Shevalar bajardi: hamroyev b. O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “kino, tv va radio san’ati” fakulteti



Download 200.88 Kb.
Sana23.01.2020
Hajmi200.88 Kb.

Shevalar


BAJARDI: HAMROYEV B.

O’ZBEKISTON DAVLAT SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI

“KINO, TV VA RADIO SAN’ATI” FAKULTETI

3- “KINO SAN’ATI TANQIDI VA TAHLILI” BO’LIMI

Reja:

  • Milliy til va adabiy til.
  • Adabiy tilning belgilari.
  • Shevalar.
  • O’zbek tili va shevalari.

Milliy til

  • Umumiy hudud, iqtisod va ma’naviy boylik bilan birga millatni tashkil etuchi ijtimoiy-tarixiy kategoriya.
  • Milliy til tushunchasi tilning yashash shakliga aloqadordir.
  • Har bir millat o’z tiliga ega. Ba’zi bir millatlar esa bir necha bir necha tilga ega bo’lishi mumkin:
  • Belgiyaliklar- fransuz va vallon tillarida;

    Shveysariyaliklar- nemis, fransuz, retoroman va italyan tillarida so’zlashadi.

    Aksincha, bir necha millatlar yagona milliy tilda so’zlashadi. Ular : AQSh, Angliya, Avsraliya va boshqa ingliz tilda so’zlahuvchi milllatlar.

    Milliy til o’z tarkibiga sheva, so’zlashuv nutqi, jargonlar, vulgarizm, varvarizm kabi guruh so’zlarni qamrab oladi

Adabiy til

  • Milliy tilning ma’lum qoidalarga bo’ysundirilgan, muayyan qolipga solingn, olimlar, san’atkorlar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan shaklidir.
  • Adabiy til shu tilda gapiruvchilarning barchasi uchun tushunarli bo’lish zararurati sababli yaratilgan.
  • Milliy o’zbek tilida shevalarning ko’pligi adabiy tilga bo’lgan ehtiyojni yuzaga keltirgan.
  • Rasmiy hujjatlar, badiiy va ilmiy adabiyot, vaqtli matbuot adabiy tilda yaratiladi, ommaviy axborot vositalari adabiy tilda ish ko’radi.
  • Adabiy til va milliy til o’rtasida ham farq bor. Milliy til shu tilning egasi bo’lgan xalq millat bo’lib shakllanganda yuzaga keladi. Milliy til adabiy til vazifasini o’taydi, lekin har qanday adabiy til milliy til bo’la olmaydi.

Adabiy tilning muhim belgilari:

  • Me’yoriylik- til vositalarini qo’llash tizimidir. Til me’yori til tizimining barcha sathini qamrab oladi. Shunga ko’ra, leksik me’yor, to’g’ri talaffuz me’yori, to’g’ri yozish me’yori, grammatik me’yor kabilar farqlanadi.
  • Umummajburiylik- jamiyatning barcha a’zosi tomonidan adabiy til qo’llanishining majburiyligi. Adabiy til me’yorlariga hammaning barobar rioya qilinishi umummajburiylikdir.
  • Kodifikatsiya- til me’yorlarining ilmiy tasnifi bo’lib, amalga oshirilgan ish, lug’at, qo’llanma va darsliklarda qayd qilinadi.
  • Og’zaki va yozma shaklning mavjudligi- sheva va lahjadan farqli ravishda adabiy til og’zaki shakldan tashqari yozma shaklga ham egadir.
  • Ko’p vazifalilik- adabiy til istalgan faoliyat sohasining kommunikativ ehtiyojlarini qondirishga qodir.
  • Uslubiylik- adabiy til tarmoqlangan vazifaviy uslublarga ega bo’ladi.

O’zbek tili- davlat tili

  • Sobiq ittifoq parchalanmay turib O’zbekistonda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
  • O’zbek tiliniing hayotimizdagi o’rni ta’sirini kuchaytirish, uni tom ma’nodagi milliy qadriyatga aylantirish yo’lida ulkan ishlar amalga oshiridli.
  • O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qo’yildi.
  • “Davlat tili haqida” gi qonun o’zbek tili taraqqiyotida yangi davrni boshlab berdi. O’zbekiston Fanlar akadimiyasinng Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti tomonidan tayyorlangan “O’zbek tilining izohli lug’ati” tilimizning izchil rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
  • Mustaqilligimizning 17 yilligi bayrami arafasida nashr etish ishlari yakunlangan 5 jildli mazkur izohli lug’at o’zbek adabiy tilida iste’molda bo’lgan 80 mingdan ortiq so’z, so’z birikmasi, fan va texnika,, san’at va madaniyat sohalariga oid terminlarni, tarixiy va eskirgan atamalarni o’z ichiga olgan.

Shevalarni o`rganish til tarixi uchun ham, xalq tarixi uchun ham boy va qimmatli materiallar beradi. Adabiy tilda allaqachon yo`q bo`lib ketgan yoki ma’lum darajada o`zgarib ketgan leksik elementlar va ayrim grammatik formalar mahalliy shevalarda saqlanib qolgan bo`lishi mumkin. Bu jihatdan dialektologiya til tarixini o`rganish uchun juda ahamiyatlidir.

Shuningdek, o`zbek dialektologiyasi ham o`zbek tili tarixini o`rganish, uning ayrim noaniq masalalarini yoritish uchun asosiy manbadir. Qadimiy o`zbek yozma yodgorliklarining biz uchun noaniq bo`lgan ayrim xususiyatlarini hozirgi zamon o`zbek shevalarining xususiyatlarini o`rganish bilan (shu sheva materiallari yordamida) aniqlashimiz, to`ldirishimiz mumkin. Dialektlarni o`rganish ham ilmiy, ham amaliy ahamiyatga ega. Shevalarni o`rganish, o`zbek adabiy tilining fonetik, leksik-grammatik me’yorlarini belgilash uchun, shuningdek, o`zbek orfografiyasi va orfoepiyasini stabillashtirish uchun ham katta yordam beradi.



Shevalarni o`rganish xalq tarixi, etnografiya uchun ham muhimdir. Masalan, shevalarni o`rganish orqali o`tmishdagi urug`-qabilalarning joylashish hududlarini aniqlash, toponimlar, gidronimlar va shu kabi nomlar vositasida xalq tarixining ayrim ko`rinishlarini yaratmoq mumkin bo`ladi.

Qarluq lahjasi

  • Asosan markaziy shahar shevalari birligidan tashkil topgan bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanuvchi belgilarga ega:
  • Fonetik jihatdan:
  • so’z oxiridagi k undoshi y tarzida talaffuz qilinadi: terak-teray, bilak-bilay
  • adabiy tildagi a unlisi o tarzida talaffuz qilinadi: aka-oka
  • Leksik jihatdan: qalampir-garmdori, narvon-shoti, hovli-eshik
  • Morfologik jihtdan:
  • hozirgi zamon davom fe’li –yap o’rnida –vot,-ut qo’shimchalari qo’llaniladi
  • qaratqich kelishigi –ning o’rnida tushum kelishigi –ni ishlatiladi.

Lahjalar:

  • O’zbek tili ko’p lahjali til hisoblanadi. Uning dialektal asosini qarluq, qipchoq, o’g’uz lahjalari tashkil etadi.
  • Lahja- bir-biriga yaqin bo’lgan shevalar yig’indisi.
  • Lahja so’zi o’rnida dialekt atamasi ham ishlatiladi

Qipchoq lahjasi

  • O’zbekistonning Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarining qishloqlari shevalari birligidan iborat bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi:
  • Fonetik jihatdan:
  • ba’zi shevalarda y o’rnida j ishlatiladi: yo’l-jo’l
  • so’z oxiridagi g’ undoshi v bilan almashtiriladi: tog’-tov
  • so’z oxirida q, k undoshlari tushib qoladi: kichik- kichi
  • Leksik jihatdan: mushuk- pishak, do’ppi-qalpoq
  • Morfologik jihatdan:
  • hozirgi zamon davom fe’li –yap o’rnida –jatir/-votir qo’shimchalari ishlatiladi.
  • tushhum kelishigi –ni o’rnida –di/-ti ishlatiladi.

O’g’uz lahjasi

  • Janubiy xorazm shevalari birligidan tashkil topgan bo’lib, adabiy tildan quyidagicha farqlanadi:
  • Fonetik jihatdan:
  • so’z boshidagi t tovushi d, k tovushi g shaklida talaffuz qilinadi: til-dil
  • unlilar qisqa va choziq talaffuz etilganda: at- hayvon, a:d- nom
  • Leksik jihatdan: norvon- zangi, do’ppi-tahiya, ustara-pakki
  • Morfologik jihatdan:
  • Qaratqich kelishigi –ning –ing, jjo’nalish kelishigi –ga –a shaklida


Download 200.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
davlat pedagogika
o’rta maxsus
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
ta’limi vazirligi
nomidagi samarqand
toshkent davlat
toshkent axborot
haqida tushuncha
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
Ўзбекистон республикаси
rivojlantirish vazirligi
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
махсус таълим
bilan ishlash
o’rta ta’lim
fanlar fakulteti
Referat mavzu
Navoiy davlat
haqida umumiy
umumiy o’rta
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
malakasini oshirish
universiteti fizika
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik