«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana22.09.2019
Hajmi0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

ni huquqiy bazasi takomillashib bormoqda. Hozirga qadar

qabul qilingan barcha soliqqa oid qonun hujjatlariga e’tibor

beradigan bo‘lsak, ularning barchasiga soliq imtiyozlarini

belgilash bo‘yicha umumiy o‘xshashliklar mavjudligiga

guvoh bo‘lish mumkin. Ya’ni, barcha qonun hujjatlarida

soliq turlari bo‘yicha imtiyozlar asosan quyidagi shakllarda

namoyon bo‘ldi: 

œ 

soliqdan batamom ozod etish; 



œ 

soliqdan vaqtincha yoki qisman ozod etish;

œ 

soliq bazasini kamaytirish tarzida berilgan. 



O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida, boshqa

qonunlarda va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qaror-

larida belgilangan soliq imtiyozlarini quyidagicha guruhlash

mumkin (1.3.3-chizmaga qarang).

1.3.3-chizmadan ko‘rish mumkinki, O‘zbekiston Res-

publikasi soliq qonunchiligida soliq imtiyozlarining eng

so‘nggi turi bu soliq solish usulini tanlash huquqidir. Bu

imtiyoz faqat Soliq Kodeksiga muvofiq berilgan bo‘lib,

avvalgi soliq qonunchiligida bu imtiyoz ko‘zda tutilmagan

edi. Bu imtiyoz turining mohiyati, asosan, kichik biznes

39


subyektlariga soliq solishning u yoki bu turini tanlash

huquqi berilganligi bilan ifodalanadi.

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida soliq tizimini

takomillashtirib borishda, xorijiy mamlakatlarda soliq

stavkalarining qo‘llanish mexanizmidan foydalanish,

soliqlarni to‘liq va o‘z vaqtida kelib tushishini nazorat qi-

lish tajribalarini o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

40

1.3.3-chizma. Soliq imtiyozlarining turlari.



Soliq imtiyozlarining turlari

Soliq


to‘lashdan

batamom


ozod etish

Yuridik


shaxslarni

batamom


ozod etish

Dastlab


2 yil

muddatga


Dastlab

5 yil


muddatga

Jismoniy


shaxslarni

batamom


ozod etish

Dastlab


7 yil

muddatga


Norezidentlarni

batamom ozod

etish 

Ekologiyaga



qilingan

xarajatlar

doirasida

Soliqni yakka

tartibda yoki

markazlash-

tirilgan holda

to‘lash


Soliq obyekti

(daromad,

yer uchastkasi,

mol-mulk


qiymati)ni

batamom


ozod etish

Birinchi yil

foydasini

olguncha


Soliq solina-

gan bazani

kamaytirish

Mol-mulk


qiymati

doirasida

Yer

uchastkalari



hajmida

Xayriya


maqsadlaridagi

badallar


doirasida

Qishloq


xo‘jalik

korxonalari

uchun

yagona yer



solig‘i

Investitsiyaga

qilingan

xarajatlar

miqdorida

Mikrofirma

va kichik

korxonalar

uchun sod-

dalashtirilgan

soliq tizimi

Soliqdan


vaqtincha

ozod etish

Soliq

solingan


bazani

kamaytirish

Soliq solish

usulini


tanlash

huquqi


Ishlab chiqarish jarayonini boshqarishda, investitsiyalar,

ilmiy tekshiruv va tajriba konstruktorlik ishlarini rag‘bat-

lantirish va tartibga solishda davlat tomonidan soliq im-

tiyozlaridan keng foydalaniladi. Soliq imtiyozlari rag‘bat-

lantirish va maqsadga muvofiq yo‘llanilishiga qarab quyi-

dagilarga bo‘linadi. Bular ayrim korxona va tashkilotlarni

butunlay soliq to‘lashdan ozod etish hamda yangi tuzilgan

korxonalar uchun soliq to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish.

Bu imtiyozlar ishbilarmonlik va tadbirkorlik (agar mahsulot

ishlab chiqarishga asoslangan bo‘lsa) rivojlanishiga ijobiy

ta’sir etadi.

Soliq imtiyozlarini qo‘llash mexanizmidagi eng

murakkab jarayon bu soliq imtiyozlarini belgilash mezon-

larini adolatli tarzda belgilash hisoblanadi. Ammo qayd

etish joizki, soliq imtiyozlarini belgilash jahon amaliyotida

41

1.3.4-chizma. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari.



Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari

Soliq


to‘lovchilar-

ning ijtimoiy

holatiga

qarab


Korxonada

ishlovchilar

tarkibidagi

nogironlar,

urush va

mehnat


faxriylari,

ko‘pchilikni

(50%ni)

tashkil etsa



imtiyoz

shunchalik

ko‘proq

beriladi


Respublikada

kichik


biznesni

rivojlantirish

ustuvor

yo‘nalish



sifatida

belgilanganligi

uchun ularga

ixtiyoriy

shaklda soliq

tizimi


qo‘llaniladi

Agar


korxonalar

importning

o‘rnini

bosuvchi


mahsulotlar

ishlab


chiqarsa yoki

mahsulotni

eksport qilsa,

muayyan


darajada soliq

imtiyozlari

beriladi

Davlatlararo

bitimlarga

ko‘ra ikki

tomonlama

soliq


solinmaydi

Sohani


rivojlantirishni

ustuvorligiga

qarab

Mahsulotlari



eksporti

hamda


importbop

mahsulotlarni

ishlab

chiqarish



darajasiga

qarab


Xalqaro

iqtisodiy

aloqalar

darajasidan

kelib chiqib


har bir mamlakatning iqtisodiy siyosatining mazmun-mo-

hiyatidan kelib chiqib belgilanadi va shu jihatdan u turli

davlatlarda turlicha bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida soliq

imtiyozlarini belgilash muayyan mezonlar asosida amalga

oshirilgan. Soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarning ijtimoiy

holatiga, respublikada qaysi sohani rivojlantirish ustu-

vorligiga, soliq to‘lovchilarning importning o‘rnini bosadi-

gan mahsulotlarni ishlab chiqarish va mahsulotni eksport

qilish darajasiga hamda davlatlar o‘rtasidagi halqaro iqti-

sodiy munosabatlarga asoslanib belgilangandir. Soliq imti-

yozlarining mezonlarini to‘g‘ri, obyektiv aniqlash soliqlar-

ning adolatlilik tamoyilini ifodasi sifatida yuzaga chiqadi.

Soliq amaliyotida soliqlarni un-

dirishning uchta usuli mavjud: 

1. Kadastrli.

2. Daromad manbayidan.

3. Daromad egasi daromadni olganidan so‘ng (deklarat-

siya bo‘yicha).

Birinchi usul bevosita real soliqlarni hisoblash uchun

foydalaniladigan obyektlar (yer, imoratlar va shu kabilar)-

ning bahosi va o‘rtacha daromadliligi to‘g‘risidagi ma’-

lumotlarga ega bo‘lgan kadastr yoki reyestrdan foydalani-

lishini taqozo etadi.

Yer kadastrini tuzishda turli tumanlardagi ayni bir xilda-

gi yer uchastkalari sifati, joylashgan joyi, foydalanilishi va

boshqa belgilariga ko‘ra guruhlanadi. Har bir guruh uchun

maydon birligining qator yillar uchun o‘rtacha daromadlili-

gi belgilanadi. Boshqa hamma yer uchastkalari maydon

birligidan soliq stavkasi belgilangan u yoki boshqa toifaga

tenglashtiriladi. 

Soliqni to‘lashning kadastrli usulining o‘ziga xos xusu-

siyati sifatida shuni ajratib ko‘rsatish kerakki, soliqning

to‘lanish payti daromadning olinishi payti bilan aslo bog‘liq

bo‘lmaydi, chunki bunday usulda mol-mulk uning taxmin

qilinadigan daromadliligining tashqi belgilari asosida baho-

lanadi. Kadastrli usulda shaharlar va shahar qo‘rg‘onlarida

yer solig‘i stavkalarini ishlab chiqishga ular hududini shahar

ayrim tumanlari yerlari hamda infratuzilmasini iqtisodiy

baholash qiymati bo‘yicha kompleks tarzda baholash asos

qilib olingan.

42

Soliqlarni undirish



usullari

Obyektning ana shunday belgilarga asoslanadigan

o‘rtacha daromadliligi uning haqiqiy daromadliligidan jid-

diy farqlanishi mumkin, shuning uchun bunday usul ko‘p

jihatdan tarixiylik tusiga ega bo‘lishi mumkinki, undan soliq

tizimi uncha rivojlanmagan holatda qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasida yer solig‘i kadastrli usulda

undiriladi. Bunda yerlarning unumdorligi (boniteti) hisob-

ga olingan holdagi yer solig‘i stavkalari O‘zbekiston Res-

publikasi Prezidenti qarori asosida har yili yangidan tas-

diqlanadi.

Ikkinchi usulda soliqni soliq subyektiga daromadni

to‘laydigan yuridik shaxs hisoblaydi va ushlab qoladi.

Ishchining ish haqidan, xizmatchining maoshidan daromad

solig‘i shu tariqa undiriladi. Soliq korxonada xodimning

daromadni olguniga qadar ushlab qolinadi, bu soliqni

to‘lashdan bo‘yin tovlashni istisno qiladi, chunki buxgal-

teriya soliq solinadigan daromadni va soliq summasini aniq

hisob-kitob qilib chiqadi. Bunday munosabatlarda ishtirok

etuvchi yuridik shaxslar ko‘pincha fiskal agent yoki soliq

agenti sifatida qaraladi.

Soliqning daromad manbayida to‘lanishi shuni angla-

tadiki, soliq uni deklaratsiyalar bo‘yicha to‘lashdagi singari

soliq idorasi tomonidan hisoblanib ushlab qolinmaydi, balki

uni yuridik va jismoniy shaxs foydasiga to‘lovni amalga

oshiradigan fiskal agentlar to‘lov manbalari (korxonalar,

muassasalar va tashkilotlar, boshqa ish beruvchilar)da

hisoblaydilar va ushlab qoladilar.

Uchinchi usul soliq to‘lovchilarning soliq idoralariga

deklaratsiyalarni, ya’ni ularning olgan daromadlari va o‘z-

lariga tegishli bo‘lgan soliq imtiyozlari haqidagi rasmiy ba-

yonotni berishni nazarda tutadi. Soliq idoralari soliq dekla-

ratsiyasi va amaldagi soliqqa tortish stavkalari asosida

to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq miqdorini nazorat qiladilar.

Soliq deklaratsiyasi asosida, odatda, tadbirkorlik faoliyati-

dan, dehqon (fermer) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan

daromadlar, shuningdek, intellektual faoliyat bilan shu-

g‘ullanadigan shaxslar (fan, adabiyot, san’at asarlarining

mualliflari, kashfiyotlar, ixtirolar mualliflari, sanoat namu-

nalarini yaratuvchilari va hokazo) daromadlari soliqqa tor-

tiladi.  

43


O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar

1. Soliq elementlari tarkibiga nimalar kiradi?

2. Soliq obyekti nima?

3. Soliq agenti deganda kimlarni tushunasiz?

4. Soliq stavkalari nima va u qanday turlarga bo‘linadi?

5. Proporsional soliq stavkalariga misollar keltiring.

6. Progressiv soliq stavkalariga qaysi soliq turlarini kiritish mum-

kin?


7. Soliq imtiyozlari qanday turlarga bo‘linadi?

8. Soliq imtiyozlari qanday mezonlar asosida belgilanadi?

9. Soliq undirishning qanday usullari mavjud?

10. Soliqlarni kadastrli undirishning o‘ziga xos qanday xususiy-

atlari mavjud?

1.4. SOLIQQA TORTISH TAMOYILLARI

Soliqlarning funksiyasini o‘rganish ularning iqtisodiyot-

dagi rolini ko‘rsatib bersa, soliqqa tortish tamoyillari soliq

munosabatlarini amaliyotda tashkil etish, soliqqa tortish,

uni undirish amaliyotining mazmunini ochib beradi. Ko‘p-

lab iqtisodchilar soliqqa tortish iqtisodiyotning ravnaqiga

olib kelishi mumkin bo‘lgan tamoyillarni qayd etishgan.

Soliqqa tortish tamoyillarini A.Smit o‘zining «Xalqlar

boyligining sabablari va tabiatlari» nomli kitobida (1776) ilk

bor asoslab bergan:

1. Davlat fuqarolari davlat xarajatlarini qoplashda

o‘zlari hukumat muhofazasida foydalanayotgan daromad-

lariga muvofiq tarzda qatnashishlari lozim.

2. Har bir odam to‘laydigan soliq aniq belgilab qo‘yil-

gan bo‘lishi kerak, bunda o‘zboshimchalik ketmaydi. Soliq

miqdori, to‘lanadigan vaqti va tartibi uni to‘lovchiga ham,

boshqa har qanday odamga ham birday aniq va ma’lum

bo‘lishi zarur.

3. Har bir soliq to‘lovchiga har jihatdan qulay bo‘lgan

vaqtda va tartibda undirilishi kerak.

4. Har bir soliq shunday tarzda o‘rnatilishi kerakki,

bunda soliq to‘lovchining hamyonidan ketadigan pul davlat

budjetiga kelib tushadigan mablag‘ga nisbatan ortiq

bo‘lishiga mumkin qadar yo‘l qo‘yilmasin.

Hozirgi sharoitga tatbiqan olganda, soliqqa tortish sa-

marali tizimining quyidagi tamoyillarini ta’riflab o‘tish

mumkin:


44

Soliqqa tortishning yetarlilik ta-

moyiliga muvofiq soliqqa tortish

darajasi shunday bo‘lishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq

xo‘jaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa

tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobili-

yati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan moliya resurslari to‘planishini ta’min-

lashi lozim. Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, soliq

stavkalari soliq yuki ko‘rsatkichi hisoblanmaydi, chunki

soliq to‘lovchi soliq to‘lar ekan, davlat tomonidan bepul

xizmatlardan bahramand bo‘lgani holda ayni chog‘da o‘zi-

ning ba’zi xarajatlarini qisqartiradi. Masalan, davlat umu-

miy foydalanish yo‘llarining holati yaxshi saqlanishini

ta’minlash bilan soliq to‘lovchining transport xarajatlarini

kamaytiradi, bepul maorif, sog‘liqni saqlashni ta’minlash

bilan yollanma xodimlarning xarajatlarini qisqartiradi,

demak, ish haqi xarajatlarini ham kamaytirgan bo‘ladi.

Shunday qilib, to‘langan soliqlarning faqat xizmatlar ko‘ri-

nishidagi talab etilmagan bir qismigina soliq yuki ko‘rsat-

kichi hisoblanadi. Umuman olganda, yetarlilik tamoyili

soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilin-

gan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qat’i ravishda uyg‘un-

lashtirishni taqozo etadi.

Soliq tizimi xo‘jalik yurituvchi

subyektlarni, jumladan, chet el

subyektlarini, ishlab chiqarishni

rivojlantirish, uskunalar va za-

monaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag‘ yo‘nal-

tirishni, ya’ni kapital jamg‘arish va shu yo‘l bilan texno-

logiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh mahsulotlar

ishlab chiqarishni rag‘batlantirishi lozim.

Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga

to‘sqinlik qilmasligi hamda xo‘jalikni mustaqil yuritish

omillarini cheklab qo‘ymasligi lozim. Agar soliqlar katta

bo‘lgani uchun tadbirkorlarning ishlab chiqarishni ken-

gaytirishdan, boshqa turdagi iqtisodiy faoliyat ko‘rsatishdan

manfaatdorligiga putur yetkazsa, mamlakat iqtisodiyoti

pastga qarab ketishi xavfi tug‘iladi. Soliqlar miqdori haddan

tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari

kamayib ketadi, bu jarayon zaxiralar, banklardagi pul mab-

lag‘larining barakasi uchishiga, ilgari to‘plangan mablag‘-

larning yeyilib ketishiga olib keladi.

45

Soliqqa tortishning



yetarlilik tamoyili

Soliqqa tortishning tad-

birkorlik va investitsiya-

larni rag‘batlantirish

tamoyili


Soliqqa tortish, agar u, birinchidan, ishchi kuchini ish-

lab chiqarish uchun talab qilinadigan darajada saqlab tu-

rishga zarur bo‘lgan iste’molning minimal hajmlariga salbiy

ta’sir etsa, ikkinchidan, mehnatga nisbatan iqtisodiy va

moddiy rag‘batlarning harakat doirasini toraytirib qo‘ysa,

uchinchidan, jamg‘arma miqdorini kamaytirsa va mablag‘-

ning to‘planish jarayonini sekinlashtirsa ishlab chiqarish

imkoniyatlarini yomonlashtirib yuborishi mumkin.

Soliqqa tortish bazasi va uning hajmlarini noto‘g‘ri bel-

gilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va

ixtirochilik faoliyati bilan shug‘ullanishga va boshqa soha-

larga bo‘lgan intilishiga salbiy ta’sir etadi.

Soliqqa tortishning iqtisodiy omillarga ta’siri ikki xil

ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni qiyosiy oqibat va daromad oqibati

shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari,

jamg‘arish, investitsiyalash, yangi g‘oyalarni joriy etish va

ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil ko‘rinishlari bilan

shug‘ullanish uchun nisbatan kamroq darajada rag‘bat-

lantirishda namoyon bo‘ladi. Ayniqsa, progressiv (oshib

boruvchi) soliqqa tortishda bunday oqibatning rag‘bat-

lantirishga zid ta’siri yaqqol ifodalanadi.

Dunyodagi bir qator mamlakatlarda kapitaldan kelgan

daromad va iste’molga qarab soliqqa tortishni ko‘zda tutgan

soliq islohoti o‘tkazilmoqda. Soliqqa tortishning salbiy

ta’sirini silliqlash maqsadida ishchi kuchini taklif etish

sohasida ish haqi ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan

soliqlarning eng yuqori qilib belgilangan stavkalari pasayti-

rilmoqda. Jamg‘arish va investitsiyalashga soliqlarning ta’sir

etishi borasida ham muayyan natijalarga erishilmoqda.

Soliqlarning ta’siri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol

seziladi. Turli ko‘rinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har

xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyador-

larning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi

kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy o‘sish sur’atlarining pasa-

yib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada

davlat budjeti daromadlarining o‘zgarishiga ham ta’sir

etmay qolmaydi.

Soliqqa tortishning adolatlilik

tamoyiliga muvofiq, soliqlar ja-

miyat tomonidan oqilona va

adolatli deb tan olingan umumiy obyektiv qoidalarga

binoan belgilanishi lozim. Adolatlilik tamoyili bir qancha

46

Soliqqa tortishning 



adolatlilik tamoyili

asosiy guruhdagi soliqqa tortish tamoyillariga bo‘linadi.

Bularni ikki guruhga bo‘lgan holda o‘rganish maqsadga

muvofiqdir. Bunda gorizontal va vertikal adolatni bir-biri-

dan farqlash lozim. Gorizontal adolat tamoyili daromad

olishning turli sharoitlarida soliq to‘lovchilarga nisbatan

soliqqa tortishning taxminan teng shartlarini qo‘llashni

ko‘zda tutadi.

Vertikal adolat deganda, xo‘jalik yuritishning birmun-

cha og‘ir sharoitlarida ishlayotgan subyektlar uchun soliqqa

tortishning bir qadar yumshoqroq shartlarini, yengil daro-

mad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar uchun esa

og‘irroq shartlarni qo‘llash tushuniladi. Soliqlarning

rag‘batlantirish funksiyasini bajarish doirasida ikkinchi

tamoyil buzilishi mumkin. Masalan, iste’mol tovarlari ish-

lab chiqarishni rag‘batlantirish maqsadida ularni ishlab

chiqarish bo‘yicha soliqqa tortishda bir qadar imtiyozli

shartlar yoki aksincha, vino-aroq va tamaki mahsulotlarini

iste’mol qilishni cheklash uchun ulardan olinadigan egri

soliqlarning yuqori stavkalari belgilangan hollar ham

bo‘ladi.


Ijtimoiy adolat tamoyilini amalga oshirishga turlicha

yondashuvlar bo‘lishi mumkin. Agar soliqlarni to‘plangan

soliqlar hisobidan ro‘yobga chiqariladigan davlat dasturla-

ridan keyinchalik foyda ko‘radigan shaxslar to‘lasa, u

holda adolatli deb hisoblanadi. Aytaylik, respublika yo‘l

jamg‘armasiga tushadigan mablag‘ni davlat katta yo‘llarni

ta’mirlashga yoki qurishga sarflasa, bundan jamg‘armaga

ajratmalarni to‘lovchilarning o‘zlari — avtomobil egalari

naf ko‘radi. Biroq bunday yondashuvni keng miqyosda

amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi. Huquq-tartibotni mus-

tahkamlash, maorifni rivojlantirish, atrof-muhitni qo‘riq-

lashdan aniq ravishda kim ko‘proq foyda ko‘rishini qanday

qilib hisoblab chiqish mumkin? Hatto bepul sog‘liqni

saqlash dasturlaridan, asosan, ko‘p bolali oilalar, keksa va

nochor fuqarolar foydalanishlari aniqlab chiqilgan taqdirda

ham ana shu maqsadlar uchun maxsus soliqlarni aynan

ularning o‘zidan undirishni talab qilish adolatdan bo‘lmay-

di, albatta.

Amaliyotda boshqacha yondashuv birmuncha kengroq

qo‘llaniladi, unga ko‘ra to‘lov qobiliyati tamoyili asos qilib

olinadi: soliq to‘lovchining daromadi qanchalik yuqori

bo‘lsa, undan shuncha ko‘p miqdorda soliq undiriladi. Bu

47


gapning ma’nosi shuki, badavlat odamlar bepul maktab

maorifi, milliy mudofaa, sog‘liqni saqlash va boshqa sohalar

uchun bir qadar yuksak iqtisodiy mas’uliyatni his etishlari

lozim, chunki ular kam daromadlilarga nisbatan ko‘proq

to‘lashga qodirdirlar. Aslini olganda, o‘ziga to‘q kishilar

ta’lim berish va xizmat ko‘rsatish yaxshiroq yo‘lga qo‘yilgan

maktab va shifoxonalarni tanlaydilar. Bunday to‘lov

qobiliyati konsepsiyasi AQSH soliq siyosatida keng tarqal-

gan.

Biroq amaliyotda soliqqa tortishning mazkur konsep-



siyasi tez-tez jiddiy qiyinchiliklarga duch kelib turadi. Yiliga

100 ming dollar daromad oladigan kishi yiliga 10 ming dol-

lar daromad oladigan kishiga nisbatan ko‘proq soliq

to‘lashga qodir, degan fikrga qo‘shilish mumkin. Biroq

bunda birinchi kishi ikkinchisiga qaraganda aynan necha

baravar ko‘p soliq to‘lash imkoniyatiga ega, degan masala

noaniqdir. Badavlat odam o‘zining daromadidan o‘sha

hissani va mutlaq katta summani to‘laydimi yoki soliq

sifatida umuman ko‘proq hissani to‘laydimi? Afsuski, aniq

bir odamning soliq to‘lash imkoniyatlarini o‘lchash uchun

ilmiy asoslangan qandaydir usullar mavjud emas.

Soliqqa tortishdagi adolat tamoyili ba’zi hollarda taqsi-

motdagi ijtimoiy adolat tamoyili ko‘rinishida namoyon

bo‘ladi. Shuni ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, bu tamoyilni daro-

madlarni teng ravishda taqsimlash, baravarlashtirish deb

tushunmaslik kerak. Qonun oldida tenglikka rioya etilishi,

ijtimoiy mumtozlikka, irq va dinga munosiblikka asoslan-

gan imtiyozlarning bekor qilinishi, inson asosiy huquqlarga

birday ega bo‘lishi kabi tenglik tamoyillari bo‘lib, ular

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlab

qo‘yilgan va bu tamoyillar qadriyatlarning ijtimoiy tizimida

qat’i amal qilmog‘i lozim. Moddiy tenglik, ya’ni daromad-

lar, mulk, iste’mol sohasidagi tenglik haqida gap ketadi-

gan bo‘lsa, aytish kerakki, bunday tenglikka erishib

bo‘lmaydi. Davlat va jamiyat barcha fuqarolar yaxshi

hayot kechirishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berish-

lari kerak, albatta, soliqqa tortish tizimi esa istiqbolga

mo‘ljallangan rejada aholining farovonligini umumiy tarzda

amalga oshirish orqali jamiyat quyi qatlamlarining ahvoli

izchil ravishda yaxshilanib borishiga ko‘maklashmog‘i za-

rur.

48


Bu tamoyil soliqqa tortish ba-

zasini aniqlashda, soliqlarni hi-

soblab chiqishda oddiylik bo‘li-

shini, taqdim etiladigan hisobotlarning mazmunini sod-


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik