Shaxs taraqqiyotning yoshga bog’liq xususiyatlari



Download 23.92 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2020
Hajmi23.92 Kb.
1   2   3   4
2. Ta'lim

Bolaning xulq-atvori va faoliyati rivojini o`rganar ekanmiz, bitta eng muhim faktga duch kelamiz. Bolada bir nechtagina oddiy shartli reflekslardan tashqari unda keyinchalik kuzatiladigan boshqa barcha xulq-atvor shakllari va faoliyat turlari oldiniga yo`q, bo`ladi.

Amaliy va kommunikativ xulq-atvor, mo`ljal olish va izlanish faoliyati, ushlash va u yoq-bu yoqqa surish, emaklash, yurish, gapirish va o`ynash, mehnat qilish va sotsial jihatdan birgalikda harakat qilish bola tug`ilganidan so`ng ma'lum bir vaqt o`tgach paydo bo`ladi va rivojlana boshlaydi. Buning ustiga xulq-atvorning har qanday shakli va faoliyatning har bir turi o`zining paydo bo`ladigan muayyan davrlariga, shakllanish sub'ektlariga va o`zining qayta qurilish hamda murakkablashish bosqichlariga ega bo`ladi.

Ularning hammasi bolaning rivojlanish faktlari hisoblanadi, bu faktlar esa undagi muayyan tug`ma asos va nasliy programmalar bilan, organizmning rivojlanishi va anatomik-fiziologik jihatdan yetilishi, uning oliy nerv faoliyati funktsional mexanizmlarining shakllanishi va murakkablasha borishi bilan bog`liq bo`ladi.

Shunday bo`lsa-da na xulq-atvorning bu shakllaridan birontasi, na shu faoliyat turlaridan birontasi tashqi muhit shart-sharoitlaridan mustasno holda, o`zicha avtomatik tarzda paydo bo`lmaydi. Ularning barchasi bolaning amaliy va sotsial tajribasi asosida, unipg tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar bilan o`zaro birgalikdagi harakati tufayli paydo bo`ladi va rivojlana boradi. Bola «odamga aylanishi» jarayonida qanday tajriba orttirgan bo`lsa, o`rganish faktlari, ya'ni tajribaning o`zlashtirilishi hisoblanadi. Kishi xulq-atvori biologik tajriba bilam emas, balki sotsial tajriba bilan belgilanadi. Sotsial tajriba esa biologik yo`l bilan o`tkazilishi mumkin emas. U organizmning xossalari bilan emas, balki kishi yashayotgan xususiyatlari bilan belgilanadi.

Biologik yo`l bilan nasldan-naslga faqat organizmning sotsial tajribani, xulq-atvor va faoliyatning insoniy shakllarini amalda o`zlashtirish uchun zarur bo`lgan ayrim xususiyatlarignna o`tishi mumkin. Bola xulq-atvorining tug`ma biologik xususiyatlarga oldindan qat'iy holi ekanligi uning xayvon bolasiga nisbatan eng muhim afzalligi hisoblanadi. Ana shunday afzallik tufayli kishi xulq-atvori turlari va faoliyati usullari evolyutsiyasining boshlanishi uning organizmining biologik rivojlanishi bilan emas, balki jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan begilana boshladi.

Shunday qilib, o`rgatish bolada xulq-atvorning va borliqni aks ettirishning insoniy shakllarini hosil qilishga yordam beradigan yetakchi rivojlanish omili sifatida amal qiladi.

Lekin bola xulq-atvori va faoliyatining biz hozirga qadar ko`rib chiqqan barcha turlarida ushbu pirovard natija, ya'ni ijtimoiy tajribaning o`zlashtirilishi faoliyatning aynan o`z maqsadlariga to`g`ri kelgani yo`q. Bola buyumlarni biron-bir narsani o`rganish uchun u yoqdan-bu yoqqa surmaydi. U dastlabki qadamlar qo`yayotganida va ilk bor gapirishga urinayotganida yurish va gapirishni o`rganishni maqsad qilib qo`ymagan bo`ladi. Uning xatti-harakatlari tekshirib ko`rishga, faollik ko`rsatishga, buyumlarga egalik qilishga, tevarak-atrofdagilarga ta'sir o`tkazishga va shu kabilarga bo`lgan bevosita ehtiyojlarini qondirishga qaratilgandir. Tegishli harakatlarning va axborotning o`zlashtirilishi shu sababdan ham bola uchun maqsad emas, balki tegishli ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida xizmat qiladi.

Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo`ladigan vaqt ham yetib keladi. Bu maqsadi bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini o`zlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Sub'ektning o`rganishni o`ziga maqsad qilib olgan, bunday o`ziga xos faoliyati ta'lim deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi:

a) ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffakiyatli tashkil etish uchun zarur bo`lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi axborotning o`zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli - bilimlardir);

b) faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullar va jarayonlarning o`zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli - malakalardir);

v) qo`yilgan vazifa va ilgari surilgan maqsadga muvofiq keladigan usullar va jarayonlarni to`g`ri tanlash hamda nazorat qilish uchun ko`rsatilgan axborotdan foydalanish yo`llarining egallanishn (bu jarayon mahsuli - ko`nikmalar hosil qilinishidir).

Shunday qilib, ta'lim kishining harakatlari muayyan bilimlar, malakalar, ko`nikmalarni o`zlashtirib olishga qaratilgan ongli maqsad bilan idora qilingan joydagina yuz beradi.

Bundan ko`rinib turibdiki, ta'lim - o`ziga xos insoniy faoliyatdir. Hayvonlarda esa faqat o`rganish bo`lishi mumkin. Lekin odamda ham faqat u o`z xatti-harakatlarini anglab yetilgan yuksak xayoliy maqsadga (idealga) ko`ra yo`naltirish layoqatiga ega bo`lgandagina ta'lim faoliyati yuz berishi mumkin.

Bunday layoqatning yetarli darajadagi rivojlanishiga faqat olti-yetti yoshga chiqqan paytga kelib, faoliyatning oldingi turlari - o`yin, nutq, amaliy xulq-atvor va shu kabilar negizida shakllana borgan holda erishiladi. O`quv faoliyatini shakllantirishning eng birinchi asosiy sharti - bolada muayyan bilimlarni, ko`nikma va malakalarni o`zlashtirish uchun anglanilgan motivlar tug`ilishi hisoblanadi.

Katta yoshli kishilar bolaning rivojlanishiga faol ijtimoiy ta'sir ko`rsatuvchilar sifatida namoyon bo`ladilar. Ular uning faoliyati va xulq-atvorini uyushtiradilar, ularni insoniyatning ijtimoiy praktikasi doirasida yo`naltiradilar. Bola faoliyati va xulq-atvorini ularning insoniyat ijtimoiy tajribasini o`zlashtirish sari yo`naltirishdan iborat ushbu faol jarayon o`qitish deb ataladi. Bola shaxsining rivojlanishiga uning ta'siri nuqtai nazaridan olinganda bu jarayon tarbiya deb ataladi.

Ta'lim va tarbiyani amalga oshirishga yordam beradigan asosiy vositalar - bu bajarilishi lozim bo`lgan ishni ko`rsatish va tushuntirishdan, rag`batlantirish va jazolashdan, vazifalar va talablar qo`yishdan, tekshirish va tuzatishdan iboratdir. Katta yoshli kishilar ushbu ta'sirlar yordamida bolada bilimlarni egallashga va faoliyat ko`rsatishga istak tug`dirgan, uni yo`naltirgan, nazorat qilgan, to`g`rilab borgan va shu yo`sinda uni shakllantirgan holda bu faoliyatni boshqarib turadilar.

Bularning hammasi qay tarzda, qanday vositalar bilan, qanday materialda va qaysi maqsadda bajariladi, qanaqa axborot ma'lum qilinadi va qanday harakatlar o`zlashtiriladi - bu masalalarning hammasi bilan alohida fan - pedagogika fani shug`ullanadi.

O`quv faoliyati kishini ijtimoiy foydali faollik ko`rsatishning har xil turlari uchun zarur bilimlar, malakalar va ko`nikmalar bilangina qurollantirib qolmaydi. U kishida shuningdek, o`zidagi psixik jarayonlarni idora qilish, o`z xatti-harakatlari va operatsiyalarni tanlay bilish, uyushtirish va yo`naltira bilish malakalarini, bajarilayotgan vazifaga mos keladigan ko`nikmalar va tajribani ham shakllantiradi. Uquv faoliyati shu tariqa kishini mehnatga tayyorlaydi.


Download 23.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik