Sana:
Sinf: 9-sinf
Fan: Biologiya
Mavzu: Postembrional rivojlanish.
Maqsad:
a) Ta`limiy: O`quvchilarga organogenez davrining qonuniyatlari
asosida organizmlarning embrional rivojlanishi haqida
bilimlarini chuqurlashtirish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarni umumiy biologiyadan olgan
bilimlarini mustahkamlash, ularni tabiatni sevish, uni asrash
tuyg`ularini shakllantirib, ekologik tarbiya berish.
c) Rivojlantiruvchi:
O`quvchilarni
dasrlik
bilan
ishlash
ko`nikmasini
rivojlantirish,
o`z
fikrlarini
asoslash
ko`nikmalarini rivojlantirish. O`quvchilarda Vatanparvarlik
hissini rivojlantirish.
Dars metodi: Zamonaviy
Dars usuli: Yangi tushuncha, bilimlarini shakllantiruvchi.
Dars jihozi:
1) texnik vositalar: kompyuter, kodoskop, proyeksion multimediya,
electron darsliklar.
2) ko`rgazmali va didaktik vositalar: darsga doir slaydlar, tablisa,
marker va vatmon
Tashkiliy qism:
a) Salomlashish, davomat va tozalikni tekshirish.
b) Siyosiy qism
c) O`tilgan mavzuni takrorlash(aqliy hujum, muammoli vaziyat)
O`tilgan mavzuni takrorlash:
1. Ontogenez nima?
2. Embrional rivojlanish bosqichlari nechaga bo`linadi?
3. Blostomer nima?
4. Nima uchun maydalanish deyiladi?
5. Maydalanish qachon tugaydi?
6. Blastulani birlamchi tana bo`shlig`i nima deyiladi?
7. Qachon murtak ikki qavatga bo`linadi?
8. Murtakning tashqi qavati nima deyiladi?
9. Gastrulyatsiya nima?
10. Mezoderma qavat qaysi hayvonlarda uchraydi?
11. Biogenetik qonunni kimlar kashf qilgan?
12. Filogenez nima?
13. Gostrulyatsiya tugagandan so`ng qaysi organlar hosil bo`ladi?
14. Mezoderma qavatidan qaysi organlar rivojlanadi?
15. Endodermadan qaysi organlar hosil bo`ladi?
Muammoli vaziyat: zigota, ontogenez va filogenezni farqlab
bering?
Yangi mavzu bayoni: Embriyonning tuxumdan chiqish yoki tug`ilishi
bilan embrional rivojlanish davri tugallanadi va postembrional
rivojlanish davri boshlanadi. Po`stembrional rivojlanish to`g`ri yoki
noto`g`riga bo`linadi.
To`g`ri rivojlanishda tuxumdan chiqqan yoki ona organizmidan
tug`ilgan embrion voyaga yetgan organizmlarga o`xshydi, faqat kichik
bo`ladi. Bunda organizmlar o`sadi, rivojlanadi va jinsiy balog`atga
yetadi.
Noto`g`ri rivojlanishda tuxumdan lichinka chiqadi. Lichinka
voyaga yetgan organizmdan tuzilishi jihatdan keskin farq qiladi.
Lichinka oziqlanadi, o`sadi va ma`lum muddat davomida lichinka
organlari voyaga yetgan organizm organlari bilan almashinib boradi.
Binobarin noto`g`ri rivojlanishda lichinka organlari o`rnida voyaga
yetgan organizmga xos organlar hosil bo`ladi.
Masalan: assidiyaning lichinkasi xordali hayvonlarning asosiy
belgilarini: xorda, nerv nayi va halqumida jabra yoriqlarini o`zida
mujassam qilgan bo`ladi. Lichinka suvda erkin suzib yuradi, keyin suv
postembrional
To`g`ri
rivojlanish
Noto`g`ri
rivojlanish
Sudralib
yuruvchilar,
qushlar, sut
emizuvchilar
Suvda hamda
quruqlikda
yashovchilar,
hasharotlar
tubidagi qattiqroq narsaga yopishib olib, metamorfozga uchraydi.
Uning alohida dumi, xordasi muskullari yo`qolib ketadi, nerv nayi
hujayralarga bo`linib fagositlarni hosil qiladi. Lichinkaning nerv
nayidan tuguni hosil qilishda ishtirok etadigan, faqat ayrim hujayralar
to`plami qoladi. Voyaga yetgan assidiyaning tuzilishi umuman xordali
hayvonlar tuzilishiga o`xshamaydi. Assidiya lichinkasining tuzilishi bu
hayvonning kelib chiqishi erkin hayot kechiradigan xordalilar
ekanligidan dalolat beradi.
Assidiyadagi metamorfozni yuzaga kelishining asosiy sababi
o`troq holatda hayot kechirishiga o`tishi bilan bog`liq.
Not`g`ri rivojlanish
hasharotlarda
tuxum
lichinka
G`umbak
Voyaga
yetgan forma
Noto`g`ri rivojlanishning biologic ahamiyati shundan iboratki,
bitta turning lichinkalari va voyaga yetgan individlari har xil
sharoitda yashaganligi uchun ularning yashash joyi va ozuq uchun
o`zaro raqobati kuzatilmaydi. Faqat o`troq yoki parazit holda
yashashga moslashgan organizmlarning lichinkalari erkin harakat
qilib, turning keng tarqalishiga yordam beradi.
Postembrional rivojlanish davri turli muddatda davom etadi.
Masalan:tut ipak qurtining qurtlik davri 20-24 kun davom etadi.
Voyaga yetgan kapalagi esa 5-10 kun yashaydi. Itbaliq 2-3 oy, baqa bir
necha yil yashaydi.
Odamlarda postembrional rivojlanish jinsiy balog`atga yetish,
balog`at va qarilik davrlariga bo`linadi.
Postembrionlar rivojlanish o`sish bilan davom etadi. O`sish
butun umr davomida hamda ma`lum muddat bilan chegaralangan
bo`ladi. Butun umri davomida o`sish o`simliklarda, lentasimon
chuvalchanglar, ayrim molyuskalar va baliqlarda kuzatiladi.
Ko`pchilik hayvonlar jinsiy balog`atga yetgandan so`ng o`sishdan
to`xtaydi. Odam 20-25 yoshda o`sishdan to`xtaydi
.
Mustahkamlash: Test
1. Po`stembrional rivojlanishi metamorfozsiz rivojlanadigan
hayvonlarni belgilang?
a) baqa
b) kapalak
c) kaptar
2. Po`stembrional davrda organism….
a) o`sadi, muxitga moslashadi.
b) qariydi
c) hujayra va to`qimalar ixtisoslashadi
3. Odam necha yoshgacha o`sadi?
a) 25-30
b) 20-25
c) 15-20
4. Baqaning lichinkalik davri qancha davom etadi?
a) 1-2 oy
b) 2-4oy
c) 2-3 oy
5. Itbaliqda yuragi necha kamerali bo`ladi?
a) 2kamerali b) 3kamerali
c) 4 kamerali
6. Itbaliqning baliqlarga o`xshash tomonlarini toping?
a) o`pka bilan nafas olishi, yuragi 3 kameraligi
b) yon chiziqlari, yurak tuzilishi, qon aylanish sistemasi
c) jabra yoriqlari, tangachalar borligi
7. Qo`ng`iz va kapalaklarning ajdodi qaysi hayvonlar?
a) molyuskalar
b) halqali chuvalchanglar
c) yassi chuvalchanglar
8. Po`stembrional rivojlanish nechiga bo`linadi?
a) 2ga
b) 3ga
c) 4ga
9. Baqa dumi nima hisobiga tushib ketadi?
a) lizosoma fermenti ta`sirida
b) tiroksin
c) sekretin
10. Partonogenez bu…
a) tuxum va urug` hujayrani qo`shilishi
b) tuxum va urug` hujayrani urug`lanmasdan ko`payishi
c) tuxum hujayrani urug`lanmasdan ko`payishi
Mustahkamlashda qo`shimcha tayanch atamalarni yozib himoya
qiladi.
Baholash: o`quvchilarni bilim saviyasidan kelib chiqib baholanadi.
Uyga vazifa: Darslikning 41-mavzusini o`qib krasvord tuzish, 54, 55,-
rasmlarni chizish, mavzuga doir internet ma`lumotlarini olish
Farg`ona viloyati
Marg`ilon shahar
Xalq ta`limi muassasalari
faoliyatini metodik ta`minlash
va tashkil etish bo`limi ta`sarrufidagi
23-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Biologiya fani o`qituvchisi
Aliyeva Gavharoyning
“Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi”
ko`rik tanloviga tayyorlagan
video dars
Do'stlaringiz bilan baham: |