Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf



Download 0.75 Mb.
bet1/9
Sana21.11.2019
Hajmi0.75 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

www.sadikov.uz @sadikov_uz

Sana:.

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Sinf: __9ABVG __

Mavzu: Kirish; Eng ulug` maqsad

Darsning maqsadi: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda, jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.

  1. Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.

  2. Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



DTS talablari: Bolalarga MIG` va MA fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 9sinf “MIG` va MA” darsligi

2. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska, bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. Yangi mavzuning bayoni.

ENG ULUG` MAQSAD

Aziz o`quvchi, shu kunlarda butun yurtimiz bo`ylab Mustaqillik bayrami shodiyonalari davom etmoqda. Chunki «0`zbekiston Respublikasi o`z davlat mustaqilligini qo`lga kiritgan buyuk tarixiy sana - 1-sentabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy hayotida beqiyos o`rin tutadigan, har yili eng ulug`, eng aziz bayram sifatida katta shod-u xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug` ayyomdir».

Siz ta`lim olayotgan maktabda, ustozlaringiz, sinfdosh do`stla-ringizning yuzida, ko`zida, kayfiyatida ham ana shu bayram shukuhi har qadamda sezilib turibdi. Bunday quvonchli damlarda biz avvalo mustaqillikning xalqimiz, Vatanimiz hayotida, har birimizning taqdirimizda qanchalik katta ahamiyatga ega bo`lgani haqida o`ylaymiz. Bu xususda siz har yili yangi o`quv yilining dastlabki darslarida ustozlaringiz, sinfdosh do`stlaringiz bilan atroflicha suhbatlashasiz. Ana shu fikrlarning barchasini umum-lashtirib aytadigan bo`lsak, biz 1991-yilning 31-avgustidan - xalqi­miz, mamlakatimiz o`zini mustaqil deb e`lon qilgan kundan bosh-lab qanday yutuq va natijalarga erishgan bo`lsak, ularning barchasi istiqlol tufaylidir. Nafaqat erishgan, balki bugungi kunda orzu qilib, intilayotgan narsalarni qo`lga kiritishimiz uchun ham avvalo mustaqillik, erkin va ozod hayot kerak. Shuning uchun qanchadan qancha ajdodlarimiz uchun armon bo`lib qolgan istiqlolni biz eng buyuk ne`mat sifatida qadrlaymiz.

Bugun siz o`rganishda davom etadigan «Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» fanining asosiy yo`nalishlaridan biri milliy g`oya ekanini yaxshi bilasiz. Shuni esda tutingki, milliy g`oyamizning negizida ham eng buyuk maqsad, bosh tamoyil bo`lib, avvalo, mustaqillik, uni ko`z c|orachig`idek asrash masalasi turadi. Prezidentimiz Islom Kariinov bu haqda alohida to`xtalib, “Sizning eng ulug` maqsadimiz, eng ulug` g`oyamiz shuki, O`zbekistonning bitta yo`Ii bor: miishiqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug` va erkin hayot sari olg`a yurish”, deb ta`kidlagani bejiz emas, albatta.

Siz milliy g`oyamizning asosida yurt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligi kabi uchta muhim tushuncha turishi haqida 8-sinfda xabardoi ho`lgan cdingiz. Lekin ana shu maqsadlarni amalga oshirish iicliim avvalo mamlakatimiz mustaqil, xalqimiz ozod va erkin bo`lishi kerak. Shu bois istiqlolni asrab-avaylash va mustah-kamlashni biz eng iilug` maqsad deb bilamiz. Milliy g`oyamizning tub ma`no-mazmunini belgilab beradigan ana shu maqsad bizning hayotimiz, ong-u tafakkurimizga singib, dunyoqarashimiz, amaliy harakatlarimizning asosiga aylanishi lozim. Insonning qalbi va ongini egallash va sliu orqali uni o`zining g`arazli niyatlari yo`lida oddiy qurolga, vositaga aylantirishga urinadigan turli zararli oqim va harakatlar ta`siri har qadamda sezilib turgan bugungi murakkab zamonda aynan ana shunday ulug` maqsadlarga intilib yashagan odamgina adashmaydi.

Inson tabiatan qiziquvchan zot ekani va shu bois ko`pincha aldanib ham qolishi sizga sir bo`lmasa kerak. U tabiat va jami-yatdagi ko`plab voqea-hodisalar, muammolarga yoshligidan bosh-lab javob izlaydi. Ularning mohiyatini tushunishga intiladi. Shu tariqa uning ongi rivojlanib, tasavvuri kengayib boradi. Bu jarayon uzluksiz bo`lib, olam harakatdan to`xtamagani kabi, inson ham bilish va fikrlashdan to`xtamaydi. Ammo dunyoni bilish va tushu-nishning o`ziga xos yo`llari, shakllari bor. Ularga ko`ra, bilimlar foydali yoki zararli, kerakli yoki keraksiz bo`lishi mumkin. Ana shu bilimlardan eng zarurlarini olish uchun odamda aniq maqsad bo`lmog`i zarur. Masalan, sobiq SSSR davrida o`qitiladigan bilim-larning ko`pi befoyda va keraksiz edi. Chunki ularning aksariyati soxta, odamlarni, ayniqsa yoshlarni tagi puch va yolg`on maqsad­larga ishontirishga qaratilgan edi.Bugungi kunda biz ota-bobolarimizning muqaddas xoki yotgan, o`zimiz yashayotgan buyuk Vatanimizning mustaqilligini barcha orzu-intilishlarimizning markaziga qo`yib, o`rganadigan bilim va tajribamiz, kuch-g`ayrat va iste`dodimizni faqat va faqat ana shu ezgu maqsadga safarbar etishni o`ylab yashayapmiz. Tarixga nazar tashlaydigan bo`lsak, dunyodagi ne-ne ulug` va fidoyi insonlar butun hayotini aynan shu yo`lga bag`ishlagan. Chunki bunday katta maqsadlar bilan yashash inson hayotiga haqiqiy ma`no-mazmun beradi, uni yuksaltiradi. Inson o`z orzu-intilishlari, qiziqish va ehtiyojlarini amalga oshirishda poydevor bo`lib xizmat qiladigan ana shunday maqsadga, g`oyaga hamisha ehtiyoj sezib yashaydi.

E`tibor berganmisiz, go`dakning qo`lidan o`yinchog`ini olib qo`ysangiz, biroz yig`lab, xarxasha qiladiyu, oradan ko`p o`tmay, uni esidan chiqaradi. Chunki uning xayolini boshqa narsa, deylik, qo`liga tutqazilgan konfet band etadi. Ya`ni, uning murg`ak ongidagi o`yinchoqqa bo`lgan qiziqishni darhol boshqa narsaga boigan qiziqish egallab oladi. Insonning tabiati ham shunday: bir narsaga qiziqmasdan, nima bilandir xayolini, qalbini band etmas n turolmaydi. Tabiatda, jamiyatda bo`shliq bo`lmagani kabi, insonning qalbi va ongida ham bo`shliq bo`lmaydi. Shuning uchun xalqimiz ezgu an`analar, urf-odatlar, bunyodkor g`oyalarni asrlar-dan asrlarga olib o`tib, farzandlari qalbiga singdiradi. Mustaqillik g`oyasi ham ana shunday hech qachon zavol bilmaydigan g`oyalardandir.

Bordiyu insonning qalbi yoki ongida bo`shliqqa yo`l qo`yilsa, u o`z orzu-intilishlari va hayotiy manfaatlariga mos qadriyatlarga emas, aksincha to`g`ri yo`ldan chalg`itadigan soxta g`oya hamda mafkuralarga ishonib, yo`ldan adashishi, yaxshilik o`rniga yomon-lik, ezgulik o`rniga yovuzlik ortidan ergashib ketishi mumkin. Ayniqsa, insonni o`ziga tez jalb etadigan zamonaviy axborot vositalari kuchaygan bugungi kunda bunday xavf-xatarlar turli shakllarda yashin tezligida ko`pa-yib bormoqda. Tajovuzkor g`oya va mafkuralar ana shu vosita-lardan foydalanib, zaif, mo`rt odamlarni tuzoqqa tushirishga harakat qiladi.

Bunyodkor g`oya va mafkuralar esa o`z ta`sirini ma`rifat asosida yoyishga intiladi. Prezident Islom Karimov aytganidek, ular jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurash olib boradi. Bunday g`oya va mafkuraga ega bo`lgan xalq hech qachon tajovuzkor kuchlar ta`siriga tushmaydi. Chunki uning qalbi va ongi ona yurt muhabbati, Vatanga sadoqat, mardlik, fidoyilik hislariga, o`z kuchiga bo`lgan ishonchga to`la bo`ladi.

Biz mustaqillikka erishganimizdan so`ng yurtimizning yer osti va yer usti boyliklari bilan birga, xalqimizning ma`naviy dunyosi, qalbi va ongini asrash, boyitish masalasi ham eng muhim vazifaga aylandi. Shu maqsadda Prezidentimiz Islom Karimov rahbarligida ko`plab ishlar amalga oshirilmoqda, jumladan, milliy g`oyamizning asosiy tushuncha va tamoyillari shakllantirilib, takomillashtirilmoqda. Yurtboshimizning asarlari asosida 2000-yili «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi chop etilganidan siz yaxshi xabardorsiz.Milliy istiqlol g`oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari xal­qimizning yangi jamiyat qurish yo`lidagi orzu-intilishlarini, istiqlol yillarida orttirilgan boy tajribalarni, milliy va umumbashariy qadriyatlar uyg`unligi, g`oya va mafkuralar tarixi, bugungi clunyoning mafkuraviy manzarasi bilan bog`liq bilim hamda lasavvurlarni mujassam etadi. Buni bilib oling!

Milliy istiqlol g`oyasi bilan bog`liq bilim va tasavvurlarni bosqichma-bosqich o`rganib borish yoshlarda yuksak dunyoqarash va mafkuraviy immunitetni shakllantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun mamlakatimizda «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» alohida fan sifatida o`qitilmoqda. U Prezidentimiz Islom Karimovning 2001-yil 18-yanvardagi farmoyishiga asosan ta`lim tizimiga joriy etildi. Siz o`rganayotgan «Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» ham ana shu fanning tarkibiy qismidir.

Bu fan milliy istiqlol g`oyasi bilan bog`liq bilim va tushuncha-larni, xalqimizning boy ma`naviyatidagi bugungi zamonga mos cng zarur tamoyillar, urf-odat va an`analarni o`rganadi.



Buni bilib oling!

G`oya va ma`naviyat shakllanishi, ijtimoiy hayotdagi o`rni va vazifasi, tarbiyaviy ahamiyatiga ko`ra, bir-biriga g`oyat yaqin. G`oya bilan bog`liq bilimlar ma`naviyat bilan bog`liq bilimlarni ham taqozo etadi. G`oya ham, ma`naviyat ham insonning qalbi va ongidagi o`zgarishlarni jamiyat hayotidagi voqealar bilan bog`liq holda o`rganishni talab qiladi. Shularning barchasini inobatga olgan holda, siz o`rganayotgan ushbu fan «Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» deb ataladi.

Mazkur fanni o`rganishda yuqorida zikr etilgan «Milliy istiqlol g`oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi, Prezident Islom Karimovning «Yuksak ma`naviyat - yengilmas kuch» kitobi, milliy g`oya va mafkura, ma`naviyatga oid boshqa asarlari, ajdodlari-mizning boy merosi, milliy va umumbashariy qadriyatlar asosiy manba, metodologik asos bo`lib xizmat qiladi.
IV darsni mustahkamlash.


  1. Biz nima uchun istiqlolni eng buyuk ne`mat sifatida qadrlaymiz?

  2. MIG` va MA fani qanday fan u nimani o`rgatadi?

  3. MI G` va MA fani qachon fan sifatida shakllangan?

  4. Bizning maqsadimiz nima?

V. Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish.

O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish



Sana:

Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari

Sinf: __9ABVG__

Mavzu: Milliy g`oya va taraqqiyot

Darsning maqsadi:O’quvchilarga Dunyodagi har bir halqning milliy g’oyasi avvalo nimaga xizmat qilishini, Milliy g’oyamizning bosh maqsadlarilaridan biri qaysi ekanligi, Milliy g’oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir- biri bilan uzviy bog’ligini, Milliy g`oya nima uchun milliy o`zlik, g`urur-iftixor timsoliga aylanib ketishi,Yapon yoki koreys mo`jizasining paydo bo`lishida ushbu xalqlarning milliy g`oyasi, ma`naviy fazilatlari qanday rol o`ynaganligini tushuntirish

  1. Ta`limiy: Bolalarga Milliy g`oya va taraqqiyot haqida ma`lumot berish. O’quvchilarga Dunyodagi har bir halqning milliy g’oyasi avvalo nimaga xizmat qilishini, Milliy g’oyamizning bosh maqsadlarilaridan biri qaysi ekanligi, Milliy g’oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir- biri bilan uzviy bog’ligini, Milliy g`oya nima uchun milliy o`zlik, g`urur-iftixor timsoliga aylanib ketishi,Yapon yoki koreys mo`jizasining paydo bo`lishida ushbu xalqlarning milliy g`oyasi, ma`naviy fazilatlari qanday rol o`ynaganligini tushuntirish

  2. Tarbiyaviy: Bolalarga mavzuning salbiy va ijobiy xislatlarini tushuntirib berish. Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;

  3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash , test savollari, boshqotirmalar orqali dars rivojlantiriladi. O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.O`quvchilarning to`g`ri fikrlashini rivojlantirish.

Kommunikativ kompetensiya:

o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish, ijtimoiy moslashuvchanlik, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish;



Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (internet, televizor, gazeta-jurnal, radio (audio-video yozuv), telefon, kompyuter, elektron pochta va boshq.) foydalana olish;



O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

shaxs sifatida doimiy ravishda o‘z-o‘zini rivojlantirish, hayot davomida o‘qib-o‘rganish, bilim, tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish;



Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;



Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:

Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;



DTS talablari: Bolalarga Milliy g`oya va taraqqiyot mavzusi haqida bilim, kunikma va malaka hosil qilish. O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar

Dars turi: Amaliy, og`zaki

Dars jihozi: 1. 9sinf “MIG` va MA” darsligi

2.Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch

3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari

4. Doska , bo’r, daftar , ruchka

Dars jarayoni

1.Tashkiliy qism 4 minut

2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut

3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut

4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut

5.O’quvchilarni baholash 3 minut

6. Uyga vazifa 2 minut

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.

II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.


  1. Biz nima uchun istiqlolni eng buyuk ne`mat sifatida qadrlaymiz?

  2. MIG` va MA fani qanday fan u nimani o`rgatadi?

  3. MI G` va MA fani qachon fan sifatida shakllangan?

  4. Bizning maqsadimiz nima?

III. Yangi mavzuning bayoni.

MILLIY G`OYA VA TARAQQIYOT

Aziz o`quvchi, shuni esda tutingki, dunyodagi har bir xalqning milliy g`oyasi avvalo uning taraqqiyotiga, shu yo`lda butun jamiyat a`zolarini birlashtirish, ularning kuch va imkoniyatlarini safarbar clishga xizmat qiladi. Jumladan, bizning milliy g`oyamizda ham vurtimizda huquqiy demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo dish, bu jarayonda xalqimizning faol ishtirok etishini ta`minlash orqali uning rivojini ta`minlash bosh maqsadlardan hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy g`oyamiz tarkibidagi asosiy tushuncha-lardan biri Vatan ravnaqi deb nomlanadi. Vatanning ravnaq topishi uchun esa yurt tinch, xalq farovon bo`lishi lozim. Shu bois yurt linchligi va xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar Vatan ravnaqi bilan birga milliy g`oyamizning negizini tashkil etadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun esa diyorimizda yashayotgan insonlar ham jismoniy, ham ma`naviy tomondan yetuk bo`lishi, ular qaysi inillat yoki elatga, siyosiy yoki ijtimoiy guruhga mansub bo`lmasin, barchamiz uchun yagona bo`lgan ona O`zbekistonimiz taraqqiyoti yo`lida birlashishi, hamkor-u hamnafas bo`lib yashashi lozim. Ana shunday intilish hamda qarashlarni yoshlikdan boshlab ularning qalbi va ongida shakllantirish uchun milliy g`oyamiz tarkibida komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag`rikenglik kabi tamoyillaf ham alohida o`rin tutadi. Bu o`z navbatida milliy g`oyamiz tarkibidagi tushuncha va tamoyillarning bir-biri bilan uzviy bog`liq ekanidan, xalqimizni birlashtirish va yagona qudratli kuchga aylantirishda uning amaliy imkoniyatlari naqadar kengligidan dalolat beradi.

Siz jahondagi rivojlangan davlatlar erishgan taraqqiyot darajasi haqida gap ketganda, «yapon mo`jizasi» yoki «koreys mo`jizasi» degan iboralarni eshitgan bo`lsangiz kerak. Bu xalqlar o`tgan asrda yuz bergan Ikkinchi jahon urushidan keyin nihoyatda qiyin ahvolga tushib qoladi. Dunyodagi boshqa ba`zi bir davlatlarda bo`lgani kabi, bu mamlakatlarning mo`1-ko`l tabiiy xomashyo manbalari, mineral resurslari yo`q edi. Ular faqat milliy g`oyasiga, ma`naviy salohiyati va intellektual imkoniyatlariga tayanib, haqiqiy bunyod­kor millat sifatidagi yaratuvchilik salohiyatini namoyon etib, yuksak taraqqiyotga crishishi mumkin edi. Bu haqiqatni alohida ta`kidlab, Prezidentimiz Islom Karimov bunday yozadi: «Yapon va koreys xalqi asriar davomida shakllanib, katta bunyodkor kuchga aylangan o`ziga xos milliy ma`naviyati hisobidan ham rivojlangani bugungi kunda hech kimga sir emas. Shuning uchun «yapon mo`jizasi» yoki «koreys mo`jizasi» haqida gap ketganda, taniqli ekspert va mutaxassislar ham birinchi galda «yapon xarakteri», «koreys tabiati» degan iboralarni tilga oladi. Tabiiyki, ular bu o`rinda avvalo mazkur xalqlarga mansub ma`naviy fazilatlarni nazarda tutadi. Ya`ni, bu xalqlarning ichki dunyosi va irodasi ma`naviyat negizida yanada toblangan, kamolga yetgan».

Bu so`zlarning har tomonlama to`g`ri ekanini keyingi yillardagi voqealar yana bir bor isbotladi. Masalan, 201___-yilning 11-mart kuni Yaponiyaning Toxoku hududi yaqinida, Tinch okeanida kuchli zilzila ro`y berdi. Buning oqibatida okeanning suvi 10 metrgacha ko`tarilib, shiddatli to`fon - sunami hodisasi sodir bo`ldi va qirg`oqqa yaqin joylashgan aholi punktlarini butunlay vayron qilib ketdi. Ming-minglab odamlar qurbon bo`ldi va boshpanasiz qoldi. Bu ham yetmagandek, zilzila natijasida «Fukusima - 1» atom stansiyasining reaktorlarida portlash yuz berdi. Natijada havoga, okeanga radiatsiya nurlari tarqalib, yon-atrofda yasha-yotgan odamlar, o`simlik va hayvonot dunyosining hayoti jiddiy xavf ostida qoldi. Ana shunday o`ta og`ir falokatlarga qaramasdan, yapon xalqi umidsizlik va sarosimaga tushmadi. Aksincha, bunday qiyin, dahshatli sinov oldida yanada jipslashib, matonat bilan falokat oqibatlariga qarshi kurashdi. Inson organizmini zaharlab, barcha to`qimalarini kuydiradigan o`ta xavfli nur chiqib yotgan lalokat o`chog`ida 200 nafar rau-taxassis kechayu kunduz tinimsiz mehnat qildi. Ular hayoti xavf ostida qolayotgani, ertaga butun­lay nogiron bo`lib qolishi yoki hcvaqt dunyodan ko`z yumishini yaxshi bilsada, xalqi, Vatani uchun ana shunday qahramonlikka ongli ravishda jazm etishadi. Kunning har bir yorug` lahzasidan unumli foydalanish uchun ular hatto tushlik qilishdan ham voz kechishadi. Ularinng 17 nafari og`ir nurlanishga uchrab, kasalxonaga yotqiziladi, ba`zilari kuchli nurlanishdan halok lio`ladi. Lekin falokatning oldini olish borasidagi ishlar bir zum ham to`xtamaydi. Hech shubhasiz, mana shunday tahlikali vaziyatlarda har qanday milliy g`oyaning asosida mujassam bo`lgan ona Vatanga, xalqqa, millatga mehr-muhabbat, fidoiylik tuyg`usi yapon \;ilqiga madad bo`ldi.

Bizning xalqimiz ham olis va yaqin tarixi davomida naqadar og`ir qiyinchilik va mashaqqatlarni boshidan o`tkazganini siz tarix darslari orqali albatta batafsil bilib olasiz. Birgina o`tgan asrning 80-yillarida xalqimizga qarshi amalga oshirilgan, «o`zbeklar ishi» degan g`irt tuhmat va fitnadan iborat qatag`onlarni olaylik. Sobiq inarkazdan kelgan, maqsadi el-yurtimizni kamsitib, uning g`ururi, or-nomusini oyoqosti qilish, boyliklarini talashdan iborat bo`lgan lergovchilar guruhi bir necha yil davomida begunoh odamlarni qamash, ularning oila a`zolarini qiynoqqa solish bilan shug`ullanadi. Milliy tariximizdagi eng kir va qora davr bo`lmish ana shu yillardagi voqealarni o`rgangan jurnalistlar, huquqshunos va siyo-satshunoslarning aytishicha, Gdlyan va Ivanov boshchiligidagi sobiq Ittifoqning markaziy shaharlaridan kelgan tergovchilar kechalari paxta yetishtirishga aloqasi bo`lgan har qanday oddiy odamning uyiga bostirib borib, ularni qamoqqa olgan, xotinlari, bolachaqalarini ularning ko`z oldida qiynab, o`zlari to`qigan bo`hton gaplaryozilgan qog`ozlarga imzo qo`y-dirib olishga uringan. Ayollar, qizlarning qulog`idagi sirg`asigacha, ro`zg`or buyumlarigacha tortib olishdan hazar qilmagan. Xalqimiz bunday adolatsizlikdan ozor chekib, dardini kimga aytishni bilmasdan, nolayu fig`on qilgan paytlarda uning o`ksik ko`ngliga nima dalda bo`ldi? Avvalo, bu dunyoda adolat va haqiqat borligiga, yorug` kunlar albatta kelishiga bo`lgan ishonch unga dalda bo`ldi. Shuni bilingki, bizning milliy g`oyamiz aynan ana shunday ishonch tuy-g`usi bilan kuchli. Shunday ishonch ne-ne ajdodlarimizga kuch bergan, ularni erkin va ozod kunlar uchun kurashga da`vat etgan.

Hali sobiq sho`ro tuzumi hukmini o`tkazib turgan o`ta murak-kab bir sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovni bunday ulkan jasoratga undagan narsa ham milliy g`oyamizning ma`no-mazmunini tashkil etadigan yurt tinchligini o`ylash, Vatanga muhabbat, xalqimizning sha`ni va g`ururini muqaddas deb bilish, adolatga, haqiqatga sadoqat tuyg`usi edi.

Milliy g`oyamiz bugungi kunda ham bizni katta-katta marralar sari da`vat etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda inson har tomonlama erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat qurish, O`zbekistonimizning dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib boy olishi uchun qat`iyat bilan oldinga intilish, islohotlarimizni yanada jadallashtirish milliy g`oyamizning ruhi va mazmuniga to`ia mos keladi. Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan shu yo`nalishda ilgari surilayotgan barcha amaliy tashabbus va xulosalar .ivni vaqtda milliy g`oyamizni yangicha fikr va qarashlar bilan boyitishga xizmat qilmoqda. Masalan, davlatimiz rahbari tarafidan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2010-yil 12-oktyabrda bo`lib o`tgan qo`shma majlisida bayon qilingan «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yuqorida zikr etilgan maqsadlarga erishish yo`lidagi eng muhim va ustuvor vazifalar asoslab berildi. Bu, o`z navbatida, milliy g`oyamiz zamonaviy taraqqiyot talablari asosida izchil nvojlanib borishimizni taqozo etadigan, hayot tajribalari asosida muttasil takomillashib boradigan tizim ekanidan dalolat beradi.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2020
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
maxsus ta’lim
O’zbekiston respublikasi
zbekiston respublikasi
axborot texnologiyalari
o’rta maxsus
guruh talabasi
nomidagi toshkent
davlat pedagogika
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
toshkent axborot
pedagogika instituti
haqida tushuncha
rivojlantirish vazirligi
toshkent davlat
Toshkent davlat
vazirligi toshkent
tashkil etish
matematika fakulteti
ta’limi vazirligi
samarqand davlat
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
bilan ishlash
pedagogika universiteti
vazirligi muhammad
fanining predmeti
Darsning maqsadi
o’rta ta’lim
navoiy nomidagi
haqida umumiy
Ishdan maqsad
moliya instituti
fizika matematika
nomidagi samarqand
sinflar uchun
fanlar fakulteti
Nizomiy nomidagi
maxsus ta'lim
Ўзбекистон республикаси
ta'lim vazirligi
universiteti fizika
umumiy o’rta
Referat mavzu
respublikasi axborot
таълим вазирлиги
махсус таълим
Alisher navoiy
Toshkent axborot
Buxoro davlat