Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti va obyekti



Download 0,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/166
Sana15.12.2020
Hajmi0,96 Mb.
#53293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166
Bog'liq
ozbekistonning turistik resurslari

1.2.O’zbekistonning turistik resurslari fanining predmeti va obyekti.
Ma’lumki,   jahon   turizmi  bugungi   kunda  iqtisodiyot   sohalari   ichida   daromad 
keltirishi bo’yicha eng yuqori o’rinlardan birini egallaydi, mehnatga layoqatli aholini 
ish bilan bandligini ta’minlab, ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarini yuqori 
bo’lishini taqazo etadi va shu jihatdan ham u har doim barqaror rivojlanishga moyil. 
Shuning   uchun   ham   turizm   sohasi   jadal   rivojlanayotgan   mamlakatlar,   birinchi 
navbatda,   bu   sohani   harakatga   keltiruvchi   mavjud   turistik   resurslardan   samarali 
foydalanish yo’llarini qidirmoqda va uni barqaror rivojlanish jarayonlariga e’tiborini 
qaratishmoqda.   Shuning   hisobiga   u   yoki   bu   mamlakatga   turist   sifatida   tashrif 
buyuruvchilar   soni   yildan   –   yilga   ko’payib   bormoqda.   Va   bu   jarayon   har   doim 
o’zining obyektiv va subyektiv rivojlanish qonuniyatiga ega bo’lib, undan maqsadli 
foydalanish lozim bo’ladi.  Bunga amal qilgan  ko’pgina mamlakatlarda turizmning 
rivojlanishi yuqori samara berib kelmoqda. 
Mustaqillikning   dastlabki   davrlaridan   boshlab,   O’zbekistonda   ham   turizmni 
shakllantirish   va   qaror   toptirishga   katta   ahamiyat   berilib,   bu   jarayonda   turistik 
resurslardan,   ayniqsa   mintaqa   hududlarida   mavjud   bo’lgan   salohiyatdan   samarali 
foydalanish   yo’l   –   yo’riqlari   qidirilmoqda   va   uning   imkoniyatlari   o’rganilmoqda. 
Turizm   ham   respublikamiz   iqtisodiyotida   qishloq   xo’jaligi,   sanoat,   transport   va 
boshqa makroiqtisodiy tarmoqlar qatori o’zining munosib o’rniga ega bo’lishi uchun 
yetarlicha   resurslarga   ega.   Mamlakatimizda   turizmni   rivojlantirish   imkoniyatlari 
bo’yicha   Markaziy   Osiyo   davlatlari   ichida   yetakchi   hisoblanadi.  Respublikamiz 
tarixiy,   arxeologik,   arxitektura,   san’at,   musiqa   va   boshqa   turistik   resurslarga   boy 
hisoblanadi.   Bundan   tashqari   mamlakatimizning   betakror   tabiati,   tog’   va   tekislik, 
daryolari,   cho’l   va   vaholari,   ko’p   va   turli   landshaft   zonalari   asosiy   rekreasiya 
resurslaridir.   Mamlakatimizda   yosh   tarmoq   hisoblangan   turizm,   kundan   kunga 
rivojlanmoqda.   Bu   esa,   ko’pgina   ish   o’rinlari   ochish   imkoniyati   mavjudligini 
bildiradi.
O’zbekistonda   tarixiy   –   madaniy,   arxitektura,   arxeologiya   ahamiyatidagi   7 
mingdan ortiq obyektlar mavjud. Mutaxasis B. To’rayev fikricha ulardan 545 tasi – 
arxitektura, 578 tasi – tarixiy, 1457 tasi – san’at yodgorliklari va 5500 dan ortig’i 
arxeologik ahamiyatiga jalb etilgan. 200 dan ortiq obyektlar ta’mirlanmoqda, 500 tasi 
esa   ta’mirlanishga   muhtoj.   Ko’p   mamlakatlar   tajribasiga   ko’ra,   ta’mirlanish 
jarayonini o’zi turistlar uchun qiziqarli hisoblanadi. Undan tashqari respublikamizda 
300 dan ortiq mezeylar, 1200 ta xalq ijodiyoti tashkilotlari mavjud. Turistik ziyorat 
obyektlari miqdori bo’yicha Toshkentda -144 ta, Samarqandda – 118 ta, Buxoroda 
-201 ta, Xiva -310 tani tashkil etadi. Ammo asosiy turistik resurslarimizdan turizm 
9


maqsadida   foydalanish   tashkil   etilmagan.  Shu  sababdan   milliy   madaniy   va  tabiiy 
merosimizni turizm faoliyati maqsadida har jihatdan o’rganish va muhofaza etish o’ta 
muhimdir.   YUNESKOning   «Butunjahon   madaniy   va   tabiiy   merosini   muhofaza 
qilish»   konvensiyasida   har  bir   davlat   o’z   hududidagi   madaniy  va   tabiiy   merosini 
muhofaza etishi, uni targ’ibot etishi, bunda o’zining samarali siyosatini olib borishi 
lozimligi  ta’kidlanadi.
O’zbekistonning   turistik  resurslar  fanining   obyekti   sifatida  mamlakatimizdagi 
barcha turizm faoliyatida foydalanish mumkin bo’lgan turizm obyektlari hisoblanadi. 
Mamlakatimizning betakror tabiat go’shalari, ya’ni tog’-  vodiylari, cho’lu-dashtlari, 
boy   madaniy-tarixiy   merosi,   ajoyib   tarixiy   arxitektura   yodgorliklari,   urf-odatlari, 
milliy resurslarning bisyorligidan darak beradi.
Fanning   obyektidan,   mazkur   fanning   predmeti   kelib   chiqadi.   Bu   fanning 
predmeti turistik resurslarni, turlari va mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni, hudud 
bo’yicha   joylanish   xususiyatlarini,   milliy   iqtisodiyotda   samarali   foydalanishni, 
ekologik-iqtisodiy   xususiyatlarini,   turizm   faoliyatida   foydalanish   va   muhofaza 
qilishni o’rganishdan kelib chiqadi.

Download 0,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish