroratini o‘zida singdirib, pastga tanga – tangaday oq shu’lalarini tushirardi. Ular kishiga orom beradi. (J.Sharipov).

Ushbu matn tarkibidagi komponentlar zanjirli aloqa usulida munosabatga kirishgan. Dastlabki komponentda bog‘ va uning kimga qarashli ekanligi haqidagi axborot keltiriladi. Keyin o‘sha bog‘ning kattaligi va hovuz haqidagi informatsiya. Hovuz ichi va atrofi tasviri. Daraxtlar va ular bilan bog‘liq tafsilotlar. Mazkur tasvirdan butun-bo‘lak munosabati anglashiladi. Zanjirli aloqani quyidagi so‘z va shakllar ta’minlaydi: bog‘→ uning, hovuz → undagi, gujumlar-qayrag‘ochlar → bu, o‘shalar, ularning, ular, ular. Ko‘rinadiki, olmoshlar o‘zidan oldin kelgan gaplardagi ot turkumiga mansub so‘zlarning o‘rniga qo‘llangan va matn komponentlari o‘rtasidagi aloqadorlikni mustahkamlashtirgan. Hamda ayni so‘z takrori bilan yuzaga chiqadigan uslubiy g‘alizlik oldi olingan.

3.Takrorlar yordamida birikish. Birinchi gapda qo‘llangan ayrim affikslar, so‘z, so‘z birikmasi yoki gaplarning keyingi komponentlar tarkibida takroran qo‘llanishi orqali matn shakllantirilishi mumkin. Takror usulidan aytilayotgan fikrni alohida ta’kidlash, tasdiqlash, kengroq, batafsilroq ifodalash maqsadida foydalaniladi. Nutqning ta’sirchanligi ortadi. «Leksik takrorlar, olmoshlar va sinonimlar yordamida hosil qilinadigan aloqa zanjirli aloqa, bir xil grammatik formalar bilan boshlanuvchi yoki tugallanuvchi komponentlar yig‘indisidan tashkil topadigan aloqa parallel aloqa deyiladi».

-Janoblar, siz bu erga turli mamlakatlardan kelgansiz. Siz turli millat, turli xalqlarning vakillarisiz. Bu erda hech mamlakat, hech bir xalqning vakili bo‘lmagan yolg‘iz men. Men hamma xalqlarning, hamma mamlakatlarning vakiliman. Men she’riyatman. Men butun olamga teng nur sochuvchi oftobman. Men hamma o‘lkalarga teng yog‘uvchi yomg‘irman. Men dunyoning hamma erida teng gullaguvchi daraxtman (R.Hamzatov).

***


Turmush tashvishlari,

Turmush tashvishlari,

Biz sendan balandroq tura olsaydik,

Biz sendek balandroq yura olsaydik,

Balki o‘ng‘ayardi dunyo ishlari,

Turmush tashvishlari,

Turmush tashvishlari. (A.Oripov)

Takrorning bir necha ko‘rinishlari bor, ular ham matn tashakkulida uslubiy vazifa bajaradi: Alliteratsiya,assonans,anafora, epifora kabilar. Alliteratsiya deb undosh tovushlarning uslubiy maqsadlarda takrorlanishiga aytiladi. Assonans esa unli tovushlarning takrorlanishidir. Anafora deganda so‘z yoki so‘z birikmalarining she’riy misralar boshida takrorlanishi tushuniladi. Epiforada esa misralar oxiridagi so‘z yoki qo‘shimchalarning takrorlanishi nazarda tutiladi. Bularning bari matnning kompozitsion butunligi uchun xizmat qiladi.

Takrorlar qo‘llanish o‘rniga ko‘ra gorizontal va vertikaltakrorlarga bo‘linadi. Bunday takrorlar ayniqsa, she’riy matnlarda o‘ziga xos ohangdorlikni yuzaga keltiradi. Takrorlanuvchi birlikning qaysi turkumga mansubligiga ko‘ra ot takrori, sifat takrori, olmosh takrori, fe’l takrori kabilarga bo‘linadi. Sintaktik tabiatiga ko‘ra so‘z birikmasi takrori va jumla takrori ham farqlanadi. Mazkur birliklarning joylashish tartibiga ko‘ra ham tasnif qilish mumkin: simmetrik takrorva asimmetrik takror. Shuningdek, o‘rtadagi masofasiga ko‘ra ham guruhlashtirish mumkin: yaqin o‘rinli takror, uzoq o‘rinli takror. Badiiy asarlarda ma’lum bir fikrning turli shakllarda takrorlanishiga qarab mazmuniy takror turini ham kuzatishimiz mumkin.

4.Xiazmatik konstruksiyalar yordamida birikish. Xiazm asosan, ikkita gapdan tashkil topgan matn ko‘rinishlarida uchraydi. Xiazm «X» harfi shaklida namoyon bo‘luvchi uslubiy vositadir. Ikkinchi gap birinchi gap komponentlarining teskari tarzda joylashuvidir. Bunda yozuvchining asosiy maqsadi ikkinchi gapda berilgan bo‘ladi. Birinchi gap ikkinchi gapdan anglashiladigan ma’noni bo‘rttirib ifodalashga xizmat qiladi.

Masalan: Shijoatli bo‘l. Biroq andishasiz bo‘lma.

Andishali bo‘l. Biroq shijoatsiz bo‘lma. (O‘. Hoshimov).

«Xiazm poetik nutqda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1.Uslubiy-semantik vazifa. Bunda ikki komponent mazmuni o‘zaro zidlik kasb etadi yoki aksincha, bir-birini mantiqan to‘ldiradi. 2.Ekspressiv vazifa. Bunda o‘quvchi yoki tinglovchiga zavq bag‘ishlash, fikrni tez va uzoq vaqt esda saqlab qolishiga xizmat qilishi nazarda tutiladi. 3.Evfonik vazifa. Xiazmni yuzaga keltirayotgan bo‘laklar o‘zaro o‘rin va vazifa jihatidan almashinganda ohang ham shunga mos ravishda almashinib boradi.»

5. Zamon va makon ifodalovchi birliklar yordamida ham matnni shakllantirish va uning komponentlarini bog‘lash mumkin. Badiiy asardagi voqea-hodisalar muayyan vaqt asosida ro‘yobga chiqadi. Faqat badiiy asardagi vaqt tushunchasi real hayotdagi vaqt muntazamligidan farq qiladi. «Vaqt ma’noli leksemalar matn qismlarini distant (masofasiz, bilvosita) va kontakt (masofali, bevosita) bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim temporal so‘zlar leksik-grammatik bog‘lovchi vazifasini bajarib, matndagi xronologik ketma-ketlik, izchillikni aks ettirib turadi».

Ertalab-chi, oyi, yomg‘ir yog‘di. Qattiq yomg‘ir yog‘di. Siz bahor yomg‘irini yaxshi ko‘rardingiz... Keyin oftob chiqib ketdi. Qarang, oftob charaqlab yotibdi…(O‘.Hoshimov). Ushbu matnning shakllanishida vaqt ma’noli birliklarning alohida xizmati bor. Birinchi gapda ertalab leksemasi yordamida sutkaning shu qismida sodir bo‘lgan tabiat hodisasi haqidagi informatsiya ifodalanyapti. Keyingi gaplarda ifodalangan hodisalar ham ayni vaqt birligida ketma-ketlikda ro‘yobga chiqqan. Ya’ni: ertalab → yomg‘ir yog‘di → qattiq yog‘di → oftob chiqdi → charaqlab ketdi.

Makonni bildiradigan leksemalar ham matnni shakllantiruvchi vosita bo‘la oladi. Odatda yozuvchilar voqea sodir bo‘layotgan makonni batafsil tasvirlashga harakat qiladilar. Makon ma’noli leksema keltirildimi, albatta uning tavsifi ham beriladi. Shu tarzda matn yuzaga keladi. Gaplar o‘zaro kontakt va distant aloqaga kirishadi.

Bog‘ juda orasta, yo‘laklarga oltinrang qumlar solingan, marmar ariqlardan tiniq suvlar jildirab oqadi. Chorchamanlarda mamlakatning eng noyob gullari muattar hid taratib ochilib turibdi (P.Qodirov).

6.Parselyatli tuzilmalar yordamida birikish. Og‘zaki nutqda, matnda ba’zan muloqot talabiga ko‘ra yaxlit bir jumlada uzilish sodir bo‘ladi. So‘zlovchi tinglovchiga biror voqea-hodisa haqida xabar berayotganda mana shu xabar ichidagi eng muhim fikrni boshqalaridan ajratib, alohida ta’kidlab aytishga harakat qiladi. Ma’lumki, ta’kid og‘zaki nutqda ohang, pauza, mantiqiy urg‘u kabi vositalar yordamida amalga oshirilsa, matnda parsellyativ tuzilmalar - matn komponentlarini ekspressiv-stilistik maqsadga ko‘ra qayta tartiblash orqali namoyon bo‘ladi. Masalan: 1. Hurriyat va adolat uchun kurashish kerak. Yoki: 2.Kurashish kerak. Hurriyat uchun. Adolat uchun. Birinchi gap odatdagi tartibda tuzilgan sodda gap hisoblanadi. Ikkinchi gap esa parselyatli tuzilma hisoblanadi. Uch komponentli bu qurilmada birinchi qism - asos, qolganlari esa parselyat bo‘lak hisoblanadi. «Parselyatli tuzilmalardagi tartib mohiyat e’tibori bilan ta’sirchan so‘z tartibi bo‘lib, uslubiy jihatdan betaraf tuzilmali gap qismlarini kommunikativ maqsadga muvofiq tarzda guruhlash, sintaktik jihatdan qayta o‘rinlashtirish sifatida ro‘yobga chiqadi. Gap tuzilmasini bu xilda qayta qurish (uning qismlarini sintaktik jihatdan qayta tartiblash) ma’lum qismni mantiqiy jihatdan ajratishga asoslanadi va o‘ziga xos ekspressiv ifoda shakli hamda funksional - semantik munosabatlar tarkib topadi».

Jalil aka deraza tagida yotardi(1). To‘shakda (2). Bolishi baland (3). Unga suyanib‚ boshini ko‘tarsa‚ bog‘ni ko‘radi (4). O‘zi obod qilgan bog‘i (5). (Sh.Xolmirzayev).

Bu matn parchasi beshta gapdan tashkil topgan. 1-gap asos, 2-gap parselyat. Asosdagi o‘rin holi konkretlashtirilmaganligi uchun parselyat bo‘lak sifatida ajratilgan. 3-parselyat gap ham asosdagi o‘rin holini ta’kidlashga xizmat qilgan. Shuningdek, 4-gap bilan 1-gap o‘rtasidagi aloqani zichlashtirgan. Ya’ni, qahramon deraza tagida yotibdi. To‘shakda yotibdi. Baland bolishli to‘shakda yotibdi. Unga suyansa o‘zi obod qilgan bog‘ni ko‘radi. 5-gap 4-gapning parselyati hisoblanadi. Ya’ni asos (4) dagi to‘ldiruvchi (bog‘)ni aniqlashga xizmat qilgan.

7.Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning mavjudligini anglatadi. Atov gaplar matnda yolg‘iz qo‘llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn hosil bo‘ladi. Masalan: Bugun bayram. Ko‘chalar gavjum. Sho‘x-sho‘x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar o‘tadi. O‘yin-kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi(O‘.Hoshimov).

Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka so‘z yoki so‘z birikmasidan iborat bo‘lgan gaplardir: Sevmoq! Bu toshga qarab ham gulni ko‘rmoqdir. Yoki, Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat.

8.Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qo‘llaniladigan, o‘zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, so‘zlovchining tinglovchiga bo‘lgan munosabatini ifodalaydigan, o‘zida turli modal ma’nolarni tashiydigan o‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda so‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bo‘ladi. «Shunga ko‘ra doimiylik belgisiga ega bo‘lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (sub’ektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.» Misollar: - Malikam,- debdi jahl otiga minib. – Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan o‘zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jo‘nang! (O‘.Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun ko‘zlaringdan oqar marjon yosh (A.Oripov). Keltirilgan birinchi misoldagi «malikam» murojaat birligi appelyativ-xitob, murojaat qilish orqali o‘zaro muloqotni boshlash vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi «ovsar» murojaat birligi kamsitish, haqorat kabi shaxsiy munosabatni ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda so‘zlovchining emotsional munosabati takror qo‘llanuvchi «Oyisha ona» murojaat birligi orqali yana-da aniq ifodalangan. Murojaat birliklarining badiiy matndagi qo‘llanilishini o‘rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bo‘ladi. Murojaat qilinayotgan ba’zan narsa-buyum bo‘lishi ham mumkin. Masalan:

Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham o‘rgat!

Ay, g‘uncha! O‘zlikni namoyon etmoqni o‘rgat! (J.Rumiy)

Tahlilda buning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar haqida mulohaza yuritiladi. Adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida o‘rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik so‘roqda bo‘lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, «ob’ektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg‘otadi». Asosan, «shoirning poetik nutqda o‘zi xohlagan intonatsiyani – tantanavorlik, ko‘tarinkilik, g‘azabkorlik, kesatish kabilarni ifodalashda» keng foydalaniladi.

×This lesson is not ready to be taken.
Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uzSkip to main content
Hozirgi o'zbek adabiy tili(2-kurs kunduzgi)
Dashboard
My courses
HO'AT 2
12-Ma'ruza. Mavzu: Punktuatsiya va uning tamoyillari
Punktuatsiya va uning tamoyillari
Punktuatsiya va uning tamoyillari
Reja:

1. Punktuatsiya va uning oʻrganilish tarixi.

2. Punktuatsiya tamoyillari.

3. Tinish belgilarining matndagi vazifasi.

4. Tinish belgilarining qollanishi.

Punktuatsiya- yozuv oynasi. U yozuvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi yozuv orqali bo‘ladigan ijtimoiy aloqa-aralashuvni to‘g‘ri ta’minlash uchun yozma nutqdagi maqsad, mazmun va ma’no turlarini aniqlashtirish uchun (Masalan: gap oxiriga qo‘yilgan nuqta, so‘roq, undov va ko‘p nuqtalarning har biri shu gapda qanday maqsad ifodalanganini bildiradi), gap strukturasini (Tuzilishini) aniq belgilash uchun (Gapni tashkil etuvchi qismlar, gap bo‘laklari va gaplarning tuzilishiga xos turli munosabatlarni ko‘rsatadi), (stilistik qulaylik) uchun xizmat qiladi. O‘zbek punktuatsiyasi o‘zbek tilining ifoda talaffuz qonuniyatlariga va semantik-sintaktik qurilish qoidalariga asoslanadi. O‘zbek punktuatsiyasi, avvalo, o‘zbekcha nutqning grammatik ko‘rinishiga asoslanadi. So‘roq, undov, qo‘shtirnoq, ko‘p nuqta kabi belgilar rus tilidan o‘zlashtirilgan, ammo o‘zbek tili ifoda usuli va qonuniyatlariga asoslangan holda ishlatiladi. O‘zbek punktuatsiyasining uch prinsipi bor. Bilar: Logik-grammatik (bu prinsip nutqning semantik-grammatik tomonini aks ettiradi.), stilistik (bu prinsip tinish belgilarining barcha nutq uslubiarida qo‘llanilish qonuniyatlarini aniqlash uchun xizmat qiladi.), differentsiyatsiya- prinsipi (Bunga ko‘ra tinish belgilari yozuv texnikasi (shaklini) 44ni farqlash, tinish belgilarining qo‘llanilishdagi tartib va muntazamlikni belgilash, gapdagi - 44-murakkab mazmunni oydinlashtirish uchun xizmat qiladi).

Tinish belgilari yozma matndagi gap bo‘laklari, gapning ayrim qismlari va gaplarning o‘zaro turli sintaktik'munosabatlari (birikishi, bo‘linishi, ajralishi, ayrilishi kabilar)ni ko‘rsatish uchun qo‘llanadi. Tinish belgilari yozma matndagi turli holatlar, ikki his-hayajon va turli mazmuniy tovlanishlarni ifodalash uchun qo‘llanadi. Masalan, undov belgisi ham undov gaplar, ham buyruq gaplar oxiriga qo‘yiladi. Buyruq va undov gaplardagi ma’no tuslari o‘z ichida yana turlicha bo‘lishi mumkin. Bunday paytlarda undov belgisining qanday ma’no va vazifada qo‘llanganligi matn mazmunidan aniqlanadi. Tinish belgilari yozma matnning tarkibiy va uslubiy jihatlarini to‘g‘ri belgilash uchun xizmat qiladi. Masalan: Men opamning jildidan qalin kitobni – qur’on bo‘lsa kerak - olib, pala-partish varaqlayman. (Oybek.) Bunda kirish gap qo‘sh tire vositasida ajratilgan. Ma’lumki, kirishlar doimo vergul bilan ajratilib, ba’zi hollarda qavsga olinadi. Yuqoridagi misolda qo‘sh tire vergul o‘mida qo‘llangandir. Demak, bunda qo‘sh tire qo‘shimcha vazifani bajarayotir. Tinish belgilarining bunday birining o‘rnida ikkinchisining qo‘llanishi ishoraviy sinonimiyani hosil qiladi. Gapning ajratilgan bo‘laklari vergul ham tire vositasida, kiritma qurilmalar tire ham qavs vositasida ajratiladiki, bular ham ishoraviy sinonimiyaning ko‘rinishlaridir.

O‘zbek tilida yozma nutqda qo‘llaniladigan tinish belgilari quyidagilar:

1. Nuqta 6. Ikki nuqta

2. Vergul 7. So‘roq belgisi

3. Nuqtali vergul 8. Undov belgisi

4.Ko‘p nuqta 9. Tire

5. Qo‘shtimoq 10. Qavs

Ularning har biri yozma nutqda o‘z vazifalariga ega Masalan: Nuqta, so‘roq belgisi, undov belgisi kabi tinish belgilari gapning chegarasi tugallanganligini bildirsa, vergul, tire, qo‘shtirnoq, qavs kabilar gapning ichida qo‘llaniladi. Ular gapning qismlarini, ba’zan bo‘laklarini bir-biridan ajratishni ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Bundan tashqari ba’zi tinish belgilari his-hayajonni ifodalash uchun, masalan: qo‘shtirnoq so‘zning o‘z ma’nosi boshqa ma’noda qo‘llanilish kabilarni bildiradi. Xullas, har bir tinish belgisi o‘ziga xos vazifani bajaradi va o‘quvchi matnda qo‘llangan har bir tinish belgisining vazifasini yaxshi bilishi kerak. Aks holda matnni to‘g‘ri tushunish qiyin bo‘ladi. Yozma nutqni tayyorlayotgan kishi tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llashi lozim bo‘ladi. Tinish belgilarining noto‘g‘ri qo‘llanilishi yoki kerakli joyda qo‘llanilmay tushib qolishi, yoki ortiqcha zaruratsiz qo‘llanilishi nutqning mazmuniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Uni tushunarsiz holga keltiradi, yoki mazmunni, grammatik tuzilishni o‘zgartirib yuboradi. Masalan, Anvar do‘sting bilan uchrashdingmi? Matnni o‘quvchi kishi tinish belgilariga e’tibor bergan holda, har biriga xos pauza (to‘xtam), ohang bilan o‘qishi shart, aks holda nutq ifodaliligini yo‘qotadi.

Nuqtaning yozuv belgisi sifatida ishlatilishi qadimgi arab manbalariga borib taqaladi. U o‘zbek tilida tinish belgisi sifatida XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ishlatila boshlangan. Nuqta o‘zbek tilida, odatda, quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. His-hayajonsiz aytilgan darak, buyruq gaplardan so‘ng.

Milliy istiqlol sharofati bilan yangicha tafakkur va yangicha fikrlash shakllanmoqda. O‘zingga ravo ko‘rmagan narsani boshqalarga ham ravo ko‘rma. Farzandlarimiz doimo sog‘lom bo‘lsin.

2. Atov gaplardan keyin.

Ilk bahor. Daraxtlar endi kurtak yoza boshlagan palla.

3. Ismi, otasining ismi (ba'zan familiya ham) qisqartirilganda, ularning birinchi harfidan so‘ng.

M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Cho‘lpon kabi ijodkorlarning nomi hamisha barhayotdir. A.S.Pushkin — rus poeziyasining quyoshi.

4. Nashriyot ishlarida, lug‘at va ma'lumotnomalarda shartli ravishda qisqartirilgan ayrim so‘zlarning birinchi harfi yoki bo‘g‘inidan so‘ng.

va sh.k. (va shu kabilar); s.t. (so‘zlashuv tilida); G‘.G‘. (G‘afur G‘ulom); Nav. (Navoiy); Toshk. (Toshkent); «O‘qituvchi» nashr.; 1995-y.

5. Qo‘shma gapning birinchi qismidan so‘ng kuchli to‘xtam bo‘lsa, mantiqan biri ikkinchisiga bog‘lanmagan qo‘shma gaplar orasida ham nuqta ishlatiladi. Bunday hollarda ikkinchi gap ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun bog‘lovchilari bilan boshlanishi mumkin.

Bobodehqon yerga baraka urug‘ini ekish bilan band. Chunki dalalarda ish qizg‘in.

6. Ba'zi bir hollarda yil, oy, kunni ifodalovchi raqamlardan so‘ng ham nuqta qo‘yilishi kuzatiladi: 21.03.2010.

7. Butunning qismlarini sanash uchun qo‘llanilgan arab raqamlaridan so‘ng ham nuqta

ishlatilishi mumkin.

Tovushlar quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar.

8. Hisob-kitob ishlarida nuqta belgisidan ko‘paytiruv alomati sifatida ham foydalaniladi. 2 • 2 = 4 (ikki karra ikki to‘rt).

So‘roq belgisining kelib chiqishini lotincha questio—so‘roq so‘ziga olib borib taqaydilar. So‘roq ma'nosida mazkur so‘zning birinchi harfi «Q» ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatga (?) kelib qolgan, o‘zbekcha matnlarda 1885-yildan boshlab uchraydi. 1900-yildan so‘ng muntazam ishlatila boshlangan.

So‘roq belgisi quyidagi o‘rinlarda ishiatiladi:

1. So‘roq gaplarning oxirida.

Yomonlikning jazosiz qolmasligini bilasizmi? Navoiyning tilshunoslikka

bag‘ishlangan qanday asari bor? Vazifani bajarib bo‘ldim (darak gap). Vazifani bajarib bo‘ldim? (ohang o‘zgaradi).

2. Kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? kabi so‘roq olmoshlaridan so‘ng.

Rang-tusni bildiruvchi sifatlar qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

3. Gap yoki matn ichidagi birorta so‘z yoki jumla mujmal, noaniq, tushunarsiz bo‘lsa, undan so‘ng qavs ichiga qo‘yiladi. «Toping!» ma'nosida.

Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar» qissasida (?) o‘zbek xalqining yaqin o‘tmishi haqida hikoya qilinadi. 5 • 5 = ? (matematikada).

Undov belgisi o‘zbek tiliga rus tilidan o‘tgan. Mutaxassislarning fikricha, u lotincha lo — undov so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, unga nuqta (.) ning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Undov belgisi quyidagi hollarda ishlatiladi:

1. Kuchli his-hayajon bilan aytilgan gaplardan so‘ng qo‘yiladi.

Oqpodsho yerdan bir siqim tuproq oladi.

— Ana tuproq, mana tuproq! — deydi. — Bo‘rsildoq tuproq, mag‘izdor tuproq, hosildor tuproq. Tuproqmisan-tuproq! (Tog‘ay Murod)

2. Buyurish, yalinish, istak, xohish va shu kabi ma'nolarni ifodalovchi gaplarning oxirida ham ishiatiladi.

Siz ham oyoqni ishlating! — deb buyurdi. Suv ostida o‘pqonlar кo‘p. Tortib ketmasin! (P.Qodirov)

3. So‘z boshida kelib, kuchli his-hayajon bilan aytilgan undalmalardan so‘ng qo‘yiladi.

Ey arslonlar arsloni! Mening yozuqlarimdan o‘t, mening qo‘limni tut, belimni bog‘la, muqaddas fotihangni ber! (A.Fitrat)

4. Ha, yo‘q, xo‘p, uzr, mayli, xayr, salom kabi so‘z-gaplar hayajon bilan aytilsa, ulardan so‘ng qo‘yiladi.

Balli-balli! — dedi Rahim va Sharifga qarab im qoqdi. (A.Qodiriy)

Yo‘q! Borolmayman, — dedi qayrilib.

5. Matn ichida alohida ta'kidlangan, ajratib ko‘rsatilgan so‘zlardan keyin qavs ichida berilishi mumkin.

«Boburnoma»da tarix, etnografiya, til, adabiyot geografiya, biologiya, botanika, hatto tabobatga (!) oid g‘oyat qimmatli ma'lumotlarni uchratish mumkin.

6. Aytilishi lozim bo‘lgan fikr o‘ta kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket uchta belgi qo‘yiladi.

Charos kafti bilan yuzini to‘sgancha o‘zini orqaga tashladi.

— A-a-a!!! — dedi chinqirib. (О.Hoshimov)

— Chiqar buni jallod!!! Jallodlar harakatlandilar.

— Xanjarimiz qonsirag‘on! (A.Qodiriy)

7. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq, shuningdek, ritorik so‘roq gaplar­dan so‘ng.

Kimdir seni kutsa, kimnidir sen ham sog‘insang, qanday baxt bu! (O‘.Hoshimov)

Vergul tinish belgisi sifatida G‘arbiy Yevropada XV asrdan boshlab ishlatilaboshlangan. O‘zbekcha matnlarda XX asr boshlaridan boshlab uchraydi. Undan

quyidagi o‘rinlarda foydalaniladi.

1. Uyushiq bo‘laklar orasida.

Bolalarning xulqi, odobi, yurish-turishi, ko‘cha-ko‘yda, mahallada o‘zini tutishi, do‘stlari orasidagi mavqeyi, hurmati, oila yumushlariga qo‘shayotgan hissasi bilan doimo qiziqib turish lozim. (M.Inomova)

2. Undalmalar vergul bilan ajratiladi.

Uka, o‘qishning erta-kechi bo‘lmaydi. Men Sizni, oyijon, juda yaxshi кo‘raman. Salom sizga, purviqor tog‘lar!

3. Kirish so‘z va kirish birikmalardan so‘ng.

Shubhasiz, Vatanimiz jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoridan o‘rin olajak. Forobiyning yozishicha, inson jamiyatda, o‘zaro munosabatlarda voyaga yetadi.

4. Tasdiq, ta'kid, inkor va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi ha, yo‘q, rahmat, xo‘sh, qani, xayr, ofarin, salom kabi so‘z-gaplardan keyin kelgan bo‘laklarni ulardan ajratish uchun ham vergul qo‘yiladi.

Ha, hushyor bo‘lish har bir fuqaroning Vatan oldidagi muqaddas burchidir. Xayr, biz jo‘nab ketyapmiz. Xo‘sh, xalq uchun siz nima ish qildingiz? Вu haqda o‘ylab ko‘rdingizmi?

5. Ajratilgan bo‘laklar orasida.

Onaga, eng ulug‘ zotga, ehtirom chinakam insoniylik sanaladi. O‘zbekistonda, jahonga yuz tutgan obod va ozod mamlakatda, demokratiya kundan kunga barqarorlashib bormoqda.

6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarni tashkil qilgan sodda gaplar orasiga.

Do‘sting mingta bo‘lsa ham oz, dushmaning bitta bo‘lsa ham кo‘p.

Yurgan — daryo, o‘tirgan — bo‘yra.

7. Bog‘langan qo‘shma gaplarda ham vergul ishiatiladi.

Bilimli va tadbirkor bo‘ling, lekin bu xislatlaringiz sizni xudbinlikka sira yetakmalasin. Yo biz boraylik, yo siz keling.

8. Undov so‘zlar his-hayajon bilan aytilmasa, ulardan so‘ng vergul ishiatiladi.

Ey, menga bir minutga qarab qo‘ying.

9. Ko‘chirma gap darak, buyruq gap bo‘lsa, undan so‘ng vergul qo‘yiladi.

«Inson qalbi javohirlardek toza, роk bo‘lmog‘i lozim», — deb aytgan edi Abu Rayhon Beruniy.

Nuqtali vergulo‘zbek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi. U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda.

Lekin avtor shu kichkinagina hikoyada katta ish qiladi; o‘quvchining кo‘z oldiga odamning havasi keladigan, har qanday kishining muhabbatini o‘ziga qaratadigan, har qancha izzat qilsa arziydigan va bu izzatga o‘zining jafokashligi, g‘ayrati, farosati, el-yurt uchun qayg‘urishi bilan sazovor bo‘lgan bir chol keladi. (A.Qahhor)

2. Bog‘lovchisiz qo‘shma gap tarkibiga kirgan sodda gaplardagi voqealar bir-biriga qiyoslanganda.

Ish kuchini elga berma, yerga ber; jamg‘armani selga berma, elga ber!

Yaxshini yomon dema, olishing bo‘lsa ham;

Yomonni yaxshi dema, yaqining bo‘lsa ham.

3. Uyushiq bo‘laklar guruhlanib, o‘zaro vergullar yordamida bir-biridan ajratilganda, har bir guruhni anglatuvchi so‘zdan keyin.

Gerb rangli tasvirda bo‘lib, Humo qushi kumushrangda; quyosh, boshoqlar, paxta chanog‘i va «O‘zbekiston» degan yozuv tillarangda; g‘o‘za shoxlari va barglari, vodiylar yashil rangda; tog‘lar havorangda; chanoqdagi paxta, daryolar, yarimoy va yulduz oq rangda beriladi.

4. Reja, qaror, farmon, buyruq, qonun va shu kabilarning oxirgi bandidan tashqari har bir bandi oxirida.

Otabek timsoliga tavsif:

a) Otabek — o‘qimishli, o‘z davrining yetuk kishisi;

b) Otabek — mard va jasur yigit;

d) Otabek — o‘z ahdiga sodiq, vafoli yor.

Ko‘p nuqta XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‘zbekcha matnlarda ishlatila boshlangan. 1876-yildan e'tiboran «Turkiston viloyatining gazeti»da muntazam qo‘llangan. Ko‘p nuqta quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Mazmunan tugallanmay qolgan gaplar oxirida.

To‘ra biroz o‘ylab turgach, podshoning devordagi suratini, so‘ngra o‘zining yelkasidagi pogonini ko‘rsatdi.

— Mana shu imperiya... .

Miryoqub hech narsa anglamadi. (A.Cho‘lpon)

2. So‘zlovchining cheksiz his-hayajonini, beqiyos tabiat manzaralarini ifodalash uchun.

Do‘xtir ayol og‘iz berkitib piq-piq yig‘ladi.

— Men... men O‘zbekistonda besh-oltiyil ishlab edim, — deya yig‘ladi. — Bechora xalq-a, bechoragina xalq-a.. (T.Murod). Qish... Butun atrof oppoq libosda...

3. Matn (jumla) qisqartirilsa.

— Anovi kuni menga bir oyat aytib edingiz?

— Xo‘sh, xo‘sh ?

— Ilkimdin kelguncha... — deb boshlanar edi.

—Ha-ha,bo‘tam, lekin bu oyat emas, hazrat Navoiyning hikmatlaridur.(X.To‘xtaboyev)

4. Fikr bo‘lib-bo‘lib ifoda qilinsa yoki duduqlanib aytilsa.

Muhammadyor yolg‘iz:

—Turkistonda birinchi m...m...m... artaba tia... t... t... tr,—dedi-da, fikrg‘a toldi. (A.Cho‘lpon)

5. Suhbatdoshining gapi javobsiz qoldirilsa.

— Manavi dub eshiklaringizni yelkamda tashib kelganman. Tushundingizmi?

— Tushundingizmi, deyapman? (X.Sultonov)



6. Tushirib qoldirilgan harf, so‘z yoki boshqalar o‘rnida.

Nuqtalar o‘rniga kerakli harfni qo‘yib ko‘chirib yozing.

Xayri...x, a...loqt ...abar.

Ikki nuqtao‘zbek yozuvida XIX asrning oxiri va XX asrning boshlaridan e'tiboran ishlatila boshlangan.

U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Shaklan tugallangan, lekin mazmunan keyingisi birinchisining uzviy davomi sanalgan bog‘lovchisiz qo‘shma gaplardan so‘ng.

Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi, odamlarga kerakli ekanman, hayotda iz qoldiribman. (A.Qahhor)

2. Ko‘chirma gapdan oldin kelgan muallif gapidan so‘ng.

Bundan so‘ng Qutidor turib ichkariga yugurdi, yarim yo‘ldanoq tanchada o‘tiruvchi Oftoboyim va Kumushga qichqirdi:

— Sir ochildi! (A.Qodiriy)

3. Uyushiq bo‘laklardan oldin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan keyin.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat ramzlari: Davlat bayrog‘i, Davlat gerbi va Davlat madhiyasi milliy iftixorimiz, sharaf va shonimiz sanaladi.

4. Reja, mavzu, qaror qilindi kabi so‘zlardan so‘ng.

Mavzu: «Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni».

Yuqoridagilar asosida yig‘ilish qaror qabul qildi:

I. Jamoaning Navro‘z bayramiga tayyorgarlik ishlari qoniqarli deb topilsin.

II. Navro‘z — umumxalq bayramini кo‘tarinki ruhda munosib kutib olish uchun yana zaruriy chora-tadbirlar ishlab chiqilsin.

5. Uslubiy ravonlikni, muxtasarlikni ta'minlash maqsadida turli xil rasmiy ma'lumotlarda, nashr ishlarida ayrim so‘zlardan keyin.

Toshkentda «Mustaqil O‘zbekiston: falsafa va huquqning dolzarb masalalari» mavzusida uchinchi an’anaviy respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

6. Sport musobaqalarida raqiblar o‘rtasidagi hisobni ifodalash uchun olingan ochkolar yoki kiritilgan gollarning nisbatini belgilash uchun.

Sidneydagi XXVII yozgi olimpiada o‘yinlarida hamyurtimiz Muhammadqodir Abdullayev raqibini 27:21 hisobi bilan yengdi.

«Andijon» va «Paxtakor» komandalari o‘rtasidagi o‘yin durang natija bilan tugadi— 2:2.

Eslatma: Hisob-kitob ishida bo‘luv alomati sanaladi. 100 : 2 — 50

Tireni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr) kiritgan. U o‘zbek yozuvida XIX asrning 70-yillaridan boshlab ishlatila boshlangan. Tire quyidagi o‘rinlarda ishiatiladi:

1. Dialoglardagi har bir gapning boshida.

— Amaki, o‘ylab gapiryapsizmi? Qancha yo‘l yurib kelganimizni bilasizmi?

— Bilmayman. Qayerdan kelganingizning menga farqi yo‘q.

— Siz tabibmisiz o‘zi?

—Odamlar shunaqa deyishadi. Olloh istasa, men bir vositachi bo‘lаman-u, dardmandga shifo yetadi. Bo‘lmasa yo‘q.

— Nima mening oshnamni davolashni Xudoyingiz istamayotibdimi? — dedi Kesakpolvon g‘ijinib.

— Olloh bir meniki emas, barchamizniki, — dedi chol ovozini bir parda ko‘tarib. — Siz nomusulmon odamga o‘xshab so‘zlar ekansiz. (T.Malik)

2. Bog‘lamasiz qo‘llangan ot kesim bilan ega orasida.

Til — millatning qalbi. Yer — don, dehqon — xazinabon. Mehnating — boyliging.

3. Uyushiq bo‘laklardan keyin kelgan umumlashtiruvchi so‘zdan oldin. O‘zbek, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik — barchamiz bitta yurtning farzandlarimiz.

4. Muallif gapi bilan ko‘chirma gap orasida.

«Oddiylik axloqiy barkamollikning bosh shartidir», — deb yozgan edi L.N.Tolstoy.

5. Ma'lumot mazmunidagi asosiy gapdan so‘ng tartib bilan sanalgan har bir gap boshida.

1996-yil 26-aprelda ta’sis etildi:

— «Amir Temur» ordeni;

— «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni.

6. Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplarda ikkinchi gapning kesimi tushirilsa.

Olamni quyosh yoritadi, insonni — ilm.

7. Ayrim so‘z yoki gaplar izohlansa, ularning o‘rtasida. O‘zbekiston Milliy sug‘urta kompaniyasi — «O‘zbekinvest». Veksel — qimmatbaho qog‘oz, pul qarz olganlik haqidagi tilxat, qarz hujjatidir.

8. Zid ma'noli bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar orasida. Vaqting ketdi — baxting ketdi.

9. Kirishlar va ajratilgan bo‘laklar har ikki tomonidan vergul yoki tire bilan asosiy bo‘laklardan ajratiladi.

Biz — yoshlar — millatning tayanchi, Vatanning ishongan tog‘larimiz. Samarqanddagi Ulug‘bek rasadxonasida — bir paytlari bu yerdan turib ulug‘ bobomiz osmon ilmini o‘rgangan edi — katta ko‘lamda ta 'mirlash ishlari boshlab yuborildi.

10. Tenglik, taqqoslash va hokazo ma'nolarni bildiruvchi so‘zlar orasida:

Toshkent — Andijon avtomobil yo‘li ta'mirdan chiqarilmoqda.

11. Nashr, kitobot ishlarida.

Sultonov X. Onamning yurti. Qissa va hikoyalar.—Т.: «Adabiyot va san'at nashriyoti», 1987.

Eslatma: Hisob-kitob bilan bog‘liq fanlarda tire ayirish belgisini bildiradi: 307 - 23. Bugun Toshkentda —3°C sovuq bo‘ladi.

Qavso‘zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila boshlangan. Dastlab «Turkiston viloyatining gazeti» da 1873-yilda ishlatilgan.

U quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:

1. Kiritma gaplarda. O‘zbekiston paxta ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi davlatlardan biri hisoblanib (Xitoy, AQSH, Hindiston va Pokistondan keyin beshinchi o‘rinda turadi), eksport bo‘yicha AQSHdan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi.

2. Remarkalarda. Xon (yolg‘iz) Shu tiriklikdan-da bezdirdilar meni (Turib yuradur). Bir dushmanimning qoni qurimayin yana bittasi chiqib qoladur. (A.Fitrat)

3. Olingan misollar yoki gaplar manbayida. Ilm insonlarning madori, hayoti, rahbari, najotidur. (Abdulla Avloniy) Jannat onalar oyog‘i ostidadur. (Hadisdan). «Qasosli dunyo». («Avlodlar dovoni» romanidan)

4. Izoh ma'nosidagi so‘z yoki so‘z birikmalarida.

Ro‘za hayiti (Iyd al Fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al Adha)ning birinchi kuni O‘zbekiston

Respublikasi hududida dam olish kuni deb belgilangan. Demokratiya yunoncha so‘z bo‘lib, tarjimada xalq hokimiyati (demos—xalq, kratos—hokimiyat) ma’nosini bildiradi.

5. Shaxs, joy, asar, hodisa va shu kabilarning ikki xil varianti berilsa, ulardan biri qavsga olinadi. «Qutadg‘u bilig» («Baxt keltiruvchi bilim»). Shuhrat (G‘ulom Aminjonovich Olimov) atoqli o‘zbek уozuvchilaridan biridir.

E s l a t m a. Qavsdan matematika fanida ham keng foydalaniladi. (57 + 38) - 17 = ?

[ ] ko‘rinishidagi qavsdan foydalanish hollari ham ko‘p uchraydi. Masalan, egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda shah[ a ]ri, o‘r[ i ]ni, sing[ i ]lisi so‘zlaridagi «а», «i» tovushlari qoidaga ko‘ra tushiriladi kabi.

Qo‘shtirnoqni amaliyotga rus olimi prof. A.ABarsov kiritgan. O‘zbek yozuvida

u kiritish belgisi sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi. Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi.

1. Ko‘chirma gap qo‘shtirnoqqa olinadi.

«Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa», — degan edi Sa'diy Sheroziy. I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: «Donishmandlik faqat haqiqatdadir». «Er kishiga zeb-u ziynat, — degan edi Alisher Navoiy, — hikmat va donishdir.»

2. Sitatalar qo‘shtirnoq ichida yoziladi.

Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q: «Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi: birinchi asari bilan tutab, biri yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi, кo‘nglidan chiqarib emas, qornidan chiqarib yozadi. Yozuvchilikka cho‘g‘day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi...»

3. Ko‘chma ma'noda qo‘llangan so‘zlar, ishlatilishi odat tusiga kirmagan, eskirgan yoki yangi qo‘llanayotgan, kesatiq, piching, do‘q-po‘pisa va shu kabi ma'nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo‘shtirnoq ichida yoziladi.

... oradan уana bir necha oy o‘tib, uchinchi marta sud bo‘lgan. Bu safar Botirovning «jinoyati» o‘n bir yillik qamoq bilan «taqdirlandi». (T.Malik) «Xalq artisti», beliga o‘q tekkanday erta-yu kech to‘rdagi karavotga yonboshlab «Teatr» jurnalini varaqlaydi, xalq artisti bo‘lmoq sirlarini axtaradi, chamasi. (E.A'zamov)

4. Badiiy asarlar, gazeta, jurnal, musiqa asarlari, spektakl va kartina nomlari qo‘shtirnoq ichida beriladi.

«Lison ut-tayr» (Qush tili) asari haqida suhbatlashdik.

«Ma'rifat» gazetasi, «Saodat» jurnali, «Mening oppoq kabutarlarim» spektakli, «Sohibqiron» dramasi, «Amir Temur» portreti.

5. Korxona, muassasa, tashkilot, zavod, fabrika, mehmonxona, kema nomlari

qo‘shtirnoq ichida yoziladi.

«Uzdunrobita» qo‘shma korxonasi, «Kochxolding» konserni, «Kamolot» ijtimoiy harakati, «Istiqlol» tennis sport majmuasi, «Diyor» savdo uyi, «Ekosan» xalqaro jamg‘armasi, «O‘zbekavtotrans» Davlat aksionerlik korporatsiyasi, «O‘ZDEUavto» O‘zbekiston — Janubiy Koreya qo‘shma avtomobil zavodi, «Chorsu» mehmonxonasi.

6. Transport (mashina, samolyot, avtobus va sh.k.)larning markasini bildirgan so‘zlar, o‘simliklarning turini, mahsulotlarning nomini ifodalovchi leksik birliklar qo‘shtirnoqqa olinadi.

«Neksiya» rusumli yengil mashina, «Boing» samolyoti, «Otayo‘l» mikroavtobusi, «Rayhon» alkogolsiz ichimligi, «Kibo» oyoq kiyimi, «Hojimatov damlamasi».

7. Ayrim orden va medallar, faxriy unvonlar nomi qo‘shtirnoq ichida beriladi.

«El-yurt hurmati» ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi. Professor Q.G‘.Abdullayev «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi» faxriy unvoni bilan mukofotlandi.

8. Qonun, farmon, buyruqlarning nomi, ayrim bandlari qo‘shtirnoq ichida beriladi.

1995-yilning 6-may kuni «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida» Qonun qabul qilindi.

9. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar, baho ballari ham qo‘shtirnoq ichida beriladi.

11-«A» sinfi «Quvnoqlar va zukkolar» bahsida g‘olib chiqdi. O‘qituvchimiz bugungi javobimga «besh» baho qo‘ydi.


TINISH BELGILARINING QO‘SHALOQ HOLDA ISHLATILISH O‘RINLARI

O‘zbek yozuvida uslubiy aniqlik, ravonlik hamda turli xil leksik-grammatik ma'nolarni ifodalash uchun tinish belgilarini qo‘llash hollari ham uchrab turadi. Ularning qo‘llanilishidagi asosiy o‘rinlar quyidagilardan iborat:

1. His-hayajon bilan aytilgan so‘roq gaplar oxirida so‘roq va undov belgilari ketma-ket qo‘yiladi.

Axir, ablah, — derdi Yunus, — birovning uyiga oyog‘ingni artmasdan kirgani ibo qilasan, nega havoni bulg‘atgani ibo qilmaysan?! (A.Qahhor)

2. So‘roq va undov gaplar kuchli his-hayajon bilan aytilsa, ketma-ket ikkita yoki uchta bir xil belgi qo‘yilishi mumkin. Ey, purviqor tog‘lar! Nega jimsizlar, nega!!! (A.Cho‘lpon)

3. So‘roq va undov mazmunini bildirgan gaplarda fikr tugallanmay qolsa, mazkur belgilardan so‘ng ikki nuqta qo‘yiladi.

«Ertaga! — deya xotirjam dilidan o‘tkazdi va birdan to‘xtadi — xo‘sh, ertaga nima bo‘ladi?..» (N.Qilichev) Berkinboy tuyqusdan tilla topganday quvonib-suyunib, turgan joyida dik-dik sakray boshladi:

— Topdi-mm!.. Topdi-im!.. (Sh.Bo‘tayev)

4. Muallif gapi va ko‘chirma gaplar o‘rtasida tinish belgilari ketma-ket ishlatilishi mumkin.

«Adabiyot hunar, uni kasbga aylantirib olgan yozuvchi olmaga tushgan qurtdan farq

qilmaydi»,— deb yozgan edi A.Qahhor.



×This lesson is not ready to be taken.
Jump to...
Jump to...
You are logged in as ABDUSHARIPOVA SAIDAGUL (Log out)
HO'AT 2
English ‎(en)‎
English ‎(en)‎
O'zbekcha ‎(uz)‎
Русский ‎(ru)‎
Data retention summary
Get the mobile app
Switch to the standard theme
Топ рейтинг www.uz
Download 173,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish