Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan ilk



Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana17.05.2021
Hajmi0.89 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8
 

 

 

 

XULOSA………………………………………………………..  79-82 

 

 

 

 

FOYDALANILGAN    MANBA    VA    ADABIYOTLAR 

RO’YXATI……………………………………………………... 

 

83-89 

 




KIRISH 

Bilimga eltuvchi yagona yo’l, bu – faoliyatdir.                                                                              

B.Shou 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  dolzarbligi.  O’zbekiston  davlat 

mustaqilligini qo’lga kiritgandan boshlab jamiyat hayotining barcha sohalarida tub 

o’zgarishlar  ko’zga  tashlana  boshladi.  Milliy  tarix  masalalarini  ilmiy  o’rganish 

sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko’tarildi,  shuningdek,  uning  turli  varaqlarini 

partiyaviy  bosim  va  mafkuraviy  qoliplarsiz  ob’yektiv  o’rganish  uchun 

imkoniyatlar ochildi. Tarix fani oldiga muhim vazifalar – o’zbek xalqining tarixiy 

xotirasini tiklash, haqqoniy tarixini yaratish vazifasi qo’yildi. 

Bu  yo’nalishda  o’zbek  xalqi  davlatchiligi  tarixini  o’rganish,  uni  xolisona 

tahlil  etish  muhim  omillardan biri  hisoblanadi.  Xalqimizning qadim  tarixiga xolis 

va  haqqoniy  baho  berish  tarixchilarimiz  oldida  turgan  dolzarb  vazifalardan  biriga 

aylandi.  Zero,  Birinchi  Prezidentimizning  «Modomiki,  o`z  tarixini  bilgan,  undan 

ruhiy  quvvat  oladigan  xalqni  yengib  bo`lmas  ekan,  biz  haqqoniy  tariximizni 

tiklashimiz,  xalqimizni,  millatimizni  ana  shu  tarix  bilan  qurollantirishimiz 

zarur»

1

,–  degan  fikrlari  tarixchilar  zimmasiga  katta  mas`uliyat  yuklaydi.  Ushbu 



vazifa  davlat  boshlig`ining  1998-  yil  26-  iyunda  bir  guruh  tarixchi  va  jurnalistlar 

bilan bo’lgan uchrashuvi va mazkur uchrashuv natijasida O’zbekiston Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1998- yil 27- iyulda «O’zR FA Tarix institutining 

faoliyatini  takomillashtirish  to’g`risida»gi

2

  Qaroridan  so’ng  ancha  faollashdi. 



Shuningdek, tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan 

yo’l  o’zining  barcha  muvaffaqiyat  va  zafarlari,  yo’qotish  va  qurbonlari,  quvonch 

va  iztiroblari  bilan  xolis  va  haqqoniy  o’rganilgan  taqdirdagina  chinakam  tarix 

bo’ladi


3

.  


 

Yer  yuzida  odam  paydo  bo’lganidan  to  milodiy  476-yilda  g’arbiy  Rim 

imperiyasi  qulaguniga  qadar  kechgan  voqealar  Qadimgi  dunyo  tarixini  vujudga 

                                                           

1

 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т.: “ Ўзбекистон”,  1998. – Б. 13. 



2

 ЎзР ФА Тарих институтининг фаолиятини такомиллаштириш тўғрисида // Халқ сўзи. 1998, 29 июль. 

3

  Каримов И. А. Юксак маънавият – енгилмас куч. Т. : “Маънавият”, 2008. – Б. 97 




keltiradi. Bu  tarix  turli-tuman  arxeologik  va  yozma  manbalar  asosida  o’rganiladi. 

Qadimgi  yunon,  rim  va  xitoy  tarixchilari  va  geograflarining  asarlari  ham  bunda 

katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Qadimgi  dunyo  tarixi  Qadimgi  Sharq,  Yunoniston  va 

Rim saroy amaldorlari va podsholarining turli yilnomalari (voqealar yilma-yil qayd 

etib  borilishi),  qonunlar  majmuyi,  biografiyalarida  (tarjimayi  hol)  aks  ettirilgan. 

Ularda  yurishlar  va  janglar,  ibodatxonalar,  saroylar  va  qal’alar  qurilishi, 

hunarmandchilik va dehqonchilik, qadimiy fanlar va san’at haqida hikoya qilinadi. 

Olimlar o’qigan qadimgi matnlar, masalan, “Piramidalar matnlari” va “Marhumlar 

kitobi”  misrliklar  tarixi  haqida,  “Bibliya”  –  yahudiylar,  “Rigveda”  –  hindlar, 

“Avesto”  esa  O’rta  Osiyo  xalqlari  tarixidan  hikoya  qiladi.  Bunday  manbalar  esa 

juda ko’pdir. Olimlar tomonidan yozilgan yuzlab kitoblarda ko’plab mamlakatlar 

tarixi  ochib  beriladi.  Nil  vodiysidagi  Misr  piramidalari  majmuyi,  Dajla  va  Frot 

oralig’idagi  Bobil,  Hind  vodiysidagi  Moxenjodaro,  Erondagi  Persepol  shaharlari, 

Yunoniston,  Rim  va  O’rta  Osiyoning  ko’plab  shaharlari  qazishmalari  butun 

jahonga mashhurdir. Ushbu ma’lumotlar ichida shubhasiz yozma manbalar alohida 

ahamiyatga  ega.  Yozma  manbalarni  biz  qal’alar  devorlarida  turli  ashyolarda 

uchratishimiz  mumkin.  Lekin  jahon  davlatchiligining  ilk  bosqichidanoq  davlat 

hukumdorlari  va  amaldorlar  tomonidan  ushbu  yozma  manbalarni  saqlashga 

mo’ljallangan  ilk  arxiv-kutubxonalar  yuzga  keldi.  Masalan,  mil.  avv  III  ming 

yillikdayoq qadimgi Misrda ilk arxivlar yuzaga kelgan. Ushbu arxivlar faoliyati va 

unda  saqlangan  hujatlar  mazmunini  tadqiq  qilish  shubhasiz,kishilik  tarixining 

qadimgi  davrini  o’rganishda  juda  muhim  hisoblanadi.  Bu  esa  o’raganilayotgan 

mavzuni dolzarbligini ko’rsatadi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  davriy  chegarasi.  O’rganilayotgan 

mavzuning  davriy  chegarasi  qilib  kishilik  tarixining  qadimgi  davri  bosqichi  asos 

qilib  olingan  bo’lib  bu  davr  sifatida  insoniyat  tomonidan  dunyoning  ilk 

sivilizatsiyalariga  asos  solinishidan  to  o’rta  arslar  tarixi  boshlanguncha  bo’lgan 

davrni qamrab oladi. 

Bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusining  o’rganilganlik  darajasi.    Bugungi 

kungacha  o’rganilayotgan  bitiruv  malakaviy  ishi  mavzusiga  doir  ayrim 



ma’lumotlar  uchrasada,    aniq  yo’naltirilagan  tadqiqotlar  olib,  borilmagan. 

Umuman  olganda  mavzu  haqiqiy  ma’noda  yangi  tadqiqot  deyish  mumkin. 

Mavzuga doir ma’lumotlar asosan chet el manbalariga asoslanib yoritib berilgan.

4

 

Bitiruv  malakaiy  ishi  mavzusining  maqsad  va  vazifasi.  Bitiruv  malakaviy 



ishining  maqsadi  kishilik  tarixidagi  ilk  arxiv-kutubxonalar  –  Oshshurbanipal, 

Xattusa, Aleksandriya, Antioxiya, Pergamon, Tell el-Amarna saroy kutubxonalari, 

shu  bilan  birga,  ayrim  zodagonlar  tomonidan  tashkil  etilgan  uy  kutubxonalari  – 

Papirus  villasi,  Selsus  kutubxonalarining  tashkil  etilishi,  faoliyati,  hujjatlari, 

saqlanish jarayonlari, va aksar kutubxonalarning vayronaga aylangunicha bo’lgan 

voqea-hodisotlar  haqida  taassurotlarga  ega  bo’lishi  bo’lsa,  bitiruv  malakaviy 

ishining  vazifasi  antik  davr  kutubxonalari,  ya’ni  yuqoridagi  arxivlarning  ilk 

namunalari hisoblangan kutubxonalarning  zamonaviy kutubxona arxivlarimizning 

faoliyatiga qanchalik ta’sir etganligini solishtirish, o’quvchilarni o’sha zamondagi 

arxiv-kutubxonalarning ishlash jarayonlariga qiziqtirish hisoblanadi.  

Bitiruv  malakaviy  ishining  obyek’ti  va  predmeti.  Bitiruv  malakaviy  ishining 

obyek’ti  kishilik  tarixidagi  ilk  arxivlar  va  ular  faoliyatini  chuqur  tadqiq  qilish 

bo’lsa,  bitiruv  malakaviy  ishining  predmeti  o’rganilayotgan  mavzu  yuzasidan 

yangi bilimlar xosil qilishni ko’zda tutadi. 

Bitiruv malakaviy ishining nazariy-metodologik asosi: Tadqiqotning nazariy-

metodologiki  asosini  avvalo  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti  va 

amaldagi  Prezidentimiz  Sh.  Mirziyoyevlarning  asar  va  nutqlari,  ularda  tarixni 

mahalliy manbalar asosida ob'yektiv ochib berishga qaratilgan fikrlari tashkil etdi. 

Ishni  yozishda  milliy  istiqlol  mafkurasi  tamoyillaridan  kelib  chiqib  ish  ko‘rildi. 

Tadqiqotlaor olib borishning tarixiylik, xolisonalik, qiyosiy tahlil, analiz va sintez 

usullaridan foydalanildi. 

                                                           

4

  Фридрих  И.  История  писма.  –Москва:  “Молодая  гвардия”  1979.  –С.  105;  Fincke,  Jeanette.    The  British 



Museum’s Ashurbanipal Library Project. –Iraq: “World” 2004. –P.66;  Menant, Joachim. La bibliothèque du palais 

de Ninive.  –Paris  “E’Leroux”, 1880.  –P. 33;  Johnson, Elmer D.  History of  Libraries in the Western World. New 

Jersy: ”The  Scarecrow Press”, 1970.  –P. 36;  wikipedia.org;  Wiegand, Wayne  A. and Donald G.  Encyclopedia  of 

Library History. New York: ”Garland Publishing”, 1994.  –P. 10;  Roaf M. Cultural  Atlas of Mesopotamia and the 

Ancient  Near  East.    –London  “History”,  2004.  –P.191;  Frahm.  The  British  Museum’s  Ashurbanipal  Library.

 



Oxford:  “Oxford  University  Press”,  2004

.  –


P.  292;  Fincke  JC.  The  Babylonian  Texts  of  Nineveh:  Report  on  the 

British Museum’s Ashurbanipal Library. –Oxford: “Oxford University Press”, 2003. –P. 2–3; Olmstead A. T. The 

History of Assyria. –New York:–’’Charles Scribner’s Sons”, 1923. –P. 22  



Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati 

Birinchidan,  bitiruv  malakaviy  ishida  kishilik  tarixidagi  ilk  hujjatgohlar  va 

kutubxonalarning shakllanish jarayoni tadqiq qilindi; 

Ikkinchidan,  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  eng  qadimgi  arxiv  sifatida 

ma’lum bo’lgan Al-Amarna arxivi haqida xorijiy  manbalardan foydalangan holda 

ma’lumotlar berilgan; 

Uchinchidan,  bitiruv  malakakaviy  ishida  qadimgi  arxiv-kutubxonlarning 

davlat hayotida o’tgan o’rni ko’rsatib berilgan; 

To’rtinchidan,  bitiruv  malakaviy  ishida  o’sha  davrdagi  arxiv-kutubxonlar 

faoliyati bo’yicha yangi ma’lumotlar berilgan;  

Beshinchidan,  ushbu  bitiruv  malakaviy  ishida  Sharq    va  G’arbdagi  arxiv-

kutubxonalar faoliyati va ma’lumotlar bazasi o’zaro qiyoslanadi.  

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining tarkibiy tuzulishi.  Bitiruv malakaviy ishi 

kirish, ikki bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar, manbalar ro’yxatidan iborat. 

 

  







Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
nomidagi toshkent
guruh talabasi
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
rivojlantirish vazirligi
haqida tushuncha
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
samarqand davlat
tashkil etish
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
ta’limi vazirligi
matematika fakulteti
navoiy nomidagi
vazirligi muhammad
bilan ishlash
fanining predmeti
nomidagi samarqand
Darsning maqsadi
maxsus ta'lim
pedagogika universiteti
ta'lim vazirligi
Toshkent axborot
o’rta ta’lim
Ўзбекистон республикаси
sinflar uchun
haqida umumiy
fanlar fakulteti
fizika matematika
Alisher navoiy
Ishdan maqsad
universiteti fizika
Nizomiy nomidagi
moliya instituti
таълим вазирлиги
nazorat savollari
umumiy o’rta
respublikasi axborot
Referat mavzu
махсус таълим