Sharipova hakima shavkatovna neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalari



Download 0,74 Mb.
bet1/5
Sana20.02.2017
Hajmi0,74 Mb.
#2968
  1   2   3   4   5
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI

NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
Qo’l yozma huquqida

UDK: 547.369+302



SHARIPOVA HAKIMA SHAVKATOVNA

NEFT VA GAZ KONDENSATLARIGA ASOSLANGAN

KIMYO SANOATI KORXONALARI

5A 110301-Kimyo o’qitish metodikasi
MAGISTR

Akademik darajasini olish uchun yozilgan

DISSERTATSIYA

Ilmiy rahbar: k.f.n. M.S.Hotamova

Navoiy -2013

MUNDАRIJА:

I. BOB……………………………………………………….…………………….3 KIRISH………………………………………………….………………………..3

1.1. Mаvzuning dоlzаrbligi, dissertatsiyaning maqsad va vazifalari…….…3-5

1.2. Mavzuning аmаliy аhаmiyati, ilmiy yangiligi…………………………...5-8

1.3. Tadqiqot obyektlari, dissertatsiyaning tuzilishi…………….……………..8

1.4. Mavzuni o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili…………………….9-11

II. BOB. ASOSIY QISM.……………………………………………………….12

2.1. O’zbekiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi……………………….....12-15

2.2. Neft va tabiiy gazni qayta ishlash, gaz qazib olish usullari .…….15-22

2.3. Neftni qayta ishlashning asosiy usullari………………………...……..22- 34

III BOB. NEFT ALKANLARI, ULARNING OLINISHI VA ISHLATILISHI

3.1.Neft alkanlari, ularning olinishi va ishlatilishini o’rganish……………34-45

3.2.Neftdagi arenlar va gibrid birikmalar. Aromatik uglevodorodlarning manbalari to’g’risida umumiy ma'lumot……………………………..…….45-48

3.3. Arenlarning neftkimyo sentizida ishlatilishi ………………… ……….48-59

3.4.Neft sikloalkanlari. Gaz kondensati va quyi fraksiyalardagi sikloalkanlarning xossalari……………………………………… …………59-69

3.5. Energetika muammolari va istiqbollari……………………… ……….69-72

IV. ХULОSА……………………………………………………… ……………73

4.1. Neft va neftgaz konlarini ishlatish jarayonida yo’ldosh neft gazlaridan samarali foydalanish muammolari……………………………… …………73-74

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI …………………….. 75-76

ILOVALAR

K I R I S H

Ilg’or tеxnologiyalarning bosh maqsadi –

tashlandiq va foydasiz narsalardan foydali

narsalarni ishlab chiqarish usullarini

izlab topishdir.

D.I.Меndeleyev.

Mavzuning dolzarbligi. Organik birikmalarni ishlab chiqarish qadimdan boshlangan, ammo u uzoq yillar davomida tabiiy materiallar tarkibidagi mahsulotlarni (qand-shakar, skipidar, o'simlik va hayvon moylari hamda yog'lari va boshqalar) ajratib olishga asoslangan yoki murakkab tabiiy mahsulotlarni oddiy moddalarga (oziq-ovqat mahsulotlarini spirt va sirka kislotasiga, yog'larni sovun va gliseringacha) parchalashga asoslangan edi.

XIX asrning o'rtalariga kelib organik kimyo taraqqiyotida yirik muvaffaqiyatlar qo'lga kiritildi. A.M.Butlerovning organik modda­larning tuzilish nazariyasi yaratildi, fizika, kimyo va texnik fanlarning yutuqlari, toshko'mirni kokslashdan hosil bo'luvchi qo'shimcha mahsulotlarga asoslangan xomashyo bazasining yaratilishi va boshqalar, organik sintezning paydo bo'lishiga, ya'ni, oddiy moddalardan murakkab moddalarni olishga olib keldi.

O'zbekiston neftgaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmoqg’i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi.

O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov respublikamiz neftgaz sanoatining keyingi yillarda barqaror rivojlanganligini, mustaqillikka erishish yo’lida salmoqli ishlar qilinganligini ta’kidlab, yoqilg’i energetika kompleksni bundan buyon ham jadal rivojlantirish siyosatimizning ustvor vazifasi bo’lib qolishga katta ahamiyat berib kelmoqda.

Hozirgi zamon jahon neftni qayta ishlash sanoati yoqilg’ilar sifatiga, chiqindi gazlarning midqoriga bo’lgan talabning ortishi bilan xarakterlanadi. Yonganida atmosferaga qo’rg’oshinning zaharli birikmalari chiqaradigan etilirlangan benzin ishlab chiqarish tabora kamayib bormoqda.

O’zbeekistonda ham dunyoning boshqa davlatlari kabi qo’rg’oshin birikmalarisiz benzin ishlab chiqarish va ekologik toza benzinga to’liq o’tish, atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi sog’ligini saqlash borasidagi eng muhim yo’nalshlardan biri hisoblanadi1.

Hozirgi kunda rivojlangan davlatlarda benzinning oktan sonini oshirishda aromatik aminlar, oksigenatlar- alifatik spirtlar, oddiy efirlar (metil-uchlamchi butil efiri) metallosenlardan foydalanilmoqda. Aromatik aminlar va metallosenlarning qimmatligi va xom ashyo bazasining mavjud emasligi ulardan katta miqdorda foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ham arzon sanoat xom ashyolari asosida yangi, ekologik toza oktan sonini oshiruvchi qo’shimchalar yaratish va ishlab chiqarish eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Dissertatsiyaning maqsadi: Mazkur mavzuni tanlashimdan asosiy maqsad Respublikamizdagi neft va gaz kondensatlariga asoslangan kimyo sanoati korxonalari, hamda ulardan samarali foydalanishni o’rganish maqsad qilib olingan. Ma’lumki, yonilg’i energetik resurslar va ulardan samarali foydalanish hisob-kitoblarga ko’ra, hozirga kelib, dunyo mamlakatlarining energiyaga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun yer-dagi organik yonilg’ilar zahirasi taxminan 150 yilga, jumladan, neft 35-40 yilga, gaz 50 yilga, ko’mir esa 425 yilga etishi aniqlangan.

Ko’mir zahiralari neft va gaz zahiralaridan ikki marta ko’p. Olimlarning fikriga ko’ra, energiya manbalarining asosini tashkil qiluvchi neft va gazni tejab-tergab ishlatish uchun ulardan olinadigan sintetik mahsulotlar, turli xil xom ashyolarni ko’mirni qayta ishlash hisobiga almashtirish lozim. Qazib olish jarayonlarida texnologik jarayonlarni talab darajasida takomillashmaganligi natijasida, ko’mirning 45 foizi, neftning esa 60 foizi yer bagrida qolib ketmoqda. Neft konlaridan neftni to’la qazib olish kabi muhim vazifani hal etish uchun qatlamlararo bosimni oshirish, issiq suyuqliklar va elektr zaryadlari yordamida neftning qovushqoqlik xossasini kamaytirish usullarini qo’llash lozim. Energetik muammolarni hal etishning muhim yo’nalishlaridan biri — gaz bilan birga olinadigan, ammo gaz quvurlarida tashish imkonini bermaydigan gaz kondensatlaridan foydalanishdir. Ulardan foydalanishning eng maqbul yo’li ularni dizel yonilg’isigacha qayta ishlashdir. Kondensatlardan olingan dizel yonilg’ilarining toksiklik darajasi ancha kam bo’ladi. Bunday yonilg’ilarga ishlagan avtotransportlar sundirg’ichlaridan chiqadigan gazlar tarkibida konserogen moddalar odatdagi dizel yonilg’isidagiga nisbatan 30 foiz kam bo’ladi. Yaqin kelajakda benzin, kerosin va boshqa yonilg’ilarni ko’mir tarkibidan olish, shuningdek, noan’anaviy energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan keng foydalanishni yo’lga qo’yish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga mavjud energiya manbalari energayasidan tejab-tergab foydalanish lozim.



Dissertatsiyaning vazifalari: Magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida:

Kirish qismida: Mаvzuning dоlzаrbligi, dissertatsiyaning maqsad va vazifalari, mavzuning аmаliy аhаmiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot obyektlari, predmeti va hokazo jarayonlarni o’rganish;

Asosiy qism 2 bobda: O’zbekiston kimyo sanoatining o’ziga xosligi, neft va tabiiy gazni qayta ishlash, qazib olish usullari, neft va neft mahsulotlarini kimyoviy qayta ishlash usullari.

Asosiy qism 3 bobda: Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga ega ekanligi, uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kirishi, neft konlari, neft va uni qayta ishlash va undan samarali foydalanish masalalari, muammolari, yechimlari va istiqbollarini tahlil qilish;

Xulоsа qismida: Respublikamizdagi bir necha xil qazilma boyliklaridan foydalanish va uni qayta ishlash texnologiyalarini ishlab chiqishga mahalliy xom ashyolardan samarali foydalanish. Jumladan, neft, gaz va boshqa yoqilg’i manbalari bor bo’lgan xomashyolardan oqilona foydalanish, Respublika kuch-quvvatini mustahkamlash va el-yurt farovonligini oshirish kabi bilimlarni o’rganish yuzasidan xulosalar, ishlab chiqarish va amaliyotga tаkliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatini keltirishdan iborat edi.

Mavzuning amaliy ahamiyati. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o’zining "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida "zararsiz va chiqindisiz yangi texnologiyalarni yaratish, xalqning turmush darajasini oshirish va xalq xo’jaligi ehtiyojlarini qondirish maqsadida kimyo sanoatini rivojlantirish muammolariga katta ahamiyat berdi2".

Respublika hoyob yoqilg’i – energetika resruslariga va qudratli energetik bazaga ega. O’rganilgan gaz bazasi salkam 2 trillion kubometr, ko’mir zahirasi 2 milliard tonnadan ortiqdir. Bizda 160 dan ziyod neft konlari bor. Neft, gaz va kondensat zahiralari o’z talablarimizni to’la ta’minlabgina qolmay, energiya manbalarini chetga chiqarish imkonini ham beradi. Bugun bu sarmoya sarflashning eng foydali sohalaridan biridir.

Bugungi kunda O’zbekistonning yer ostida juda katta neft va gaz qatlamlari bor. Respublika hududining salkam 60 % ni ularni qazib olish uchun istiqbolli hududlar hisoblanadi.

Beshta asosiy neft – gaz mintaqsini; Ustyurt, Buxoro – Xiva, Janubiy – G’arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg’ona mintaqalarini ajratib ko’rsatish mumkin. Neft resruslari bo’yicha umumiy imkoniyat 4 milliard tonnadan ortiq. Gaz kondensati bo’yicha 630 million tonna, tabiiy gaz bo’yicha salkam 5 trillion kubmetrni tashkil etadi. Neft va gaz resruslarining zahiralari qiymati bir tirilliondan oshib ketadi.

Sho’rtan gaz -kimyo majmuida olingan propandan respublika rezina texnika va avtomabil sanoati uchun zarur bo’lgan nitril – aksil kislotasi , nitron tolasi olish uchun tegishli texnologiyalar joriy etish uchun foydalanish mumkin.

-Respublikada gaz transportining keng shaxobchali tizimi vujudga kelgan. U MDH mamlakatlari gaz quvurlarining yagona tizimiga chiqadigan umumiy uzunligi 12 ming km bo’lgan to’qqizta magistral gaz quvurlarini o’z ichga oladi.

Hozirgi kunda O’zbekistonning davlatlararo magistral gaz quvurlari, Turkmaniston–O’zbekiston–Qozog’iston–Xitoy va O’zbekiston–Afg’oniston–Pokiston gaz quvirlari qurilishida ishtirok etish masalasi ko’rib chiqildi va 2012 yilning may oyida shu quvurlarning ochilish mavzusida konfrensiya bo’lib o’tdi.

-Qashqadaryo neft va gaz kabi qimmat baho xom ashyolarning ulkan zahiralari bilan dunyoga mashhurdir. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan tabiiy gazning 88% i neftning esa 92% Qashqadaryo hududidan qazib olinayotganidan yaqqol ko’rishimiz mumkin.

-Sho’rtan gaz – kimyo majmiyi nafaqat Qashqadaryo zaminida, balki yurtimizning boshqa mintaqalari va hududlarida yangi–yangi ishlab chiqarish tarmoqlarining vujudga kelishiga va rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Eng muhimi, bu ulkan korxona mamlakatimiz sanoat bilan birga nihoyatda zarur bo’lgan xom ashyosi, plyonka, syultirilgan gaz suv va gaz quvurlari, boshqa ko’plab texnik uskunalar, uy – ro’zg’or buyumlari ishlab chiqarib, davlatimizning iqtisodiy qudratini oshirishga salmoqli hissa qo’shadi.

Mavzuning ilmiy yangiligi: Magistrlik dissertasiyasi ishi sifatida mazkur mavzuni o’rganishim davomida quyidagi fikr mulohazalarga keldim:



  • O’zbekistonning neft – gaz konlar mahsuldorligi, qazib olish tannarxi bo’yicha qo’shni mintaqalar konlaridan ancha farq qiladi.

  • O’zbekiston hududida neftning o’rganilgan zahiralari tayyorlik darajalari faqat 32% ni tashkil etadi. Shu sababli neft qazib olishning ko’paytiruvchi zamonaviy chet el texnologiyalarini jalb qilish qo’shimcha 50 million tonnadan ko’proq neft qazib olish imkonini beradi.

  • Gaz tarkibidagi etan, propan, butan va polimer materiallarning ko’pgina xillarini (polietilen, polivinilxlorid) olish uchun yaroqli boshqa komponentlar bor. Ularni Janubiy –G’arbiy hisor va Buxoro – Xiva neft - gaz mintaqalarida joylashgan Sho’rtan va Muborak guruhidagi konlarda iqtisodiy jihatdan bemalol amalga oshirish mumkin.

Ilmiy-texnikaning jadal rivojlanish va dunyoni ekologik holatini o’zgarish sharoitida XXI asrda rivojlanish istiqbollarini baholab Prezident I.A.Karimov odamlarni biosferaga ta’sirini va ekologik muammolarini hal etishni hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

Ma’lumki, inson faoliyati natijasida atmosferada “parnik” gazlarini oshib borishi iqlimni isib ketishiga olib keladi va hozirgi kunda dunyo jamiyati muhokama qilayotgan bosh muammolardan biri hisoblanadi.

Neftgaz sanoatini atrof-muhitni ifloslanishida katta ulushi bor. AQSH Milliy okeanik va atmosfera ma’muriyatining ma’lumotlariga ko’ra 2006 yili yer yuzasida 168 mlrd.m3 yo’ldosh neft gazi mashalarida yoqib yuborilgan. Bu ko’rsatkichga eng katta salbiy ulush qo’shgan davlatlar qatoriga Rossiya (50,7 mlrd3), Nigeriya (23 mlrd3), Eron (11 mlrd3), iroq (8 mlrd.m3) va Qozoqiston (5,8 mlrd.m3) kiradi.

O’zbekiston gidrometrologiya xizmati axborotiga ko’ra Respublikamizda yiliga CO2 ekvivalentida 163 ming tonna “parnik” gazlari atmosferaga chiqarib yuborilmoqda. Bunda uglerod ikki oksidi chiqindilarining 98% qazib olinayotgan yoqilg’ilarni yoqish natijasida hosil bo’lmoqda. Shu sababli, bu muammoga Respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda.



Tadqiqot obyektlari: Magistrlik dissertatsiyasi uchun tadqiqot ob’yekti sifatida Respublikamizda mavjud neft va gaz konlari, neft va neftni qayta ishlash, benzin uning oktan soni, neftni reforminglash, neftni aromatlash, O’zbekistonda neftni yirik ishlab chiqarish majmualari: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari, shuningdek, neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari sifati va samaradorligini oshirish borasida O’zRFA akademigi M.F.Odidova va O’zRFA umumiy va anorganik kimyo instituti akademigi Z.S.Salimov va boshqa olimlarning ishlari ko’rib chiqildi va o’rganildi.

Dissertatsiyaning tuzilishi: Dissertatsiya ishi 76 betda yozilgan bo’lib, uning tartibi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan tashkil topgan bo’lib, 3 bobdan iborat. Ishga oid jadvallar, tablitsalar va rasmlar o’z aksini topgan.

1.4. MAVZUNI O’RGANILISH DARAJASINING QIYOSIY TAHLILI
I.R.Asqarov, N.X.To’xtaboyev, K.G.G’opirov. “Kimyo”. T, “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”, Davlat ilmiy nashriyoti. 2006 yil.

Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinfi uchun darslik sifatida tasdiqlangan bo’lib, neft va tabiiy gazlar to’g’risida ma’lumot berilgan. Hozirgi kunda O’zbekistonda gaz zahiralari esa 2 trillion kubometrga yaqin bo’lib, 160 dan ortiq neft konlari mavjudligi, neft va gaz konlarini 5 ta asosiy mintaqada olinishi, respublikamizda neft va gazni qayta ishlaydigan zavodlar haqida fikr yuritilgan.



B. Umarov. Organik kimyo. Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Bunda, tabiiy gaz, neft, neft tarkibi, uning fizikaviy va kimyoviy xossalarining umumiy tavsifnomasi. Dunyo miqyosida neft va tabiiy gazlardan faqatgina benzin, kerosin kabi yonilg’ilar emas, balki plastmassalar, spirt kauchuk va boshqa sintez mahsulotlari ham olinadi. Bugungi kunda ishlab chiqariladigan organik sintez mahsulotlarining 95% neft va tabiiy gazdan 5% esa ko’mir, slanes, torf va yog’ochdan olinib, qazib olinadigan neft va uning mahsulotlarining qariyib 5% kimyoviy qayta ishlanishi, shuning uchun kimyo sanoatining asosiy xomashyosi sifatida yanada kengroq foydalanish undan sintetik neft va gaz mahsulotlari ishlab chiqarishni taqoza etishi to’g’risida fikr yuritilgan.

M.M. Abulxayeva, U.M.Mardonov. Kimyo. Mazkur adabiyotda Neft va tabiiy gazlar mavzusi bo’yicha o’rganiladigan asosiy tushunchalar: benzin (30-1800C gacha qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-3000C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut (qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-800C), ligroin (110-1400C), gazoil (270-3000C) kabilar. Mazutni past bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinishi. Neft va neftni qayta ishlash, benzin uning oktan soni, neftni reforminglash, neftni aromatlash, O’zbekistonda neftni yirik ishlab chiqarish mahmualari: Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona va Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari to’g’risida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, neft va neftni qayta ishlash mahsulotlari sifati va samaradorligini oshirish borasida O’zRFA akademigi M.F.Odidova va O’zRFA umumiy va anorganik kimyo instituti akademigi Z.S.Salimov va boshqa olimlarning ishlari to’g’risidagi nazariy bilimlar bayon qilingan.



I.R.Asqarov, Y.T.Isayev, A.G’.Mahsumov, Sh.M.Qirg’izov. Organik kimyo. Toshkent, G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2012 yil. Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o’quv yurtlarining kimyo ta’lim yo’nalishi bo’yicha ta’lim oluvchi talabalariga darslik sifatida tasdiqlangan. Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etishi, ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar olinishiga qilishga oid fikrlar yuritiladi. Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga egaligi, uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar kirishi to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

N.Kattayev. Kimyoviy texnologiya. Toshkent, “Yangiyo’l poligraf servis” nashriyoti, 2008 yil. Mazkur adabiyot O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy o’quv yurtlari talabalari uchun o’quv qo’llanma sifatida tavsiya etgan bo’lib, tabiiy gazlarning asosiy tarkibiy qismlari, sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqa yuzlab organik birikmalarni hosil qilishi. O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Sho’rtan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. O’zbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib olinishi. Neft, neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga ega ekanligi, uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kirishi, neft konlari, neft va uni qayta ishlash. O’zbekistonda neftning qazib olinishi to’g’risida fikr yuritilgan.

N.X.Maqsudov. Umumiy kimyo. Mazkur adabiyotda hozirgi zamon motor yoqilg’isi har xil gomologik qatorlarga mansub bo’lgan murakkab uglevodorodlar aralashmasidan iborat ekanligi, oktan soni, oktan sonining uglevodorodlarning tuzilishiga bog’liqligi, antidetonatorlarning ahamiyati to’g’risidagi nazariy bilimlar bayon qilingan.

II. BOB. ASOSIY QISM

2.1. O’ZBEKISTON KIMYO SANOATINING O’ZIGA XOSLIGI

O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.

O’zbekistonda organik kimyo sanoati boshqa sanoat tarmoqlariga qaraganda juda tez sur’atlar bilan rivojlandi. Organik kimyo sanoatining xomashyosi asosan, ko’mir, neft, gaz, yog’och chiqitlaridir. Bizda ayniqsa, gaz, ancha katta neft va ko’mir zahiralari ham bor. Mana shu ashyolar respublikamiz organik kimyo sanoatining paydo bo’lishi va rivojlanishiga sabab bo’ldi.

O’zbekistonda 1976-yilda 361 mlrd. m3 gaz ishlab chiqarildi va bu sohada shu yiliyoq Polsha,Yaponiya, Fransiya kabi yirik mamlakatlaridan ham o’zib ketdi.

Tabiiy gazlarning asosiy tarkibini (92 – 96% gacha) metan tashkil etadi. Ularning tarkibida 6% gacha boshqa ugleovdorodlar (etan, propan, butan va oltingugurt birkmalari hamda uglerod-(IV)-oksidi) bo’ladi. Sanoatda metandan atsetilen, vodorod, qorakuya, xlorli erituvchilar va boshqalar olinadi. Metan asosida yuzlab organik birikmalarni hosil qilish mumkin. Tabiiy gazlarni qazib olish vaqtida gaz kondensati ham ajralib chiqadi. Gaz kondensati suyuq uglevodorodlarning aralashmasi bo’lib, undan juda ko’p alohida uglevodorodlarni ajratib olish mumkin. O’zbekistonda tabiiy gazlarning katta miqdori Gazli, Sho’rtan, Surxondaryo viloyati, Muborak va boshqa rayonlardan qazib olinmoqda. O’zbekistonda har yili 55 mlrd kubometrdan ortiq tabiiy gaz, 3,5 mln. tonnagacha gaz kondensati qazib olinadi.

Organik moddalar ishlab chiqarish sanoatining gigantlaridan biri 1965-yilda qurilib ishga tushirilgan Navoiy azot ishlab chiqarish birlashmasidir. Unda tabiiy gaz kompleks qayta ishlanadi. Ushbu korxonaning ishga tushirilishi natijasida respublikamizda birinchi marta yangi sanoat mahsulotlari, yuzlab organik sintez mahsulotlarining xomashyosi hisoblangan atsetelin: atsetaldigid, sirka, kislota, metilspirti, akrilonitril va boshqa bir qancha mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Hozirgi paytda bu kombinat yiliga 41 ming tonna turli rangda bo’yalgan nitron ishlab chiqarila boshlandi.

Sho’rtan gaz kompleksi 2002-yilda qurilib ishga tushirildi. Unda har yili 125 tonna polietilen, 100 ming tonna oltingugurt va 1000 tonna suyuq propan gazi ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda respublikamizda jami 36 ta kimyo va neft kimyosi sanoati korxonalari, 13 ta yoqilg’i sanoati korxonalari ishlab turibdi.

Neft uglevodorodlarning aralashmasidan tashkil topgan bo’lib, nihoyatda murakkab tarkibga ega. Uning tarkibi o’zgaruvchan bo’lib, unga uglevodorodlardan tashqari, azotli, kislorodli, oltingugurtli va boshqa birikmalar ham kiradi.

Neftni kelib chiqishi to’g’risida hozirgi kunda ikki xil qarash mavjud. Ko’pchilik olimlarning fikriga ko’ra, neft o’tmishda mavjud bo’lgan hayvonot va o’simlik olamining geokimyoviy o’zgarishi natijasida hosil bo’lgan. Neftning organik birikmalardan hosil bo’lishi to’g’risidagi bu nazariya tarkibida azotli, oltingugurtli birikmalar bo’lishi bilan isbotlanadi. Bu birikmalar hayvon to’qimalarida va o’simliklarda mavjud bo’lgan oqsil va boshqa organik birikmalar parchalanishidan hosil bo’lgan deb faraz qilinadi. Boshqa guruh olimlari esa neftni noorganik birikmalar, ya’ni metall karbidlaridan paydo bo’lgan degan fikrdalar.

Neftning eng katta miqdori (butun dunyodagi neftning taxminan 65 % dan ortig’i) Saudiya Arabistonida joylashgan.

Neftning katta konlari Tyumen, Boshqirdiston, Kavkaz va Markaziy Osiyodadir. Neft gazlar, suv, mexanik aralashmalardan (qum, tuproq va boshqalar) tozalangandan so’ng asosan uch qismga haydab ajratiladi: benzin (30-1800C gacha qaynaydigan bo’lak), kerosin (180-3000C gacha qaynaydigan bo’lak) va mazut (qoldiq): neftning bu asosiy bo’laklaridan yana petroley (neft) efiri (30-800C), ligroin (110-1400C), gazoil (270-3000C) kabilar ajratib olinadi. Mazutni past bosimda yoki suv bug’i bilan haydab solyar moylari, surkov moylari, vazelin, parafin va boshqalar olinadi.

Neft to’g’ridan-to’g’ri haydalganda juda kam miqdorda (25% gacha) benzin ajratib olinadi. Benzinning miqdorini oshirish maqsadida yuqori haroratda qaynaydigan neftning bo’laklari – kerosin, gazoil, mazut va boshqalar krekinglanadi, ya’ni past haroratda qaynaydigan bo’lakalarga parchalanadi. Kreking jarayoni birinchi marta 1871-1878 yillarda Peterburg texnologiya institutining xodimi A.A. Letniy tomonidan o’rganilgan bo’lib, 1891 yilda rus injeneri V.G. Shuxov kreking qurilmasini yaratadi. Sanoat miqyosida kreking jarayoni 1920 yillardan boshlab qo’llanilmoqda. Krekingning bir necha turlari mavjud.

Suyuq fazadagi kreking, 2,0-6,0 MPa, 430-5500C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% atrofida bo’ladi. Bug’ fazadagi kreking 6000C da olib boriladi. Bunda olinadigan benzinning miqdori 50% dan kam bo’lib, 40–50% atrofida etilen uglevodorodlari hosil bo’ladi.

Vodorod ishtirokida parchalashda neft mahsulotlari 20,0–25,0 MPa bosim, 300-4000C harorat, temir, nikel, volfram katalizatorligida vodorod ishtiroki bilan olib boriladi. Benzinning miqdori 90% gacha yetadi. Hozirgi kunda sanoatda katalitik kreking keng tarqalgan bo’lib neft mahsulotlari 300-5000C da alyumosilikat, seolit, xrom oksidi va boshqa katalizatorlar ishtirokida krekinglanadi. Buning natijasida yuqori navli benzin olinadi. Krekingni yana bir necha turlari mavjud. O’zbekistonda yiliga 6 mln. tonnadan ortiq neft qazib olinmoqda.

O’zbekiston kimyo sanoati Respublikamiz hududida joylashgan barcha kimyo sanoati korxonalarining turli turdagi mahsulotlarini ishlab chiqarishi, ularning iqtisodiy samaradorligini o’z ichiga oladi.

Neft va gaz kimyosi fanlari uchrashgan joyda mavjud bo`lib, quyidagi qismlarni o`z ichiga oladi:

1. Neft alkanlari, 2. Neft sikloalkanlari, 3. Neft arenlari va gibrid birikmalari, 4. Neftni qayta ishlashda hosil bo`luvchi to`yinmagan uglevodorodlar, 5. Neft tarkibidagi geteroatomli birikmalar va mineral komponentlar: a) kislorod saqlovchi birikmalar; b) oltingugurt saqlovchi birikmalar; d) azot saqlovchi birikmalar; e) smolasimon - asfalten birikmalar, f) mineral komponentlar; 6. Neftni qayta ishlashdagi termik jarayonlar. 7. Neftni qayta ishlashdagi termokatalitik jarayonlar. 8. Neft va uning mahsulotlarini oksidlash. 9. Neftni qayta ishlashdagi gidrogenizatsiya jarayonlari. O`zbekiston tabiiy gaz, gaz kondensati va neft konlariga boy bo`lib, 5 ta regionga ajratilgan:

1. Ustyurt;

2. Buxoro - Xiva;

3. Janubi g`arbiy Hisor;

4. Surxondaryo;

5. Farg`ona.

Neft yer osti yoqilg'ilarining yagona suyuq vakili. Uni insoniyat juda qadim zamonlardan buyon yaxshi biladi. Chunonchi Frot daryosi (Bobil) sohilida olib borilgan arxeologik qazuvlar u yerda miloddan 6000—4000 yil ilgari neftdan foydalanilganligidan darak beradi. Neft tabiatda yer po'stlog'ining tektonik faoliyati tufayli hosil bo'lgan, u yer ostida cho'kindi jinslarning g'ovak qatlamlarida, yorug' va bo'shliqlarida to'planib konlar hosil qiladi. Neft qatlamlari konlarda turli chuqurliklarda (100 metrdan 6000 metrgacha) joylashgan bo'ladi. Neft katta bosim ostida bo'lib, odatda yo'ldosh gazlar va neft suvi bilan birga uchraydi.


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish