Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti “Ijtimoiy fanlar va ma’naviyat asoslari”


Ilova № 3. Beruniy hayoti va merosini o’rgangan olimlar



Download 457 Kb.
bet14/16
Sana07.09.2021
Hajmi457 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Ilova № 3.

Beruniy hayoti va merosini o’rgangan olimlar
1. V.R.Rozen.

2. V.V.Bartold.

3. I.Yu.Krachkovskiy.

4. A.A.Semyonov.

5. С.П.Толстов.

6.A.M.Belenitskiy (Minerologiya sahasidagi asarlarini o’rgangan.)

7. V.I. Zohidov (Falsafiy qarashlarini o’rgangan.)

8.B.A.Rozenfeld (matematikaga oid ishlarni qisman o’rgangan.)

9.I.M.Karimov (formonognoziya (dorivor giyoxlar) ga doir ilmiy ishlarni o’rgangan.

10.F.Jalolov va X.U.Sodiqovlar (astranomiya, matematika va geografiya sohasidagi ishlarni qisman o’rgangan.)


Beruniy hayoti va merosini o’rgangan chet el olimlari

  1. K.E.Zaxau.(olmon)

  2. E.Videman.

  3. S.A.Nallinov.

  4. J.Sarton.

  5. X.Suter.


Ilova № 4.

Qisqacha muhim ma’lumotlar

-Beruniy geologiya fanini rivojlantirgan va globusni ixtiro qilgan (buning yordamida geografik kordinatalarni aniqlash mumkin bo’lgan), Amerika qitasi borligini bashorat qilgan (450-yil oldin), o’z davrining etnososiologi bo’lgan.

- P.B.Bulgakov malumotlariga ko’ra, u 16-17 yoshida armilla yordamida Quyoshning peshin vaqtidagi balandligini yarim gradusgacha aniqlik bilan o’lchagan.

-Uning kunyasi “Abu Rayxon” (“rayxonning otasi” yoki “rayxonli kishi”) haqida aniq bir fikr aytish qiyin. I.Yu.Krachkovskiy (1883-1951) bu atoqli ot ma’nosini anglatishi ehtimoldan uzoq, ammo “rayxonli kishi” ma’nosida laqab bo’lib kelgan bo’lsa kerak, deydi. Beruniy bolalik chog’idayoq botanikaga qiziqqani uchun shunday laqab berilgan bo’lishi ham mumkin.

-“Beruniy” so’zi “tashqi shaharda yashovchi kishi” manosini bildiradi.

-U yoritqichlar harakatini handasaviy izohlash asosida olamning tuzilishini tushuntiradigan geotsentrik va geliotsentrik sistema teng kuchga ega, degan xulosaga keladi, bu bilan Kepler kashfiyotini malum darajada oldindan aytish edi. U 1029 yulduzning koordinatalari va yulduz kattaliklari qayd etilgan yulduzlar jadvalini tuzgan (q. Beruniy ziji).

-“Al-Qonun al-Mas’udiy” asarida yassi va sferik trigonometeriyani bayon qilgan. U trigonometirik funktsiyaning chiziqli va kvadrat interpolitiv qoidasini ishlab berdi, o’rtacha aniq hisoblar metodini taklif qilib, tegishli jadvallarni keltirdi, bir qancha o’nli raqamlar uchun P miqdorini aniq hisoblab chiqdi.

-Ptolemeyga qarama-qarshi Atlantika va Hind okeanlarini janub tomoni bir-biriga tutashganligini isbotlab bergan. U Osiyo va Afrika qit’alari orasida bir vaqtlar bo’g’oz bo’lgan va Er shari janub tomoni quruqlik bo’lgan deb taxmin qiladi. U geografik kenglikni aniqlashda XVI asrda Tixo de Brage tomonidan kashf etilgan deb hisoblangan usulni ishlatgan. Beruniy Er meridiani yoyining bir darajasi 110275 metrga teng deb topdi. Bu hozirgi zamon ma’lumotlariga juda yaqin. Olim “Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi” degan nazariyaga suyanadi.

-U mineriallarni tariflashda zarur omillardan biri sifatida ularning solishtirma og’irligini tartibli ravishda aniqlab, minerologiyaning amaliy ishlariga joriy qildi.

-Olim biologiya sohasida tabiiy tanlanish haqida qimmatli fikrlar aytgan. U tabiiy tanlanish bo’yicha avval insonning ongli faoliyatini tasvirlab beradi, keyin “Tabiat ham shunday qiladi, lekin u farqiga bormaydi, chunki uning harakati ongsizdir”, degan xulosaga keladi.

-Beruniy astironomiya sohasida meridianlar yo’nalishini aniqlash uchun “hind doirasi”ni ixtiro etgan. Bir qancha astrolyabiya konstruktsiyalarini, diametri 7,5 metr bo’lgan va o’sha zamonda eng yirik hisoblangan “devoriy kvadrant”-ni yasagan. Solishtirma og’irlikni aniqlash uchun ham maxsus asbob ixtiro etgan.

-“Oldindan aytib berish san’ati, - deb yozadi, U ”Geodeziya”da,-umuman kuchsiz asosga ega, undan kelib chiqadigan xulosalar ham asossiz”.

-“Al-osor al-boqiya” asarining qimmati shundaki, u islomgacha bo’lgan (Xorazmda) butun bir davrni ochish imkoniyatini tug’dirdi.

-Dunyoning tuzilishini tushintirishda Beruniy atomizmga yaqin bo’lgan. Uning atomistikasi atomlarning moddiy xarakterini va har qanday diterminizmni inkor etuvchi mutakallimlarning fikr va qarashlariga qarama-qarshi qo’yilgan.

-Umuman, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu-aql – idrok tufayli erishilgan yutuqdir, deydi. Beruniy bu sohada tajribaning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi. Mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashiga bog’liq, odamning bahti esa uning bilim va ma’rifatida, deb yozadi.


Download 457 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat