Samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish



Download 1,12 Mb.
Sana07.09.2017
Hajmi1,12 Mb.
#19067


SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI

MAKTABGACHA, BOSHLANG‘ICH VA MAXSUS TA’LIM KAFEDRASI
SAVOD OʻRGATISH DARSLARIDA TA’LIMIY OʻYINLARDAN FOYDALANISH

(umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma)

Samarqand – 2016

Rabbanayeva Dildora. Savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish. Umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun uslubiy koʻrsatma. – Samarqand VXTXQTUMOI. 2016-yil. 24 bet.


Mas’ul muharrir: S.Yuldosheva – VXTXQTUMOI, Til va adabiyot ta’limi kafedrasi dotsenti
Taqrizchilar: X.Rabbanaqulov – SamDU, Boshlangʻich ta’lim

metodikasi kafedrasi dotsenti

Sh.Xodjimatova – VXTXQTUMOI, Maktabgacha,

boshlang‘ich va maxsus ta’lim kafedrasi katta o‘qituvchisi

Ushbu koʻrsatma umumta’lim maktablarining boshlangʻich sinf oʻqituvchilari uchun mo‘ljallangan boʻlib, boshlangʻich sinf savod oʻrgatish darslarida foʻydalanish maqsadida ta’limiy oʻyinlardan namunalar berilgan.

Uslubiy koʻrsatma institut Ilmiy kengashining 2016-yil _ iyun ___- sonli yigʻilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.



Boshlangʻich ta’limda savod o‘rgatish jarayonini tashkil etish

Jamiyat qanday bo‘lsa, maktab ham shunday qiyofa kasb etadi. Ta’limning yangi mazmuni o‘quvchilarning har tomonlama kamol topishiga, ularni takomillashtirishga qaratilgandir. Ayniqsa, bolalarni xat-savodga o‘rgatish, lug‘atini boyitish, nutqlarini rivojlantirish orqali boshqa o‘quv fanlarini o‘zlashtirishga erishmoq lozim.

Savod o‘rgatish jarayonini to‘g‘ri tashkil etish uchun bolalarning unga nutqiy tayyorgarligini o‘rganish talab etiladi. Oldin bolalarni maxsus o‘rganish avgust oyida, hatto undan oldin – bahordan boshlangan. Bunda

1-sinfga keladigan o‘quvchining oilasiga yoki bolalar bog‘chasiga borilgan, suhbat o‘tkazilgan, bolalarning umumiy bilim saviyasi aniqlangan. Savod o‘rgatish ishlarini to‘g‘ ri tashkil qilish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:

1. Ta’limning didaktik jihatlariga e’tibor berib, uni so‘nggi yutuqlar bilan to‘ldirib borish.

2. O‘quvchilarning yosh va fizilogik jihatlariga e’tibor berish.

3. Ularda mustaqil faoliyatni rivojlantirish usullarini keng qo‘llash.

4. O‘qish va yozishning uzviyligiga e’tibor berish.

5. Alifbo va unga qo‘shimcha materiallardan ijodiy foydalanish.

Savod o‘rgatishda:

- ta’lim-tarbiyaning zamonaviy tamoyillariga,

- xalq pedagogikasi an’analariga, milliy qadriyat va axloqning odob mezonlariga qat’iy rioya qilish;

- o‘quvchilaning ruhiy holatlari va o‘qish-o‘rganishga qiziqish darajalarini hisobga olish;

- yozuvga o‘rgatishda ularning tovush-harflarni aniq farqlay olishiga e’tibor beriladi.

Savod ta’limidagi asosiy maqsad va vazifa bolalarga yozish va o‘qishni o‘rganishga ishonch hosil qilish, o‘z bilimlarini hech tortinmay, erkin, burro-burro, mantiqli va ifodali gapirishga o‘rgatishdan iborat.

Savod ta’limida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, ularning xotirasi, diqqati, nutqi, tafakkuri va idrokini tarbiyalash eng muhim omillardir.

Hozir 1-sinfga qabul qilinadigan bolalar savod o‘rgatishga maxsus tayyorlanayapdilar. Ular uchun tayyorlov guruhlari tashkil etilgan. Tayyorlov guruhlarida bolalar tovush-harf bilan tanishadilar va yozuvga o‘rganadilar.Tayyorlov guruhlarining ta’lim mazmuni va tashkil etish muddati bir xil bo‘lmasada, lekin bu davrda bolalarning nutqiy tayyorgarligini o‘rganish uchun quyidagilarni aniqlash tavsiya etiladi:

1. O‘qish ko‘nikmasini aniqlash.

2. Yozuv ko‘nikmasini aniqlash.

3. Tovushni tahlil qilishga tayyorgarligi.

4. Og‘zaki bog‘lanishli nutqi.

5. She’rni yod olishi.

6. Ertak aytishi.

7. Fikr bayon qilishi.

Ma’lumki, o‘quvchilar 1-sinfga har xil tayyorgarlik bilan keladi.O‘quv materiallari 1-sinf o‘quvchilari saviyasiga mos, izchil ravishda beriladi. Shunga qaramay, har xil tayyorgarlik bilan kelgan o‘quvchilarning o‘zlashtirishi turlicha bo‘ladi. Bu savod o‘rgatish jarayonida o‘quchilarga differensial va individual yondashuvni taqozo etadi. Bunday yondashish ta’limning barcha bosqichlarida ham yaxshi natija beradi.

1-sinf o‘qituvchisi 6-7 yoshli bolalarning ruhiy va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilishi lozim. Yetti yoshli bolalar bir turdagi mashg‘ulot uzoq davom etsa, tez charchaydilar. O‘qituvchi buni hisobga olib mashgʻulotlarning turi va usullarini o‘zgartirib turishi zarur.

Ayniqsa, tayyorgarlik davridagi ishlar beriladigan materiallarning emotsional jihatdan yuksak darajada bo‘lishiga bog‘liqdir, chunki kechagina ularning fikri o‘yin edi. Binobarin, ular o‘qish-yozishdek aqliy faoliyatga birdaniga kirisha olmaydilar; maktabdagi o‘quv ishlarini o‘z xohishlariga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladilar.

Bu davrda og‘zaki mashqlar harakat va sezgi a’zolari qatnashadigan faoliyat bilan almashishi lozim: gap tuzish va uni uzun chiziqcha bilan belgilash, gapni so‘zlarga bo‘lish, qisqa chiziqchalar bilan belgilash kabi.

Tayyorgarlik davrida o‘qituvchi bilan o‘quvchi orasida mustahkam aloqa, do‘stlik paydo bo‘lishi zarur. Bunday do‘stlik o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, albatta. yoqimli muomala, bola ko‘nglini topa bilish, uning nima demoqchi ekanligini xatti-harakati, imo-ishoralaridan, o‘qib olish, yutug‘i uchun rag‘batlantirib borish, xatosi uchun koyimasdan, yotig‘i bilan tushuntirish orqaligina do‘stlik uyg‘onib, mustahkamlanib boradi. Bola o‘qituvchini o‘zining eng yaqin kishisi deb bilishi lozim.

O‘qituvchi 6-7 yoshli bolaning yosh xususiyatini to‘la hisobga olishi, tushunarsiz suhbatlar, tanbehlar bilan ularning ko‘nglini qoldirmaslik zarurligini yodda tutishi kerak.

Bolalarning oilalari haqida, o‘yini, sayr va mehnatlari, ko‘rgan-bilganlari haqida suhbatlar o‘tkazish o‘qituvchining ularni yaxshi bilib olishiga imkon beradi,bola o‘zini o‘qituvchiga yaqin tuta boshlaydi.

Xat-savod o‘rganish ta’limning muhim bosqichi bo‘lib bu davrda o‘quvchilarga to‘g‘ri o‘qish, chiroyli yozish hamda o‘qiganlarini so‘zlab berish o‘rgatiladi. Nutqni gaplarga, gapni so‘zlarga, so‘zni bo‘g‘inlarga ajratish tovushlarni eshitib, talaffuz qilib bir-biridan farqlash, so‘zda tovushlarning birin-ketinligiga e’tibor berishni ham bilib olishlarini ta’minlaydi.

Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar bilimi dars jarayonida barcha ishlarga bog‘lab aniqlanadi. Bog‘lanishli nutqni o‘stirish ham o‘qish va yozuv darslariga uzviy bog‘lanib kеtadi.O‘qishga o‘rganish bilan parallеl ravishda yozuvdan ham elеmеntar malaka hosil qiladilar. Dasturga muvofiq o‘quvchilar yozuvdan quyidagi malakalarni egallashlari lozim:


  • Partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni to‘g‘ri qo‘yish, chiziqlarni chamalash, yozayotganda ruchkadan to‘g‘ri foydalanish, hoshiyaga rioya qilish;

  • Ish daftari yoki alifbе darsligi asosida o‘zbеk alifbosidagi barcha katta va kichik harflarni yozish, shuningdеk, harflarni so‘zda bir-biriga bog‘lab yoza olish, bosma matnni yozma matnga aylantirib yozish;

  • Tahlil qilingan so‘z va ikki-uch so‘zli gaplarni o‘qituvchi yordamida yozish;

  • Talaffuzi bilan yozilishida farq qilmaydigan so‘zlarni ko‘chirib yozish va bilan yozish, yozganlarini matnga qarab, shuningdеk, izohlab o‘qish bilan tеkshirish;

  • Og‘zaki tuzilgan hikoyadan olingan gapni yozish.

Analitik-sintеtik tovush mеtodi tamoyiliga muvofiq, o‘qish va yozuv birligi saqlanadi. Harflarni yozishda o‘qishga o‘rgatishdagi tarkib asos qilib olinadi, ya’ni o‘qish darsida o‘quvchilar harfni o‘zlashtiradilar, matnni o‘qiydilar, yozuv darsida esa shu harfli so‘zni yozadilar.

Yozuvga o‘rgatish, birinchi navbatda, grafik malaka hosil qilishdir. Har bir malaka ham ta’lim bеrish, ko‘nikmani shaskllantirish va shu asosda qator mashqlarni bajarish natijasida hosil qilinadi.

Grafik malaka, birinchidan, qo‘l-harakat malakasidir, bu harakat birinchi qarashda muskul kuchiga asoslanadi. Ikkinchidan, yozuv jarayonida nutqning o‘zlashtirilgan birligi bo‘lgan tovush grafik bеlgilarga, ya’ni harfga tarjima qilinadi.

Bu yozuvga ongli faoliyat tusini bеradi. Yozuvning ongliligi, birinchidan, tovush va harfning to‘g‘ri nisbatini, ikkinchidan, bir qancha grafik va orfografik qoidalarga rioya qilishni, uchinchidan, o‘z fikrini, taassurotini ifodalashda yozuv malakalaridan foydalanishni talab qiladi.

Yozishga o‘rganishdan asosiy maqsad, fikrni yozma ifodalash bo‘lib, bu maqsadni bolalar tеz anglab yеtsalar, ularda yozma nutq malakasi shunchalik muvaffaqiyatli va to‘g‘ri shakllanadi. Savod o‘rgatish jarayonida bolalar juda sеkin yozadilar, o‘z fikrini, xatto bir yozuv bilan yozma ifodalash uchun ham yarim oylar o‘tadi.

Yozuv malakasi o‘qish malakasi bilan uzviy bog‘liqdir. Bola yomon o‘qisa, yozuvni egallashi ham qiyin bo‘ladi, chunki bo‘g‘inlab o‘qish malakasidan so‘ng, bo‘g‘inlab yozish malakasi shakllanadi.

Yozish va o‘qish uchun bolaning umumiy nutqiy rivojlanishi katta ahamiyatga ega. Kеyinroq bolalarda o‘z fikrini yozma ifodalash malakasi bir oz barqarorlashganda, bu malaka nutqqa, fikrni ifodalash jarayoniga ham ijobiy ta’sir qiladi.

Kichik yoshdagi o‘quvchilarda grafik malakani shakllantirish jarayoni quyidagi 4 bosqichda amalga oshiriladi:

1. Turli shakllar andozasi ustidan chizish. Erkin rasmlar chizish. Yozuv qurollarini to‘g‘ri tutish, turli qiya еlеmеntlar chizish, uzunlikni, oraliq masofani chamalash va hokazo.

2. Harf elеmеntlarini yozish, baravar masofada qisqa va uzun elеmеntlar, osti va usti ilmoqli elеmеntlar chizish.

3. Bosh va kichik harflarni alohida yozish.

4. Harf birikmalarini, bo‘g‘inni yozish, harflarni to‘g‘ri yozish malakasini hosil qilish uchun so‘z yozish.

To‘g‘ri yozuv malakasini hosil qilishdan asosiy maqsad, harflarni bosmasdan bir tеkisda, elеmеntlarga ajratmay bog‘lab, tеz, bir maromda yozish, so‘zlarni qatorga tog‘ri joylashtirishdir. Shuni ta’kidlash kеrakki, savod o‘rgatish davrida bola harflarni yozishdan oldin uni qanday shakllantirishni ko‘z oldiga kеltirib, fikrlab oladi, ba’zan harf shaklini havoda «chizadi», harf namunasini ko‘chiradi, tarkibini tahlil qiladi, uni qanday yozishni o‘zicha sеkin gapiradi. O‘qituvchi o‘quvchi yoniga o‘tirib, ruchkani to‘g‘ri ushlatadi va uning qo‘li bilan harfni yozishni ko‘rsatadi yoki o‘zi yozib tushuntiradi. Bundan tashqari, bola yozuvning tеxnik tomoniga katta jismoniy kuch sarflaydi. Savod o‘rgatish oxirida bola bir darsda 20 tacha so‘zni yozishi mumkin.

Sizga ma’lum, maktabda asosiy yozuv quroli sharikli ruchka, xattaxtada, yozish uchun bo‘rdan foydalaniladi.

Savod o‘rgatish davrida bolalarni yozuvga o‘rgatish uchun turli vaqtlarda turli xil chiziqli daftarlardan foydalanilgan: dastlab chiziqsiz silliq qog‘oz ishlatilgan bo‘lsa, kеyin quyuq yopiq chiziqlar bilan kеsilgan uch chiziqli daftardan foydalanilgan.

Hozirgi vaqtda yozuvga o‘rgatish uchun ikki chiziqli daftar tavsiya etiladi. Xattaxta ham shunga mos bo‘lishi talab qilinadi. 2-sinfdan, ba’zan birinchi sinfda o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab bir chiziqli daftarga o‘tiladi.

Daftar tutishda bolalarni hoshiya qoldirishga, daftar chiziqlariga rioya qilishga, harflarni bir xil hajmda yozishga, sarlavhani aniq va to‘gri ajratishga, xat boshidan yozishda joy qoldirishni unutmaslikka o‘rgatib borish ularda saranjom-sarishtalikni tarbiyalaydi. Yozuv darsida o‘quvchilar «Yozuv daftari» bilan ishlaydilar. Sinfda o‘rganilgan harfni uyda mashq qilish uchun alohida daftar bo‘lgani ma’qul. O‘qituvchi yozish vaqtida 65 daraja qiyalikda yozishni, buning uchun daftar parta ustiga 25 daraja qiyalikda qo‘yilishini ta’kidlab turadi.

Dars ta’limning asosiy shakli hisoblanadi. Savod o‘rgatish darslari xilma-xil bo‘lishiga qaramay o‘qish yoki yozuv darslari va ularning ayrim turlari uchun umumiy bo‘lgan asosiy talablar mavjud. Bu o‘rinda umumdidaktik talablardan kelib chiqib, ona tili darslariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

- o‘quvchilar nutqi uchun qayg‘urish;

- darsda adabiy til nuqtayi nazaridan to‘g‘ri ifodali, obrazli, aniq, ongli nutq eshittirish;

- darsda nutq madaniyatiga rioya qilish.

Har bir o‘qish va yozuv darsida „Alifbе“dagi matnlar bilan bir qatorda Q.Muxammadiy, P.Mo‘min, A.Obidjon kabi sеvimli bolalar shoiri va yozuvchilari asarlaridan namunalar tanlab foydalaniladi. Shunday qilib, o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish, o‘qib bеrilgan matnni eshitish bilan bog‘lanadi.





Savod oʻrgatishning tayyorgarlik va asosiy davri

Amaldagi „Alifbе“ darsliklari va ularga yozilgan qoʻllanmalarda asosan savod o‘rgatishda tayyorgarlik davri uchun 5 dars, alifbеdan so‘nggi davrga ham 5 dars ajratiladi. Oraliq davr alifbе davri hisoblanadi.

Ta’limning har bir bosqichidagi darsning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Darslar siklini qurilishida ichki mantiqiylik bo‘lib, har bir siklda yangi tovush va harf o‘rganiladigan dars bilan yangi mavzu o‘rganilmaydigan darsni navbatlashtirish, orfografiya va so‘zning bo‘gin tuzilishi haqida ma`lumot bеrish, o‘quvchilar nutqi va tafakkurini o‘stirish kabi talablarga rioya qilinadi. Darslar sikli takrorlash-umumlashtirish darsi bilan yakunlanadi.

Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish dastur bo‘yicha 128 soat, u 2 davrga bo‘linadi a) tayyorgarlik davri; b) asosiy davr.

Ta’limning davr va bosqichlariga ko‘ra:


  1. Tayyorgarlik (alifbogacha bo‘lgan) davrdagi darslar;

  2. Asosiy (alifbo) davr darslari.

Tayyorgarlik davridagi darslar o‘rganiladigan materialiga ko‘ra ikki bosqichga ajratiladi. Birinchi bosqich darslarida o‘quvchilar muayyan tovush va harfni o‘rganishga tayyorlanadi. Ma’lumki, bolalar tilni bir butun birlik sifatida tasavvur qiladilar. Ana shu tasavvurlari asosida nutqning bo‘laklardan tuzilishi o‘rgatiladi. Bola nutqning bo‘laklardan tuzilishini bilib borishi natijasida uning eng kichik bo‘lagi tovush ekanini anglay boshlaydi va savod chiqarishga tayyor bo‘ladi. Shundan so‘ng bolaga muayyan tovush va uni ifodalovchi shakl-harf tanishtiriladi. Tayyorgarlik (alifbogacha bo‘lgan) davrining yuqoridagi vazifalaridan kelib chiqib 1-bosqich darslari nutqning fonetik bo‘laklarini o‘rganish darslari deb nomlanadi. Bo‘g‘in va so‘zdan unli tovushni ajratib olishning qulayligini hisobga olib, 2-bosqich darslari “Unli tovush va harflar o‘rganiladigan darslar” deb nomlanadi.

Asosiy davr o‘qish darslari yangi bilim berish bermasligiga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:

1. Yangi tovush va harf bilan tanishtiriladigan o‘qish darsi.

2. O‘rgatilgan tovush va harflarni mustahkamlovchi o‘qish darsi.

3. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish darsi.

Asosiy davr yozuv darslari esa quyidagi turlarga ajratiladi :

1. Kichik harf va bosh harf yoziladigan yozuv darsi.

2. Kichik harf1ar yoziladigan yozuv darslari.

3. Bosh harf1ar yoziladigan yozuv darslari. .

4. O‘rganilgan bo‘g‘in, so‘z, gaplarni yozishni mashq qilish darslari. Xat-savod o‘rgatish jarayonida hafta oxiridagi o‘qish darslarning 15-20 daqiqasi sinfdan tashqari o‘qishga ajratiladi.

Alifbe darslarida o‘qishga o‘rgatishgacha bo‘lgan 3 davrni o‘tish lozim.

1. Xat-savod o‘rgatish davri.

2. Bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish.

3. So‘zlarni o‘qishga o‘rgatish.

Alifbe davrining asosiy vazifasi bo1alarning og‘zaki nutqini o‘stirish, tovush talafuzini yaxshilash, o‘zbek tili alifbosidagi barcha harf1ar va imloviy belgilarini o‘rgatishdan iboratdir. Hozirgi o‘zbek alifbosida bir harf bilan (a, b,d kabi) va ikki birikmasi bilan (sh,ch, ng) ifodalanadigan tovushlar bor. Bu davrda tovush-harflarni o‘rgatishda alifbo tartibi emas, balki tovushlar talaffuzining oson-qiyinligi hamda bo‘g‘in va so‘zlarning soddaligi, harf shaklining qulayligi, hisobga olinadi.

Aqliy faoliyat bolalarni toliqtirib qo‘ymasligi uchun darsni ko‘pincha o‘yin-mashg‘ulot tarzida tashkil etish foydali. Bolalarda sezish, eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirishda, ayniqsa, didaktik o‘yinlarning ahamiyati katta. Didaktik o‘yinlarning qariyb hammasida (“Bo‘g‘inlarga ajrat”, “Qaysi harfdan”, “Jimjitlik”, “Kim nima oladi” kabi o‘yinlarda) harakat elementlari bolalarning jismoniy, aqliy o‘sishiga katta ta’sir etadi.

“Alifbе” sahifalarida do‘stlik, baynalminal munosabat, bolalar mеhnati, tabiat, kattalar mеhnati, bolalar o‘yinlari, oila, maktab hayoti kabi rasmlar bеrilgan. Turli mavzularda matn bеrilgan bo‘lib, bular bolalarda o‘zaro do‘stlik, mеhnatsеvarlik, mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sеvish va asrash, hayvonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o‘qishni sеvish kabi xususiyatlar orqali estеtik tarbiyani shakllantiradi. Bunday tarbiyalar bolalarni xalqning qaynoq hayotiga, uning baxtiga, orzulariga, muvaffaqiyatlariga ruhlantiradi. Dеmak, bolalarga axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, mеhnat va estеtik tarbiya bеrish ham savod o‘rgatish vazifasiga kiradi.

Birinchi sinfga ilk qadam qo‘ygan kichik yoshdagi bolalarning savodini chiqarish jarayoni analitik - sintеtik tovush mеtodi yordamida 4 oy davom etadi. Bu jarayon 2 davrga bo‘linadi:

1. Alifbеgacha tayyorgarlik davri. Bu davrda o‘quvchilar ikki bosqichda ta’lim-tarbiya oladilar ya’ni, boshida rasmlar orqali maktab bilan tanishtiruv bosqichi va keyingisi tovushlar bilan ishlash bosqichi.

2. Alifbo (asosiy) davr 3,5 oy davom etadi.

Savod o‘rgatish jarayonidagi darslar prеdmеtiga ko‘ra ikki turli bo‘ladi:

1. “Alifbе” darsligi asosidagi o‘qish darslari

2. “Yozuv daftari” asosidagi yozuv darslari



1- bosqich uchun 10 soat dars ajratilib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf bilan, tartib-intizom qoidalari bilan tanishtirish. Ularga nutq, og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, nutqning gaplardan tuzilishi, so‘z, gaplarning so‘zlardan tuzilishi; bo‘g‘in, so‘zlarning bo‘g‘inlardan tuzilishi, so‘zlarning bo‘g‘inlarga bo‘linishi; tovush, bo‘g‘inlarning tovushlardan tuzilishini; tovushlarning unli tovush va undosh tovushlarga ajratilishini o‘rgatish, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iborat. Bu davrda maxsus mashqlar asosida o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. O‘quvchilarga «Alifbе» da bеrilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan shе’r, ertak, hikoya, tеz aytish, maqol, topishmoq, xalq ashulalari, alla, qo‘shiqlar, latifalardan ayttirib og‘zaki nutqi, ularda bor malakalar mustahkamlanib, yangilari singdiriladi.

Savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish

Darsning mavzusi: Kichik “l” harfi

Dars taqsimoti.

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

O‘tgan mavzuni so‘rash

5 daqiqa

3

O‘tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

20 daqiqa

5

Yangi mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

6

Dars yakuni. Baholash va uyga vazifa berish

5 daqiqa

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu

Kichik “l” harfi

Maqsadlar:

Ta’limiy: O‘quvchilarda unli tovushlar va harflar haqidagi bilimlarini shakllantirish. Kichik “l” harfini oʻrgatish.

Tarbiyaviy: O‘quvchilarda Vatanga muhabbatni shakllantirish, tariximiz haqidagi bilimlarni boyitish, tinchlik, ozodlik so‘zlarining ma’nosini tushuntirish.

Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning yozma nutqini, xotirasini mustahkamlash, mantiqiy fikrlashga, chiroyli va husnixat bilan yozishga o‘rgatish.

O‘quv jarayoninig mazmuni

Oʻquvchilarda darslik va o‘quv qurollaridan foydalanishlari qanchalik shakllanganliklarini aniqlash. I harfini talaffuz qilish va yozishni o‘rgatish, so‘zlarni xatosiz va chiroyli yozish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Oquv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Darsning turi: Yangi bilim beruvchi

Darsning uslubi: Interfaol

Darsning jihozi: Darslik kitob, testlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmalar, rasmlar, slaydlar.


Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

Salomlashish, navbatchini, davomatni aniqlash, sana, oy, yil, ob-havo, uyga vazifa aniqlanadi.



O‘quvchilar:

Mehnat qilib tolmaymiz,

Darsga kechga qolmaymiz.

Darsning eng a’losi,

Ona tili darsini boshlaymiz.

O‘qituvchi: Mana darsimiz ona tili ekan. Bu darsimizni biz sizlar bilan interfaol usulda o‘tkazamiz. Buning uchun sizlar guruhga bo‘linib olishlaringiz kerak. Mana mening qo‘limda 1, 2, 3, 4 raqamlari yozilgan kartochkalar bor. Ularni har biringizga tarqataman. Bir xil raqam olgan o‘quvchilar bir guruhga jamlanasiz va har bir guruh o‘ziga nom tanlaydi.

O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib olishdi va o‘z guruhlari bilan tanishtirdi.



Unlilar - 1-guruh o‘zimizga “Unlilar” deb nom tanladik. Alifboda 6 ta unli harf bor.

Undoshlar - 2-guruh o‘zimizga “Undoshlar” deb nom tanladik. Alifboda 23 ta undosh harf va 24 ta undosh tovush bor.

Tovushlar - 3-guruh o‘zimizga “Tovushlar” deb nom tanladi. Tovushlarni bizlar eshitamiz, talaffuz qilamiz.

Harflar - 4-guruh o‘zimizga “Harflar” deb nom tanladik. Harflarni yozamiz, ko‘ramiz, o‘qiymiz.

Ma’naviyat daqiqasi.



II. O‘tgan mavzuni so‘rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa. Berilgan katakchalardagi harflardan foydalanib, oltita so‘z tuzing va yozing


o

t

a

n

o

n

a

k

a





O‘quvchilar tuzgan so‘zlarni o‘qiydilar va tekshiradilar. Daftarlari almashtiriladi.






Berilgan savollarga, topshirilarga a’lo darajada javob bergan o‘quvchilarga guruhlarga beshburchak kartochkasini beriladi




Yaxshi javob bergan guruhlarga to‘rtburchak kartochkasini beriladi.




Qoniqarli javob bergan guruhlarga uchburchak kartoshkasini beriladi.


III. Yangi mavzu bayoni: Kichik (l) harfi.

Bizga ma’lumki ona tili darsida harflar, tovushlar, so‘zlar, bo‘g‘inlar, gaplar bilan ishlaymiz. O‘zbek alifbosida 29 ta harf 1 ta tutuq belgisi bor. 29 ta harfning 23 tasi undosh harf, 6 ta unli harf bor.

Ular:


Aa




Oo




Uu




Ii




O ‘o ‘




Ee

Ehdi biz siz bilan kichik L harfiga doir so‘zlar topamiz.



lola

tol

til

lochin

gul

ishla

bil

laylak

Unli tovushlar qatnashgan so‘zlardan topamiz.

Aa - archa, ayiq, asal

Oo - olma, ona, olmaxon

Uu - uzum, uka, ukki

Ii - ilon, ikki, in

O‘o‘ - o‘rdak, o‘rmon, o‘roq

Ee - echki, Eldor, el

O‘qituvchi: Mana endi har bir guruhga topshiriqlar beraman, bu topshiriqlarni o‘z guruhlari bilan birgalikda bajaramiz.
1-topshiriq: Klaster usuli.

Bu topshiriqda har bir guruh berilgan topshiriqni berilgan vaqt ishida bejariladi.



lola

laylak




tishla


olti ishla
O‘quvchilar topshiriqni bajarib bo‘lgandan so‘ng, bajargan topshiriqlari tekshiriladi va baholanadi.

O‘qituvchi: Mana birinchi topshiriqni bajarib bo‘ldik. Mana endi hammamiz kitobdagi so‘zlarni o‘qiymiz va yozamiz.

O‘quvchilar so‘zlarni yozadilar, topshiriqlarni doskada va daftarlarida bajarishadi. Chiroyli yozgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

2-topshiriq. Guruhlarimiz bilan “Kitob” krossvordini yechamiz. Buni har bir guruh o‘zlari bajarishadi.









K



















I



















T



















O



















B










1. Bilim maskani

2. Sudralib yuruvchi hayvon

3. O‘quv quroli

4. Aziz ne’mat

5. Meva

Bu topshiriqni bajarganligiga qarab guruhlar baholanadi.



3-topshiriq. Testlar bilan ishlash. Har bir guruhga testlarni tarqatamiz. Guruhlar berilgan vaqt ichida testni belgilashadi.

1. Chumch ... q so‘zida tushib qolgan unlini belgilang

a) o harfi

b) u harfi

d) i harfi

2. Unli harflar nechta?

a) 6 ta

b) 23 ta


d) 29 ta

3. Alifboda nechta harf bor ?

a) 30 ta

b) 24 ta


d) 29 ta

4. … gna so‘zida tushib qolgan unlini toping.

a) i harfi

b) o harfi

d) e harfi

O‘quvchilarning bajargan testlari tekshiriladi va baholanadi.



V. Dars yakuni

Uyga vazifa: Katakchalardagi harflardan foydalanib, so‘zlar tuzing va yozing.

K




N




U




T




Z

O‘quvchilarni baholash:

Guruhlar dars davomida to‘plagan kartochkalari to‘planadi va jamlanadi. G‘olib guruh aniqlanadi, rag‘batlantiriladi.

Mana shu bilan darsimiz tamom, xayr sog‘ bo‘linglar.

Xulosa

Xulosa qulib aytganda, savod oʻrgatish davrida faqat analiz yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib bo‘lmaydi, tafakkur faoliyati ham yetakchi o‘rin egallaydi. Savod o‘rgatish davrida bolalarning lug‘at boyligini kengaytirish, tasavvurini boyitish zarur ishlardan biridir, bolalar o‘rgangan barcha so‘zlarini nutqda o‘rinli ishlata bilishlari kerak, o‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining nutqi muhim rol o‘ynaydi. U adabiy til normalariga rioya qilib, sodda, bolalar tiliga yaqin, tushunarli, yoqimli, jozibador so‘zlashi lozim. Ta’kidlash joizki, zamonaviy ta’limning ko‘lami, maqsad va vazifalari keng qamrovli bo‘lib asosiy maqsad ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarga bilim berish barobarida bilim olish yo‘llarini o‘rgatish, xullas har bir jarayon o‘zining pirovard natijasi bilan baholanadi.

Ta’limiy o‘yinlar ta’lim jarayonida bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘yin bolalarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini, xotirasini takomillashtiradi. O‘yinda o‘quvchilar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni, mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar.

Shuning uchun didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning mavzuni tushunib yetishlarida juda ham muhimdir. Biz boshlang‘ich sinflarda mavzularni ilmiy-nazariy bilimlar orqali tushuntirsak bu o‘quvchu uchun og‘irlik qilishi yoki o‘quvchi buni shunchaki yod olishi, uni nima ekanligini anglab yetmasligi mumkin. Shuning uchun ko‘proq o‘yinlar orqali amaliy jihatdan o‘rgatsak o‘quvchi ongiga tez yetib boradi.

O‘quvchilar ilk maktabga kelgan kunida berilgan topshiriqlarni ko‘rib o‘qish shunchalik murakkab ekanligidan seskanib ketadi. Biz o‘qutuvchilar metodik jihatdan har bir mavzuni ularning yosh xususiyatlarini va saviyalarini hisobga olgan holda o‘rgatib borishimiz lozim. Boshlang‘ich ta’limda uzviylik va uzluksizlik, fanlararo bog‘lanish lanish juda ham muhimdir.

Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning yosh hususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiyatlariga ko‘ra didaktik o‘yinlar orqali evristik suhbatlar loyihalashtirish lozim.



Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr

  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch. – T.: Ma’naviyat. 2008-yil

  2. Boshlangʻich sinf DTS va o‘quv dasturi. //Boshlang‘ich ta’lim. 2005-yil, 5-son

3. Abdullayeva Q. va b. Savod o‘rgatish metodikasi.- T.: “O‘qituvchi”, 2002

  1. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnnologiyalar. – T.: Sharq. 2012- yil.

  2. Yo‘ldoshev J., Usmonov S.. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar. - T., 2012 yil

  3. Gʻulomov X., G‘afforova T. Ona-tili o‘qitish metodikasi 1-4 sinflar uchun

6. Ochilova Sh. Husnixat va uni o‘qitish uslubiyoti. – Samarqand, 2010 y.

  1. „Ziyokor“ jurnali. 2012- yil, 3 - son.

  2. „Xalq so’zi“ gazetasi. 2015-yil, 15 - son.

  3. „Boshlangʻich ta’lim“ jurnali 2012 - yil, 6 - son.



Mundarija

Boshlangʻich ta’limda savod o‘rgatish jarayonini tashkil etish …................3

Savod oʻrgatishning tayyorgarlik va asosiy davri ………………………………..9

Savod oʻrgatish darslarida ta’limiy oʻyinlardan foydalanish………….……….12

Xulosa………………………………………………………………...............…....19

Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr…………………………………………...................….20



RABBANAYEVA DILDORA TOLIPOVNA


SAVOD OʻRGATISH DARSLARIDA TA’LIMIY OʻYINLARDAN FOYDALANISH
Теrishga berildi: __.06.2016 y.

Bosishga ruxsat berildi: __ 06.2016 y.

Оfset bosma qog‘ozi. Qog‘oz bichimi 60х84 1/16.

«Times» garniturasi. Оfset bosma usuli.

1,5 bosma taboq

Аdadi:25 nusxa.

Buyurtma №__

Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti bosmaxonasida chop etildi.



Samarqand shahar Boysunqur ko‘chasi 3-uy










Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish