Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”


Beruniyning tabiiy fanlar rivojiga qo’shgan hissasi



Download 457 Kb.
bet8/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
2.2. Beruniyning tabiiy fanlar rivojiga qo’shgan hissasi.
Abu Rayxon Beruniy asarlari mavzu jihatidan rang-barang, turli sohalarni qamrab olgan, o’z zamonasining va bugungi dunyoning butun bir qomusidir. Olimning matematika, fizika, falakiyot, mineralogiya, geodeziya, jug’rofiya, xaritachilik, mineorologiya, dorichilik, etnografiya, tarix, filologiya va falsafa fanlariga oid asarlari, umuman uning ilmiy merosi kÿp qirrali ekanligini isbotlaydi. Beruniyning fan tarnxidagi ilmiy merosini o’rganishdan avval, olim yashagan zamonda fanning axvoli, uning fan sohasidagi xizmatlari, aniq va ijtimoiy fanlarga bergan ob’ektiv baholari, o’z zamoniga bo’lgan fan sohasidagi kashfiyotlarni o’rganish lozim.

Ma’lumki, IX-X asrlarda iqtisod, savdo-sotik, hunarmandchilik rivojlandi, ishlab chiqarish tarakkiy etdi. Bular ÿz navbatida tabiiy fanlar bo’yicha bilimlarni puxta o’rganishga imkoniyatni oshirdi va ayni chog’da ijtimoiy fanlar ham rivojlana boshladi.

Aristotel o’z falsafiy tizimi, falsafani uch qismga bo’ladi:

1.Nazariy falsafa logika, fizika, matematika, metafizika kabi tarmoklarni ÿz ichiga oladi.

2.Amaliy falsafa etika, ekonomika va siyosatdan tashkil topadi.

3.Ijodiy falsafa esa poetika, ritorika va san’atdan iborat.

“Aristotel tabiatshunoslik va falsafa ilmlarini nazariy falsafaga kiritib, ijtimoiy hodisalar haqidagi bilimlarni amaliy falsafa deb ataydi”1.

Ilmlarning bunday tabaqalanishi mashhur faylasuf al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy ta’limotlarida ham asosiy o’rin egallagan. Abu Rayxon Beruniy fikricha, tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishdagi extiyojlari, turli fanlarning paydo bo’lishiga esa ularning moddiy va ma’naviy extiyojlari sabab bo’lgan. Beruniyning ilm-fan sohasidagi xizmatlarini baholab, S.P.Tolstov shunday yozadi: “Ulug’ novator Beruniy fanning bir qator hal qiluvchi masalalarida o’z davridan besh yuz yil, balki undan ham ko’proq oldinga ketgan”2.

Beruniy bilish o’rganish lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlarga (til, adabiyot, falsafa, tarix, etnografiya, she’riyat, ruh, matematika, fizika, jug’rofiya, falakiyot) bo’ladi. Bu fanlarning har biriga ÿz davrigacha bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan xissa qo’shdi. Isbotlashni talab qilmaydigan, o’rganish uchun shart bo’lmagan fanlarni soxta fanlarga (al-ximiya, munajjimlik, sehrgarlik, jodugarlik) bo’ladi. Beruniy har bir masalaga aqliy yondashib, undan mantiqiy xulosa chikaradi. Uning fikr doirasi kengligi, chiqargan har bir xulosasining ishonarligi diqqatni tortadi. Olim fanda diniy tasavvur, xurofotlar ta’siridan olis bo’lgan ilmiy-tanqidiy metodni ishlab chiqdi. Uning metodi nazariyani tajriba bilan aniq tekshirishga asoslangan.

O’rta Osiyo jug’rofiya fani tarixi va maktabining asoschisi Abu Rayxon Beruniy desak, hech xato qilmaymiz. Beruniy jug’rofiya sohasida Atlantika va Shimoliy muz okeanining qirg’oklari, Tinch va Hind okeanlari, ko’llar va dengizlar, Nil kanali, Shimoliy viloyatlar, Etti iqlim va Ma’mura daryo xaritasi, Er shari globusi, yangi qita tug’risida va Amudaryo va Qoraqum tarixi, O’rta Osiyo shaharlari tug’risida juda katta ilmiy meros qoldirgan. Bu masalalar iqtidorli olim X.Xasanovning “O’rta Osiyolik geograf va sayyohlar” (T.: “O’zbekiston” nashriyoti, 1964 yil) kitobining 64-135 betlarida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, u uzoq mamlakatlarga safarga chiqqan karvonlarning bepoyon cho’l va sahrolarda, o’rmonlarda tun bo’yi kezishlari va qutb yulduzidan foydalanish yo’llarini o’rgatgan.

Bulardan tashqari, machitlar qurish, ularni qiblaga aniq tug’rilab qurish kabi talablar jug’rofiya ilmi bilan bog’liqdir. Shubxasiz, bu talabni X-XI asrlarda bajarish uchun yo’l ko’rsatish Beruniy kabi buyuk allomalarning zimmasida edi.

Geodeziya sohasida Beruniyning olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olim K. Norxo’jaev quyidagi bo’limlarga bo’ladi:

1. Er kurrasining o’lchamini aniqlash.

2. Jug’rofiya koordinatalari bo’yicha to’g’ri va teskari geodeziya masalalarini echish.

3. Falakiyot geodeziya asboblarini yaratish va takomillashtirish.

4. Muhandislik geodeziyasiga doir masalalarni echish.

5. Kartografiya jarayonlar haqida.

Biz bilamizki, Beruniy o’zining yirik asarlarini geodeziya faniga bag’ishlagan. Ular Beruniyning tanlangan asarlari 3 tomligiga kiritilgan va shartli ravishda “Geodeziya” deb nomlangan.

K.Norxo’jaev “Beruniy va uning geodeziya faniga doir ishlari nomli”1, monografiyasida Beruniyning geodeziya fani sohasidagi beqiyos xizmatlari to’g’risida ilmiy ma’lumotlar bergan. Tadqiqotchi Beruniyning geodeziya faniga aloqador bo’lgan refrakatsiya, ko’rish ufqining uzoqligini aniklash, er shakliga ta’sir etuvchi er qatlamlarining joylanishidagi geofizik hollari kabi masalalar bo’yicha o’z fikr va mulohazalarini bergan. Umuman olganda, Beruniyning geodeziya faniga doir ilmiy ishlari uning shu sohaning “otasi” bo’lgan deyishga to’la asos berildi. Beruniy ufqning pasayishiga qarab, er kattaligini o’lchashi juda aniqlik bilan bajarilgan. Olim erishgan natija (er meridianining uzunligi qariyb 110,27 metrga teng) o’zining aniqligi bilan hozirgi zamon olimlarini hamon hayratga soladi.

Abu Rayxon Beruniyning “Kitobi taxdidi nixoyotil amokin metasxixi masofatil masokin” (“Odamlar yashaydigan alohida joylar oralig’idagi masofani aniqlash uchun dunyodagi umuman odamlar yashaydigan joylarning chegarasini aniqlash”) nomli asari geografik punktlar koordinatalarini ularning oralig’iga qarab aniqlash va aksincha, geografik punktlar oralg’ini ularning koordinatalariga qarab aniqlash yo’llarini o’rgatadi. Bu kitobning Amudaryoning quyi oqimidagi viloyatlarga bag’ishlangan qismi katta ahamiyatga egadir. Chunki, bu qismda Amudaryoning qadimgi yo’nalish yo’li va u erda yashagan xalqlar to’g’risida keltirilgan materiallar juda diqqatga sazovordir.

Beruniy allyuvial yotqiziqlar nazariyasini yaratdi. Uning materiklarning siljishi haqidagi farazini hozirgi geologiya fani tarixchilari tomonidan geotektonik g’oyasining asosi deb baholanmokda. Er qiyofasini taraqqiyot va o’zgarishda deb hisoblaydi. Beruniy ayrim joylarning gnoseologik tarixi haqida o’z farazlarini yaratadi. Ulardan biri Amudaryo xavzasining geologik o’tmishi haqidadir. Beruniy fikricha, bora-bora Xorazmda suv toshishini qisqarib, allyuvial cho’kmalardan iborat yuqori va quyi deltaning erlari paydo bo’ladi. Amudaryoning suvlari - Orol dengizi ham Sariqamishga qarab oqishda davom etadi. Ilk allyuvial faza munosabati bilan Kalif O’zbo’yi atrofida paydo bo’lgan allyuvial cho’kmalar, xronologik jihatdan buni to’rtlamchi davrga bog’lanadi1.

Beruniyning qadimgi Amudaryoning burilib ketishi haqidagi Duldul oglagan ham Tuyamo’yin viloyatlardagi uchlamchi va kÿp tog’ jinslarini yorib o’tganligi hamda Amudaryo o’rta oqimida yon bag’ir allyuvial cho’kmalarning kelib chiqishi haqidagi tushunchalari hozirgi zamon geologiya fanining qarashlariga zid kelmaydi. Beruniyning hozirgi Amudaryo deltasidagi erlarining yosh allyuvial cho’kma tuproq ekanligi Orol va Sariqqamishga tomon nishabligi haqidagi tushunchalari ham hozirgi geologiya qarashlariga mos keladi.

Beruniyning Amudaryo, Nil va boshqa daryolarning qadimgi dehqonchilik voxalarida suv keltirish masalasida, er osti suvlarining harakati va xolati, buloqlar, fontanlar va boshqalarning paydo bo’lishi haqidagi fikrlari nihoyatda diqqatni jalb etadi.

Beruniyning mineralogiya sohasidagi “Mineralogiya” nomli kitobini A.M.Belenitskiy 1963 yilda rus tiliga tarjima qilib, keng kitobxonlarga etkazdi. Bu risola o’rta asr mineralogiya bilimlarining juda katta to’plami bo’lgani uchun ahamiyatligina bo’lmay, balki unda muallifning o’z so’zlari, shaxsiy kuzatishlari, ilmiy metodi, tabiat haqidagi fikrlari, dunyoqarashi yoritilganligi bilan qimmatlidir.

“Mineralogiya” kitobida hozirgi til bilan aytganda, foydali qazilmalarning jug’rofiy tarqalishi bayon etilgan. Fan tarixi uchun shunisi muhimki, Beruniy tarixda birinchi marta qimmatbaho toshlarning solishtirma og’irligini aniqlashga kirishgan. Buning uchun u oltinni andoza qilib olgan. Bu asarni yozish uchun Beruniy umri bo’yi material yig’di, mineralogiyaga oid mavjud bo’lgan barcha kitoblarni o’qidi, o’zi topgan va ko’rgan narsalar hamda zargarlik, konchilik, temirchilik va kimyogarlar bilan suhbatlar asosida “Mineralogiya” kitobini yozdi.

Beruniy shunday deb yozadi: “Agar u (zumrad) mis olinadigan konlardan topilganida edi, bu so’zlar asosli bo’lur edi, biroq bu odatda mis konidan emas,balki oltin konlaridan topiladi”1.

Abu Rayxon Beruniy mineralogiya sohasida “Aljamohir fi marifatil javohir” nomli asari mashhurdir. Beruniy bu asarni 72 yoshidan oshgan vaqtida yozgan bo’lib, bunda qimmatbaho toshlar (minerallar)ning tarqalishi, tarkibi, xususiyatlari va ularni tanish yo’llari bayon qilinadi. Beruniyning so’nggi asarlaridan bo’lgan bu kitob 1936-1937 yillarda Xaydarobodda bosilgan. Beruniy bu kitobni, shuningdek, “Saydana” nomli kitobini sulton Mahmudning o’g’li sulton Masudga taqdim qilgan. Bu vaqtda Beruniyning yoshi 80 larga yaqin borgan bo’lishi kerak. Beruniy bu kitobining kirish qismida yozishicha, uning huzurida mineralogiyaga oid asarlardan Abu Isxoq Kandiy va Shacp Daynuriylarning kitoblari bor edi. Bulardan boshqa “Alkitobul manxul ilo arastotolis” va Utoridning kitobi “Manfiul axjor” hamda she’rga oid adabiy asarlari ham bo’ganligi gumon qilinadi.

Beruniy tomonidan yozilgan “Aljamohir”ning menerallar haqida yozilgan boshqa kitoblarda birinchi martaba qimmatbaho toshlarni tanishda ularning solishtirma og’irligi va qattiqligini o’rganish lozimligini isbot etgan. Chunki ko’pchilik minerallardan rang va tiniklik singari xususiyatlari bir-biriga o’xshash bo’ladi, shuning uchun ham minerallarni tanish ularning solishtirma og’irligi va qattiqligini o’rganish katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Chunonchi, u: Al-muizning (gematit turlaridan biri) topilishi oltin movjudligidan nishonadir”1, deb yozadi.

Beruniy bu kitobida ÿz zamonida ma’lum bo’lgan qimmatli minerallar (toshlar) va ularning baholarini yozadi va qadimgi shoirlar asarlaridan bu haqda birmuncha dalillar keltirish bilan ular ustidagi so’zlarni kengaytirib, ba’zi fikrini ham tuzatadi. Beruniy shunday yozadi: “Qimmatli javharlar aslida uch turli bo’lib, yoqut, zumrad va marvariddir. La’l yokutga o’xshaganlarning eng qimmatlisi edi. Endi aytaman: la’l qizil, tiniq va ravshan javhar bo’lib, rangda yuqori darajada yoqutga o’xshaydi”2.

Beruniyning shoirlar devoniga oid bo’lgan bu haqda yuksak tushunchasi tekshiruvchilarni juda ajablantiradi va ustalik bilan misollar keltirishi uning arab tilini naqadar chuqur bilishini ko’rsatadi. “Kitobul Jamohir”ning boshqa kitoblardan ustunligi yana shundaki, Beruniy minerallarini ta’rif qilishda arab lug’at kitoblarida bo’lmagan har xil cÿz va terminlarni keltiradi, bu esa uning kÿp tilni bilishi va lug’atlar ustida chuqur tekshirishlar olib borganligini ko’rsatadi. Bu xususiyat Beruniydan boshqa olimlarda kuzatilmadi. Shuning uchun ham Beruniy ÿrta asrning eng katta olimlaridan hisoblanadi.

Beruniy davrida Sharq tabobat ilmi yaxshi taraqqiy qilib, Ibn Sino, Abu Xasan Xammorlardek qator zo’r iqtidorli tabiblar etishishgan edi. O’sha vaqtda fanning eng rivojlanmagan sohasi hozirgi farmakologiya o’rnida xizmat qilgan saydana ilmi edi. Bu ilm Beruniy davrida tabobatning eng yuqori qismi hisoblanib, hamma tabiiy fanlar uchun xizmat qilgan edi. Buning ustiga dorilik o’simliklarning tarqalgan o’rinlarini va iqlimlarini bilish kerak bo’lgan. Bu ilmda uning davridagi mashhur tillardan: yunon, arab, rum, ispan, evrey, suriya va hind tillarining so’zlari qo’llangan. Bu ishga ÿsha vaqtda ko’p tillarni bilish va tibbiyot ilmlarini chuqur o’rganganlik jihatidan Beruniydan kuchli kishi yo’q edi.

Beruniy “tabiiy kuch” (quvvai tarbiya)ning mavjudligini ta’kidlaydi. Uningcha, bu kuch tabiatning xosiyatidir va tabiatning o’ziga mansubdir. Mana shu kuchga ko’ra tabiatda harakat va o’zgarishlar , paydo bo’lish va emirilishlar yuz berib turadi.

Beruniy O’rta Osiyoda birinchi marotaba saydana haqida asar yozdi. Bu asarning ismi “Kitobus saydana fit tibb”dir. Bu asar butun xolida bizga etib kelmagan. Ko’pdan orzu qilganimiz bu asarning boshidan ozgina qismi (ÿsha 8 beti)ni Moskva Universitetining Gorkiy 11 olishga tarixchimiz B. Axmedov muvaffaq bo’lganligini yozadi. Beruniyning bu kitobi o’rta Sharqda dorishunoslik tarixi bo’yicha qimmatbaho manbadir. Unda mingdan ortiq dori-darmonlarni tayyorlash yo’li va usullari, manbalari qayd etilgan. Asar 250 dan ortiq antik dunyo olimlari va zamondoshlari haqida malumotlar keltirilganligi bilan yanada ahamiyatlidir. Farmakogeneziya Beruniy fikricha, tabiblik san’atining birinchi bosqichidir. Ba’zan farmakogeneziyani alohida fan deyishadi. Beruniy esa bu qarashlarni rad etadi.

Hozirgi zamon farmakologiyasi dorilarning qo’llanishi va ularni qidirish haqidagi fandir. U shifokorlar uchun zarur ilm. Tarixga nazar tashlasak, dastlab farmakogeneziya, undan keyinroq farmakevtik ximiya paydo bo’lgan va rivojlangan. Keyinchalik dori tayyorlash san’atini o’rgatadigan fan - farmakevtika texnologiyasi vujudga kelib, taraqqiy etdi. Beruniy davolash to’g’risida shunday yozadi: “Davolar ikki hil bo’ladi: mufrad (sodda) davolar va murakkab davolar. Mupadlapi, ayniqsa o’simlik bo’lsa, “aqoqir” deb nomlanadi. Bu so’z “uqqor” so’zining ko’pchiligi bo’lib, aslida suriya tilidandir. So’ng kitoblarda o’simlikning ildizi va shoxiga barobar aytila beradi. Bunga o’simlik bo’lmaganlari ham kirgiziladi”1.

Bu qismda saydana so’zining etimologiyasi, davo, shifo ham zaharlar, organizmning doriga va dorining organizmga ta’siri, ilgari o’tgan fors tabiblaridan Yaxyo, Mocj, Bafix, Mocapivay, Muxammad ibn Zakariyyolarning saydana ilmi ustidagi xizmatlari, yunonchadan arabchaga tarjima qilishgan saydanalarning etishmovchiliklari, bu ilmning qiyinligi, Abu Bakr Roziyning “Saydana va ibdol” haqidagi asarlari va boshqalar zikr qilinadi. “Kitob saydana fit tibb” asarida zikr kilinadi: “Bir ismni bir necha tilda berishning foydasi ko’pdir. Esimda bor: Xorazm amirlaridan biri kasal bo’ldi, jo’ra Nishopurdan bir davo topib keltirdilar. Uni dorichilarga ko’rsatdim. Ulardan biri, faqat bittasigina o’zida borligini aytdi. Uni 15 tanga o’rniga 500 tanga berib oldilar. Ularga (amir kishilarga maxsus uning ildizi)ni chiqarib berdi. Shumi? – dedilar”. Javobda, - “Men sizlarga jismini bilmaganlaringizni emas, ismini bilmaganlaringizni sotdim”, -dedi. Bu erda Beruniy dori nomlarini turli xil tillarda yozishni va tahlil qilib aytib o’tadi. Shunday qilib, Beruniy saydana ilmining tarixiga shu asari bilan o’z xissasini qo’shdi.

Abu Rayxon Beruniy geodeziya, mineralogiya, saydana ilmi, matematika kabi sohalarni rivojlantiribgina qolmasdan, astronomiya sohasini ham rivojlantirdi. Sharqda fan tarixida birinchi marta “Er va barcha planetalar quyosh atrofida aylanadi” degan fikrni maydonga tashlagan ulug’ olim Beruniy quyidagilarni yozadi: “Qadimgi va yangi dunyoning atoqli faylasuflarining ko’pchiligi quyosh atrofida harakatlanuvchi qonunini rad qilmoqchi bÿldilar. Men shu mavzudagi “Makolidu ilmil xay’a” (Astronomiya ilmining kaliti) degan maxsus kitobimni yozdim va o’z kashfiyotimni isbot qilish uchun dalillar keltirdim”. Beruniyning bu nazariyasi olimlar va ruhoniylar o’rtasida katta shov-shuvlarga sabab bÿldi. Bu fikrlar sharq olimlariga yoqmas edi. Ular din arboblari bilan birgalikda Beruniyni kufur bilan aybladilar.

XVI-XVII asrlarda yashagan mashhur olimlardan Kopernik (1473-1543), Galiley (1564- 1642) va Kepler (1571-1630)lar Beruniyning bu fikrini uzil-kesil isbot qildilar. Beruniy asarlarining ko’pchiligi astronomiya haqida yozilgan bo’lib, bular “Zijul Mas’udiy”, “Koninul Ma’sudiy fil xayt va nu’jum”, “At-tafxim li avoimi sinoat tanjim”, “Makolidu ilmul Xay’a” va “Rasadu Aburayxon” nomlarida tarqalgan maxsus va nodir asarlardir. Astronomiya ilmidagi tekshirishlarini mukammallashtirish, osmon hodisalarini yana ham chuqur o’rganish va bilish tilagida G’azna, Balx, Qobul va Jÿrjonda observatoriyalar vujudga keltirdi va har birida qancha vaqt tadqiqot olib bordi. Bu tekshirishlar natijasidagi xulosalarni “Rasadu Aburayxon” kitobida bayon qildi1.

“Al Qonunil Ma’sudiy fil hay’ati van nujum” (Astronomiya fanida sulton Ma’sud ismiga yozilgan qonun) ÿrta asrdagi matematika va astronomiya fanida eng muhim deb hisoblangan bu asarda Beruniy er sharining kattaligini trigonometriya usuli bilan hisoblab aniqladi. Bu usul bilan erning har xil masofalari uchun tegishli geografik uzunliklarini belgilab beradi. Shu asosda sayoxatchilar uchun maxsus geografik xaritalar ishladi. Bu xaritalar uzoq vaqtgacha qo’llanma bÿlib keldi. Bu kitob haqida Beruniyning o’zi “kimki qonunni o’qib, undagi masalalarga tushunsa, u fo’niy dunyosining g’avvosi va ma’danning egasi bÿladi”, -deydi. Beruniy bu kitobini Batlimusning fikriga muvofiqlab “Kitobi mujastiy”si usulida yozadi. 11 maqola va ko’p maqolasi bir necha bobdan iborat bo’lgan bu asarda astronomiya va geografik ma’lumotlar keltiradi. Matematika qonunlaridan (bir darajali sinusni topish) qoidasini topganligini ko’rsatib o’tadi. Ulug’bek bilan G’iyosiddin shu qoidadan foydalangan bo’salar kerak, lekin bu haqda hech bir cÿz aytgan emaslar. Bu asar Ulug’bekning hazinasida ham bor bo’lib, undan ko’p foydalanganligi naql qilinadi. Abul Fido ham “Taqvimul buldon” degan kitobini yozishda bu kitobdan kÿp foydalangan ekan.

Kitobning yozilish tarixini 1830 deb ko’rsatish to’g’ri emasdir, chunki bu asar Ulug’bekning hazinasida ham bor bo’lgan, hamda sulton Ma’sud nomiga atalgan bo’lib, 1030-1042 yillar orasida uning saltanati davrida yozilgan bo’lishi kerak. Beruniy sulton Ma’sud xizmatida G’aznada yoshi 60 dan oshgan vaqtlarda yashagan.

Abu Rayxon Beruniyning astronomiyaga oid mashhur asarlaridan biri “Makolidu fi ilmil xay’a” (Astronomiya kaliti) dir. “Astronomiya kaliti” deb yozilgan bu asarda Beruniy quyidagilarni yozadi: “Qadimgi va hozirgi davrdagi atoqli astronomlar erning harakatlanishi qonunini rad qilmoqchi bo’ldilar. Men shu mavzuga doir bu kitobimni yozdim, kitobda bizgacha o’tganlarning dunyoqarashlarini faqat shakl tomonidangina emas, balki mazmun tomonidan anikladim, xal qildim deb o’ylayman”. Beruniyning bu asari o’sha davrdagi olimlar o’rtasida katta tortishuvlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Beruniyning “Er Quyosh atrofida aylanadi” degan fikri Sharq olimlariga yoqmas edi. Binobarin, ular Beruniyni qoralab, din arboblari va feodal zodagonlari bilan birgalikda unga qarshi chiqqanlar. Shuning uchun ÿz fikrini xalq o’rtasida tarqata olmadi. Shunday bo’lsa ham, Beruniy ularning ta’qib qilishlariga qaramasdan, ilm va fan sohasida tajribali olim sifatida ko’p ishlar qildi.

Beruniy Erning harakati borligiga hind olimi Braxmaxura fikrini misol qilib, er ÿz o’qi atrofida aylanadi desak, buni astronomik hodisalar man etmaydi deb ta’kidlaydi, keyingi olimlarning er harakatda ekanligiga ham va buning qarshisiga ham kÿp dalillar topganlarini aytadi. Beruniyning bu masalasida biz u olimlardan o’tib ketdik deganidan ma’lum bo’ladiki, uning “Astronomiya kaliti” nomli asarida erning harakatda ekanligini ko’rsatib beradigan yana o’tkirroq dalillar keltirilgan. Kopernik tomonidan yil fasllarining almashinib turishlik sabablarini ochishlik va sayyoralarning Quyoshdan uzoqligini “Astronomik birlik” vositasida to’g’ri belgilash kashfiyoti “Astronomiya kaliti”da bo’lmagan, chunki bu keyingi ikki narsa haqida Beruniy ÿz asarlarida hech qanday fikr yuritmagan. Shuning uchun Kopernik dunyo tuzilishi haqidagi nazariyasi bilan inqilobchi olim nomini o’zida saqlab qoladi.

Beruniy yulduzlarning benihoyat uzunligiga va quyosh singari katta jism ekanligiga ishongan. Xatto ular ham sayyoralar singari fazoda harakat qiladi, biroq bunday harakatlari erdan g’oyatda uzoq bo’lganidan bizga sezilmaydi, degan. Bunday fikrning Beruniydan ilgari biror olim tomonidan aytilganligi xali bizga ma’lum emas. Chunki Beruniycha, yulduzlar olami nihoyatda keng cheksiz bo’lib, yulduzlar er shariga bog’lanmay, o’z joylarida harakat qilgan bo’ladilar. Dinning, er olamning birdan-bir eng katta jismi va olam markazi degan qoidasi behuda bo’lib qoladi. Beruniyning yulduzlar uzoqligi va harakati haqidagi so’zini o’qiganimizda, undan yarim ming yil keyin yashagan mashhur faylasuf Jordano Brunoning har bir yulduz quyosh singari jism erimizga o’xshagan dunyolar va unda yashaydigan jonivor singarilar ham nihoyatda kÿp va ular cheksiz, degan materialistik fikrlari esga keladi. Yulduzlarning quyosh singari jismlar ekanligiga ishongan Beruniy shubxasiz Jordano Bruno kabi o’ylagandir. Lenin er harakati haqidagi fikrni ochiq yozishda kÿp andisha bo’lgan Beruniy erimiz singari daryolarning kÿp bo’lishini oshkor qilishi hayoliga xech yaqinlashgan, albatta1.

Beruniy to’qqiz asr ilgari erning harakatlanishini sezgan va shu haqda fikrlar yuritgan olimning albatga kÿp kashfiyotlar bo’lishi tabiiy xoldir. Beruniy yorug’lik va tovush harakatini bir-biriga solishtirish yo’li bilan ularning tezligini belgilash yo’lini topdi. Ilgari o’tgan donishmand olimlar kitobida bo’lmagan er shari haqidagi nazariyalarni, astronomiya qonunlaridan birinchi darajali izlab topish yo’lini va er geomorfologiyasi haqidagi fikrlarni tarqatdi. Turli qimmatli toshlar va har xil minerallar qattikligi va solishtirma og’irligini aniqlash bilan, ularni o’rganish yo’llarini belgiladi. Ayniqsa, er osti suvlari haqidagi ma’lumotlari juda qiziqarlidir. Gidrostatistika sohasidagi kashfiyotlari ÿz davrida katta qulaylikka sabab bo’ldi. Beruniy topgan qonunlardan Sharq astronomlari, jumladan, Ulug’bek, G’iyosiddin Jamshid va Jurjoniylar foydalangani kabi, geograflardan Abul Fido ham ko’p foydalangan va katta tajriba orttirgan va g’alabalarga erishgan. Beruniy asarlaridan Sharqdagina emas, balki G’arbda ham kÿp olimlar foydalandilar.

Olim “Hind rashklari haqida” kitobida o’rta asr arifmetikasida keng tarqalgan uchlamchi koordnatani ko’rib chiqadi va u besh, etti va undan ortiq miqdorlarning hollari uchlamchi qoidani bayon qiladi. Bu asar arifmetikaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Beruniy o’zining dastlabki kitobi “Yodgorliklar”da geometrik progressiya hadlarining yig’indisini topish usulini misollar bilan ko’rsatgan.

Beruniy matematikaning barcha sohalari bilan shug’ullangan. Uning “Aylana ichiga ichki chizilgan siniq hossasi yordamida uning vatarini aniqlash” degan risolasi handasa va trigonometriyaning turli muammolariga bag’ishlangan. Olimning “Qonuni Ma’sudiy” va “Hindiston” nomli asarlarida ham matematikaga keng o’rin berilgan. “Qonuni Mas’udiy”ning uchinchi bobi Beruniyning matematika fani bo’yicha ilmiy ijodining eng muhimlaridan biridir.

Olimning fizika sohasida ilmiy merosi Zikrillaevning “Beruniyning fizika sohasidagi ishlari” nomli risolada ancha puxta o’rganilgan. Unda Beruniyning solishtirma og’irlikni aniqlash, gidrostatika, issiqlik, magnit maydoni, yorug’lik va boshqa fizikaviy bilimlarni bayon etgan. Buyuk mutafakkir olimning fizika sohasidagi tadqiqotlari ham barcha asarlarida sochma xolda mavjud. Masalan, “Hindiston”ning 58-bobida dengiz suvining ko’tarilishi va tushishini Oyning tortilish kuchi ta’sirida ekanligini isbotlaydi. “At-Tafxim” nomli asarida “Er yuzasi havo bilan o’ralgan, suv isiganda bug’ga aylanib, xavoga ko’tariladi, keyin bulut hosil bo’ladi. U tomchilarga aylanib, yomg’ir yog’adi. Tog’ va teraliklardan oqqan cuv ko’payib daryolar hosil qiladi”,- deydi. “Geodeziya”da esa Oy va Quyoshning tutilish sabablarini ko’rsatib bergan. “Soyalar haqida risola”sida yorug’lik, qorong’ulik va soyalar haqida ma’lumot bergan. Ustoz Beruniy “Yodgorliklar” kitobida buloq va favvoralardan suvning otilib chiqishi sabablarini fizik qonuniyatlari bilan bog’liqligini va bunda shu fanning mohiyatini mensimovchilarni qattiq tanqid qiladi. Fizika fani Abu Rayxon Beruniy va Ibn Sinoning savol- javoblari haqidagi kitob ayniqsa juda katta ahamiyatga ega1.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Abu Rayxon Beruniyning astronomiya, geodeziya, mineralogiya, matematika, fizika va boshqa sohalardagi yozgan asarlari va fikrlari ÿsha davrda ham, hozirgi davrda ham qimmatlidir. Beruniyning sohta fanlar haqidagi qarashlari nafaqat o’zining zamonida, xatto hozirgi paytda ham o’quvchini haqiqiy ilmga muhabbat ruhida tarbiyalashda katta rol o’ynaydi. Shunday qilib, Abu Rayxon Beruniyning ilmiy merosi tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy qarashlari insonlarning ilmiy dunyoqarashini boyitishda va kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

III BOB BERUNIYNING IJTIMOIY SIYOSIY VA FALSAFIY QARASHLARI



Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat