Sizga ta'zim sizga ehtirom aziz ustozlar



Download 21,53 Kb.
Sana18.08.2021
Hajmi21,53 Kb.
#150220
Bog'liq
SIZGA TA'ZIM SIZGA EHTIROM AZIZ USTOZLAR


SIZGA TA'ZIM SIZGA EHTIROM AZIZ USTOZLAR

Ustoz! Shu birgina so’z zamirida olam-olam ma'no va hurmat mujassam. Uqituvchi-sofdil, kamtarin, ma'naviy boy, ahloqan pok insondir. Ularning poyiga guldastalar sochsak, doimo hurmatlarini ado etib, ardoklasak arziydi. Chunki ustozlar butun kuchlarini, aql-idroklarini, bilim va zehnlarini, qalb qo’riyu sehrlarini shogirdlariga baxshida etgan zahmatkashlardir.

Ular bizlarga oq-qorani, yaxshiyu-yomonni tanitib, "qo’llarimizga ilk bor qalam tutqazib, "Ota", "Ona", "Vatan", "Ezgulik", "Baxt", "Saodat" kabi so’zlarni yozishga o’rgatgan buyuk zotlardir.

Donolarning aytishicha, elni ma'rifat asraydi. U elni taraqqiy ettirib, ezgu niyati, orzu-umidiga yetkazadi. Demak, ustozlarning zimmasida kelajagi buyuk davlat uchun komil, har tomonlama barkamol, ma'naviy va axloqiy pok vatanparvar, mehnatsevar insonlarni, yetkazib berishdek, yuksak vazifa turibdi.

O’qituvchi zimmasiga hayot talablariga to’la javob beradigan va o’z zamoniga munosib kishilarni tarbiyalashdek ma'suliyatli vazifa yuklatilgan. quyosh o’z nuri bilan butun tabiat, borliqni jonlantirgani kabi, o’qituvchi, murabbiy ham bor mahorati, ilmi bilan o’quvchi-yoshlar qalbini ilm ziyosi bilan to’ldirishga axd qilgan buyuk kasb egasidir.

Qiyos etgim keladi ustozlarim quyoshga,

Uz mehrini-nurini baxsh etadi har yoshga

Hayotning go’zalligi farovonligi, odobligi, qolaversa, istiqlolimizning ravnaqi muallim mehnati bilandir.


Jahonda bo’lmasa muallim agar,

Hayot ham bo’lmasdi go’zal bu qadar.


Istiqlol egalari bo’lmish yosh avlodni bilimli, savodxon, ma'naviy barkamol va jismonan sog’lom qilib voyaga yetkazishda o’qituvchi-murabbiylarning qissasi benixoya kattadir. Ular berayotgan puxta bilim va ibratli tarbiya katta hayot ostonasida turgan o’g’il-qizlarning vatanparvar hamda hayotda chin inson bo’lishlari, Vatanimizga, halqimizga fidoyi va halol hizmat qiladigan insonlar bo’lib yetishishiga zamin bo’lib hizmat qiladi.

O’qituvchilik-ma'suliyatli va mashaqqatli kasb, og’ir va davomli mеhnatni, sabr-toqatni talab qiladigan savobli ish. Insoniyat kamoloti uchun bugun bilimi, iqtidori va hayotini baxsh etgan ustozlarning xizmatlarini hamma zamonlarda ham kishilar hurmatlab, o’zlarini esa e'zozlab kеlishgan.

O’z davrining mashhur pеdagogi Abdulla Avloniy "har bir millatning saodati, davlatlarning tinchi va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyasiga bog’liqdir", dеb yozgan edi. "Ustoz-otangdеk ulug", dеgan hikmatda olam-olam ma'no bor. Hatto otani quyoshga qiyos etamiz, ko’klarga ko’tarib maqtaymiz. Ammo otaday ulug’ dеb nisbat bеriluvchi inson bor, bu-ustozdir! Haqiqatdan, ota-ona sеni voyaga еtkazadi, ustoz esa unib-o’sishing, kamolatga erishishing, ilm-ma'rifat cho’qqilarini zabt etishinga ko’maklashadi. O’z umrini, qalb qo’rini, aql-idrokini, tajribasi va bilimini sеning yo’lingga sarf etadi. Yutug’ingni ko’rib quvonadi, muvaffaqiyatsizligingdan g’am-andux chеkadi.

O’ituvchi bo?bonga o’xshaydi. U tarbiyalab o’stirgan nihollarning hosili qanchadan-qancha avlodlarni bahramand qiladi. O’qituvchi va murabbiylarning ma'suliyatli, ammo sharafli kasblarini bir mash'alaga qiyos etish mumkin.

"O’qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag’ishlangan tadbirlarni adabiy-badiiy, ilmiy kеchalar, uchrashuv va davra suhbatlari ko’rinishida o’tkazish mumkin.

Bayram tadbirlari o’tkaziladigan ARM lar zali ustoz-murabbiylarni ulug’lovchi, ta'lim-tarbiya to’g’risidagi ibratli so’zlar, bayram mazmuniga mos shiorlar, chaqiriqlar, allomalarimizning hikmatli so’zlari, hadisu shariflardan olingan parchalar yozilgan plakatlar bilan jihozlash mumkin. Tadbirga ota-onalar, o’quvchi yoshlar, yozuvchi, shoirlar, san'atkorlar, mahalla faollari, faxriy ustozlar, "Mahalla", "Oltin mеros" kabi jamg’armalar hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, Ommaviy axborot vakillarini taklif etish mumkin. Sahnaga ko'zlari chaqnab, yuzlarida tabassum balqib, chiroyli kiyingan («boshlang'ich»larni otaliqqa olgan yuqori sinf o'quvchilaridan) ikki boshlovchi chiqib kelishadi.

1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, mehri daryo ustozlar, ko'zining nuri, qalbining qo'ri bilan bizga saboq bergan, berayotgan oqila muallimalar, bugungi kun buyuklarini ham buyuklik sari ilk odim oldirib, yetaklagan aziz o'qituvchilar!

2-boshlovchi: - Assalomu alaykum, tadbirimizga fayz kiritib o’rtirgan mehmonlar, ota-onalar! Bugun biz o'z o'qituvchilarimiz qarshisida ta'zimdamiz. (Qo'lini ko’ksiga qo’yib, biroz engashib, hurmat keltiradi). Ularning biz yoshlarga ko’rsatgan yo'l-yo'riqlari, saboqlari, sabr-bardoshlari qarshisida doimo ta'zimdamiz. Faqat bu his-tuyg'ular, chin yurakdan tan olib aytishimiz joizki, har kuni tilimizdan qo’ymay gapirmasak-da, qalblarimizga umrbod muhrlangan. Mana, bugungi siz – ulug’ insonlarga bag'ishlangan tadbirimiz dillarimiz ummonidan bir tomchi, xolos.

1-boshlovchi:

Haq yo'lida kim senga bir harf o'rgatmish ranj ila,

Aylamak bo'lmas ado oning haqin yuz ganj ila.

Buyuk mutafakkir shoirimiz Mir Alisher Navoiy hazratlari qalamidan to'kilgan bu muborak durlar siz - aziz ustozlar sha'niga bitilgan haqqoniy baho va o’lmas qadriyatdir.

Mehrin sochib yo'limga,

Qalam tutib qo'limga,

Oshno etgan bilimga,

Otaday mehribonim -

O’qituvchi - muallim.

Har kishining ustozi,

Hayot ko'rki, parvozi,

El-ulus mamnun, rozi,

Onaday bebahoyim

O'qituvchi - muallim.

Harfu imto tanitgan,

Orom nirna unutgan.

Bilimin menga tutgan,

Qalbimdagi bayotim

O’qituvchi - muallim.

Qalbi daryo, keng ummon,

Boladay sof, pok iymon.

Har stfzi quwat, darmon,

"Tili bolim, tilloim

-O'qituvchi - muallim.

Uyg'onar dilda havas,

Parvonadir har nafas.

Zahmatlarga basma-bas

Ko'ksi qalqon, qanotim



O’qituvchi - muallim.

Qilamiz Sizga ta'zim!
Download 21,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish