Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”



Download 457 Kb.
bet5/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Beruniyning hayoti.

Abu-r-Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy1 o’rta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. Beruniy o’z zamonasining ko’plab fanlarini-fizika, matematika va tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan buyuk ensiklopedisti edi.

Beruniy faqat olimgina bo’lib qolmay, o’z zamonasida Xorazmda ko’zga ko’ringan siyosiy arboblaridan biri ham edi.

Beruniy 362 yili 3 zulhijjada (973-1048) Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug’iladi2. Zamondoshi Ibn Sino kabi Beruniyning mufassal tarjimai holi yozib qoldirilmagan. Nasl-nasabini uning nisbasiga qarab aniqlasak3, olim shaharda emas, shahardan chetroqdagi bir qishloqda tug’ilgani va shu erda yoshlik chog’larini o’tkazgani ma’lum bo’ladi. Beruniy bolalik chog’idayoq tabiiy fanlarga qiziqqani uchun shunday laqab berilgan bo’lishi ham mumkin.

Ayrim manbalarda Beruniyni Kot shahrining tashqarisida tug’ilgan, shu sababli uni “Beruniy”, ya’ni “tashqarilik” degan taxallus bilan atashgan deyishadi. Abu Sa’d Abdulkarim as-Sam’oniy (vaf. 1165) “Nasablar kitobi” nomli asarida shunday deb yozadi: “Beruniy nisba degan Xorazm (ya’ni uning poytaxti Kot shahri)ning tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug’ilgan bo’lsa, bunday odamni “falonchi beruniy”,-deydilar. Munajjim Abu Rayxon shunday nisba bilan mashhurdir”. Kot shahri X asrda xorazmshoxlar - afrig’iylar sulolasining poytaxti, O’rta Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan biri edi. Bu davrda Xorazm bilan Xitoy, Hindiston, Yaqin Sharq davlatlari, Eron, Kavkaz va Evropa davlatlari o’rtasida iqtisodiy va madaniy aloqalar ancha rivojlangandi. Xorazmliklar asosan mo’yna, qoramol, baliq va hunarmandchilik buyumlari bilan savdo qilishgan. Xitoydan chinni va ipak buyumlar, Hindistondan ziravorlar xarid qilishgan. Evropalik, rum va suriyalik savdogarlar turli-tuman hunarmandchilik, zargarlik buyumlarini keltirishgan. Xorazmda hunarmandchilikning kulolchilik, shishasozlik, zargarlik, to’quvchilik, qandakorlik va yog’och o’ymakorligi rivojlangan. Qadimdan Xorazmda matematika, astronomiya, geodeziya, matematik geografiya fanlari taraqqiy etib kelgan. Tarixchilar keltirgan ma’lumotlarga qaraganda, bu ilmlarga qiziqqan kishilar dunyoning uzoq-uzoq joylaridan Xorazmga kelishgan. Kot shahrida xitoylik, suriyonlik, rumlik, yunonistonlik va xatto andalusiyalik (ispaniyalik) olimlarni ham uchratish mumkin edi. Ular nafaqat ilm o’rganish uchun, balki o’z ilmlarini yoyish uchun ham kelishardi. Bu xolat Xorazmda ilm egallashga sharoit yaxshi bo’lganligidan dalolat beradi. Beruniy ana shunday muhitda aqlini tanidi. U yoshligidan ilmga mehr qo’ygan edi. Beruniy o’zining yoshligi xaqida xotirlab: “Men bir Yunonistondan kelib qolgan olimdan turli xil o’simliklarning yunonchada qanday atalishini so’rab, bir daftarchamga batafsil yozib borar edim va ularni yodlab olardim”— deydi. Kot shahri bir necha bor istilochilar tomonidan qayta-qayta vayron qilingan va har safar yangidan tiklanganda boshqa nomlar bilan atalgan. Yaqin tarixda va 1957 yilgacha Shabboz (Shayx Abbos Vali) deb atab kelingan va o’sha yil unga Beruniy nomi berilgan. Beruniy shahri hozir Qoraqalpog’iston Respublikasi xududida joylashgan.

Beruniyning oila a’zolari, ota-bobolari va nasl-nasabi haqida ma’lumotlar saqlanmagan. Beruniyning yozishicha, onasi o’tin terish bilan tirikchilik qilgan. Bu ma’lumot Beruniyning muxtojlikda kun ke- chiruvchi oilada voyaga etganligidan dalolat beradi.

Beruniyning yoshligidanok ilm-fanga qiziqishi, qobiliyati kuchli bo’lgan. Lekin uning boshlang’ich ta’limni kimdan va qaerda olgani haqida mufassal ma’lumotlarni topa olmadik. O’sha vaqtda Xorazmda fanning turli sohalarida shuhrat qozongan ko’plab olimlar yashagan. Beruniy, shubhasiz, shulardan o’qib, ta’lim-tarbiya olgan bo’lishi mumkin. U fanning deyarli hamma sohalari bilan shug’ullangan. O’zining ona tili bo’lmish xorazm tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: sug’diy, fors1, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini bilgan. Keyinchalik olimning Hindistonda bir qancha vaqt hayot kechirishi unga hind madaniyati bilan chuqur tanishish va sanskrit tilini o’rganib olish imkonini berdi. Qadimgi yunon klassik ilmi bilan tanishdi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix va etnografiya, falsafa va filologiya sohalarini chuqur egallab, yirik olim bo’lib etishdi. Beruniy shoir va adabiyotshunos ham edi. U o’z zamonasining mashhur olimi Abu Nasr Mansur ibn Irok qo’lida ta’lim oladi. Abu Nasr ibn Iroq astronomiya, geometriya va matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag’ishlaydi1. U Beruniyni Evklid geometriyasi va Ptolemeyning astronomik ta’limoti bilan tanishtiradi. Ustoz bilan shogird o’rtasidagi do’stlik uzoq vaqtlargacha davom etadi. Beruniy ustozining nomini hamma vaqt zo’r hurmat bilan tilga oladi.

Abu Nasr Mansur ibn Iroq o’zining ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrda hali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, 384-385 (milodiy 994-995) yillari Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o’tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o’zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Lekin u faqat Jayhun (Amudaryo) ning chap qirg’og’ida Xorazm shahridan janubda joylashgan qandaydir bir qishloq uchun eng uzoq va eng yuqori ekliptika nuqtasini va azimutsiz ekliptikani aniqlashga muyassar bo’lgan, xolos.

Ta’kidlanganidek, X asrning ikkinchi yarmi va XI asr Xorazmda ilm-ma’rifat nihoyatda rivojlangan bir davr edi. Bir tomondan Xorazmda “Avesto” g’oyalari va zardushtiylik dini bilan bog’langan qadimiy ilmlar ravnaq topgan bo’lsa, Qadimgi Yunonistondan kelgan falsafiy ta’limotlar, Erondan kelgan majusiylik, kohinlik an’analari, isaviylik, musaviylik, Kushonlar davrida tarqalgan buddaviylik va nihoyat, islom dini va madaniyati xalqning ma’naviy dunyosiga ta’sir qilgan edi. Ayniqsa, arab olimlarining ta’limotlari, Qur’oni karim va hadislarga asoslangan g’oyalar keng tarqalgandi. Shunday bir turli madaniyatlar rivojlangan sharoitda xalqning ilg’or ziyolilari turli tillarni egallashga intilishgan. Beruniy qadimgi xorazm tilidan tashqari, arab, so’g’diy, fors, yunon, suriyoniy va qadimiy yahudiy tillarida yozilgan adabiyotlarni o’qiy olgan. Keyinchalik Mahmud G’aznaviy bilan Hindistonga borganida sanskrit tilini ham puxta o’rgangan. Beruniy yashagan davrda Qur’onni yod olish odati keng yoyilgandi. Bu odat kishilarning xotirasini chiniqtirgan va turli tillarni o’rganishga rag’batini kuchaytirgan. Bundan tashqari, xorazmliklarning xotiraga zo’r berishlarining sababini Beruniy shunday izohlaydi: “Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini o’rgangan va bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, butkul yo’q qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin, haqiqatni bilib bo’lmaydigan darajada yashirin qoldi, Keyin Qutayba ibn Muslim al-Boxiliy xorazmliklarning kotiblarini halok etib, bilimdonlarini o’ldirib, kitob va daftarlarini kuydirganligi sababli ular savodsiz qolib, o’z extiyojlarida yodlash quvvatiga suyanadigan bo’ldilar”.

IX-X asrlarda somoniylar saltanati vujudga kelib, fan va madaniyat yana yuksala boshlaydi. Turkiy xalqlarning Sharqiy xududlarida mustaqil davlatchilik an’analarini tiklab olgan qoraxoniylar 995-997 yillari somoniylar davlatiga qarshi yurish qiladi. Kot shahri Urganch amiri Ma’mun I (995-997) tomonidan bosib olinadi va afrig’iylar sulolasi barham topadi. Qoraxoniylar asta-sekin butun Movarounnahrni egallaydi. Ular arab hukmdorlari bilan kelishib, Amudaryoning o’ng sohilidagi erlarni butunlay o’zlariga qaratib oladi. 997-1017 yillarda hokimiyat Ma’mun birinchining o’g’li Ma’mun II qo’liga o’tadi. U poytaxtni Urganchga ko’chiradi va ma’rifatparvar inson bo’lganligi sababli ilm-fan taraqqiyotiga rahnamolik qiladi. Urganchda “Ma’mun akademiyasi” tashkil etadi. Ko’p mamlakatlardan ilm-fan bilan shug’ullanuvchi olimlar bu erga olib kelinib, ularga yaxshi sharoitlar yaratiladi. Beruniy shu olimlarning etakchilaridan biri edi. Uning atrofida yaxshi ilmiy jamoa to’pladi. Bu davrda yurtimizda ilm-ma’rifat, fan va madaniyat yana yuksala boshlagan edi. Afsuski, 1017-1018 yillar Xorazmda yana notinchlik davri boshlandi. Bir tomondan Mavorounnahrda Qoraxoniylar hukmronligi, ikkinchi tomondan Xuroson va Afg’onistondagi Maxmud G’aznaviy(998-1030) o’rtasidagi nizolar Xorazmda shakllangan ma’rifat o’chog’ining barbod bo’lishiga sabab bo’ldi.

Xorazm zodagonlari o’rtasidagi to’xtovsiz taxt talashlari olimga o’z kuzatishlarini davom ettirishga imkon bermadi.

994-995 yillari Xorazm va, umuman, O’rta Osiyoda muhim o’zgarishlar sodir bo’ldi. Qoraxoniylar boshliq ko’chmanchi qabilalar Somoniylar davlatiga qarshi hujum boshladilar. Buning natijasida Xorazmda ham davlat to’ntarishi bo’lib, Kot shahri Urganch amiri Ma’mun II (995—997) tomonidan bosib olinadi. Shu bilan shaharda hukmronlik qilayotgan afrig’iylar sulolasi tugatiladi. Taxtdan tushirilgan amir xizmatida bo’lgan Beruniy hayoti ham xavf ostida qoladi va 22 yoshida u boshpana qidirib, vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo’ladi. Olim bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi sharqidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashaydi. So’ng hozirgi Tehron yaqinida joylashgan qadimgi Ray shahriga boradi. Beruniy Rayda ancha og’ir hayot kechiradi, moddiy qiyinchilikda, faqirlikda yashaydi. “Osor al-boqiya”da Ray shahrida bir kishi bilan astronomiyaga doir masalada bahslashgani haqida hikoya kilib, u kishi ilmda Beruniydan ancha past tursa ham, o’zini olimdan yuqori tutgani, hatto uni haqorat qilishdan toymaganini so’zlaydi. “Vaxolanki, - deydi Beruniy, - oramizda faqat boylik ortiqchaligi va maqtovlarni yomonliklarga, faxrlarni ayblarga aylantiruvchi kambag’allik bor edi, xolos. Chunki men u vaqtda hamma tomondan qiyinchilikka uchrab, parishonhol edim”1. Beruniy “Mineralogiya” asarida ham Ray shahrida yashaganini eslatib, “Mening Rayda Isfahon savdogarlaridan bir do’stim bor edi, uning uyida mehmonda bo’lardim”2, deydi.

Abulfazl Bayhaqiyning “Mas’ud tarixi” kitobida Beruniyning “Mashohir Xavorizm” (“Xorazmning mashhur kishilari”) nomli (bizgacha etib kelmagan) asaridan parchalar keltirilgan. Bunda Beruniy xorazmshoh Abul Abbos Ma’munII ning yaxshi fazilatlarini tavsiflab, uning saroyida etti yil xizmat qilganini hikoya qiladi”3.

Xorazmning Mahmud G’aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy uchun juda og’ir bo’ldi. U xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar qatorida Mahmud G’aznaviyning asiri sifatida G’azna shahriga olib ketiladi va olimning xayoti qattik taxlika ostida qoladi. Mahmud G’aznaviy Beruniy va uning yaqin kishisi bo’lgan xorazmlik olim Abdus Samad Avvalni qatl etish haqida farmon beradi. Lekin Mahmud G’aznaviyning vaziri Xo’ja Hasan o’rtaga tushishi tufayli olimning hayoti saqlab qolinadi.

Keyinchalik, Mahmudga yaqin kishilar vositachiligida Beruniy bilan sulton o’rtasidagi nizolar ko’tarilib, olim uchun yana osoyishta hayot kechirish imkoni tug’iladi1.

Beruniyning bizgacha etib kelgan yana bir muhim asari “Munajjimlik san’atidan boshlang’ich tushunchalar”dir. U ham 1029 yili G’aznada yozilgan. Asar bizgacha fors va arab tillarida etib kelgan. Bu asar bir qancha fanlar haqida tushuncha beruvchi muhim manbadir.

1030 yili esa “Hindiston” nomi bilan mashhur bo’lgan eng yirik asari “Tahqiq mo lil Hind min ma’qula maqbula fil aqlav marzula” (“Hindlarning aqlga sig’adigan va sig’maydigan ta’limotlarini aniqlash”) yuzaga keladi2. Bu shoh asarga G’arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi hind olimlari ham juda yuksak baho berganlar. Akademik V.R. Rozen: “Sharq va G’arbning qadimgi va o’rta asrdagi butun ilmiy adabiyotida bunga teng keladigan asar yo’q”3, -deb yozgan edi. Hindiston haqida qadimgi va o’rta asrda yashagan juda ko’p olim va sayyohlar tomonidan turli-tuman xotirot va kitoblar yozilgan. Lekin bularning hech biri Beruniyning “Hindiston” asari bilan tenglasha olmaydi.

Mahmud G’aznaviy o’zining bosqinchilik urushlarini Hindistonday boy mamlakat tomon yo’naltirdi. U hind xalqini g’ayri dinlar, islom dushmanlari deb, ularni qirg’in va talon-toroj etib, asrlar davomida barpo etilgan madaniyatini oyoq osti qiladi. Shunday bir holatda Hindiston va undagi madaniyat hamda fan yutuqlarini rostgo’ylik, haqqoniylik bilan tasvirlab berish juda qaltis ish bo’lib, Beruniydan jur’at va matonat talab qilar edi. “Mineralogiya”ning ba’zi joylaridagi ma’lumotlardan aniqlanishicha, Beruniy Hindistonga qilingan yurishlardan birida Mahmudga hamroh bo’lib borgan. U Hindistonda qachon va qancha vaqt yashagani aniq emas. Ammo Mahmud tomonidan Xorazmdan olib ketilgandan keyin bir oz vaqt Hindistonning shimolidagi Nandia qal’asida yashagani va u erda er shari aylanasini hisoblash maqsadida o’lchash ishlari olib borgani ma’lum1. Sanskrit tilini puxta o’rganib olish Beruniyga hind madaniyati, adabiyoti va Hindistonning o’sha davrdagi mashhur olimlari bilan yaqindan tanishish hamda bu mamlakat haqida shunday o’lmas va qimmatbaho asar yaratish imkonini berdi. Bu davrda u “Hindiston” asarini yozib tugatdi.

“Yodgorliklar”da Beruniy o’ziga ma’lum bo’lgan xalqlarning: yunonlar, rumliklar, eroniylar, sug’diylar, xorazmliklar, harroniylar (yulduzga topinuvchilar), qibtiylar, xristianlar, yaxudiylar, islomgacha bo’lgan arablar va musulmonlarning yil hisoblari, Navro’z, hayit bayramlari va mashhur kunlarini mufassal tasvirlab beradi. Asarda astronomiya va matematikaning ko’p masalalari yoritib berilgan. Beruniy musulmon olimlari ichida birinchi marta yahudiylar kalendari haqida sistemali ma’lumot beradi2. “Osor al-boqiya” asarida juda ko’p tarixiy voqealar, turli millat va dinlarga oid muhim ma’lumotlar, payg’ambarlar, podshohlar, mashhur tarixiy shaxslar va olimlar haqida ham axborotlar berilgan. Kitobning o’rta Osiyo xalqlari, ularning madaniyati va tarixiga doir ma’lumotlari juda muhim ahamiyatga egadir. Asarga bir qancha she’riy parchalar ham kiritilgan, sug’d va xorazm tillaridan parchalar keltirilgan. Afsuski, til namunalari bo’lgan bu yodgorliklar keyingi qo’lyozmalarda buzib ko’chirilgan, shuning uchun ularning asl shaklini tiklash imkoni yo’q.

Beruniy bu asarni nima uchun yozganligi haqida shunday deydi: “Adiblardan biri mendan turli xalqlar haqidagi tarixlar, ularning boshlanishlari va shoxobchalari, ya’ni oylar va yillari ustida u tarix egalarining ixtiloflari va bu ixtilof sabablari, mashhur bayramlar, har xil vaqtlar va yumushlar uchun belgilangan kunlar, millatlarning ba’zisi amal kilib. ba’zisi amal qilmaydigan boshqa marosimlar haqida so’radi va meni imkon boricha ularni juda ravshan bayon ztib, o’quvchi fahmlaydigan, turli kitoblarni axtarish va u kitob egalarini surishtirishga ehtiyoj qolmaydigan bir asar yozishga da’vat etdi”.

Buyuk olim o’z asarini yozishga kirishar ekan, bu ishning oson emas-ligini, qadimgi xalklar, ularning yil hisoblari haqidagi rivoyatlar nihoyat chalkashib ketgani, yolg’on afsonalar va asossiz ma’lumotlarga to’lib-toshib yotganini ta’kidlaydi. Bunday yolg’on-yashiqlardan xoli bo’lish uchun “u rivoyatlarning davrimizga eng yaqin va eng mashhurlarini, so’ngra yaqinroq va mashhurrog’ini birin-ketin olib borishimiz lozim, ularni o’z arboblaridan qabul qilib, tuzatish mumkin bo’lganini tuzatamiz, boshqalarini o’z holicha qoldiramiz. Shunda biz keltirgan rivoyatlar haqiqatni qidiruvchi va hikmatni sezuvchining ulardan boshqa rivoyatlar ustida ish yurgizishiga yordamchi va bizga muyassar bo’lmagan narsalarga erishish uchun yo’lovchi bo’ladi”, -deydi.

U manbalarga tanqidiy nuqtai nazardan yondashadi, o’zidan ilgari o’tgan olimlarning tarixiy asarlarini dadil va qo’rqmasdan tanqid qiladi. S.P.Tolstov Beruniyning mana shunday haqqoniyligi uning ko’pchilik tarixiy asarlarining yo’qolib ketishiga sabab bo’lgan bo’lsa kerak, deb taxmin kiladi1.

Dastlab rostday ko’ringan, lekin tajriba bilan isbotlanmagan fikrlarga Beruniy shubha bilan qaraydi va o’zi amalda tekshirib ko’rmaguncha bunday rivoyatlarga ishonmaydi. “Qarama-qarshiligi ravshai ayon bo’lgan, narsaga qanday ishonib bo’ladi”2-deb yozadi olim. U asarga kiritilgan ma’lumotlarni o’quvchiga mumkin qadar oson yo’llar bilan tushuntirishga va ularni turli kitoblarni axtarish mashaqkatidan qutultirishga harakat qiladi.

“Yodgorliklar” podshohlar va mashhur shaxslarning tarixinigina eritib beruvchi kompilyatsion asarlardan emas, balki xalqlar madaniyati tarixi, ularning urf-odat va e’tiqodlari tarixi aks ettirilgan tarixiy-etnografik asardir.

Beruniy o’z asarida turli xalqlardagi yil hisoblari, ularning urf-odatlari ustida to’xtar ekan, O’rta Osiyo va Eron xalqlarining madaniyatini yuqori ko’taradi. Islomgacha bo’lgan arablarni madaniyatsiz deb ataydi, arab bosqinchisi Qutayba ibn Muslimni madaniyatni oyoq-osti qilgani uchun kattiq qoralab, “Qutayba ibn Muslim” xatini yaxshi biladigan, ularning habar va rivoyatlarini bilimini boshqalarga o’rgatadigan kishilarni halok etib, yo’q qilib yuborgan edi”1,-deydi. “Xorazmliklar oylar” to’g’risidagi bobda arablarning yulduzlar va oy manzillari haqidagi fikrlarini qattiq tanqid qiladi, ularni astronomiyani bilmaslikda ayblaydi. Arablarning astronomiya sohasidagn dehqonlarning o’z qishloqlaridagi bilgan narsalari bilan deb ko’rsatadi. O’z xalqini eronliklardan yuqori qo’yib, eronni kamsitgan IX asrdagi arabiynavis yozuvchi Abu Muhammad Qutayba al-Jabaliy ustidan kuladi va uning fikrlari asosini ilmiy yo’l bilan isbotlab beradi2. Beruniy haqiqatga qarshi kishilar bilan munozara qilib, ularni skertitsizmda ayblab bular qat’iy hujjatlarni qabul etishdan xuddi sherdan qochgan eshaklardek qochadilar”, - deydi.

1035-1036 yillari Beruniy o’zi yozgan asarlari ro’yxatini tuzgan va mazkur ro’yxatda 113 ta asarning nomini keltiradi. Bu asarlardan 70 tasi astronomiyaga, 20 tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 3 tasi mineralogiyaga, 4 tasi kartografiya va boshqa fanlarga oid edi. Agar olimning undan keyin yashagan 13 yil ichida yozgan 50 dan ziyod asarlarini ham qo’shadigan bo’lsak, ularning umumiy soni 160 dan oshadi. Ayrim manbalarda Beruniy 200 dan ziyod asar yozgani haqidagi ma’lumotlar ham uchraydi. Beruniy yozgan har bir asar o’ziga xos entsiklopediya edi. Masalan, uning dastlabki asarlaridan “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” (“Al-Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya”) asari Qadimgi Xorazmda o’tgan xalqlarning, qadimgi yahudiylar, nasroniylar, majusiylar va musulmonlarning urf-odatlari, an’analari, bayramlari, kalendarlari, dinlari, payg’ambarlari, muqaddas kitoblari haqidagi barcha ma’lumotlarni o’zida to’plagan yaxlit entsiklopediya bo’lib, u Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashhurdir. Bu asarni olim 27 yoshida, ya’ni 1000 yili arab tilida yozib tugallagan. Uni Qobus ibn Vashmgirga bag’ishlagan. Bu asarning birinchi nashrini nemis olimi, beruniyshunos Eduard Zaxau 1876 - 1887 yillarda Leyptsigda bosib chiqaradi. 1879 yili esa uning inglizcha tarjimasini e’lon qiladi. 1950 yili sharqshunos olim A.Rasulov mazkur asarning bir qismini o’zbekchaga tarjima qiladi, 1957 yili asar arabshunos olim M.A.Sale tomonidan rus tiliga tarjima qilinadi va nashr etiladi. 1968 yili A.Rasulov tomonidan bu asarning o’zbek tilidagi to’liq tarjimasi “Fan” nashriyotida bosilib chiqadi. Beruniyning “Kitobu-l-maqolot val-arz vadiyonot” (“Maqolalar, e’tiqodlar va dinlar haqida kitob”), “Kitob fi axbori Xorazm” (“Xorazm xabarlari haqida kitob”), “Kitob tarixi ayyom as-sulton Mahmud va axbori abihi” (“Sulton Mahmud davri tarixi va otasi haqidagi xabarlar kitobi”) kabi kitoblari hali topilmadi. Ularni jahon kutubxonalari va shaxsiy kitob xazinalaridan axtarishni davom ettirish lozim. Eslatganimizdek, Beruniy Jurjon hukmdori Vashmgir saroyida yashab yurgan davrida qimmatbaho toshlar va minerallar haqida “Mineralogiya” asarini yozgan. Bu asarda muallif 300 dan ziyod minerallar va ularning fizik (qattiqliga, solishtirma og’irligi, ransh, qirralarining tuzilishi va boshqalar), ximiyaviy (tarkibida qanday moddalar borligi, suv va olovga chidamliligi) xususiyatlarini tushuntirib bergan. Beruniyning “Mineralogiya” asarini 1963 yil SSSR Fanlar akademiyasi nashriyotida moskvalik sharqshunos A. M. Belinitskiy rus tilida nashrdan chiqardi.

Xulosa qilib aytganda, ulug’ alloma Abu Rayxon Beruniy hayoti hali to’liq, mukammal o’rganilgan emas. Beruniy hayotining nomalum jihatlari mavjud. Beruniy faoliyati, asarlari haqidagi izlanishlar hali davom etadi deb o’ylaymiz.


Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat