Shaxs taraqqiyotning yoshga bog’liq xususiyatlari


Yetakchi faoliyat haqida tushuncha



Download 23,92 Kb.
bet4/4
Sana14.05.2020
Hajmi23,92 Kb.
#51546
1   2   3   4
Bog'liq
Shaxs taraqqiyotning yoshga bog’liq xususiyatlari.

Yetakchi faoliyat haqida tushuncha . Yetakchi faoliyat bu-har bir yosh bosqichi uchun alohida faoliyat turi bo`lib, shaxsning keyingi yosh bosqichiga o`tishi mazkur faoliyatni bajarish bilan bog’liq.

Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan munosabatlari sistemasida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi, ya'ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bo`ladi. Uning natijalari tevarak-atrofdagi olamga, boshqa kishilarning hayoti va taqdiriga muayyan ta'sir ko`rsatadi. Shuning uchun faoliyatda kishining faqat narsalarga munosabati emas, balki uning boshqa odamlarga bo`lgan munosabati ham doimo o`z ifodasini topadi.

Boshqacha so`zlar bilan aytganda, faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va ayni chog`da faoliyat uning shaxsini shakllantiradi.

Ahil, uyushgan jamoaning sobitqadamlik bilan olib borilayotgan ijtimoiy foydali faoliyatida ishtirok etish kishida Jamoachilikni, uyushqoqlikni, o`z manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan bog`lash ko`nikmasini rivojlantiradi. A. S. Makarenko faoliyatning shaxsni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi haqidagi tushunchani tarbiyaviy ishning o`zi yaratgan nazariyasi va amaliyotiga asos qilib olgan edi. U shunday deb yozgan edi: «...men bolalarning hayoti ma'lum bir odatlar turkumini tarbiyalaydigan tajriba tarzida yo`lga qo`yilishipi talab qilaman...».

Ushbu talabga binoan tarbiyalanuvchilar Jamoaining butun hayoti shunday tashkil etildiki, u bolalarni faoliyatning shaxsda muayyan fazilatlar (sobitqadamlilik, intizomlilik, sofdillik, mas'uliyatlilik, qat'iyatlilik) ning namoyon bo`lishini takozo etadigan har xil turlarga jalb qilgan edi. Masalan, tungi poxodlar va navbatchiliklar koloniyachilardan qo`rquvni yengishni, matonat ko`rsatish va o`zini tuta bilishni talab qilardi. Xulq-atvordagi jasurliklar takrorlanaverib, odat tusiga kirib qolardi. Ma'lum bir sharoitlarda sodir bo`ladigan muayyan xatti-harakatlar shaxs fazilati darajasiga ko`tariladigan odatlarni keltirib chiqaradi.

Kishida xilma-xil faoliyat turlarining paydo bo`lishi va rivojlanishi murakkab hamda uzoq davom etadigan jarayondir.

Bolaning faolligi faqat asta-sekinlik bilan, rivojlanish jarayonida, tarbiya va ta'lim ta'siri ostidagina ongli ravishda maksadga yo`naltirilgan faoliyat shaklini kasb etadi.

Bu faollik oldiniga impulsiv xatti-harakat xususiyatiga ega bo`ladi. Tug`ilganidan keyingi dastlabki kunlarda bolaning xulq-atvori bir nechtagina oddiy tug`ma reaktsiya — himoyalanish (nur yorug`lashganda yoki baland tovush chiqqanida ko`z qorachig`ining torayishi, og`riq sezgan paytida ingrashi va bezovtalana boshlashi), ovqat so`rash (tamshanishi), chalkash-chulkash (tebratilganda jimib qolishi) va birmuncha keyinroq esa mo`ljallash-izlanish (qo`zg`atuvchiga boshini o`girishi, narsalarga qarashi va boshqalar) kabi reaktsiyalar bilan cheklanadi.

O`n birinchi-o`n ikkinchi kunligidan tortib chaqaloqda dastlabki shartli reflekslar shakllana boshlaydi. Shu tufayli bir yoshi mobaynida bolada izlanish xulq-atvori (ushlash, ko`zdan kechirish, har xil shaklda aylantirish) rivojlana boradi, buning natijasida u tashqi dunyodagi narsalarning xossalari haqida ma'lumot yig`adi va harakatlar uyg`unligini o`zlashtiradi. Ta'lim olishi va taqlid qilishi ta'sirida bir yoshidan boshlab bolada amaliy xulq-atvor shakllana boradi. Buning yordamida bola buyumlarni ishlatishning insoniy usullarini va ularning ijtimoiy amaliyotdagi ahamiyatini o`zlashtira boshlaydi (uxlash uchun karavotga yotadigan, stulchaga o`tiradigan, to`pni o`ynaydigan, qalam bilan rasm soladigan bo`ladi).

Faollikning ushbu shakllari bilan birlikda kommunikativ xulq-atvor bolaga o`z ehtiyojlari va istaklarini qondirish, ijtimoiy talablarni va axborotni o`zlashtirishi uchun yordam beradigan asosiy vosita rivojlana boshlaydi.

Dastlabki kezlarda bu xulq-atvor nutqgacha davri shakllari (baqirish, imo-ishora qilish, mimika) orqali ro`yobga chiqariladi. Yetti-sakkiz oyligidan bola oldiniga sustroq, keyinroq esa faol ravishda insoniy muloqot, hamjihatlik va axborot ayirboshlashning asosiy vositasi - nutqiy xulq-atvorni o`zlashtira boshlaydi.

Nutqning o`zlashtirilishi timsollarni buyumlardan va harakatlardan ajratish uchun, ma'nolarni bo`rttirib ko`rsatish, ularni qayd etish va xulq-atvorni idora qilishda ularga tayanib ish to`tish uchun xal qiluvchi negiz yaratadi.



Motivatsiya- keng ma’noda inson xayotining murakkab kup kirrali boshqaruvchisidir.

Motivatsiya bu- insonni faoliyatga undovchi murakkab , kup darajali tizimi bo`lib, uuzida extiyojlarni, motivlarni, qiziqishlarni, ideallarni, intilishlarni, ustanovkalarni, emotsiyalarni, normalarni, qadriyatlarni mujassamlashtiradi.
Download 23,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish