Saylov qonunchiligi



Download 33,38 Kb.
bet1/7
Sana26.01.2020
Hajmi33,38 Kb.
#37331
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2014-muhamedov-saylovchilar savol javob-lot-разблокирован-конвертирован


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI

AKADEMIYA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SAYLOV TIZIMI VA SAYLOV QONUNCHILIGI


TOSHKENT 2014

Tuzuvchi-mualliflar:

yuridik fanlar doktori O‘.X.Muhamedov, falsafa fanlari doktori, professor SH. O. Mamadaliyev,

yuridik fanlar nomzodi, dotsent N.T.Ismoilov, yuridik fanlar nomzodi, dotsent B.A. Saidov

O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimi va saylov qonunchiligi: savol-javob: Saylovchilar uchun qo‘llanma / Tuzuvchi-mualliflar: O‘.X.Muhamedov, SH. O. Mamadaliyev,N.T.Ismoilov, B.A. Saidov — T.: O‘R IIV Akademiyasi, 2014.
Qo‘llanmada O‘zbekistonda saylov tizimi va saylov qonunchiligi tushunchasi, mazmuni, mohiyati, saylov huquqining konstitutsiyaviy asoslari va tamoyillari, mamlakatimiz qonunchiligining xalqaro huquq normalariga hamohangligi, shuningdek fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari hamda saylov jarayoniga oid boshqa masalalar savol-javob shaklida qisqacha bayon etilgan.

Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.


© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014

«...Hayotimizda demokratik tamoyillar chuqur ildiz otishini istar ekanmiz, demokratiyaning bosh tamoyili bo‘lmish erkin saylovlar masalasiga alohida e’tibor qaratishimiz lozim»1.
I.A.KARIMOV

Saylov deganda nimani tushunasiz?


Saylov demokratiyaning muhim mezoni. Xalq davlat hokimiyatining manbai sifatida saylovlar orqali davlat vakillik organlarini shakllantiradi. “Saylov” tushunchasi mansabdor shaxsning yoki qandaydir organning ovoz berish yo‘li bilan muqobillik asosida tashkil etilishni anglatadi. Shu boisdan saylash uchun bir necha muqobil subyekt mavjud bo‘ladi yoki, hech bo‘lmaganda, muqobil subyektsiz saylovda say- lashdan voz kechish imkoniyati kafolatlanishi lozim.

Ma’lumki, dunyoning rivojlangan demokratik mamlakatlari davlat hokimiyati organlarini say- lash orqali shakllantiradi. Saylov usuli qadimdan davlat hokimiyati oliy organlari faoliyatining qonuniyligini ta’minlagan.





1 Каримов И.А. Биз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурамиз. Т. 7. – Т.: Ўзбекистон, 1999. – Б. 310.

Saylov huquqi nima?


Saylov huquqi fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biridir. Yuridik fanda ushbu huquq ikki turga obyektiv va subyektiv saylov huquq- lariga bo‘linadi.

Obyektiv saylov huquqi deganda, saylov huquqi normalari tizimi, ya’ni asosiy prinsiplar, tizimlar, tartiblar, jarayonlar va saylovni tashkil qilish kafolatlari tushuniladi.

Subyektiv saylov huquqi deyilganda esa, davlat tomonidan ma’lum bir shaxsning saylovda qatnashishini (faol bo‘lmagan saylov huquqi yoki faol saylov huquqi) ta’minlanishi tushuniladi. Saylov huquqi siyosiy huquq va erkinliklar qatoriga kirgani uchun faqat biror bir davlatga mansub fuqarolargagina beriladi. Shuning uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasiga binoan, O‘zbekiston Respub- likasida saylov huquqiga faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarigina ega bo‘ladilar.

Fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda, davlat hokimiyati organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov yo‘li bilan shakl- lantirishda ishtirok etish huquqi eng muhim siyosiy huquqlardan biri hisoblanadi, chunki ushbu huquq

orqali fuqarolar davlat va jamiyat ishlarini bosh- qarishda ishtirok etadilar.

Saylov huquqining asosiy prinsiplari konstitu- tsiyalarda, aksariyat hollarda esa saylovlar to‘g‘- risidagi qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya- sining 32-moddasida O‘zbekiston Respublika- sining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega ekanliklari ta’kid- langan, Konstitutsiyamizning 117-moddasi esa aynan saylov tizimiga bag‘ishlangan. Shuningdek,

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi, «Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi, «Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida»gi va «Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar bevosita saylov huquqini tartibga soluvchi qonunlardir.

Saylov instituti bilan bog‘liq bo‘lgan faol va faol bo‘lmagan saylov huquqlari kabi tushunchalar ushbu jarayonning mohiyatini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Faol saylov huquqi, ya’ni saylash huquqi har bir fuqaroning davlatni boshqarishda o‘z vakillarini

saylash bilan bevosita ishtirok etishini ko‘zda tutadi. Bu huquqqa qonunda belgilangan ma’lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli, sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlan- mayotgan mamlakat fuqarolari ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga yetgan barcha fuqaro- lari saylash huquqiga egadirlar. Yosh chegarasi turli mamlakatlarda turlicha belgilanishi mumkin. Braziliya va Eronda fuqarolar 16 yoshdan, Indo- neziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo‘lsalar, ayrim mamlakatlarda saylash huquqini olishga bo‘lgan chegara yosh ancha yuqori qo‘yil- gan. Masalan, Malayziya, Marokash, Boliviyada fuqarolar 21 yoshga to‘lganidan keyingina say- lash huquqiga ega bo‘ladilar. Rossiyada 2002 yil 20 dekabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan Rossiya fuqarosi saylash huquqiga ega. Fran- siyada ham 1974 yil 5 iyuldagi qonun bilan saylash huquqiga ega bo‘lish uchun belgilangan yosh 18 yosh qilib belgilangan.

Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganlar, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlar saylash huquqidan foydalana

olmaydilar, ya’ni ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotganlarning saylash huquqi vaqtincha to‘xtatiladi.



Faol bo‘lmagan saylov huquqi, ya’ni saylanish huquqiga ham ma’lum yoshga yetgan, muomalaga layoqatli fuqarolar ega bo‘ladilar. Saylanish uchun ham bir qancha talablar mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozi- miga o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylov- gacha kamida o‘n yil O‘zbekiston hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi saylanishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qo- nunchilik palatasiga saylanish huquqiga saylov kuni 25 yoshga to‘lgan, kamida 5 yil O‘zbekis- tonda muqim yashayotgan fuqarolar ega.



Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlari deputatligiga saylov kuni 21 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston hududida kamida 5 yil muqim yashayotgan fuqarolar saylanish huqu- qiga ega.

Download 33,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish