Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”


Beruniyning buyuk alloma bo’lib etishishidagi shart-sharoit



Download 457 Kb.
bet6/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1.2. Beruniyning buyuk alloma bo’lib etishishidagi shart-sharoit.
Beruniy Ray shahridan Jurjon shahriga qaytib kelib, ikkinchi ustozi - tabib, astronom va faylasuf Abu Sahl Iso al-Masixiy bilan tanishib, undan ta’lim oladi. O’sha vaqtda Xorazm va umuman Kaspiy oldi viloyatlarida ziyoriylar sulolasi (928-1042) hukmronlik qilib, bu sulolaning mashhur vakili Qobus ibn Vashmgir (403G’1012-1013 yilda o’ldirilgan) yosh olimni o’z himoyasiga oladi. “Shams al-Maoliy” (“Oliy martabalar quyoshi”) laqabi bilan mashhur bo’lgan bu podshohga Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini bag’ishlaydi va uning nomini asarda bir necha marta tilga olib o’tadi. Beruniy Raydan Jurjonga 1000 yillardan keyin kelgan bo’lsa kerak. Yoqut Hamaviy Beruniyning Jurjondagi hayoti haqida juda muhim ma’lumotlar qoldirgan. U olimning hamma qo’lyozma asarlari bilan tanishib chiqqanini hikoya qiladi. Yoqutning yozishicha, Qobus ibn Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo’lmagan1.

400G’1010 yili Beruniy Abu Abbos Ma’mun II ibn Ma’mun (997-1017) tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga keltiriladi. Yoqut Hamaviyning yozishicha, Xorazmshoh Beruniyni o’z saroyiga joylashtiradi va uni olim sifatida juda izzat-ikrom qiladi2. Ma’munII fan va adabiyot homiysi bo’lib, Urganchda “Ma’mun akademiyasi” nomli ilmiy markaz barpo etgan edi. Bu ”Akademiyaga” O’rta Osiyo va umuman islom sharqining bir qancha olim, shoir va yozuvchilarini to’plagan edi. Bular orasida buyuk olim Abu Ali ibn Sino, Beruniyning ustozlari Abu Sahl al-Masihiy va Abu Nasr ibn Irok, tabib Abul Xasan Xammor, mashhur tarixchi Ibn Miskavayx (1030 yilda vafot etgan) kabilar bor edi. Beruniy “Akademiya” faoliyatida aktiv ishtirok etadi va muhim rol o’ynaydi. Shu bilan birga, u shoh Ma’mun II ning yaqin maslahatchisi sifatida mamlakat siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi. Lekin “Ma’mun akademiyasi” 1017 yilgacha davom etdi.

Ma’mun II saroyidagi yuksak hurmat va mavqe olimga kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida eng murakkab kuzatish va tajribalar o’tkazish imkonini berdi. Bu keyinchalik “Mineralogiya” kitobining yuzaga kelishiga zamin yaratdi.

Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan fakat 18 tasi etib kelgan3.

Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanidan guvohlik beradi. Savol-javoblarda fazo, issiklikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash vaqtida kengayishi, nurning kaytishi va sinishi kabi masalalarda ikki olim tortishadi. Savol-javoblarning mazmunidan Aristotelning aql bilan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o’zining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi ko’ygani, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma’lum bo’ladi.

Beruniyning 1017-1048 yillarda G’aznada kechirgan hayoti bir tomondan nihoyat og’ir bo’lsa, ikkinchi tomondan uning ilmiy faoliyati uchun eng mahuldor davr bo’ldi. G’urbatda hayot kechirgan va davlat ishlariga aralashishdan xalos bo’lgan olim o’zining butun bo’sh vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf etdi.

Sulton bilan uning munosabatlari qay darajada bo’lgani haqida aniq ma’lumotlarga ega emasmiz. Ammo Beruniy 13 yil Mahmud G’aznaviyning ko’l ostida yashadi. “Mineralogiya” asarida yozishicha, Mahmud G’aznaviy Beruniyni ba’zan haqoratlar va u bilan qo’pol muomala kilar ekan1. Lekin Mahmud G’aznaviy olim bilan fikr almashishgan va uning xulosalariga qo’shilgan paytlari ham bo’lgan. Yuqorida eslatib o’tganimizdek, “Xorazmning mashhur kishilari” va “Tahdid nihoyot alamokin li tashih masofot al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash”) asarlari shu davrda yozilgan2. Beruniy “Tahdid nihoyot al-amokin li tashix musofot al-masokin” asarida Erni etti iqlimga bo’lib tekshiradi, uzoq viloyatlar haqida juda ko’p qimmatli va muhim ma’lumotlar keltiradi. Bu asar faqat geografiya va astronomiya emas, balki boshqa fanlar sohasida ham muhim ilmiy ahamiyatga egadir. Masalan, Beruniy paleontologik kuzatishlarga suyangani holda geologik masalalarga to’la ilmiy asosda yondashgan3.

“Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud G’aznaviy vafot etadi. O’z o’rniga kichik o’g’li Muhammadni vorislikka tayinlagan edi, lekin bir necha oydan keyin uning katta o’g’li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag’darib, davlatni o’z qo’liga oladi. Mas’ud davrida Beruniyning ahvoli ancha yaxshilanadi. Yoqut Hamaviyning yozishicha, Mas’ud astronomiyaga qiziqqan va ilmiy kuzatishlarga alohida e’tibor bilan qaragan. Beruniy Mas’udga arab tilini yaxshi o’rganib olishiga yordam bergan. Mas’ud ham olimni o’z himoyasiga olib, in’om va hadyalar bilan taqdirlagan4.

Beruniy “Mas’ud konuni” asarining muqaddimasida shunday yozadi: “u Mas’ud umrimning qolgan kismida ilmga xizmat kilishim uchun ochiq yuz bilan imkoniyat berdi, chunki u menga ziynat libosini kiygizib inoyat ko’rsatdi. Abadiy soyasida osoyishtalik yopqichini ustimga soldi va in’om bulutlarini yog’dirdi. Shular bilan birga meni o’ziga yaqin tutdi, ketma-ket suhbatiga chaqirib, yaxshi qabul etdi”1.

Shuning uchun ham Beruniy o’zining astronomiyaga oid maxsus asari “al-Qonun al-Mas’udiy” (“Mas’ud qonuni”)ni o’z himoyachisi sulton Mas’udga bag’ishladi. Kitobning qachon yozib tugatilgani aniq ma’lum emas. Beruniy o’z asarlari uchun 1035G’1036 yili yozgan “Fixrist”da bu kitob hali yozib tamomlanmaganini eslatib o’tadi. Asar Mas’udga bag’ishlangani uchun uning podshohligi davrida-1040 yilgacha yozilgan bo’lsa kerak.

O’rta asr olimlari Beruniyning bu asarini juda yuksak baholaganlar. Yoqut Hamaviyning yozishicha, “uning (Beruniyning) “al-Qonun al-Mas’udiy” kitobi matematika va astronomiya bo’yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o’chirib yuborgan”2.

Beruniy o’z asarlari ro’yxatini tuzganidan keyin yana ikkita muhim asarini yozgan. Bulardan biri “Qimmatbaho toshlarni bilib olish bo’yicha ma’lumotlar to’plami” (“Mineralogiya”)3dir. Olim bu risolasini yozishda uzoq vaqt materiallar to’plagan. Qimmatbaho toshlarni qazib olish va ular bilan savdo qilish markazi hisoblangan Hindiston va Afg’onistonda yashash Beruniy uchun ushbu asarni yozishda muhim rol o’ynagan. Bu risola o’z zamonasida O’rta Osiyo va Yaqin Sharq, hatto Evropada ham eng yaxshi va tengi yo’q asar hisoblangan. Beruniy bu kitobida faqat nazariyot bilan kifoyalanib qolmay, qimmatbaho toshlarni ishlash usullari va ular bilan qanday savdo kilish kabi juda ko’p amaliy masalalarni ham yoritib beradi. Bu asar konlarni o’rganish, shu jumladan, O’rta Osiyo er osti boyliklarini tekshirish uchun juda qimmatbaho xazina bo’lib xizmat qiladi. Asarning “Temir” bobida qadimgi rusda metall ishlash texnikasiga oid juda muhim ma’lumotlar bor1. Risolada har bir qimmatbaho tosh yoki metallni tavsiflash jarayonida arab klassik shoirlarining o’sha qimmatbaho tosh va metall haqida yozilgan she’rlaridan parchalar ham keltiriladi.

Beruniyning ohirgi asari “Dorivor o’simliklar haqida kitobi” (“Kitob as-Saydana fit-tibb”)dir. Asar “Saydana” nomi bilan mashhur bo’lib, unda Sharq, ayniqsa, O’rta Osiyoda o’sadigan dorivor o’simliklarning to’la tavsifi beriladi.

Beruniyning qachon vafot etgani haqida aniq bir fikr aytish qiyin. “Saydana” kitobida o’zining 80 yoshdan oshganligini yozadi. Demak, u 1050-1051 yillarda vafot etgan bo’lsa kerak2.

Beruniy asarlarining qo’shimcha ro’yxatini tuzgan, XIII asrning ikkinchi yarmida yashagan mashhur hakim va xattot G’azanfar at-Tabriziy olimning vafot etgan yilinigina emas, hatto kunini ham ko’rsatib, u 440 yil 3 rajab oyida (1048 yil 13 dekabr)3 deb aniq yozgan. Chunki at Tabriziy “Saydana” asarini ko’chirgan. Yokut esa Beruniy tarjimai holini yozib tugatar ekan, Abu Rayhon hijriy 403 (milodiy 1012-1013) yili keksayib vafot etdi, deb yozadi. Bu sana, albatta, noto’g’ri, 403 yil emas, 443 yil bo’lishi ehtimoldan chiqadi.

Yoqut Hamaviy olim hayotining eng ohirgi daqiqalarida uning uzoq emas, Beruniy 1051-1052 yillarda vafot etganligi kelib yonida bo’lgan bir kishining hikoyasini keltiradi. Bu Beruniyning yaqin kishilaridan qoziy Valvolijiy bo’lib, bunday deydi: “Men Abu Rayxon huzuriga u og’ir nafas olayotgan, xirillab jon berayotgan vaqtda kirdim. U mendan meroslarni noto’g’ri bo’lishi haqida aytganlarining takrorlab ber”,- dedi. Men unga rahm qilib: Shunday ahvolda-ya!- dedim. U esa: “Ey falonchi, men uchun bu masalani bilib dunyodan o’tib ketish, uni bilmay o’tib ketishdan afzalroq emasmi?”- dedi. Men u masalalarni takrorlab berishga majbur bo’ldim. U buni yodda saqladi. Keyin menga bu haqda o’ylaganlarini aytib berdi, shundan so’ng men chiqib ketdim. Ko’chaga chiqishim bilan uning uyidan yig’i ovozi eshitildi”4.

Buyuk olim o’z asarini yozishga kirishar ekan, bu ishning oson emas-ligini, qadimgi xalklar, ularning yil hisoblari haqidagi rivoyatlar nihoyat chalkashib ketgani, yotg’on afsonalar va asossiz ma’lumotlarga to’lib-toshib yotganini ta’kidlaydi. Bunday yolg’on-yashiklardan xoli bo’lish uchun “u rivoyatlarning davrimizga eng yaqin va eng mashhurini, so’ngra yaqinroq va mashhurrog’ini birin-ketin olib borishimiz lozim, ularni o’z arboblaridan qabul qilib, tuzatish mumkin bo’lganini tuzatamiz, boshqalarini o’z holicha koldiramiz. Shunda biz keltirgan rivoyatlar haqiqatni qidiruvchi va hikmatni sezuvchining ulardan boshqa rivoyatlar ustida ish yurgizishiga yordamchi va bizga muyassar bo’lmagan narsalarga erishish uchun yo’lovchi bo’ladi”,-deydi.

U manbalarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi, o’zidan ilgari o’tgan olimlarning tarixiy asarlarini dadil va qo’rqmasdan tanqid qiladi. S.P. Tolstov Beruniyning mana shunday haqqoniyligi uning ko’pchilik tarixiy asarlarining yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan bo’lsa kerak, deb taxmin kiladi.

Dastlab rostday ko’ringan, lekin tajriba bilan isbotlanmagan narsalarga Beruniy shubha bilan qaraydi va o’zi amalda tekshirib ko’rmaguncha bunday rivoyatlarga ishonmaydi. “Qarama-qarshiligi ravshan ayon bo’lgan, narsaga qanday ishonib bo’ladi”, - deb yozadi olim. U asarga kiritilgan ma’lumotlarni o’quvchiga mumkin qadar oson yo’llar bilan tushuntirishga va ularni turli kitoblarni axtarish mashaqkatidan qutultirishga harakat qiladi.

Olim uzoq umr ko’rish masalalari haqida gapirar ekan, buni nasl- nasabga bog’liq deb taxmin qiladi va Farg’onani uzok umr ko’ruv joyi deb ko’rsatadi.

Beruniy odamlarning gavda tuzilishi va tillarining turlicha bo’lishi haqidagi afsonalar va asossiz rivoyatlarni qoralaydi va ilmiy asosda isbotlab, shunday deydi: “Chunki odamlar tuzilishining rang, surat, tabiat va axlokda turlicha bo’lishi fakatgina nasl-nasablarining turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va odam yashaydigan joylarning turlichaligidan hamdir. Tillarni turlicha bo’lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib bir-biridan uzoq turishi, ularning har birida turli hohish ifodalash uchun zarur bo’lgan so’zlarga ehtiyoj tug’ilishidir. U zamonlar o’tishi bilan haligi iboralar ko’payib, yodda saqlangan va takrorlanish natijasida tarkib topib, tartibga tushgan”1.

Beruniy buloq va quduq suvlarining yuqoriga ko’tarilishi va fontan bo’lib otilishi fizikaviy hodisa ekanligini misollar bilan isbotlab beradi va bu masaladagi uydirma gaplarni inkor etadi.

Beruniy quyosh yili uzunligini aniq hisoblar bilan ko’rsatadi, Quyosh turishi va kecha-kunduz barobarligi haqida ma’lumotlar keltiradi. Keyin quyosh avji (apogey) masalasiga to’xtab uni izohlaydi. O’zidan oldingi astronomlarning quyosh yili uzunligini aniqlashdagi xatolarini ko’rsatib, ularni tanqid qiladi. Quyosh avjidan to bahorgi kecha-kunduz barobarligi nuqtasigacha bo’lgan masofani aniqlashda Beruniy qadimgi olimlardan Gipparx va Sharqning IX-X asr astronomlari va o’z ustozi Abu Nasr ibn Iroq usullarini sinchiklab o’rganadi va bu masalada yangi metod ishlab chiqadi. Bu yo’l bilan Quyosh avji uzunligini hisoblab chiqadi va buni doiralarda ko’rsatadi.

O’sha vaqtda soxta fan - astrologiyaga ishonish juda kuchli edi. Munajjimlar (astrologlar) bo’lajak hodisalar va kishilar hayotidagi yuz berishi mumkin bo’lgan turli voqealarni osmondagi yulduzlarga qarab oldindan aytib berardilar. Podshohlar saroylarida munajjimlar bo’lib, ular katta mavqega ega edilar. Shuning uchun o’sha vaqtda astrologiyaga to’g’ridan-to’g’ri qarshi chiqish mumkin emas edi. Deyarli hamma astronomlar ozmi-ko’pmi munajjimlik bilan shug’ullanardilar. Beruniy ham atrofdagi muhit bilan murosa qilish uchungina astrologiyaga yon bosadi. Erdagi hodisalarni yulduzlarning chiqish va botishiga qarab aniqlab bo’lmasligi, chunki yulduzlar doimo birday chiqib, birday botishlarini ta’kidlaydi. Uning Ray shahrida shuhrat qozongan bir munajjim bilan qilgan bahsi haqida yuqorida aytib o’tgan edik. Bu odam: “Oy manzillariga karashli yulduzlarning oy bilan uchrashuvlarini hisob bilan aniqlab, manzillarning ribotlari va jafrlaridan turli hukmlar chiqarar va bo’shliqdagi hodisalarni oldindan bilishni istardi”, -deydi, Beruniy va u munajjimni bunday soxta yo’ldan qaytarmoqchi hamda to’g’ri yo’lga solmoqchi bo’lganini, lekin u o’zining noto’g’ri fikrlarini ro’kach qilib turib olganini aytadi1. Ana shunday haqiqatga ishonmovchilar haqidagi fikrini davom ettirib, ulardan dalil-isbot talab qilsang, “masxara qilib kuladilar, kibrlanib lablarini cho’chchaytiradilar, o’z tushunchalariga xursand bo’lib va o’zlarini boshqalardan ortiq va avom xalqdan tashqari e’tiqod qilib burunlarini yuqori ko’taradilar”2, - deydi.

Beruniy o’z o’quvchilarini zeriktirmaslik maqsadida asarga tabiatda juda kam uchraydigan hodisalar, qiziq afsonalar va turli sarguzashtlarni ham kiritgan. Masalan, besh oyoqli sigir, qorinlari bilan bir-biriga yopishgan egizaklar, tanasi bittayu boshi ikkita bola, echkining odamsimon bolasi kabilar3. Lekin olim ko’pincha afsonalarga ishonmaydi. U eronliklarning olamning paydo bo’lishi va birinchi odam haqidagi afsonalarini keltirib, bular ustidan kattiq kuladi. Bundap afsonalarni eshitishdan dillar nafratlanib, quloqlar tortinadi va buni aql qabul etmaydi, deydi4. Lekin, u, ayrim uydirmalarga e’tiroz bildiradi. Masalan, Abu Usmon al-Johizning aqbaroda yarmi kalamushga aylangan, yarmi kesakligicha qolgan bir kesak haqidagi hikoyasini keltirib, bularga e’tiroz bildirmaydi. Beruniy xudoga va payg’ambarlarga ishongan, ularga bag’ishlab madhlar ham yozgan. Bu Sharqning o’sha vaqtdagi hamma olimlari asarlariga xos traditsiya bo’lib, zamon shunday sharoit bo’lishini talab qilar edi. Shuning uchun Beruniy muhit bilan kelishishga va o’z xomiylarining xohishlari bilan hisoblashishga majbur edi.

Lekin, u ba’zi bir g’ayri-tabiiy hodisalarni xudoga bog’lamay bu “tabiat buzilishi” deb izohlaydi. Yuqorida aytib o’tganimizday, egizak odam, boshqalar haqidagi rivoyatlarni keltirar ekan, buni “tabiat yangilanishi”, - deb atash to’g’ri bo’lardi, degan xulosa chiqaradi.

Beruniy rumliklarning qonun ohir oyining oltinchisida erdagi hamma sho’r suvlar chuchuk bo’ladigan bir soat bor degan e’tiqodini asossiz ekanini isbotlab, moddalarnnng turli sabablarga bog’liq holda har xil o’zgarishlarga uchrashi va boshqa moddalarga aylanishi haqidagi materialistik fikrni olg’a suradi5. Agar asarni sinchiklab qarab chiqsak, tabiat hodisalarini bevosita xudoga bog’lagan birorta jumla uchratmaymiz. Ob’ektivlik uning metodiga xos omillardan biri edi.

Payg’ambarlar va muqaddas kitoblar haqida so’z yuritar ekan, olim, “Demak, na injillar va na payg’ambarlar orasida bironta ham ishonchlisi yo’q”1 degan xulosaga keladi. Asardagi bu dahriy jumlaning Sayrafiy tarjimasida tushirib qoldirilishi ham bejiz emas. Lekin, Bsruniy “Osor al-boqiya”da ham, boshqa asarlarida ham ba’zan muhim ilmiy masalalarni diniy rivoyatlar bilan aralashtirib yuboradi.

Xulosa qilib aytganda Abu Rayxon Beruniy asarlarida bugungi mustaqillik davrida ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Bugungi yoshlar ilmiy dunyoqarashini o’stirishga yordamlashadigan fikrlarning birligi bilan ham ahamiyatlidir. Demak, bugungi yoshlar Abu Rayxon Beruniy o’sha og’ir mashaqqatli xayot yo’lini bosib o’tganligini ammo shunday sharoitta ham jaxon ilm faniga katta xissa qo’shganligini bilib olishadi.

II BOB BERUNIY MEROSINI O’RGANILIShI



Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat