Sheriklarga huquqiy maslahat bering



Download 28,03 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi28,03 Kb.
#427775
Bog'liq
BIZNES huquqidan


Kazus
Fuqaro Azimov, Obidov va Akmalova birgalikda yangi Oziq-ovqat savdo markaz (supermarket)larini ochishni rejalashtirmoqda. Savdo markazlari markazi ish boshlaydigan boʻlsa, sheriklarning har biriga 33 foizdan ulush tegadi va ustav fond uch kishi oʻrtasida teng taqsimlanadi. Fuqaro Azimovning fikricha, biznesni tezkor ravishda yoʻlga qoʻyish uchun katta mablagʻ zarur. Ushbu mablagʻ hisobidan binolar zamonaviy va koʻrkam koʻrinishga keltiriladi hamda sifatli xizmatlar koʻrsatiladi. Ammo, katta hajmdagi mablagʻ hech qaysi sherikda topilmadi.
Shu bois, sheriklar ushbu loyihasini tashqi manbalar orqali moliyalash haqida oʻylay boshladi. Fuqaro Azimov bank kreditlarini taklif etdi. Obidov esa, yangi sheriklarni jalb etish. Akmalova ham fikr bildirib, aksiyalar chiqarib, fond bozoridan cheklangan miqdorda mablagʻ jalb etish mumkinligini aytdi.


Sheriklarga huquqiy maslahat bering.
1. Har bir sherikning taklifiga munosabat bildiring va taklifkarni qanday huquqiy rasmiylashtirish mumkinligini tahlil eting.
2. Mazkur biznesni qaysi tashkiliy-huquqiy shaklda ochishni qulay deb hisoblaysiz? Fikrlaringizni asoslantiring.
Javob
1. Ushbu kazusda javob berishda har bir sherikning taklifini huquqiy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, dastlab fuqaro Azimovning bank kreditlarini olish taklifini ko‘radigan bo‘lsak, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sug‘urta qilish tartiblari belgilangan bo‘lib xususan unga ko‘ra “tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kreditlar berilayotganda banklar, boshqa kredit yoki sug‘urta tashkilotlari kafolat beruvchi bo‘lishi mumkin. To‘lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonunchilikda belgilangan tartibda kafil bo‘lishi mumkin.
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlar bajarilishini ta’minlash vositasi sifatida o‘z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o‘zi olgan kreditni to‘lay olmaslik xavfini sug‘urta qilish polisidan foydalanishi mumkin.
Tadbirkorlik subyektlari qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.”1deb belgilangan. Bundan bilsak bo‘ladikiб fuqaro Azizovning taklifi bilan kredit olish jarayonida ularning majburiyatlarni bajarishini ta’minlash vositasi sifatida o‘z mol-mulklarini kafolat sifatida belgilashlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, boshqa biror bank, sug‘urta tashkiloti yoki to‘lovga qobiliyatli biror yuridik yoki jismoniy shaxs ham kafolat berishi mumkin ekan.
Ikkinchi sherik bo‘lgan Obidov taklifini ko‘radigan bo‘lsak, u yangi sheriklarni jalb etish taklif qilgan. Uning bu taklifini qonuniy jihatdan tahlil qiladigan bo‘lsak, tadbirkorlik subyektida
Uchinchi sherik bo‘lgan Akmalovaning aksiyalar chiqarib, fond bozoridan cheklangan miqdorda mablagʻ jalb etish taklifini ko‘radigan bo‘lsak, bu holatda aksiyadorlik jamiyati tashkil etish uchun ular avvalo aksiyadorlik jamiyati tuzishlari kerak bo‘ladi, yuqoridagi kazusda esa bu sheriklar aynan qanday turdagi tadbirkorlik subyekti tashkil etmoqchiliklari aniq ko‘rsatilmagan va ularning supermarketlar markazini tashkil etish uchun aksiyadorlik jamkiyati tashkil etish to‘g‘ri bo‘lmasligi mumkin. Chunki aksiyadorlik jamiyati tuzish nisbatan katta tadbirkorlik subyektlari uchun xos hisoblanadi. Shuning uchun Akmalovaning bu taklifi yuqoridagi holatda ularga to‘g‘ri kelmaydi.
2.Yuqoridagi vaziyatda savdo markazini qaysi tashkiliy-huquqiy shaklda ochish qulay degan savolga javob beradigan bo‘sak, bunday biznesni turini mas’uliyati cheklangan jamiyat tarzida tuzish qulay bo‘ladi. Chunki, bu turdagi tadbirkorlik faoliyati uchun bu tashkiliy huquqiy shakl nisbatan qulay hisoblanadi, boshqa tadbirkorlik shakllarini ko‘rib o‘tadigan bo‘lsak, birinchidan bu sohada yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish ya’ni YaTT tarzida amalga oshirib bo‘lmaydi. Сhunki, YaTTda xodimlar soni chegaralangan bo‘ladi va bu tadbirkorlik shaklidan asosan hunarmandchilik va shunga o‘xshash kichik tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar foydalanadilar. Yuqoridagi holatda esa savdo markazida albatta ko‘pchilik ishchilarni jalb qilishga to‘g‘ri keladi. Aksiyadorlik jamiyatini tashkiliy-huquqiy shaklini ko‘radigan bo‘lsak, yuqorida aytib o‘tkanimizdek, savdo markazi ochish uchun bu tashkiliy huquqiy shakldan foydalanish noto‘g‘ri bo‘ladi, chunki savdo markazi ochish uchun ta’sischilar soni 3ta va shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tashkil etish “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston respublikasi qonunida belgilangan normalarga ko‘ra bu shaklni tashkil etish ancha ko‘p vaqt va mablag‘ talab qiladi. Yuqoridagi 3 nafar sheriklarga esa bu ortiqcha sarf xarajat bo‘ladi.
Savdo markazi ochish uchun mas’uliyati cheklangan jamiyat tarzida tadbirkorlik subyekti tashkil etish esa bu holatda ancha mos va to‘g‘ri bo‘ladi. “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” qonunning 3-moddasida MCHJ haqida quyidagicha ta’rif beriladi: “Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.”2 Yuqoridagi holatda esa savdo markazi tuzmoqchi bo‘lganlar 3 nafarni tashkil etadi va shuningdek ularning ulushlari tegishli tarzda 33 foizdan bo‘lishi belgilab qo‘yilgan shuning uchun buho9olatda MCHJ shaklida tadbirkorlik subyekti tuzish ular uchun ham qulay hisoblanadi. Yuqoridagi moddada aytilganiday agarda shu tarzda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan bo‘lsalar ularning javobgarligi ulushlarioga mos ravishda bo‘ladi.
Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilib aytamizki, kazusdagi vaziyatda Azimov, Obidov va Akmalova birgalikda MCHJ tashkil etgan holda savdo markazi ochib tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi barcha ishtirokchilar uchun qulay va to‘g‘ri bo‘ladi. Ishtirokchilarning takliflarni ko‘radigan bo‘lsak, azizovning kredit olish taklifi yuqorida aytib o‘tilganlarga qo‘shincha ravishda shuni aytish kerakki tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonuning 8-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquqlariga kreditlar olish ham ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib ular bu huquqdan foydsalanishi mumkin faqat kredit olishda majburiyatni bajarish uchun kafil bo‘lishi lozim. Obidovning taklifini ko‘radigan bo‘lsak yangi sheriklarni jalb qilish orqali mablag‘ topish yo‘li ham yaxshi.

Mantiqiy savollar


1. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning afzal va kamchilik jihatlarini tahlil qiling.
Yuridik shaxs btashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatin bilan shug‘ullanishga yakka tartibdagi tadbirkorlikni ko’rishjimiz mumkin, tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonunning 6-moddasida shunday ta’rif berilgan: “Yakka tartibdagi tadbirkorlik jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshirishdir.
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan mustaqil, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlarni yollashga haqli.
Hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar tayyorlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) uchun shogirdlarni ularga tegishlicha haq to‘lagan holda jalb etishga haqlidir.

Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquq va majburiyatlarni oladi hamda amalga oshiradi. Jismoniy shaxs o‘z tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlar tuzayotganida, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida harakat qilayotganligini, agar bu bitimlarni tuzish vaziyatining o‘zidan aniq anglashilmasa, ko‘rsatishi kerak. Bunday eslatmaning mavjud emasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari bo‘yicha zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.


Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligi haqida dalolat berishi lozim.
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunda, nikoh shartnomasida yoxud er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.”3 Bu turdagi faoliyatning asosiy kamchiligi shundaki, bu shaklda ishchilarning soni chegaralangan bo ‘ladi va bu turdagi shakldan faqat qonunda belgilangan tadbirkorlik faoliyati bilangina shug‘ullanish mumming xolos.

2. Tadbirkorlik subyektlari oʻz faoliyatini amalga oshirish davomida turli xildagi shartnomalar tuzadilar. Tadbirkorlik sharnomalarning boshqa shartnomalardan, jumladan fuqarolik shartnomalari bilan oʻxshash va farqli jihatlarini tahlil qiling.



Tadbirkorlik shartnomalarining boshqa shartnomalardan farqli tarafi shundaki bunda bir taraf ikkinchi taraf uchun biror majburiyat bajaradi ikkinchi taraf esa bunga mos ravishda haq to’lash najburiyatini oladi. Boshqacha aytganda taraflardan biri shartlashilgan muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida tovarlarni berish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to‘lash majburiyatini oladigan kelishuvdir4. Bu shartnomalarning boshqalaridan farqi ular birinchidan shartnoma haq evaziga tuziladi ikkinchidan shartnomayozma shaklda tuziladi uchinchidan shartnomaniong barcha shartlari bo’yicha tarafkar kelisjhgan bo’ladi, to’rtinchidan esa majburiyatni buzganlik uchun javobgarlik belgilangan bo’ladi.
Tadbirkorlik faoliyati shartnomasi to‘rt qismdan tashkil topadi, birinchisi kirish qismi ikinchisi shartnoma predmeti va taraflarning huquq va majburiyatlari bayon qilingan uchinchisi shartnomaning qo‘shimcha shartlarito’rtinchisi esa shartnomaning boshqa shartlari bo’ladi. Bunday shartnomalar moliyaviy holatiga ko‘ra yirik va yirik bo’lmagan bitimlarga bolinadi.

1 http://old.lex.uz/docs/-2006789.

2 http://old.lex.uz/docs/-22525#-22621.

3 http://old.lex.uz/docs/-2006789.

4 Tadbirkorlik (biznes) huquqi: darslik. Mas’ul muharrir: X.Azizov – T.: TDYU, 2019. – 121-bet.


Download 28,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish