Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk



Download 212.57 Kb.
Sana13.12.2019
Hajmi212.57 Kb.

2
MUNDARIJA







KIRISh………………………………………………………….

3-6

I BOB.

SHARQ MAMLAKATLARIDA VUJUDGA KELGAN ILK







ARXIV KUTUBXONALAR …………………………………..

7-48

1.1.

Mesopotamiya kutubxonalari – Oshshurbanipal va Xattusa saroy







kutubxonalari faoliyati ………………………………………...

7-32

1.2.

Misr hududidagi ilk kutubxonalar – Tell-el Amarna va







Aleksandriya kutubxonalari faoliyati va inqirozi sabablari …...

32-48



  1. BOB. G’ARB DAVLATLARIDA TASHKIL ETILGAN ILK


ARXIV-KUTUBXONALAR………………………………….. 49-82
2.1. Yunon polislari arxiv-kutubxonalari: Antiox saroy va Pergam kutubxonalari faoliyati…………………………………………... 49-60
2.2. Rim imperiyasidagi arxiv-kutubxonalar: Papirus, Konstantinopol va Selsus arxiv-kutubxonlalari faoliyati……….. 60-78
XULOSA……………………………………………………….. 79-82

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………………………………... 83-89

3
KIRISH


Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu – faoliyatdir.
B.Shou
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan boshlab jamiyat hayotining barcha sohalarida tub o’zgarishlar ko’zga tashlana boshladi. Milliy tarix masalalarini ilmiy o’rganish sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarildi, shuningdek, uning turli varaqlarini partiyaviy bosim va mafkuraviy qoliplarsiz ob’yektiv o’rganish uchun imkoniyatlar ochildi. Tarix fani oldiga muhim vazifalar – o’zbek xalqining tarixiy xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo’yildi.
Bu yo’nalishda o’zbek xalqi davlatchiligi tarixini o’rganish, uni xolisona tahlil etish muhim omillardan biri hisoblanadi. Xalqimizning qadim tarixiga xolis va haqqoniy baho berish tarixchilarimiz oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Zero, Birinchi Prezidentimizning «Modomiki, o`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur»1,– degan fikrlari tarixchilar zimmasiga katta mas`uliyat yuklaydi. Ushbu vazifa davlat boshlig`ining 1998- yil 26- iyunda bir guruh tarixchi va jurnalistlar bilan bo’lgan uchrashuvi va mazkur uchrashuv natijasida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998- yil 27- iyulda «O’zR FA Tarix institutining faoliyatini takomillashtirish to’g`risida»gi2 Qaroridan so’ng ancha faollashdi. Shuningdek, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat va zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi3.

Yer yuzida odam paydo bo’lganidan to milodiy 476-yilda g’arbiy Rim imperiyasi qulaguniga qadar kechgan voqealar Qadimgi dunyo tarixini vujudga







  1. Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “ Ўзбекистон”, 1998. – Б. 13.




  1. ЎзР ФА Тарих институтининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида // Халқ сўзи. 1998, 29 июль.




  1. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. : “Маънавият”, 2008. – Б. 97

4
keltiradi. Bu tarix turli-tuman arxeologik va yozma manbalar asosida o’rganiladi. Qadimgi yunon, rim va xitoy tarixchilari va geograflarining asarlari ham bunda katta ahamiyat kasb etadi. Qadimgi dunyo tarixi Qadimgi Sharq, Yunoniston va Rim saroy amaldorlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd etib borilishi), qonunlar majmuyi, biografiyalarida (tarjimayi hol) aks ettirilgan. Ularda yurishlar va janglar, ibodatxonalar, saroylar va qal’alar qurilishi, hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi. Olimlar o’qigan qadimgi matnlar, masalan, “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar kitobi” misrliklar tarixi haqida, “Bibliya” – yahudiylar, “Rigveda” – hindlar, “Avesto” esa O’rta Osiyo xalqlari tarixidan hikoya qiladi. Bunday manbalar esa juda ko’pdir. Olimlar tomonidan yozilgan yuzlab kitoblarda ko’plab mamlakatlar tarixi ochib beriladi. Nil vodiysidagi Misr piramidalari majmuyi, Dajla va Frot oralig’idagi Bobil, Hind vodiysidagi Moxenjodaro, Erondagi Persepol shaharlari, Yunoniston, Rim va O’rta Osiyoning ko’plab shaharlari qazishmalari butun jahonga mashhurdir. Ushbu ma’lumotlar ichida shubhasiz yozma manbalar alohida ahamiyatga ega. Yozma manbalarni biz qal’alar devorlarida turli ashyolarda uchratishimiz mumkin. Lekin jahon davlatchiligining ilk bosqichidanoq davlat hukumdorlari va amaldorlar tomonidan ushbu yozma manbalarni saqlashga mo’ljallangan ilk arxiv-kutubxonalar yuzga keldi. Masalan, mil. avv III ming yillikdayoq qadimgi Misrda ilk arxivlar yuzaga kelgan. Ushbu arxivlar faoliyati va unda saqlangan hujatlar mazmunini tadqiq qilish shubhasiz,kishilik tarixining qadimgi davrini o’rganishda juda muhim hisoblanadi. Bu esa o’raganilayotgan mavzuni dolzarbligini ko’rsatadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining davriy chegarasi. O’rganilayotgan mavzuning davriy chegarasi qilib kishilik tarixining qadimgi davri bosqichi asos qilib olingan bo’lib bu davr sifatida insoniyat tomonidan dunyoning ilk sivilizatsiyalariga asos solinishidan to o’rta arslar tarixi boshlanguncha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining o’rganilganlik darajasi. Bugungi kungacha o’rganilayotgan bitiruv malakaviy ishi mavzusiga doir ayrim

5
ma’lumotlar uchrasada, aniq yo’naltirilagan tadqiqotlar olib, borilmagan.


Umuman olganda mavzu haqiqiy ma’noda yangi tadqiqot deyish mumkin. Mavzuga doir ma’lumotlar asosan chet el manbalariga asoslanib yoritib berilgan.4
Bitiruv malakaiy ishi mavzusining maqsad va vazifasi. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi kishilik tarixidagi ilk arxiv-kutubxonalar – Oshshurbanipal, Xattusa, Aleksandriya, Antioxiya, Pergamon, Tell el-Amarna saroy kutubxonalari, shu bilan birga, ayrim zodagonlar tomonidan tashkil etilgan uy kutubxonalari – Papirus villasi, Selsus kutubxonalarining tashkil etilishi, faoliyati, hujjatlari, saqlanish jarayonlari, va aksar kutubxonalarning vayronaga aylangunicha bo’lgan voqea-hodisotlar haqida taassurotlarga ega bo’lishi bo’lsa, bitiruv malakaviy ishining vazifasi antik davr kutubxonalari, ya’ni yuqoridagi arxivlarning ilk namunalari hisoblangan kutubxonalarning zamonaviy kutubxona arxivlarimizning faoliyatiga qanchalik ta’sir etganligini solishtirish, o’quvchilarni o’sha zamondagi arxiv-kutubxonalarning ishlash jarayonlariga qiziqtirish hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishining obyek’ti va predmeti. Bitiruv malakaviy ishining obyek’ti kishilik tarixidagi ilk arxivlar va ular faoliyatini chuqur tadqiq qilish bo’lsa, bitiruv malakaviy ishining predmeti o’rganilayotgan mavzu yuzasidan yangi bilimlar xosil qilishni ko’zda tutadi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosi: Tadqiqotning nazariy-metodologiki asosini avvalo O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti va amaldagi Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevlarning asar va nutqlari, ularda tarixni mahalliy manbalar asosida ob'yektiv ochib berishga qaratilgan fikrlari tashkil etdi. Ishni yozishda milliy istiqlol mafkurasi tamoyillaridan kelib chiqib ish ko‘rildi. Tadqiqotlaor olib borishning tarixiylik, xolisonalik, qiyosiy tahlil, analiz va sintez usullaridan foydalanildi.

4 Фридрих И. История писма. –Москва: “Молодая гвардия” 1979. –С. 105; Fincke, Jeanette. The British

Museum’s Ashurbanipal Library Project. –Iraq: “World” 2004. –P.66; Menant, Joachim. La bibliothèque du palais de Ninive. –Paris “E’Leroux”, 1880. –P. 33; Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. New Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970. –P. 36; wikipedia.org; Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of Library History. New York: ”Garland Publishing”, 1994. –P. 10; Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the Ancient Near East. –London “History”, 2004. –P.191; Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library. – Oxford: “Oxford University Press”, 2004. P. 292; Fincke JC. The Babylonian Texts of Nineveh: Report on the British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford: “Oxford University Press”, 2003. –P. 2–3; Olmstead A. T. The History of Assyria. –New York:–’’Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22

6
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati
Birinchidan, bitiruv malakaviy ishida kishilik tarixidagi ilk hujjatgohlar va kutubxonalarning shakllanish jarayoni tadqiq qilindi;
Ikkinchidan, ushbu bitiruv malakaviy ishida eng qadimgi arxiv sifatida ma’lum bo’lgan Al-Amarna arxivi haqida xorijiy manbalardan foydalangan holda ma’lumotlar berilgan;
Uchinchidan, bitiruv malakakaviy ishida qadimgi arxiv-kutubxonlarning davlat hayotida o’tgan o’rni ko’rsatib berilgan;
To’rtinchidan, bitiruv malakaviy ishida o’sha davrdagi arxiv-kutubxonlar faoliyati bo’yicha yangi ma’lumotlar berilgan;
Beshinchidan, ushbu bitiruv malakaviy ishida Sharq va G’arbdagi arxiv-kutubxonalar faoliyati va ma’lumotlar bazasi o’zaro qiyoslanadi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzulishi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, manbalar ro’yxatidan iborat.

7
I BOB. SHARQ MAMLAKATLARIDA VUJUDGA KELGAN ILK


ARXIV-KUTUBXONALAR
1.1. Mesopotamiya kutubxonalari – Oshshurbanipal va Xattusa saroy
kutubxonalari faoliyati
Mesopotamiya (yunoncha-(mezos) – “orasi”, “o’rtasi” va (potamos) – “daryo”, ya’ni “ikki daryo oralig’i”, Tigr va Yevfrat daryolari orasidagi mintaqa bo’lib, asosan hozirgi Iroq hamda shimoli-sharqiy Suriya, janubi-sharqiy Turkiya va g’arbiy Eron hududlariga to’g’ri keladi.5 Dajla va Frot oralig’idagi o’lka, Fors qo’ltig’idan Arabiston cho’li, Suriya, Arman Tavri va Zagros bilan cheklangan. Hudud Quyi va Yuqori Mesopotamiyaga bo’linadi.
Mil. avv III ming yillikda Mesopotamiya janubida shumerlar, Dajla va Frot daryolarining o’rta oqimida akkadlar, shimolda-xurritlar taraqqiyotda ildam qadam tashlaydilar. Yirik shahar markazlari Oshshur, Mari, Nineviya va boshqalar paydo bo’ldi. Mil. avv III ming yillikning birinchi yarmida Mesopotamiya janubida qator ilk shahar-davlatlar Eredu, Ur, Larsa, Uruk va Kish va Lagash kabilar vujudga keldi. Mesopotamiya ba’zan “tamaddun beshigi” deb ham ataladi, bunga sabab, bu mintaqada Shumer, Akkad, Bobil va Ossuriya saltanatlari bo’lganligidadir. Temir asrida MesopotamiyaYangi Ossuriya va Yangi Bobil imperiyalari , keyinchalik Ahamoniylar hukmronligi ostida bo’ldi. VII asr Islom istilosigacha Sosoniylar tomonidan boshqarilgan bu hudud, istilodan so’ng, Iroq degan nom bilan ataladigan bo’ldi.6

Ilk sulola davrida Shumer jamiyatining hukmron qatlamini quldorlar tashkil qilgan. Bu qatlamga urug’ zodagonlari, oliy kohinlar, ma’muriyat vakillari bo’lgan amaldorlar kirgan. Mayda ishlab chiqaruvchilar qatlamini kichik yer uchastkasiga ega bo’lgan hududiy va katta oilalarga birlashgan oddiy jamoachilar tashkil qilgan. Shumer jamiyatida yer egaligi ikki qismdan: jamoa va ibodatxona yerlaridan iborat bo’lgan. Ilk sulola davrida mil. avv XXVIII-XXVII asrlarda shahar-davlat




  1. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 5–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000. –Б. 599




  1. Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 5–жилд. –Т.: “ Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси ” Давлат илмий нашриёти, 2000.–Б. 600

8
tepasida “En” (janob)-oliy kohin turgan, u saylab qo’yilgan. ”En”ning qator vazifalari bo’lib, bular, kohinlik, ibodatxona ma’muriyatini boshqarish, ibodatxona, shahar qurilishi-sug’orish inshootlarini barpo qilish, boshqa jamoa mulki hamda uning iqtisodiyotini boshqarish bo’lgan. Mil. avv III ming yillik o’rtalarida “En” unvoni o’rniga “Ensi” (“kohin-quruvchi” shahar boshqaruvchisi) va “Lugal”-(“katta odam”, “podsho”, akkadcha “sharru”) atamalari, unvonlari paydo bo’lgan.
Bu davrga kelib “Ensi” vazifasi sug’orish inshootlari va ibodatxonalar qurishga rahbarlik qilish bo’lgan, shu sababli, u ko’pincha boshida qandaydir qurilish materiallari bilan to’ldirilgan savat ko’targan tarzda tasvirlangan; shu bilan birga, u jamoani, ibodatxonani boshqarish, soliqlar to’plash, ba’zida esa ibodatxonaning harbiy qismini ham boshqargan. “Ensi” lavozimi saylanadigan bo’lib, shu sababli, uning hukmronligi “navbat” deb atalgan. “Lugal”ning vazifasi “Ensi”dan obro’liroq va mavqei kattaroq bo’lib, yirik shahar ba’zida shaharlar birlashmasi hukmdoriga nisbatan aytilgan. Lugal ilk sulola davrida oqsoqollar kengashi va yig’ini hokimni saylagan yoki mansabidan tushirgan, uning faoliyati ustidan nazorat qilgan, jamoa a’zoligiga qabul qilgan, hukmdor oldida maslahat organi bo’lgan.
Ilk Shumer shahar-davlatlari hududi kichik bo’lib, odatda, u kichik shahar, atrofdagi qishloq xo’jalik okrugidan iborat bo’lgan. Shumer, Suber-janubiy Mesopotamiya (hozirgi Iroqning janubiy qismi)dagi viloyat. Mil. avv III ming yillikning oxirigacha Shumerda shumerlar va qisman sharqiy somiylar-akkadlar yashagan, taxminan, mil. avv III ming yillikda sinfiy jamiyat va davlat vujudga kelgan. o’z qo’l ostida birlashtirgan. Ilk sulolalar davri (mil. avv 2700-2300)da shahrida mixxat paydo bo’lgan. Mil. avv XXIV asrda Akkad hukmdori Sargon butun Mesopotamiyani o’z qo’l ostida birlashtirgan. Keyinchalik Shumer Bobil tarkibiga qo’shib olingan.7 Eng qadimgi Shumer shahri Eredu hisoblangan. U bilan birga qadimgi hujjatlarda shimoldagi Sippar, janubdagi Shuruppak tilga olinadi.8



7 Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 10–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000. –Б. 129

  1. Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 34

9
Mesopotamiya–jahon sivilizasiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o’choqlaridan biri. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo’lib, ularning yutuqlarini bobilliklar va ossuriyaliklar o’zlashtirib, davom ettirdilar va rivojlantirdilar. Mesopotamiya madaniyatining manbalari mil. avv IV ming yillikda shaharlar paydo bo’lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida o’ziga xos ichki birlik, an’analarni merosiyligi, uni unsurlarining ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang’ich davri o’ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mil. avv IV-III ming yilliklarda shumer yozuvi paydo bo’ldi. Taxminlarga ko’ra, bu yozuv shumerlar Mesopotamiyaga kelganga qadar noma’lum xalq tomonidan kashf qilingan. Shumerlar bu yozuvni sivilizasiya xizmatiga qo’ydilar. Mixxat qadimda Old Osiyoda qo’llanilgan ponachalarga o’xshash chiziqcha (belgi)larni loy taxtachalarga o’yib tushirishdan iborat ideografik yozuv turi, mil. avv III ming yillik boshlarida shumerlar tomonidan yaratilgan. Bunda ayrim buyumlar va umumiy tushunchalarning nomi rasmlar bilan ifodalangan va dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohida buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Piktografiya juda sodda bo’lib, haqiqiy yozuv emas, u so’zlarni ifodalamas edi9, masalan, oyoq tasviri “yurish”, “turish”, “olib ketish” ma’nolarini anglatgan. Bunday belgilar miqdori 1000tagacha yetgan. Shumer mixxatlari dastlab yuqoridan pastga, keyinchalik gorizontal holda- chapdan o’ngga qarab yozilgan. Mill. avv III ming yillikning o’rtalarida mixxatning so’z-bo’g’inli shakli paydo bo’lgan, belgilar miqdori 600tagacha qisqartirilib rasm - belgilar soddalashtirilgan. Ayni shu davrda shumer mixxati akkadliklar (bobilliklar va ossuriyaliklar) tomonidan o’zlashtirilib, somiy tillarga moslashtirilgan, belgilar soni 300 taga tushirilgan. Akkadliklar ishlab chiqqan mixxat keyinchalik, mil. avv II-I ming yilliklar davrida bir qancha qo’shni xalqlar tillari (xett, elam, urart, qadimgi fors va boshqalar)ga moslashtirilgan holda qo’llana boshlagan. Bu davrda mixxatlar harftovush bo’g’in yozuvlariga ancha yaqinlashib, shunday yozuvlarning kelib chiqishiga asos bo’lgan. Mil. avv I ming yillik oxirlarida mixxatlar o’rnini oromiy





  1. Olmstead A. T. The History of Assyria. –New York: ‘‘Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22

10
yozuvi egallagan. Mixxatda bitilgan juda ko’p yodgorliklar–tarixiy yozuvlar, turli rasmiy hujjatlar, og’zaki ijod namunalari, lug’atlar, ilmiy asarlar, diniy matnlar saqlanib qolgan.10 Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasining asosiy ildizi bo’lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Mil. avv XXIV asrda ilk batafsil yozilgan shumer matnlari paydo bo’ldi. Akkad tili janubiy Mesopotamiyada mil. avv III ming yillikning 2-yarmida paydo bo’ldi. Shumer va akkad tillari bir-biridan ko’pgina so’zlarni o’zlashtirib oldi. Mil. avv.


  1. ming yillikning oxirida qadimgi Shumer–akkad lug’atlari tuzilgan. Shumer yozuvi keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o’zlashtirib oldilar.11

Akkad tili (qadimgi shahar Akkad nomidan) – maxsus som tillarining eng qadimgisi. Ikki dialektga–bobil va ossuriy dialektlariga ega, shu bois, ko’pincha, u bobil-ossuriy tili deb ham ataladi. Akkad tilining ham (boshqa som tillari kabi) o’ziga xos xususiyati undagi so’zlar o’zagi undoshlardan (ko’pincha uch undoshdan) tashkil topishidir. Unlilar hamda o’zakka tegishli bo’lmagan ba’zi undoshlar grammatik munosabatni yuzaga keltiradi va o’zak umumiy ma’nosini muayyanlashtiradi. Akkad tili mixxat yozuvini 1857-yilga kelib to’liq o’qishga muvaffaq bo’lingan.12 Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomaiya tiliga aylandi. Qadimgi Meosopotamiyada loy mo’l-ko’l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy manba bo’lib xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib tuzlardan kuydirish yo’li bilan tozalangan. Mesopotamiyada o’rmon bo’lmaganligi sababli, faqat eng muhim matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutubxonada saqlanishi lozim bo’lgan asarlar) xumdonlarda pishirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quritilgan. Odatda, taxtachalar 7-9sm. uzunlikda bo’lgan. Yozuvlar ba’zida tosh va metall taxtachaga ham yozilgan. Mil. avv I ming yillikda bobillik va ossuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlaganlar. Shu vaqtni o’zida Mesopotamiyada yog’ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib mixxat belgilarini tushirganlar. Mil. avv VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib





  1. Фридрих И. История писма. –Москва: “Молодая гвардия”, 1979. –С. 105




  1. Ўзбекистон Миллий Энсиклопедияси 1–жилд. –“Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000. –Б. 175

  2. https://uz.wikipedia.org/wiki/Akkadtili

11
kelgan paytda mixxat yozuvlari yo’qlik sari ba’zan tez, ba’zan sekin qadam qo’yayotgan edilar.13
Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo’lgan. Eng qadimgi arxivlar mil. avv III ming yillikning birinchi choragiga tegishli. Bu davrda arxiv ma’lumotlari yozilgan taxtachalar namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. Mil. avv XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonada yog’och tokchalarida saqlangan. Mil. avv XVIII. asrga oid boy arxiv Mari podshosi saroyidan, Uruk shahridan mil. avv VIII-VI asrlarga oid 2500 xo’jalik hujjatlari arxivi topilgan.
Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan davlat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktablar ta’lim va madaniyat o’chog’i bo’lgan. Maktabda asosan shumer tili va adabiyoti o’qitilgan. Yuqori sinf o’quvchilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab grammatika, astronomiya va matematikadan bilim olganlar O’zini fanga bag’ishlagan o’quvchilar huquq, astronomiya, tibbiyot va matematikani o’rgangan. Mesopotamiya maktablarida jismoniy jazo keng qo’llanilgan va maktablarda o’quvchilar sinf xonasida fanlarni o’rganish uchun loy taxtachalarda yozgan, qizig’i shundaki, ana o’sha o’quvchilar yozgan mashq matnlari bizgacha yetib kelgan.
Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, doston, ertak va maqollar to’plami bizgacha yetib kelgan. Shumer shahrini qo’shni qabilalar hujumlari natijasida halokati to’g’risida ma’lumot beradigan asarlar alohida o’rin tutadi. ”Ur shahri aholisining falokati motam “yig’isi: asarida (mil. avv XX asr oxiri) asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, yong’indan qolgan uylarda halok bo’lganlarni tafsilotlari batafsil tavsiflagan.
Shumer adabiyotining eng mashhur-namunasi afsonaviy qahramon Gilgamesh to’g’risidagi epik afsonalar to’plamidir. Bu asar akkad tilida qayta ishlangan nusxada to’laroq ko’rinishda Oshshurbanipal kutubxonasida topilgan. Mil. avv II ming yillik oxirida Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi “Ha, men donolik ilohini sharaflayman!!!” asari saqlanib qolgan. U aybsiz, mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to’g’risida hikoya qiladi.





  1. Fincke, Jeanette. The British Museum’s Ashurbanipal Library Project. –Iraq: “World”, 2004. –P. 66

12
Shu mavzuga yaqin “Bobil teodisiyasi” (so’zma-so’z tarjima qilganda, “Xudoni oqlash”) poemasi mil. avv IX asrda paydo bo’lgan. Uning muallifi podsho saroyida kohin bo’lib xizmat qilgan Esagil kuni-Ubbib nomli kishi bo’lgan. Asarda bobilliklarning qiziqtirgan diniy-falsafiy g’oyalar o’z aksini topgan. Mil. avv X asrga oid “Qul menga bo’ysun” asari hayotga umidsizlik ruhida bitilgan. U xo’jayinning o’z qo’li bilan dialogi tarzida yozilgan.
Katta badiiy qiymatga ega bo’lgan Ossuriya annallari ossur jangchilari bo’lgan begona davlatlar tabiati to’g’risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur Ossuri asari bu Ossuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi Axikar to’g’risidagi qissadir. Qissa to’liqroq holda suriya tilida saqlanib qolgan.
Qadimgi Mesopotamiya mafkuraviy hayotida din hukmronlik qilgan. Mil. avv IV-III ming yilliklar orasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, keyinchalik Bobilda o’zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim yuzaga keladi. Teologiya atamasining o’zi (yun. theos –xudo va ...logiya)–xudoning mohiyati va irodasi haqidagi diniy ta’limotlar majmui. Xudo shaxsan oʻzini vahiy orqali kishilarga maʼlum qiladi degan konsepsiyaga asoslanadi. Muqaddas kitoblar va muqaddaslashtirilgan yozuvlar teologiyaning asosiy manbalari qisoblanadi. Teologiya turli diniy oʻquv yurtlari–seminariyalar, akademiyalar, madrasalar va boshqalarda oʻqitiladi. Teologiya tushunchasi, avvalo, iudaizm va xristianlikka nisbatan qoʻllangan. Teologiya islomda ilohiyot, kalom atamalari bilan ham ataladi.14 Har bir shumer shahri o’z xudo homiysiga ega bo’lgan. Bundan tashqari, umumshumer shaharlari sig’ingan xudolar bo’lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat stixiyasi kuchlarini aks ettirganlar. Ko’pincha ular koinot jismiga o’xshatilgan. Har bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, shaharlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi, quyosh xudosi Utu (Akkad mifologiyasida Shamash), Oy xudosi Ninnar, Enlilning o’g’li sevgi va hosildorlik xudosi Innana (Bobil va Osuriya panteonida Ishtar) abadiy hayot, tabiat xudosi Dumuzi (Bobilda-Tammuz) keng tarqalgan.





  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Teologiya

13
Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasavvurida u dunyo soyalar podsholigi qaysiki, o’liklar ochlik va chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik keltirishga majburdirlar.15
Bizgacha juda ko’p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. Mesopotamiya vrachlari chiqqan va singan suyak bo’g’inlarini davolay olganlar, lekin odamning ichki kasalliklarni davolay olmaganlar. Mil. avv III ming yillikdayoq mesopotamiyaliklar Hindistonga boradigan yo’lni, mil. avv I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga boradigan yo’lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan xaritalar bobilliklarning o’z geografik bilimlarini tizimga solishga harakat qilganliklarini ko’rsatadi.16

Qadimgi Mesopotamiyaning san’atini shakllanishi va keyingi taraqqiyotiga shumerlarning badiiy an’analari hal qiluvchi rol o’ynaydi. Tosh o’ymakorlik mil. avv. III ming yillik boshlarida shakllandi. Toshga naqshlar o’yish (gliptika) mil. avv I asrigacha yuksak darajada rivojlandi. Mil. avv XXIV-XXIII asrlarda Mesopotamiya yagona davlat bo’lib, birlashgan paytda podsholarning ideallashtirilgan portret-tasvirlari paydo bo’ladi.


Mil. avv I ming yillikda Mesopotamiyada yirik savdo-hunarmandchilik madaniyat markazlari bo’lgan katta shaharlar paydo bo’ladi. Mesopotamiyadagi ossur podshosi Sinaxreb tomonidan mil. avv. 705-681-yillarda qurilgan, maydoni bo’yicha Old Osiyoda eng katta shahar Ossuriya poytaxti Nineviya edi.
Mesopotamiyaning ilmiy bilimlari, sanati, me’morchiligi, dini, yozuvi va adabiyoti, qadimda ko’pgina sharq xalqlari madaniyati ravnaqining o’lchov mezoni bo’lib xizmat qildi, shu o’rinda alohida ta’kidlab o’tish joiz bo’lgani, biz o’rganayotgan manbalarning aksar qismi moddiy manbaalar bilan birga yozma yodgorliklar-kitoblar, hujjatlar, xaritalar, yozishmalar, xabarnomalar hisoblanadi va albatta, bularning barchasi har yerda emas, kutubxona deya atalmish muqaddas dargohda saqlanadi. Mesopotamiyada ham shunday hujjatlarni o’z bag’riga olgan


  1. Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 40




  1. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: ”Tafakkur “, 2016. –B. 7

14
ulkan kutubxona mavjud bo’lgan. Bu Oshshurbanipal Saroy kutubxonasi bo’lib, u Yangi-Ossuriya imperiyasining so’nggi buyuk shohi Oshshurbanipalning barcha turdagi matnlarni o’z ichiga olgan loytaxtachalardan iborat bo’lgan ulkan kutubxonasi edi. Kutubxona mil. avv VII asrda tashkil qilingan. Oshshurbanipal kutubxonasi qadimgi dunyodagi eng katta kutubxona hisoblanadi.17 Matnlar arxeologik qazish ishlari natijasida shimoliy Mesopotamiyadagi Kuyunjikdan (qadimiy Ossuriya poytaxti Nineviya) topilgan. Kuyunjik hozirgi shimoliy Iroqning Mosul shahriga to’g’ri keladi. Ayrim hujjatlar to’lig’icha omon qolgan lekin ko’pgina loykitoblar qazib olish jarayonida va ming yillab yer ostida qolganligidan rekonstruksiya qilishga muhtoj bo’lib qolgandi, tabiiyki ularni ta’mirlandi. Qadimgi fors va arman manbalarida Buyuk Aleksandr Makedonskiy Nineviyada Oshshurbanipal Saroy kutubxonasini ko’rib, o’z kutubxonasini yaratishga ahd qiladi va Oshshurbanipal kutubxonasi Buyuk Aleksandr kutubxonasining yaratilishida Iskandarga ilhom parisi va sababchisi bo’ldi. Chindan ham Makedonskiy buyuk kutubxona qurishga qodir edi va qurish ishlari ham boshlanib ketadi lekin Aleksandr kutubxonaning “ochilish marosi” ga qadar yetib boraolmaydi, vafot etadi. Uning xayrli ishini o’zini Aleksandr vorisi deya hisoblagan Makedonskiyning do’sti Ptolomey nixoyasiga yetkazadi.
Kutubxona O’sten Genri Layard tomonidan 1849-yili kashf etilgan deb hisoblanadi va barcha taxtachalar Angliyaga, Britaniya muzeyiga topshiriladi, lekin loytaxtachalar janubiy-g’arbiy yerlarning shohi Sanxariv (mil. avv 705-681) yashab o’tgan saroy xonalarining biridan topilgani uchun Oshshurbanipal kutubxonasiga tegishli emas deb hisoblanardi, shunday bo’lsa ham bu kashfiyot olamshumul topilma bo’ladi.
Oradan uch yil o’tib, Hormuzd Rassam, Layardning yordamchisi janubiy-g’arbiy yerlarning shohi Sanxariv saroyi tepaliklariga qarama-qarshi tomonidan, podshoh Oshshurbanipal (mil. avv 668-627) saroyidan shunga o’xshash "kutubxona" aniqlaydi. Afsuski, bu topilgan kutubxona hujjatlari hech qanday yangi kashfiyot deb tan olinmaydi lekin Yevropadan ko’plab olimlar u yerda





  1. Menant, Joachim. La bibliothèque du palais de Ninive. –Paris: “E’Leroux”, 1880. –P. 33

15
tadqiqot ishlarini olib boradilar, oxiri, ikkita kutubxona taxtachalarini birlashtirib, ular bitta kutubxona bo’lgan degan xulosaga keladilar. Loytaxtachalar aksarisi Yevropa davlatlarining tadqiqotchilari tomonidan ta’mirlash uchun olib ketiladi, ish yakunlangach Britaniya va mahalliy muzeylarga qaytarib beradilar. Taxtachalardagi yozuvlar ma’nosini o’rganmoqchi bo’lgan olimlarga ham ma’lum shartlar evaziga, ya’ni matnlar ma’nosini mutlaqo o’zgartirmagan holatda tarjima qilish sharti bilan taxtachalar beriladi.
Oshshurbanipal nixoyatda qonxo’r, urushqoq, bosqinchi shoh sifatida tarixda o’z nomini qoldirgan lekin u o’ta darajada qattiqqo’l bo’lishi bilan birga savodli va kitoblarga, olimlarning yozgan ma’lumotlariga qiziqqan shaxs bo’lgan. U o’z huzurida mohir xattotlarni to’playdi, ularga qadimiy matnlarni to’plashni, akkad-shumer tillarida manbaalarni keltirishni buyuradi va buning uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi. Xattotlar Bobilga boradilar va u yerdagi jamiiyki matnlarni ikki xil yozuv, tilda ko’chirib, maxsus xumdonlarda pishirib qaytib keladilar.
Oshshurbanipal ularni bu xizmatlari evaziga juda ham chiroyli tarzda mukofotlaydi hamda endilikda yaratilgan matnlarni saqlash, qo’riqlash va foydalanish uchun xattotlarni o’zlarini mas’ul qilib qo’yadi, shu bilan birga, ularga kutubxonani qo’riqlash uchun kuchli askarlardan ham qo’shib beradi. Shahanshoh naqadar shavqatsiz bo’lgan bo’sa ham, u kutubxona taqdiriga kelganda shunchalik muloyim bo’lib qolar va kutubxonani ko’z qorachig’iday asrab avaylar edi. Bosqinchilik yurishlariga borganda ham askarlariga shaharning hech bir kutubxonasi va xattotlariga qo’l tekkizmaslikni buyuradi. Jang tugagach yengilgan shahar kutubxonalarining kitoblarini loytaxtachalarga yozdirib, pishirib kutubxonadagi kitoblarni esa joyiga qaytarib, istilo qilgan shahar–davlatining xattotlarini o’zi bilan birga olib ketardi.
Nihoyat, matnli taxtachalar 30.000 loytaxtachalarga yetadi va 300 tokchalarga kitoblarni joylashtiriladi. Kutubxona qoldiqlari topilgan vaqtda 2000 yozilgan taxtachalar bus-butunligicha ekanligi ko’riladi va juda ham ehtiyotkorlik bilan o’z manziliga yetkaziladi. Qolgan loy kitoblar qaysidir ma’noda zararlanganligidan

16
ajratib qo’yiladi va imkon qadar ta’mirlanadi, ana shu “davolangan” matnlarning taxminan 6000 tasi viloyatlar bilan yozishmalar, boshqa mamlakatlar bilan olib borilgan so’zlashuvlar, sulh, bitmlar, xalqqa solingan soliqlar, majburiyatlar, aristokratik deklaratsiyalardan iborat edi. Qolgan matnlar tibbiyot, astronomiya, adabiyot fanlariga oid bo’lsa, yana boshqa taxtalarda qo’shiqlar, ertakar, rivoyatlar, bashoratlar, o’z xudolari va o’zga xalqlarning xudolari, vazifalari, ularga munosabatlar, ibodatxonalar, ulardagi holat, qurilish jarayoni, sababi, qo’yingki, barcha narsalar kitoblarda o’z aksini topganligini loytaxtachalarni o’rgangan olimlar o’z maqolalarida keltirib o’tishgan. Shu bilan birga yana, Gilgamish dostonining to’liq matni, qadimgi Bobilning she’riyati, qonunlari, dunyodagi ilk odam Adapa haqidagi afsona, Yerning yaratilish tarixi, olam yaralgandan so’ng birinchi yaratilgan yovuz Nippur hikoyatlari haqida ham matnlar mavjud. Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Gilgamish dostonini shahanshoh Oshshurbanipal shaxsan o’zi boshidan oxiriga qadar yozdirgani va faqatgina Gilgamish dostoni uchungina bitta tokchani ajratgan edi.


Matnlar ko’proq ponasimon alifboda, mixxat, akkad yozuvida yozilgan edi. Biroq nechundir bu yerda lotin yozuvidagi yozuvlar mavjud emas, yana qandaydir matnli yozuv borki, hozirgacha ham bu qanday yozuv turiga kirishi ma’lum emas.
Taxtachalar ichida yana bir hujjat qishloq xo’jaligiga oid hujjatlar ham bor edi va ular o’zgacha uslubda hamda tartibda yozilgani bilan o’sha yerdagi bor matnlardan ajralib turadi.
Mil. avv 612-yilda Bobil va Midiya qo’shinlari birlashib Nineviya va Osuriyaning qo’shinlari ustidan yurish qilib g’alaba qilishdi va mil. avv 605-yilda yana bir bor qaqshatqich zarba bilan ossur qo’shinlarini kulini ko’kka sovurdilar. Nineviyadagi jang-jadallardan so’ng kutubxona yong’in ostida qoladi va olimlarning ayrimlari ana shu yong’in kutubxonani vayronaga aylangan bo’lishi mumkin degan fikrni olg’a suradilar. Lekin hech bir tadqiqotchi aniq bir dalilni keltiraolmaydi. Yuqorida aytganimizdek, kutubxona taxtachalarining aksar qismi

17
Britaniyaning Londondagi muzeyida saqlanadi biroq Britaniya muzeyidan tashqari Iroq muzeyida ham kutubxonaning nodir taxtachalari mavjud.18


Britaniya muzeyining to’plamlari bazasida Nineviya kutubxonasi to’plami 30.943 "loytaxtachalar"i butun “Oshshurbanipal matnlari bo’limi” deb ataladi va alohida katalogi mavjud. Hozirgi kunda to’laligicha tiklangan, ta’mirlangan va oldindan o’zi butunligini saqlay olgan hamda siz borib o’z ko’zlaringiz bilan ko’rishingiz mumkin bo’lgan matnlar soni 10.000 tani tashkil qiladi. Shunisi bilan qiziqki, kutubxonadagi hujjatlar faqatgina loy kitoblardangina iborat bo’lib qolmay, u yerda yana teriga yozilgan, papiruslarga yozilgan matnlar juda oz miqdorda bo’lsa ham topilgan va Britaniya muzeyiga juda “og’ir” ahvolda olib kelib “davolanadi”.


  1. Azeka yozuvi19 -loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 700-yilda yozilgan. Bu taxtacha 1903-yili kashf qilingan bo’lib, 1974-yilga kelib Nadov Na’aman tomonidan “alohida bir bo’limdagi taxtacha” deya e’tirof etilgan. Hozirda Britaniya muzeyida K.6205 + BM 82-3-23,131 son bilan saqlanadi.

Bu taxtachada Yahudiylar shohi Azekahning Sanxariv podshosi Hizyiqoga


qarshi yurishi va Sanxariv podshosining g’alabasi haqida hikoya qilinadi.


  1. Tir Baal bilan Esarhaddon o’rtasidagi shartnomasi20- loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 675-yilda yozilgan. Bu taxtacha XIX asrda kashf qilingan. Britaniya muzeyida K 3500+K 4444 +K.10235 tartib raqami ostida saqlanadi. Bu taxtachada Oshshurbanipalning otasi Esarhaddonning (mil. avv 681-669-yillarda hukmronlik qilgan) Tir Baal bilan tuzgan shartnomasi haqida yozilgan. Bu matnni 1898-tilda Ugo Vinkler “Qadimgi Yaqin Sharq tadqiqotlari” nomli maqolasida tarjima qilib tushuntirib bergan. Sulh haqidagi matn ikkita sopol taxtachalarda o’z aksini topgan. Esarhaddon Eber Narini fath qiladi, jangdan so’ng Tir Baal bilan muzokara olib boradi, unga ko’ra, Esarhaddon bosib olgan yerlaridan bir necha

aholi punktlarini-Akko, Dor va Biblusni Tirga beradi.


3. Nimrud taxtachasi, Nimrud-hozirgi Mosul shahri, qadimgi Janubiy Nineviya




  1. Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. –New Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970. –P. 36 19https://en.wikipedia.org/wiki/AzekahInscription


20https://en.wikipedia.org/wiki/Esarhaddon’sTreatywithBa’alofTyre

18
yaqinida, Dajla bo’yida joylashgan shahar. 21 Bu joy Ossuriyaning mil. avv 879-722-yillarda poytaxti bo’lgan, Nimrud taxtachasini o’ziga to’xtaladigan bo’lsak, loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 733-yilda bitilgan. Bu taxtacha 1873-yili Jorj Smit tomonidan kashf qilingan. Britaniya muzeyida K.3751 raqami ostida saqlanadi. Yozuv Tig’latpilasar III davrida bitilgan. Uning hukmronlik qilgan davrining ilk 17 yilligi haqida batafsil ma’lumotlar mavjud. 22


  1. Sargon II Prism A23- loytaxtachaga akkad yozuvida mil. avv 710-yilda yozilgan. Bu taxtacha XIX asrda kashf qilingan. Britaniya muzeyida K.1671+K.1668a raqami bilan saqlanadi. Birinchi qismi 1668-yili topilgan, qolgan qismi esa 1903-yili topib tarjima qilingan. Hajmi-6,4x4,4sm dan iborat. Bu loytaxtacha Sargon II ga atalgan va to’laligicha u haqida ma’lumotlar bitilgan.




    1. Ammitsadukning Venus matni24-asl uzunligi 17.14sm bo’lgan lekin vaqtlar bu taxtachaga ham o’z hukmini o’tkazgan va hozirda 6.75sm qolgan. Kengligi ham xuddi shunday-yozilgan paytida 9,2sm, hozirgi holati 3.6smni tashkil qiladi. Qalinligi 2.22sm bo’lgan va ayni paytda 0.87smni tashkil etmoqda. Bu matn Yangi Ossuriya davriga tegishli bo’lib, Kuyunjikdan topilgan, hozirda Britaniya muzeyida K.160 tartib raqami ostida yashamoqda.

Bu matnda ilk astronomik kuzatishlar haqida batafsil ma’lumotlar qoldirilgan.




    1. Gilgamesh dostoni25-mil. avv VII asrda shaxsan Oshurbanipal boshchiligida yozilgan butun dunyoga dong’i ketgan afsonaning matni hisoblanadi. U hozirda Britaniya muzeyida saqlanadi, taxtachalarning bir nechtasi ta’mirlangan, yana bir nechtasi qaytadan yozilgan. Unda afsonaviy Uruk podshohi Gigamish yoki Bilgamishning hayoti, sayohati, qayg’u-g’ami haqida batafsil bayon etilgan.




    1. Yerning yaratilishi26-1849-yili Ostin Genri Layard tomonidan parcha-parcha holida topildi, qayta ta’mirlandi va 1876-yili esa Jorj Smit uni tarjima qildi va butun ommaga e’lon qildi. Bu matn faqatgina ilohiyot haqida bo’lib shumer-


21https://en.wikipedia.org/wiki/Nimrud

22https://en.wikipedia.org/wiki/NimrudTabletK.3751

23https://en.wikipedia.org/wiki/SargonII27sPrismA

24https://en.wikipedia.org/wiki/VenustabletofAmmisaduqa

  1. https://en.wikipedia.org/wiki/EpicofGilgamesh




  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Enly

19
akkad yozuvida bitilgan. Bu loytaxtacha ham Britaniya muzeyida saqlanib kelinmoqda.
Britaniya muzeyida so’nggi marta eng ko’p vaqt davomida kataloglashtirilgan topilmalar bobil-akkad-shumer tillarida yozilgan Oshshurbanipalning 3.700 tadan oshiq bo’lgan loytaxtachalardan iborat kutubxonasi hujjatlari bo’ldi. Bu matnlarga olib kelingunga qadar va undan oldin ham, ya’ni kutubxona mavjudligi va ularning asosiy qismi faqatgina loy taxtalardan iborat ekanligini eshitgandan so’ng, nixoyatda ko’p olimlar, tadqiqodchilar qiziqish bildirishdi va uni o’rganish uchun navbat kutib turish darajasiga ham yetdilar. Matnlar ustida izlanishlarni olib borgan bir olim yozilgan matnlarning 13% qadimgi davrdagi shevalarda yozilganligini o’z maqolalarida keltirdi” deb yozadi Britaniya muzeyining ilmiy hodimi Robson o’z maqolasida.27
Matnlarni pishirish ossuriyalik xattotlar va yoki bo’lmasa ustalar tomonidan emas balki Midiyadan olib kelingan xumdonlar va o’sha yerning o’zidan keltirilgan ustalar tomonidan pishirilgan va shumerlik qo’riqchilarga tayyor “mahsulot” topshirilgan.
Layard taxtachalarni topgandan so’ng 1853yilda “Nineviya va Vavilondagi sirlarning ochilishi” nomli maqolasini e’lon qildi. Uning maqolasidan ko’p vaqt o’tmay Klark kutubxona va uning matnlari haqida ocherk yozadi, unda “Kutubxonada juda ham tartibli va tizimli tarzda ish olib borilgan, ya’ni har bir taxtachaga yozilgan ma’lumotlar qaysi sohaga tegishli bo’lsa, o’sha nomdagi tokchaga yillariga qarab terilgan, buni 55-taxtachadagi shumerlik xattotning yozib qoldirgan ushbu xatidan bilishimiz mumkin: “Bas, buyuk olampanoh va pushtipanohimiz Oshshurbanipal janoblarining ushbu kundagi farmonlariga ko’ra, har bir yozilgan kitobimiz, agar u tibbiyotga oid bo’lsa maxsus “Tibbiyot bo’limi” dagi tokchaga, ya’nikim bugundan har bir tokchaga nom berish, masalan, “Tibbiyot bo’limi”, “Fan bo’limi”, “Rivoyat bo’limi” va yana boshqalarini ham aytish mumkin bo’lgan atamalarni janoblari Oshshurbanipaldan chiqdiki, biz qullar



  1. Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of Library History. –New York: ”Garland Publishing”, 1994. – P. 10

20
bu amrni bir so’z demay bajaramiz va bugundan har bir kitob o’z sohasiga qarab ajratiladi”, demak, o’z-o’zidan anglashiladiki, kutubxona tom ma’noda tartibli saqlangan”.28
1872-yilga kelganda yana bir ossurayashunos olim Jorj Smit jon-u dili bilan matnlarni, ular saqlangan yerlarni o’rganishga bel bog’laydi va ko’plab ma’lumotlarni aniqlaydi, ya’nikim, Oshshurbanipalning kutubxona haqidagi ta’qiqlari va uning o’zi yaratgan kitoblariga munosabatini yozib qoldirgan matnini to’liq tarjima qilishga erishadi, unga ko’ra, “Men kim, Oshshurbanipal, Xudolar nazar solgan hukmdor sifatida aytaman, ushbu kutubxona men uchun jonimdan ham aziz va uni yaratish uchun ko’plab qonlar to’kdim, ko’p ellarning xattotlari, ustalari va jamiki olimlarini yig’ib keltirdim va ularga loytaxtachalarga matnlarni yozishni buyurdim!
Men, kim Oshshurbanipalni Xudolar va ajdodlarim ruhi qo’lladi va men ulkan kutubxona bunyod ettirdim. Bu ishni qilishda men, Oshshurbanipalga Nabu donoligi yordamga keldi.
Men, kim Olampanoh, har bir matnni o’z ko’zim bilan tayyorlanish jarayonini kuzatdim va har bir matnni tayyorlashda alohida bir ishtiyoq bilan zavq-u shavqqa to’ldim va har bir matnni yozayotganda chiroyli va mukammal ishlaydigan xattotlar, ustalarni tayin qildim va eng so’nggida kutubxonani qo’riqlash uchun maxsus askarlardan tayin qildim, ular kechasi ham, kunduzi ham uxlamaydilar va kutubxonaga hech bir kimsani yo’latmaydilar!!!
Xudolar nazari tushgan, ajdodlar ruhi qo’llagan Oshshurbanipal xudolar nomi bilan qasamyod qilaman va la’natlayman, kimda kim Olampanoh ruhsatisiz kutubxonaga kirsa va yoki bu joydan biron loytaxtachani o’g’irlasa, qoyadan pastga tashlab yuboraman, ha buni men, kim Oshshurbanipalning o’zi qilaman, ishonamanki, bu qilmishim uchun Xudolar meni qarg’amaydilar va aksincha, meni alqaydilar”, deya yozilgan sopol taxtachani 1983-yilgi nashr etilgan Menant





  1. Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the Ancient Near East. –London: “Penguin Random House”, 2004. – P. 191

21
Joachimning ilmiy maqolasida va yana qo’shimcha qilib, “bu matn 52-53 sonli raqam ostida saqlanmoqda” deyiladi.29
Oshshurbanipalning kutubxonasi qoldiqlari ichidagi tibbiyotga oid matnlar bilan qiziqqan tadqiqotchi Reginald Tompson bo’lib, u ham juda chuqur izlanishlar olib boradi va o’z o’rnida shularni aniqlaydi, tibbiyotga oid sopol kitobchalar 660tani tashkil qilgan, albatta bu faqatgina bizning davrimizga qadar eson-omon yetib kelgan matnlardir. Tompson bu haqidagi maqolasini 1923-yili “Nineviya tibbiyoti sirlari” nomi ostida chop ettiradi.


  1. o’rgangan matn 1880-yili ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa, 2014-yilga kelib taxtachalar yana qayta ta’mirga muhtojlik sezadilar va 2014-yilning 27-dekabr

kuni “davolanish kursi”ni tugatib joylariga qaytadilar. 30


Oshshurbanipal saroy kutubxonasi haqidagi izlanishlar hamon davom etmoqda va aytish mumkinki, oxirgi 100 yil ichida tadqiqotchilar bu matnlar ichidan juda ajoyib bo’lgan yangidan yangi ma’lumotlar topaveradilar, sababi kutubxona fondi katta bo’lish bilan birga juda murakkab, qiziqarli va zavqli. Undan ham o’shanday zolim shahanshohning ichki kechinmalari ham aks etgan matnlarni o’rganish kishida o’zgacha ruhiyatni keltirib chiqarishi tabiiy.
Xett podsholigi. Mil. avv II ming yillikda halokatga uchragan Xett davlati to’g’risida tarixiy ma’lumotlar XX asr boshlarigacha deyarli yo’q edi. 1829-yilda J.F. Shampalon tomonidan Ramzes II yozuvlarining o’qilishi va R. Lepsius tomonidan nashr etilishi XIX asrning 40-yillarida “Kadesh yonidagi jang” Misr-Xett tinchlik shartnomasining tuzilishi qudratli Xett davlatining mavjud bo’lganligini aytishga imkon berdi.31 Bu vaqtgacha Kichik Osiyo va shimoliy Suriyada 1876-yilda sirli iyeroglif (xett iyeroglif) yozuvlar va tasvirlar topilgan edi. 1887-yil tadqiqotchilar Tell-Amarna arxividagi diplomatik yozishmalarda Xett podshosining Misr fir’avniga tengligi (uning birodari ) eslatib o’tiladi. Bu kashfiyot Old Osiyoda qadimda yana bir buyuk davlat mavjud bo’lganini ko’rsatdi. 1906-yil nemis olimi, ossurologi Y. G. Vinklyer va turk arxeologi



  1. Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford: ”Oxford University Press”, 2004. P. 292




  1. Fincke JC. The Babylonian Texts of Nineveh: Report on the British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford: ”Oxford University Press”,, 2003. –P. 2–3




  1. Kabirov A. Qadimgi shaq tarixi. –T.: ”Tafakkur”, 2016. –B. 201

22
Makirdibey32 tomonidan Bo’g’ozqoyada (Turkiya, hozirgi Anqara yaqinida) xettlar poytaxti Xattusi xarobalarida arxeologik qazishmalarga kirishdi. Qazishmalar natijasida Yaqin Sharq tillarida bitilgan o’n minglab taxtachalardan iborat arxiv, jumladan, Xett – Misr tinchlik shartnomasining mixxat variantini ham topadi. Chex tadqiqotchisi B. Grozniyning qadimgi Xett yozuvlarini o’rganishda xizmatlari juda katta. U 1915 – 1917-yillarda chuqur tadqiqotlar olib bordi va xett tili va yozuvini birday o’rgandi, natijada xett tili hind-yevropa tillar oilasiga mansub degan xulosani butun dunyoga aytdi, natijada Xett davlati tarixini o’rganish kuchayib ketdi. Ammo Turkiya olimlari xettlarni turk tili oilasiga mansub deb hisoblaydilar va xettlargacha bo’lgan yodgorliklar “turkey xususiyatga ega “ deb aytadilar.33
Xett yozuvlari asosan, mil. avv XIV asrga mansub bo’lib, mazmunan xett yilnomalari, podsholarning yozishmalari va Xett qonunlar majmuasidan iborat bo’lgan. Unda Xett diplomatiyasi, adabiyoti, Misr fir’avnlari, Ossur va Bobil podsholari bilan yozishmalari, shuningdek, xalqaro va har xil shartnomalar haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Xett yozuvlarida xo’jalik va adabiy-diniy matnlar ham saqlanib qolgan.
Xett tili - oʻz yozuviga ega boʻlgan eng qadimgi hind-yevropa tillaridan biri; xatt, palayya, lidiya va boshqa tillar bilan xett – luviy tillari (anatoliya tillari) guruhini tashkil etgan o’lik til hisoblanadi. Xett tilida soʻzlashuvchi aholi qadimgi Anatoliyaning markaziy va shimoliy qismlarida yashaganlar. Xett tili tarixida 3 davr farqlanadi:


  1. Qadimgi davr (mil. avv XVIII – XVI asrlar);




  1. O’rta davr (mil. avv XV asr – XIV asr boshlari);




  1. Yangi davr (mil. avv XIV asr oʻrtalari – XIII asr).

Bizgacha yetib kelgan matnlarning aksariyati Yangi podsholik davriga mansubdir. Xett tilining asosiy grammatik xususiyatlari: feʼl qoʻshimchalari 2 turga, otlar 2 grammatik jins kategoriyasiga bo’lingan. Leksikasida xett, akkad va






  1. Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –Т.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 560




  1. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 201

23
xurrit tillaridan oʻzlashgan soʻzlar, asosan terminlar koʻp boʻlgan. Xett tili yozuvi
– mixxat boʻlib, u shimoliy Suriyadan, ehtimol, qadimgi akkad mixxatidan
oʻzlashtirib olingan. Yozma yodgorliklari asosan, 1906–1907 yillardagi arxeologik qazishmalar chogʻida Xattusadagi (Turkiya, hozirgi Boʻgʻozqoya) podsholik arxividan topilgan.34
Grozniyning tadqiqotidan keyin olim A. Getse ham Xett podsholigi o’rganishga kirishdi hamda 1933-yil Xett davlati tarixini umumiy ocherkini yaratdi. Bundan tashqari, A. Getse 1933-yilda Kichik Osiyo tarixi umumiy ocherkini ham chop ettirdi. Muallif Xett davlati harbiy va sulola tarixiga asosiy e’tiborini qaratdi. U Xett jamiyatining bir qancha ijtimoiy-siyosiy muassasalari o’xshashligiga (yer-mulk, majburiyatli yer egaligi) asoslanib xettlarning ijtimoiy tizimini feodal tuzum deb ta’rifladi. Lingvist va arxeologlar xett madaniyati asoslarini yaratishda protoxettlarni, xurrit qabilalarini o’rnini ko’rsatadigan dalillarni topdilar.
Xett podsholigini ko’plab olimlar sinchkovlik bilan uzoq vaqtlar o’rganishdi va quyidagilarni aniqlashdi: Xett podsholigi–Kichik Osiyodagi qadimgi davlat (mil. avv XVIII – XIII-asr boshlari). Tarkibiga xettlar, xattlar va boshqa etnik guruhlar kirgan. Xettlar podshosi Anitta davri (taxminan XVIII asr)da Anatoliyaning baʼzi viloyatlari birlasha boshlagan. U Nesa, Xattusa shaharlarini bosib olgan. Kussar shahrini poytaxt qilgan. Anitta vafotidan keyin mil. avv XVII asr oxirida boshqa xett urug’i hokimiyat tepasiga keladi. Xett davlatining asoschilarining birlashtiruvchi siyosatini istilochi va islohotchi podsho Labarna (yoki Tabarna) ( mil. avv 1675-1650 yillar atrofida boshqargan) tugallaydi. U istilochilik yurishlarini davom ettirib Tavr tog’ tizmasining shimoliy qismini egallaydi va shimoliy Qora dengizga chiqadi. Xett davlati chegaralarini “Dengizdan-dengizgacha” kengaytiradi. Uning ichki va tashqi siyosati kuchli ta’sirlangan va tan bergan, keyingi vorislari Labarna va uning rafiqasi Tavannanna nomlarini o’zlariga unvon sifatida qabul qiladilar.



  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xett_tili

24
Qadimgi xett sulolasining asoschisi–Labarna (XVII asr boshlari) Xett podsholigi hududini kengaytirgan. Labarna mavjud xett an’analariga zid ravishda o’g’li Xattusilisni o’z vorisi deb e’lon qiladi. Xattusilis I (mil. avv. 1650-1625 yillar atrofida) poytaxtni xettlarning sobiq bosh markazi Xattusiga ko’chiradi. (Shu voqeadan keyin davlat rasmiy ravishda “Xatti” zamonaviy fanda “Xett” deb atala boshlandi). Labarnaning vorisi Xattusilis I davri (XVII asr oʻrtalari)da Kichik Osiyoning shimolidagi Salpa shahri va Kichik Osiyoning bir qancha janubi-sharqiy viloyatlari batamom bosib olingan. U poytaxtni Xattusaga koʻchirgan. Xattusilis I (XVII asr oxiri) vorisi Mursilis I (mil. avv. 1625-1590 yillar atrofida) davrida Xett podsholigida markazlashuv kuchayadi. U Mesopotamiyadan Finikiyaga boradigan yo’ldagi asosiy savdo markazi bo’lgan Shimoliy Suriyadagi Xalpa shahrini bosib oladi. Mursilis I mil. avv. 1595-yilda uzoq Bobilga yurish qilib Xammurapi sulolasini tugatdi. Ammo mamlakat ichida keskin vaziyat vujudga keladi. Saroy fitnachilari podsho hokimiyatini kuchayishini istamay taxt vorisligiga ko’pgina da’vogarlar bo’lishiga imkoniyat beradigan an’analarni saqlab qolishga urinadilar. Oqibatda Mursilis I saroy fitnasi qurboni bo’ladi. Xett hukmron tabaqalari ichida o’zaro kelishmovchiliklar boshlanadi. Mil. avv XIV – XII asrlarlarda Xett podsholari Shimoliy Suriya va Shimoliy Mesopotamiyada yashaydigan xurriy qabilalardan boʻlgan. Podsho Suppiluliumas I (XIV asr boshlari) uzoq davom etgan urushlardan keyin Mitanni (Shimoliy Mesopotamiyadagi qadimgi davlat)ni bosib olgan. Ugarit (Shimoliy Finikiyadagi qadimgi shahar-davlat)ni oʻz vassaliga aylantirgan. Mursilis II hukmronligi (XIV asr oxiri)dan boshlab Xett podsholigi bilan Misr oʻrtasida Suriya uchun kurash ketgan. XIII asr oxiri – XII asr boshlarida Xett podsholigi oʻzaro urushlar, qaram viloyatlar va ittifoqdosh podsholiklarning ajralib ketishi tufayli inqirozga uchragan. Shunday bir vaziyatda taxtga Telepin (XVI asr oxiri) keldi. U qadimgi Xett podsholigining oxirgi yirik podshosi boʻldi. O’zaro kelishmovchiliklarga Telepin I (mil. avv. 1530-1500 yillar atrofida) chek qo’yadi. Uning davrida faqat podshoning o’g’li taxtga chiqish huquqiga ega bo’ldi; agar podshoning o’g’illari bo’lmasa uning singlisining o’g’li va eng so’ngida podshoning kuyovlari taxtga davogar bo’lish qoidasi o’rnatildi. Taxt vorisligining

25
bunday tartibi qat’iy bo’lib, zodagonlar kengashi “pankus”ning taxt vorisligi masalasidagi rolini tugatdi. Ammo qolgan masalalarda “pankus” o’z huquqini saqlab qoldi. ”Pankus”ning yuqori pog’onasi bo’lgan “tuliya” hal qiluvchi rol o’ynadi. Tuliyaning ruxsatisiz podsho uning biror-bir a’zosi bo’lgan zodagonni qatl qila olmas edi. Agarda tuliyaning ruxsati bilan uning biror a’zosiga podsho tomonidan o’lim jazosi berilgan taqdirda ham podsho aybdorning oilasini ta’qib ostiga olish va mol-mulkini musodara qilish huquqidan mahrum edi. Qadimgi Xett davlatida urug’-jamoa qoldiqlari hali kuchli bo’lgan. Xett podsholari o’z hokimiyatlarini xalq kengashlariga tayanib amalga oshirganlar. Qurol ko’tarishga qobiliyatli bo’lgan barcha erkaklar podsho chiqaradigan “pankus” deb ataladigan yig’ilishga muntazam ishtirok etganlar. Zodagonlar davlat boshqaruvda faol qatnashib, o’zlarini kuchli tayanchi bo’lgan zodagonlar kengashi (Tuliya) orqali xalq yig’iniga boshchilik qilganlar. Zodagonlardan tashqari davlat boshqaruvida podsho oilasi: aka-ukalari va boshqa qarindoshlari muhim rol o’ynaganlar. 35 Tadqiqotchilar bu davrni (mil. avv XVIIII asr va mil. avv XVI asrlar oralig’i) qadimgi Xett podsholigi davri deb hisobladilar. Telepin va uning o’g’li hukmronligidan so’ng, Xett davlatining tushkunlik davri boshlanadi. Bu davr o’rta Xett podsholigi davri (mil. avv XV asr ) deb nom oldi. Bu davrda Xett podsholigining ahvoli yana og’irlashadi. Bir asr davomida Xett davlati va jamiyati tushkunlikni boshidan kechiradi.


Mil. avv XIV asr boshlarida Old Osiyoda Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqaro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tug’iladi. Mil. avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqishi xurrit bo’lgan omadli amaldor taxtni egallab yangi xett sulolasiga asos soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi xett buyuk davlatchiligi g’oyalarini qaytarishga da’vo qilib, harbiy-byurokratik monarxiyani tashkil qildilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylandi va o’ziga voris tayinladi (Bu voris alohida “Tuxkante” lavozimiga aylanib, bu vazifadagi kishini zarur bo’lganda almashtirish mumkin edi). Endilikda saroy to’ntarishlari isyonga aylanib ketmadi. Shu vaqtdan boshlab





  1. Кузишина В. И. История Древнего Востока. Том III. –Mосква: “История”,1983. –С. 8

26
podsho alohida samoviy ilohiylik egasi hisoblanib, “Quyoshim” deb ulug’lanadigan bo’ldi.
Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni ko’ra oladigan siyosatchi, mohir sarkarda Suppilium I (mil. avv. 1380-1335-yillar atrofida) davlatni harbiy qudratini oshiradi. U yengil, tez yuradigan jang aravalari bilan qo’shinni ta’minlaydi. Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusaning mudofaa inshootlari mustahkamlanadi. Suppilium I Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’og’i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini o’ziga bo’ysundiradi. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I o’z kuyovini Mitanni taxtiga o’tkazadi. U Suriyada markazi Karxamish va Xalpa bo’lgan xettlarga qaram davlatlarga asos solib, bu davlatlarni hukmdori qilib o’z o’g’illarini tayinladi. Bobil va Axey (miken Yunonistoni) davlatlari Suppilium bilan do’stlik aloqalarini o’rnatishga majbur bo’ldilar.
Uning vorisi Mursili II (mil. avv. 1335-1305 yillar atrofida) otasining davlatini to’la hajmda saqlab qoldi, biroq qaram hududlardagi isyonlar, qo’zg’olonlar va boshqa qudratli davlatlarni mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi to’xtovsiz urushlar olib borishga majbur bo’ldi. Mursilis II Kichik Osiyodagi janubiy Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo’ysundiradi. U an’anaviy raqib Arsava podsholigiga (Kichik Osiyo) qarshi g’olibona yurish qilib Egey dengizi qirg’og’igacha chiqadi. Ammo Mursilis II podsholigining so’nggi yillarida Misr XIX sulola davrida yanada kuchayadi va Sharqiy O’rtayer dengizi qirg’ogi uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Mil. avv 1286 yilda Kadesh shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi janglardan biri bo’lib o’tadi. Jangda Misr qo’shinlari yengiladi. Shunga qaramasdan Misr fir’avni, iste’dodli sarkarda Ramzes II yana urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Finikiya va Suriyani katta qismidan siqib chiqaradi. Oxir- oqibatda, Misr va Xett davlati mil.
avv. 1280-yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo’yicha Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki davlat o’rtasida savdo aloqalari kuchayadi.

27
Endilikda Xattusilis III kuchayib borayotgan Ossuriyaning harbiy tazyiqiga qarshi Bobil bilan ittifoq bo’lishga harakat qiladi va ammo Ossuriyani Yuqori Mesopotamiyadan siqib chiqara olmadi. Xett davlati kuchli qo’shinga ega bo’lgan Ossuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi.


So’nggi Xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki o’g’li davrida axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoni g’arbida hujumini zo’rg’a qaytaradilar. Axeylar tor-mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g’arbidagi Ilion shahri bosib olinadi. So’nggi xett podshosi Suppilium II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Mil. avv XII asr oxirida Egey dengizi qirg’oqlari va orollarining etnik jihatdan olaquroq “dengiz xalqlari” Xett davlatini tor-mor qiladilar (mil. avv. 1190-yillar). Shunday qilib, yangi Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi. Markazlari Karxamesh va Melida bo’lgan so’nggi Xett podsholiklari qoldiqlari Mil. avv VIII asr oxirlarida Ossuriya tomonidan tugatiladi.36
Xurritlar, xurriylar – til jihatidan urartlarga qardosh boʻlgan qadimgi qabilalar. Mil. avv III ming yillikdan Shimoliy Mesopotamiya va Dajla daryosining soʻl irmoqlari havzasida, mil. avv II ming yillikdan esa Frot daryosining yuqori va oʻrta havzasida, Suriya, Tavr togʻlari, qisman Falastinda va boshqa yerlarda yashaganlar. Xurritlarning eng koʻp tarqalgan markazi Kavkazorti boʻlgan degan taxminlar mavjud. Suriya va Mesopotamiyada xurritlar somiylar bilan aralash yashashgan. Mil. avv XVI-XIII asrlarda xurritlar Shimoliy Mesopotamiyada Mitanni davlatini barpo etib, Xett podsholigita kuchli taʼsir koʻrsatganlar. Mil. avv II–I ming yillik boshidagi ossuriy manbalarida xurritlar subareylar deb qayd etilgan. Mil. avv I ming yillikda xurritlar Armaniston togʻlari atrofida tarqoq holda yashashganlar. Xurritlar mixxat yozuvidan foydalanishgan.37
Xett podsholigi madaniyati. Xett jamiyati o’z madaniy taraqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Qadimgi xettlar o’zlariga mos madaniyat yaratganlar. Xett madaniyatida ayniqsa, xurritlarning ta’siri kuchli bo’lgan. Qadimgi Xett madaniyati B. Lansberger, Y. Levi kabi nemis




  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xettpodsholgi




  1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurritlar

28
olimlari, P. Garellidek fransuz, N. B. Yankovskiy, B. A. Turayev va V. V. Struve kabi rus olimlarining diqqat-e’tiborini o’ziga tortgan. 38
Xettlarda astronomiya, matematika, geometriya, tarix, agronomiya, veterinariya, tabobat va boshqa fanlar o’z davrida ancha rivoj topgan edi. Qadimgi xettlarda haykaltaroshlik, toshtaroshlik, qabartma rassomchilik va qoyatoshlarga rasm ishlash ham rivoj topgan edi. Ular asosan, xudolar, podsholar, jangchilar, har xil hayvonlar, ot, jangovar arava va boshqa narsalarning haykallari, rasmlarini mohirlik bilan ishlaganlar.
Xett dini o’ziga xos belgilarga ega edi. Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to’g’risida manbalarda eslatishlar mavjud. Amalda esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig’inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi edi. U bilan birga xurritlarning chaqmoq xudosi Tesubga ham sig’ingan. Xattusada Quyosh, hosildorlik xudosi Telepinga va mahalliy hosil xudosi Sandanga e’tiqod qilingan. Podsho Quyoshga o’xshatilib ilohiylashtirilgan. Shu sababli xettlar o’z podsholarini “Quyoshim” deb sig’inganlar.
Xett yozma asarlaridan bizgacha yetib kelgan podsholarning “tarjimai hollari” juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan. Ularda yorqin obrazlar, chuqur kechinmalar va o’ziga xos axloqiy qarashlar seziladi. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo’lishga urinish yaqqol ko’zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa mamlakatlar, masalan, Akkad tarixi to’g’risida ma’lumotlar ham mavjud.

Xett podsholigining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasi mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yutuq uch tilli shumer – bobil-xett lug’atlarining tuzilishidir.


Bizgacha Xett podshosi bosh otboqari Kikulli ismli kishi tuzgan yilqichilik to’g’risidagi ajoyib qo’llanma yetib kelgan.
Xett haykal va rel’yeflari vazmin va ulug’vorligi bilan ajralib turadi. Mamlakatda ayniqsa, mudofaa inshootlari qal’a devorlari qurish yuqori darajada bo’lgan. Xett madaniyati ko’p asrlik shimoliy Mesopotamiyada va unga yaqin



38Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 202

29
boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o’zida aks ettirgan va boshqa madaniyatlarga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Xettlarning madaniy merosi Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham boshqa qo’shni mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o’tkazadi.39
Xett madaniyatiga oid yozuvlar topib tarjima qilinganda, ular orasida quyidagi matnni ham topadilar: “Ulug’ podsho Tabarna o’z shahri Kissirda kasal bo’lib qoladi. O’g’li Mursilini podsholikka chaqirib, amaldorlariga endi men o’g’limni sizlarning ustingizdan “tabarna”-podsho qildim”, deb yozilgan edi. 40 Xett podsholigida ham kutubxonalar mavjud bo’lib, ulardan biri Qadimgi Xett podsholigining poytaxti bo’lgan Xattusada joylashgan bo’lib, u Xattusa saroy kutubxonasi edi.
Xattusa hozirgi Turkiyadagi Bo’g’ozqoyada joylashgan manzilgoh hisoblanadi, bu yer Onado’luga yaqin hamda yonida Qizilmirik daryosi mavjud. Xattusa bronza asriga taalluqli manzilgoh hisoblanadi. 1986-yilda Xattusa YUNESKOning jahon merosi ro’yxatiga kiritildi.
Xett podsholigining ko’rkam poytaxti Xattusa bo’lgan Xattusaning tevarak-atrofi nixoyatda chiroyli, bepoyon yaylovlar, kichikroq o’rmonlar, (qadim zamonlarda juda ham keng bo’lgan, insonlar ta’siri ostida kichrayib ketgan) tepalikar bor bo’lgan go’zal bir maskan edi. O’rmonlar aholi uchun xazinaning o’zi edi, u yerdan ham foydalanar, ham yog’ochini bir qismini sotardilar. Yana bu yerda Yazalikaya qoyasi va Olochohoyuk shaharchasi kabi aholi yashaydigan manzilgohlar bo’lgan, bu yerlarda ham odamlar yashaganlar. Qizilmirik daryosida esa kemalar qatnovi asosiy transport vositasi bo’lgan.
Mil. avv 2000-yilda mahalliy xattian odamlari shu yerda kichkinagina bir manzilgoh qurib daryo bo’yida yashay boshlaydilar. Lekin olimlar haqiqiy aholi manzilgohi sifatida mil. avv VI asrdan deb hisoblaydilar. Mil. avv XIX – XVIII asrlarda ossuriyalik savdogarlar Xattusaning tabiati, holatini o’rganib chiqib Kanesh (Nasoiy) (zamonaviy nomi Kultepa) degan joyida savdo markazlaridan


  1. Авдиев В. И. Қадимги шарқ тарихи. –T.: “Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964. –Б. 580




  1. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 210

30
birini tashkil qiladilar. Savdo albatta, savodxonlikni talab qiladi va bu yerda o’z-o’zidan savodlilar ko’paya boradi. Mixxat yozuvi keng tarqaldi. Qazish ishlari natijasida mil. avv 1700-yili Xattusa yong’in ichida qolgani ma’lum bo’ldi. Shahar yoqilishiga sababchi Anatta edi. U o’z hokimiyatini o’rnatish maqsadida Xattusaga hujum qiladi va yong’indan so’ng o’z ixtiyoriga olib, Xett podsholigining poytaxti etib belgilaydi hamda ulkan qurilish ishlarini olib boradi. Bunga dalil sifatida Xattusa saroy kutubxonasidan topilgan ushbu bitikni keltiramiz: “Men, kim Attila savdo markazi Xattusaga hujum qildim va barbod qildim, oxir-oqibat, yana tikladim va poytaxt unvonini berdim”.
Xattusaning kashf etilishi 2 yil – 1893-1894-yillarda amalga oshirildi. Boshida sinov tariqsida bitta handaq ochilib o’rganildi. Shu bilan 1906-yilga qadar hech kim bu yerlarga kelmadi va nihoyat, 1906-yili Germaniya sharq madaniyati nomli ekspeditsiya ikki marta, 1913 – 1931-yillar va 1940 – 1951-yillar oralig’ida qazish ishlarini olib bordi. 1906-yilda Ugo Vinkler va Teodor Makridiy Bey arxeologik izlanishlar olib borgan bo’lsa, 1911 – 1913-yillarda olim Kurt Bittel, 1940 – 1951-yillarda esa Butrus Neve bu yerda ilmiy izlanishlarini olib bordilar va


  1. 1963-yildan boshlab toki 1978 – 1994-yillarda Xattusa kutubxonasidan topilgan manbalarni bo’lim boshlig’i sifatida o’z faoliyatini davom ettirdi.

Xattusa saroy kutubxonasi Gemaniya tadqiqotchilari tomonidan topilgan paytda kitoblar sopol taxtachalar deyarli zarar ko’rmaganiga va nihoyatda yaxshi saqlanganiga guvoh bo’lishadi. Kutubxonadagi hujjatlar mum solingan savatlarda saqlangan bo’lib, ular orasida ibodat marosimlari qo’shiqlari, o’zga yurtlar bilan olib borilgan sulh, bitm, kelishuvlar, mil. avv 1258-yili Kadesh jangidan so’ng Xett va Misr fir’avni Ramzes II bilan bo’lgan muzokaralar to’liqligicha bizning davrimizga qadar yetib kelgan. Yana taxtacha oxirida yili ham bitilgani tahsinga sazovor, ya’ni matn 1259-yilda yozilgan edi. Undan tashqari, Xett podsholarining har biri haqida batafsil ma’lumotlar, ilmiy kitoblar, diniy ta’limotlar, xo’jalik hayoti, yerga urug’larni qachon qanday ekilishi, qachon yig’ib olinishi, ularning


xususiyatlar, shu bilan birga, “Ullikumin haqida qo’shiq” va “Telepin haqida afsona” kabi xett adabiyoti namunalari, ”Suppilulium I solnomasi”, “Mursili II

31
solnomasi” va “Xattusili III tarjimayi holi” kabi tarixiy asarlar, yangi podsholik davrida esa mesopotamiyaliklarning “Gilgamish haqidagi doston”i, Gesiodning “Teogoniya” kabi asarlari xett tiliga tarjima qilingan va Xattusa saroy kutubxonasida saqlangan,41 biroq bu kutubxonadan faqatgina zodagonlar, maxsus ruhsatnomasi bo’lganlargina foydalana olishgan. Kutubxona saroyning o’zida joylashgan, doimiy kitoblar bilan to’ldirib borilgan, yoziladigan loy ham juda ehtiyotlik bilan tanlangan, maxsus xumdonlarda pishirish uchun maxsus kulollar, mutaxassislar yollangan, bu qadar kutubxonalarga e’tiborli bo’lishning albatta, o’z sababi bor, ya’ni qadimgi dunyoda qaysiki, shahar, podsholik, qirollikni o’z kutubxonasi bo’lsa, unda hashamati, u yerdagi kitoblarning ko’pligi, xattotlar mahorati alohida rol o’ynagan, ana shu shaharning mavqei shu qadar baland bo’lgan, ya’ni kutubxonalar shahar-davlatlarning marvaridi bo’lgan.


Xattusa kutubxonasida ham 30.000 sopol taxtachalardagi kitoblar qazib olindi va Istanbul hamda Anqara muzeylariga alohida bir bo’lim sifatida topshirildi. 42
Yuqoridagi ikkita antik davr kutubxonalari – Oshshurbanipal va Xattusa saroy kutubxonalarini o’rganish davomida ulardagi umumiy bir jihat borligini, ya’ni hujjatlari saroyda tashkil qilingani, shu bilan birga matnlar, asosan, sopol taxtachalarga yozilganini kuzatdik va bu tom ma’noda ulardagi umumiy jihat borligini bildiradi. Kutubxonarlani o’rganish jarayonida, nafaqat yozma manbalar tilini balki, xalq qiziqishlarini, saroyning o’ziga xos an’analarini, qurilish ashyosidan tortib, inshootni qurilish loyihasini, qo’yingki, jamiiyki ma’lumotlardan boxabar bo’lish imkonini berishini ko’rdik, xususan, Oshshurbanipal faqatgina qonxo’r shoh bo’lmay, balki, o’z kutubxonasi uchun bor budini berishi, uning butun boyligi ana shu taxtachadagi matnlar ekanligini, kutubxona faoliyatiga kelganda hamma ishini bir chetga surib yosh bolalarcha matn yozish jarayonlarini o’zi kuzatganligini “52 – 53-raqam ostida saqlanayotgan matn”ning 1992-yildagi tarjimasidan ham bilib oldik.



41Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B. 212

  1. https://en.wikipedia.org/wiki/Hattusa

32
Xattusa saroy kutubxonasidagi hujjatlarning bus-butun saqlangani ham mo’jizaning o’zi deb olimlar qayd etib o’tgani bejiz emas, axir ana shu matnlar orqali biz necha zamonlar yo’qlik qa’riga singgan buyuk sulola haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim, bu podshohlik haqida qanchalik ko’p ma’lumot bo’lmasin, nechundir uni o’rganuvchilar soni u qadar ko’p emas. Shunday bo’lishiga qaramasdan aynan shu yerda joylashgan kutubxonaning topilishi va uni o’rganilishi natijasida misli ko’rilmagan darajada ulkan yangilikni kashf etilishiga olib keldi va o’z o’rnida aytish kerak, aynan shu yerda kutubxona, yozma manbalarning o’rni beqiyosligini yana biri bora o’z isbotini topgan.

1.2. Misr hududidagi ilk kutubxonalar – Tell-el Amarna va Aleksandriya kutubxonalari faoliyati va inqirozi sabablari
Qadimgi Misr deb Nil daryosining birinchi ostonasidan boshlab keng Nil deltasini hosil qilgan tor Nil vodiysiga (kengligi 1kmdan 20km. gacha) aytiladi. Tor Nil vodiysi Yuqori Misr, deltaning quyi qismidagi viloyat Quyi Misr deb atalgan. (“Yegipet” nomi yunoncha, Misr poytaxti Memfis misrcha “Xetkau-Ptax” yoki Xikupta “Xudo Ptaxning ruhi qal’asi” ma’nosini bildiradigan so’zdan kelib chiqqan). Misrliklar o’z mamlakatlarini Nil vodiysining haydalgan qora tuproqli yeriga qarab Kemet-“qora yer” deb ataganlar.43
Misr Afrika qit’asining shimoliy-sharqiy qismida joylashgan, Suvaysh bo’yni orqali Misr Old Osiyoning madaniy markazlari bilan bog’langan. Misr Nil daryosi orqali Tropik Afrika va O’rtayer dengiziga tutashgan.
Gerodot “Misr-Nilning sovg’asi”-deya ta’riflaydi.44 Chunki Nil daryosi Misr iqtisodiy hayotida yetakchi o’rin tutgan. Nilda har yili 19-iyunda toshqin ko’tarilgan. Bu toshqin sentabr o’rtalarigacha davom etgan. Noyabrda daryo o’z o’zaniga tushgan.




  1. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.15




  1. Murray S. A. The library: Alexandria. –New York: ”Skyhorse Publishing”, 2009. –P. 17

33
Misr madaniyati. Misr madaniyati to’rt ming yil davomida shakllandi.45 Misr arxivlari huquqiy, ish yuritish hujjatlaridan tashkil topgan. Eng qadimgi arxiv podsho Neferikara ibodatxonasida (V sulolasi mil. avv XXV-XXIV asrlar) topilgan.46
Qadimgi Misrdan boy adabiy meros yetib kelgan. Misr adabiyoti namunalaridan nasihatnoma va bashoratlar-“Axtoy nasihatnomasi”, “Amenemope nasihatnomasi”, “Ipuser so’zlari”, badiiy adabiyot namunalari-“So’zamol dehqon to’g’risidagi qissa”, “Sinuxet hikoyalari” va hokazolarni aytish mumkin. Ertaklar-“Ikki aka-uka to’g’risida”, “To’g’ri va egri” haqida, “Kemada halokatga uchraganlar” ertagi, “Unu Amonning Biblga sayohati” kabilar. Diniy ruhdagi asarlar-V-VIII sulola fir’avnlari piramidalari ichki devorlarida iyerogliflar bilan tasvirlangan yodgorliklar bo’lib, ular “Piramida matnlari” deb ataladi. Diniy yozuvlarlar O’rta podsholik davrida zodagonlarning yog’och sag’analarida bitilgan “Sarkofaglar matnlari”, qadimgi Misr diniy bosh kitobi hisoblangan “O’liklar kitobi”, Memfis ilohiyotshunoslik matnlaridan iborat. Tibbiyot, matematika papiruslari. Ebers katta papirusi va Edvin Smit papiruslari kabilar qadimgi Misrda ilmiy bilimlarni rivojlangani to’g’risida ma’lumot beradi.47
Aleksandriya kutubxonasi. Aleksandriya Saroy kutubxonasi qadimgi dunyodagi eng katta kutubxonalar ichida birinchilardan hisoblanadi. Bu kutubxona muzalar-9ta ma’budalar sharafiga bunyod ettirilgan.48 Misr O’rta yer dengizi qirg’og’ida joylashgan bo’lib, uning so’lim shaharlaridan biri Aleksandriya shahri edi va bu shahar o’zining yirik kutubxonasi va madaniyat markazi bilan mashhur bo’lgan. Kutubxona Buyuk Aleksandr Makedonskiy tomonidan tashkil etilgan, undan so’ng esa voris bo’lib (Ptolemey I Soter o’zini voris deb hisoblardi) Ptolemey I Soter kutubxonani boyitishga, saqlab qolishga harakat qildi. Bu buyuk dargoh Ptolomey sulolasi davrida gullab-yashnagan va o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqgan. Bu yer kutubxona bo’lsa ham aslida, juda ham katta ilmiy-



  1. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. –T.: “Tafakkur”, 2016. –B.12




  1. Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 17




  1. MacLeod, Roy. The Library of Alexandria: Center of Learning in the Ancient World. –New York: “University of Cambridge Press”,2005. –P. 17

  2. Erksine, Andrew. Culture and Power in Ptolemaic Egypt: The Museum and Library of Alexandria. – London:

”Oak Knoll Press”, 1995. –P. 38



34
tadqiqot markazi edi va uning bir qismi Aleksandriya muzeyi edi. Shu bilan birga, dunyoning eng mashhur mutafakkirlari to’plangan, o’zaro suhbatlar qilgan, ma’ruza xonalarida talabalarga ma’ruzalar o’qiganlar.49 Ha, edi… Kutubxonaning taqdiri ko’plab gumonlar ostida qolgan, ya’ni shunday mahobatli kutubxona qay yo’sinda yo’qlikka mahkum bo’lgani hamon sir bo’lib qolmoqda. Keling, yaxshisi, eng birinchi, kutubxona yo’qolishiga emas, uni qanday qilib shu qadar cho’qqiga chiqqani to’g’risida fikr yuritsak.
Buyuk Aleksandr vafotidan so’ng kutubxona qarovsiz qoldi, unga jonkuydiradigan o’sha vaqtlarda faqatgina Arastu bo’ldi, uning ko’plab yelib-yugurishlari natijasida kutubxona saqlanib qolindi, endigi vazifa to’plamlarni ko’paytirish, yig’ish edi, bu yo’lda unga shogirdi Dimitriy Falerus yaqindan yordam berdi.50 Boshqa bir manbada kutubxona tarixi haqida Rimda yashagan va o’sha yerda o’z faoliyatini olib borgan Tiberius Klavdiy Balbilusning (taxminan milodiy 79-yil) lotin yozuvida yozilgan “Aleksandriya kutubxonasi” nomli hisobotida yozib qoldirgan manbasi juda ham qadrli va muhim. Bu kitob afsonalarga qorishtirib yozilgan bo’lsa ham, ammo aslida, Misr hukmdoriga yaxshi ko’rinish uchun bitilgan asar hisoblanadi.
Aristesning xatidan ma’lum bo’lishicha, kutubxonani dastlab Aleksandr Makedonskiy barpo qilgan vafotidan so’ng taxminan, mil. avv 180-145-yillarda Faleron Dimitriy tomonidan kutubxona faoliyatini yuritgan. Undan keyin Ptolemey I Soter (taxm. mil. avv 323-283 ) hukmronligi ostida Arastu kutubxonaga bosh-qosh bo’ladi. Boshqa ayrim manbalarda Ptolemey I Soterning o’g’li Ptolemey II (mil. avv 283-246 ) davrida kutubxona o’z faoliyatini boshidan boshlagan degan fikr bor. Qirollik madaniyatini yuksaltirish uchun Ptolemey II Rodos va Afina shaharlarini mas’ul qilib qo’yadi, bu haqida Galen o’z asarlarida ham keltiradi, “o’zga mamlakatlardan olib kelingan kitoblarning bari portdagi kemalarga to’planardi, ularni olib kelib kutubxona ro’yxatidan o’tkazish Rodos va Afina shaharlariga Ptolemey II tomonidan topshirilgandi” degan yozuvlar mavjud.





  1. Staff Report. What happened to the great Library of Alexandria? Berlin: “The Straight Dope”, 2005. –P. 25




  1. Orosius, Paulus. The Seven Books of History Against the Pagans. –Washington: ”Catholic University of America”, 1964. –P. 22

35
Bir kuni Aleksandriyaga Ptolemey III keladi va kutubxona bilan yaqindan tanishadi hamda o’sha kuniyoq “Butun shahar ahli qo’lidagi jamiiyki kitoblarni, o’rog’liq qog’ozlarni, xullas, barcha yozuvlarni olib kelib kutubxonaga topshirishni, chiroyli yozishni bilgan xattotlat esa ularni tezlikda qaytadan yozib kitob javonlariga foydalanishga qo’yishni va yana bu ishga savdogar-u sayyohlarni ham jalb qilib ular har sayohatga, savdo-sotiq ishlariga borganda o’sha joylarning ham qo’lyozmalaridan, kitoblaridan olib kelib topshirish” bo’yicha farmoyish beradi. Chindan bu tadbir kutubxona fondiga juda ham katta foyda keltiradi. Endilikda javonlar to’lib kitoblarni qo’ygani joy topilmay qoladi. Shunda xalq Serapis ibodatxonasidagi ulkan zalga qolgan kitoblarni joylash to’g’risida imperatorga iltimos bilan chiqadilar, ularning so’zlari inobatga olinadi. (Bu ibodatxona iloh Serapis sharafiga bunyod etilgan edi). Serapisdagi kutubxona “Qizim” deb atalardi. U yerdagi kitoblar asosan, papirus kitoblar edi.51 Boshqa manbaalarda esa, mil. avv 300-yilda kutubxonaning asosiy fondi papiruslarga, pergament qog’ozlarga yozilgan,”52 deb keltiriladi. Hozirgi kungacha kutubxonada qancha kitob jamlangani noma’lum lekin tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko’ra hamda kutubxona joylashgan joyning hajmini o’rganilgandan va u haqidagi turli-tuman manbalarni ko’rib chiqgandan so’ng shu xulosaga kelishganki, kutubxonada 40.000 bilan 400.000 orasida kitoblar saqlandan bo’lishi kerak.53 Yana boshqa ma’lumotlarda Qirol Ptolemey II Filadelfus (mil. avv 309-246) davrida kutubxonadagi to’plamlar 500,000 o’rog’liq pergament qog’ozga yetgani ham manbaalarda bor, undan tashqari, 200.000 kitoblarni Mark Antoniy Kleopatraga to’y sovg’asi qilib bergan, shu uchun ayrim tarixchilar kutubxona to’plami 200.000 dan iborat degan xulosaga ham kelganlar. Ayrim tadqiqotchilar esa, noma’lum yoki kutubxona kitoblari behisob deb jar soladilar. Lekin Galen Aleksandriyaga kelganda kemadan tushiboq kutubxonaga shoshganligini afsonaviy kutubxonani o’z ko’zi bilan ko’rish uchun qushday uchib kelganini va kitoblarni o’zi ro’yxatga olib sarhisob qilishga tushib ketganini va nixoyat, kitoblarning





  1. Parsons, Edward. The Alexandrian Library. –London: “History Magazine”, 1952. –P. 52




  1. David Hart. The Myth of the Great Library. – Mexico: “Mehico history publishing”, 1999.–P. 11




  1. Krasner–Khait, Barbara. Survivor: The History of the Library. –London: ”History Magazine”, 2012. –P. 6

36
hajmi 500.000 dan ham ortiq ekanligini o’z kundaligiga qayd etib o’tgan”, deyiladi.
Kutubxonaning qurilish loyihasining rejalari aniqligi manbaalardan ma’lum, yunoncha ustunlar qo’yib tiklangan ulkan kutubxonaning joylashgan xonalari quyidagicha bo’lishi kerak edi va shunday ham bo’ldi- uchrashuv xonalari, mehmon xonalar, bir nechta ma’ruza zallari, ommaviy ovqatlanish va kichikroq, bir-ikki kishi ovqatlanadigan xonalari dam olish xonalari bo’lgan, tashqarida esa xushmanzara bog’ bo’lgan, kutubxondan chiqqanda o’ng tomonda kutubxona olimlari, tadqiqodchilarining yotoqxonalari joylashgan va alohida bir bo’lim bo’lib, bu yer zamonaviy til bilan aytganda, hujjatlarni kataloglashtirish bo’limi edi, uning biqinida esa, o’sha yumush bilan shug’ullanuvchi hodimlarning alohida ovqatlanish bo’limi joylashgandi. Yana kutubxonaning asosiy bo’limiga qaytsak, kutubxona bo’limlarga ajratilgan bo’lib, birinchi zal “A” zal deb nomlangan va tepa qismiga “Shirin jon davolash bo’limi” deb o’yib yozib qo’yilgandi. Har bir bo’limdagi kitoblar tartib bilan javonlarga terib chiqilar va doimoiy nazorat qilib, ro’yxatga olib borilardi. Hech bir bo’limdagi kitoblar bir-biriga qo’shilib ketmagan, misol, klassik mutafakkirlarning matematika, astronomiya, fizika, geometriya, muhandislik, geografiya, fiziologiya va tibbiyot fanlariga doir kitoblari alohida javonlarga joylangan.54 Bu maskanning nomi kutubxona ediyu qiladigan ishlari esa… Kutubxonaning o’zida joylashgan Aleksandriya muzeyida ham ulkan tadqiqot ishlari olib borilardi, masalan, hayvonlarni, o’simliklarni o’rganish uchun maxsus bino qurilgan va qiziqqan har qanday tadqiqotchi amaliyot o’tashlari mumkin edi. Yana muzeyda Yevklid, Arximed, Eratoszenes, Herophilus, Erasistratus, Gipparx, Adesiya, Toj, Zeon va Samos Aristarxlarning ixtirolari ko’rgazma uchun chiroyli qilib bezatilib qo’yilgan edi.
Karlton Velch Aleksandriya kutubxonasini tashqi qiyofasini quyidagicha tasvirlaydi: “Bu dargoh juda ham biz uchun muqaddas bo’lib uning ko’rinishi quyidagicha, marmar bilan qoplangan juda ham mahobatli ustunlar, ustunlarning



  1. Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism. –New York: “University of Cambridge Press”, 1999. –P. 117

37
har biri turlicha ranglarda jilolanar va kutubxonaga kirish qismining eng yuqori qismiga mix bilan mahkamlab, oltin suvi bilan bizning rahnamoyimiz Ptolomeyning so’zlari bitib qo’yilgan. Kutubxona muzeyga qo’shni va yoki ikkalasi bir joyda joylashgan deyishimiz mumkin. Aleksandriya kutubxonasi kutubxonalarning “Ona”sidir.55
Bu yer keng devorlar, keng zallar bilan qoplangan 10ta ulkan zaldan tashkil topgan bo’lib, Gretsiya xalqining eng buyuk daholari tomonidan yozib qoldirilgan hikmatlar, buyuk kitoblar, qo’lyozmalar kutubxonaning asosiy fondidir. Yana bu maskanda jiddiy tadqiqotlar bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan kimki bo’lsa, u talaba bo’ladimi, oddiy fuqoro yoxud olimmi, bari uchun imkoniyat bor va kichik xona aynan tadqiqotchilar uchun mo’ljallangan xona edi”. Mana shu keltirilgan so’zlar o’z isbotini topdi – 2004-yilda Polsha-Misr tadqiqotchilari birlashib Bruchion viloyatida qazishma ishlarini olib bordi va kutubxonaning ma’lum bir qismini bor ekanligi haqidagi dalillarni-13ta ma’ruza zallarni markaziy qismini, ustunlarning qoldiqlarini topishdi. Ma’lum bo’lishicha topilgan “ma’ruza xona”larining har biriga 5000 talaba sig’gan.56
Kutubxonaning mashhur bo’lib ketishi haqida qanchalik ko’p ma’lumot bo’lsa, Yer yuzidan yo’q bo’lib ketishi xususida shu qadar oz, turli-tuman afsonalar, yolg’onlardan tortib tuxmatlargacha ma’lumotlar bor. Faqat shu ma’lumki, kutubxona johil insonlar tomonidan vayronaga aylantirilgan. Shunisi qiziqki, kutubxona yo’qolishiga doir o’sha zamonda yashagan ko’plab olimlarni bilamiz va har qaysisining qaysidir ma’noda bizning zamonamizga qadar kitoblari, qo’lyozmalari yetib kelgan, biz ularni o’rganib ham chiqdik biroq olimlarning xulosalari bir-birinikidan farq qilishiga guvoh bo’ldik. Mana ularning fikrlaridan ba’zi bir jumlasini sizlarning e’tiboringizga ham havola etamiz:
1.Seneka (mil. 49) u buyuk kutubxona haqida birinchi yozuvchilardan edi, uning yozishicha, (u kutubxonaning yo’qolganiga qariyb 100 yil bo’lganda topilgan manbaadir) 40,000 kitoblar yoqib yuborilgan edi, deydi. Lutsius Anneus




  1. David C. The Great Library of Alexandria. Lindberg: “University of Chicago Press”, 1980. –P. 5




  1. Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”,1928. –P. 14

38
Seneka faylasuf, shoir, yozuvchi, davlat arbobi, Rim stoisizmining eng ko’zga ko’ringan vakili. Imperator Neronning o’qituvchisi edi.Uning laqabi "Yosh Seneka" edi biroq, ko’p hollarda bu shunchaki, Seneka deyilar va "Seneka" sifatida tanilgandi.
2.Plutarx (taxm. 117) olov katta kutubxonaning vayron bo’lishiga asosiy “sababchidir” deya o’z fikrini bildirgan.
3.Aulus Gellius (mil. 123-169) Aleksandriya durdonalarini so’nggi vaqtlarda qoplarga solinib olib chiqildi, Quyoshda 700.000 hajmdagi barcha o’rog’liq hujjatlar qoldirildi, ularga putur yetdi va olovga sabab bo’ldi, natijada kutubxona kultepaga aylandi, deydi.
4.Dio Kassius (155-235) g’animlar tomonidan donlar-bug’doylar kitoblarning ichiga omborxonalar orqali olib kirildi va yoqib yuborildi, deydi.
5.Ammianus Marcellinus (mil. 390) Aleksandriya shahrining marvaridi bo’lmish kutubxonaning 70,000 hajmdagi o’rog’liq qo’lyozmalari, 40.000 hajmdagi noyob kitoblari yoqib yo’q qilindi, buni kim qilganini biz hali-hamon aniqlayolmadik, zero, bu qilmishi uchun ilohlar u kishini tinch qo’ymas, deydi.
6.Orosius (taxm. 415) yozuvchi, bir o’zi tanxolikda yashagan, u Ammianus Marcellinusning so’zlarini tasdiqlaydi va qo’shimcha qilib “bu so’zlarni Seneka ham tasdiqlaydi, deydi.
Kutubxona yong’indan yo’q bo’lganligiga biz u qadar ko’p ishonch bildirmadik, (to’g’ri manbalar shundan dalolat beryapti lekin baribir biz qaytadan tadqiqot o’tkazib ko’rishga qaror qildik, zamonaviy arxeologik qurilmalarni ishga soldik va nixoyat, shahar markazida ulkan suv ombori bo’lganini aniqladik, u kutubxonadan unchalik uzoqda ham joylashmagandi. Shu uchun biz suv ombori toshqini vayronaga sabab bo’lgan degan fikrga keldik.
Kutubxonadagi chet ellik olim-u fuzalolar juda ko’p yillar davomida farovon hayot kechirdilar, qachonki, milodiy 145-yil Ptolomey VIII kelib ularning barini nafaqat kutubxonadan, balki, shahardan ham quvib solguncha. Ayrim tarixchilar milodiy III asrdagi fuqorolik urushlari davrida kutubxona vayron bo’lgan deydilar, lekin kutubxona ham, muzey ham IV asrda omon bo’lganligi haqidagi isbotlar

39
mavjud. Yana ayrim tarixchilar VII asrda xalifa Umar Aleksandriya shahrini ishg’ol qilganda, kutubxonani ham vayron qiladi, u ham yetmaganday qolgan o’rog’liq “qog’ozlar”ni hammomlarga yoqishni buyuradi va uni nazorat qilish uchun maxsus bir kishini ham tayinlaydi, sababini so’rashganda, Xalifa Umar “g’ayridinlar kitobida yaxshi ma’lumotlar bo’lmaydi”, degan izohni bergan degan da’voni o’zlariga mayoq qilib olganlar. Aslida esa, nasroniy va musulmonlar o’rtasida nizo keltirib chiqarmoqchi bo’ladilar, Xalifa Umarni kutubxonaning yoqishga buyurgani haqida aytarli hech qanday ishonchli manba yo’q.57 Bunga yana bir dalil qilib Amir ibn al-Os tomonidan yozib qoldirilgan xabarni keltirish mumkin, Milodiy 639-yili xalifa Umar Aleksandriya shahrini bosib oladi, urush tugagach xalifa kutubxonadagi kitoblar “Qur’oni Karimga mos kelsa qoldirilsin, aks holda, yondirilsin” deya farmon bergan deb manba qoldirilgan. Bu xat XIII asrda Yahyo al-Naxshi tomonidan qayta ko’chirib yozib juda uzoq muddat saqlangan va bizning zamonamizga qadar yetib kelgan, lekin xat ko’plab olimlar tomonidan chuqur o’rganildi va aniq bo’ldiki, bu xabar mutlaqo ishonchsiz manba.58


Milodiy IV asrda butparast tarixchi Ammianus va Orosiuslar halokatga Yuliy Sezar aybdor deb esdaliklarida yozadi; nasroniy dinida bo’lgan Florus va Lukalar esa, Sezar “Yuliy portdan turib zambaraklardan shaharga olovlarni otdi, buning natijasida dengizga yaqin uylar va bizning sevimli parkimiz zarar ko’rdi” deb yozadilar.59 Yuliy Sezarni kutubxonani vayron bo’lishida asosiy aybdor sanaydilar ammo kutubxona Yuliy Sezardan keyin ham mavjud bo’lgani haqida quyidagi dalillarni keltiramiz.
Yuliy Sezardan keyin buyuk Aleksandriya kutubxonasining mavjudligi haqidagi dalillar. Aleksandriya muzeyi ham, kutubxona ham milodiy 400-yilgacha mavjud bo’lgan. Muzeyi va kutubxonasi, ayrim manbalarda bir-biridan alohida qilib alohida tilga olinsa, aksar manbalarda ularning nomi bir aytiladi. Undan tashqari, Serapis ibodatxonasidagi kutubxona filiali bo’lgan “Qizim”



  1. Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism. –New York: “University of Cambridge Press”, 1999. –P. 118




  1. Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.–P. 18




  1. David C. The Great Library of Alexandria. –Lindberg: “University of Chicago Press”,1980. –P. 6

40
kutubxonasida ham ko’pchilik olimlar aytib o’tganchalik u darajada ko’p kitoblar bo’lmaganini Senekani asarlaridan ham bilib olamiz. Bu kutubxonasida kitoblar umumiy hajmi ancha kichikroq Seneka tomonidan berilgan qator bilan mos keladi. Bizga qadar Yuliy Sezarning “aybi” esa asosan, o’rta asr diniy olimlari tomonidan yozib qoldirilgan manbalardir va shuning o’zi ham Yuliy Sezarni oqlashga asosiy dalil bo’lib xizmat qiladi. Va ammo shuni ham aytish kerak, chindan ham Yuliy Sezar Akeksandriya shahriga Pompeyning ortidan kelgan paytda portda joylashgan buyuk kutubxonaning kichik filialchasi bo’lgan kutubxonani tag-tugi bilan portlatib yuborgani ayni haqiqat va bu haqida Sezarning o’z tarixchilari ham yozib o’tganlar, ammo bu butun kutubxonani yoqib yubordi deyishga hech qanday asos bo’laolmaydi. O’rta asr “ulamolari” bu manbalarni ataylab kiritgan bo’lishlari ehtimoldan holi emas.60
Yana bir aniq dalil, Yuliy Sezar vafotidan so’ng, Plutarx-(Plutarchos) (taxminan 46, Xeroneya, Beotiya–taxminan 127)–qadimgi yunon tarixchisi, faylasuf va yozuvchisi, o’zining "Qiyosiy hayotnomalar" nomli asarini yozadi va unda Mark Antoniy suyuklisi Kleopatraga buyuk kutubxonaning bor ziynatlari bilan birga sovg’a qilganligini yozib qoldiradi. Shu bilan birga Antoniy Kleopatraga kutubxonani sovg’a qilarkan, “albatta mashhurlikda Aleksandriya kutubxonasidan kam bo’lmagan Pergament kutubxonasini ham sovg’a qilishini” aytib va’da beradi. Bu va’dani berganini nafaqat, Plutarx kitobida, balki, o’sha zamonda yashab ijod qilgan Kalvisusning esdaliklaridan va yozuvchi Egert Pishllmanning “Xotira” daftarlarida ham keltirilgan, albatta, ularning har biri , Antoniyning bu qaroriga o’ta darajadagi ulkan hayrat bilan qaraganlarini ham yashirib o’tirmaganlar.61
Kutubxona faoliyati davom etganini XX asrda topilgan Tiberius Klavdiy Balbillus (taxm. milodiy 56-yilda) tomonidan bitilgan qo’yozmalar topildi. Uning yozuvlari “Kutubxonashunoslikda qo’llanma” jurnalida 1955-yilda Georg Leyh tomonidan tarjima qilinib nashrdan chiqarildi. Ana shu keltirilgan maqolada ham





  1. Whibley, Leonard; A Companion to Greek Studies. New Zeland: “New Zeland Publishing”, 1916. –P. 122–123




  1. Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000.– P. 66

41
kutubxonaning faoliyati haqida jumlalar keltirilgani so’zimiz isbotidir: “Bas, Aleksandriya mening vatanim edi va o’sha yerda o’lmoq sharaf men uchun! Shu jumladan, butun dunyoni hayratiga sazovor bo’lgan buyuk Aleksandriya kutubxonasi ham o’sha yerdadir va o’z ishini juda ham mohirlik bilan davom ettirmoqdaki, bu farovonlik uni toabad tark etmagay”.62
Zeofilus tomonidan Majusiylar ibodatxonasini vayron qilinishi. IV asrning oxirida, nasroniylar mushriklarga bo’lgan ta’qibini yanada jadallashtirib yangi bosqichga olib chiqdilar. Rim imperiyasida 391-yili imperator Zeodosius tomonidan Aleksandriya shahri yepiskopi Zeofilusga butparastlarning ibodatxonalarini va haykallarini-yu haykalchalarini vayron qilishga, majusiylarning katta-yu kichigini birday jazoga tortishni, qo’liga kishan solib, oyog’ini yerga tekkizmay keltirishga buyruq beradi. Zeofilus farmonni bajaradi va ko’plab majusiylarning qonlari daryo bo’lib oqdi, bu oraliqda hech bir ko’ngilochar, dam olish maskanlari, jumladan, muzey, kutubxonalar ham faoliyat olib bormadilar. Bu haqida Suqrot Sxolastikus Aleksandriyadagi ibodatxonalar qirg’inlari haqida quyidaglarni yozib qoldirgan: “Aleksandriya yepiskopi imperator buyrug’i asosida butparastlarning ibodatxonalari, haykallarini barini yo’q qildi. Zeofilus juda katta nafrat va o’shanday shijoat bilan ularni batamom qirishga zo’r berdi. Va chindan buni qoyilmaqom tarzda uddaladi”.63 "Shunday qilib, Aleksandriya hokimi ham yepiskopga yordam berdi va janglardan birida halok bo’ldi. Oradan ko’p o’tmay uning o’rniga boshqa hokim tayinlandi. Majusiylar o’ldirilgach ularning mol-mulki Zeofilus tomonidan muhtojlarga tarqatildi, qimmatbaho, juda ham chiroyli qilib ishlangan suratli idishkari esa Chekov bezagi, yoki o’sha yerda ishlatilishi maqsadida tashib ketildi”. “So’ngra, dinsizlarning qolgan-qutgan barcha buyumlari o’rtaga-shahar markaziga to’plandi va yoqib yubprilishga Zeofilus tomonidan buyurildi, undan oldin Zeofilus “kelajak avlod ko’rib qo’ysin, hammangiz ko’ring, bizga kofirlar kerak emas, kimki, shu


62 Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge Press”, 2001. –P. 112

  1. Cherf, William J. Earth Wind and Fire: The Alexandrian Fire–storm of 48 B.C. –Leiden: ”BRILL”, 2008. –P. 70

42
yo’lni tanlasa ularning kuni boshiga tushishi muqarrar, unutmang, bizga bundaylar kerak emas!!!”.64
Hozirgacha hech kim Serapis ibodatxonasida qancha miqdorda kitoblar bo’lgani haqida ma’lumot qoldirmagan, faqat “Qizim” kutubxonasi Zeofilus qirg’ini natijasida majusiylar tomonidan yo’q qilishga uringani va ko’p qismini o’g’irlab yoqib yuborganlari ma’lum, xolos.65

Dunyoda hech narsa o’z-o’zidan bor ham, yo’q ham bo’lmaydi. Biz hech birimiz Aleksandriya kutubxonasini o’z ko’zimiz bilan ko’rmaganmiz, faoliyat olib bormaganmiz, u yerdagi asl jarayon qanday kechganligini ham bilmaymiz, faqatgina, bizdan oldingi tadqiqotchilar kabi o’z taxminlarimizni beramiz va shu qarashlarimiz to’g’ri deb umid qilamiz. Buyuk kutubxona ham o’z-o’zidan g’oyib bo’lmagan, shu o’rinda yana bir gapni aytsak, kutubxona yangi kitoblarni xarid qilolmagani, xizmat ko’rsatish anchagina sustlashgani, fuqorolar urushlari, xalqning dunyoviy bilimlarga qiziqishlari deyarli so’nganligi, izlanish, o’qishni istamay qo’yganliklari, hukumat tomonidan ham moliyaviy ta’minlashning kechikishi, stipendiyalarni o’z vaqdida yetkazib berilmasligi, oxir-oqibat, mutlaqo, stipendiya berish bekor qilinganligi va yana bizlarga ma’lum bo’lmagan ko’plab ichki sabablar orqali ham kutubxona tanazzulga yuz tutgan bo’lsa, ehtimol.66


Kutubxona vayron bo’lgan bo’lsa-da, uning merosxorlari bor edi-Konstantinopol Imperial kutubxonasi, Gondishapur akademiyasi va Hikmada uning hujjatlaridan tuzilgan kutubxonalar barpo etildi, ular ko’p yillar faoliyat olib bordi.67
Buyuk Aleksandriya kutubxonasi, bu kutubxona hozirgi zamonaviy kutubxonalarimizning ishlash jarayoniga o’zining tuganmas tajribalarini qoldirib ketgan “Qariya kutubxona” hisoblanadi, kutubxona yo’qlikka singgan deb o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda biz u haqida bilaolarmidik, to’g’ri uning qay ko’rinishda bo’lgaligi haqida



  1. Canfora, Luciano. The Vanished Library. –California: ”University of California Press”, 1990. –P. 25




  1. Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance. –London: “The British Library”, 2000. – P. 67

66 Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. –New York: “Skyhorse Publishing”, 1928. –P. 14

  1. Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge Press”, 2001. –P. 114

43
faqatgina olimlarning yozma adabiyotlaridangina bilib olamiz, biroq ana shuning o’ziyoq zamonamizning kutubxonalari uchun tamal toshi emasmi?! Yana bir narsani aytish joiz, bilamizki, kutubxona bu ilm tarqatadigan ziyo maskani, u yerda yomonlik, hasad urug’lari bo’lishi mumkin emas, vaholanki, shunday kutubxonada faoliyat olib boayotgan ayrim mutasaddilar va hatto olimlar antik davrdagi mashhurlik bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan Pergamon kutubxonasining rivojlanib ketayotganidan xavfsirab papirus eksportini to’xtatib qo’yadilar (aslida bu ishlari bilan Pergamon kutubxonasiga naqadar katta yordam berganliklarini o’sha paytda anglamasalar-da), balki shu uchun ham kutubxona uzlatga yo’l olgandir va bu ham biz insoniyatga bir ibrat deyish mumkin, ya’ni baxilning bog’i ko’karmas.
Tell-el Amarna kutubxonasi. Eng boy arxivlardan biri Ahetaton shahri (El-Amarna)ni qazishda topilgan bo’lib, bu arxivda 350 hujjat mavjud.68
Amarna yozuvi mil. avv XIV asrda Yaqin Sharq va Qadimgi Misr hukmdorlari o’rtasidagi yozishmalari bilan to’ldirilgan bir kutubxona edi.69 El-Amarna kutubxonasi Nil daryosidan 190 chaqirim (304km) uzoqlikda sharqiy qismida joylashgan. Amarna kutubxonasi Misr poytaxti Ahetatonda, taxminan, 15 yil davomida qurilgan. Ilk marta bu taxtachalarni 1887-yili bir dehqon yigit (ayrim manbalarda dehqon ayol ham deyiladi) topib oladi (biroq uning topgani kashfiyot hisoblanmaydi va deyarli hech yerda u haqida gapirilmaydi). Shu yilning o’zidan bu yerda tadqiqotlar boshlandi va 1189-92, 1912-14, 1921-22, 1926-36-yillar oralig’ida qattiq o’rganildi va 355ta xat topildi. Bittagina Xet podshosi bilan tuzilgan sulh shatnomasi yozuvi akkad tilida bitilgan, “EA 32”, qolganlari amarna yozuvida muhrlangan. “EA 9” taxtachada Tutanxamon III ni poytaxtdan ketayotgani bitilgan.70
Bu kutubxona fir’avn Ahenaton buyrug’iga Ahehaton shahrida (hozirda Misrning el-Amarna shahri deb yuritiladi) binoan tashkil etilgan.71 Aslida bu



  1. Murray S. A. The library: An illustrated history. –New York: “Skyhorse Publishing”, 2009. –P. 16




  1. Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. –New York: ”University of Cambridge

Press”, 2001. –P. 115



  1. David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 125




  1. Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 47

44
kutubxona diplomatik aloqalarni tuzib chiqish uchun tuzilgan, dastlab Mesopotamiya, Suriyadagi diplomatik aloqalardan namuna oladilar, u yerning diplomatlarini keltirib ish o’rganadilar. Keyinchalik o’zlarining diplomatik mexanizmlarni ishlab chiqadilar.
Davlatlar o’rtasidagi aloqaning oddiy shakli allaqachon mavjud bo’lsa-da, biroq birinchi marta Buyuk davlatlar (Bobil, Xett, Misr, Mitanni, Ossuriya) o’rtasida tenglik shartlarini shakllantirish, Yaqin Sharq bo’ylab munosabatlarni kengaytirish “Amarna diplomatik tizimi”dagi yo’l-yo’riqlar asosida bo’ldi. “Amarna tizimi” qadimgi dunyoda 2 asr davomida amal qilindi. Unda shohlarga nisbatan kuch-qudrat, imtiyoz, mas’uliyat haqida tushunchalar bor edi.72
Loytaxtachalardagi yozuvlar aksarisi Misrning XVIII sulolasi hukmdorlari Amenxotep III, Ahenaton Smenhar, Tutanhamon davriga oid.73 Taxtachalarga mixxat yozuvida yozilgan bo’lib, Amenxotep III va Ahenaton (Amenxotep IV) hukmronligi davrida Qadimgi Misr fir’avni va shohlari, vassallari o’rtasidagi yozishmalar kutubxonadagi asosiy manbaalar hisoblanadi, bir so’z bilan aytganda, asosan, Amarna kutubxonasi diplomatik yozishmalar uchun bunyod qilingan. Undan tashqari, Qadimgi Misr xudolari haqidagi hujjatlar ham mavjud.74
Koen va Vestbruklar Amarna taxtachalarini birinchi marta diplomatik tizimda ekanligini o’rganganlar va hozirgi davlatlar, ularning rahbarlari ham bu tizimdan o’z ish faoliyatlari davomida o’rganishlari kerak degan xulosaga kelganlar.75
1907-yili J. A. Kunudtzon el-Amarna yozuvi xronologik va geografik tomonidan o’rganishga kirishdi. Tadqiqotchilar 382 ta taxtacha qazib olgan bo’lsa-da, 24 tasi juda yaroqsiz holatga bo’lganligi uchun olimlar 358 tasini hisobga oladilar va 24 tani “EA 80-82” shifri bilan saqlaydilar.76 1970-yili Anson F. Rainey ham el-Amarna yozuvlarini o’rgandi.77

Yozishmalarni Jan Nougayrol 2 guruhga ajratdi:




  1. David, Rosalie. Handbook to Life in Ancient Egypt.–London: “Facts on File”, 1998. –P. 74




  1. Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna. –London: “EES”, 1903–1908 .–P. 1–6




  1. Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 15




  1. Grundon, Imogen. The Rash Adventurer, A Life of John Pendlebury. –London: “Library”, 2007. –P. 25




  1. Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 69




  1. Kemp, Barry. The City of Akhenaten and Nefertiti. Amarna and its People. –London: “Thames and Hudson”, 2012. –P. 39

45


  1. Sulh, sovg’a-salomlar haqidagi yozishmalar;




  1. So’rovnomalar, iltimosnomalar, talabnomalar, buyruqlar.78

Kitobchalarni boshqa bir tadqiqotchi ham ikki guruhga bo’linadi:




  1. Fir’avn va Bobil, Ossuriya, Mitanni, Alashiya (Kipr), Arzava, Xet podshlari o’rtasidagi yozishmalar;




  1. Misr va vassal davlatlariga yuborgan talablari, kichik ixtilof, qo’zg’olonlar va vassal davlatlarning (Suriya, Falastin) Misrdan yordam so’rab (asosan, pul,

qo’shin) yuborgan maktublari, shuningdek, shikoyat, iltimosnomalardan iborat bo’lim.79


Hozirga qadar juda ham ko’plab izlanish, tadqiqotlar olib borib Amarna sirlari ochilgan lekin 32 ta taxtachdagi yozuv hozirgacha tahlil qilib o’rganilmagan, bular, Xudolar afsonalari va dostonlari haqidagi “EA 356-39”, “EA 348, 350, 379”, leksik matnlar “EA 351-54, 373”, turli mavzular “EA 374”, Bobil estaliklari “EA 368”larni keltirish mumkin.80
Xalqaro yozishmalar. Xalqaro yozishmalardagi mixxat taxtachlarda, asosan, bir-biri bilan almashgan shaharlari, tuzilish jarayonlari haqida edi.


  1. Mustaqil podshohliklar: Arzava “EA 31-32” va Alashiya “EA 33-40”lar

bilan tuzilgan shatnomalar. Unda Arzava Onado’lu janubiy sohilida joylashganligi haqida ma’lumot bor. Yana Misr bilan tuzilgan ittifoq diplomatik nikoh orqali bo’lganligi yozilgan. Alashiyadan (Kipr) esa mis manbai bo’lganli uchun mis keltirish sulhi bitilgan yozuv mavjud.




  1. Buyuklar vakolatlari: Ular saltanatlarini teng va o’zlarini ham mavqelarini teng deb e’tirof etardilar, “biz qardoshmiz” deyardilar biroq ularning ichida baribir

Misr ustuni edi, buni boshqa hukmdorlar ham aytardilar, masalan, Mitanni buyuk shohi Tushratta “Men Misr shohi, akam, Naphureyyani juda ham yaxshi ko’raman, bilamanki, u ham meni juda sevadi va U mening kuyovim hamdir. Bilamanki, u yaxshi bo’lsa bizga yaxshi bo’ladi, qizim Tadu-Hiba, sen uni jufti-halolisan, u





  1. Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna.– London: “EES”, 1974. –P. 123




  1. Moran, William L. The Amarna Letters. –Cambridge: “Johns Hopkins University Press”, 1992. –P. 92




  1. Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 82

46
bolalaringni otasi, amaldor, jangchi, uni sira rajitma, uning ahvoli tang bo’lsa sen, men, butun shaharga yomon, uni ehtiyot qil.
Ayolim Tiye, sen ham uni yaxshi ko’r va e’zozla, uni qadrla va duo qil” deb yozilgan “EA 27” taxtachasida.81
Vassal davlatlari bilan yozishmalar. Tutmos III davrida Misr armiyasi Kannon armiyasini tuzish uchun Frotga ketadi. Bu hududlar Misr vassallariga aylandilar, bu haqida Amurru “EA60-67, 156-71”, Biblos “EA 68-138, 362, 139-40”, Damashq “EA 194-97”, Qadesh “EA 189-190” yozuvlarida ma’lumotlar berilgan.
Bu bitiklarda “hazratlariga”, yoki “mening Quyoshim” deb boshlanadi, mana ulardan biri: “Bizning Quyoshimizga ayting, yozayapti Rib-Hadda qullari! Men hazratlariga 7 marta va 7 vaqt oyoqlariga yiqilaman” “EA 85”.82 Amarna xatlari bugun. Yuqorida ta’kidlanganidek, 382 ta taxtacha topilgan va ularni Vorderasiatisches muzeyi (Berlin), Britaniya muzeyi (London), Luvr (Parij) va Misr muzeyi (Qohira) kabi muzeylarda ko’rish mumkin.83
1992-yili ilk bor Villiam Moran amarna yozuvidagi 350ta yozuvni ingliz tiliga tarjima qildi.84 Uni o’rganish ta’qiqlanmagan, har kim borib o’rganishi mumkin. 2014-yili yangi tahrirda el-Amarna maktublarini tarjima qilib bir kitob holida Anson F. Rainey nashrdan chiqardi.85

Amarna yozuvlari loytaxtachalarga bitilgan bo’lib, Ahenaton shahrining Ahehaton (Amarna) manzilgohida joylashgan va 1887-yilda kashf etilgan. U yerdan 382 ta sopol taxtachalar qazib olib ro’yxatga olingan, ammo tadqiqodchilar undan ham ko’p bo’lishi mumkin ammo qolganlari yo’q bo’lib ketgan bo’lishi kerak, deb fikr bildiradilar.


El-Amarna kutubxonasi taxtachalari mazmuni. Xet ustidan qozonilgan g’alaba “EA.17”, Ossuriya kuch-qudrati haqida “EA.9, 31-35”, Misr sudi, undagi ayrim jarayonlar “EA.15-16” raqam ostida saqlanadi.



  1. Waterson, Barbara. Amarna: Ancient Egypt’s Age of Revolution. –New York: ”Ancient”, 1999. –P. 73 82Martin G. T. The Royal Tomb at el–’Amarna. –London: “EES”, 1974. –P. 125




  1. David. Amarna. –London: “Archaeology”, 1998. –P. 126




  1. de Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna.–London: “EES”, 1903–1908. –P. 1–6




  1. Eyma, Aayko. A Delta–Man in Yebu. –New York: ”Universal–Publishers”, 2003. –P. 17

47
“EA.11” da Ahenxaton haqida quyidagilar bayon etilgan: “Aton-bu Ahenhaton, u Ufq, bizning UFQimizdir! U bir hashamatli arava erta tongda xursandchilik uchun yo’lga tushdi, u bir go’zalni oldiga ketayotgan edi. Shubhasiz, u baxtini topadi. Uni kuzatib qolgan yer, osmon, qushlar, odamlar shod edilar. Yana ushbu kun bizning Ufq Xudo Aten sharafiga ulkan qurbonliklar ham keltirdi. Qurbonlikda ayoli va to’ng’ich qizi u bilan birga quvonchda edilar. Bilamizki, bu qurbonlik bilan u Xudolarga juda xush yoqqan”.86
“EA.68” taxtacha. Bobil podshosi va fir’avn o’rtasidagi jangda Misr go’lib bo’ladi va Sumur shahrini egallaydi va Bobil podshohini ogohlantiradi: “Bobil hukmdori bo’lgan kishi, endi sen mening, buyuk fir’avnning ixtiyoridasan va buyuramanki, 1 kunda 7-10 bora menga 7 vaqt sajda qil va meni ulug’la, hukmdoring deb qabul qilib farmonimni bajar. Men sen bilan 12-18 bor qayta olishdim va ko’plab talofat ko’rdim, sen va xalqing (endi meniki bo’lgan qul) shu yo’qotishni tiklaysizlar”. 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.87

“EA.76” matni-Fir’avn tomonidan ogohlantirilgandan so’ng, Bobil hukmdori unga javob xatini yozadi va itoatini izhor qiladi: “Qiblagohim, mening podshohim, Misr hukmdori bo’lmish olampanoh! Men qulingiz 7 vaqt 7 bora sizga sajda qilaman va buyurilgan o’lponni, zararni to’laligicha to’lashga rozilik bildirib, bir narsa o’tinaman, urushlardan endi sizning xalqingiz bo’lgan ibroniylar juda holdan toygan, pullari qolmagan, shu maqsadda tovonni biroz keying susak deb o’tinaman”, 1992-yili V.L.Moran tarjimasi.88


Antik dunyo kutubxonalari oz bo’lmagan va asosan, saroylarda shahanshohlar, fir’avnlar tomonidan tashkil qilingan bo’lsa, shaharlarda boy zodagonlar arxiv-kutubxonalarni tashkil etganlar, tan olib aytish mumkinki, ularning ayrimlari, kutubxonaga ehtiyojmand bo’lganligidan emas, balki, o’sha zamonda qaysiki, saroyni, podshohlikning va yoki shahar zodagonining kutubxonasi bo’lsa, uning kata-kichikligiga, kitoblar soniga qarab turib nufuzi belgilangan va kutubxonani boyitish ham shu maqsadlarga yo’naltirilgan edi.





  1. Hess, Richard S. Amarna Personal Names. –Oxford: “Oxford University Press”, 1996. –P. 70




  1. Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. –London: “Thames and Hudson”, 1988. –P. 49




  1. Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. –Italy: ”Italy Publish”, 1984. –P. 85

48
Ammo Tel el-Amarna kutubxonasi nufuz uchun emas, balki, muhim davlat ishi, diplomatik aloqalarni ishlab chiqish uchun qurilgan kutubxona ekanligi bilan diqqatga sazovor. Aynan shu kutubxona dunyo tarixidagi ilk diplomatik aloqalarni ishlab chiqish dargohi deyish mumkin va bu yerda juda ham muhim ishlar amalga oshirilgani bizga qadar yetib kelgan matnlardan ham ma’lum.

49


  1. BOB. G’ARB DAVLATLARIDA TASHKIL ETILGAN ILK ARXIV-KUTUBXONALAR


2.1. Yunon polislari arxiv-kutubxonalari: Pergamon va Antiox saroy kutubxonalari faoliyati
Qadimgi Yunoniston. Qadimgi Yunoniston –Bolqon yarim orolining janubi Egey dengizidagi orollar, Frakiya sohillari, Kichik Osiyoning gʻarbidagi dengiz sohilida joylashgan qadimiy yunon davlatlari hududining umumiy nomi.
Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, Yunoniston hududida odamlar paleolit davridan yashab kelmoqda. Xalkidika yarim orolidan neandertal odamining bosh suyagi chiqqan. Neolit davrida Yunoniston aholisi dehqonchilik, chorvachilik bilan shugʻullanib, oʻtroq hayot kechirgan. Yunonistonning jez davri madaniyati shartli ravishda Krit-miken madaniyati yoki Egey madaniyati deb ataladi. Mil. avv III ming yillikda Yunoniston etnik tarkibi rangbarang (pelasglar, leleglar va boshqalar) boʻlgan; ularni protoyunon qabilalari–axeylar, ioniyaliklar siqib chiqarib oʻz tarkiblariga singdirib yuborganlar. Mil. avv taxminan XX-XVII asrlarda Krit orolida axeylarning ilk davlatlari (Knos, Fest, Agia Triada, Mikena, Tirinf, Pilos va boshqalar) barpo etilgan. Mil. avv taxminan 1260- yil Mikena, Tirinf va boshqa davlatlar Troyani bosib olib, uni vayron etishgan. Doriy qabilalarining kirib kelishi (mil. avv taxminan 1200-yil) oqibatida davlatlar parchalanib, urugʻchilik munosabatlari jonlangan. Mil. avv IX asrga kelib Shimoliy Yunonistonda –eoliylar, Oʻrta Yunoniston va Peloponnesda –doriylar, Attika va orollarda–ioniyaliklar istiqomat qilgan. Mil. avv VIII-VI asrlarda yunonlar Oʻrta dengiz, Marmar va Qora dengiz sohillarini kolonizatsiya qilganlar. Bu davrda Yunonistonda polislar (shahar-davlatlar) shakllangan. Dehqonlar va hunarmandlarning urugʻ zodagonlari bilan kurashi natijasiga qarab polisdagi davlat hokimiyati yo demokratik (Afinada) yoxud oligarxik (Sparta, Krit orollarida) tarzda boʻlgan. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan polislarda (Korinf, Afina va boshqalar) qulchilik keng tarqalgan; Sparta, Argos va boshqalarda urugʻchilik tuzumi qoldiqlari saqlanib qolgan. Mil. avv VI asrda polislar Sparta boshchiligida Peloponnes ittifoqiga va Fiva rahbarligi ostida Beotiya ittifoqiga birlashganlar.

50
Mil. avv V –IV asrlar polislarning eng ravnaq topgan davri sanaladi. U yunon-fors urushlarida (mil. avv 500-449) yunonlarning gʻalabasi natijasida Afinaning yuksalishi va Delos ittifoqining (Afina boshchiligida) barpo etilishi bilan bogʻliq boʻlgan.


Perikl hukmronligi davri (mil. avv 443–429) Afina kuch-qudratining eng kuchaygan, siyosiy tuzumning eng demokratlashgan va madaniyatning ravnaq topgan davri hisoblanadi. Afina Yunonistonning asosiy iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi, u dengizda hukmronlikni oʻz qoʻliga olgan. Afina bilan Sparta oʻrtasida Yunonistonda gegemon boʻlish, savdo yoʻllariga egalik qilish uchun kurash Peloponnes urushi (mil. avv 431–404)ga olib kelgan, u Afinaning magʻlubiyati bilan tugagan. Spartaning yunon davlatlari ichki ishlariga aralashuvi mil. avv 395–387 yillardagi Korinf urushini keltirib chiqargan. 4-asrda Fiva vaqtinchalik yuksalgan. Levktra jangida (mil. avv 371-yil) fivaliklar Sparta qoʻshinini tor-mor keltirishgan. Mil. avv IV asr oʻrtasida Yunonistonning shimolida Makedoniya yuksalgan. Uning podshohi Filip II Xeroneya jangida (mil. avv 338-yil) yunon shaharlari koalitsiyasi ustidan gʻalaba qozonib Yunonistonni tobe’ etgan. Aleksandr (Iskandar) saltanati parchalangach, ellinizm davrida (mil. avv III-II asrlar) Yunonistonda hukmron boʻlish uchun kurashayotgan harbiylashgan tipdagi davlatlar va ittifoqlar koʻp boʻlgan (Makedoniya, Axey ittifoqi, Etoliya ittifoqi). Mil. avv 197-yil Kinoskefal jangida Rim qoʻshinlari Makedoniya ustidan gʻalaba qozongach, Rim Yunonistondagi oligarxiyani quvvatlab, mamlakatning ichki ishlariga aralasha boshlaydi. Mil. avv 148-yil Makedoniya, Illiriya va Epir Rim provinsiyasiga aylantirilganlar. 146-yildan (Axey ittifoqi rimliklar tomonidan tor-mor etilgandan soʻng) Yunoniston Rimga tobe boʻlgan faqat nomiga Afinagina erkin shahar deb hisoblangan. Milodiy IV asrdan Yunoniston Vizantiyaning asosiy tarkibiy qismini tashkil etgan.89 Qadimgi Yunoniston madaniyati. Pergam kutubxonasi. Pergam kutubxonasi Turkiyaning



89 Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 10–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000. –Б. 321

51
Pergam shahrida joylashgan bo’lib, antik davrdagi eng ulkan kutubxonalardan biri edi.
Pergam shahri, Pergam yoki Pergamon, Kichik Osiyoda joylashgan qadimiy yunon shaharlaridan biri edi. Pergamon qadimgi Yunonistonning boy va qudratli shaharlaridan biri bo’lgan Aeolis viloyatida joylashgan. U hozirgi Egey dengizining burnidan 26km (16milya) uzoqlikda Kaychuk daryosining shimoliy qismidagi shimoli-g’arbiy Bergama shahri (zamonaviy nomi Bakirchay)ga to’g’ri keladi.90 Uning kishida zo’r taassurot qoldiradigan ko’plab obidalari hali ham sayyohlarni o’ziga jalb qiladi, ayniqsa, Pergamon Qurbongohini bu yerdagi inshootlarning shohi deyish mumkin.91 Pergam muhim shahar bo’lganligi haqida Yangi ahdda ham yozib qo’yilganligi to’g’risida Vahiy kitobida keltirilgan, bu haqida Janob Jonning “Yetti vahiy cherkovi” nomli maqolasidan ma’lum. Unda “Pergamon shahri Osiyodagi yetti cherkovidan biri bo’lgan” deya keltirilgan.92
Pergam shahri va uning arxeologik topilmalari turkiyalik arxeologlar tomonidan juda katta qiziqishlar bilan o’rganilgan.93
Pergamon Qirolligini qadimgi yunonlar davrida Attalid sulolasi mil. avv III asrda (mil. avv 281-133) boshqargan bo’lib, Pergam shohi Eumenes II davrida ma’muriy markazga birlashgan. Undan oldin esa, mil. avv 399-yili forslar podshohi shaharga bosqinchilik uyushtiradi lekin mil. avv 362-yilgi jiddiy qo’zg’olondan keyin mahalliy aholiga vatani qaytarib beriladi. Mil. avv 301-yilga qadar Lisimax qirol bo’ladi. U Buyuk Aleksandrning eng yaqin safdoshlaridan biri bo’lgan. Makedonskiy vafotidan so’ng Pergam shahri atroflarini va nixoyat, Pergamonni ham o’z tasarrufiga olgan edi. Mil. avv 281-yilda esa Attalid sulolasidan bo’lgan Filaterius bir urinish bilan shaharni qo’lga kiritadi va o’z sulolasini barpo qilishga kirishadi. Mil. avv 261-yili jiyani Emenues I (mil. avv 263-241)ni merosxo’r etib tayinlaydi, undan keyin taxtga Attalus I (mil. avv 241-197) o’tiradi. Rim Respublikasi bilan ittifoq tuzgan bo’lsa, makedoniyaliklar bilan



  1. Peter. Bergama (Pergamum)–Akhisar (Thyatira). –London: “Penguin Global”, 2007. –P. 168




  1. Kekeç, Tevhit. Pergamon. –Turkey, Istanbul: ”Hitit Color”, 1989. –P. 223




  1. Kosmetatou, Elizabeth. The Attalids of Pergamon. –Oxford: “Blackwell”, 2003. –P. 159–174.




  1. Nagy, Gregory. The Library of Pergamon as a Classical Model. –Cambridge: “Trinity Press International”, 1998.

–P. 185


52
ham aloqalarni mustahkamlagan. Mil. avv 133-yili Attalus IIIning o’limidan so’ng o’g’li Emanues IIga Pergam shahri meros bo’lib qoldi lekin shu bilan birga Pergam shahrini madaniy boyliklarini Rim respubliksi qo’l ostiga o’tishini ham vasiyat qiladi, bu bilan u fuqorolar urushini oldini olmoqchi edi.94 Usmonli turklar imperiyasi kelguniga qadar Attalidlar sulolasi Rim Respubliksi qo’l ostida bo’ldi.
Eumenes IIning hukmronligi davrida Pergam 200.000 dan ortiq aholisi bilan bir boy, tezlik bilan rivojlanayotgan shahar edi. Unga madaniyatli shaharlar qatorida faqatgina Aleksandriya va Antioxiya shaharlari raqobatchi edi. Pergam shahrida haykaltaroshlik va me’morchilik nixoyatda yaxshi rivojlangan, xususan, Buyuk Pergam Altarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Attalid sulolasini tarafdori Rim bo’ldi. Attalus I davrida Rim bilan ittifoqlar yanada mustahkamlandi, shu bilan birga Filipp V Makedonskiy bilan ham I-II makedon urushlari davrida ittifoq tuzildi. Bu do’slik shartnomalar Emenues II (mil. avv 197-158) davrida ham davom etdi.
Mil. avv 188-yili Fileterus tashkil etgan hududga nisbatan sezilarli darajada, taxminan 21 gektarga (52 akr)ga Qirollik maydoni kengaydi. 1 yildan so’ng, Qirollikda yangi shahar devori 4km (2.5 chaqirim) qilib 90 gektar (220 akr)ga qurila boshlandi.
Attalidlar sulolasi hokimiyatni aql va saxiylik, sahovatpeshalik bilan boshqargan. Ko’pgina hujjatlar ham Attalid sulola vakillarini shaharlarni o’sib-rivojlanishi tarafdorlari bo’lganlarini va o’zlari shaxsan hunarmandlar bilan suhbatlashib shahar qurilishiga nimalar zarurligi haqida fikrlar berishgani va chiroyli bino, inshootlar qurish uchun boshqa shaharlarga ularni yuborishgani haqida guvohlik beradi. Ular ham antik yunon madaniyatini asrashga harakat qilganlar va yunon shaharlarini mustaqilligini saqlab qolishiga ruxsat berganlar, masalan, Delfi, Delos, Afina shunday shaharlardan edi. Attalid sulolasi bosqinchi keltlarni tor-mor keltirdi. Keyin esa ular Pergamonni Akropolga qaytarishni niyat qildilar. Attalus III (mil.avv 138-133) vafotidan oldin merosxo’rlariga fuqorolar


94Encyclopædia Britannica Online, www.britannica.com/eb/, accessed on April 16, 2007

53
urushini oldini olish maqsadida Pergamon madaniy boyliklarini Rimga berishlikni vasiyat qiladi. Shahar III asrga kelganda 262-yilgi kuchli zilzila oqibatida o’z xusnini, fayzini yo’qotdi. Oradan ko’p o’tmay gotlar tomonidan batamon vayron qilindi.


Akropol yuqori qismida mavjud mashhur tuzilmalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  1. 10.000 kishi sig’ishi mumkin bo’lgan qadimgi yunon teatri;




  1. Trayan ibodatxonasi;




  1. Afina ibodatxonasi;




  1. Pergam kutubxonasi




  1. Shoxona saroylar;




  1. Pergam qahramon shohlari, ayniqsa, Attalus I va Emenes II maqbararalari;




  1. Dionis ibodatxonasi;




  1. Yuqori Agora




  1. Roman murakkab usuldagi hammomlari;




  1. Qahramon Diodorus Pasporos haykali;




  1. Qurol-yarog’ ombori.

Yuqori Akropolda joylashgan Pergam kutubxonasi qadimgi yunon sivilizatsiyasining eng zo’r ikkinchi rivojlanishida turtki bo’lgan.


Akropolning quyi qismi quyidagi tuzilmalarni ega:


  1. Yuqori gimnaziya;




  1. O’rta gimnaziya;




  1. Quyi gimnaziyasi;




  1. Demeter ibodatxonasi;




  1. Gera ibodatxonasi;




  1. Attalus uyi;




  1. Quyi agora;




  1. Emenues darvozasi.95






  1. Cristian Violatti. Pergamon. –England: “the University of Leicester”, 2015. –P. 14

54
Rim va Pergamon. Pergamda har kim Rimning ustunligini har doim tan olishardi. Lekin Aristonikus Attalusning akasi o’g’lini qirol qilish niyatida Blossiusda kam sonli aholi bilan isyon uyushtiradi, shu bilan birga Rim konsulini ham o’ldirishni rejalashtiradi biroq mil. avv 129-yili Perparne tomonidan isyon bostiriladi va Aristonikus taqdiri Rimda hal qilinadi. Shundan so’ng Pergam Perperna vorisi Aqulliusga Rim atrofidagi Pont va Kappadokiya yerlari beriladi.96
Pergam juda qisqa fursat Rim poytaxti ham bo’ldi.97
Pergam kutubxonasi, Plutarxning asarlariga qaraganda, Pergam bir uy bo’lib, unda taxminan 200.000 matnlar bo’lgan, lekin bundan boshqa ma’lumot hech bir yerda uchramaganligidan, Plutarx kutubxonaning hisobini berishda mubolag’a qilgan deyiladi. Bu qadimiy dunyodagi eng muhim kutubxonalar qatorida bo’lib, Emenues II tomonidan Akropolning shimoliy qismi oxirida qurilgan. Aleksandriya kutubxonasidan keyin ikkinchi bo’lib qurilgan bo’lib, olimlar mashhurlik bobida ham dunyoda ikkinchi o’rinda turishini e’tirof etadilar. Pergam shahar maslahatchisi Flavia Melitene va uning rafiqasi kutubxonani ta’minlashda asosiy homiylardan edi. Shuningdek, maslahatchi kutubxonaga sovg’a sifatida Adrian haykalini ham taqdim etdi. Bu kutubxona mustaqil faoliyat yuritgani haqidagi ma’lumotlar hali aniq bo’lmagan taqdirada ham, Artemon kutubxonasi dastlabki paytlarda yordam bergani ma’lum. Bugung kunda qanchalar ko’p izlanishlar olib borilganiga qaramasdan kutubxona to’plamlari, aniq hajmi, katalogini aniqlashni iloji yo’q.
Tarixiy hisob-kitoblarga qaraganda, kutubxonada asosiy o’qish xonasida ulkan kitob javonlari joylashtirilgan edi. Xonada havo bir me’yorda aylanishi uchun javonlar orasida va devorlar orasida ham ma’lum teshiklar bo’lgan, ya’ni Kichik Osiyoning iqlimi juda issiq, shu bilan birga nam havo oqimi ham mavjud bo’lgan joyda kitoblarni saqlashda yaxshi vosita hisoblanadi. Bitta haykal-Afina (donolik ma’budasi) asosiy o’qish xonasida turardi. Shuni ham alohida ta’kidlash joiz, Attalus II (mil. avv 160-139) kutubxona, o’qituvchilarga nisbatan juda ham



  1. Sarah Yeomans. Ancient Pergamon. – Washington: “Harvard University Press”, 2016. –P. 22




  1. Jeremy Norman. The Library of Pergamum (Pergamon) is Founded (197 BCE – 159 BCE). –England: “Pinguin Global”, 2017. –P. 45

55
sahovatpeshalik qiladi-xalqdan yig’ilgan soliqning salmoqli qismini va shaxsiy o’zining hisobidan ham juda katta miqdorda pul ajratadi.98
Qo’lyozmalar dastlabki paytlarda Aleksandriyadan buyurtma asosida keltirilgan papiruslarga yozilar va o’rab tokchalarda saqlanardi. Pergam shahri Kichik Osiyoda ishlatiladigan pergament qog’ozini ishlab chiqarish markazi edi. Oldinlari Aleksandriya kutubxonasidan papirus olardilar lekin bir afsonaga ko’ra, Aleksandriya kutubxonasi vakillari papirus berishni, ularning kutubxonasini faoliyatini tugatish maqsadida, to’xtatib qo’yadilar. Shundan so’ng Pergam kutubxonasidagi kutubxonachilar uzoq o’ylab, papirusning o’rniga o’zlarida pergament qog’ozi ishlab chiqarishga harakat qiladilar va natija kutilganidan ham a’lo darajada chiqadi, endilikda kutubxona hujjatlari qog’ozi o’z xom ashyolaridan bo’lgandi va buning uchun Buyuk Aleksandr kutubxonasiga cheksiz minnatdorchiliklarini bildiradilar. Pergament-mil. avv II asrda xat yozish uchun xizmat qiladigan material pergament tayyorlana boshlangan Pergam shahri nomidan olingan bo’lib, uni 2 ta ma’noda qo’llash mumkin:


  1. maxsus ishlov berilgan mol va choʻchqa terisi; doira, doʻmbira, baraban va baʼzi mashina detallari uchun ishlatilgan;




  1. sulfat kislota (H2SO4) bilan ishlov berilgan qogʻoz; shaffof, yogʻ va suvni oʻtkazmaydi. Materiallarni oʻrashda, izolyasiya materiali sifatida va boshqa

maqsadlarda ishlatiladi.99 Shunday qilib, pergament qog’ozini ishlab chiqarish kengaya borgani sari shahar dong’i ham butun dunyoga yoyila bordi va hozirga qadar Pergam shahrining nomi abadiyatga muhrlandi. 100


Pergam kutubxonasiga e’tiborning pasayishi. Pergam Qirolligi mil. avv 133-yili rimliklar qo’liga o’tganidan so’ng kutubxonaga bo’lgan e’tibor ham o’z-o’zidan pasaya bordi. Mil. avv 47-yili Ptolomey lashkarlari kutubxonani kulini ko’kka sovurishgach, ayrim ma’naviyati yuksak amaldorlar tomonidan ilm maskanini tiklashga urinishlar bo’ldi lekin iloji bo’lmadi. Mil. avv 43-yili esa Mark Antoniy 200.000 o’ramdagi hujjatlarni yig’ishni buyurdi va ularni yangi





  1. Sarah Yeomans. Ancient Pergamon. –Washington: “Harvard University Press”, 2016. –P. 23




  1. Carleton L. Brownson. Xenophon in Seven Volumes. – Cambridge: ”Harvard University Press”, 1918. –P. 88




  1. Hansen, Esther V. The Attalids of Pergamon. –New York: “Cornell University Press”, 1971. –P. 35

56
rafiqasi Kleopatraga sovg’a qildi. Imperator Avgust o’limidan so’ng Pergam kutubxonasida asosan nasroniylar davriga oid o’ram qog’ozlar qoladi. Ammo tarixchilar ko’p ham bu kutubxonaga keyingi paytlarda e’tibor qaratavermaydilar. Ko’p muddat shahar ham, kutubxona ham anchayin qarovsiz holatga kelib qoladi, nixoyat 117-yilga kelib imperator Adrian davrida bu yerda qurilish ishlari boshlanib ketdi-katta ibodatxonalar, stadion, bitta teatr, katta forum, amfiteatrlar bunyod etildi. Shahar ichida maqbara qurish ta’qiqlandi. Asklepis nomli shifo xudosi nomiga katta bir mineral suvli luks xonali kurort barpo etildi. Bu maskan Rim dunyosining eng mashhur va sevimli davolash va shifo markaziga aylandi, antik davr mashhur tabiblari Galen, keyinchalik Gippokrat Pergam shahrida tug’ilgan, Asklepin qoshida tashkil etilgan maktabda o’qiganlar va o’sha shifoxonada o’z faoliyatlarini davom ettirganlar. Asklepimning tuzilishi quyidagicha edi:


  1. Rim teatri;




  1. Shimoliy Stoa;




  1. Janubiy Stoa;




  1. Asklepios ibodatxonasi;




  1. Yumaloqbinoli davolash markazi;




  1. Bahorgi davolanish bo’limi;




  1. Bir yer osti o’tish yo’li;




  1. Kutubxona;




  1. Bir ustunli ko’cha.101

Kutubxona doimiy faoliyatini olib borishi jarayonida butun dunyo olim-u fuzalolarini o’ziga jalb qilgan va xalq ichida uni yana “Yengilmas kutubxona” deb ham ataganlar. Kutubxona qoldiqlari Artemis Muqaddas binosi, Pergamon shahrini kutubxonaga yaqin joylaridan hamda Akropoldan uncha uzoq bo’lmagan qadamjolardan joylashgan.102






  1. Cristian Violatti. Pergamon. –England: “the University of Leicester”, 2015. –P. 15




  1. Kekeç, Tevhit. Pergamon. –Turkey, Istanbul: ”Hitit Color”, 1989. –P. 225

57
Pergamon Qirolligida e’tiborga loyiq odamlar Pergamon kutubxonasida ham o’z nomlarini tarixda qoldirganlar, ularning ayrimlari quyidagilardir:
1.Epigonus (mil. avv 3-asr), yunon haykaltaroshi;
2.Pergam Andronikka (mil. avv 2-asr), Attalid elchisi;
3.Pergamon Hegesinus (taxminan mil.avv 160-yil) akademik faylasuf;
4.Pergamon Sosus (mil. avv 2-asr) yunon mozaika rassomi;
5.Apollodorus (mil. avv 1-asr) Avgust notiq va o’qituvchisi;
6.Pergamon Kratippus (mil. avv 1-asr) faylasuf
7.Pergam Antipa (mil. avv 1-asr), nasroniy shahid va Sankt;
8.Aelius Nicon (milodiy 2-asr), yunon me’mori va quruvchi;
9.Pergamon Aeschrion uchun (2-asr), shifokor Galenning o’qituvchisi;
10.Galen (taxminan 129-200 / 216-yil), yunon shifokori.103
Ko’hna dunyo arxiv-kutubxonalari ichida ikkinchi o’rinda turgan ushbu kutubxona “Dunyo marvaridi” degan nom bilan turadi. Pergamon kutubxonasi oddiygina bir uyda tshkil etilib, ulkan inshootga ko’chirilib ish faoliyatini o’sha yerda muvaffaqiyatli davom ettirgani tahsinlarga sazovor va hatto dushmanlar har yo’l bilan uni to’xtatmoqchi bo’lganlaridan ham oqillak ila yo’l topa olgani va shu kashfiyotining o’zi uni dunyo sahnasida o’ziga munosib o’rin yaratib olganidan dalolat desak mubolag’a bo’lmaydi.
Antioxiya kutubxonasi. Mil. avv III asrga kelganda Antioxiyada kutubxonaga va kutubxonachilarga bo’lgan talab yuqorilab ketdi.104 Natijada, Antioxiya Saroy kutubxonasi taxminan mil. avv 221-yil atrofida Salavkiylar imperiyasining imperatori Antiox III buyuk Antiox (Aleksandr Makedonskiy imperiyasi davlat vorisi) tomonidan tashkil qilishga farmon berildi. Antioxiya hozirgi Turkiyadagi Antakya shahri. Kutubxonani qadimgi Suriya yerlaridan tadqiqotchi olimlar kashf qildilar. Eyforion Halkida, qadimgi gretsiyalik aql-idroki yuqori, nufuzli shoir juda katta qiyinchiliklar evaziga Antioxiyada Saroy kutubxonasini tashkil qilgan. U, shuningdek, Buyuk Antiox IIIning o’limiga qadar asosiy kutubxonachisi bo’lib



103 Richard Evans. A History of Pergamum: Beyond Hellenistic Kingship. –London: ”Bloomsbury Academic”,

2012. –P. 100



  1. Lamb, Annette. Antiochepedia Musings Upon Ancient Antioch: The Museion. –Berlin: “Wissen”, 2008. –P. 33

58
xizmat qilgan. Manbalarning xabar berishicha, nafaqat Antiox kutubxonasi balki, shaharning o’zi ham o’sha paytdagi poytaxt Pergamondan ham anchayin nufuzi baland edi.105
Antoix Saroy kutubxonasi milodiy 363-yili xristian imperator Yupiter tomonidan shahar bilan birgalikda vayron qilindi, uning ayoli shaxsan o’zi kanizaklari bilan shaharga keladi va kutubxonaga o’t yoqishlarini buyurib, qah-qah otgancha tomosha qiladi, shahar aholisi esa bu holatni darg’azab bo’lib kuzatishdan nariga o’taolmaydilar. Bu voqeaga Yohannes Hann “zo’ravonlik va diniy nizo” deb o’z fikrlarini beradi:
“Jovian u Biroq Antiochians ma’qul bo’lish uchun so’radim, chunki, u butunlay :. Nafaqat shirk olmadi, balki nasroniylar bir qo’pol harakat qilib, bu talqin, Julian kutubxona aylanadi edi Traianeum, vayron buyurdi.”
Antioxiya Saroy kutubxona Masihiy, xristian bo’lmagan salafiylar, “betavfiq”larning sa’y-harakatlari bilan “gunohkor” adabiyotlar bilan to’ldirilgan edi. Imperator Yulian ularni barini yo’qotishga harakat qilgan ammo bu to’plamlarning bir qismi keyinchalik 361-yili imperator xristian imperatori Yulian tomonidan murtad deya e’lon qilib o’ldirilgan butparast, Buyuk Aleksandriya kutubxonasining a’zosi Gregoriy tomonidan asrab-avaylanib Aleksandriya kutubxonasiga foydalanish, saqlash uchun keltirilgan asarlar Gregoriy bilan birga rixlatga yo’l olishgan.
Antioxiya muzeyi. Antioxiyada nafaqat, kutubxona balki unga qo’shni bo’lgan muzey ham o’z faoliyatini olib borgani tarixdan ma’lum, bundan ko’rinadiki, ilk bor kutubxonaga muzeyni qo’shni qilib qurgan uyuk Aleksandriya kutubxonasi arxitektorlari emas. Muzey kutubxonaning bir qismi bo’lib uncha katta bo’lmagan hududda tashkil etilgan va mil. avv 114-92-yillarda, imperatorlar Antiox IX (mil. avv 114-95) va Antiox X (95-92)lar davrida muzey faoliyati, ayniqsa, juda ham gullagan davr bo’lgan. Imperator, savdogarlar, ilmli, ziyoli olimlar, qo’yingki, jamiiyki, ko’ngillilar muzey-kutubxona faoliyatiga o’z



  1. Milkaw, Fritz, Leyh, Georg. Ancient Greek and Roman Libraries. –America: ”Catholic University of America”, 1963. –P. 88

59
hissalarini qo’shganlar, xoh biror muhim hujjat, xoh kitob, xoh pul bilan, ammo eng muhimi, imperator bu borada hech kimga talab qo’ymagan. Ayniqsa Antioxiya savdogarlari Afina litsey-maktabidan turfa xil kitoblarni “tashib keltirishgan”. Antioxiya kutubxona-muzeyi raqibi Buyuk Aleksandriya kutubxonasiga juda ham o’xshash edi. Saroy kutubxonaning tarkibi juda boy edi. Mana shu kitoblardagi manbaalar orqali hozirgi universitetlar nizomlarining ayrim bandlari ishlab chiqilgan. Buyuk Aleksandriya kutubxonasi qanchalik shon-u shuhratga intilgan bo’lsa Antiox Saroy kutubxonasi shu qadar kamtarin va sipo edi, shu bilan birga o’zidan ko’p ham ma’lumotlar qoldirmagan, shuning uchun ham kutubxona faoliyati haqida deyarli hech qanday ma’lumot mavjud emas.106
Muzey ustunlari “eski” shahar Silpius to’g’lari etagidan keltirilgan zalvorli toshlardan bino qilingani xabarlarda keltiriladi. Biz bu xabar bo’yicha Vatikan kodeks-kitob shaklidagi qadimiy qo’lyozmasidagi Stinespringning muzey haqidagi imperator Antiox IXga yo’llagan bir hisobot maktubida bular batafsil bayon qilinganini bilib olishimiz mumkin:
“Ularning (quruvchi, usta) harakatlar bilan, bir gumbaz 100 tirsak yuqorida qilib va yulduzlar, Zodiak va boshqa koinot jismlariga yaqin qilib qurildi, bu o’z-o’zidan munajjimlarning bashorati belgilari, shu jumladan, osmonlarga tikilishlariga 1000 barobar osonroq deganidir; bino dumaloq shaklda qad ko’tardi. Endi osmonni, Quyosh-Oyni, yulduzni, qushlarni juda yaqindan ko’rishimiz mumkin va bu inshootni qurishlikda bizga Brahmanning o’zi katta yordam berdi, shu bilan birga binoni mahsulotini Silpius tog’lari etaklaridan keltirdikki, chindan ham bu ish oson kechmadi.”107
Lassusning so’zlariga ko’ra, muzey Efifaniya agorasiga yaqin joyda Antiox Filpator davrida qurilgan, imperator Propus davrida rekonstruksiya qilingan, milodiy 438-yili imperator Tiberiy davrida esa yoqib yuborilgan.




  1. Clark, John Willis. The Care of Books. –Cambridge: “Cambridge University Press”, 1901. –P. 100




  1. Raven. Lost Libraries: The Destruction of Great Book Collections since Antiquity. –London: “University of California Press”, 2004. –P. 66

60
Kostantin Orientis so’zlariga qaraganda, kutubxona ham, muzey ham 507-yil iyul oyida Tiberiy davrida yer yuzidan shupurib tashlandi.108 Lekin kutubxona faoliyati va undagi saqalangan hujjatlar haqida ma’lumotlar bizning davrimizga qadar saqlanib qoldi. Bundan tashqari ushbu kutubxona-arxiv xazinasi keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab kutubxona va arxivlar uchun ham ma’lumot manbai bo’lib hizmat qildi va o’z o’rnida aytish kerakki, har bir kutubxona faoliyati jarayonida o’zdan yorqin bir iz qoldirib ketgani sababli ham ayni kunda biz ularning tarixini o’rganmoqdamiz va ko’pgina joylarini hayotimizdagi muhim jabhalarga jalb etmoqdamiz, Antioxiya saroy kutubxonasi ham shunday namunalardan biri deya bemalol e’torof etaolamiz.

2.2. Rim imperiyasidagi arxiv-kutubxonalar: Papirus, Konstantinopol va Selsus arxiv-kutubxonlalari faoliyati
Apenin yarim oroli Yevropaning subtropik mintaqasiga kiradi. Iqlimi iliq, yozi uzoq, issiq va quruq; O’rta dengiz bo’yiga xos doim yashil o’simliklar o’sadi. Tekislik va tog’ oldi qismlarini madaniy landshaft tashkil etadi. Apennin yarim orolida Italiya (hududini 73 qismi), Vatikan, San-Marino davlatlari joylashgan.109

Apennin yarim oroli Qadimgi Italiya (yunoncha “buzoqchlar mamlakati”) deb dastlab o’zining sero’t yaylov-o’tloqlari bilan ma’lum bo’lgan Apennin yarim oroli janubi aytilgan. Apennin yarim oroli O’rtayer dengizining eng markazida joylashgan bo’lib, qadimda qulay va iqlimi juda ham mo’tadil sharoitlarga ega bo’lgan. Mil. avv I ming yillikda Italiyaning shimoliy hududlari mo’tadil iqlim zonasida bo’lib, Apennin yarim orolining qolgan hududlari iqlimi iliq va yumshoq edi. Italiyaning g’arbiy qirg’og’i qulay buxtalarga boy bo’lib, dengizchilik va savdoni rivojlanishiga turtki berdi. Italiyaning ko’pgina qismini tog’lar egallaydi, faqatgina 20% hududi tekisliklardan iborat. Etruriya, Kampaniya va Apuliyaning unumdor yerlari Latsiya tekisligi va Po vodiysi dehqonchilik uchun qulay bo’lgan.


Qadimgi Italiyani 3 qismga bo’lish qabul qilingan:




  1. Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55 109https://uz.wikipedia.org/wiki/Apenninyarimoroli

61


  1. Shimoliy (Liguriya, Alporti Galliyasi va Venetsiya);




  1. O’rta (Etruriya, Latsiya, Kampaniya, Umbriya, Pitsen va Samniy);




  1. Janubiy (Apuliya, Kalabriya, Lukaniya va Brutiya).

Apennin tog’lari janubiy sharqqa cho’zilib borib Arelian tumanida Adriatika dengizigacha yetib boradi, yarim orolning shimoliy qismimarkaziy va janubiy qismidan ajratib turadi. Uning shimoliy iqlimi o’rta Yevropa iqlimiga yaqinroq. Yarim orolning bu qismi juda hosildor bo’lib keyinchalik Italiya deb atala boshlandi. Dastlab bu nom yunonlar Italiya deb atagan aholi yashagan Kalabriyaning janubiy tumanlariga nisbatan aytilgan. Mil. avv V asrda Po vodiysiga gallar ko’chib kelib, u yerdan etrusklarni siqib chiqara boshlaydilar va bu ishni a’lo darajada uddalaydilar. Shu sababli bu o’lka Rimda “Tsizalp galliyasi” deb nom olgan.


Markaziy Italiyaning g’arbiy qismi madaniyat tarixida muhim rol o’ynadi. Bu yerda etrusk (hozirgi Florensiya), lotin markazi Rim, Kampaniya (kapuya va Neapol bilan) kabi uch tekislik yotadi. Bu yerda kemachilik uchun qirg’oqlari qulay tabiiy portlar bo’lgan Tibr daryosi oqib o’tadi.
Lotin tekisligining markazida Tibr daryosi va shimoliy sharqdan sabin, sharqdan Alban, janubdan Volsk tog’lari bilan o’rab turishi yarim orol tarixida lotin xalqlarining yuksalishiga sabab bo’ladi.
Qadimgi Rim tarixida Sitsiliya oroli madaniyati muhim o’rin tutadi. Orolni sharqiy va janubiy hududlarini yunonlar egalladilar. Bu yerga ilgariroq finikiyaliklar kelib Panorm (hozirgi Palermo) va Lilibey (hozirgi Marsala) shaharlariga asos soldilar.
Rimda ham tarixda yorqin iz qoldirgan ilm dargohlari, kutubxonalar talaygina bop’lgan va Rimdagi kutubxonalarning boshqa mamlakatlardagi kutubxonalardan umumiy jihatdan yana ikkita tomoni ham ajratib turgan, ya’ni kutubxonalarning har birida ovoz chiqarib o’qish mumkin bo’lgan alohida xonasi bo’lgan hamda kutubxonadagi har bitta kitobning, qo’lyozmaning lotin va yunon yozuvlaridagi nusxalari mavjud bo’lgan. Buni Yuliy Sezar kelajak avlodni yanada intellektual

62
salohiyatini oshirish uchun joriy qilingan edi va Rimdagi har bir katta-kichik kutubxonada bu farmonga amal qilinar edi.110


Qadimgi Rim madaniyati. Rim huquqi antik sivilizatsiyaning eng katta yutuqlaridan biri bo’lib, asrdan asrga yuridik tafakkurning klassik namunasi bo’ldi. Rim huquqining manbalari odatdagi huquq, senat qabul qiladigan qonunlar, magistratlarning ediktlari va yuristlarning faoliyati tashkil qilar edi. Rim tarixida huquqiy normalarni kodifikatsiya qilish natijasida XII qonunlar jadvalini yaratilishi bo’ldi.
Selsus Kutubxonasi Rim imperiyasi davrida qurilgan bo’lib, u Kichik Osiyodagi Efesda, keyinchalik Onado’li deb atalgan, hozirgi kunda esa Turkiyadagi Saljuq deb nomlanadigan qismida joylashgan. Efes asli qadimgi Gretsiyaga tegishli bo’lgan. Efes antik shahri Izmirning janubida Menderes daryosining dengizga tutashgan chorraxada joylashgan port shahridir. Efes shahri Anadoluning Egey sohilidagi g’arbiy sohillarni o’z ichiga olgan Ioniyaning eng ko’rkamli shaharlaridan biridir. Efes antik shahrida joylashgan yuzlab tarixiy asarlar dunyo turizmi uchun katta ahamiyat kasb etadi. 1994-yili YUNESKO tomonidan “Dunyo o’tkinchi” madaniy meros ro’yxatiga olindi Efes, 2015-yili dunyo meros ro’yxatiga to’liq qabul qilindi.111 Bu Rim Senatori, Efes shahrining valine’mati, o’z zamonasining mashhur kishisi Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus sharafiga taxminan milodiy 114-117-yillarda Selsusning o’g’li Gay Yuliy Priskilla (milodiy 110-yildan konsul bo’lgan) tomonidan barpo ettirilgan. Kutubxonaning qurib tugatilishiga oid turli xil manbalar bor, ba’zi manbaalarda kutubxona qurilishi 114-yilda boshlanib 120-yilda o’z nixoyasiga yetgan112 deyilsa, yana bir boshqa ma’lumotda bino 110-yilda qurilishi boshlanib 135-yili tugatilgan113 deyiladi, boshqa birida esa, inshoot qurilishi 125-yili tugatildi114 deb ma’lumotlar qoldirilgan. Bilim dargohi antik davr binolari ichida “Rim imperiyasining eng

110 Carole Raddato The Celsus Library: 20,000 Scrolls Lost to History but Its Striking Architecture Remains. –

Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 65



  1. www.trt.net.tr/uzbek/dasturlar/turkiyaning–madaniy–xazinalari




  1. Mark Cartwright. Celsus Library. –Oxford: ”Library”, 2017. –P. 107




  1. Nicols, John. Ephesus Library. –London: ”Planet”, 2017. –P. 5–8




  1. Clive Foss. Ephesus After Antiquity: A Late Antique, Byzantine, and Turkish City. –Cambridge: “Cambridge University Press”, 1979. –P. 134

63
chuqur taassurot qoldiradigan inshootlardan biri” edi. Selsus dastlab ochilgan paytda 12.000 o’rog’liq hujjati, kitobi bilan faoliyatini boshlagan,115 lekin qazish ishlari natijasida 20.000 hujjatlar topilgan116 yer ostida esa Selsus uchun maxsus marmarlar bilan bezatilgan sarkofag joylashgan bo’lib, tabiiyki, u yerda Tiberius Yuliy Selsus Polemaenusning mayyiti qo’yilgandi. 1904-yilda uning qabri ochildi, sarkofag 2 qavat bo’lib, jasad 2-qavatidaligi va tobut qo’rg’oshindan ekanligi ma’lum bo’ladi. Selsusning qabri kutubxonaning g’arbiy tomonidagi devor tagida joylashgan. Ushbu yodgorlikning atrofi 1970-1980 yillarda qayta ta’mirlangan.117
Selsus kutubxonasi antik davrdagi kutubxonalar ichida Aleksandriya va Pergam kutubxonalaridan keyingi eng mashhur uchinchi katta kutubxona hisoblanardi. Ammo Kutubxona mashhur uchinchi kutubxona bo’lsa-da, u yerning boshqaruv tizimi haqida hozirga qadar deyarli hech qanday ma’lumotlar topilmagan.118
Kutubxona milodiy 262-yili kuchli zilzila oqibatida vayron bo’ladi (yana bir boshqa ma’lumotlarga qaraganda, bir general shaharga hujum qilgan paytida kutubxonani yoqib yuborgan). Keyin qayta tiklanadi va ammo X-XI asrlardagi ketma ket 11-12 ballik zilzilalar oqibatida kutubxona butkul vayronaga aylanadi. 1970-1978-yillardagi arxeologik qazish ishlarigacha kutubxona vayronalar ostida jimgina mudraydi.
Selsus kutubxonasida buyuk Aleksandr kutubxonasidan keltirilgan Aristotel asarlarini, Eripides, Ayeschulus va Sofokllarning asarlarining nusxalaridan ko’chirilgan kitoblar mavjud bo’lgan.119
Selsus kutubxonasi tarixi. Selsus kutubxonasi dastlab bino milodiy 92-yili Rim konsuli tomonidan bir mashhur va badavlat zodagonga jamoat binosi sifatida qurib berishni topshiradi va u milodiy 105-107-yillr oralig’ida qurishni boshlab yuboradi lekin oradan ko’p o’tmay zodagon vafot etadi va qurilish chala qoladi. Zodagonning kelib chiqishi haqida gap ketganda, manbalarda u sof yunon bo’lgani



  1. Mark Cartwright. Celsus Library. –Milan: “Routledge”, 2012. –P. 2–10




  1. Swain, Simon . Dio Chrysostom: politics, letters, and philosophy. –London: “Oxford University Press”, 2002. – P. 57




  1. Richard Wallace, Wynne William. The three worlds of Paul of Tarsus. –New Zeland: “Routledge”, 1999. –P. 106




  1. Nicols, John. Vespasian and the partes Flavianae. –Florence: “Steiner”, 1978. –P. 109




  1. Too, Yun Lee. The idea of the library in the ancient world. –Oxford: ”Oxford University Press”, 2010. –P. 213

64
va Sardis shahridan ekanligi aytiladi. Uning vafotidan so’ng yuqorida aytganimizdek, Tiberiusning o’g’li qurilishni nixoyasiga yetkazadi.120 Kutubxona Rim imperiyasiga qarashli bo’lgan. Rimda ko’plab hashamatli kutubxonalar bo’lgan, Selsus ham ulardan biri edi lekin ulardan katta bir farqi, Selsus kutubxonasi hamma uchun ochiq bo’lib, har qanday bilim olishga qiziqqan kishilar foydalanishi mumkin bo’lgan, darhaqiqat, Rimdagi hashamdor kutubxonalar-Gerkulanum yoki Geraklum Villasi (Papirus villasi kutubxonasi) kutubxonasidan zodagonlar, ularning qarindosh-urug’lari, yaqinlari foydalana olishgan, xolos. Balki, shu uchun ham ko’plab qismlari yo’qolib ketgan bo’lsa ham Selsusning nomi abadiy qolgandir.121
Kutubxona 262-yili zilzilada vayron bo’lganidan so’ng, (boshqa bir ma’lumotga qaraganda, Efesga gotlar bosqin qiladilar va shaharga qo’shib kutubxonani ham yondirib yuboradilar)122 400-yili kutubxonaning old qismi juda ham chiroyli qilib landshaftlar bilan bezatildi, yana bitta favvora ham qo’shib xuddi avvalgi ko’rinishda tiklanadi.123 Qazishmalar jarayonida favvora devori Markus Aureliusning Parfiyaliklar ustidan qilgan g’alabasi tasvirlanganligi aniqlandi. Ularning aksariyati hozir Venada namoyish etiladi, lekin bir necha original qismlari Saljuqda Efes muzeyida ham saqlanadi.124 Keyin yana X-XI asrdagi halokat va... kutubxona mangu jim bo’lib qoladi, X asrda yana qayta zilzila bo’ladi va binoning oldingi qismi batamom tushib ketadi,125 toki 1970-1978-yillarda nemis arxeologi Volker Maykl Strokka boshchilik qilib topmagunicha. U arxeologik qazish ishlarini 1903-1904-yillarda Avstriya arxeologlari tomonidan ko’p izlanishlar olib borishgan bo’lsa-da, hech bir natijaga erisha olmagan, bir bo’lak topilgan parchani tarjima qilaolishmaganidan so’ng arxivga o’rganilmagan, o’rganilishi ham dargumon bir fayl tarzida olib qo’yilgan, shu bilab birga,


  1. Giacosa, Giorgio. Women of the Caesars: Their Lives and Portraits on Coins. –Milan: ”Edizioni Arte e Moneta”, 1977. –P. 164




  1. Clifford Ando. Imperial Ideology and Provincial Loyalty in the Roman Empire.– California: “University of California Press”, 2000. –P. 330




  1. Clive Foss. Ephesus After Antiquity: A Late Antique, Byzantine, and Turkish City. –Cambridge: “Cambridge University Press”, 1979. –P. 115




  1. Lambert, Royston. Beloved and God: The Story of Hadrian and Antinous. –New York: “Viking”, 1984. –P. 10




  1. Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 10




  1. Nicols, John. Ephesus Library. –London:”Planet”, 2017. –P. 15

65
kutubxona Avstriya Arxeologiya Instituti ko’magida qayta tiklangan va 1910-yilda haykallarning asl nusxasi Venadagi Efes muzeyida ko’chirilgan126 hamda Avstriya arxeologlari tushuna olmaganlaridan bir qator elementlarini Vena va Istanbulning boshqa muzeylariga berib yuborgan topilmalar asosida olim izlanishlar olib boradi. Ko’plab qidiruvlar natijasida arxeolog bu yozuv parchasi va jamiiyki topilmalar qaysidir bilim dargohiga tegishli ekanligini va kutubxona Rim me’morlari o’z uslublarida qurgan binoligini, uni joylashgan o’rnini hamda bir necha bor qayta-qayta halokatga uchraganini, kutubxona loyihasini esa Vitruviy tomonidan ishlab chiqilganini, uning tavsiyasiga ko’ra, bino Quyosh chiqadigan tomonga qarab qurilganligini aniqlaydi va eng so’ngida bu kutubxona Selsus kutubxonasi ekanligini “kashf qiladi”.
Selsus kutubxonasining arxitekturasi. Selsus kutubxonasi Vitruviy (taxminan milodiy 117-135-yillarda yashagan), Rimning eng mashhur arxitektori edi lekin u haqida deyarli hech qanday ma’lumot qolmagan, u o’zidan faqatgina chizmalarinigina, loyihalarinigina va “Arxitektura to’g’risida”gi kitobi qolgan, xolos. Vitruviy kutubxonani saroy shaklida, juda ham hashamatli qurishni rejalashtirgan va binoning old qismi ulkan bog’ bo’lishini loyihasining eng birinchi vazifasi qilib oladi va qaysarlik qilib bo’lsa-da niyatiga yetadi. Kutubxonaga kirish qismi 10.92m eniga, bo’yiga 16.72m bo’lib, marmar bilan to’liq qoplangan.127 Undan tashqari, binoga kirib kelganingizda birinchi ko’zga tashlanadigan qismi ikki tomondagi katta-katta derazalar bo’lib, bu ham inshootning o’ziga xos bir jihati edi. Yana eng muhimi, Selsus kutubxonasiga kiraverishda katta-katta harflar bilan ham yunon, ham lotin tillarida “Selsus ulkan kutubxonasi” deb bitilgan yozuv topilgani edi.128 Ustunlarni bezatishda Korinf uslubidan foydalaniladi, Binoning oldingi qismidagi ustunlar quyidagilariga qaraganda kattaroq qilib qurilgan.129 O’ng tomonida ramkali o’rtacha kattalikdagi derazalar o’rnatilgan bo’lsa, chap



  1. www.ephesus.us/ephesus/celsuslibrary.htm




  1. Levick, Barbara. Faustina I and II: Imperial Women of the Golden Age. London: –Oxford: “Oxford University Press”, 2014. –P. 3–8




  1. Makowiecka, Elżbieta. The Origin and Evolution of Architectural Form of Roman Library. Spain: “Wydaw–a UW”, 1978. –P. 62




  1. Carole Raddato The Celsus Library: 20,000 Scrolls Lost to History but Its Striking Architecture Remains. –

Michigan: “University of Michigan Press”, 2016. –P. 66



66
tomondagi oynalar rombik usulda qo’yiladi. Vitruviy ishiga shu qadar mas’uliyat bilan yondashdiki, kutubxonaning devorlarini ham oddiy qilmasdan ularni ezgu amallar va ilm homiylari bo’lgan ilohalar timsolidagi haykallar bilan bezaydi. Aniq topib o’rganilgan va hozirda Venadagi Efes muzeyida saqlanayotgan 4 ta iloha haykali130 bo’lib, ular Donolik ilohasi (Sofiya), bilim ilohasi (Epistem), saxovat ilohasining (Ariyet) haykallari shular jumlasidandir. Ayrim manbalarning xabar berishicha, maqbara atrofida Medusa, Nike va Eros haykallari bilan bezatilgan, lekin ko’plab izlanishlar qilingan bo’lsa-da haykallarning qoldiqlari ham topilmadi.131
Kutubxona topilgan vaqtda bino uch qism deb hisoblanardi biroq Virtuviyning bino qurilishiga doir loyihasi topilishi bilan bu qarash puchga chiqdi, loyihani topilishi yana o’sha nemis arxeolog olimi Volker Maykl Strokka nomi bilan bog’liq, u 1980-yildan keyin ham bu kutubxonaga doir ma’lumotlarni qidiraveradi va oxiri kutubxona qurilishiga doir chizmalarni rejasini topishga muvaffaq bo’ladi. Loyihada kutubxona ikki qism bo’lib, uning orqa qismida teatr sahnalashtirish uchun maydon qurilganligi ko’rsatilgan edi, shuning uchun binoni uch qism deb xulosa qilishgan. Kutubxonaga kirish eshigi ikkita bo’lgan, ikkita eshik ham bir joyga-Selsusdagi yagona maqbara Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus maqbarasiga olib borgan. Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus hoki 2.5 metr pastga ko’milgan va usti oq marmar bilan bezatilgan. Bu bilan Yuliy Selsus Polemaenusning o’g’li Gay otasini naqadar yaxshi inson bo’lganini, hammaga doim yordam berganligini va xalq dardi bilan yashaganini aytmoqchi bo’lgan,132 va kimki, kutubxonga kirar ekan, Tiberius Yuliy Selsus Polemaenusni yod etib keyin


  1. yerga kirsin, degani ham edi, bu tom ma’noda otaga o’g’li tomonidan naqadar katta hurmat ko’rsatilganining isboti edi. Undab tashqari, antik davrda faqatgina xalq tomonidan sof, pok deya baho berilgan hurmatli kishilarnigina jasadlari jamoat binolari ichida dafn etilar va doimiy ziyoratgohlardan biriga aylanardi, Selsus kutubxonasidagi Tiberius Yuliy Polemaeanus ham shunday kishilar qatorida



130 Hanfmann, George Maxim Anossov. The Celsus Library in Ephesus. –Michigan: “University of Michigan Press”, 1980. –P. 65

  1. www.walterus.net/Turkey/history/ephesus/celsuslibrary.htm




  1. https://ephesusbreeze.com/ephesus/celsus–library

67
edi.133 Tiberius Yuliy Selsus Polenaeanus ham shundaylardan edi. O’sha davrda yashagan Agrippa yozadi: “Tiberius Yuliy Selsus Polemaenus Rim imperiyasidagi Efes shahrining 5 ta buyuk zotlaridan biri edi va shuning uchun uning mayyiti ham biz bilan toabad qoladi”.134 Kutubxonaning har bir xonasi 17x11m o’lchamda bo’lgan. Haykallar nafaqat tashqi devorlarda, balki har bir xonada ham bo’gan, faqat har bitta xonaga bittadan haykal qo’yilgan, masalan, o’qish xonasiga haqiqat ilohasining (Afina) haykali qo’yilgan bo’lsa, yana bir ma’ruza xonasiga Selsusning uzoqlarga ko’z tikib xayolga tolgan holatidagi byusti o’rnatilgan edi va shuni ham aytish kerakki, O’qish xonalari, asosan, sharqqa qaragan holda bino qilingan.135 Kitoblar shkaflar va javonlarda saqlangan. Namlikdan, kitoblar zararlanishidan saqlash uchun, ayniqsa, o’rog’liq qo’lyozmalarni, javonlarni chuqurchalarga jolashtirgandilar, chuqurchalarni tokcha deyishimiz mumkin lekin undan ozmuncha farq qilgan, ya’ni tokchalar mumlab chiqilgan va devorning ancha ichki qismida joylashgan, albatta bularning bari kitoblarni asrab-avaylash maqsadida edi, undan tashqari, kutubxonada bir xonacha bo’lganki, unda 25.000 kumush tanga saqlangan, u yerdagi xatdan ma’lum bo’lishicha, Tiberus o’g’liga ana shu tangalarni meros qilib qoldirgan. Yuliy Aquila Gay ham boyligining 8% ni kutubxonasidagi kitoblarning yoniga yana ko’p kitoblar keltirish uchun sarflaydi.136 U xonani hech kim hech qachon ochmagan, hattoki, Gay Yuliy Priskillaning o’zi ham. Ikkinchi binoga tashqariga chiqish shart bo’lmagan, ikkita binoni uzun zal ajratib turgan, ikkinchi va uchinchi qavatlarga esa zinalar orqali ko’tarilgan. Shift tekis bo’lgan va ko’proq yorug’lik yetkazib berishligi uchun har bir xonaga ulkan qandillar o’rnatilgan. Bino imperator Adrian davrida mashhur bo’lgan uslubda qurilgan bo’lib, asosan, qurilish materialining bezagi sifatida marmardan keng foydalanilgan, shu bilan birga,137 g’isht, beton, ohak, shag’aldan ham keng foydalanilgan.



  1. Anthony Kaldellis. Hellenism in Byzantium: The Transformations of Greek Identity and the Reception of the Classical Tradition. –Cambridgeshire: ”Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 38




  1. Marín Valdés. Plutarco y el arte de la Atenas hegemónica. –Oviedo: ”Universidad de Oviedo”, 2008. –P. 76




  1. Spawforth S. Greece and the Augustan Cultural Revolution. –Cambridgeshire: “Cambridge University Press”, 2011. –P. 262

  2. Donald G. Kyle, Sport and Spectacle in the Ancient World. –London “Wiley Blackwell”, 2015. –P. 321




  1. Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –Spain: “Routledge”, 2013. –P. 7

68
Selsus kutubxonasi qayta tiklangandan so’ng haykallar ham xuddi o’sha tartibda, ko’rinishda o’rnatildi lekin ular asli emas, haykallarning haqiqiy nusxasi hozirgi kunda Venadagi Efes muzeyida saqlanadi. Kutubxonada tomosha qilish uchun keluvchi sayyohlarning keti uzilmaydi lekin har yerda ham tartib bo’lgani kabi bu madaniyat yodgorligida ham ertalab soat 8:00 dan kechqurun 19:00 qadar sayr qilish mumkin, shu bilan birga bu yerga kirish uchun chipta sotib olish lozim bo’ladi. Aytish mumkinki, hozirga qadar hech qachon chiptalar sotilmasdan qolib ketmagan.138
Selsus kutubxonasining qadri haqida so’z borganda shularni ytish joiz, kutubxona binosining old tomoni 2001-2005-yillarda joriy qilingan Turk pul birligining 20 million lirasini orqa tomoniga va 2005-2009-yilda qaytadan joriy qilingan yangi 20 million liraning old qismida Selsus kutubxonasining old sahnasining surati tushirilgan.139
Selsus kutubxonasi deganda o’g’ilning otaga bo’lgan hurmatining yorqin ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p o’qiganmiz biroq Selsus siymosi bizga o’sha zamonda ham yaxshi odamlar bo’lganligini isbotlab beradi. Antik dunyoda ko’plab kutubxonalar bo’lgan lekin ularning aksar qismidan faqatgina zodagonlar, qirol oilasiga mansublar foydalanishgan ammo Selsus kutubxonasiga oddiy xalq ham kiraolgan, balk, shu sabab ham kutubxona haqida hech bir yerda hech qachon salbiy fikr aytilmagandir!
Konstantinopol–Vizantiya imperiyasi poytaxti. 324–330 yillarda Konstantin I asos solgan va imperator sharafiga “Konstantinopol”–“Konstantin shahri” deb nom qoʻyilgan. 330 yilda Konstantin I Rim imperiyasi poytaxtini sharqqa Konstantinopolga koʻchiradi. Davlat muassasalari va senatning Rimdan koʻchirib kelinishi Konstantinopolning rivojlanishiga olib keldi. Yirik savdo yoʻllarining kesishgan joyida joylashgan shahar, Sharq va Gʻarb oʻrtasida iqtisodiy, savdo va madaniy aloqalarni bogʻlovchi markazga aylandi. IV salib yurishi davri (1202– 1204)da salibchilar tomonidan talandi. 1204–1261-yillarda Lotin imperiyasi





  1. Anthony Kaldellis. Hellenism in Byzantium: The Transformations of Greek Identity and the Reception of the Classical Tradition. –Cambridgeshire:” Cambridge Univesity Press”, 2008. –P. 39




  1. https://en.wikipedia.org/wiki/LibraryofCelsus

69
poytaxti etib belgilandi. Vizantiya poytaxti vayronalar natijasida Konstantinopol shahridan Nikeya shahriga 1222-yili imperator Jon III Do’kas Vatatzes yoki Dukas Vatatzes ko’chirtiriladi. 1261-yilda normannlardan Konstantinopolni imperator Maykl VIII Palalogos tortib olib qayta qo’lga kiritganidan so’ng Konstantinopol poytaxt shahar deb qayta belgilanadi, shu bilan birga, Konstantinopol imperial kutubxonasi ham Buyuk Konstantinopol saroyiga ko’chiriladi.140 1453-yil 29-may kunida uni Usmonli turklar imperiyasi egallab, nomini Istambul deb oʻzgartirdilar. Konstantinopol keyinchalik, Istanbul nomi bilan 1923-yilgacha Turkiya poytaxti boʻlgan.
Konstantinopol Imperial kutubxonasi. Vizantiya imperiyasi poytaxti Konstantinopolda qadimiy dunyoning ulkan kutubxonalari qatorida eng oxirgilaridan Konstantinopol imperial kutubxonasi bo’lgan. Kutubxona matnlari asosan, yahudiy-nasroniy oyatlari bilan to’ldirigan kutubxona hisoblanadi.141 Buyuk Aleksandriya kutubxonasining va boshqa qadim dunyodagi kutubxonalarining vayron bo’lganidan 1000 yillar o’tib ham yunonlar va rimlilkarning olim-u fuzalolarining yozgan asarlari saqlanib qolgandi va ularni yig’ib bir joyga jamlashni Buyuk Konstantinopol amalga oshirdi. 1204-yildagi Salib yurishlari, jumladan, boshqa urushlar, yovvoyi xalqlarning dam-badam Rimga hujumlari, tasodifiy yong’inlar natijasida kutubxonaning ko’pgina kitoblariga ziyon yetdi lekin eng oxirgi zarbani 1453-yil 29-may kuni Usmonli turklar imperiyasi Konstantinopol shahrini zabt etgan kuni sodir bo’ldi, ya’ni bu qadimiy kutubxonaning umri poyoniga yetdi. Ana shu kunga qadar kutubxona ko’plab ziyon ko’rgan bo’lsa-da, o’z faoliyatini juda chiroyli davom ettirib kelardi. Kutubxona Konstantinus II (337-361) tomonidan tashkil etilgan bo’lib, uning o’zi kutubxona qurilishiga doir loyihani ishlab chiqqan va xattotlarga yunon adabiyotlaridan nusxa ko’chirishni eng birinchi vazifa qilib qo’ygandi.
Kutubxona Konstantin II tomonidan tashkil etilgan bo’lsa, undan keyingi imperatorlar ham kutubxonani rivojlantirishni o’zlariga ham qarz, ham farz deb




  1. Donald Queller. The Fourth Crusade. –London: ”Library”, 2000. –P. 19




  1. Wilson, Nigel G. The Libraries of the Byzantine World. –Michigan: “Michigan University press”, 2003. –P. 200

70
bildilar, xususan, imperator Yulian (361-363) Zosimusga kutubxonaga kichik bo’lsa ham homiylik qilishni buyruq qiladi va natijada kutubxona anchagina kengaydi.
Imperator Valens esa, 372-yili 7ta o’z ishining mohir ustasi bo’lgan xattotlarni keltiradi.142 Xattotlarning to’rttasi yunon va uchtasi lotin tilini mukammal bilgan xattotlarbo’lgan. Ular yunon adabiyotlarini ko’chirishdi va hozirgi kunda bizga ma’lum aksariyat yunon klassik adabiyotlari vizantiya nusxasida Konstantinopol kutubxonasidan ko’chirilgan nusxalar hisoblanadi.143
Konstantinopol Imperial kutubxonasi tarixi. Konstantinopol kutubxonasining ochilish marosimi ham o’tkazilgan bo’lib, bu haqida Zemestius o’z estaliklarida yozib qoldirgan va bu qisqagina yozuv kutubxonaning eng bitinchi matni sifatida e’tirof etiladi, unda “Buyuk Konstantin muqaddas kutubxonaning ochilgan kuni keldi va tantanovor nutq qildi. U ellinistik adabiyotlarni qayta tiklanishini va bunda xattotlarga va shaxsan menga omad tilab tabrikladi”, deyiladi.144 Darhaqiqat, Qadimgi Yunonistonda yozilgan kalima ham, eng ko’p adabiyotlar ham papirusga bitilgandi, lekin vaqtlar o’tgani sayin papirus o’z xususiyatini yo’qota boradi, buni bilgan Buyuk Konstantin IV asr davomida papirusga yozilgan qo’lyozmalarni pergament qog’ozlarga ko’chirib, ularni saqlab qolishga urindi va u birinchi navbatda, muqaddas kitoblarga o’z e’tiborini qaratdi. Konstantinning vorisi Konstantin II otasining shunday ulug’ ishini davom ettirdi. Bu jarayon Konstantinopol Imperial kutubxonasidagi birinchi chin ma’nodagi mustaqil ish bo’ldi. Taxminlarga ko’ra, kutubxonada 100.000 jild matn bo’lgan ekan. Bir qator olimlar esa kutubxonada 100.000 hajmdagi kitoblar bo’lganligini inkor etib, sababini quyidagicha izohlashadi: qadimgi zamonda kitoblarni yozish, ularni saqlovni ta’minlash va eng muhimi, matnlar yoziladigan xom-ashyoni u qadar ko’p bo’lmaganligini izohlab, kinoya tarzida, axir, u Aleksandr kutubxonasi emas-ku!”



  1. Steven Runciman. Byzantine Civilisation. –London: “Library of Congress”, 1967. –P. 82




  1. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 4–жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000. –Б. 499

  2. Harris, Michael H. History of Libraries of the Western World. Sweden:”Scarecrow Press”, 1999. –P. 159

71
deyishadi.145 Zemistios ismli shaxs boshchiligida kutubxonaning gullab-yashnashi uchun bir guruh xattotlar fidokorona mehnat qilishdi.
Agaton Konstantinopol Imperial kutubxonasining ilk kitobxoni edi. Keyin esa kutubxonachisi ham bo’ldi. 680-yilda qiroatxona-o’quv zalida ishladi, keyinroq, toki monofelit-bid’atchi degan tamg’a bosilgunga qadar, Oltinchi Boshqaruv Kengashida axborotchi-muxbir vazifasida ishladi. U beshta patriarxiyaga o’zi yozgan hujjatlarning nusxalarini yubordi. Shular orasida, 712-yilda hali yunonlar mavjud va ular Filipsus Bardanes atrofida, monotelizm dini bilan birlashadilar, degan yozuv ham bor edi. Konstantinopol Imperial kutubxonasi tarkibida papirusga yozilgan matnlarni pergament qog’ozlarga ko’chirish ishi kutubxonaning eng e’tiborli va eng asosiy, shu bilan birga juda ham katta vaqt sarflangan ishlari ro’yxati sirasiga kiradi. Lotin yozuvi bilan shug’ullanadigan xattotlar ellinistik davrdagi Gomer asarlariga o’zgacha mehr bilan yondashdilar va har bir so’zini, harfini ham o’zgartirmay, buzmay ko’chirishga intildilar. Ikkinchi o’rinda Sofoklning asarlariga e’tibor berishdi. Bu asarlar Konstantinopol kutubxonasidagi eng noyob durdonalar sanalganligi uchun kitoblarni asrab-avaylash Zemistiosga maxsus vazifa sifatida topshirilgandi. Qolgan yunon faylasuflarining ham qo’lyozmalari e’tibor bilan saqlangan biroq qazish ishlari natijasiga ular Konstantinopoldan emas, Gerkulenuem shaxsiy kutubxonasi qoldiqlari orasidan topildi. Yana Konstantinopol kutubxonasining eng e’tiborga molik tomoni, papirusdagi matnlar hech bir tilga tarjima qilinmasdan o’sha holida yozilgani edi.

Kutubxona bunyod bo’lganidan boshlab ko’plab talofatlar ko’rdi, masalan, 473-yildagi tasodifiy yong’inda 120.000 hajmdagi qo’lyozma matnning varoqlari kuli ko’kka sovurildi. Yong’indan so’ng ayrim o’ta darajada muhim bo’lgan asarlar qayta tiklandi. Chindan ham Zemistios va Konstantiusning urinishlari beiz ketmadi, kitoblardan juda ko’plab kishilar bahramand bo’lishdi, shu bilan birga, ularning sa’y-harkatlari, kutubxona har gal qanday talofat ko’rmasin qaytadan yana





  1. Fritz Krischen. Die Landmauer von Konstantinopel . –Berlin: ”De Gruyter”, 1938. –S. 105

72
uni imkon qadar tiklaganlari oqibatida yunon-rim klassik adabiyotlarining ko’pgina qismlari bizga qadar bus-butun yetib kelgan.
1204-yil 12-aprel kuni IV Salib yurishida normanlar Konstantinopol shahrini vayron etishganida kutubxona ham anchagina ziyon ko’rdi. Ayrim manbaalarga qaraganda, Salib yurishlaridan keyin Salibchilar kutubxonaning ba’zi qo’lyozmalarini boshqa mamlakat qiziquvchlariga pullab yuborgan bo’lishlari ham mumkin.146 Donald Quellerning qazish ishlari natijasida aniqlagan ma’lumotlariga qaraganda, kutubxona qo’lyozmalari Salib yurishlaridan avvaloq yong’inda qolgan, omon qolgan kitob, matn va qo’lyozmalar esa, Salibchilar tomonidan yo’q qilingan bo’lishi kerak, degan xulosani beradi. Ushbu ayanchli bosqinchilik yurishlaridan so’ng kutubxonani tiklashga hech qanday harakat bo’lmaganligini ham Donald Queller o’z ocherkida berib o’tadi. Professor Kerlayl Usmonli turklar imperiyasining bosqinidan keyin omon qolgan matnlarni Seraglioga 1800-yilda yuboradi, ammo ular nechundir bu nodir qo’lyozmalarga u qadar e’tibor qilmaydilar. Faqat 1840-yilga kelganda Arximedning vizantiya qo’lyozmalari o’rganila boshlandi va 1915-yilga kelganda tarjima qilib chop ettiriladi. 1998-yilda qaytadan tahrir qilinib nashr ettirildi.147
Konstantinopol saroy kutubxonasi o’zini buyuk Aleksandriya kutubxonasining vorisi deb hisoblagan va shu vajdan o’zini har qachon g’urur bilan tutishga o’rgangan, balki shu sabab, boshiga juda ko’plab fojealar tushsa ham qayta-qayta o’zini tiklab olishga intilgan va doim buni uddasidan chiqqandir, toki Usmonli turklar imperiyasi qaqshatqich zarbani bermaguncha va ammo shunday bo’lgan taqdirda ham biz avlodlarga arxiv-kutubxonaning 70-80% kitoblari, hujjatlari yetib kelgandir. Bu kutubxonaning o’ziga xos bo’lgan jihati hisoblanadi va biz unga “matonatli kutubxona” degan sharafli unvon bergan bo’lardik.
Papirus villasi Rim imperiyasidagi eng hashamatli uylardan biri bo’lgan. Ushbu hashamatli uydagi nodir buyumlarni olimlar juda katta miqdorda bo’lgan deb e’tirof etadilar. Noyob buyumlar orasida bronzadan va marmardan bo’lgan



  1. Friedrich Schrader. Konstantinopel in Vergangenheit und Gegenwart. –Deutschland: „Mohr Siebeck”, 1917. –S.






  1. wikipedia.org/wiki/Imperial Library of Constantinople

73
haykaltaroshlik namunalari, ajoyib freskalar, jumladan, ko’plab noyob asarlar jamlanmasi ham bo’lgani taxmin qilinadi.
Kutubxona qadimgi Erkolano, hozirgi janubiy Italiyadagi hududda joylashgan. Bu yerdan Vezuviy vulqoni joyi shundoq ko’rinib turgan lekin bu yerdan dengizni ko’rishni sira ham iloji bo’lmagan, bunga yana o’sha Vezuviy vulqoni sabab edi. Villa Yuliy Sezarning qaynotasi Lusius Kalpurnius Piso Kaesoninusga tegishli bo’lgan bo’lishi kerak, degan taxminlar ham bor.
Gerkulenuem milodiy 79-yildagi Vezuviydagi portlashdan so’ng 30m kul ostida qoladi. 1750-1760-yillardagi Burbon qirollik oilasidan bo’lgan Karl Veber tomonidan tasodifiy qazish ishlari olib borilgunicha kutubxona kul ostida qoladi. Qazish ishlari nixoyasiga yetgandagina bu joy, u yerdagi topilmalarning bari antik davrga tegishli ekanligi aniqlanadi, shuningdek, eng muhimi, bu yerda shaxsiy shu bilan birga anchagina salmoqli qo’lyozma, kitoblar, bir so’z bilan aytganda, kutubxona bo’lganligi “kashf etiladi”. Buyumlar orasida, bu hashamatli dargohdan 1.800 papirusga yozilgan qo’yozmalar eng noyob va eng ajoyib topilma hisoblanadi, biroq aksar topilmalar vulqon natijasidagi karbonad angidrid gazidan anchagina zararlanganligidan anchayin achinarli ahvolda edi, hamda barcha narsalar qop-qora rangda qazib olingan, ularni qora kuyalardan tozalashga ham obdon vaqt sarflangan va qazish ishlari so’nggida Villaga Veber tomonidan “Gerkulenuem papiruslari” degan shartli nom qo’yilgan. Topilmalar Neapol Milliy Arxeologiya muzeyiga topshirilgan va hozirda u yerga aynan ana shu papiruslarni ko’rish uchun ko’plab qiziquvchilar kelishadi.
Papirus villasi tavsifi. Villa Neapol ko’rfazida joylashgan bo’lib, unga eng yaqin uy 100m uzoqlikda joylashgan bo’lib, ko’rfazdan 250m uzoqlikda bunyod qilingan edi. Villa to’la bog’ bilan atrofi o’ralgan bo’lib, o’rtasida usti yopiq shiyponi bor edi, villa pastrog’ida mazali uzumzor, undan u yog’i katta o’rmonga ulanib ketgan. So’nggi tadqiqot natijalariga ko’ra, antik davrdagi uylar, asosan, ko’rfaz yaqinidagi uylar dengiz sathidan 16m balandlikda qurilgan, villa ham xuddi shu yo’sinda bunyod qilingan bo’lib, asosiy yashash qavati shunday balandlikda qurilgan edi.

74
Villaning qurilish rejasi puxta ishlab chiqilgan bo’lib, Pompey atrofida bu kabi mukammal sxemali inshoot ko’rmaganligini o’z esdaligida qayd etib o’tgan.


Kirish zali atrium uslubida-qadimiy Rim uylarida ochiq-yopiq kirish zali qurish an’ana tusiga kirgan edi. Bu haqida rim arxitektori Vitruviyning arxitektura haqidagi asarida batafsil ma’lumotlar berilgan. Villada basseyn-hovuz bo’lib, uning atrofi 10ta ustun bilan o’ralgan, shu bilan birga, har bir ustunning o’z tomi bor edi. Bu tomlar muhofaza maqsadida o’rnatilgandi.
Villa tashqarisida aholining dam olishi, uchun kichik bir, oddiygina usti yopiq shiyponcha ham qilingan bo’lib, u yerda ham bir noma’lum byust o’rnatilgan edi. Shiyponchaning o’ng yonida kichik bir hovuzcha bo’lgani qazish ishlari va bino loyihasidagi chizmalardan aniq bo’ldi.
Villadagi kutubxona binoning o’ng qanotida joylashgan bo’lib, uning binosi villadan alohida holda qurilgan edi. Xonadagi kitoblar oddiygina javonlarga joylangan va asosan, hozirda biz foydalanadigan kutubxonalarmizga juda ham o’xshash bo’lgan. Lekin papiruslar yo’g’och qutilar ichida saqlangan. Kutubxonada marmar va bronzadan bo’lgan haykalchalar ham bo’lgan bo’lib, ular kutubxonaning fayziga fayz qo’shgan deyish mumkin. Xona harorati me’yorda ushlab turilishi uchun xona derazalari maxsus ustalar tomonidan maxsus buyurtma asosida tayyorlangan va hovlidagi daraxtlar ham shu maqsadda ekilgan.
Hashamatli Villada san’at asarlari to’lib yotardi, ayniqsa, ulardan eng diqqatga sazovori, bronzadan yasalgan haykalchalar edi, bu haykalchalr nafaqat bugungi kun odamlarini, balki, o’sha paytlarda ham hammaning havasini keltirgani kutubxonada saqlangan bir papirus matnida ham keltirilgan. Umuman, turli materiallardan bo’lgan haykaltaroshlik namunalari 80dan ortiq bo’lib, ular ayni kunda Neapol Milliy Arxeologiya muzeyida nodir buyumlar sifatida saqlanadi. Haykallar ichida eng ajabtovuri 1758-yili topilgan Germesning o’tirgan holatidagi haykali hisoblanadi. Yana bir haykal Satirusning ko’zachada suv quyib turgani, boshqasida Delfin og’zidan Amorini suv olayotgani, yana 11ta bronza haykalda esa, turli xildagi favvoralar haykalchalari, marmardan bo’lgan haykalchada esa

75
raqs tushayotgan ayol tasvirlangan edi. Bu haykallar villa ichidan topilgan bo’lsa qolganlari devorlar atrofidan topilgan.


Uy egasi, Kalpurnius Piso asosan, falsafiy harakterdagi kutubxona tashkil etishni maqsad qilib olgandi. Kutubxona Pisoning do’sti epikurizm ta’limotidagi Filodemus tomonidan Pisoga ko’plab maslahat va yordam berishi natijasida bino bo’lgan. Bu kutubxonada Filodemusning Gadara asari ham saqlangan. Filodemus Epikur ta’limotidagi faylasuf va shoir. U Sidon Zenoda, keyin Afinada, Rimda va keyin Gerkulenium-Papirus villasida faoliyat olib borgan. Uning yunon Derlemasi asarining bir nusxasi saqlanib qolgan, lekin XVIII asrda papirus o’ramlarda Villadan Filodemusga tegishli asarlar ko’plab topilgan. Uning asarlarini o’rganish hamon davom etmoqda, sababi, u yozgan asarlar juda murakkab. Filodemus asarlari asosan, axloq, ilohiyot, retorik, musiqa, she’r, tarix va falsafiy maktablar haqida yozilgan. Uning asari to’g’rida Sitseron ham aytib o’tgan.
1765-yilda Villadagi qazish ishlari mahalliy aholining shikoyati orqasidan to’xtatishga majbur bo’lingan. Arznomaga sabab qilib aholi, kuchli shovqin-suron, asbob-uskunalarni ishlatishdagi yoqimsiz holatlarni keltirishadi va ularning iltimoalari inobatga olinib tadqiqot to’xtatiladi. Shu bilan villa haqida unutildi. 1980-yilda yana qayta kutubxonaga qiziqish uyg’ondi. 1986-yilgacha villaga kirish yo’lini topolmay ko’p sargardon bo’lishdi. Va nixoyat, 1765-yilgi ma’lumotlarni topib astoydil o’rganilishi natijasida Villaga tunnel orqali kirishni aniqlashdi. Villa kirish yo’llari qaytadan tozalandi. 1990-yilga kelganda qazish ishlari jadallashib ketdi. XVIII asrda aniqlay olinmagan ma’lumotlar ham oshkor bo’la boshladi. Binodan 4m balandlikdan ajoyib freska namunalari, shu bilan birga, dengizga chiqadigan yo’l, ustunlarda esa to’rtburchak teshiklar borligi aniqlandi. Qazish ishlari 2007-yilga qadar uzluksiz davom etdi. 2008-yili 2.800m² maydon Villaga tegishli deb, Italiya hukumati e’lon qildi va davlat muhofazasiga olindi, bu haqida David Vudley Pakkard o’z maqolasida bildirib ketgan, maqola Pakkard Gumanitar instituti tomonidan nashr etilgan. Pakkard Gumanitar instituti mutasaddilari David Vudley Pakkardning maqolasidan keyin hukumatdan 2008-yilning o’zida Villa qazish ishlarini qaytadan yana bir bor olib borish, so’nggi xulosalarni yozib, ishni

76
o’z nixoyasiga yetkazish uchun moliyaviy ko’mak so’rashadi. Lekin 2012-yilga qadar hukumat ko’p narsalarni ro’kach qilib yordam berishdan bosh tortib keldi. Oxiri, 2012-yili multi-spektral ko’rish apparati olib kelish uchun mablag’ ajratildi. U papiruslarni o’qishda infraqizil nur yordamida o’qishga yordam berardi. Va shu vaqtga qadar taxminan o’qib yurilgan qop-qora matnlar endilikda 90% o’qilishi osonlashib, siyohni qora kuyadan ajratish imkonini berdi. Ammo shuni ham aytish mumkinki, oxirgi texnologiyalar olib kelingan bo’lsa-da, papiruslarni haligacha to’liq o’rganib chiqishmagan, buning imkoni ham yo’q. Sababi, multi-spektral ko’rish apparati o’zidan zararli nur chiqaradi va o’rganayotgan tadqiqotchining hayotiga anchagina zararli hisoblanadi, undan tashqari, ko’p yillar 25-30m kul ichida yotgan papiruslar ham mo’rtlashib qolgani bois, maxsus tayyorgarliklarsiz ular bilan ishlab bo’lmaydi.148


Villadagi hujjatlarni rasmiy ro’yxatga olish 1826-yili boshlangan edi. Unda 970ta o’ramda hujjat bo’lib, 340dan ortig’i kuchli portlash oqibatida deyarli kulga aylangan, 500tasiga esa shunchaki ziyon yetgan deb hujjatlar rasmiylashtirilgan edi. 1855-yili qayta bu yerdagi papirus o’ramlar rasman ro’yxatga olinishi boshlani, unda 1.756ta o’ramda papirus va uning bo’laklari mavjud bo’lsa, shundan o’qish mumkin bo’lgani 1.814tani tashkil qiladi deb hujjatlashtirilgan.149
Gerkulenuemdagi tajribalar 1802-yili Neapol qiroli Ferdinand IV 6ta o’ramdagi papirusni Napoleon Bonapartga sovg’a qilib diplomatik muzokara taklif qiladi, Bonapart taklifga rozi bo’ldi. 1803-yili Franchesko Karelli tomonidan boshqa sovg’alar bilan papiruslar ham tashib ketiladi. Napoleon ular keltirilgach barini Fransiya institutiga Gaspar Monge va Vivant Denonlarni hujjatlarga mas’ul qilgan holatda topshirdi.
1810-yili 18 ta papirus qog’ozlarini Jorj IV yoyib o’qidi va ulardan 4 tasi Bodleian kutubxonasiga tuxfa qildi. Qolgan qismini barchasini Britaniya kutubxonasiga eltib berdi.


  1. Maiuri, Amedeo. Herculaneum and the Villa of the Papyri. –Italy: ”Carthusia Edizioni”, 1974. –P. 35–39




  1. Hornblower, Simon and Antony Spawforth. The Popularity of Epicureanism in Late–Republic Roman Society. – New York: ”Oxford Classical Dictionary”, 1996. –P. 3

77
XVIII asrda Abbot Piaggio papiruslardan nusxa ko’chiradigan mashina ixtiro qildi va imkon qadar jadallik bilan o’z ishini boshladi. 1802-yili , Neapol qiroli Ferdinand IVning buyrug’I asosida Jon Hayter ushbu jarayonga jalb etildi. 1802-1806-yillar oralig’ida Hayter va Abbot 200 taga yaqin papiruslarni qisman o’qishga muvaffaq bo’lishdi. Kashf qilingan uskuna siyohni kuldan ajratishga ozgina yordam berardi, xolos. Shu uchun ish juda sekin va tadqiqotchilarning o’zlarida ham to’liq ishonch bo’lmagan holatda o’rganildi. Bu tajribalar Bodleian kutubxonasiga topshirilgan va “Oksford Faksimilesning Gerkulaneum papirusi” nomli bo’limida saqlanadi.
1816-yil yanvar oyiga kelganda Per-Klaud Molard va Roul Rozettelar Abbot Piaggioning mashinasida qaytadan papiruslarni tahrir qilishga kirishadilar. Hamma tadqiqotlar juda yaxshi o’tadi ammo oxirgi kuni butun boshli tajriba yonib ketadi, buning sababi, hozirga qadar noma’lum.
1877-yili papiruslar Luvrga keltirildi va yana bir bor ularni o’rganishga urinishdi. Ammo bus safar ham urinishlar besamar ketdi.


  1. asrning o’rtalariga kelganda, o’ramlarning 585tasi to’liq o’qilgan, 209tasi qisman o’rganilgan, 200tasini o’qishni imkoni yo’q deb topilgan va 150tasi nashr qilingan edi.

Saqlanib qolgan qo’lyozmalarning asosiy qismi Neapol Milliy Arxeologiya muzeyida joylashgan.


1969-yili Marselo Gigante “Gerkulenuem papiruslarini o’rganish xalqaro
markazi”ga asos soldi. Bu markazda Papirus Villasiga doir ishlar qaytadan ish boshladi va tez orada kata yutuqlarga erisha boshladi, xususan, 300 ta matnni to’liq o’qishga erishildi.
1999-yili bir nechta spektral tasvirlash (MSI) metodlari qo’llanildi, 2011-yil 4-iyul kunida esa olimlar Papirus villasini o’rganishdagi o’zimizni oldimizga maqsad qilib olgan vazifamiz to’laligicha bajarildi, deb butun dunyoga e’lon qilishdi.
2007-yildan boshlab Papirologiya Instituti olimlari Kentukkida eksponatlarni o’rganish bo’yicha ish boshladilar.

78
2009-yili Fransiya Instituti bilan birgalikda papiruslarni X-ray micro-komputer tomografiya (mikro-KT)dan o’tkazilib, papiruslarni o’zini o’rgandilar. Va shu paytga qadar ularni chirimay saqlanib qolishligiga papiruslarni uglerodga to’yintirilgani aniqlandi.


2015-yilga kelganda Milliy tadqiqot kengashi institutining Mikroelektronika va Mikrosistemalar mutaxassisi doktor Vito Mosella boshchiligidagi bir guruh (CNR-IMM) olimlar X-ray bosqich-kontrast tomografiya (XPCT )ni kashf etdilar va buni papiruslarda sinovdan o’tkazdilar. Bu tajribada papirusdagi sirli yozuvlar borligi aniqlanishi asosiy maqsadi edi va tajriba muvafqqiyatli o’tdi.150
Papirus villasi yoki Gerkulenium arxiv-kutubxonasi, bu ko’hna dunyo kutubxonalari ichida o’zining nazokati bilan nom chiqargan kutubxona deyish mumkin, o’zida juda ham ko’plab hujjatlarni jamlagan ushbu arxiv-kutubxona Yuliy Sezarning qaynotasi tomonidan rejalashtirilib, qurilgan kutubxona hisoblanadi. Kutubxonaning o’ziga xos muhim jihati shundaki, kutubxonada faqatgina hujjatlar, kitoblar bo’lmagan balki, noyob buyumlar ham o’rin olgan va asosan, olimlarning muzokaralaridan iborat bo’lgan bo’limlar ham mavjud va yana pairusdangina tshkil topgan jahondagi yagona kutubxona hisoblanadi.




  1. Bukreeva I. Enhanced X–ray–phase–contrast–tomography brings new clarity to the 2000–year–old ‘voice’ of Epicurean philosopher Philodemus. –Italia:”AWD Group”, 2016. –P. 40–45

79
XULOSA

Bitiruv malakaviy ish mavzusi “Jahonning ilk arxiv-kutubxonalari tashkil topishi va rivojlanish tarixi” deb nomlanadi. Bu mavzu bo’yicha o’zbek tilida hozirga qadar hech qanday ilmiy ish qilinmagan va arxivshunoslik yo’nalishida o’qiyotgan talabalar eng qadimgi dunyo tarixi arxivlari, kutubxonalari, hujjatlari, yozma manbaalarini o’rganishda, seminar mavzulariga tayyorlanish jarayonlarida bir muncha qiyinchiliklarga duch kelardi, aynan shu masalani ozgina bo’lsa-da ijobiy tomonga o’zgartirish maqsadida ushbu mavzuni tanladik hamda uzoq izlanishlarimiz natijasida xorijiy manbalarda eng qadimgi dunyo kutubxonalaridan tortib arxiv manbalarigacha ko’plab ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar, arxeologik qazish ishlari olib borilgani va juda ham ko’plab ilmiy kitoblar, maqolalar chop ettirilganini ko’rdik. Xususan, Oshshurbanipal saroy kutubxonasi haqidagi izlanishlar hamon davom etmoqda va aytish mumkinki, oxirgi 100 yil ichida tadqiqotchilar bu matnlar ichidan juda ajoyib bo’lgan yangidan yangi ma’lumotlar topaveradilar, sababi kutubxona fondi katta bo’lish bilan birga juda murakkab, qiziqarli va zavqli. Ishonamanki, nafaqat xorijliklar balki, Markaziy Osiyodan ham olimlar borib matnlar ustada tadqiqotlar olib borib ijobiy natijalarga erishadilar.


Xattusa saroy kutubxonasidagi hujjatlarning bus-butun saqlangani ham mo’jizaning o’zi deb olimlar qayd etib o’tgani bejiz emas, axir ana shu matnlar orqali biz necha zamonlar yo’qlik qa’riga singgan buyuk sulola haqida to’liq ma’lumotga ega bo’ldik, ammo shu o’rinda bir narsani ham ta’kidlab o’tish lozim, bu podshohlik haqida qanchalik ko’p ma’lumot bo’lmasin, nechundir uni o’rganuvchilar soni u qadar ko’p emas. Umid qilamizki, bu arxiv kutubxona faoliyatiga doir kitoblar ham yaqin kunlarda nashr ettiriadi va o’z o’quvchilari topadi.
Buyuk Aleksandriya kutubxonasi, bu kutubxona hozirgi zamonaviy kutubxonalarimizning ishlash jarayoniga o’zining tuganmas tajribalarini qoldirib ketgan “Oqsoqol kutubxona” hisoblanadi, kutubxona yo’qlikka singgan deb o’rgandik, ammo bu noto’g’ri, sababi, kutubxona haqidagi manbalar bo’lmaganda biz u haqida bilaolarmidik, to’g’ri uning qay ko’rinishda bo’lgaligi haqida

80
faqatgina olimlarning yozma adabiyotlaridangina bilib olamiz, biroq ana shuning o’ziyoq zamonamizning kutubxonalari uchun tamal toshi emasmi?! Hamma ham xato qiladi, hattoki biz sevgan insonlar ham, arxiv-kutubxonani o’rganish jarayonida uning bir marta qilgan xatosi, o’zi kabi faoliyat yuritayotgan kutubxonani ish jarayonini to’xtatishga bo’lgan harakati uni noaniqliklar ichra olib ketgan degan xulosaga keldik lekin baribir u antik davrdagi eng ulkan arxiv-kutubxonadir.


Ko’hna dunyo arxiv-kutubxonalari ichida ikkinchi o’rinda turgan ushbu kutubxona “Dunyo marvaridi” degan nom bilan turadi. Pergamon kutubxonasi oddiygina bir uyda tshkil etilib, ulkan inshootga ko’chirilib ish faoliyatini o’sha yerda muvaffaqiyatli davom ettirgani tahsinlarga sazovor va hatto dushmanlar har yo’l bilan uni to’xtatmoqchi bo’lganlaridan ham oqillak ila yo’l topa olgani va shu kashfiyotining o’zi uni dunyo sahnasida o’ziga munosib o’rin yaratib olganidan dalolat desak mubolag’a bo’lmaydi.
Antioxiya saroy kutubxonasihaqida Kostantin Orientis so’zlariga qaraganda, kutubxona ham, muzey ham 507-yil iyul oyida Tiberiy davrida yer yuzidan shupurib tashlandi.151 Lekin kutubxona faoliyati va undagi saqalangan hujjatlar haqida ma’lumotlar bizning davrimizga qadar saqlanib qoldi. Bundan tashqari ushbu kutubxona-arxiv xazinasi keyinchalik yuzaga kelgan ko’plab kutubxona va arxivlar uchun ham ma’lumot manbai bo’lib hizmat qildi va o’z o’rnida aytish kerakki, har bir kutubxona faoliyati jarayonida o’zdan yorqin bir iz qoldirib ketgani sababli ham ayni kunda biz ularning tarixini o’rganmoqdamiz.
Selsus kutubxonasi deganda o’g’ilning otaga bo’lgan hurmatining yorqin ifodasi ko’zga tashlanadi, qullarning qiynagan zodagonlar haqida tarixda juda ko’p o’qiganmiz biroq Selsus siymosi bizga o’sha zamonda ham yaxshi odamlar bo’lganligini isbotlab beradi. Antik dunyoda ko’plab kutubxonalar bo’lgan lekin ularning aksar qismidan faqatgina zodagonlar, qirol oilasiga mansublar



  1. Thompson J.W. Ancient Libraries. –California: “University of California Press”, 1940. –P. 55

81
foydalanishgan ammo Selsus kutubxonasiga oddiy xalq ham kiraolgan, shu sabab ham Selsus kutubxonasini o’rganuvchilar u haqida doim ijobiy fikr bildiradilar.
“Matonatning yorqin ifodasi” biz ushbu kutubxona faoliyatini o’rganish jarayonida shu xulosaga keldik. Konstantinopol saroy kutubxonasi o’zini buyuk Aleksandriya kutubxonasining vorisi deb hisoblagan va shu vajdan o’zini har qachon g’urur bilan tutishga o’rgangan, balki shu sabab, boshiga juda ko’plab fojealar tushsa ham qayta-qayta o’zini tiklab olishga intilgan va doim buni uddasidan chiqqandir, toki Usmonli turklar imperiyasi qaqshatqich zarbani bermaguncha va ammo shunday bo’lgan taqdirda ham biz avlodlarga arxiv-kutubxonaning 70-80% kitoblari, hujjatlari yetib kelgandir.
Papirus villasi yoki Gerkulenium arxiv-kutubxonasi, bu ko’hna dunyo kutubxonalari ichida o’zining nozikligi, nafosati bilan nom chiqargan kutubxona deyish mumkin, o’zida juda ham ko’plab hujjatlarni jamlagan ushbu arxiv-kutubxona Yuliy Sezarning qaynotasi tomonidan rejalashtirilib, qurilgan kutubxona hisoblanadi. Kutubxona faoliyatidan shu narsa ma’lum boldiki, kutubxona nafaqat o’qish zali, balki, ruhan dam olish, orom olish maskani hamdir, buni Papirus villasi misolida yuqorida ko’rib o’tdik.
Bu maqola yoki kitobni o’rganish jarayonida ulardagi manbalarning, xulosalarning ham turli-tuman ekanligiga guvoh bo’ldik. Ularning ayrimlarini ushbu bitiruv malakaviy ishida ham keltirib o’tdik, umuman olganda ushbu tadqiqotni yozish jarayonida juda ham ko’p narsalarni o’rgandik deb ayta olaman va aytish mumkinki, har bir kutubxonaning o’zga xos bo’lgan ijobiy xususiyatlari, olimlarning ish faoliyati jarayoni va ulardagi farqlarni ham ko’rdik.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi yuzasidan quyidagi takliflarni berish mumkin:


  1. Jahondagi ilk arxiv-kutubxonalar faoliyatini yanada chuqurroq o’rganib

zamonamiz arxiv-kutubxonalariga ham tadbiq etish;


2. Ilk arxiv-kutubxonalar faoliyatiga doir tadqiqotlarni yanada kengroq o’rganish;

82


  1. Dunyodagi dastlabki hujjatgohlarning xorij mamlakatlarida chop ettirilgan maqola, kitoblar, fikr-mulohazalarni o’rganib, solishtirish va uni talabalarga ham

e’lon qilishni taklif etamiz.

83
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
I.RASMIY ADABIYOTLAR:
1.1. Каримов И. А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “Ўзбекистон”,
1998.
1.2. Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т.: “Маънавият”,
2008.
1.3. Мирзиёев Ш. М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2016.
1.4. Мирзиёев Ш. М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик ҳар бир раҳбар кундалик фаолиятининг қоидаси бўлиши керак. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017.
1.5. Мирзиёев Ш. М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017.
1.6. Мирзиёев Ш. М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017.
1.7. ЎзР ФА Тарих институтининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида // Халқ сўзи. 1998, 29 июль.
1.8. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “2017–2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегияси” ПФ–4947- сонли фармони // Халқ сўзи. – 2017. – № 28. – Б. 1–2.

II.ASOSIY ADABIYOTLAR:
2.1. Авдиев В.И. Қадимги шарқ тарихи. – Т.:“Ўрта ва Олий мактаб давлaт нашриёти”, 1964.
2.2. Фридрих И. История писма. – Москва:“Молодая гвардия”, 1979.
2.3. Кузишина В.И. История Древнего Востока. Том III. – Mосква:
“История”, 1983.

84
2.4. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 1-жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000.


2.5. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 4-жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000.
2.6. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 5-жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000
2.7. Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси 10-жилд. –Т.: “Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2000.
2.8. Kabirov A. Qadimgi sharq tarixi. – T.: “Tafakkur”, 2016.
2.9. Aldred, Cyril. Akhenaten: King of Egypt. – London: “Thames and
Hudson”,1988. Anthony R Birley. Hadrian: The Restless Emperor. Abingdon. –
Spain: “Routledge”, 2013.
2.10. Anthony Kaldellis. Hellenism in Byzantium: The Transformations of Greek Identity and the Reception of the Classical Tradition. – Cambridgeshire: ”Cambridge Univesity Press”, 2008.
2.11. Bukreeva I. Enhanced X-ray-phase-contrast-tomography brings new clarity to the 2000-year-old ‘voice’ of Epicurean philosopher Philodemus. – Italia:”AWD Group”, 2016.
2.12. Canfora, Luciano (1990). The Vanished Library. – California:
”University of California Press”, 1990.
2.13. Carole Raddato The Celsus Library: 20,000 Scrolls Lost to History but Its Striking Architecture Remains. – Michigan: “University of Michigan Press”, 2016.
2.14. Clark, John Willis. The Care of Books. – Cambridge: “Cambridge University Press”, 1901.
2.15. Clifford Ando. Imperial Ideology and Provincial Loyalty in the Roman Empire. – California: “University of California Press”, 2000.
2.16. Clive Foss. Ephesus After Antiquity: A Late Antique, Byzantine, and
Turkish City. – Cambridge: “Cambridge University Press”, 1979.

85
2.17. Cristian Violatti. Pergamon. –England: “The University of Leicester”,


2015.
2.18. Cherf, William J. Earth Wind and Fire: The Alexandrian Fire-storm of
48 B.C. – Leiden: ”BRILL”, 2008.
2.19. David C. The Great Library of Alexandria. – Lindberg: “University of Chicago Press”, 1980.
2.20. David. Amarna. – London: “Archaeology”, 1998.
2.21. David Hart. The Myth of the Great Library. – Mexico: “Mehico history publishing”, 1999.
2.22. David, Rosalie. Handbook to Life in Ancient Egypt. – London: “Facts on File”, 1998.
2.23. Donald G. Kyle, Sport and Spectacle in the Ancient World. – London “Wiley Blackwell”, 2015.
2.24. Donald Queller. The Fourth Crusade. – London:”Library”, 2000.
2.25. Erksine, Andrew. Culture and Power in Ptolemaic Egypt: The Museum
and Library of Alexandria. – London: ”Oak Knoll Press”, 1995.
2.26. Eyma, Aayko. A Delta-Man in Yebu. – New York: ”Universal-Publishers”, 2003.
2.27. Fincke JC. The Babylonian Texts of Nineveh: Report on the British
Museum’s Ashurbanipal Library. – Oxford: Oxford University Press”,, 2003.
2.28. Fincke, Jeanette. The British Museum’s Ashurbanipal Library Project. –
Iraq: “World”, 2004.
2.29. Frahm. The British Museum’s Ashurbanipal Library. – Oxford: “Oxford University Press”, 2004.
2.30. Friedrich Schrader. Konstantinopel in Vergangenheit und Gegenwart. – Deutschland: „Mohr Siebeck”, 1917.
2.31. Fritz Krischen. Die Landmauer von Konstantinopel . – Berlin: ”De Gruyter”, 1938.
2.32. Garis Davies, Norman. The Rock Tombs of El Amarna. – London:
“EES”, 1903-1908.

86
2.33. Giacosa, Giorgio. Women of the Caesars: Their Lives and Portraits on


Coins. – Milan: ”Edizioni Arte e Moneta”, 1977.
2.34. Grundon, Imogen. The Rash Adventurer, A Life of John Pendlebury. – London:“Libri”, 2007.
2.35. Hanfmann, George Maxim Anossov. The Celsus Library in Ephesus. – Michigan: “University of Michigan Press”, 1980.
2.36. Hansen, Esther V. The Attalids of Pergamon. – New York: “Cornell University Press”, 1971.
2.37. Harris, Michael H. History of Libraries of the Western World. – Sweden:”Scarecrow Press”, 1999.
2.38. Hess, Richard S. Amarna Personal Names. – Oxford: “Oxford University Press”, 1996.
2.39. Hornblower, Simon and Antony Spawforth. The Popularity of Epicureanism in Late-Republic Roman Society. – New York: ”Oxford Classical Dictionary”, 1996.
2.40. Jeremy Norman. The Library of Pergamum (Pergamon) is Founded (197 BCE – 159 BCE). – England: “Pinguin Global”, 2017.
2.41. Johnson, Elmer D. History of Libraries in the Western World. – New Jersy: ”The Scarecrow Press”, 1970.
2.42. Kekeç, Tevhit. Pergamon. – Turkey, Istanbul: ”Hitit Color”, 1989.
2.43. Kemp, Barry. The City of Akhenaten and Nefertiti. Amarna and its People. – London: “Thames and Hudson”, 2012.
2.44. Kennedy, George. The Cambridge History of Literary Criticism:Classical Criticism. – New York: “University of Cambridge Press”, 1999.
2.45. Konstantinos S. The Great Libraries: From Antiquity to the Renaissance.
– London: “The British Library”, 2000.
2.46. Kosmetatou, Elizabeth. The Attalids of Pergamon. – Oxford:
“Blackwell”, 2003.

87
2.47. Krasner-Khait, Barbara. Survivor: The History of the Library. – London:


”History Magazine”, 2012.
2.48. Lamb, Annette. Antiochepedia Musings Upon Ancient Antioch: The
Museion. – Berlin: “Wissen”, 2008.
2.49. Lambert, Royston. Beloved and God: The Story of Hadrian and
Antinous. – New York: “Viking”, 1984.
2.50. Levick, Barbara. Faustina I and II: Imperial Women of the Golden Age.
– Oxford: “Oxford University Press”, 2014.
2.51. MacLeod, Roy. The Library of Alexandria: Center of Learning in the
Ancient World. – New York: “University of Cambridge Press”,2005.
2.52. Maiuri, Amedeo. Herculaneum and the Villa of the Papyri. – Italy:
”Carthusia Edizioni”, 1974.
2.53. Makowiecka, Elżbieta. The Origin and Evolution of Architectural Form
of Roman Library. – Spain: “Wydaw-a UW”, 1978.
2.54. Marín Valdés. Plutarco y el arte de la Atenas hegemónica. – Oviedo:
”Universidad de Oviedo”, 2008.
2.55. Mark Cartwright. Celsus Library. – Oxford:”Library”, 2017.
2.56. Martin G. T. The Royal Tomb at ell-Amarna. – London: “EES”, 1974.
2.57. Menant, Joachim. La bibliothèque du palais de Ninive. – Paris:
“E’Leroux”, 1880.
2.58. Milkaw, Fritz, Leyh, Georg. Ancient Greek and Roman Libraries. – America: ”Catholic University of America”, 1963.
2.59. Moran, William L. The Amarna Letters. – Cambridge: “Johns Hopkins University Press”, 1992.
2.60. Murray S. A. The library: Alexandria. – New York: ”Skyhorse Publishing”, 2009.
2.61. Murray S. A. The library: An illustrated history. – New York: “Skyhorse Publishing”, 2009.
2.62. Nagy, Gregory. The Library of Pergamon as a Classical Model. – Cambridge: “Trinity Press International”, 1998.

88
2.63. Nicols, John. Ephesus Library. – London: ”Planet”, 2017.


2.64. Olmstead A. T. The History of Assyria. – New York: ‘‘Charles Scribner’s Sons”, 1923.
2.65. Orosius, Paulus. The Seven Books of History Against the Pagans. – Washington:”Catholic University of America”, 1964.
2.66. Peter. Bergama (Pergamum)-Akhisar (Thyatira). – London: “Penguin Global”, 2007.
2.67. Pollard, Justin, and Reid, Howard. The Rise and Fall of Alexandria. – New York: ”University of Cambridge Press”, 2001.
2.68. Parsons, Edward. The Alexandrian Library. – London: “History Magazine”, 1952.
2.69. Raven. Lost Libraries: The Destruction of Great Book Collections since
Antiquity. – London: “University of California Press”, 2004.
2.70. Redford, Donald. Akhenaten: The Heretic King. Princeton. – Italy:”Italy Publish”, 1984.
2.71. Richard Evans. A History of Pergamum: Beyond Hellenistic Kingship. – London:”Bloomsbury Academic”, 2012.
2.72. Richard Wallace, Wynne William. The three worlds of Paul of Tarsus. – New Zeland:“Routledge”, 1999.
2.73. Roaf M. Cultural Atlas of Mesopotamia and the Ancient Near East. – London: “Penguin Random House”, 2004.
2.74. Sarah Yeomans. Ancient Pergamon. – Washington: “Harvard University Press”, 2016.
2.75. Spawforth S. Greece and the Augustan Cultural Revolution. – Cambridgeshire: “Cambridge University Press”, 2011.
2.76. Staff Report. What happened to the great Library of Alexandria? – Berlin: “The Straight Dope”, 2005.
2.77. Steven Runciman. Byzantine Civilisation. – London: “Library of Congress”, 1967.

89
2.78. Swain, Simon . Dio Chrysostom: politics, letters, and philosophy. –


London: “Oxford University Press”, 2002.
2.79. Tarn W. Ptolemy II. The Journal of Egyptian Archaeology. – New York:
“Skyhorse Publishing”, 1928.
2.80. Thompson J.W. Ancient Libraries. – California: “University of California Press”, 1940.
2.81. Too, Yun Lee. The idea of the library in the ancient world. – Oxford:” Oxford University Press”, 2010.
2.82. Waterson, Barbara. Amarna: Ancient Egypt’s Age of Revolution. – New York:”Ancient”, 1999.
2.83. Whibley, Leonard; A Companion to Greek Studies. – New Zeland:
“New Zeland Publishing”, 1916.
2.84. Wiegand, Wayne A. and Donald G. Encyclopedia of Library History. – New York: ”Garland Publishing”, 1994.
2.85. Wilson, Nigel G. The Libraries of the Byzantine World. – Michigan:
“Michigan University press”, 2003.
2.86. Encyclopædia Britannica Online, www.britannica.com/eb/, accessed on April 16, 2007.

III. INTERNET RESURSLARI


  1. www.uz.wikipedia




  1. www.ephesus.us




  1. www.walterus.net




  1. www.ephesusbreeze.com

Download 212.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
O’zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
davlat pedagogika
axborot texnologiyalari
nomidagi toshkent
pedagogika instituti
texnologiyalari universiteti
navoiy nomidagi
samarqand davlat
guruh talabasi
toshkent axborot
nomidagi samarqand
ta’limi vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Darsning maqsadi
xorazmiy nomidagi
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
Alisher navoiy
rivojlantirish vazirligi
Ўзбекистон республикаси
matematika fakulteti
pedagogika universiteti
таълим вазирлиги
sinflar uchun
Nizomiy nomidagi
tibbiyot akademiyasi
maxsus ta'lim
ta'lim vazirligi
o’rta ta’lim
махсус таълим
bilan ishlash
fanlar fakulteti
Referat mavzu
umumiy o’rta
haqida umumiy
Navoiy davlat
Buxoro davlat
fanining predmeti
fizika matematika
universiteti fizika
malakasini oshirish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
jizzax davlat
davlat sharqshunoslik