«sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati



Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana22.09.2019
Hajmi0.91 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39

goriyasi ham bir qator o‘ziga xos belgilarga egaki, ushbu

belgilar soliqlarning boshqa to‘lovlardan farqlash uchun

xizmat qiladi. 

Soliqlarning belgilari borasida iqtisodchi olimlar tomo-

nidan turli xil fikrlar mavjud. Masalan, prof. Q.Yahyoyev

soliqlarni umumiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatadi.

1. Soliqlar va yig‘imlar majburiy bo‘lib, bunda davlat

soliq to‘lovchining bir qism daromadlarini majburiy badal

sifatida budjetga olib qo‘yadi. Bu majburiylik Oliy Majlis

11

Soliqlarning o‘ziga  xos



belgilari

tasdiqlab bergan Soliq kodeksining qoidalari asosida amal-

ga oshiriladi. Demak, majburiylik belgisi huquqiy jihatdan

davlat tomonidan kafolatlanadi.

2. Soliqlar xazinaga — davlat budjetiga tushadi. Ammo

boshqa turdagi to‘lovlar «Umid», «Ekosan» kabi jam-

g‘armalarga tushishi soliq munosabatlarini aks ettirmaydi.

3. Soliqlar qat’i belgilangan va doimiy harakatda

bo‘ladi. Tarixan asrlab o‘zgarmay harakatda bo‘lgan soliqlar

mavjud. Uning ilmiy asosi qancha chuqur bo‘lsa, shuncha

qat’i va uzoq yillar o‘zgarmasdan harakat qiladi.

4. Davlatga to‘langan soliq summasi to‘lovchining o‘zi-

ga to‘liq qaytmaydi, ya’ni u ekvivalentsiz pul to‘lovidir.

1

Rus iqtisodchisi A. Medvedev o‘zining «Soliqlarni qan-



day rejalashtirmoq kerak?» nomli kitobida soliqlarga xos

bo‘lgan ikki belgini, ya’ni majburiylik va  ekvivalentsizlik

kabi belgilarni qayd etadi. 

Yuqoridagilardan kelib chiqib, soliqlarning umumiy bel-

gilarini quyidagicha ifodalash mumkin:

1.  Soliq to‘lovchi daromadining u yoki bu summasini

davlatga to‘lap ekan, buning evaziga bevosita biron-bir tovar

yoxud xizmat olmaydi. Alohida olingan soliq to‘lovchi

tomonidan to‘langan soliq miqdori bilan u iste’mol qiladi-

gan ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik

mavjud bo‘lmaydi. Xuddi ana shu xususiyatiga ko‘ra soliq

narxdan, ruxsatnoma (litsenziya)lar va vositachilik yig‘im-

laridan farq qiladi, chunki bular majburiy yoki ixtiyoriy

to‘lovlar hisoblansada, biroq hamma vaqt davlat tomonidan

ko‘rsatilgan xizmatdan muayyan foyda (naf) ko‘rilishi bilan

bog‘liqdir.

Davlatga to‘lanadigan soliqlar bilan uning evaziga oli-

nadigan iqtisodiy va ijtimoiy ne’matlar o‘rtasida bevosita,

har bir kishining ko‘zi ilg‘aydigan bog‘liqlikning yo‘qligi

soliq to‘lovchilar uchun soliqqa tortishni yuk sifatida baho-

lashlariga sabab bo‘ladi, vaholanki, ular soliqlar hisobidan

qilinadigan davlat xarajatlarining yo‘nalishini ma’qullashlari

ham mumkin.

Alohida olingan soliq to‘lovchi, odatda, jamiyat va

o‘zining ko‘rgan foydasi yoki manfaatini to‘lagan soliqlari

bilan solishtirib o‘tirmaydi. Bu shunga olib keladiki, oqi-

12



Yahyoyev Q. Soliqqa tortish nazariyasi va amaliyoti. T.: «G‘afur G‘ulom»,



2000-y. 10-bet.

batda fuqarolarning bir qismi soliqlar to‘lashdan bo‘yin

tovlashga, o‘z daromadlarini yashirishga urinadi. Davlat o‘z

fuqarolaridan yig‘ib olgan soliqlarni samarali va oshkora

tarzda ishlatsa hamda fuqarolarning aksariyat qismi davlat-

ning iqtisodiy ijtimoiy va boshqa dasturlarini o‘z mab-

lag‘lari hisobidan pul bilan ta’minlashga rozi bo‘lgandagina

yuksak soliq axloqi tamoyillari yuzaga keladi.

2.  Soliqlar majburiy to‘lovlar hisoblanadi. Soliqlarning

to‘liq miqdorda va o‘z vaqtida to‘lanishi uchun javobgarlik

soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklangan bo‘lsada, ular ix-

tiyoriy emas, majburiy ravishda to‘laydilar, davlat soliq

to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarni qonunchilikda belgilangan

tartibda jazolaydi.

3.  Davlat foydasiga soliq to‘lash orqali daromadning

avvaldan belgilab qo‘yilgan, eng muhimi, qonuniy tartibda

ko‘zda tutilgan qismi undirib olinadi. Ko‘pgina davlatlarda,

shu jumladan, O‘zbekistonning ham qonunlarida soliqlarni

belgilash va ularning hajmlarini aniqlashga faqat qonun

chiqaruvchi hokimiyat yoki uning tomonidan vakolat beril-

gan davlat organlari haqlidirlar, deb mustahkamlab qo‘yil-

gan. O‘zining xohish-istagiga qarab yangi soliqlar belgilash

yoki ularning hajmlarini aniqlashga hech kim haqli emas.

To‘lovlarning qonuniy, ochiq-oydin xususiyatga ega

bo‘lishi soliqlarning bosh tavsifi hisoblanadi.

4.  Soliqlarning yana bir belgisi ularning davlat yoki

mahalliy budjetga kelib tushishidir, ya’ni soliqlar budjetdan

tashqari fondlar yoki turli xil boshqa fondlarga kelib tush-

maydi.


5. Soliqlarga xos bo‘lgan umumiy belgilardan biri sifatida

davlat hamda yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida mulkchi-

likni qayta taqsimlash jarayonining yuzaga kelishidir.

Soddaroq qilib aytganda, korxonalar va aholidan olinadigan

soliqlar, aslida ular mulkining ma’lum bir qismini davlat

hisobiga o‘tkazilishini bildiradi. Bu bilan xo‘jalik yurituvchi

subyektlarga tegishli bo‘lgan mulk daromad shaklida

majburiy to‘lov bo‘lib, davlat mulkiga aylanadi.

Yuqorida qayd etilgan soliqlarga xos bo‘lgan umumiy

belgilar ularning iqtisodiy mohiyatini ochishga xizmat qila-

di. Shu o‘rinda soliqlarning umumiy belgilarini to‘liqroq va

aniqroq, batafsil yoritishi mumkin bo‘lgan, har qanday iqti-

sodiy vaziyatlarda o‘zgarmaydigan optimal umumiy belgi-

larini yaratish muammosi hal etilishi lozimdir.

13


Soliq kategoriyasi boshqa iqtisodiy kategoriyalar:

moliya, kredit, sug‘urta, investitsiya kabilar bilan umumiy

o‘xshashlikka ega, ya’ni ularning barchasi pulli munosabat-

larni ifodalaydi. Lekin soliqlarning o‘ziga xos yuqorida

qayd etilgan belgilari mavjudki, ushbu belgilar soliqlarni

boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqlash uchun xizmat

qiladi.

O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar



1. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati deganda nimani tushunasiz?

2. Iqtisodchi olimlar tomonidan soliqlarga berilgan tariflarni

o‘ziga xos jihatlarini tushuntirib bering. 

3. Soliqlarning obyektiv zarurligi nimalarda ko‘rinadi?

4. Soliqlarning boshqa iqtisodiy kategoriyalardan farqi nimalar-

dan iborat?

5. Adam Smit o‘zining qaysi asarida ilk bor soliqlarning tamoyil-

larini asoslab bergan? 

6. O. Olimjonov soliqlarga qanday ta’rif bergan?

7. Soliqlarning xususiyatlarini tushuntirib bering.

8. Soliqlarga oid bilimlarni olimlar tomonidan turlicha talqin eti-

lishi sabablari nimada?

9. Soliqlar belgilarining mohiyatini tushuntirib bering.

10. Soliqning ekvivalentsizlik belgisining mohiyatini tushuntiring.

1.2. SOLIQLARNING FUNKSIYALARI 

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati davlat bilan huquqiy va

jismoniy shaxslar o‘rtasida vujudga keluvchi obyektiv maj-

buriy to‘lovlarga asoslangan moliyaviy munosabatlar orqali

xarakterlanadi. Bu moliyaviy munosabatlar maxsus ijtimoiy

xarakterga ega bo‘lib, milliy daromadning bir qismi bo‘lgan

pul mablag‘larini davlat ixtiyoriga safarbar qilishga xizmat

qiladi.


Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funksiyalari-

dan kelib chiqadi. Har bir iqtisodiy kategoriyaning o‘z

funksiyasi mavjud. Soliq mustaqil kategoriya sifatida o‘zi

bajaradigan funksiyalarga ega bo‘lib, bu funksiyalar soliq

kategoriyasining amaldagi harakatini ifodalaydi. Funksiya

deganda, odatda, kategoriyaning ko‘p qaytariladigan,

takrorlanadigan doimiy harakatlarini tushunish lozim. 

Soliqlarning funksiyalari to‘g‘risida fanda turli xil qa-

rashlar mavjud. Sobiq Ittifoq davrida soliqlar ikki xil

funksiyani bajaradi, degan qarash keng tarqalgan edi. Bu

14


ikki funksiya sifatida fiskal va nazorat funksiyalari tan oli-

nardi. Eng asosiy funksiya bu soliqlarning fiskal funksiya-

sidir, chunki bu funksiyasiz nazorat funksiyasining mavjud

bo‘lishi mumkin emas, deb qaralardi. 

G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliya-

lik iqtisodchi J. M. Keynsning konsepsiyasiga asoslanadi.

By konsepsiyaga ko‘ra soliqlar fiskal funksiyasidan tashqari

iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromad-

larni boshqarish vositasi funksiyalariga ega, soliqning bu

funksiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy bar-

qaror o‘sishni ta’minlash vositasi sifatida foydalanish

zarurligidan kelib chiqadi.

Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot,

N. Kaldor, A. Xansen va P. Samuelsonlarning fikriga ko‘ra

soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasiga ega. Ular

soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli xil imtiyozlar berish

yo‘li bilan bu funksiyani bajarish mumkin, deb hisoblaydi-

lar.


Soliqlarning daromadlarni boshqarish funksiyasini yuza-

ga kelishiga fransuz iqtisodchisi E. De. Jirardenning naza-

riyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra soliqlar yordamida

soliqqa tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan

jamiyat a’zolari o‘rtasidagi mulkiy tengsizlikka barham

berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchi-

lari bo‘lib amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, fran-

suz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furastye hisoblanishadi.

Ularning fikriga ko‘ra davlat soliqlardan va transfer

to‘lovlaridan foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daroma-

dini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi. Bu naza-

riyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funksiyasi

mavjud, degan xulosa kelib chiqishiga sabab bo‘ldi.

I. Malmiginning fikriga ko‘ra soliqlar uch funksiyani

bajaradi, ya’ni fiskal, taqsimlash va rag‘batlantirish funk-

siyalaridir. Uning fikriga ko‘ra birinchi funksiya davlat

daromadlari manbalarining tashkil topishi bilan bog‘liq,

ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini

taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funksiyasi

turli imtiyozlar va yengilliklar berish yo‘li bilan amalga

oshiriladi.

1

O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, G‘arb iqtisodiy



Ìàëüìèãèí È. Íàëîãè êàê ýëåìåíòû ôèíàíñà. Ì.: ïåðåâîä ñ àíãë.,

1997 ã., ñòð. 69.


adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish funksiyasi I. Mal-

miginda taqsimlash funksiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Soliqlarning funksiyalari ularning mohiyatini amaliyot-

da harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan,

funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi

zarur. Demak, funksiya kategoriyasi doimiy, qat’i tak-

rorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi. Shunday uslubiy

yondashishdan kelib chiqib soliqlar funksiyasini aniqlash

kerak.

Soliqlarning funksiyalari masalasida hozirga qadar olim-



lar o‘rtasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir

fikrga kelingan emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga

fiskal, boshqaruvchi, rag‘batlantiruvchi, nazorat funksiya-

lari xos deb ta’rif berishadi.

Soliqlarning quyidagi asosiy

funksiyalarini ajratib ko‘rsatish

maqsadga muvofiqdir: soliqning

fiskal funksiyasi, tartibga solish funksiyasi, rag‘batlantirish

funksiyasi, nazorat funksiyasi, soliqni hisoblash jarayonini

axborot bilan ta’minlash funksiyasi. 

Soliqlarning asosiy funksiyasi – fiskal funksiya hisobla-

nib (lotincha fiscus so‘zidan olingan bo‘lib, xazina degan

ma’noni anglatadi), bu funksiyaning mohiyati shundan ibo-

ratki, soliqlar yordamida davlatning moliya resurslari hosil

qilinadi hamda davlat faoliyat ko‘rsatishi uchun moddiy

sharoit yaratiladi. Soliqlar orqali korxonalar va fuqarolar

daromadining bir bo‘lagini davlat boshqaruvini, mamlakat

mudofaasini, umuman noishlab chiqarish sohasini saqlab

turish maqsadida undirib olish yo‘li bilan davlat budjetining

daromad qismini shakllantirish – soliqlar fiskal funksiyasi-

ning eng muhim elementi hisoblanadi.

Ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan fiskal funksiya-

ning ahamiyati oshib boradi. Ishlab chiqarish ijtimoiy tus-

daligining chuqurlashishi fan-texnika taraqqiyotining ri-

vojlanish munosabati bilan asosan soliqlar hisobiga shakl-

lantiriladigan moliyaviy resurslar oqimini ko‘paytirishning

real zarurati yuzaga keladi. Davlat iqtisodiy va ijtimoiy tad-

birlarga ko‘proq e’tibor bergan sari moliyaviy resurslarni

ko‘proq sarflaydi, lekin soliq tizimi o‘zining fiskal

funksiyasi vazifalarini bajarishi jarayonida ishlab chiqarish-

ning o‘sishiga, jamg‘arish jarayoniga halal bermasligi, ijti-

moiy adolatni buzmasligi hamda iqtisodiyotning umumiy

16

Soliqlarning fiskal



funksiyasi

tuzilmasida buzilishlar sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi,

bozor jarayoniga putur yetkazmasligi kerak.

Soliqlarning ushbu funksiyasi orqali paydo bo‘ladigan

pul resurslari davlat budjeti orqali qayta taqsimlanadi, ular

ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga,

ustuvor tarmoqlarni investitsiyalashga yo‘naltiriladi.

Jahon amaliyotida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan

shaxslar uchun soliq imtiyozlari va yuqori daromad oluvchi

shaxslar uchun progressiv stavkalar belgilash ham qo‘llana-

di, ya’ni aholining kam daromad oladigan qismini ijtimoiy

himoya qilish maqsadida daromadlarni bir qismi qayta

taqsimlanadi. 

Bozor munosabatlarining shakl-

lanishi va rivojlanishi sharoitida

soliqlarning ikkinchi muhim

funksiyasi ularning iqtisodiyotdagi tartibga soluvchilik roli

hisoblanadi, ya’ni davlat soliqlar orqali tovarlar, xizmatlarni

ishlab chiqarish va sotishning iqtisodiy shart-sharoitini tar-

tibga soladi va bu bilan iqtisodiyot tarmoqlarining iqtisodiy

faoliyatini amalga oshirish uchun muayyan «soliq muhiti»ni

yaratadi. Ushbu funksiya orqali davlat soliq tizimiga ta’sir

ko‘rsatadi, ya’ni muayyan tarmoqda ishlab chiqarish sur’at-

larini rag‘batlantiradi yoki jilovlab turadi, sarmoyaning bir

tarmoqdan soliq muhiti eng ma’qul bo‘lgan boshqa tar-

moqqa qo‘yilishini kuchaytiradi yoki pasaytiradi, shuning-

dek, aholining to‘lovga qobil talabini kengaytiradi yoki

kamaytiradi. 

Soliqlarning tartibga soluvchi sifatidagi funksiyasining

ahamiyati bozor munosabatlari sharoitida o‘sib boradi, bu

davrda tadbirkorlarni ma’muriy qaram qilish usullari yo‘q

bo‘lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliya-

tini farmoyishlar, ko‘rsatmalar va buyruqlar yordamida

idora qilish huquqiga ega bo‘lgan «yuqori tashkilot»

tushunchasining o‘zi asta-sekin kuchsizlanib boradi. Biroq

iqtisodiy faollikni izga solib turish, uning rivojlanishini

jamiyat uchun maqbul bo‘lgan yo‘nalishda rag‘batlantirish

zarurati saqlanib qoladi.

Rag‘batlantirish funksiyasi soliq

tizimining eng muhim funksiya-

laridan biri bo‘lib, ishlab chiqa-

rishni rivojlantirishga, moddiy xomashyo resurslari, shu-

ningdek, moliyaviy va mehnat resurslari, jamg‘arilgan mol-

17

Soliqlarning tartibga



soluvchilik funksiyasi

Soliqlarning rag‘batlan-

tirish funksiyasi


mulkdan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sir

ko‘rsatadi, ya’ni soliq yukini kamaytirish orqali ishlab

chiqarishni rivojlantirishga, moliyaviy ahvolni mustahkam-

lashga va investitsiya faoliyatini jonlantirishga rag‘batlanti-

radi. Soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi orqali davlat

iqtisodiyot taraqqiyotini ta’minlaydi, bu bilan fiskal

funksiyani bajarish uchun bazani kengaytiradi va ishlab

chiqarishni qo‘llab-quvvatlab, davlat oqilona soliq siyosati-

ni olib borish yo‘li bilan soliq yukini oshirmasdan xo‘jalik

yurituvchi subyektlarning erkin faoliyat ko‘rsatishi ta’min-

lanadi.

Soliqlarning nazorat funksiyasi



soliq to‘lovchi tomonidan taq-

dim etilgan, soliqqa tortish

obyekti, soliqqa tortiladigan baza, imtiyozlar singari va

hokazo tegishli soliq ko‘rsatkichlarining hisob-kitoblarini

tekshirishdek ancha murakkab jarayondan iborat. Soliq

hisobi soliq idoralariga belgilangan soliq hisobi shakllari

orqali soliq to‘lovchilar o‘zlarining soliq majburiyatlarini

qanday bajarayotganliklarini yanada samarali nazorat qilish

imkonini beradi.

Soliqlarni hisoblash jarayonini

axborot bilan ta’minlash funk-

siyasi ham muhim ahamiyat kasb

etib, bu funksiya orqali xarajatlar

hajmi va konkret soliqli tushumlar davlatning qanday ijti-

moiy-iqtisodiy funksiyalarini bajarishga sarflanganligi

to‘g‘risida axborot berib turilishi juda zarurdir. Shunday

qilinsa, soliqlarning budjetga tushishi to‘liq, o‘z vaqtida va

oson kechadi.

Soliq funksiyalarini qisqacha ko‘rib chiqilishi soliqlar

moliya resurslarini tiklash, xo‘jalik faoliyatini tartibga solish

va daromadlarni ijtimoiy jihatdan ahamiyatli maqsadlar

uchun qayta taqsimlash bo‘yicha muhim vazifalarni bajara-

di, deb xulosa chiqarishi uchun imkon beradi.

Soliqlarning iqtisodiyotdagi yuqorida ta’kidlangan

muhim o‘rnini belgilovchi bir qancha funksiyalari mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojla-

nish bosqichida soliqlarning o‘rnini belgilovchi quyidagi

asosiy omillarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

œ

Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida aholini ijtimoiy



himoya qilishning zarurligi. Ma’lumki, respublikamizda

18

Soliqlarning nazorat



funksiyasi

Soliqlarni hisoblash

jarayonini axborot bilan

ta’minlash funksiyasi



iqtisodiyotni isloh qilish va davlat qurilishini amalga

oshirish mamlakat Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ilgari

surilgan besh asosiy tamoyilga asoslanadi. Bu qoidalardan

biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bozor

munosabatlariga o‘tish sharoitida aholi, ayniqsa, uning kam

ta’minlangan qatlamlari yetarli darajada ijtimoiy himoya-

langan bo‘lishi kerak.

œ

Agrar sektordagi islohotlarni muvaffaqiyatli amalga



oshirish zarurligi omili. O‘zbekiston Respublikasi iqtiso-

diyotida eng asosiy tarmoq agrar sektor hisoblanadi. Masa-

lan, Ikkinchi jahon urushidan keyin tiklanayotgan Yapo-

niya iqtisodiyoti uchun mashinasozlik yetakchi tarmoq

sifatida rivojlantirilgan edi. Bu tarmoq Yaponiya iqtiso-

diyotini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdi. Bu, eng avva-

lo, uning mamlakatga chet el valuta tushumlarini olib

kelishda namoyon bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasida qish-

loq xo‘jaligi ana shunday asosiy tarmoq vazifasini o‘ta-

moqda.


Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, qishloq xo‘jaligida soliq,

kredit vositalari yordamida iqtisodiy islohotlarni amalga

oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Shu

sababli, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil

10-oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1998-yil 26-dekabrdagi 539-sonli qaroriga

muvofiq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun

umumiy belgilangan tartibdagi soliq va yig‘imlar o‘rniga

budjetga 1999-yilning 1-yanvaridan boshlab yagona yer

solig‘ini to‘lash tartibi joriy qilindi.

œ

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida soliqlarning



o‘rnini belgilovchi asosiy omillardan yana biri — hozirgi

kunda ko‘payib borayotgan tadbirkorlik faoliyati bilan

shug‘ullanuvchi jismoniy va huquqiy shaxslarning daromad-

larini jalb qiluvchi mukammal soliq to‘lovini yuzaga

keltirish.

Bozor munosabatlarining rivojlanib borishi xususiy tad-

birkorlik faoliyatini keng quloch yoyishi va xususiylashtirish

jarayonlarining chuqurlashuvi, tadbirkorlar daromadini

hisobga olishni qiyinlashtiradi. Xususiylashtirilgan bitta

korxona o‘rnida o‘nlab kichik, xususiy va jamoa mulkiga

asoslangan korxonalar paydo bo‘ladi. Mukammal soliq

mexanizmi yaratilmaganligi uchun daromadlar summasini

aniqlashda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi mumkin.

19


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

1998-yil 15-apreldagi 159-sonli qaroriga muvofiq kichik

korxonalar uchun umumiy belgilangan tartibdagi soliqlar

o‘rniga budjetga ixchamlashtirilgan soliq to‘lash imkoniyati

vujudga keldi. O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishda

ixchamlashtirilgan soliq tizimining joriy qilinishi bu tad-

birkorlar uchun davlat tomonidan ko‘rsatilgan katta yordam

bo‘ldi.


Soliqlar iqtisodiyotning tarixiy rivojlanishi bosqichlarida

ushbu rivojlanish jarayonlarini ta’minlash maqsadiga

bo‘ysunuvchi vazifalarni bajaradi. Soliqlarning funksiyalari

esa ana shu vazifalarni bajarishga xizmat qiladi. Shunday

ekan, soliqlarning funksiyalari va vazifalari o‘rtasidagi aniq

farqli jihatlarni o‘rganish va soliq munosabatlarini tashkil

etish mobaynida bu chegaralarni asoslashni qayd etib o‘tish

lozim.


Soliqlar bajaradigan vazifalar ko‘pchilik mamlakatlar-

ning soliq qonunchiligida umumiy o‘xshashliklarga ega.

Ana shunday an’anaviy soliq vazifalariga quyidagilarni kiri-

tish mumkin:

œ

Umumdavlat vazifalarini hal qilish uchun davlatga



zaruriy moliyaviy resurslar ta’minlab berish. Soliqlarning

fiskal funksiyasi ushbu vazifani hal qilish maqsadlariga xiz-

mat qiladi. Bu vazifani hal qilish davlatning iqtisodiyotga

qay darajada aralashuviga ko‘p jihatdan bog‘liq. Bu ko‘rsat-

kich qanchalik yuqori bo‘lsa, soliqlarning fiskal funksiyasi

shunchalik faol bo‘ladi. Ammo soliqlarning ushbu vazifasi

faqat iqtisodiy jarayonlarni qamrab olmaydi, balki davlat-

ning noishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishi ham

davlatning ortiqcha moliyaviy resurslarga muhtojligini

keltirib chiqaradi.

œ

Mamlakat iqtisodiyotida qulay investitsiya muhitini



yaratishga ko‘maklashish. O‘zbekiston Respublikasida soliq-

larning ushbu vazifasini bajarishi o‘ziga xos xususiyatlarga

ega. Asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, hozirgi kunda

sarmoyalarning asosiy qismi savdo va xizmatlar sohasiga

yo‘naltirilayotganligi tashvishli holdir. Buning asosiy sababi

foyda normasining bu sohalarda kattaligidir. Soliqlar sar-

moyalarni bevosita mahsulot ishlab chiqarish sohasiga

yo‘naltirishning qudratli vositasi bo‘lishi kerak.

œ

Aholining mehnat faolligini rag‘batlantirish. Soliqlar


Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
guruh talabasi
samarqand davlat
toshkent axborot
nomidagi samarqand
toshkent davlat
haqida tushuncha
ta’limi vazirligi
xorazmiy nomidagi
Darsning maqsadi
vazirligi toshkent
Toshkent davlat
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
таълим вазирлиги
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
o’rta ta’lim
bilan ishlash
ta'lim vazirligi
fanlar fakulteti
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
umumiy o’rta
Referat mavzu
fanining predmeti
haqida umumiy
Navoiy davlat
fizika matematika
universiteti fizika
Buxoro davlat
malakasini oshirish
davlat sharqshunoslik
Samarqand davlat