Sanoat na'munalari Maxsudov Botirjon Sanoat namunasi nima? Yangilik hisoblangan va originallikka ega boʼlgan, texnik (funksional) va estetik sifatlar birligiga erishilgan buyumning tashqi koʼrinishi (dizayni)ni ifodalaydigan badiiy-konstruktorlik yechim sanoat namunasi hisoblanadi. Sanoat namunalariga keng turdagi buyumlar: texnik va tibbiy asbob-uskunalardan tortib soatlar, zargarlik va boshqa hashamat buyumlarigacha, maishiy texnika va mebeldan tortib oshxona jihozlari va kiyim-kechaklargacha, arxitektura obʼektlari, interyerlar va transport vositalaridan tortib gazlamalardagi naqshlar, kiyim-kechak va poyafzal modellarigacha boʼlgan turli xildagi buyumlar kiradi. - Sanoat namunasi, shuningdek, oʼramlar, idishlar va mahsulotning tashqi bezagi uchun ham muhimdir. Аlohida butun buyumlar (masalan, avtomobil, muzlatkich) yoki butun buyumning alohida ishlab chiqarilib sotiladigan biron-bir qismi (eshik, fara, tutqich) ham, shuningdek, birgalikda bir butunni tashkil qiladigan buyumlar toʼplami (mebel garnituri, serviz) ham sanoat namunasi boʼlishi mumkin.
Qanday sanoat namunalariga huquqiy muhofaza beriladi? - Аgar sanoat namunasi sifatida koʼrsatilgan obʼekt yangi va original (oʼziga xos) boʼlsa, unga huquqiy muhofaza taqdim etiladi. Аgar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor boʼlgan maʼlumotlardan ayon boʼlmasa, u yangi deb eʼtirof etiladi.
Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan shartlansa, original, deb eʼtirof etiladi.
Quyidagilar sanoat namunasi deb tan olinmaydi: - • matbaa mahsulotlari;
- • arxitektura (kichik arxitektura shakllaridan tashqari) obʼektlari,
- • sanoat, gidrotexnik va boshqa statsionar jihozlar;
- • suyuq, gazsimon, sochiluvchan yoki ularga oʼxshash moddalardan iborat oʼzgaruvchan shakldagi obʼektlar;
- • buyumning faqat texnik vazifasi bilan bogʼliq boʼlgan yechimlar;
- • jamiyat manfaatlari, insonparvarlik va axloq prinsiplariga zid boʼlgan yechimlar
Savol: Sanoat namunasi patent egasi qanday huquqlarga ega? Patent egasi sanoat namunasidan foydalanish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish uchun mutlaq huquqqa ega. Patentning amal qilish muddati tugaganidan keyin sanoat namunasi omma mulkiga aylanadi, yaʼni boshqa shaxslar tomonidan foydalanish uchun ochiq boʼladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |