«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/39
Sana22.09.2019
Hajmi0.91 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39

bilan izohlanadi. Bundan tashqari, soliq to‘lovlaridan qo-

chish maqsadida tashkil etiladigan «bir kunlik firma»lar

aynan savdo sohasida ko‘plab uchraydi. 

Soliqqa oid qonunbuzilishlarning miqyosini aniqlash

uchun ularning yalpi ichki mahsulot (YIM)dagi salmog‘ini

o‘rganish usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq

hisoblanadi, chunki soliqqa oid qonunbuzilishlarning asosiy

qismi soliqqa tortiladigan obyekt summasini kamaytirib

ko‘rsatish va sotish hajmining ma’lum qismini birlamchi

buxgalteriya hujjatlarida aks ettirmaslik yo‘li bilan amalga

oshirilmoqda. Bu esa soliq to‘lovlari bilan YIMning o‘rta-

sidagi uzviy aloqadorlikni yuzaga kelishiga zamin yaratadi.

Soliqqa oid qonunbuzilishlarning oldini olish va ularga

barham berish amaldagi tadbirlarni va usullarni doimiy ra-

vishda takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Soliqqa oid

jinoyatlarning o‘sishi davlatning moliyaviy resurslariga

bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi va

buning oqibatida davlat soliqsiz tushumlarni qidirishga

majbur bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlatning ichki va

tashqi qarzlarining o‘sishiga olib keladi.

Soliqqa oid qonunbuzilishlarni aniqlash, ogohlantirish

va ularga barham berish maqsadida amalga oshiriladigan

soliq nazoratining uzluksizlik tamoyilini qo‘llashni kuchay-

tirish lozim. Mazkur tamoyil soliq qonunchiligini bajarish-

ga oid ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilish, yuridik va

jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bilan bog‘liq salbiy jara-

yonlarning rivojlanish tendensiyalarini prognozlash hamda

soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullaridan foydalanish

zaruratini yuzaga keltiruvchi holatlarni aniqlashga nisbatan

qo‘llanilishi kerak. 

309


Xalqaro amaliyotda soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash ho-

latlarini aniqlashda 2 xil uslubiyotdan keng foydalaniladi:

1) Ma’lumotlar bazasini bir-biri bilan taqqoslash uslu-

biyoti.


2) Statistik uslubiyot.

Mazkur uslubiyotlardan foydalanish soliq to‘lashdan

bo‘yin tovlashning turli usullaridan foydalanish hollarini

aniqlash imkonini beradi. Lekin ular soliq qonunchiligini

buzgan soliq to‘lovchilar tomonidan jinoyat holati sodir

etilgandan keyin yuzaga kelgan holatnigina aniqlash

imkonini beradi. Bu esa soliq tekshiruvi natijasida mazkur

holat aniqlangunga qadar qonunbuzarlikni sodir etishga yo‘l

qo‘ygan shaxslar qonunbuzarliklarini to‘g‘rilab qo‘yishlari-

ga imkon berishi mumkin. Buning natijasida mazkur noqo-

nuniy harakatlar natijasida davlatga yetkazilgan zararning

real miqdorini aniqlash imkoniyati bo‘lmay qoladi.

Soliqlar to‘lashdan bo‘yin tovlash usullarining xilma-

xilligi va ularning yangi shakllarining yuzaga kelayotganligi

soliqqa oid qonunbuzilishlarni tahlil qilish tizimini

kuchaytirishni taqozo qiladi. Tahlil tizimini kuchaytirish

soliq to‘lovchilarning faoliyatida va xatti-harakatlarida

yuzaga kelayotgan tendensiyalarni aniqlash imkonini bera-

di. Bu esa, o‘z navbatida, soliq qonunchiligini kelgusida

tuzishga yo‘l qo‘yuvchi soliq to‘lovchilarni oldindan aniq-

lash imkoniyatini beradi.

Ma’lumki har qanday tadbirkorlik faoliyati foyda olish-

ga qaratilgan. Shu sababli soliq yuki oshirilganda, bitim

hajmini baho hisobidan elastikligini ta’minlay olmaydigan

soliq to‘lovchilar, soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga harakat

qiladilar, chunki ular qo‘shimcha xarajatlarni qoplash

imkoniyatiga ega emas.

Ta’kidlash lozimki, monopol korxonalar tovarlar baho-

sini oshirish yo‘li bilan bitimlar hajmining elastikligini oshi-

rish imkoniyatiga ega, lekin ular ham soliq yuki oshganda

uni kamaytirishning noqonuniy yo‘llaridan foydalanishga

harakat qiladi, ammo monopol korxonalar boshqa soliq

to‘lovchilardan farqli o‘laroq, davlat organlari tomonidan

soliq nazoratiga ko‘proq tortiladilar. Shuning uchun

monopol korxonalar tovarlari bahosini oshirish yo‘li bilan

soliq yukini xaridorga yuklatish uchun sezilarli imkoniyat-

larga ega. Shuning uchun ular noqonuniy yo‘llar bilan soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlashdan manfaatdor emaslar.

310


KURS ISHI MAVZULARI

1. Davlat budjeti daromadlarini shakllantirishda soliq-

larning tutgan o‘rni va ahamiyati.

2. O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi va uning

o‘ziga xos xususiyatlari.

3. Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda soliqlarning

o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlash masalalari.

4. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida soliq yuki va

uni optimallashtirish.

5. To‘g‘ri soliqlarning budjet daromadlarida tutgan o‘rni

va ahamiyati.

6. Egri soliqlarning budjet daromadlarini shakllan-

tirishdagi ahamiyati.

7. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda va mol-mulk

soliqlarini undirishni takomillashtirish masalalari.

8. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini budjetga undirishda

mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari.

9. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ini hisob-

lash va budjetga to‘lash tartibi.

10. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimining rivojlan-

gan mamlakatlar soliq tizimlari bilan o‘xshash xususiyatlari.

11. Soliqlarning davlat moliyaviy resurslarini shakllan-

tirishdagi ahamiyati.

12. Kichik biznes subyektlarini rag‘batlantirishda soliq-

larning roli.

13. Fermer xo‘jaliklarini soliqqa tortishning o‘ziga xos

jihatlari.

14. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni undirish

tartibi.

15. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni un-

dirish tartibi. 

16. O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimi va uni tako-

millashtirish.

17. O‘zbekiston Respublikasi davlat moliya tizimida

soliqlarning tutgan o‘rni.

18. O‘zbekiston soliq qonunchiligida xalqaro shartno-

malarning ahamiyati.

19. O‘zbekistonda jismoniy shaxslardan undiriladigan

soliqlar va ularni undirish mexanizmi.

20. Soliqlarni undirish usullarini takomillashtirish masa-

lalari.

311


21. Budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga maj-

buriy ajratmalarni undirishda soliq idoralarining vazifalari.

22. Soliq stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari va ular-

dan foydalanish tartibi.

23. Davlat budjetining soliqli daromadlari.

24. Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘ini hisob-

lash va budjetga undirish tartibi.

25. Aksiz solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi.

26. Soliqqa tortishning deklaratsiyalash usuli va uni

takomillashtirish.

27. Yuridik shaxslarning mol-mulkidan soliq undirish

tartibi.


28. Soliq mexanizmi va uni takomillashtirish yo‘llari.

29. Yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-

lanuvchi jismoniy shaxslarning daromadlarini soliqqa tor-

tish tartibi.

30. Umumdavlat soliqlarini mahalliy budjetlar o‘rtasida

taqsimlash zarurligi.

31. O‘zbekistonda xorijiy investorlar ishtirokidagi kor-

xonalarni soliqqa tortishning o‘ziga xos xususiyatlari.

32. To‘g‘ri soliqlarni hisoblash va undirish mexanizmi.

33. Jismoniy shaxslar mol-mulklarini soliqqa tortish

tartibi.

34. Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklaratsiya

usulida soliqqa tortish tartibi.

35. Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i va uni

takomillashtirish.

36. Jismoniy shaxslarni daromadiga solinadigan soliqni

hisoblash va budjetga to‘lash tartibi.

37. Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘-

larini shakllantirishda soliq idoralarining nazorati.

38. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzu-

ridagi soliq, valutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni

legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining soliqqa

oid qonunbuzarliklarini bartaraf etishdagi roli. 

39. Yagona yer solig‘ini to‘lovchilari, stavkalari, hisob-

lash va budjetga to‘lash tartibi.

40. Noqishloq xo‘jalik yuridik shaxslardan olinadigan

yer solig‘i stavkalarini takomillashtirish masalalari.

41. Tijorat banklarini soliqqa tortishning o‘ziga xos

xususiyatlari.

312


42. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblash va to‘lash tar-

tibi.


43. Agrar sektordagi islohotlarni amalga oshirishda soliq

siyosatining ahamiyati.

44. Aksiz solig‘ini undirish sabablari va uni soliqlar ti-

zimida tutgan o‘rni.

45. Soliq stavkalari va uni tabaqalashtirish masalalari.

46. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa

tortishning o‘ziga xos xususiyatlari.

47 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘iga torti-

ladigan bazani aniqlash usullari, soliqni hisoblash va to‘lash

tartiblari.

48. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlarni budjetga

undirish tartibi.

49. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliqqa tortishda

soliq idoralarining nazorati.

50. Qishloq xo‘jalik korxonalarini soliqqa tortishning

o‘ziga xos xususiyatlari va ularni takomillashtirish.

51. Soliq yuki va uni optimallashtirish masalalari.

52. Iqtisodiyotni erkinlashtirishda soliqlarning ahamiya-

tini oshirish zarurligi.

53. Budjet daromadlari tarkibida bevosita va bilvosita

soliqlarni optimallashtirish masalalari.

54. Soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha budjet oldidagi qarz-

larni bartaraf etish chora-tadbirlari.

55. Qimmatli qog‘ozlar bozori rivojlanishini soliqlar

orqali rag‘batlantirish.

56. O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati va uning

asosiy yo‘nalishlari.

57. Tabiiy resurslardan samarali foydalanishda soliqlar-

ning ta’sirchanligini oshirish masalalari.

58. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlan-

tirish uchun soliqni hisoblash hamda uni to‘lash tartibi.

59. Kichik biznes subyektlarini soliqqa tortishning o‘zi-

ga xos xususiyatlari.

60. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hi-

soblash va to‘lash tartibi.

61. Sug‘urta bozorining rivojlanishini soliqlar orqali

rag‘batlantirish.

62. Xorijiy investorlar ishtirokidagi korxonalarni soliqqa

tortish tartiblari.

313


63. Yuridik shaxslar moliya-xo‘jalik faoliyatiga egri

soliqlar ta’sirining tahlili.

64. I.A. Karimov asarlarida soliqlar va soliqqa tortish

masalalari.

65. Jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga soliq siyosa-

tining ta’siri.

66. Hududlar moliyaviy resurslarini shakllantirishda

soliqlarning tutgan o‘rni.

67. Yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ul-

lanuvchi jismoniy shaxslar ustidan soliq nazoratini o‘rna-

tish.

68. Soliq hisobi va uni takomillashtirish.



69. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi va mud-

datlarini takomillashtirish. 

70. O‘zbekistonda yagona yer solig‘ini undirishning

o‘ziga xos xususiyatlari.

71. Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ini

budjetga undirish tartibi.

72. Jismoniy shaxslardan olinadigan soliq tizimining

tahlili va takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari.

73. Soliq imtiyozlarini belgilash mezonlari va ulardan

foydalanishning tahlili.

74. O‘zbekiston Respublikasida soliqlarni undirish usul-

lari va ulardan foydalanishning tahlili.

75. Soliq imtiyozlari va budjet daromadlari o‘rtasidagi

uzviylikni takomillashtirish.

76. Kichik biznesni rivojlantirishda yagona soliq

to‘lovining ahamiyati.

77. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘i

va uni to‘lash tartibi.

78. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni

soliqqa tortishni isloh qilish yo‘nalishlari.

79. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning

tahlili.


80. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining iqtisodiy mohiyati va

hisoblash usullari.

81. Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni undirish

mexanizmini takomillashtirish.

82. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashda tabaqalash-

gan soliq stavkalarini qo‘llash yo‘llari.

83. Sug‘urta tashkilotlarini soliqqa tortishning o‘ziga xos

xususiyatlari va ularni takomillashtirish.

314


84. Tijorat banklarini soliqqa tortish tartibi va uni tako-

millashtirish.

85. O‘zbekiston Respublikasida undiriladigan bojxona

to‘lovlari va ularni takomillashtirish masalalari.

86. Iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirishda soliq

siyosatining asosiy yo‘nalishlari.

87. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishda deklaratsiya-

lash tizimini joriy etish zarurligi va ahamiyati.

88. Fermer va dehqon xo‘jaliklaridan undiriladigan

soliqlar va ularni takomillashtirish masalalari. 

89. Budjetlararo munosabatlarning tartibga solishda

soliqlarning tutgan o‘rni.

90. Soliqlarning o‘z vaqtida tushib turishini ta’minlash

masalalari.

91. O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘ini joriy qi-

lishning iqtisodiy sabablari.

92. O‘zbekiston Respublikasida egri soliqlarni undirish

amaliyoti va uni takomillashtirish masalalari.

93. Soliq organlarining iqtisodiy nochor korxonalarni

tugatish jarayonidagi ishtiroki.

94. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjet oldidagi

qarzdorligini kamaytirishda soliq organlarining roli.

95. Soliqlarning mohiyati bo‘yicha tavsiflanishining

nazariy tushunchasi.

96. Jismoniy shaxslarga beriladigan soliq imtiyozlarini

takomillashtirish.

97. O‘zbekiston Respublikasi soliq qonunchiligida

nazarda tutilgan imtiyozlar tizimini takomillashtirish.

98. O‘zbekiston Respublikasida kichik tadbirkorlikni

soliqqa tortishni isloh qilish yo‘nalishlari.

99. Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlarning

tahlili.


100. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni

undirish mexanizmini takomillashtirish.

101. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartiblash mexaniz-

mi va unda soliq imtiyozlarining ahamiyati.

102. Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer

soliqlarini hisoblash va budjetga to‘lash tartibi.

103. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti daro-

madlarini shakllantirishda soliqlarning o‘rni va aha-

miyati.

315


104. Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash shak-

lida olgan daromadlarini soliqqa tortish tartibini takomil-

lashtirish.

105. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosati va uni tako-

millashtirish.

106. Soliq stavkalari turlari va ularning qo‘llanilishini

takomillashtirish.

107. To‘g‘ri soliqlar va ularning iqtisodiyotda tutgan

o‘rni.

108. Bevosita va bilvosita soliqlar o‘rtasidagi nisbat



munosabatlarini takomillashtirish.

109. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda

mahalliy soliqlar va yig‘imlarning ahamiyatini oshirish

masalalari.

110. Yuridik shaxslarni soliqqa tortish tartiblari va ularni

takomillashtirish.

111. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortishning xususiyat-

lari va ularni takomillashtirish.

112. Yuridik shaxslarning foydasiga solinadigan soliqni

hisoblash va budjetga to‘lash tartibini takomillashtirish.

113. Eksport-import operatsiyalarini soliqqa tortishni

takomillashtirish.

114. O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kelinadi-

gan tovarlarning bojxona qiymatini belgilash tartibi va uni

takomillashtirish.

115. O‘zbekiston Respublikasi hududiga import qilina-

digan tovarlarga nisbatan qo‘shilgan qiymat solig‘ini hi-

soblash va budjetga to‘lash tartibini takomillashtirish.

116. Bojxona yig‘imlari va ularni undirish mexanizmini

takomillashtirish.

117. Yagona bojxona to‘lovini hisoblash va to‘lash tar-

tibini takomillashtirish.

118. Mamlakat eksport faoliyatini rivojlantirishda soliq-

larning rag‘batlantiruvchi ahamiyatini oshirish masala-

lari.

119. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivoj-



lantirish solig‘ini hisoblash va budjetga to‘lash tartibini

takomillashtirish.

120. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni hisoblash hamda

budjetga to‘lash tartibi.

121. Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan

soliqni hisoblash va budjetga to‘lash tartibi.

316


122. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni

hisoblash va budjetga to‘lash tartibi. 

123. Resurs soliqlari va ularni takomillashtirish masa-

lalari.


124. Muddatida to‘lanmagan soliqlar va budjetga maj-

buriy to‘lovlarni undirish mexanizmini takomillashtirish.

125. Davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajrat-

malarni hisoblash va to‘lash tartibini takomillashtirish.

126. Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jam-

g‘armasiga majburiy ajratmalarni hisoblash va to‘lash tar-

tibini takomillashtirish.

127. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliqni

hisoblash va budjetga to‘lash tartibini takomillashtirish.

128. Jismoniy shaxslarning daromadlarini deklara-

tsiyalash tartibi va uni takomillashtirish.

129. Jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq

bo‘yicha imtiyozlar va ularni takomillashtirish.

130. Soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini

berish va qo‘llash tizimi, uni takomillashtirish.

131. Soliq nazorati va uni takomillashtirish.

132. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi

hududiy komissiyalarning vazifalari va majburiyatlari.

133. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mahalliy

soliqlarni hisoblash va undirish tartibi.

134. To‘g‘ri soliqlar va ularni ishlab chiqarish sama-

radorligiga ta’siri.

135. O‘zbekiston Respublikasi soliq siyosatini takomil-

lashtirishning konseptual asoslari. 

136. Yuridik shaxslarning soliqli to‘lovlari tizimini maq-

bullashtirish asoslari.

137. Aksiz solig‘i hisobi va uni takomillashtirish.

138. Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblarni taqdim etish

va to‘lash muddatlarini maqbullashtirish.

139. Korxonalarda soliqli to‘lovlar hisobini yuritish tar-

tibini maqbullashtirish.

140. O‘zbekistonda amalda bo‘lgan qo‘shilgan qiymat

solig‘i mexanizmidagi mavjud muammolar tahlili.

141. Yuridik shaxslarning suv resurslaridan foydalanishi-

da to‘lanadigan to‘lovlarni hisoblash mexanizmi.

142. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘-

yicha imtiyozlar va ularning moliyaviy xo‘jalik faoliyatiga

ta’siri samaradorligini oshirish.

317


143. O‘zbekiston Respublikasi soliqqa tortish amaliyoti-

da mahalliy soliqlar va yig‘imlarning o‘ziga xosligi.

144. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish uslubiyatidagi

mavjud muammolar.

145. Umumdavlat soliqlarning mohiyati va ularni bud-

jetlar o‘rtasida taqsimlash mexanizmi.

146. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida soliq tizi-

midagi mavjud muammolar.

147. Budjet daromadlari shakllanishida to‘g‘ri soliqlar-

dan foydalanish jarayoni.

148. Fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishda soliq siyosa-

tining asosiy yo‘nalishlari.

149. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni soliqlar

vositasida tartiblash.

150. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni

undirishdagi muammolar. 

151. Soliq tizimini takomillashtirishda soliq nazariyala-

rining o‘rni.

152. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartiblash yo‘llari.

153. Yer solig‘ini undirishdagi muammolar va ularni

bartaraf etish yo‘llari.

154. Aksiz solig‘ining amal qilishida aksiz markalarini

qo‘llashning ahamiyati.

155. Jismoniy shaxslarning tadbirkorlik faoliyatidan

oladigan daromadlarini soliqqa tortish masalalari.

156. Mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda

umumdavlat soliqlarining ahamiyati.

157. Davlat budjeti daromadlari qismini shakllantirish-

da soliq to‘lovlari va bojxona bojlarini muvofiqlashtirish-

ning ahamiyati.

158. Yuridik shaxslardan yer solig‘ini undirishdagi

muammolar.

159. Soliq hisob-kitoblarini taqdim etish muddatlarini

maqbullashtirish.

160. Mol-mulk solig‘ini budjetga undirishdagi muam-

molar.


161. Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini undirishda soliq

organlarining nazorati.

162. Mahalliy soliqlar va yig‘imlarni joriy etish sabab-

lari.


163. Dehqon xo‘jaliklarini soliqqa tortishning xususiyat-

lari.


318

164. Jismoniy shaxslardan mahalliy soliqlarni undirish-

dagi mavjud muammolar.

165. Soliq siyosatining agrar sohani rivojlantirishdagi

ahamiyati.

166. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini

soliqlar orqali rag‘batlantirishning asosiy yo‘nalishlari.

167. Yagona yer solig‘i va uning amal qilish xususiyat-

lari.


168. Yerlarning me’yoriy qiymatidan undiriladigan

yagona yer solig‘i.

169. Yagona yer solig‘ini hisoblash tartibi.

170. Yagona yer solig‘ini to‘lash muddatlari.

171. To‘g‘ri soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan samarali

foydalanish yo‘llari.

172. Soliq qonunchiligini buzganlik uchun qo‘llaniladi-

gan moliyaviy va ma’muriy javobgarlik choralari hamda

ularning ta’sirini oshirish.

173. Fermer xo‘jaliklarini soliqqa tortishda yagona yer

solig‘ining ahamiyati. 

174. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i stavka-

larining tabaqalanish asoslari.

175. Tijorat banklaridan olinadigan daromad (foyda)

solig‘ining o‘ziga xosligi.

176. Import tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini

hisoblashdagi muammolar.

177. Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun

taqdim etilgan soliq uslubiyatlari. 

178. Aksizosti tovarlarini belgilash va ulardan soliq

undirish jarayoni.

179. Soliq stavkalarini tabaqalashtirishning ilmiy asos-

lari.

180. Umumiy ovqatlanish korxonalarini soliqqa tor-



tishdagi muammolar.

181. Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashda soliq im-

tiyozlarining o‘rni.

182. Yangi tahrirdagi soliq kodeksining qabul qilinishi

va uning soliq qonunchiligidagi ahamiyati.

183. Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivoj-

lantirish uchun soliqni undirishdagi muammolar.

184. Soliqlar vositasida iqtisodiyotni tartiblashning aso-

siy yo‘nalishlari.

319


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik