San’atning paydo bo‘lishi



Download 14,75 Kb.
Sana03.02.2017
Hajmi14,75 Kb.
#1708

Aim.uz

San’atning paydo bo‘lishi

San’atshunoslik alohida fan sifatida XVI-XIX asrlar mobaynida shakllandi. San’atga doir ma’lumotlar datslab Yunonistonda qadimdan o‘rganila boshlangani malum. Aritsotel, Platon kabi o‘sha davrning yirik faylasuflari Yunonistonda san’at tarixi bilan ham shug‘ullanganligi to‘g‘risida ma’lumotlar saqlangan. Qadimgi Rimda yunon san’atiga katta e’tibor bilan qaralgan. Milodiy datslabki asrlarda O‘rta Osiyo mamlakatlarida me’morchilik va san’atga oid risolalar yaratilgan. Ular mazmuni jihatdan hammabop bo‘lib, ham metodik qo‘llanma, ham o‘qish kitobi sifatida xizmat qilar, kitobxon e’tiboriga tarix, hikoyat, nasihat va mushohadalar havola qilinardi. O‘rta asrlarda Ovro‘pada san’at ilohiyot (teolo-giya)ning bir qismi bo‘lib qoldi.

O‘rta asr san’atshunoslari san’atni narigi dunyoning bu dunyo-dagi moddiy obrazi deb baholadilar. Uyg‘onish davri san’at rivojida muhim davr bo‘lib tarixga kirdi. XIV-XVI asrlarda insonparvarlik va realizm g‘oyalari bilan bir qatorda san’atni cherkov ta’siridan ajratishga intilish kuchaydi va uni ilmiy tavsiflash yo’lida muhim qadam qo‘yildi. Bu davrda yaratilgan ko‘p risolalarda rassom, haykaltaroshlarga asosiy yo’1-yo’riqlar ko‘rsatildi, umuman, san’at, uning nazariyasi va tarixi bo‘yicha qimmatli asarlar vujudga keldi. Leonardo da Vinchi kabi rassom va me’morlar rassomlik, uning ilmiy asoslari va imkoniyatlari, tasviriy san’atda inson ma’naviy hayotining aks ettirilishi kabi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan fikrlarni bayon etdilar.

XVI asrda Olmoniyada A. Dyurerning proporsiyalar haqidagi ilmiy fikrlari, Venetsiyada P. Aretinoning borliqni to‘g‘ri aks ettirish bo‘yicha rassomlar oldiga qo‘ygan talablari san’atga muhim hissa bo‘lib qo‘shildi. XVII asrda risola, qo‘llanma, Ovro‘po san’atiga bag‘ishlangan sharhlar, Italiyaga doir yo’l ko‘rsatkichlar, rassomlarning hayoti va ijodiy faoliyati, badiiy hayot tarziga oid adabiyotlar yaratildi. San’atning XVIII asrdan boshlab mutsaqil fan sifatida shakllanishi shu asr oxiridagi fransuz burjua revo-lutsiyasini tayyorlash va uni amalga oshirish davrida eski tartiblar hamda feodalizmga qarshi g‘oyalarning kurashi bilan bog‘liq bo‘ldi. Ijtimoiy-tanqidiy tafakkur rivoji oqibatida tanqidiy etud janri shakllandi, san’atda g‘oyaviylik va realizm uchun kurash avj oldi. Olmoniyada G. E. Lessing realizm nazariyotchisi sifatida «tasviriy san’at» terminini fanga kiritdi.

XIX asrda san’atning ilmiy-tarixiy asoslari mutsahkamlandi, san’at fan sifatida shakllanib takomiliga yetdi, o‘z uslubiyotiga ega bo‘ldi. Fransiyada Stendal, G. Kurbe, Olmoniyada I. Hyote va H. Heynening asarlari, san’atshunoslik fanida katta ahamiyatga ega bo‘ldi, arxeologik tadqiqotlar koiami kengaydi, badiiy muzeylar ochildi.

Bu davrda, ayniqsa, buyuk fransuz revolutsiyasi g‘oyalari, I. Kant, A. S’hopengauyer, G. F. Hegel estetik qarashlari, Rossiyada esa V. V. Stasov, I. N. Kramskoy, I. Ye. Repin va

San’at turlanda qo‘llaniladigan ijodiy uslub yoki san’at uslubi ham jiddiy ahamiyatga egadir. San’at mahorati faqat texnika bilan o‘lchanmasa ham, uni egallamay turib, mohir utsa bo‘lib yetishish mumkin emas. Barcha san’at turlari yuksak ifodalilik qonuniga bo ’ysunadilar.

Demak, san’at turlarida badiiy tuzilma (kompozitsiya), vazn, tasviriy-ifodaviy va moddiy vositalar majmui san’at shaklini tashkil etadi. S’hakl hamma vaqt muayyan mazmunni ifodalaydi. San’at asarlarida mavzu sujet yordamida oydinlashadi. Sujet asarda ko‘rsatilmoqchi bo‘lgan hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, u o‘z navbatida asar personajlarini bir-biriga bog‘lab turadi.



G‘oya asar mazmunining asosini tashkil qiladi. Asarning g‘oyaviyligi uning mazmundorligidan darak beradi. S’hunday qilib, san’at asarlarining mazmuni badiiy g‘oya, asar mavzusi, asar sujeti hamda san’atkor tomonidan baholangan hayot hodisalarining yig‘indisini tashkil qiladi. Badiiy shakl tarkibiy qismlarining asosini kompozitsiya tashkil qiladi.

Kompozitsiya - o‘zi anglatgan ma’noga ko‘ra sujetga yaqin turadi. Agar badiiy asarning sujeti voqealar rivoji bo‘lsa, kompozitsiyasi ularni bir-biri bilan bog‘laydi. U asar mazmunini ifodalovchi qismlarning yaxlitligini ta’minlaydi. Ko‘rinib turibdiki, san’at asarlarining shakli tuzilish jihatidan xilma-xildir, mazmun va shakl elementlarining uzviy bog‘liqligi san’at asarlarida badiiy uslub deb ham yuritiladi.
Download 14,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish