Sitologiya va genetika asoslari



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
Sana31.12.2019
Hajmi0,67 Mb.
#31816
Bog'liq
xrpt fb4j8bno9ohyicy7ajjblk4fjharo26v3z611iezzmm9ob5okeryoj51r6g8xcsn2merxiflvtk


O‘ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  XALQ  TA’LIMI  VAZIRLIGI

NAVOIY VILOYAT  PEDAGOG  KADRLARNI  QAYTA

TAYYORLASH  VA  MALAKASINI  OSHIRISH  INSTITUTI

SHOHISTA  HASANOVA

BIOLOGIYA DARSLARIDA

AXBOROT VA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH



(“

SITOLOGIYA  VA  GENETIKA  ASOSLARI”)

UMUMTA’LIM  MAKTABLARINING  BIOLOGIYA  FANI

O‘QITUVCHILARI UCHUN USLUBIY  QO‘LLANMA

Toshkent


“Yangi asr avlodi»

2012


UDK:  372.857.

BBK: 28 c.

Hasanova  Sh. 

Biologiya  darslarida  àxborot  va  innovatsion

texnologiyalardan foydalanish. / O‘quv qo‘llanma. – T.: «Yangi asr

avlodi», 2012. – 128 b.

ISBN  978-9943-08-895-5

Ushbu  uslubiy  qo‘llanma  umumta’lim  maktablarining  biologiya  fani

o‘qituvchilari  uchun  mo‘ljallangan  bo‘lib,  unda  dars  soatlarini  to‘g‘ri

rejalashtirish, uzviylashtirilgan DTS talablari asosida o‘quv mashg‘ulotlarini

tashkil  etish  belgilab berilgan.

Shuningdek  9-sinf  biologiya  darslarida  axborot  va  innovatsion

texnologiyalardan  foydalanishga  doir  tavsiyalar,  dars ishlanmalar  hamda

darslik  bo‘limlari  bo‘yicha  bilimlarini  tekshirish  uchun  testlar  berilgan.



UDK: 372.857.

BBK: 28 c.

Taqrizchilar:

I.SAPARBOYEV,

Respublika ta’lim markazi “Tabiiy va aniq fanlar”

bo‘limi biologiya  fani bosh  metodisti

D.IKROMOVA,

Toshkent  shahar  Uchtepa  tumanidagi  75-sonli

maktabning  biologiya  fani  o‘qituvchisi

Mas’ul  muharrir:

A.ILYASOV,

biologiya  fanlari  doktori

Respublika ta’lim markazi biologiya fani bo‘yicha ilmiy-metodik

kengashining 4-sonli yig‘ilish qarori asosida foydalanishga tavsiya etildi.

ISBN  978-9943-08-895-5

©  Sh.B.Hasanova,  «Biologiya  darslarida  axborot  va  innovatsion

texnologiyalardan  foydalanish». «Yangi  asr avlodi»,  2012-yil.

Kitobxon.Com


KIRISH

Prezidentimiz  Islom  Abdug‘aniyevich  Karimov  “Barkamol

avlod–O‘zbekiston  taraqqiyotining  poydevori”  nomli

O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  9-sessiyasida

so‘zlagan nutqida yoshlarga katta ishonch bildirib, O‘zbekiston

kelajagi  yoshlar  qo‘lida  ekanligini  ta’kidlar  ekan,  avvalo,

yoshlarni shunday ishonchga javob bera oladigan insonlar qilib

yetishtirish o‘qituvchi va tarbiyachilarning fidokorona mehnati

bilan  bog‘liqligini    nazarda  tutadi.  Jamiyatimiz  talab

etayotgandek  har  tomonlama  yetuk,  komil  insonni  tarbiyalab

yetishtirishda  o‘qituvchining  o‘rni  beqiyosdir.

Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda yosh

avlodga  chuqur  bilim  beradigan,  fikrlash  doirasi  keng,  kasbiy

ko‘nikmalarga  ega  bo‘lgan,  huquqiy  demokratik  jamiyat

a’zolarini    ozod  va  erkin  yashashga,  mustaqil  fikr  yuritishga

o‘rgata  oladigan  yuqori  malakali  mutaxassislarni  tayyorlash

asosiy  vazifa  qilib  belgilangan.  Zamon  shiddat  bilan  o‘zgarib

borar  ekan,  ta’lim  sohasi  ham  u  bilan  barobar  o‘zgaradi  va

o‘qituvchidan o‘z faoliyatini o‘zgartirishni talab etadi. O‘zbek

pedagogikasi  rivojiga  katta  hissa  qo‘shgan  Abdulla  Avloniy

o‘zining  “Turkiy  guliston  yoxud  axloq”    asarida  “Bolalarda

fikrlash  qobiliyatini  o‘stirish  va  bu  tarbiya  bilan  muntazam

shug‘ullanish benihoya zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin,

u  muallimlarning  “Diqqatlariga  suyalgan,  vijdonlariga

yuklangan muqaddas bir vazifadir… Negaki, fikrning quvvati,

ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog‘liqdir” degan edi.

Hozirgi davr har bir kasb egasidan tadbirkorlik, bilimdonlik

va kasbiy mahoratni takomillashtirib borishni talab etadi. Bugun

o‘qituvchining asosiy vazifasi faqat ta’lim berishgina emas, balki

boshqaruvchilikdan  ham  iborat  bo‘lib,  u  ta’lim  jarayonini

to‘g‘ri tashkil qilish va boshqarishni  talab etmoqda. Bu ishlarni

amalga  oshirish  maqsadida  mamlakatimizda  O‘zbekiston

3

Kitobxon.Com



4

Respublikasi  Xalq  ta’limi  vazirligi  hamda  BMTning  Bolalar

jamg‘armasi  (YUNISEF)  hamkorligida  “Bolaga  do‘stona

munosabatdagi  maktab”  dasturi  asosida  samarali  ishlar  olib

borilmoqda.  Bu  dasturda  darslarni  samarali  tashkil  etish,

interfaol  metodlardan  o‘rinli  foydalanish  masalalariga  katta

e’tibor  qaratilmoqda. Ushbu  qo‘llanmada yuqoridagi  talablar

asosida  darslarni tashkil etish, modernizatsiya qilingan Davlat

ta’lim  standarti    talablari,  pedagogik  texnologiya,  interfaol

metodlar, innovatsion texnologiya to‘g‘risida  tushuncha  yoritib

berilgan.

9-sinfda  biologiya  darslarini  olib  borish  uchun  tavsiyalar,

dars  ishlanmalar  testlar  berilgan  bo‘lib,  undan  biologiya

o‘qituvchilari  foydalanishlari  mumkin.

Ushbu uslubiy qo‘llanmani tayyorlashga yaqindan yordam

bergan  pedagogika  fanlari  doktori,  professor  X.Ibragimov,

biologiya fanlari doktori, dotsent A.Ilyasov hamda psixologiya

fanlari  nomzodi,  dotsent  F.Ro‘ziqulovlarga  muallif  o‘z

minnatdorchiligini  bildiradi.

Qo‘llanma  haqida  bildirilgan  fikr–mulohazalar  uchun

minnatdorchilik  bildiramiz.

Muallif

Kitobxon.Com



5

BIÎLÎGIYA  TA’LIMIDA  INNÎVATSIÎN

YO‘NALISH

Mustaqillikka  erishgan  O‘zbekistînda  fuqarîlik  jamiyatini

shakllantirish hamda huquqiy demîkratik davlat qurish uchun

ta’lim-tarbiya  ustuvîrligi  ta’minlanibgina  qîlmay,  balki

ijtimîiy  buyurtma  sifatida  butun  jamiyatni  pedagîglashtirish

yuzaga  keldi.  Bu  yosh  avlîdni  barkamîl  insîn  qilib  vîyaga

yetkazish jarayonini yangi pedagîgik tadbirlar bilan ta’minlash

zarur  deganidir.  Pedagîgik  teõnîlîgiyaning  mamlakatimiz

ta’lim-tarbiya sîhasiga  to‘g‘ri  jîriy qilinishi:

- jamiyatimiz intelluktual salîhiyatini ro‘yobga chiqarishda

katta  ahamiyat kasb etadi;

-  jamiyatda  mustaqil  fikrlîvchi  erkin  shaõsning

shakllanishiga  îlib  keladi;

-  insînni kamîlît  sari  yetaklab, hayotda o‘z o‘rnini tîpish

jarayoni  tezlashadi;

-  fuqarîlik  jamiyati  shakllanishini  hamda  huquqiy

demîkratik  davlat  qurishni  ta’minlaydi;

- ijtimîiy-siyosiy iqlimga ijîbiy ta’sir etib, mamlakatimizda

mavjud  ijtimîiy  muhit  butunlay  yaõshi  tîmînga  o‘zgaradi.

Pedagogik  texnologiya  hozirgi  zamondagi  didaktika  va

pedagogika  taraqqiyotining  mahsuli.  Uni  pedagogikaning

hozirgacha  mavjud  bo‘lgan  hamda  takomillashib  kelayotgan

barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalarni yanada

yuqoriroq darajada amalga oshirish yo‘lidagi yangi bosqich deb

hisoblash  mumkin.

Shu  nuqtai  nazarlardan  pedagogik  texnologiyani,  avvalo,

hozirgi  pedagogika  fani  taraqqiyoti  natijasida  hosil  bo‘lgan

yangi yo‘nalish deb hisoblagan holda, uning o‘ziga xos bo‘lgan

tamoyillari,  qoidalarini  chuqur  o‘rganib  borish,  pirovardida

qonuniyatlarini  aniqlash  yo‘lidagi  muammolarni  yechish

lozimligi  ko‘rinib  turibdi.

Pedagogik  texnologiya,  avvalo,  ta’lim-tarbiyani  yanada

rivojlantirish  ehtiyojlarini  qondirish  yo‘lidagi  insonlar

(pedagoglar,  ota-onalar,  jamoatchilik)  faoliyatidan  iborat

ijtimoiy  hodisa  hisoblanishi  lozim.


6

Har qanday ijtimoiy hodisalar kabi pedagogik texnologiyada

ham  ilmiy  jihatdan  o‘rganuvchi  fan  sohasi  mavjud  bo‘lib,

pedagogik  texnologiya  fani  deb  nomlanadi.  80-yillarning

boshidan  pedagogik  texnologiya  deb  ta’limning  kompyuterli

va axborot  texnologiyalarini yaratishga aytilgan.

Shu aytilganlar asosida pedagogik  texnologiya bir jihatdan

o‘quv  jarayonida  texnika  vositalaridan  foydalanishning

kengayib  borishini  ifodalab,  uni  ta’limdagi,  o‘qitishdagi

texnologiya  deb  nomlash  mumkin  bo‘lsa,  ikkinchidan,  ta’lim

texnologiyasi  yoki  pedagogik  texnologiya  degan  nom  o‘quv

jarayonining o‘zini qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa

chiqarish  mumkin.

Pedagogik  texnologiya  bu  o‘qituvchi  (tarbiyachi)ning

o‘qitish  (tarbiya)  vositalari  yordamida  o‘quvchi  (talaba)larga

muayyan  sharoit  va  ketma-ketlikda  ta’sir  ko‘rsatish  va  bu

faoliyat  mahsuli  sifatida  ularda  oldindan  belgilangan  shaxs

sifatlarini  shakllantirish  jarayonidir  (N.Saydahmedov).

Pedagogik  texnologiyada  pedagogik  munosabatlarni

insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirishga  katta  e’tibor

beriladi.  Pedagogik  munosabatlarni  insonparvarlashtirish  har

bir  o‘quvchining  sifatli  ta’lim  olishini  ta’minlaydi.  O‘quvchi

uchun  erkin  muhit  va  o‘z  fikrini  erkin    bayon  etish  imko-

niyatlarini  yaratadi.  Ta’lim-tarbiya  sohasida  pedagogik

munosabatlarni  insonparvarlashtirish  va  demokratlashtirish

o‘zida  falsafa,  psixologiya  va  pedagogikaning  insonparvarlik

g‘oyalarini  mujassamlashtiradi.  Bu  g‘oyalarning  diqqat

markazida mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga  ega bo‘lgan,

ongli  yashaydigan  komil insonlarni  voyaga yetkazish  maqsadi

va  vazifasi  turadi.  Pedagogik  munosabatlarni    insonpar-

varlashtirish va demokratlashtirish orqali pedagogik jarayonda

hamkorlik, g‘amxo‘rlikning vujudga kelishi, o‘quvchilar shaxsini

hurmat  qilish  va  e’zozlash  orqali  shaxsning  tahsil  olishi,  ijod

qilishi  va  o‘z-o‘zini  rivojlantirishga  qulay    ijtimoiy-psixologik

va do‘stona muhit yaratiladi. Mazkur jarayonda  o‘quvchi o‘z

o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va o‘qituvchi bilan  yagona

ta’lim  jarayoninig ikkita subyekti hamkorlikda o‘quv tarbiyaviy

vazifalarni hal etadi. O‘qituvchi pedagogik texnologiya asosida



7

ishlashi uchun, avvalo, o‘quvchida  motivni shakllantira olishi

lozim.  Motiv  biror  faoliyat,  harakatni  amalga  oshirishga

undovchi  sabablar  yig‘indisidir.

Pedagîgik teõnîlîgiya pedagîgik amaliyotga savîdli tatbiq

qilinsa,  mamlakatimizda  ta’lim  sîhasida  tub  o‘zgarishlar  yuz

berib,  o‘qituvchi  faîliyati  yangilanadi,  uning  yordamida

yoshlarda  bilimga  chanqîqlik,  hurfikrlilik,  aõlîqiylik,  milliy

g‘urur,  vatanga  muhabbat,  insînparvarlik  tuyg‘ulari

shakllanadi.

Hîzirgi  zamîn  mutaõassislari    faîliyat  dîirasi  qanday

bo‘lishidan  qat’i  nazar,  aõbîrît  teõnîlîgiyalari  to‘g‘risidagi

keng  ko‘lamdagi  bilim  va  ko‘nikmalar  hamda  ulardan

fîydalanish bîrasidagi malakalarga ega bo‘lishi davr talabidir.

Jamiyatning tîbîra infîrmatizasiyalashib bîrishi uzluksiz ta’lim

tizimida  ham  aõbîrît  kommunikatsion  teõnîlîgiyalardan

unumli  fîydalanish  zaruratini  keltirib  chiqarmîqda.

BIÎLÎGIYA  TA’LIMIDA  AKT (AXBOROT

KOMMUNIKATSION  TEXNOLOGIYALAR)DAN

FOYDALANISH

Biîlîgiya  tirik  mavjudîtlarning  atrîf-muhit  bilan  o‘zarî

alîqalarini  o‘rganuvchi  ilmiy-tadqiqît  fani  hisîblanadi.  Bir

o‘lcham  tasvirlariga ega darslik yordamida o‘rganishda barcha

îrganlar qismlarini va ularning funksiyalarini  tushunish qiyin.

Biîlîgiya  darsliklarida  tasvir  va  diagrammalar  ko‘p.  Îdam

tanasining uch o‘lchamda tasvirlangan va har bir îrgan faîliyati

aks  ettirilgan  virtual  taqdimîtini  tasavvur  qiling.  Bunday

taqdimîtlarni  o‘quvñhilar  uzîq  vaqt  esda  saqlaydilar.

Hujayraning  tuzilishini  darslikdan  o‘qib  tushunish  birmuncha

murakkab. Ko‘rgazmali tasvirlardan  fîydalanilsa, tasavvurlar

yanada  yorqin  va  tushunarli  bo‘ladi.  Hîzirda  avvalgidek  sinf

taõtasida bo‘r bilan yozish va ko‘rgazma rasmlardan fîydalanish

vaqti  o‘tdi.

O‘qituvchilar  yanada  samarali  o‘qitish  uchun  prîektîrlar

va  AKTdan  fîydalanib,  jînli  o‘quv  sinflarini  tashkil  etishi

lîzim.


8

AKTdan fîydalanish kundalik hayotimizning dîlzarb talabi

hisîblanib,  jamiyatni  glîballashtirishda  muhim  rîl  o‘ynaydi.

O‘quvchilar  yangi  tushunchalar  haqida  rasmiy  bilimlarni

to‘plamasdan,  balki  ularni  tushunib  îlishlari  juda  muhim.

Biîlîgiya fanini o‘qitish yanada samarali bo‘lishi uchun o‘quv

mashg‘ulîtlari davîmida o‘qituvchilar AKTni ishlab chiqishlari

va undan fîydalanishni rag‘batlantirishlari  zarur.

Biîlîgiya  fani  o‘qituvchilari  dars  o‘qitish  uchun  samarali

AKT yaratishlari uchun Ms Word, Ms Excel, Ms Power Point,

Flash, Movie Maker kabi turli dasturiy ta’minîtlardan va bîshqa

“Veb”  vîsitalardan fîydalanishlari  mumkin.

AKT  o‘quvchilarni  rag‘batlantiradi  va  ularning  qiziqishini

îshiradi.

AKT  o‘quvchilarni  kelajakdagi  faîliyatiga  tayyorlashga

ko‘mak beradi. Hîzirgi  zamînda  mehnat faîliyati o‘quvchilar

qîniqish  bilan  ishlatayotgan  kompyuterlar,  teõnîlîgiyalar,

dasturlar  va  qurilmalar  yordamida  bîshqariladi.  AKT    XXI

asrning yangi ta’lim berish vîsitasidir.

AKT o‘rganish va o‘qitishning yangi imkîniyatlarini îchib

beradi.

AKT o‘qituvchilarning kasbiy o‘sishi uchun ularga o‘z fanlari



bo‘yicha  o‘qitishning  yangi  usullarini  kiritishga,  yangi

yondashuvlarni  qo‘llashga,  g‘îyalarni  ro‘yobga  chiqarish  va

yangi  ko‘nikmalarni  rivîjlantirishga  imkîniyat  yaratadi.

AKT  o‘z  resurslaridan  îqilîna  fîydalanishga  imkîniyat

yaratadi.

AKT o‘quv jarayonini îqilîna bîshqarish va nazîrat qilish

îrqali  vaqtni    hamda  mablag‘ni  tejaydi.  AKT  darslarga

tayyorgarlik  jarayonini  qisqartiradi  va  o‘qish  jarayonini

o‘quvchilar  uchun  qiziqarli  hamda  ko‘ngil  îchar  qiladi.

AKT  mîslashuvchandir.  AKT  turli  yoshdagi  o‘quvchilar,

turli  darajada  o‘qituvchilar  uchun  mîslashtirilishi  mumkin

hamda  ta’lim  jarayonida  o‘qituvchilar  va  o‘quvchilar  uchun

ko‘makdir.


9

BIÎLÎGIYA  DARSLARIDA  INNÎVATSIÎN

TEXNOLOGIYALAR

Hîzirgi davrda insîn va aõbîrît bazasi o‘rtasida muvîzanat

ham  ijîbiy,  ham  salbiy  munîsabatlar  asîsida  bir-biriga  ta’sir

kuchini ko‘rsatmîqda. Hîzirda ayrim statistik ma’lumîtlarga

ko‘ra bu ko‘rsatkich jahîn miqiyosida 70% ni tashkil etayotgan

bo‘lsa,  kelajakda  esa  85%  gacha  ko‘tarilish  prîgnîzlari

berilmîqda.  Planetamizda  esa  qabul  qilinayotgan  va

yubîrilayotgan infîrmatsiyalarni qayta ishlash muammîlariga

bag‘ishlangan  seminarlar,  simpîziumlar,  anjumanlar  va

hîkazîlarning  uyushtirilishi  bir  tîmîndan  ilmiy-didaktika

sîhasidagi  jamiyat  a’zîlarini  chuqurrîq  o‘ylashga  chîrlasa,

ikkinchi  tîmîndan  yubîrilayotgan,  qabul  qilinayotgan

aõbîrîtlarning sifat va saviyasini tahlil etib, adaptatsiya etishga

qaratilgan tadqiqît natijalarini bizga havîla etmîqda. Masalan,

Rîssiya  Federatsiyasida  îlib  bîrilayotgan  biîlîgik  ta’limni

takîmillashtirishda innovatsion va aõbîrît teõnîlîgiyalaridan

fîydalanishning  îptimal  variantlarini  o‘zlarining  asîsiy  ish

tajribalari  hamda  ilmiy-tadqiqît  ishlari  natijalariga  tayangan

hîlda ta’lim jarayoniga tadbiq etilayotgani biîlîgik ta’limning

takîmillashtirilishidagi õalqarî talablarga qo‘shilayotgan ijîbiy

hissa deb hisîblaymiz.

ÕÕI asrdagi infîrmatsiîn  teõnîlîgiyalarning shiddat  bilan

o‘sib  bîrayotganligi,  intensiv  va  ahamiyatli  ravishda  aõbîrît

tizimi ta’sirining shaõs kamîlîtiga ijîbiy va salbiy ta’siri hamda

ularning ijtimîiy (sîsial) muammî sifatida emas, balki ekîlîgik

muammî  sifatida  õavf  va  õatarlari,  shuningdek,  yosh  avlîd

tarbiyasiga ta’siri haqida tadqiqîtchi A.A. Jurin tadqiqîtlarida

batafsil  bayon  etilgan.

Yuqîrida  bayon  etilganidek,  hîzirgi  davrdagi  ta’lim

jarayoniga ko‘p tillilik sharîitida, infîrmatsiîn teõnîlîgiyaning

îliy  nuqtasi  Internet  hamda  elektrîn  pîchtalar  îrqali  qabul

qilinayotgan  materiallarning  ta’lim  jarayoniga    ijîbiy,  yoki

salbiy ta’sirini ko‘rsatuvchi pedagîgik qarashlar ham o‘z vaqtida

ayrim    kamchiliklarni  bartaraf  etishga  muhtîj  bo‘lmîqda.

A.Jurin pedagîgik nuqtayi nazardan yondashib o‘quvchilarning


10

ta’lim jarayonida aõbîrîtlarni qabul qilishni asîsan ikki katta

îqimga  bo‘ladi.  Bu  asîsan  ta’lim  îluvchilar  fan  asîslarini

o‘rganishda ma’lumîtlar hamda ma’lumîtlar bazasini didaktik

manbalar,  darslik,  qo‘llanmalar,  didaktik  tarqatma  vîsitalar,

shuningdek,  biîlîgiya  fani  uchun  yaratilgan  audiîvizual

vîsitalar,  o‘qituvchilar  va  o‘quvchilarning  mustaqil  bilim

îlishlari  uchun  yaratilgan  qo‘llanma  va  didaktik

ko‘rsatmalardan  îladi.  Tadqiqîtchining  ko‘rsatishicha

aõbîrîtlar îqimi fan yuzasidan o‘quvchiga zamînaviy aõbîrît

tizimi Internet îrqali îlinishi ham ko‘zda tutilgan. Tadqiqîtchi

46  o‘quvchi  o‘rtasida  so‘rîvnîma  o‘tkazib,  quyidagicha

ma’lumîtlarni  îlgan.  10  nîmdagi  aõbîrît  manbalaridan  3

nîmdagisi  o‘quvchilar  uchun  fîydali  ekanligi,  shuningdek,

o‘quvchilarning qo‘lidan keladigan darajada ekanligi ko‘rsatib

o‘tiladi


1

. Biz ham biîlîgiya fani bo‘yicha shunday so‘rîvnîmani

32  o‘quvchi  o‘rtasida  îlib  bîrganimizda,  quyidagicha  natija

berdi:  50%    o‘quvchi  “Genetika”  fani  bo‘yicha  yangi

infîrmatsiya  (aõbîrît)larni  do‘stlari  va  sinfdîshlaridan,  41%

o‘quvchi esa televideniya va îmmaviy aõbîrît vîsitalari îrqali

îlamiz,  degan  ma’lumîtni  berdi.

Demak,  rîssiyalik  tadqiqîtchi  A.Jurin  metîdi  asîsida  îlib

bîrgan  kuzatishlarimizda  metîdik  jihatdan  ham,  pedagîgik

jihatdan ham talabga javîb beradigan ijîbiy natijalar bîrligiga

ishîndik.  O‘quvchilarga  aõbîrît  îlishlari  sifatini  yaõshilash,

albatta,  fan  asîslarini  o‘rganishning  eng  yaõshi  va  îptimal

metîdik (uslubi) õususiyati hisîblanadi. Biîlîgiya ta’limi davlat

ta’lim  standartlari  talablarini  mukammallashtirish  jarayonida

o‘quvchilarning  infîrmatsiîn  –  kîmmunikativ  faîliyatlarini

shakllantirishga  qaratilgan  metîdistlar,  îlimlar  hamda  ilg‘îr

o‘qituvchilarning  tajribalari  asîsidagi  fikrlarini  hisîbga  îlish

ham  ijîbiy natija  beradi.

Rîssiya  Federatsiyasi  biîlîgiya  maktab  ta’limi  jarayonini

takîmillashtirishga qaratilgan kuzatishlarda îmmaviy aõbîrît

vîsitalari  va  Internet  õabarlaridan  îlinayotgan  infîrmat-

1

 Jurin A.A. Ko‘rsatilgan manba. 89-94 betlar.



Bu tanishuv parchasidir. Asarning to‘liq versiyasi

https://kitobxon.com/oz/asar/2160

 saytida.

Бу танишув парчасидир. Асарнинг тўлиқ версияси

https://kitobxon.com/uz/asar/2160

 сайтида.

Это был ознакомительный отрывок. Полную версию

можно найти на сайте



https://kitobxon.com/ru/asar/2160

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish