O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI
“SANOAT ISHLAB CHIQARISHINI TASHKIL ETISH” KAFEDRASI
“STATISTIKA”
fanidan
MUSTAQIL ISHLARNI BAJARISH BO‘YICHA
USLUBIY KO‘RSATMA
M U N D A R I J A
№ TARKIB MAZMUNI
1.
Kirish.........................................................................................
2.
Referat va uning turlari....................................................
3. ESSE va uni yozish tartib koidalari....................................
4.
Ilmiy tarzda matn tayyorlash koidalari..............................
5.
Takdimot utkazish shakllari …................
6.
Axborotni og’zaki uzatish.....................
7.
MSpowerpoint da loyiha taqdimotini tayyorlash bo‘yicha
yo‘riqnoma..............................
8.
Texnologik loyihalar ustida ishlash va ularni prezentatsiya
qilish...................................................................................
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati axborot texnologiyalari
dasturiy vositalari, ma’lumotlarning axborot bazalari, multimedia asosida ta’lim
jarayonini axborotlashtirish, uzluksiz ta’lim tizimini axborot tarmog’i bilan
ta’minlash asosida jahon andozalariga mos keladigan kadrlar tayyorlash
masalalariga e’tiborni susaytirmay kelmoqda. Uzluksiz ta’limga o‘tish sharoitida
ta’lim muassasalarining bu sohadagi asosiy vazifalarini aniqlab, pedagogika fani va
amaliyoti oldiga «...o‘rta va oliy ta’limning ta’lim standartlariga muvofiq ravishda
elektron o‘qitish bazasini yaratish, ta’lim muassasalarining axborot infratuzilmasini
shakllantirish, barcha o‘quv muassasalarida ingliz tilini chuqur o‘rgatish,
shuningdek, Respublika axborot tarmog’ida lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
tilidan foydalanishning standartlashtirilgan mexanizmini ishlab chiqish va joriy etish
dasturiy chora-tadbirlar...»1 ni ishlab chiqish yuklatilgan.
Ta’lim jarayonidagi sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash, ya’ni jahon andozalariga mos,
raqobatbardosh, yuqori saviyaga ega bo‘lgan mutaxassislar tayyorlash bugungi
kunning dolzarb bo‘lgan jarayonlardan biridir. Ushbu murakkab muammolarni
yechimini topib ularni amalda keng qo‘llash oliy ta’lim tizimi xodimlari oldiga juda
katta vazifalar belgilaydi. Bunda aniq vazifalar sifatida bevosita o‘quv jarayonini
yaxshilash, o‘quv dasturlarini yanada takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy
pedagogik texnologiyalarini amalga joriy qilish, texnik vositalaridan keng
foydalanish va shu asosda masofadan o‘qitishni keng joriy qilishdan iboratdir.
Ta’lim sifati va usuliga qarab bilim hosil bo‘ladi. Bu o‘qituvchining mahoratinigina
emas, balki tinglovchining istak-hoxishi, qobiliyati va bilim darajasini ham
belgilaydi. Ta’lim uzoq davom etadigan jarayondir. Bilim esa ta’limning
uzluksizligi vositasida beriladigan mavhum tushunchaga ega bo‘lgan xodisadir.
Bilim xususiylikka ega bo‘lsa, ta’lim umumiylikka egadir. Ta’lim barcha uchun bir
xilda davom etadigan jarayon. Bilim ob’ektiv borliqdagi voqea-hodisalarning
inhikosi natijasida inson miyasidagi mushohadalar va tasavvurlar natijasida hosil
bo‘ladigan tushunchalar yig’indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limdagi sifat uni
berishda ishtirok etadigan kishilar sifati bilan belgilansa, bilim individuallikka ega
bo‘ladi. Ta’limni amalga oshiradigan yoki dars beradigan kishilarning saviyasi
turlicha bo‘lishi mumkin. Lekin guruhdagi talabalarga beriladigan ta’lim bir xildir,
o‘qituvchi bilim emas, balki ta’lim beradi. Talaba esa ana shu ta’lim jarayonida
bilimga ega bo‘ladi. Buning uchun u mustaqil o‘qiydi, tayyorlanadi, mushohada
qiladi, tasavvurlarga ega bo‘ladi, eshitganlari va o‘qitganlarini sintez qiladi. Natijada
bilimga ega bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishda Andijon mashinasozlik
instituti professor – o‘qituvchilari o‘quv fanlari bo‘yicha yaxlit ta’lim
texnologiyalarini loyihalashtirish va amalga oshirish ishlarini keng qamrovli olib
bormoqdalar.
Ushbu qo‘llanmada tavsiya etilgan yangi o‘qitish modeli qo‘yidagilarga asoslangan:
SH. Mirziyoev «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik
qoidasi bo’lishi kerak». 16.01.2017y
ta’limning har bir shaxsga yo‘naltirilganlik va tizimli yondashuv, ta’lim subhektlari
munosabatlarini demokratlashtirilishi va inson’arvarlashtirilishiga;
ta’limda talabalar roli o‘zgarishiga: o‘quv faoliyatini mustaqil olib boruvchi ta’lim
jarayonining teng huquqli subhekti;
ta’limda o‘qituvchining roli o‘zgarishiga: mustaqil o‘quv faoliyatining
tashkilotchisi, talabalarining savodli maslahatchisi va yordamchisi. Talabalar bilimi,
ko‘nikmalari, mahoratlarining nazoratini hamda ehtimolli og’ishlarni o‘z vaqtida
to‘g’rilash maqsadida ularning bilim darajasi diagnostikasini ta’minlaydi;
ta’limning uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: (1) muammoli holatlar, faol
ijodiy-tadqiqiy faoliyatni yaratishga asoslangan, muammolarni qidirish va yechish,
bilimlarni amalda qo‘llashga yo‘naltirilgan faol va interfaol usullar anhanali bo‘lib
qolmoqda; (2) jamoa va guruh ishlari keng qamrovli ta’lim shakliga nisbatan
ko‘‘aymoqda; (3) axborot texnologiyalari ta’limning anhanaviy vositalari bilan bir
qatorda keng qo‘llanmoqda; o‘quv materiallari ta’lim olayotganlar tomonidan
bilimlarni mustaqil qidirish uchun foydalanilmoqda;
pedagogik boshqarish uslublari va vositalarining o‘zgarishiga: o‘qituvchi
muammolarni aniqlashga, g’oyalarni regeneratsiya qilishga, qarorlarni qabul
qilishga qodir va ularning amalga oshishiga mashul menejerga aylanmoqda. U
nafaqat pedagogik balki talabalarning o‘quv faoliyatini ham bashoratlaydi,
loyihalashtiradi va rejalashtiradi, ya’ni qo‘yilgan ta’lim maqsadini amalga oshirish
va o‘quv faoliyatining rejalashtirilgan natijalariga erishish bo‘yicha qo‘shma
faoliyat tizimi va mazmunini ishlab chiqadi, bashoratlash, loyihalashtirish va
rejalashtirishda va o‘quv faoliyatini tashkillashtirishda talabalarni qo‘llab-
quvvatlaydi, ta’lim jarayonini o‘quv dialogi va ‘olilogi sifatini tuzadi.
SHu bilan birga, o‘qituvchilar – loyihalashtiruvchilar talabalarning yangi ta’lim
modellari bo‘yicha qurilgan ta’lim jarayoniga tayyor emasligiga duch kelashadi. Bu
talabalarning ta’lim subhekti sifatida ta’sir etmasligida va o‘qituvchilar tomonidan
taklif etiladigan o‘quv faoliyatining uslub va vositalarini amaliy qo‘llash
qo‘nikmalarining yo‘qligida namoyon bo‘ladi.
SHu munosabat bilan zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish
sharoitlarida birinchi bosqich talabalari quyidagi qo‘nikma va mahoratlarni egallab
olishlari zarur:
(1) ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko‘nikmalari:
asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o‘quv
vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni topish, bilish,
tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar
yordamida uni referat, hisobot shakliga keltira bilish; qo‘yilgan talablarga muvofiq
o‘z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharh qurish kabi ta’lim
uslub va vositalarini amalga oshirishga faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni
tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, tahlillash va qiyoslashga, o‘rganilayotgan
tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o‘rtasidagi aloqalar va
o‘zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontse’tual harita, SWOT, T-jadval, Venn
diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni
rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan esse va o‘quv loyihasi bajarilishi
to‘g’risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi;
(2) taqdimot ko‘nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o‘quv to‘shirig’i bajarilishi
natijalari bo‘yicha, siz o‘zingizni o‘qituvchi va boshqa talabalar bilan ishonchli tuta
olasiz va har xil vositalardan foydalana olasiz;
(3) kommunikativ ko‘nikmalar: o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida o‘quv
munosabatlarini yarata olish xususiyati, o‘z nuqtai nazarini himoya qila olish va
murosaga kelish, dialogga qo‘shilish, mohiyati bo‘yicha savol berish, asoslangan
javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra
suhbatlarida qatnashish;
(4) hamkorlikdagi ishlar ko‘nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo‘lish –
o‘quv to‘shirig’ini bajarish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni jamoali rejalashtirish,
umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o‘zaro
aloqada bo‘lish;
(5) muammoli holatlar tahlil qilish ko‘nikmalari, o‘quv vazifasini yechish,
g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini
topish, bu o‘z navbatida sizning muammoli lektsiya, tahlilda va o‘quv holatlarini
(Keys stadi) hal etish faol ishtirokingizni ta’minlaydi.
(6) ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy
kom’yuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko‘nikmalari:
mustaqil ish natijalarini bezash bo‘yicha o‘quv to’shiriqlarini bajarish (nutqlar,
referatlar, o‘quv loyihalari va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |