Siyosiy islohotlar. Milliy davlat hokimiyat organlarining barpo etilishi



Download 377.5 Kb.
bet2/3
Sana12.01.2017
Hajmi377.5 Kb.
1   2   3
Xalq-demokratik partiyasidan saylangan 48 kishidan, „Fidokorlar“ milliy-demokratik partiya­sidan saylangan 34 kishidan, „Vatan taraqqiyoti“ partiyasidan saylangan 20 kishidan, „Adolat sotsial-demokratik“ partiyasi­dan saylangan 11 kishidan va „Milliy tiklanish“ partiyasidan saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchi- lar tashabbuskor guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Bu holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko‘payganligini ko‘rsatadi. Bu, o‘z navbatida, Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg‘in o‘tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirdi.

Mazkur sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi qo‘mitalari va komissiyalari tashkil etildi:

  • Budjet, bank va moliya masalalari qo‘mitasi.

  • Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi.

  • Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi.

  • Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va oziq-ovqat qo‘mitasi.

  • Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo‘mitasi.

  • Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo‘mitasi.

  • Ijtimoiy masalalar va bandlik qo‘mitasi.

  • Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi.

  • Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi.

  • Matbuot va axborot qo‘mitasi.

  • Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi.

  • Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqaro- larning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi.

  • Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 30—31- avgust kunlari bo‘lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ shaklida qayta tuzildi).

  • Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissiyasi.

  • Oila va ayollar muammolari komissiyasi.

  • Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.

Ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o‘zining tarkibiy tuzilishi va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar soni jihatidan bi- rinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. Bu mamlakatimizda amalga oshirilayot- gan demokratik islohotlarning tobora chuqurlashib borayotgan- ligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir.

Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari- ning tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 ta partiya fraksiyalari va 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni rivoj- lantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning manfaatlari, intilishlari, muammo- larining yechimlarini topishiga yo‘naltirilgan „Yoshlar ishlari komissiyasi“ning tuzilishi va keyinroq uning „Yoshlar ishlari qo‘mitasi“ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida „Oila va ayollar muammolari komissiyasi“ning tuzilishi oilani mus- tahkamlash, xususan, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ijti- moiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko‘tarish bilan bog‘liq bo‘l- gan muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.

Oliy Majlis tarkibida „Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi“ ning tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonini tez-

lashtirishga ko‘maklashdi.

O‘zbekiston Respubli- O‘zbekistonning mustaqil taraqqiyoti kasi Oliy Majlisining davrida respublika bir palatali parla- qonun ijodkorligi menti yangi jamiyat qurishning ishonchli

huquqiy asoslarini yaratuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi.

Yuqorida qayd etilgan raqamlardan ko‘rinib turibdiki, res­publika parlamenti bir palatali bo‘lsa-da, qonun chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o‘zi talab qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, mustaqillik munosabati bilan dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy bo‘shliq tezroq to‘ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni, tinchlik va barqa- rorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi.

Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko‘ra besh yo‘nalishga bo‘lish mumkin.



Birinchi yo‘nalishga — O‘zbekistonning Davlat mustaqilligini mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida“ Qonun, 1991- yil 31- avgust. 1991- yil 30- sentabrda ushbu qonunga konstitutsiyaviy maqom berish to‘g‘risida qonun qabul qilingan.

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘ri- sida“ Qonun, 1991-yil 18-noyabr.




Oliy Majlis sessiyasi yangi qonun qabul qilmoqda.




  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“

Qonun, 1991- yil 18- noyabr.

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyul.

  • Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida“ va „Muqobil xizmat to‘g‘risida“ Qonunlar, 1992- yil 3- iyul

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi“, 1992- yil 8- dekabr.

  • O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘- risida“ Qonun, 1992- yil 10- dekabr.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘ri- sida“ Qonun, 1993- yil 6- may.

  • Davlat sirlarini saqlash to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 7- may.

  • O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

  • Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida“ Qonun,

  1. yil 2- sentabr.

  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘ri- sida“ Qonun, 1993- yil 28- dekabr.

  • Xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengash- lariga saylovlar to‘g‘risida“ Qonun, 1994- yil 15- may.

  • Milliy xavfsizlik to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 24- aprel. 1997- yil avgust.

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to‘g‘risida“ Qonun, 1999- yil 20- avgust.

  • Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida“ Qonun, 2000- yil 15- dekabr.

  • Mudofaa to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyun. Bu qo­nun 2000- yil 11- mayda yangi tahrirda qabul qilindi.




  1. chizma


Qonun tashabbuskorligi huquqining subyektlari



QONUNCHILIK JARAYONI

  • Sudlar to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 2- sentabr. Maz- kur qonun 2000- yil 14- dekabrda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

  • Prokuratura to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 9- dekabr. Bu qonun 2001- yil 29- avgustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi. Shuningdek, mazkur yo‘nalish bo‘yicha yana bir qator qonun- lar qabul qilindi.


Ikkinchi yo‘nalishga — inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va ommaviy axborot vositalariga doir qonunlar kiradi.

  • Jamoat birlashmalari to‘g‘risida“ Qonun, 1991- yil 15- fevral.

  • O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul.

  • Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyul.

  • Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida“ Qonun, 1994- yil 5- may.

  • O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 5- may.

  • Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ Qonun, 1994- yil 6- may.

  • Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzadigan hara- katlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“

Qonun, 1995- yil 30- avgust.

  • Fuqarolik kodeksi“, 1995- yil 21- dekabr.

  • Mehnat kodeksi“, 1995- yil 21- dekabr.

  • Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 26- de­kabr.

  • Advokatura to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 27- dekabr.

  • Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombud­sman) to‘g‘risida“ Qonun, 1997- yil 24- aprel.

  • Oila kodeksi“, 1998- yil 30- aprel.

  • Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“, 1998- yil 30- aprel.

  • Uy-joy kodeksi“, 1998- yil 24- dekabr.

  • Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida“ Qonun, 2000- yil 26- may.

  • Qonunlar loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘- risida“ Qonun, 2000- yil 14- dekabr.

  • O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida“ Qo­nun, 1991- yil 18- noyabr. Mazkur qonun 2001- yil 30- av- gustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

  • Noshirlik faoliyati to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 2- av­gust.

  • Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida“ Qo-

nun, 1996- yil 2- avgust.

  • Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida“ Qonun,

  1. yil 24- aprel.

  • Jurnalistning kasb faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida“

Qonun, 1997- yil 24- aprel.

  • Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“ Qonun, 1997- yil 26- dekabr va boshqalar.

Uchinchi yo‘nalishga — ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi- yotiga o‘tish, bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchi- lik, xo‘jalik yuritishning yangi mexanizmini yaratishga doir g‘oyat faol rivojlanib borayotgan qonunlar kiradi.

  • Mulkchilik to‘g‘risida“ Qonun, unga 1993- yil 7- may va

  1. yil 23- sentabrda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

  • Korxonalar to‘g‘risida“ Qonun, unga 1994- yil 23- sen­tabrda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

  • Tadbirkorlik to‘g‘risida“ Qonun, unga 1993- yil 7- mayda o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.

  • Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida“ Qonun, 1991- yil 18- noyabr.

  • Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyun, bu qonun 2001- yil 29- avgustda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

  • Auditorlik faoliyati to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul, bu qonun 2000- yil 26- mayda yangi tahrirda qayta qabul qilindi.

  • Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 7- may.

  • Qimmatli qog‘ozlar va birja fondi to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 2 sentabr.

  • Bankrotlik haqida“ Qonun, 1994- yil 5- may.

  • Xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish va rivojlantirish to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 21- aprel.

  • Markaziy bank to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 21- dekabr.

  • Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 23- aprel.

  • Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 25- aprel.

  • Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 27- dekabr.

  • Soliq kodeksi“, 1997- yil 24- aprel.

  • Qishloq xo‘jalik shirkati to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Yer kadastri to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy — huquqiy bazasi to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 29- avgust.

  • Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida“

Qonun, 2000- yil 25- may.

  • Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida“ Qonun, 2001- yil 6- dekabr.

  • Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida“ Qonun, 2001- yil 30- avgust va bosh- qalar.

To‘rtinchi yo‘nalishga — odamlarning ma’naviy, ijodiy im- koniyatlarini ro‘yobga chiqarishga, madaniyat, ta’lim va sog‘liq- ni saqlash muammolariga, aholini ijtimoiy himoyalash masala- lariga doir qonunlar kiradi.

  • Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti asoslari to‘g‘ri- sida“ Qonun, 1993- yil 2- sentabr.

  • Aholining bandligi to‘g‘risida“ yangi tahrirdagi Qonun,

  1. yil 30 aprel.

  • Nogironlarni ijtimoiy himoyalash to‘g‘risida“ Qonun.

  • Yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to‘g‘risida“ Qonun,

  • O‘zbekiston Respublikasida bayram kunlari to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul.

  • Davlat tili to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 21- oktabr,

  1. yil 21- dekabrda yangi tahrirda qabul qilindi.

  • Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida“ Qonun, 1993- yil 2- sentabr, unga 1995- yil may oyida o‘zgartirishlar kiritildi.

  • Ta’lim to‘g‘risida“ Qonun, 1997- yil 27- avgust.

  • Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ haqidagi Qonun,

  1. yil 27- avgust.

  • Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 29- avgust.

  • Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida“

Qonun, 1997- yil 25- aprel.

  • Arxivlar to‘g‘risida“ Qonun, 1999- yil 15- aprel.

  • Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 14 yanvar. Mazkur qonun 2000- yil 26- mayda yangi tahrirda qabul qilindi.

  • Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida“ Qonun, 2001- yil 30- avgust va bosh- qalar.

Beshinchi yo‘nalishiga — O‘zbekistonning xalqaro munosa- batlariga, tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyatiga, chet ellik sar- moyadorlar bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishga doir qonunlar kiradi.

  • O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplo- matiya vakolatxonalari boshliqlarini tayinlash va chaqirib olish tartibi to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 2- iyun.

  • O‘zbekiston Respublikasining diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabani belgilash to‘g‘risida“ Qonun, 1992- yil 3- iyul.

  • Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida“ Qonun.

  • O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida“ Qonun, 1995- yil 22- dekabr.

  • Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 25- aprel.

  • O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy prinsiplari to‘g‘risida“ Qonun, 1996- yil 26 dekabr.

  • Chet el investitsiyalari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel.

  • Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida“ Qonun, 1998- yil 30- aprel va boshqalar.

Mazkur qonunlar jamiyatimizda xalq hokimiyati, qonun ustuvorligi tamoyillarining qaror topishiga, shaxs erkinligi va huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qilmoqda. Yangi qonun hujjatlari, bir tomondan, mamlakatimizda ma’muriy-buyruq- bozlik tizimining hukmronlik qilishiga chek qo‘yish, ikkinchi tomondan, milliy davlatchiligimizning eng yaxshi an’analari, o‘zbek xalqining ma’naviy-madaniy qadriyatlarini tiklash, uchinchi tomondan, xalqaro huquq normalarini hamda umum e’tirof etilgan demokratik va insonparvarlik qadriyatlarini inobatga olish yo‘lida rivoj topdi. Respublika parlamenti jamiyatimizda si- yosiy muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida mustahkamlandi.

Prezident Islom Karimov 2000- yil Ikki palatali parla- 25- may kuni ikkinchi chaqiriq O‘z- ment haqida bekiston Respublikasi Oliy Majlisining

ikkinchi sessiyasida ikki palatali par- lament tuzish g‘oyasini ilgari surdi. Bu demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish tamoyiliga mos ravishda respublika parlamentini ikki palatali asosda yanada tako- millashtirishni nazarda tutgan g‘oyadir.


  1. yil 6—7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi cha­qiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish masalasi muhokama qilindi. Sessiya ikki palatali professional parlament faoliyati uchun eng zarur bo‘lgan omil — yuqori malakali siyosatshu- noslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllanib yetilgan- ligini, jamiyatimizda huquqiy madaniyat darajasining ortgan- ligini inobatga oldi va parlamentni ikki palatali qilib tuzish zarur, degan xulosaga keldi.

Ikki palatali parlamentning bir qator ijobiy tomonlari bor:

  • populistik maqsadni, ayrim guruhlar manfaatini ko‘z- lovchi, mukammal bo‘lmagan qonunlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi;

  • mamlakat mintaqalari (viloyatlar, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi)ning manfaatlari to‘laroq ino- batga olinadi;

  • milliy davlatchilik institutlari tizimi o‘rtasida parla- mentning nufuzi ortadi, qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyati o‘rtasidagi munosabat mutanosiblashadi;

  • parlament qabul qilayotgan qonunlarning sifatini yaxshi- lashga, xalqning xohish-irodasini to‘laroq namoyon bo‘lishiga imkon beradi;

  • parlament ishida demokratik fikrlar xilma-xilligi ko‘proq namoyon bo‘ladi;

  • jamiyatni liberallashtirishni tezlashtiradi;

  • deputatlar faoliyatini professionallashga, siyosatchilar tabaqasini shakllantirishga ko‘proq imkoniyat yaratadi.

Oliy Majlis 2002- yil 27- yanvar kuni kelgusi chaqiriqda ikki palatali parlamentni shakllantirish masalasi bo‘yicha O‘zbekis- ton Respublikasi referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Referendumda ovoz berish byulleteniga „Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan savol kiritildi.

Referendum 2002- yil 27- yanvar kuni keng demokratik asosda, ochiq va oshkora, keng jamoatchilik vakillari, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, fuqarolarning tashabbuskor guruhlari kuzatuvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga kiritilgan 13.266.602 nafar fuqarolarning 12.113.070 nafari yoki 91,58 foizi ishtirok etdi.



Siz kelgusi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi parlamen­ti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?“ degan masala yuzasidan ovoz berishda qatnashgan fuqarolarning 11.344.242 nafari yoki 93,65 foizi yoqlab ovoz berdi. Say- lovchilar ikki palatali parlament tuzish masalasini qo‘llab- quvvatladilar.

2002- yil 4—5- aprel kunlari bo‘lib o‘tgan ikkinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi ses­siyasida



Download 377.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik