Shofirkon tumani



Download 16 Kb.
Sana09.07.2021
Hajmi16 Kb.
#114146
Bog'liq
SHOFIRKON TUMANI
yosh va pedagogik psixologiya, Test 6-10-11-sinf fizika fanidan, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda ta, FAN DASTURI, пойдевор, пойдевор, TEST DTM ONA TILI VA ADABIYOT 10-VARIANT, 5-sinf ona tili fanidan qoidalar to‘plami, Psixologiya Hasanov Abdumajidova MM uz 4f578-конвертирован, 8 sinf ozbekiston davlati va huquq as, abu nasr farobiyning pedagogikaga oi, Mavzu, Mavzu, Goggle, Goggle

SHOFIRKON TUMANI

SHOFIRKON TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shim. da joylashgan. 1926 yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubiy dan Vobkent, jan. gʻarbdan Romitan, gʻarbdan Peshku, sharqdan Gʻijduvon tumanlari, shim. dan Navoiy viloyatining Konimex tumani bilan chegaradosh. Mayd. 3,72 ming km2. Aholisi 136 ming kishi (2004). Tumanda 1 shahar (Shofirkon), 12 ta qishloq fuqarolari yigʻini (Bogʻiafzal, Vardonze, Denov, Doʻrmon, Iskogare, Joʻynov, Joʻyrabot, Sulton Joʻra, Tezguzar, Chandir, Sharofbobo Hamroyev, Qarmoqon) mavjud. Markazi — Shofirkon shahri.

Tabiati. Tuman hududi, asosan, tekislik va qum barxanlaridan iborat. Shim. qismi Quljuqtov etaklari (Gujumdi togʻi) va Qizilqum (Jilvon va Toldi massivlari)ga tutashgan. Janubiy qismi Zarafshon vodiysidagi sugʻoriladigan yerlar. Iqlimi keskin kontinental. Iillik oʻrtacha tra 14,2°, eng past tra —29°. Iyulning oʻrtacha t-rasi 29,4°, eng yuqori tra 46°. Yiliga 220 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 150 kun. Tumandagi ekin maydonlari AmuBuxoro mashina kanali, Katta Jilvon, Kichik Jilvon, Sultonobod va Koʻhnarud ariqlaridan sugʻoriladi. Shim. da shoʻrtob, shoʻrxok, qumloq, toshli choʻl, turli boʻz, och qoʻngʻir; Zarafshon vodiysiga tutash qismida oʻtloqibotqoq, ochboʻz, oddiy boʻz tuproqlar tarqalgan. Shofirkon tumanining shim. dagi choʻllarda yovvoyi oʻsimliklardan ajriq, otquloq, yalpiz, shoʻra, baliqkoʻz, qoʻngʻirbosh, yaltirbosh, qumlarda oq saksovul, qandim, cherkez, iloq, quyonsuyak, selin, isiriq; jan. tekislik qismida qamish, roʻvak, bugʻdoyiq, shoʻraajriq, kampirsoch, itgunafsha, yulgʻun va boshqalar oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan jayran, tovushqon, chiyaboʻri, tulki, yumronqoziq, qumsichqon, qirgʻovul, bedana, kaptar, burgut, qirgʻiy va boshqalar bor. Sh. t. da Vardonze davlat tabiat yodgorligi tashkil qilingan.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, qozoq, tatar, rus, ukrain va boshqalar millat vakillari ham yashaydi.

Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 36 kishi. Shaharliklar 17 ming kishi, qishlbq aholisi 119 ming kishi.

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Tumanda paxta tozalash, gʻisht, vino zdlari, Buxoro pillakashlik f-kasining filiali, gilam toʻqish f-kasi, Oʻzbekiston—Turkiya «Vardonze» qoʻshma korxonasi, 22 kichik, 400 ga yaqin xususiy, 13 shirkat korxonalari, 8 aksiyadorlik jamiyati mavjud (2004). Q. x. ning yetakchi tarmogi — paxtachilik. Sh. t. da 13 shirkat, 1200 dan ziyod fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Q. x. da sugʻoriladigan yerlar 28,2 ming ga, shu jumladan, 12110 ga yerga paxta, 6100 ga yerga gʻalla, 94 ga yerga sabzavot va poliz, 63 ga yerga kartoshka, 469 ga yerga beda ekiladi, 1,3 ming ga yer tokzor va mevazor. Urmon xoʻjaligi mavjud. Tuman jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarida 43,5 ming qoramol, 76,2 ming qoʻy va echki, 233-yilqi, 32,9 ming parranda, yaylovlarda qorakoʻl qoʻylar boqiladi.

2003/04 oʻquv yilida Shofirkon tumani dagi 54 umumiy taʼlim maktabi, 2 internat maktabida jami 32,6 ming oʻquvchi oʻqidi. 3 kasb-hunar kolleji faoliyat koʻrsatadi. 9 klub, 13 madapiyat uyi, madaniyat va istirohat bogʻi, 62 kutubxona, markaziy stadion va boshqalar sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (420 oʻrin) va boshqalar turli kasalxonalar, 4 poliklinika, 22 dorixona, 37 qishloq vrachlik punkti va boshqalar tibbiy muassasalarda 235 vrach, 1 mingdan ortiq oʻrta tibbiy xodim ishlaydi. Tumanda sil kasalliklari sanatoriysi, bolalar «Mingchinor» oromgohi bor. Shofirkon shahridan Buxoro, Gʻijduvon, Navoiy, Samarqand, Toshkent va boshqalar shaharlarga avtobuslar qatnaydi. Shofirkon tumanida tarixiy va meʼmoriy yodgorliklardan Vardonze qoʻrgʻoni (3—8 a. lar), Xoja Orif Mohitobon (Revgariy) maqbarasi va Jome masjidi (13asr), Hazornur qadamjosi va Toshmasjid saqlangan. Burqi Sarmast, Childuxtaron, Qoʻchqorota, Gʻoyibota, Bibi Kabudpush, Sayidota ziyoratgohlari mavjud. 1932-yildan tuman «Shofirkon ovozi» gaz. nashr qilinadi (adadi 2027).



Ad.: S. Muxtor , K. Bobomurod, Shofirkon tarixi, T., 1998; Abdulla Rahmon, Shofirkon yudduzlari, T., 2004.

Qahramon Rajabov, Manzura Davlatova.
Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
axborot texnologiyalari
ta’lim vazirligi
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
o’rta maxsus
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
respublikasi axborot
toshkent davlat
таълим вазирлиги
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Ishdan maqsad
Toshkent davlat
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
haqida umumiy
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
pedagogika universiteti
matematika fakulteti
ishlab chiqarish
fanlar fakulteti
moliya instituti
fanining predmeti