Sana : Sinf : 5 Fan : Adabiyot Mavzu : Muqimiy hayoti va ijodi “ Sayohatnoma ” asari, sayohatnoma janri haqida Maqsad



Download 65,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi65,5 Kb.
#18631
Sana :

Sinf : 5

Fan : Adabiyot

Mavzu : Muqimiy hayoti va ijodi “ Sayohatnoma ” asari , sayohatnoma janri haqida

Maqsad :

  1. Mumtoz adabiyotning ulkan namayondalaridan biri Muqimiy hayoti va ijodi , “ Sayohatnoma ” asari bilan tanishtirish

  2. Asar orqali o’quvchilarda tabiatga muhabbat insoniy fazilatlarni ulug’lash , yurtparvarlik sifatlarini shakllantirish .

  3. O’quvhilarning nutq madaniyatini, mustaqil va ijodiy fikrlash konikmalarini shakllantirish

Dars tipi : Umumlashtiruvchi bilim berish

Dars usuli : Sayohat , aqliy hujum , savol - javob

Dars jihozi : Shoir rasmi , tarqatma materiallar , shoir asarlari

Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

  2. O’tilgan mavzular yuzasidan savol - javob

  3. O’quvchilarning adib hayotidagi fikrlarini tinglash

  4. O’quvchilarga mustaqil ishlar topshirib , ularni baholash

  5. O’xshatish , sifatlash , mubolag’a haqida ma’lumot berish .

  6. Mustahkamlash

  7. Uyga vazifa berish

Mavzu bayoni

5 – sinfda Muqimiy hayoti va ijodi “ Sayohatnoma ” asarini o’rganish bo’yicha 3 soat berilgan ushbu darsimiz umumlashturuvchi dars bo’lib , o’quvchilarning mUqimiy hayoti va ijodi bo’yicha olgan bilimlari sinovdan o’tkaziladi va o’quvchilarning tushunmay qolgan joylari o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi .

Ma’lumki Muhammad Aminxo’ja Mirzaxo’ja o’g’li Muqimiy o’zbek mumtoz adabiyotining ulkan namayondalaridan biridir . Uning hayoti va ijodi “ Sayohatnoma ” asarini o’rganish biz uchun muhim ahamiyatga ega , buning uchun 3 soat ajratilgan .

Bu soatlarning 1 – sida Muqimiy yashagan davrdagi xalqning og’ir ahvoli , ilm – fanning qoloqligi , bu davrda Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilingani haqida ma’lumot berilgan . Umumlashtiruvchi dars bo’lganligi bois , Muqimiy portreti ko’rsatilgani holda uning hayoti va ijodi xususida har bir o’quvchi bittadan ma’lumot aytishadi .



1 – o’quvchi : Muqimiy 1850 – yilda Qo’qon shahrining Begvachcha mahallasida novvoy oilasida dunyoga kelgan .

2 – o’quvchi : Onasi Oyshabibi eskicha savodli bo’lib , og’li tarbiyasiga alohida e’tibor bergan .

3 – o’quvchi ; Muqimiy dastlab mahalladagi Abduxalil domla maktabida o’qib savod chiqargan .

4 – o’quvchi ; So’ngra Qo’qondagi “ Hokim oyim ” madrasasida ta’lim oladi .

5 – o’quvchi ; 1872 - 1873 yillarda Buxoroga borib u yerdagi “ Mehtar anbar ” madrasasida o’qishni davom ettiradi .

6 – o’quvchi ; Moddiy tomonidan qashshoq yashagan Muqimiy Qo’qon hokimligining “ Yer o’lchash mahkamasida ” , “ Oqjardagi qayiq paromoda pattachi ” bo’lib ishlagan .

7 – o’quvchi ; Shoir 1880 yildan umrining oxirigacha Hazrat madrasasida yashab xattotlik bilan shug’ullangan .

8 – o’quvchi ; Uning xattotlik bo’yicha ustozi Muhammad Yusuf Xattotdir .

9 – o’quvchi ; Muqimiy Qo’qonda Furqat , Zavqiy , Nisbat , Muhayyir , G’aribiy , Nasimiy , Mavlaviy va boshqa shoirlardan tashkil topgan yirik adabiy guruhga boshchilik qiladi .

10 – o’quvchi : Muqimiy Marg’ulon , Andijon , Namangan , Shahrixon , O’sh , Toshkent shaharlari hamda Farg’ona viloyatidagi bir qator qishloqlarga sayohat qilgan . Bu sayohat xotiralari asosida “ Sayohatnoma ” asarini yaratgan .

11 – o’quvchi ; shoir 1903 yil 25 mayda Qo’qonda vafot etgan .

Muqimiy ko’plab g’oyaviy – badiiy kamol satiric va yumoristik asarlar ham yozgan . U o’zbek adabiyotida yangi va ijobiy hodisa bo’lgan mashhur “ Sayohatnoma ” ni yaratgan .

Yo’l xotiralari bayonini o’z ichiga olgan “ Sayohatnoma ” 3 qismdan iborat bo’lib unda Muqimiyning Qo’qondan - Shihimardonga , Qo’qondan Farg’onaga , Qo’qondan Isfaraga yo’nalishlar bo’yicha turli vaqtda qilgan safar taassurotlari aks ettirilgan . Shoir bu asarda Farg’ona viloyati shahr va qishloqlarning xarobaligini tasvirlagan , hukmron guruhlarning kirdikorlarini fosh qilgan zulm va adolatsizlikni qoralab mehnatkash xalqning ayanchli hayotiga qayg’urgan . O’quvchilardan “ Sayohatnoma ” dan parchalar so’raladi va tushunmagan so’zlariga o’qituvchi tomonidan izoh beriladi.

“gardun din ” ( pastkash dunyo )

“ xun ” ( yurak bag’ri qon )

“ahli funun ” ( ilm - fan kishilari ) “ kajraftor ” ( teskari yurish )

“voiz ( vaz aytuvchi )

“ badkor ” ( yomon , yaramas )

“ besh – u kam ” ( har sohada )

“ bo’lus ” ( ma’mur , mingboshi )

“ izdihom ” ( yig’in )

“ obi ravon ” ( oqar suv )

“ obi safo ” ( tiniq suv )

“ obi shar ” ( shavullagan suv )

“ rido ” ( shayxlar yopinchig’i )

“ Zog’I alo ” ( ola qarg’a )

“ sebarg ” ( maysa )
O’quvchilar mustaqil ish sifatida 5 – minut vaqt beriladi , bu vaqt ichida “ Sayohatnoma ” dan joy nomlarini daftarlariga yozishadi

1. “ O’ltarma ” 8. “Oltiariq ”

2. “ Qo’shtegirmon ” 9. “ Chimyon ”

3. “Do’rmancha ” 10. “Vodil ”

4. “Bo’rbaliq ” 11. “Qudash ”

5. “ Oq yer ” 12. “ Yayfan ”

6. “ Roshidon ” 13. “ Nursux ”

7. “ Zohidon ” 14. “ Beshariq ”

15. “ Rafqon ”

16. “ Konibodom ”

17. “ yakkatut ”

18. “ Yayfan ”

19. “ Raboti ”

Muqmiy bu asarda salbiy obrazlarni zo’r mahorat bilan tasvirlagan . Masalan : O”ltarma mingboshisi Hoji Isoni shunday tasvirlagan .



Mag’rur xasis – u besh – u kam

Har gapda yuz ichgay qasam

Takjoy olur moxovdan ham

Hoji o’zi murdor ekan

Do’rmancha uyezdining hokimi G’ozini quyidagicha hajv qilgan .

Unda bo’lus Gozi dedi

Ham mufti ham qozi dedi

Yurt barcha norori dedi

Qilg’on ishi ozor ekan

Sayohatnoma ” da Farg’ona vodiysi uning go’zal , maftunkor tabiati : mavj urib oqayotgan daryolari , anhor – u soylari , bog’-u bo’stonlarini madh etuvchi bandlarda shoirning ona – diyoriga , xalqiga muhabbati yaqqol ko’zga tashlanadi .

Dars davomida sinf o’quvchilari 3 – guruhga bo’linib , “ Sayohatnoma ” ning badiiy xususiyatlari va tili ustida ish olib boriladi .

1 – guruhga asarning “ Qo’qondan – Shohimardonga ” , 2 – guruhga “ Qo’qondan Farg’onaga ” , 3 – guruhga esa “ Qo’qondan Isfaraga ” nomli bo’limlarida qo’llangan badiiy - tasviriy vositalar hamda til xususiyatlarini aniqlash topshirig’i beriladi .

Dastavval har bir guruh a’zolari o’zlariga ajratilgan matnni ichlariga o’qib , unda shoir qo’llagan sifatlash , o’xshatish , mubolag’a singari badiiy – tasviriy vositalarni mustaqil aniqlaydilar va uni daftarlariga yozadilar .

Sifatlash – buyum , voqea – hodisa , tushuncha va kishilarning belgi – xislatlarini aniqlovchi , izohlovchi so’z – xsilat belgilarini kuchaytirib , muayyan hodisaning u yoki bu tomonini aniqlaydi .

Masalan : Kumush qish , zumrad bahor

O’xshatish : bir narsa yoki hodisa , ikki – bir narsa yoki hodisaga taqqoslanadi . Bunda – dek , day , vash kabi , singari , yanglig’ , misoli , bamisoli , misli kabi qo’shimcha va ko’makchilar ishlatiladi .

Mubolag’a : - arabcha “ bo’rttirish ” ma’nosini bildirib , shaxs , voqea , buyumlarning muayyan xususiyatlari bo’rttirib , kuchaytirib tasvirlanadi

1 – guruh : 1. Sifatlash : yayov ot , qiziq bo’zor mag’rur , xasis , murdor Hoji qaroqchizor dasht , ariq echki, oliy imorat , gulzor sahn shilta to’n , borlangan o’choq , suv sepilgan so’ri va h. k

2 Mubolag’a : badkayf ochilmas ko’zi , bir pulni yuz yerdan tugar , yer osti zindon erur .

3. O’xshatish : mingboshi so’finamo , cho’qib qochar zo’g’i alo

2 – guruh : 1. Sifatlash : mahzun , xushhavo , yayfan ajoyib joy salqin supa , yengil adam

2. O’xshatishlar : “ majnunsifat ” ayvonchalar misli , katak

3. Takjoy olur maxovdan ham , “ Hoji o’zi murdor ekan ” , “ Cho’qib qochar g’ozi alo ” , “ Bir dog’uli ayyor ekan ” , “Baqqoli duzdi badburut ” , “Insofi yoq tarror ekan ” , “ Ammo quruq savlat akam ” kabi xalq iboralar qo’llangan .

3 – guruh : 1 . Sifatlash quruq savlat , afgor ko’ngil , tan-u tor Qo’qon qarang mulla yaxshi yigit , xasta dil , shirin o’rik , saxiy kishi ( saxovatpesha ) qaroqchi ( rahran ) odam , ochiq ko’ngil kishi

2. O’xshatish “ Chin daxmasi go’yo jinon ” ( jannat ) , “ Omilari mulla rang ”

3. Mubolag’a Ming yilda ham dushvor ekan , qilsa chiqm gar bir diram

Shunday qilib , Muqimiy o’z sayohati davomida bir tomondan qalbi sof , mehnatsevar kishilarni , 2 – tomondan o’sha davrdagi zolim , insofsiz amaldorlarni ko’rgan hamda hayotdagi mana shu qarama – qarshiliklarni haqqoniy aks ettirgan .

“ Sayohatnoma ” 50 ta to’rtlikdan iborat bo’lib , “ekan ” so’zi radif bo’lib kelgan . Agar tili xalq qo’shiqlari kabi sodda va ravondir .

O’zida sayohat xotiralari va ular bilan bog’liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni Sayohatnoma deb ataymiz .

“ Sayohatnoma ” janrining dastlabki namunalarini ulug’ mutafakkir shoirlarimiz A. Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz . XVIII asrning oxiri – XIX asrning 1 – yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozganligi ma’lum .

Muqimiy “ sayohatnoma ” janrining asoschisi sanaladi . Undan so’ng Zavqiy , Fitrat , Tajalliylar “ Sayohatnom a” lar yaratishdi .

“ Sayohatnoma ” lar ko’pincha she’riy shaklda yaratilgan . Ularning ichki tuzilishi quyidagicha:


  1. Kirish ya’ni sayohatga chiqsh ehtiyoji sabablari aytiladi .

  2. Yo’l xotiralari batafsil bayon etiladi .

  3. Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi .



Mustahkamlash uchun savollar

  1. Muqimiyning shoir bo’lib yetishishida oila muhitining roli qanday bo’lgan ?

  2. Muqimiy qaysi janrlarda ijod qilgan ?

  3. “ Sayohatnoma ” nima uchun liro – epik asar deyiladi ?

  4. Muqimiy qaysi qishloqlarga sayohat qilgan ?

  5. Shoir tabiat manzarasini qaysi parchada tasvirlagan va bu tasvir qaysi qishloqqa xos ?


Uyga vazifa : “ Sayohatnoma ” dan olgan taassurotlarini maxzusida

uy inshosi yozib kelish


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning huquq va burchlari

Bu yil asosiy qonunimiz - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganiganiga 18 yil to’ldi . O’tgan tarixan qisqa davr mobaynida Konstitutsiyamiz xalqimizning ko’p asrlik xuquqiy an’analari va jahon konstitutsiyaviy tajribasining eng ilg’or jihatlarini o’zida mijassamalshtirilganligini amalda to’la namayon etdi . Konstitutsiyamiz biz orzu qilgan adolatli , demokratik jamiyatga erishish , shunday yorug’ kunlarga munosub tarzda yashash uchun o’zimiz qanday xususiyatlarga ega bo’lishimiz keraligidan saboq beruvchi ulug’ qo’llanma vazifasini o’tamoqda . O’zbekiston REspublikasining Konstitutsiyasi 1992 – yil 8 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy kengashining 12 chaquiriq XI sessiyasida qabul qilingan . - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi muqaddima 6 bo’lim , 26 bob hamda 128 ta moddadan iborat . Ularning barchasida adolat ustuvordir . Konstitutsiyamizning har bir bandida insoniylik , inson mafaatlaridan kelib chiqqan adolatli qonunlar ifodalangan . Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari , erkinliklari va burchlari odillik bilan belgilab berilgan . Shuning uchun ham konstitutsiyamiz “ Adolat qomusi ” deb ataladi . Konstitutsiya uzoq yillarga mo’ljallangan huquqiy hujjat sifatida ahamiyatga ega . O’zbekistonda yangi konstitutsuyani ishlab chiqish va qabul qilish g’oyasi 1990 yil mart oyida yangragan edi . 1990 – 1991 yillarda konstitutsiyaning 3ta muqobil konsepsiyasi tayyorlandi . So’ng ulardan eng maqbuli tanlab olindi . U ham qayta – qayta tahrir qilindi , mukammallashtirildi , maromoga yetkazildi . Konstitutsiya ijodkorligi borasida keng o’rganildi . Dastlabki bosqichning o’zida 97 ta xorijiy konstitutsiya tahlil etildi . 1992 – yil 21 noyabrda loyiha ikkinchi marta umumxalq muhokamasi uchun gazetalarda chop etildi . Va nihoyat 1992 – yil 8 dekabrda Oliy kengashi sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o’zgartirishlar , qo’shimcha taklif etildi va aniqlik kiritildi . Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama – modda muhokama qilinib , unga yana bir qator o’zgartirishlar kiritilgach , Bosh qomusimiz qabul qilindi . - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga rga huquqiy hujjatdir . Uning qabul qilinishi huquqiy tiklanish va taraqqiyot sari qadam bo’ldi .



Konstitutsiyamustaqillik , tenglik , demokratik va insonparvarlik uchun kurashning mevasi bo’lib , mamlakatda ijtimoiy tuzum va davlat qurilishining huquqiy asos va qoidalarini belgilaydi . Davlat organlari tizimi , ularning tashkil etilishi va faoliyatiga tegishli umumiy qoidalari , saylov tizimi fuqarolarning asosiy huquqlari va burchlarini aks ettiradi . Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini yo’nalishiga qarab 4 ta turkumga ajratish mumkin . - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi ozod va suveren davlatning huquqiy asoslarining yaratish bilan birga jamiyatimizning huquqiy taraqqiyotiga yangi davrni boshlab berdi . Konstitutsiyaga binoan o’zbek xalqining yo’li bitta Ozod va obod Vatan , erkin va faravon hayot qurish , mustaqillikni mustahkamlash mamlakat ravnaqini ta’minlashdir . - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi jamiyatimiz barcha a’zolarining shu jumladan yoshlarning mafaatlarini ularning haq – huquqi erkinliklarini to’la o’zida ifoda etadi , chunki yurtimizkelajagi bo’lgan biz yoshlar mamlakatimizning har tomonlama qudratli davlatga aylanishida faolishtirokimiz hal qiluvchi ahamiyatga ega .
Katalog: attachments -> article
article -> Axloqning kеlib chiqishi, unda ixtiyor erkinligining ahamiyati va axloq tuzilmasi
article -> Podsho Rossiyasi tomonidan O‘rta Osiyoning bosib olinishi sabablari va bosqichlari
article -> Siyosiy mafkuralarning asosiy ko'rinishlari
article -> Mehnat sohasida ijtimoiy kafolatlar tizimi. Reja: Ijtimoiy himoya qilish tushunchasi va uning asosiy yo’nalishlari
article -> Siyosiy madaniyat va siyosiy mafkuralar Reja
article -> O’zbek Adabiyoti tarixi: Eng qadimgi adabiy yodgorliklar
article -> Ma’naviyatning tarkibiy qismlari, ularning o’zaro munosabatlari va rivojlanish xususiyatlari. Ma’naviyat, iqtisodiyot va ularning o’zaro bog’liqligi
article -> Davlatning tuzilishi
article -> Reja: Geografik o‘rni va chegeralari
article -> Yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish Reja: Tuproq, uning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati. Dunyo yer resurslari va ulardan foydalanish

Download 65,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa