«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/39
Sana22.09.2019
Hajmi0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

dalashtirishni, shuningdek, soliqlarning eng muhim turlari

bo‘yicha yagona stavkalar belgilashni, beriladigan im-

tiyozlarni iloji boricha kamaytirishni ko‘zda tutadi. Bu

o‘rinda nazarda tutilayotgan narsa shuki, soliqlarning

rag‘batlantirish funksiyasi doirasida beriladigan imtiyozlar

yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lmasligi, balki muayyan

faoliyat turlarini rag‘batlantirishga, soliq to‘lovchilarning

mulkchilik shakli va qaysi idoraga mansubligidan qat’i

nazar, ma’lum turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni

ko‘paytirishga qaratilmog‘i lozim. Ba’zi sohalarda paydo

bo‘ladigan davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashga ehtiyojni

qondirishni budjet-kredit siyosati orqali amalga oshirish

maqsadga muvofiqdir. Buning sababi shuki, soliq imtiyoz-

larining haddan tashqari ko‘pligi qonunlarni murakkab-

lashtirib yuboradi, tushunishni qiyinlashtiradi hamda

turlicha talqin qilinishiga olib keladi, bu hol pirovard nati-

jada soliq to‘lovchilarning soliqlarga nisbatan munosabat-

lariga salbiy ta’sir qiladi. Shu bilan birga aniq qilib belgi-

langan imtiyozlar soliq yukini boshqa soliq to‘lovchilar

zimmasiga o‘tkazib, ijtimoiy adolatsizlik ro‘y berishiga olib

keladi.

Samarali soliq tizimiga qo‘yiladi-



gan muhim talablardan biri

boshqaruvga qulay bo‘lishidir.

Soliqlarni undirib olishda sama-

radorlikka erishish ko‘p hollarda soliqlarning soliq to‘lov-

chilarga yaxshi tushunarli bo‘lishiga bog‘liq.

Ayrim mamlakatlarda soliqqa tortishning nihoyatda

murakkab tartibi amal qiladi, aytaylik, shkala va stavkalar

turi, soliqlar tarkibi, ularni to‘lash qoidalari va tartiblari

haddan tashqari ko‘p. Buning ustiga ular soliq tushumla-

rining ko‘payishiga hech qanday yordam bermaydi hamda

soliqlarning rag‘batlantiruvchi funksiyasi bajarilishida rol

o‘ynamaydi.

Ma’muriy boshqaruvchilik bilan soliqqa tortish tamo-

yillarini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan maqsadga erishish

o‘rtasida muvozanat saqlanib qolishi nihoyatda muhimdir.

Murakkab tuzilgan choralarning samarasi kam bo‘ladi,

49

Soliqqa tortishning od-



diylik va xolislik tamoyili

Soliqqa tortishning

boshqarishga qulaylik

tamoyili 



ularni amalga oshirishdagi muvaffaqiyat ko‘pdan ko‘p

axborot to‘plash va undan foydalanishga bog‘liq. Soliq xiz-

mati va soliq madaniyatining rivojlanganlik darajasini ham

hisobga olish kerak.

Mazkur tamoyil davlat va soliq

to‘lovchilar tomonidan soliqlarni

yig‘ish uchun ketadigan xarajat-

larni mumkin qadar kamaytirish-

ni ko‘zda tutadi. Buning uchun

respublikamizda soliqqa tortish tartibini takomillashtirish

bilan bir qatorda soliqlarni maqbullashtirish, kompyuter

texnologiyalari, soliq axborotlarining to‘g‘riligini bevosita

nazorat qilish usullarini qo‘llanish orqali soliq to‘lovchi-

larning xarajatlarini kamaytirish maqsadida davlat hiso-

bidan saqlanadigan servis-markazlar, soliqqa tortish

masalalari xususida soliq organlari tomonidan bepul masla-

hatxonalar tashkil etilgan.

Soliq stavkalari boshqa davlat-

lardagi xuddi shunday soliqlar-

ning stavkalari bilan qiyoslanishi,

ya’ni mintaqaning o‘ziga xos

xususiyatlari hisobga olingan holda boshqa mamlakatlar

bilan teng bo‘lgan xo‘jalik faoliyati shart-sharoitlari vujudga

keltirilishi lozim. Agar qattiq shartlar belgilab qo‘yilgudek

bo‘lsa, bu hol respublika iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb

qilishni mushkullashtirib yuboradi, aksincha, yengil sharoit

yaratilsa, mamlakat budjetiga salbiy ta’sir qiladi.

Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi tamo-

yillari muayyan o‘xshashlikka ega va ularni to‘liq hayotga

tatbiq etish iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim vazifala-

ridan biridir.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida esa soliqqa

tortish tamoyillari o‘rniga soliq qonunchiligi prinsiplari

berilib, ular quyidagilardan iborat:

— har bir shaxs Kodeksda belgilangan soliq va boshqa

majburiy to‘lovlarni to‘lashga majburdir (6-modda), ya’ni

soliq to‘lash qonun bilan majbur qilib qo‘yiladi. Aslida

majburiylik soliqlarning iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqa-

di;

— soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar aniq bo‘lishi



kerak. Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida har bir soliq

to‘lovchi qaysi soliqlar va majburiy to‘lovlarni qachon, qan-

50

Soliqqa tortishning



soliqlarni yig‘ish

jarayonini imkon qadar

arzonlashtirish tamoyili 

Soliqqa tortishning

soliq stavkalarini

qiyoslash tamoyili



cha miqdorda hamda qay tartibda to‘lashi kerakligini aniq

biladigan tarzda ifodalangan bo‘lishi kerak (7-modda);

— soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha im-

tiyozlarni belgilash ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi

kerak (8-modda). Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish

mulkchilik shaklidan qat’i nazar, jismoniy shaxslar esa jinsi,

irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,

shaxsiy va ijtimoiy ahvolidan qat’i-nazar qonun oldida

tengdirlar;

— soliq tizimi O‘zbekiston Respublikasining butun

hududida barcha soliq to‘lovchilarga nisbatan yagonadir (9-

modda);


— soliq solish masalalarini tartibga soluvchi normativ-

huquqiy hujjatlar rasmiy nashrlarda e’lon qilinishi shart

(10-modda).

Soliqqa tortish tamoyillari va soliq qonunchiligi prin-

siplari ma’lum o‘xshashlikka ega bo‘lib, ularni amaliyotga

tatbiq etish iqtisodiyotni yanada rivojlantirishning muhim

vazifalaridan hisoblanadi.

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1. Soliqqa tortish tamoyillarini kim ilk bora asoslab bergan?

2. Soliqqa tortishning yetarlilik tamoyilining mohiyatini ochib

bering.

3. Soliqqa tortishning tadbirkorlik va investitsiyalarni rag‘bat-



lantirish tamoyilini tushuntiring.

4. Soliqqa tortishning adolatlilik tamoyili nima va siz uni qanday

tushunasiz?

5. Soliqqa tortishning oddiylik va xolislik tamoyili nima va unga

sizning munosabatingiz? 

6. Soliqqa tortishning boshqarishga qulaylik tamoyilining mohi-

yati nimada?

7. Soliqqa tortishning soliqlarni yig‘ish jarayonini imkon qadar

arzonlashtirish tamoyili deganda nimani tushunasiz?

8. Soliqqa tortishning soliq stavkalarini qiyoslash tamoyilini

tushuntiring.

9. Soliq kodeksining qaysi moddasida soliqqa tortish tamoyillari

keltirilgan?

10. Soliq kodeksida belgilab berilgan soliq tamoyillarining

mohiyatini tushuntiring.

I bob bo‘yicha tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxati:

1.1., 3.4., 3.8., 3.11., 3.12., 3.13., 3.19., 3.35., 3.36., 3.41.,

3.42., 3.47., 4.4., 4.34., 4.38., 4.42., 4.43., 6.9. 

51


II  B O B. O‘ZBEKISTON SOLIQ TIZIMI ASOSLARI

2.1. SOLIQLAR VA SOLIQLARGA TENGLASHTIRILGAN 

TO‘LOVLARGA UMUMIY TAVSIFNOMA

Iqtisodiy adabiyotlarda yuridik

va jismoniy shaxslardan olinadi-

gan soliqlar va boshqa majburiy

to‘lovlarning yig‘indisi soliqlar

tizimi deb tushuniladi. Soliq kodeksining 23-moddasiga

ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududida soliqlar va boshqa

majburiy to‘lovlar amal qiladi hamda ular O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan joriy etiladi va bekor

qilinadi. 

O‘zbekiston Respublikasi hududida umumdavlat soliq-

lari va boshqa majburiy to‘lovlar hamda mahalliy soliqlar va

boshqa majburiy to‘lovlar amal qiladi.

Umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‘lovlar tar-

kibiga quyidagilar kiradi: 

1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; 

2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 

3) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 

4) aksiz solig‘i; 

5) yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va max-

sus to‘lovlar; 

6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq. 

Umumdavlat soliqlari har yili O‘zbekiston Republikasi

Prezidentining keyingi moliya yili uchun makroiqtisodiy

ko‘rsatkichlar va davlat budjeti prognozi to‘g‘risidagi max-

sus qarori asosida belgilangan normativlar bo‘yicha tegishli

mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi. 

7) ijtimoiy jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar:

œ 

yagona ijtimoiy to‘lov.



Bu to‘lov o‘z navbatida quyidagi jamg‘armalarga taq-

simlanadi: pensiya jamg‘armasiga, bandlik jamg‘armasiga

va kasaba uyushmasi jamg‘armasiga.

œ 

fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘arma-



siga sug‘urta badallari;

52

Umumdavlat va mahalliy



soliqlar hamda boshqa

majburiy to‘lovlar



œ 

budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy

to‘lovlar;

8) Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy to‘lovlar:

œ 

Respublika yo‘l jamg‘armasiga majburiy ajratmalar;



œ 

Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar;

9) davlat boji;

10) bojxona to‘lovlari.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibida to‘lanadigan

umumdavlat soliqlari:

11) yagona soliq to‘lovi;

12) tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’i

belgilangan soliq.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga quyi-

dagilar kiradi:

1) mol-mulk solig‘i;

2) yer solig‘i;

3) obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-

tirish solig‘i; 

4) jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin,

dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq;

5) ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va

ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘im;

6) yagona yer solig‘i (soddalashtirilgan tartibdagi soliq).

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lov-

chisi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligi

hujjatlariga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar yuri-

dik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.

Mol-mulk solig‘i va yer solig‘i O‘zbekiston Respublika-

sining qonun hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning

butun hududida undiriladi.

Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O‘zbekiston Res-

publikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-

tirish solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalari

uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun oli-

nadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo

qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun

yig‘imlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat hokimiyati

organlari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari

kengashlari tomonidan joriy etiladi. Ushbu soliqlar va

yig‘imlar stavkalarining eng yuqori miqdorlari O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi.

53


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbe-

kiston Respublikasining butun hududida ayrim mahalliy

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni umumiy, qat’i

stavkalarda belgilashi mumkin.

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar stavkalari

soliq to‘lovchilarga Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi

va uning quyi organlari tomonidan belgilangan tartibda

yetkaziladi. 

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-

tirish solig‘i, jismoniy shaxslardan transport vositalari

uchun benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun oli-

nadigan soliq, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo

qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun

yig‘imlarning miqdorlari, ularni undirish tartibi, ular bo‘yi-

cha qo‘shimcha imtiyozlar taqdim etish Qoraqalpog‘iston

Respublikasi davlat hokimiyati organlari va viloyatlar

hamda Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari tomo-

nidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Yuridik shaxslar tomonidan budjet bilan hisob-kitoblar

hisobi budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar hisobi hisob-

varaqlarida mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar

har bir turi bo‘yicha yuritiladi. 

Mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z

vaqtida to‘lanishi, mahalliy soliqlar va boshqa majburiy

to‘lovlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi

uchun javobgarlik soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni

to‘lovchilar zimmasiga yuklanadi.

Mahalliy soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lani-

shining tasdig‘i bo‘lib amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq

bank muassasasi yoki vakolatli organ bergan hujjat hisob-

lanadi.

Soliqlarning umumdavlat (respublika) va mahalliy



soliqlarga bo‘linishi hukumat idoralarining respublika

hukumati va mahalliy hukumatlarga bo‘linishi asosida kelib

chiqadi. Har bir hokimiyat idoralari o‘zlarining bajaradigan

muhim vazifalaridan kelib chiqib, o‘z budjetiga va uni

ta’minlaydigan soliqlarga va boshqa majburiy to‘lovlarga

ega bo‘lishi kerak. Respublika hukumati umumdavlat

miqyosida katta vazifalarni, jumladan, sog‘liqni saqlash,

maorif, fan, mudofaa, xavfsizlikni saqlash, aholini ijtimoiy

himoyasini tashkil etish va boshqa bir qator shu kabi strate-

gik vazifalarni bajaradi. Shuning uchun uning budjeti ham,

54


soliqlari ham salmoqli bo‘lishni talab etadi. Qo‘shilgan qiy-

mat solig‘i, aksiz solig‘i, yuridik shaxslarning foydasidan

olinadigan soliq, yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun

soliqlar va maxsus to‘lovlar, suv resurslaridan foydalangan-

lik uchun soliq, jismoniy shaxslar daromadidan olingan

soliqlar respublika budjetiga tushadi. Umumdavlat soliq-

larining muhim xususiyati shundaki, respublika budjetiga

tushadigan soliqlardan mahalliy budjetlarni boshqarib bo-

rish uchun ajratma sifatida tushishi mumkin. Bordi-yu,

ajratma yetmasa subvensiya yoki subsidiya beriladi. Umum-

davlat va mahalliy soliqlar yagona mohiyatga ega bo‘lib,

ular budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlar hisobla-

nadi.

Mahalliy soliqlar hukumatlar bajaradigan vazifalariga



qarab belgilanib, ularga doimiy va to‘liq biriktirib beriladi.

Mahalliy hokimiyat organlari, asosan, fuqarolarga yaqin

bo‘lganligidan ularga ijtimoiy masalalarni, jumladan, mak-

tab, sog‘liqni saqlash, madaniyat, maorif, shahar va qish-

loqlar obodonchiligi kabi vazifalarni bajaradi. Lekin bu

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar ularning budjet xara-

jatlarining 30—40 foizini qoplaydi, xolos. 

Shuning uchun ham mahalliy budjetlar daromadlarini

ko‘paytirish eng dolzarb masalalardan hisoblanadi. Mahal-

liy soliqlarning muhim xususiyati shundaki, ular faqat shu

hududning budjetiga tushadi va ulardan boshqa budjetlarga

ajratmalar berilmaydi.

Mahalliy budjetlarning soliq va boshqa majburiy

to‘lovlari kam bo‘lganligidan bu budjetlarning daromadlar

va xarajatlarini barqarorlashtirish (balanslashtirish) ancha

murakkabdir. Bu masalani yechishda umumdavlat soliqla-

ridan ajratmalar beriladi (masalan, qo‘shilgan qiymat soli-

g‘idan, aksiz solig‘idan va boshqalar).

O‘zbekiston soliq tizimida sod-

dalashtirilgan (ixchamlashtiril-

gan) soliq tizimiga o‘tgan yuridik

va jismoniy shaxslar ham mavjud

bo‘lib, ular quyidagi soliqlarni to‘laydilar:

1. Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona

soliq to‘lovi to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi

qo‘llanilishi mumkin. Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot

ishlab chiqarayotgan, shuningdek, foydali qazilmalarni qa-

zib olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik

55

Soddalashtirilgan soliq



tizimiga o‘tgan yuridik

va jismoniy shaxslar



korxonalar Soliq kodeksida (350-modda) belgilangan tar-

tibda aksiz solig‘i va yer qa’ridan foydalanuvchilar uchun

soliqlar va maxsus to‘lovlar to‘laganlari taqdirda yagona

soliq to‘lovi ularga tatbiq etilmaydi. Yagona soliq to‘lovi

to‘lovchilarda import qilinadigan tovarlar bo‘yicha aksiz

solig‘ini va qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash majburiyati

ham saqlanib qoladi. 

2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari foyda

solig‘i, qo‘shilgan qiymat solig‘i (tovarlarni (ishlarni, xiz-

matlarni) import qilish bundan mustasno), suv resurslari-

dan foydalanganlik uchun soliq, yer qa’ridan foydalanuv-

chilar uchun soliqlar va maxsus to‘lovlar, yer solig‘i,

obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish

solig‘i, boshqa mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lov-

lar (mol-mulk solig‘i, ayrim turdagi tovarlar bilan chakana

savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi

uchun yig‘im bundan mustasno) o‘rniga budjetga 2007-yil

1-yanvarga qadar yalpi daromad solig‘i to‘lar edilar. 2007-

yil 1-yanvardan boshlab esa savdo va umumiy ovqatlanish

korxonalari yalpi daromad va mol-mulk soliqlarining o‘rni-

ga soliq solishning boshqa tizimini tanlash huquqisiz yago-

na soliq to‘lovini to‘lash rejimiga o‘tkazildi.

3. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari aksiz

solig‘ini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilgan-

lik uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini istisno etganda,

amaldagi barcha umumdavlat va mahalliy soliqlar hamda

yig‘imlar o‘rniga o‘zi yetishtiradigan qishloq xo‘jaligi mah-

sulotini ishlab chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha yagona

yer solig‘ini to‘laydilar. Yagona yer solig‘ini to‘lash tartibi

va stavkalari har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

qarori asosida belgilanadi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tad-

birkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha soliq solish-

ning o‘zi belgilagan stavkalar bo‘yicha soliqning qat’i belgi-

langan summasini to‘lashni nazarda tutuvchi alohida tar-

tibini belgilashi mumkin.

5. Konchilik sanoati tarmoqlarining ayrim korxonalari

uchun qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lanishini nazarda tutadi-

gan foydaning bir qismiga soliq solishning alohida tartibi

joriy etilishi mumkin. Qo‘shimcha foyda solig‘i to‘lovchi-

lar, uni to‘lash tartibi va soliq stavkalari O‘zbekiston

56


Respublikasi Soliq kodeksi hamda Vazirlar Mahkamasi

tomonidan belgilanadi.

6. Lotereyalar, totalizatorlar va boshqa tavakkalchilikka

asoslangan o‘yinlarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amal-

ga oshiruvchi yuridik shaxslar foyda solig‘i, mol-mulk

solig‘i, yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzil-

mani rivojlantirish solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik

uchun soliq o‘rniga yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovini

to‘laydilar. Yalpi tushumdan yagona soliq to‘lovi stavkalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgi-

lanadi. 

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1. Soliqlar tizimi deganda nimani tushunasiz?

2. Soliqlar qaysi davlat organi tomonidan joriy qilinadi?

3. Umumdavlat soliqlari tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?

4. Mahalliy soliqlar tarkibiga qaysi soliqlar kiradi?

5. Qaysi soliqlar mahalliy budjetlar o‘rtasida taqsimlanadi va

qanday tartibda?

6. Qaysi mahalliy soliqlar O‘zbekiston Respublikasining butun

hududida undiriladi?

7. Qaysi mahalliy soliqlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat

hokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari

kengashlari tomonidan joriy etiladi?

8. Soddalashtirilgan soliq tizimiga qanday yuridik va jismoniy

shaxslar o‘tgan?

9. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari qachondan boshlab

yagona soliq to‘lovini to‘lovchilari hisoblanishadi?

10. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni sanab bering. 

11. Yagona ijtimoiy to‘lov qaysi jamg‘armalar o‘rtasida taqsim-

lanadi?


12. Soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga ajratishning

sababi nimada deb o‘ylaysiz?

2.2. SOLIQLARNING GURUHLANISHI

O‘zbekiston soliq tizimida amal-

da bo‘lgan soliqlarni obyekti va

iqtisodiy mohiyati bo‘yicha bir

necha guruhlarga ajratib o‘rganish mumkin.

Soliqlar soliqqa tortish obyektiga qarab to‘rt guruhga

bo‘linadi:

1. Oborotdan olinadigan soliqlar.

57

Soliqlarning guruhlarga



ajratilishi

2. Daromaddan olinadigan soliqlar.

3. Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlar.

4. Yer maydoniga qarab olinadigan soliqlar.

Oborotdan olinadigan soliqlarga qo‘shilgan qiymat soli-

g‘i, aksiz solig‘i, bojxona boji va yer qa’ridan foydalangan-

lik uchun olinadigan soliqlar kiradi. Lekin oborot (aylan-

ma) tushunchasi bizning qonunchiligimiz bo‘yicha ilga-

rigidek mahsulot realizatsiyasi oborotidan emas, balki mah-

sulotlarni yuklab yuborgan qiymat bilan o‘lchanadi. Yalpi

tushumdan olinadigan yagona soliq to‘lovi ham oborotdan

olinadigan soliqlarga kiradi.

Daromaddan olinadigan soliqlarga yuridik shaxslarning

foydasiga solinadigan soliq, jismoniy shaxslarning daro-

madiga solinadigan soliq, ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo

korxonalarining yalpi daromadidan olinadigan soliqlari

kiradi. Bu guruh soliqlarga obodonlashtirish va ijtimoiy

infratuzilmani rivojlantirish solig‘i ham kiradi.

Mol-mulk qiymatidan olinadigan soliqlarga mol-mulk

solig‘i kiradi. 

Yer maydonlaridan olinadigan soliqlarga qishloq xo‘ja-

lik tovar ishlab chiqaruvchilarning yagona yer solig‘i, yuri-

dik (noqishloq xo‘jalik) va jismoniy shaxslarning yer soliq-

larini kiritish mumkin.

Iqtisodiy mohiyatiga qarab soliq-

lar egri va to‘g‘ri soliqlarga yoki

bevosita va bilvosita soliqlarga

bo‘linadi. To‘g‘ri soliqlarni to‘g‘-

ridan to‘g‘ri soliq to‘lovchilar-

ning o‘zi to‘laydi, ya’ni soliqni huquqiy to‘lovchisi ham,

haqiqiy to‘lovchisi ham bitta shaxs bo‘ladi. To‘g‘ri, soliq

yukini boshqalar zimmasiga yuklatish holati bu yerda bo‘l-

maydi. Bu soliqlar tarkibiga barcha daromaddan to‘lanadi-

gan soliqlar va mol-mulk (resurs) soliqlari kiradi.

To‘g‘ri soliqlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri daromaddan soliq

to‘langanligi uchun soliqlar stavkasining kamaytirilishi

korxonalar daromadining ko‘p qismini ularga qoldirib,

investitsiya faoliyatini kengaytirish imkonini yaratib, bozor

iqtisodiyotini rivojlantiradi. Bu soliqlarning stavkalari oshi-


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik