Sharq uyg'onish davrida ilm-fan va pedagik fikirlar



Download 0,64 Mb.
Sana24.12.2022
Hajmi0,64 Mb.
#895879
Bog'liq
Abdalimov Maqsud F-2005 (1)


Sharq uyg'onish davrida ilm-fan va pedagik fikirlar
Umuman olganda ta’lim nazariyasi bo‘yicha donishmand allomalarimiz va mutaxassis-olimlar ko‘plab shug‘ullanganlar.
«Antik pedagogikada tabiatga, atrof-muhitga о‘zaro insoniy munosabatlar majmuasi bo‘lgan donishmandlik pedagogikasi shakllangan.Bu vaqtlarda ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadi ham yoshlarda donishmandlik sifatlarini shakllantirish bo‘lgan.
Donishmandlik pedagogikasida yoshlarda mehnatsevarlik, ma’naviy-axloqiy sifatlar bilan uyg‘un rivoj lantirilishi maqsadga muvofiq
ekanligi ilgari surilgan. Bu pedagogik qarashlar mashhur «Avesto»
(er. av. VII asr) asarida va qadimgi Xitoyning Dao maktabi (er. av.
Ill asr) tajribalarida aks etgan edi. Eramizdan avvalgi II asrlarga kelib
0 ‘rta Osiyo, qadimgi Hindiston pedagogikasida saxiylik, sofdillik,
inson qalbi kabi tushunchalar ilgari suriladi.
610-yillarga kelib, islom dininirig muqaddas manbalari Qur’oni
Karim, Hadisi sharifda inson mohiyati to‘la ochib berilib, komil inson
tarbiyasi bosh maqsad qilib qo‘yilgan edi.
Qur’oni Karimdagi ta’lim-tarbiyaga oid ulug‘ xazina talqinlari al-Buxoriy hazratlari to‘plagan hadislarda beriladi. Ta’lim-tarbiya,
insoniy munosabatlaming falsafiy asoslari tasavvuf ilmida ham ochib
berila boshlad
Antik falsafada ham zohiriy va botiniy ilmlar birbiriga uyg‘un ravishda qaralgan. Demokrit, Aflotun, Arastu asarlarida
insonparvarlik g‘oyalari ilgari surilgan edi.
Al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, ibn Sino asarlarida ong va fan
o‘zviyligi ilgari surildi. Al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Ahmad Farg'oniy ta’limotlarida amaliy faoliyat ustuvorligi g‘oyalari ilgari surildi.
XIII-XIV asrlarda Abdulxoliq G‘ijduvoniy, Bahouddin Naqshband
hazratlarining ulug‘ tariqatlarida mehnatsevarlik insonparvarlik, poklik, soflikning asosi ekanligini nazariy va amaliy isbotlangan. Masalan: Bahouddin Naqshband hazratlari:
«Diling - Ollohda, qo‘ling - mehnatda boHsin» - degan shiomi
ilgari surdilar va unga o‘zlari hayotlarida ibratona amal qilib yashadilar.
Mirzo Ulug‘bek ta’limda tadqiqot, kuzatish, umumlashtirish
g‘oyasini ishlab chiqdi, bu g‘oyani amalda tadbiq qilib maktablar ochdi, darsliklar yozdi, observatoriya (rasadxona)lar tashkil qildi.
XV-XVI asrlarda Alisher Navoiy asos solgan ta’limot mutafakkirlari insonparvarlik g‘oyasi nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ulug‘
ishlar qildilar.Ma’lumki, ta’limda asosiy rol ta’lim beruvchiga yuklatiladi va uzluksiz ravishda ta’lim oluvchiga bilim beriladi. Ta’lim oluvchilar faoliyati esa ta’lim beruvchidan chuqur va ongli ravishda bilim olishdan iboratdir. Bu borada G‘arb mutaffakkirlaridan Gelvetsiy, Didro, R.Ouenlar tarbiyaning ustuvorligi g‘oyasini ilgari surishdi.
K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy ta’lim va tarbiyani uyg‘unligi g‘oyasini
targ‘ib qildilar. S.G.Shatskiy, L.V.Zankov, Suxomlinskiylar ta’limda
amaliyotni tadbiqiy, ongli o‘zlashtirish ahamiyatiga ega ekanligini ishlab chiqishdi.
Ayniqsa, nemis faylasufi, pedagog va psixologi
Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841)ning bu sohadagi xizmatlari katta bo‘lib, u ta’lim oluvchilarning aqliy rivojlanishi va ularning intellektual ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida ta’lim nazariyasini ishlab chiqishga harakat qildi. U ta’lim oluvchilarga berilayotgan
bilim ularning sezgi va irodasini rivojlantirishi va ta’limning tarbiyaviy xarakteriga ta’siriga alohida e’tibor berdi.
Ta’lim nazariyasiga katta hissa qo‘shgan mutaxassis-olimlardan
biri Yan Amos Komenskiy (1592-1670)dir. U ta’lim nazariya- bo‘yicha birinchi fundamental asar yozgan olimdir. Uning asarinmg nomi «Buyuk didaktika» deb atalib, asar ilk bor 1657-yilda nashr
qilingan.
Amerikalik faylasuf, psixolog va pedagog Jon Dyui (1859-1952)
ta’lim-oluvchi faoliyatini faollashtiruvchi soha tarafdori sifatida maktablami keskin yangilashda qatnashdi. Bosh maqsad bilimni yetkazibbermasdan, balki ta’limni shaxsiy tajriba asosida, ya’ni bolalarning
tug‘ma qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish maqsadida u
maktab tizimini isloh qilishni taklif etdi.
An’anaviy ta’lim tizimiga qarshi Dyui va uning hamkorlari yaratgan konsepsiya (qarashlar tizimi) «ilg‘or» deb ataldi
Ilg‘orlar didaktikasi ko‘pincha erkin tarbiya g‘oyasiga tayangan. Erkin tarbiyani fransuz faylasuf-ma’rifatparvari J.J. Russo (1712-1778), nemis pedagogi
F.A.Disterverg va o‘sha davrdagi ma’rifatparvar pedagoglardan, rus
yozuvchisi, mutafakkir va pedagog L.N.Tolstoy (1828-1910) Yasnopolyanadagi maktabda bolalarni erkin tarbiyalash g‘oyasini ilgari surgan.
THANK YOU
Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish