Savol: Boshqarish bosqichi nmani anglatadi



Download 62,5 Kb.
Sana30.03.2022
Hajmi62,5 Kb.
#518222
Bog'liq
FO\'O\'B


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

“MOLIYA” KAFEDRASI


MMT 82 guruh talabasi
NO’MONOVA HILOLA

TOSHKENT – 2021


Variant13
Savol:Boshqarish bosqichi nmani anglatadi?
Boshqarish (iqtisodiyotda) — xoʻjalik obʼyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yoʻnaltirish jarayoni; subʼyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obʼyektlarga ongli maqsadga muvofiq taʼsir koʻrsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yoʻnaltirish va koʻzlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Boshqarish usullari boshqariladigan obʼyektning oʻziga xos xususiyatlariga bogʻliq, lekin hamisha boshqaruv qarori tatbiq etiladigan davrni ajratib olishni nazarda tutadi. Boshqarish xoʻjalik faoliyati davrlari uchun ishlab chiqiladigan rejalarga muvofiq holda olib boriladi. Boshqarishning iqtisodiy, maʼmuriy va ijtimoiyruxiy usullari mavjud. Boshqarishning iqtisodiy usulida kutilgan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy vositalardan foydalaniladi. Bu vositalar (rejalashtirish, texnikiqtisodiy taxlil, foyda, rentabellik, narx, kredit, moddiy ragʻbatlantirish, soliq va boshqa dastaklar)dan toʻgʻri foydalanish muhim oʻrin tutadi, ishlab chiqarish jamoasini tashkil etadigan kishilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali ularning samarali ishlashi taʼminlanadi (mas, ishchilarga qoʻshimcha ish haqi toʻlash, mukofotlar berish, bir yoʻla katta pul bilan takdirlash va boshqa ragʻbatlantirish choralari). Boshqarishning maʼmuriy usuli buyruq va farmoyishlar asosida olib boriladi. Maʼmuriyat oʻz xoʻjaligi doirasida boʻlimlar, guruhlarni, shuningdek xodimlarni tabaqalashtirib, ularning vazifalari, masʼuliyati va huquqini belgilaydi. Unda rejalashtirish, resurslarni, foydani, tayyor mahsulotni taqsimlash, mablagʻlardan foydalanish markazlashtirilgan tartibda olib boriladi. Ijtimoiyruhiy usuldagi Boshqarish ijtimoiymaʼnaviy vaziyatga taʼsir etish orqali kishilarning feʼlatvori, ruhiyatini hisobga olib, ularning ijtimoiy talabini qondirish yordamida olib boriladi.
Boshqarish tarkibiy jihatdan korxona, firma, kompaniya, birlashma va boshqa miqyosida, hududiy jihatdan esa tuman, shahar, viloyat, davlat miqyosida boʻladi. Boshqarish ishini davlatning boshqaruv organlari yoki boshqaruvchshshr (menejerlar) amalga oshiradi. Boshqarish jarayonida vaziyatni Boshqarish, yaʼni oʻzgargan iqgisodiy vaziyatga tezkorlik bilan chora topish muhim oʻrin tutadi. Vaziyatni Boshqarishning vazifasi xoʻjalik obʼyektini uning uzoq muddatli maqsadlarini amalga oshirishga yunaltirishdan iborat. Boshqarishda mahsulot sifati, harajatlar, mulk, xatar, bozor, talab, taklif va boshqa masalalar boʻyicha juda muhim qarorlar qabul qilish talab etiladi va ularning kutilgan natijalarga olib kelishi Boshqarishning toʻgʻri yoki samaradorliligini tasdiqlaydi).
Boshqaruv jarayonining bosqichlari


Boshqaruv operatsiyalari — rahbar va boshqaruv apparatining oddiy harakatlari bo’lib, ular tartibi va birikishi asosida boshqaruv jarayoni tashkil topadi. Masalan, tahliliy faoliyat Uchun korxonaning yillik va oylik hisobotlarini olish, ular tadbirlar ishlab chiqish hamda ularni boshqaruv jarayoniga tadbiq qilish lozim. Boshqaruv jarayonini amalga oshirish vositalariga avvalo, axborotni kiritish lozim. Boshqaruv operatsiyalarining katta qismi axborot bilan ishlashdan iboratdir.
Boshqaruv apparati ishida keng qo’llanadigan texnikaviy vositalar ham shular jumlasiga kiradi.
Bular axborot olish va qayta ishlash vositalari ananaviy orgtexnika vositalaridir. Boshqaruv operatsiyasini amalga oshirish usullari - axborot-tahlil va tashkiliy faoliyatdir.
Axborot-tahlil faoliyati axborot yig’ish, saqlash, tarqatish va qayta ishlash; taxlil, hisob-kitob, qaror turlarini ishlashdan iborat;
tashkiliy faoliyatga - tushuntirish, ishontirish, rag’batlantirish va vazifalarni
taqsimlash usullari, faoliyatni nazorat qilish, majburlash va h.k.lar kiradi. Boshqarish uchun faqat nimani qanday qilishni hal etish emas, balki tashkil etish, qiziqtirish, ishontirish, tushuntirish,
nazorat qilish ham zarur. Rahbarning tashkilotchilik faoliyati ayni shu operatsiyalar
yig’indisitashkil etadi.
Boshqaruv jarayonini tashkil etishda biznes-reja va taminot, moliyalashtirish va biznes-reja;
narxni belgilash va kredit berish funktsiyalarini bog’lashni taminlash, boshqaruv tizimi ayrim unsurlari (maqsad-usul, maqsad-kadr, qaror-usul, usul-tarkib) muvofiqlashtirish, boshqaruv kadrlarini tayyorlash, fan-texnika yutuqlarini joriy etishni taminlash zarur.
Korxonalarga erkinlik va mustaqillik berilishi bilan hal qilinishi lozim bo’lgan boshqaruv jarayonini tashkil etish bilan bog’liq muhim muammo rasman bir-biri bilan bog’liq bo’lmagan boshqaruv tashkilotlari o’rtasidagi gorizontal aloqalarni amalga oshirish bo’lib qoldi (masalan, korxona va mahsulot istemolchilari, xomashyo bilan taminlovchilar va korxona o’rtasida va h.k.).
Download 62,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish