Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”


Beruniyning “Javohirotlar kitobi”da ijtimoiy - siyosiy va falsafiy qarashlarini aks etishi



Download 457 Kb.
bet9/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
#167935
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
“АБУ РАЙҲОН БЕРУНИЙНИНГ ИЖТИМОИЙ-СИЁСИЙ, ФАЛСАФИЙ ВА ТАБИИЙ-ИЛМИЙ ҚАРАШЛАРИ”

3.1. Beruniyning “Javohirotlar kitobi”da ijtimoiy - siyosiy va falsafiy qarashlarini aks etishi.
Ijtimoiy adolat haqida Beruniy ÿz fikrlarini quyidagicha hikoya qiladi: “Mag’ribning uzoq, mintaqalarining birida yashaydiganlar haqida hikoya qilishlaricha, u erdagi o’lkani idora qilish a’yonlar va er egalari o’rtasida navbatma-navbat bir-biriga o’tib turarmish, kimga navbat kelsa, ÿsha joyga xujum uyushtirarmish. Vakolat muddati tugashi bilan o’z-o’zidan o’lkani idora qilish amalidan tushib, minnatdorchilik bilan sadaqa berar va o’z ahli orasiga qaytar, shu bilan gÿë kishandan bo’shaganday hursand bo’lar va ÿz ishi bilan band bo’lar edi”1.

Ushbu parchadan ma’lum bo’lishicha, Beruniyning mamlakatni demokratiya usulda idora qilish tushunchasi qadimgi davrlardagi Afina, o’rta Osiyo va shimoliy Italiya shaharlarida ko’ringan davlatlar tuzilishiii o’rganish tu- fayli hosil bo’lgan desa bo’ladi.

“Birovni zo’rlab va yollab ishlatish doimiy bo’lmay, beqarordir. Yo’qsa, talablarning oshishi va ularning har xil vaqtda paydo bo’lishi, shuningdek, ba’zan birovning bohida bÿlgan narsaga ehtiyotsizligi - bularning hammasi odamlarni, ÿsha narsalarning umumiy qiymatini topishiga, ayrim xollarda uning o’rniga o’tadigan umumiy jihatlarining badal topishiga olib kelgan. Buning natijasida odamlarga kÿprok maroq beradigan, go’zal, lekin uzoq vaqt bir xilda turadigan narsalarni tanladilar”2.

Bu fikr bilan Beruniy kishilarning maqsad va istaklari har xil bÿlganidan ularning talablari oshdi, oltin va kumush ayirboshlash va savdodagi ahamiyatini tushuish ko’paydi, demoqchi. Keyinchalik ba’zi odamlarda oltin va kumush hirs oshdi. Bu esa ohir-oqibatda yomonlik va tubanlik manbai bÿlib qoladi, deb isbotlaydi.

Beruniy xulosasi asosan oltin va kumushga asl qimmati insonlarga xizmat qilishda, savdo ehtiyojlarini utishidadir. Ammo oltin va kumushga hirs quyish, ularni to’plab, boylik orttirish faqat yomonlik, tubanlik, kishilar o’rtasida tengsizlik, adolatsnzlikning asosidir, degan qimmatli fikrni ilgari surgan. Shunisi qizikki, Beruniy birovni zÿpliκ va yollab ishlatishning doimiy bÿlmacligi va barqaror emasligi, feodal zulm sharoitida aytganligi bilan diqqatlidir.

Abu Rayxon Beruniyning ijtimoiylik, ahloq va odobning asosiy masalalari buyicha qarashlari insoniylik tuyg’ulari bilan kurilgan. U xalqlar bilan do’stlikni yoqlab, xukmdorlarning ÿzaro urushlariga qarshi chiqadi. Uning ijtimoiy qarashlari markazida inson, insoniy jamiyat yotadi.

Beruniy barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan yaratiladi va insonning qadr- qimmati avlod-ajdodlarining kim bo’lganligi bilan emas, balki mehnati bilan belgilanadi, deb hisoblaydi. U jahondagi xalqlarning fan va madaniyat tarixiga, rivojiga ko’shgan hissalari haqida gapirganda, xech kimga yon bosmagan xolda, barchasiga hurmat bilan gapirganini yaxshi bilamiz. Shuning uchun bo’lsa kerak, olimlar B.M.Kedrov va B.A.Rezenford xaqli ravishda ”Sharq Uyg’onish davrining farzandi Beruniy Evropa Renessansiga juda yaqin”, deb ta’kidlaydilar.

Beruniyning ijtimoiy qarashlari xalqlar orasida dÿctliκ bo’lishni istashida, do’stlikni kuylashida ko’rinadi. U “Er - bu bizning erimiz, din - bu bizning e’tiqodimiz, fan - bu bizning mashg’ulotimiz”- deb, baho beradi. Shunday qilib, Beruniyning tabiiy-ilmiy va ijtimoiy- falsafiy qarashlarini qisqacha ÿrganib chiqishning o’ziyoq olim ÿz davridagi taraqqiyparvar ijtimoiy kuchlar tashviqotining ifodachisi ekanligidan, hayotdan ancha olg’a ketganligidan dalolat beradi.

Atoqli rus olimi S.P.Tolstovning ta’kidlashicha, Beruniy asarlarida uning qarmatlar (islom dinidagi oqim) mazhabiga mansubligi haqida ma’lumotlar berilgan, biroq uning diniy hurofatlarga nafrat bilan qarashi, barcha dinlarning tengligi haqidagi g’oyalari, dualizm va panteizm ortodoksal islom ruhiga begonadir.

Beruniyning ijtimoiy-falsafiy g’oyalarida fan va madaniyat, ta’lim-tarbiya va tarixida, ularning rivojlanishida birmuncha qimmatli ta’sir ko’rsatganligini tasdiqlaydi.

Beruniy ruh masalalariga ham kÿp qiziqish bilan qaraydi. Eng avvalo, Yunon va Rim, Sharq olimlari, jumladan Muhammad Xorazmiy, Forobiy va boshqa mutafakkirlarning asarlarini qunt bilan ÿrgangan va ruhiyatga doir qarashlarining ahamiyatini tushunib etgan. Qolaversa, insonni o’qitishda va tarbiyalashda odam ruhiyatini bilish zarurligini aytgan. Bulardan tashqari insonlar bilan ÿzaro munosabatlarda ruhiy jarayonlarni bilish lozim ekanligini yaxshi tushungan. Beruniy ruhiy jarayonlarni barcha hayvonlarga va odamlarga xos deb biladi. Hayvon ruhiyati ongsiz xarakterda, insonda esa ongli, inson mantiqiy fikrlashga, mantiqiy xulosalar chiqarishga qodir, odamda aktiv asab xizmatlari mavjud, deb kÿrcatadi1.

Beruniy ruhiyat qarashlarini ruh olimi sifatida emas, balki yirik faylasuf sifatida talqin etadi. Uning “Hindiston”, “Mineralogiya”va ”Atrafxim” degan kitob va risolalarida o’zining ruh haqidagi qarashlari, ruhiyatning ba’zi muhim masalalarini bilish va tafakkur jarayonlari haqida juda ko’p, g’oyat qimmatli fikr-mulohazalar mavjud. Olim insondagi ruhiy jarayonlarni avvalo, tabiatda oliy mavjudot - insonning bilish jarayonlari, islom bilimlarini boyitish, ma’rifatli bo’lishidagi roli jihatidan o’rganishga va talqin etishga harakat qiladi. Shu sababli uning yuqorida qayd etilgan qator asarlarida sezgilar va aqliy bilish, o’zini tuta bilish, xotira, tasavvur, diqqat, his va idrok, tuyg’u, qobiliyat, malaka kabi shaxsiy hislatlarni, olamni bilish jarayonlari bilan bog’liq holda olib boriladi.

Beruniy, ayrim qismlar hayotda mavjud bo’lca, ularni fikran ifodalab, bir butun holda kÿz oldiga keltirish mumkin, lekin hayotda umuman narsani tasavvur qilish mumkin emas, degan. Mutafakkir olim o’z oldiga ham, ilm oluvchilar oldiga ham shu talabni qo’ygan. Beruniy qadimgi hind materialistlari singari tashqi olamning asosini moddiy borliq tashkil etganligini tan oladi. U o’zining Abu Ali ibn Sino bilan bog’lagan munozaralarida barcha narsalarning asosida 5 ta element, ya’ni suv, olov, havo, er, borliq yotishini hamda dunyonn bilish jarayonida bilimlarimizning manbaini sezgi a’zolarimiz va ular orqali qabul qilgan missiy bilimimiz tashkil etadi, deb ta’kidlagan. U so’zini davom ettirib: “Agar sezgi a’zolarimiz bulmaganda, olam haqida bilimga ega bo’lmagan bo’lardik va undan tashqari olam haqida tasavvurga ega bo’lmasdik”,- deydi.

Beruniy insonning barcha mavjudotdan ustunligini uning tafakkuri orqali ekanligini izohladi. uning uchun ham erdagi barcha hayvonlar bo’ysunadi, aks holda inson eng kichik hayvondan ham ojiz bular edi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Beruniy olamni bilish jarayonida mehnatning roliga juda katta ahamiyat bergan. “Har bir insonning qadri qimmati o’z ishini qanday bajarayotgani bilan o’lchanadi”.

Uning ruh, ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari, metodlari tabiiy va ilmiy falsafaga asoslangan. Shu sababli o’tmishdagi mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlarini bilmoq, uning nazariy asosi, olam haqidagi, inson va jamiyat haqidagi ta’limotini o’rganish hozirgi zamon ziyolisining birinchi navbatdagi vazifasidir.

Beruniy o’zining dastlabki asarlaridayoq, jumladan, “Yodgorliklar”da tabiat sirlarining tadqiqotchisi sifatida kÿzga kÿrina boshladi. Uning quyosh haqida, quyosh nurlari, erning xarorati haqida ajoyib gaplari bor. quyosh nuri haqida kÿp gapirilgan. Biroq, u “Quyoshning o’ziga ham olovsimon zarralar bo’lib, quyosh zarrasidan chiqadi” desa, birovlar “Havo olovga ro’para kelganda singani singari quyoshga rÿpara kelib isiydi”, -degan. Yana birov: “Quyosh zarralari juda tez, xatto, xuddi zamonsiz sur’at bilan yurishi sababli havo isiydi”,- degan.

Shuningdeκ, quyosh tizimi harakati masalasida ham ixtiloflar bor. Ba’zilar: “U zamonsizdir, chunki jism emas”, desa, boshqalar: “Uning zamoni tez, lekin undan ham tezroq biror narsa yo’q va nur tezligini sezib bo’lmaydi. Nur shu jihatdan unga qiyos qilinib, zamoni u bilan bilinadi”,- deydi1.

Bu xulosalarda Beruniy qanchadan - qancha dono fikrlarni quyosh va oy nurlari, zamon tezligi, harakati, er issiqligi haqida bayon etgan. Beruniy zamonida quyosh nurlari, tuzilishi haqidagi bilimlar juda kam edi. U paytlarda, albatta, kuyosh sharsimon shakldagi gazga ÿxshamagan osmon jismlari ekan, quyosh erga nisbatan 301 ming marta katta ekan. Bularning hammasidan qat’i nazar, Beruniyning teran fikri Quyosh sirlariga ham kirib borgan edi.

Beruniy tog’ va cho’l ularning paydo bo’lishi, daryolar, dengizlar, foydali qazilmalar, ma’danlar va ularning xususiyatlari haqida qimmatli ma’lumotlar qoldirgan. Beruniy asarlarini o’qib, jur’atiga, aqliga, shijoatiga, botir va dovyurakligiga, tabiatga ongli va ÿta sezgir qarashiga hayratlanadi kishi.

Er sharining shakli haqida u “Hindiston” kitobida quyidagilarni yozgan: “Er shar shakli er yumaloq bo’lmaganda odamlar yashaydigan joylar kenglik jo’g’rofiy mintaqalarga ajralmas edi, yozu qishda, kecha bilan kunduz (uzunligi) o’zgarmas edi, yoritgichlarning vaziyatlari va sutkalar yillar hozirgidek ko’rinishda bo’lmas edi”. Beruniy tabiat hodisalarini o’rganishda borliqqa ob’ektiv qaragan, tekshirishdan keyingina bir xulosaga kelish uning asosiy ish usuli bo’lgan. “O’zim tekshirib ko’rmaguncha ishonmayman”,- degan so’z uning hayotiy shiori bo’lgan.

Beruniy birinchi bo’lib er yuzidagi hamma joylar, jismlar er markaziga tortilishini, er kurra ekanini hamda tabiat ob’ektiv bo’lib, o’z qonuni bo’yicha o’zgarib turishini, inson hayvondan fikrlashi bilan farq qilishi singari fikr va mulohazalarnn aytgan. Olimning bu va boshqa qarashlari materialistik qarash bo’lib, u ÿz davrida halq o’rtasida tarqalgan turli xurofiy qarashlarga, afsonalarga xalqni ishonmaslikka chaqirar edi. Bu biz yoshlarni ham chuqur o’ylashga majbur etadi va kengroq mulohaza ettiradi.

Abu Rayxon Beruniy jug’rofiya fani sohasida ham katta ishlar qilgan. U o’zining “Dengizlar nazariyasi”ni ishlab chiqdi. U bilan u jug’rofiya fanida katta inqilobiy ÿzgarish yasadi, chunki olim bu vaqtga qadar amalda bo’lib kelgan Ptolemey qoidasini sindirib tashladi. Olim Afrika janub tomonidai okean bilan ÿralgan deb, qattiq ishondi. Ptolemey qoidasi esa buni inkor etar edi. Beruniy Sharqda, qolaversa butun dunyoda birinchi bo’lib erning sferik jÿg’rofiy tasvirini - er globusini yaratdi. Beruniyning katta xizmati yana shundaki, u o’rta Osiyo xalqlarining jÿg’rofiy tushunchalarini Boltiq buyi va shimoliy muz okeaniga yaqin mamlakatlar va xalqlar haqidagi ma’lumotlar bilan kengaytiradi.

Odamzod yashaydigan erning g’arbida bir dengiz borkim, muhit deyilur, greklar uni O’qiyonus (okean) deydilar. Uning janubida eng uzoq chegaradan boshlanib, Sudan mamlakatiga rÿ6ara bÿlgan joyda Uzgit, Chekka, keyin Andalus (Ispaniya), al - Jalolika, Saqlab chegaralarini kesib o’tadi. Dengizning ichkari tomonlariga borilmaydi, faqat ko’proq yoqalabgina yuriladi. Mazkur dengiz ushbu mamlakatdan shimol tomonlarga cho’zilib, Saqlab (slavyan) erlariga yonma-yon boradi. Bulg’orlar musulmon mamlakatida yashaydilar. Ular bu qo’ltiqni Barang dengizi (Boltiq dengizi) deb biladilar, chunki varanglar shu dengiz bo’ylarida yashaydigan xalqlardir1.

Bu fikrlar Beruniy chizgan dunyoning sxematik xaritasida ham o’z o’rnini topgan. Bu xarita dunyo haqida birinchi xaritadir.

Beruniyning quyidagi fikri ham diqqatga sazovordir: “Quruqlik dengizga kirgani kabi, dengiz ham quruklikka kirgan va birmuncha joylarda uni yorib, qo’ltiq va qo’ltiqchalarga aylantirilgan. Masalan, (o’rta) dengiz Arab mamlakatlarining G’arb tomondan til shaklida Shomning o’rtasigacha yoyilib kirib, Qulzum deb mashhur bÿlgan joyda ingichkalashgan. Ana shu dengizning undan kÿra kattaroq bir qismi arab mamlakatini Sharq tomondan yorib kirib, u Fors dengizi deb atalgan”.

Beruniy bu qarashi bilan Atlantika okeanini o’rta dengiz, qizil dengiz, fors qo’ltig’i, arab dengizi orqali hind okeani bilan tutashganini isbotlab turibdi. Bu fikr, ajab emas, Suvaysh kanalini qazishda evropaliklarni eng yaqin dengiz yo’lini ochishga ilhomlantirgan bo’lmasin. Haqiqatda Beruniy Afrikaning eng janubiy chekkasini - atlantika bilan Hind okeani tutashgan chegarani aniq tasavvur etgan.

Beruniyning bulut, ëmg’ir, do’l ichida chaqmoq, momaqaldiroq, Rustam kamari hosil bo’ladi deyishi XI asr o’rta Osiyo fani uchun katta ilmiy mulohazadir. Tabiatning bu xil hodisalariga faqat ilohiy kuch sabab qilingan bir davrda olim ularni faqat tabiatga bog’lab ta’lim beradi. Beruniy iqlim va ob-havoga doir cÿz va iboralarni juda yaxshi va aniq ishlatadi, bu esa tabiat fanlarining tilini mukammal belgilanganligini isbotlaydi. Masalan, kundalik havoga baho berganda, bunday deydi: “Qish havosi, qish shiddatli havosi, to’fon, havo, sovuq shamol, daydi shamol”. Biz fanda bu so’zlarni, ya’ni o’rtacha havoni “Arktika havosi, antisiklon”, deb tushunamiz. Demak, olim ÿsha zamondayoq havolarni turlarga bo’lib, ularning xususiyatlarini tushingan.

Beruniyning muhim ilmiy fazilatlaridan biri shuki, u ko’pincha qiyosiy usulni qo’llaydi, ya’ni boshqa joylar tabiatini gapira turib, o’z Vatani - Xorazm bilan taqqoslaydi va boshqa olimlarning fikriii bayon qilib, o’zining qarashlarini aytib beradi. O’z zamonasining etuk jÿg’rofiy olimi bo’lgan Beruniyning ilm sohasidagi nazariy ta’limoti juda qimmatli va asosli. Havoning xolati “Mazkur joyning tabiatiga bog’liq, uning torlariga yoki dengiz bo’yida turganligiga bog’liq, shuningdek, joyning baland-pastligi va qaysi kenglikda, shimolroqdami yoki janubroqdami ÿsha narsaga bog’liq”1. Shu jumlaning ma’nosi quyidagicha:

Iqlim:

1) Shu joyning er yuzasi, tuproq va ÿcimliκlariga bog’liq;



2) Joyning tog’larga yoki okeanga yaqinligi;

3) Joyning okean yuzasidan necha metr balandda yoki pastda;

4 ) Qaysi jug’rofik kenglikda o’rnashganiga bog’liq.

Iqlimga bundan ortiq talablar qo’yib bo’lmas. Hozirgi zamon fani ham iqlimga ayni shunday izohlar beradi.

Madaniyatlarning o’zaro ta’siri ma’nosida uning fikriga kÿra, qaysi bir madaniyatdan bo’lishidan qat’i nazar, barcha qimmatli narsalarni qabul qilishi va ularni munosib baholashi lozim.

Xorazmiylar, sug’dlar, yunonlar, rimliklar, forslar, hindlar, yahudiylar va boshqalarning qarashlarini, an’analarini ko’rib chiqishda u nihoyatda ob’ektiv bÿlishga intiladi. Bu bir tomondan yuqorida aytilgan fikrni tasdiqlab, uning ilmiy metodining muhim jihatlardan birini kÿrcatca, boshqa tomondan ma’lum darajada uning musulmon diniy aqidalarini faqat rasman e’tirof etganligini bildiradi. Beruniy moddaning abadiyligi haqida hind materialistiq falsafasining qara- shini yoritar ekan, bunga ko’ra dunyoda hech narsa bordan yo’q bo’lmasligi va xech narsa yo’qdan paydo bo’lmasligi haqida gapiradi. Har bir narsada ham doim buzulish va yaralish xollari bÿlib turadi.

Yuqorida ta’qidlanagimizdek, Beruniy barcha fanlar singari falsafa to’g’risida ham ilm hazinasidan durlarni meros qilib qoldirdi. Olimning ÿzi ko’pincha, u qadimgi Sharq, Yunon, Rim faylasuflari Fales, Demokrit, Aristotel hamda eramizdan avval yashab ijod qilgan hind faylasufi Kapilla, o’rta osiyolik ar-Roziy, Forobiy va boshqalarning falsafiy qarashlarini puhta ÿrganib, “Falsafa donishmandik”dir degan ta’rif berdi. Materiya, - deydi, Beruniy konkretlik kiyimini kiyib, u yoki bu shaklda ko’rinadi. Shunday qilib, materiya o’zidan aniq narsalarni vujudga keltirib turadi. Vujudga keltirish, borliq o’zgarishda va taraqqiyotdadir, tabiatning kuchi ham shundadir, hamma harakatlar materiyadan kelib chiqadi. Narsalarning shaklini materiyaning ÿzi qo’shib, o’zgartirib turadi1.

Beruniy falsafa haqida gapirar ekan, ÿz oldiga dunyo yaratilganmi, dunyoning asosi nima, degan savollarni qo’yib, dunyo yaratilgan deb javob beradi. Beruniy dunyo yaratilganini inkor qilmay, tabiatning mustaqilligini e’tirof etadi. U tabiat harakat qiladi, deydi. Ana shu ikki fikri bilan olim dunyo va tabiatni tushinishda deistik (ikki tomonlama karash) pozitiyada turadi.

Shuni alohida qayd qilmoq lozimki, Beruniy falsafasidagi ikki yÿl, ikki borliqning mavjudligini tan olib, falsafaning asosiy masalasida stihiyali dialektika materializmi yo’lida turgan. U qadimgi Hind Chorvaka-Lokyata falsafa maktabini chuqur o’rganib, to’rtta moddiy element moddiy dunyoning asoschisidir, moddiy dunyo ana shu 4 elementdan (suv, tuprok, olov, havo) tashkil topgan. Uni biz sezgilarimiz orqali qabul qilamiz, degan ta’limotni ilgari suradi.

Xulosa qilib aytganda Abu Rayxon Beruniyning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlari keng. Dunyo voqea hodisalarini, dunyo o’zgarishlarini falsafiy jihatlarini chuqur taxlil qila olgan olimdir.




Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
guruh talabasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
respublikasi axborot
toshkent davlat
tashkil etish
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
bilan ishlash
O'zbekiston respublikasi
matematika fakulteti
Ishdan maqsad
o’rta ta’lim
ta’limi vazirligi
fanining predmeti
saqlash vazirligi
moliya instituti
haqida umumiy
pedagogika universiteti
fanlar fakulteti
fanidan tayyorlagan
umumiy o’rta
samarqand davlat
ishlab chiqarish
fanidan mustaqil
Toshkent axborot
universiteti fizika
fizika matematika
uzbekistan coronavirus
Darsning maqsadi
sinflar uchun
Buxoro davlat
coronavirus covid
Samarqand davlat
koronavirus covid
sog'liqni saqlash