Payariq iqtisodiyot va servis kasb-hunar kolleji
Samarqand Davlat Universiteti
“Organik va noorganik kimyo” kafedrasi
KIMYO O`QITISH METODIKASI
М
a’ruzachi: dots.T.S.O`rozov
Samarqand Davlat Universiteti
“Organik va noorganik kimyo” kafedrasi
KIMYO O`QITISH METODIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
KIMYO KAFEDRASI
Kimyo va biologiya o‘qitish metodikasi fani
1-ma’ruza
Samarqand Davlat Universiteti
“Noorganik kimyo va materialshunoslik” kafedrasi
YASHIL KIMYO
М
a’ruzachi: SamDU da xizmat ko’rsatgan professor, texnika
fanlari doktori NASIMOV ABDULLO MURADOVICH
№
Mavzular nomi
Ma’ruza
1
Kirish. O’zbekistonda kimyo fani va sanoatining rivojlanishi.
Uglevodorodli xomashyolar va moddalarning cheklanganligi.
2
2
“Yashil kimyo” – kimyogarlar uchun yangi falsafiy qarashlar
majmuasi.
2
3
“Yashil kimyo”ning prinsiplari
2
4
Yangilanadigan xomashyo manbalari va energiyalar.
2
5
CO
2
parnik gazi. Nima uchun biz uni “Yashil” erituvchi deb
ataymiz va undan foydalanish yo’llari.
2
6
“Yashil” kimyo amaliyotda.
2
7
Biotexnologiya va mikrobiologiyaning yashil kimyodagi o’rni.
Biodizel yoqilg’isi. Vodorod yoqilg’isi. Benzin o’rnida … tuz va
suv.
2
8
Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashga paketlar. “Kimyoviy
soatlar”ning xavfsiz varianti. “Yuqorikritik” reaktorlar.
2
9
Yashil nanotexnologiya va yashil do’stona texnologiyalar.
2
Jami:
18
1-MAVZU: KIRISH. O’ZBEKISTONDA
KIMYO FANI VA SANOATINING
RIVOJLANISHI. UGLEVODORODLI
XOMASHYOLAR VA MODDALARNING
CHEKLANGANLIGI.
Fanlararo
bog’lanish
Geografiya
Iqtisodiyot
asoslari
Biologiya
Ekologiya
O'zbekiston kimyo sanoatiga 20 dan
ortiq ishlab chiqarish birlashmalari,
zavodlar va qo'shma korxonalar
kiradi.
Xalq xo'jaligi tarmog'ida O'zbekiston
kimyo sanoati yosh tarmoqlardan
hisoblanadi
1. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
2. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
3. Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi
4. Buxoro neftni qayta ishlash zavodi
5. Sho’rtan gaz kimyo majmuasi
6. «Farg'onaazot» OAJ
7. «Navoiyazot» OAJ
8. Navoiy Beauty Cosmetics
9. Navoiy Hunan Pulp
10. «Qo'qon superfosfat zavodi» OAJ
11. «Samarqandkimyo» OAJ
12. «Qo'ng'irot soda zavodi» Unitar korxonasi
13. «Jizzax plastmassa» OAJ
14. «Elektrximzavod» YoAJ-QK
15. «Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi» unitar korxonasi
16. «Ammofos-Maksam» OAJ
17. «MAXAM-Chirchiq» OAJ
18. «MAXAM-Uzbekistan» qo'shma korxonasi
19. Qizilqumsement
Oltin va uran
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
ning sanoat korxonasi sifatida butun faoliyati
qurilgan asosni tashkil etadi. Bundan tashqari
kombinat tomonidan fosforitlar, osh tuzi, sirt
qoplash toshlari (gabbro, granit, marmar), qurilish
va quymachilik ishlab chiqarishida ishlatiladigan
qum, ohaktosh konlari o'zlashtirilmoqda.
Navoiy kon-metallurgiya kombinati
O’zbekistonning
"Olmaliq kon-metallurgiya
kombinati " OAJ
o’z ishlab chiqarish quvvati
bilan O’zbekiston Respublikasining Toshkent,
Jizzax, Namangan va Surxondaryo viloyatlari
hududlarida joylashgan mis-molibden,
qo’rg’oshin-rux va oltin-kumush konlari guruhlari
zahiralarida makon topgan jahon miqyosidagi
yetakchi ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi barcha turdagi
neft mahsulotlari assortimentini ishlab chiqarishga
qodir bo'lgan 35 texnologik qurilmalarni o'z ichiga
oladi.
Zavod o'zining 55-yillik tarixi davomida 60 xil turdan
ortiq neft mahsulotlarini va aholi ehtiyoji mollarini
ishlab chiqarishga yondashdi.
Farg'ona neftni qayta ishlash zavodi
yonilg'i-surkov materiallarini ishlab chiqarish
bo'yicha O'rta-Osiyo hududidagi yirik korxonalardan
biri hisoblanadi
Mahsulotlar :
- Ai-80, Ai-91, Ai-95 markali avtob
еnzin
- EKO-3 qishki dizel yoqilg'isi
- EKO-L yozgi dizel yoqilg'isi
- J
еt A-1 markali aviatsiya yoqilg’isi
- M-100 markali o'choq mazuti
- T
еxnik oltingugurt
- Uglevodorodli suyultirilgan yoqilg'i gazi
- Ugl
еvodorod eritgichi
Qorovulbozor tumanida neftni qayta ishlash zavodi ishga
tushirilganiga 16 yil to`lmoqda.
Fransiyaning "TEKNIP" kompaniyasi loyihasi asosida qurilgan
ushbu
zavodning
texnologik
jarayonini
shakllantirishda
Fransiyaning
neft
instituti,
Amerikaning
"Merikem"
va
Gollandiyaning
"Komprimo"
kompaniyalari
litsenziyalaridan
foydalanildi.
Zavod bir yilda 2,5 million tonna neft va gaz kondensatini
qayta ishlash quvvatiga ega.
Uning avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg`isi, uglevodorod
eritgichi, mazut, suyultirilgan gaz, oltingugurt kabi mahsulotlari
xaridorgir.
Bu
yerda
mahsulot
sifatini
yaxshilash,
uni
xalqaro
standartlarga moslash dasturlari bo`yicha yuqori oktanli "AI-91",
"AI-95" rusumli avtobenzinlar ishlab chiqarish texnologiyasi
o`zlashtirildi.
2008 yil noyabr oyidan boshlab ekologik jihatdan toza va sovuq
haroratga chidamli dizel yoqilg`ilari ishlab chiqarish yo`lga
qo`yilgani yana bir yangilik bo`ldi. Bundan tashqari, "Boing" va
"Aerobus" rusumli havo laynerlariga mo`ljallangan "Djet-A-1"
rusumli aviatsiya yoqilg`isi ishlab chiqarila boshlandi.
O’zbekiston Respublikasining janubi-g’arbiy
qismida Qarshi cho’lida (Qashqadaryo viloyati,
G’uzor tumani) joylashgan bo’lib, Sho’rtan gaz
kondensati konlari negizida barpo etilgan
Sho’rtan gaz kimyo majmuasi
Korxonaning yillik quvvati 3,9 mlrd. kubometr
xom ashyo gazini qayta ishlash natijasida
quyidagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga
mo’ljallangan:
125 ming tonna polietilen granulasi;
100 ming tonna siqilgan gaz;
100 ming tonna gaz kondensati;
1,5 ming tonna oltingugurt granulasi
.
Sho’rtan gaz kimyo majmuasi
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik jamiyati - O’zbekiston
kimyo sohasining eng yirik korxonasi. «Navoiyazot» OAJ
mineral o’g’itlar, organik sintez mahsulotlari va nitron tolasi
katta assortimentini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda
yetakchi korxona hisoblanadi.
«Navoiyazot» OAJ 70 xildan ortiq tovar mahsulotlarini ishlab
chiqaradigan, texnik jihozlanganlik va ishlab chiqarish hajmi
bo’yicha O’zbekiston kimyoviy sanoati peshqadami sanaladi.
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik
jamiyati
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar: ammiakli selitra,
ammoniy sulfati, nitron tolasi, sirka kislotasi, sianli
natriy, azot kislotasi, uglerodoksidi gazi, metanol,
texnik xlorid kislotasi, poliakrilamid, gaz holatli argon,
formalin, suyuq xlor, uniflok, KF smolasi, asetilen,
fosforli ammiakli selitra, “A” markali metanol, dimetil
efir va boshqalar.
«Navoiyazot» ochiq aksiyadorlik
jamiyati
Ammiakli selitra, karbamid, ammiak, natriy
xlorati, xlorat magniyli defoliant, sellyuloza
diasetati, nitrat natriy, karbamid ammiak
qorishmasi, fosforli ammiakli selitra,
bikarbonat natriy (osh sodasi) UzDEF
defolianti, PoliDEF va boshqa mahsulotlar
ishlab chiqaradi.
Asosiy chet ellik iste'molchilar: Rossiya,
Tojikiston, Afg'oniston, Turkmaniston,
Qirg'iziston, Xitoy, Eron
“Farg’ona azot” ochiq aksiyadorlik jamiyati
"Estelle" mahsulot belgisi ostida quyidagi mahsulotlar :
yuz kukuni (Pudra), yuz uchun loson, yuz uchun essensiya,
oziqlantiruvchi krem, Oqartiruvchi krem,ko'z atrofidagi
ajinlarga qarshi krem, ultraqizil nurlardan himoyalovchi krem,
tozalovchi niqob, teri kamchiliklarini bekitish uchun universal
krem, suvga chidamli ko'z uchun qalamlar, kipriklar uchun
suvga chidamli tushlar.
Navoiy Beauty Cosmetics
Navoiy Hunan Pulp
Gigiyenik mahsulotlar, bolalar tagliklari,
ayollar gigiyenik mahsulotlari
ishlab chiqaradi.
Manzil: Navoiy viloyati,
"Navoiy" erkin iqtisodiy industrial zonasi.
web sahifasi: www.nhp.uz
«Qo'qon superfosfat zavodi» OAJ
Ammoniylashtirilgan superfosfat, suvli emulsion
bo'yoq va boshqalar ishlab chiqaradi.
Manzil: Farg'ona viloyati, Qo'qon shahri
Web sahifasi: www.superphosphate.uz
«Samarqandkimyo» OAJ
"Nitrofos" tijorat nomi bilan
nitrokalsiyfosfatli o'g'it (NKFU),
akkumulyator kislotasi ishlab chiqaradi.
Manzil: Samarqand shahri, Kimyogarlar shaharchasi
Web sahifasi: www.samkimyo.uz
«Qo'ng'irot soda zavodi»
unitar korxonasi
Kalsiylangan soda, texnik tuzi ishlab
chiqaradi
Manzil: Qoraqalpog’iston Respublikasi, Qo’ng’irot sh.
“Jizzax plastmassa” OAJ
Polietilen plenkasi, polietilen quvurlar (315
dan 630 mm gacha diametrli), polietilen
quvurlar ulash detallari va xalq iste'mol
mollari ishlab chiqaradi.
«Elektrximzavod» YoAJ-QK
O'simliklarni muhofazalash kimyo vositalari,
superfosfat, kaustik sodasi (qorishma) ishlab
chiqaradi.
Manzil: Navoiy viloyati, Navoiy shahri
Web sahifasi: www.nexz.uz
“Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi”
unitar korxonasi
Xlorli kaliy GOST 4568-95, texnik tuz ishlab chiqaradi
Chet elga: Shri Lanka, BAA, Eron, Qozog'iston, Gruziya,
Vetnam, Malayziya, Xitoy davlatlariga eksport qiladi.
Manzil: Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani
Web sahifasi: www.dkz.uz
«MAXAM-Uzbekistan» qo'shma korxonasi
“Manfo-8,7” PM moddasini ishlab
chiqaradi
Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri
Web sahifasi: www. maxam-int.uz
«Ammofos-Maksam» OAJ
Ammofos, ammoniy fosfat, suprefos, ammoniy
sulfati, DVP, elektrolit, sulfat kislotasi, ozuqa
fosfati (chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik
sanoati uchun), trinatriyfosfat va boshqalar ishlab
chiqaradi.
Manzil: Toshkent viloyati, Olmaliq shahri
Web sahifasi: www. ammofos-maxam.uz
«MAXAM-Chirchiq» OAJ
Ammiakli selitra, karbamid, ammoniy sulfati, ammiak,
ammiakli suv, azot kislotasi, katalizatorlar, ammoniy
karbonati, uglerodoksidi gazi, karbamid ammiak
qorishmasi, zichligi kam bo'lgan ammiyakli selitra,
ammiak ishlab chiqarish uchun katalizatorlar,
fosfomochevina, magniy sulfati va boshqalar ishlab
chiqaradi
Manzil: Toshkent viloyati, Chirchiq shahri
Web sahifasi: www.maxam-chirchiq.uz
Organik moddalarning asosiy
manbalari
Tabiiy gaz.
Tabiiy gaz sanoati yildan yilga rivojlanib bormoqda. Qidirib topilgan
Ustyurt, Buxoro-Xiva,
Janubi-G`arbiy Hisor, Surxondaryo va Farg`ona
mintaqalaridagi gaz konlari gazining hajmi
2 trillion
kubometr
ga yetadi.Respublikamizda gazni qayta ishlaydigan ikkita zavod
(Sho`rtan va Muborak)
ishlab
turibdi.
Gazdan polimer materiallar – polietilen, polivinilxlorid, nitril, akril kislota va undan nitron tolasi
olish mumkin.
O`zbekistonda gaz sanoatining rivojlanishi juda ko`p shahar va qishloqlarni gazlashtirish, o`nlab
sanoat korxonalarini gaz bilan ishlashga o`tkazish, bir necha yirik issiqlik elektr stanciyalarini qurish
imkonini berdi. O`zbekiston gazi gaz quvurlari orqali qo`shni respublikalarga ham yetkazib berilmoqda.
Tabiiy gazning
94-98 % ini metan, 2-6 % ini etan, propan va butan
tashkil etadi. U eng yaxshi
yoqilg`i, to`liq yonadi va juda katta issiqlik beradi (11.000-12.000 kkalG`kg). Bu jihatdan boshqa
yoqilg`ilardan farq qiladi (toshko`mir 7000-8000 kkal, kerosin 10000 kkal).
Hozirgi vaqtda tabiiy gaz kimyo sanoatida har xil sintetik va organik birikmalar olishda asosiy
xomashyo bo`lib qolmoqda.Metanni 1400°C gacha qizdirib atsetilen va vodorod olinadi.
Elektrkimyo kombinatlarida atsetilendan sirka aldegid, bezol, sirka kislota, etil spirt, kauchuk va
boshqa moddalar, vodoroddan esa ammiak, nitrat kislota, kaliy, natriy va ammoniyli selitralar olinadi.
Metanni suv bilan 800°
С gacha qizdirib is gazi va vodorod olinadi. Bu aralashma sintez gaz deyiladi
Sanoatda metil spirt sintez gazdan olinadi:
Tabiiy gazni oksidlab formaldegid olinadi.
Formaldegidga fenol ta`sir ettirib fenolformaldegid smola hosil qilinadi. Bu smoladan polimer materiallar
olishda foydalaniladi.
Tabiiy gazdan
Navoiy va Chirchiq elektr kimyo kombinatlarida
qishloq xo`jaligi uchun eng zarur bo`lgan
organik o`g`itlar (karbamid-mochevina) olinadi.
Neft .
Neft
- to`q jigarrang moysimon suyuqlik bo`lib, uglevodorodlarning asosiy manbaidir.
Neft tarkibidagi to`yingan, karbotsiklik va aromatik uglevodorodlarning miqdori qazib olinadigan joyiga
qarab har xil bo`ladi.
Respublikamizning
Farg`ona, Andijon, Namangan, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo va
boshqa mintaqalarida 160 dan ortiq
neft konlari mavjud.Yildan yilga avtomobil va aviaciya
transportini ishlab chiqarish rivojlanmoqda. Bu transportlarni benzin va kerosin yoqilg`ilari bilan
neft sanoati ta`minlaydi.
Neftni qayta ishlashda kreking usullari qo`llanib, benzin mahsuloti olish oshirildi. Kreking
inglizcha so`z bo`lib,
«parchalash»
demakdir. Demak, bu usulda yuqori molekulali uglevodorodlar kichik
molekulalargacha parchalanadi:
Sanoatda termik kreking va katalitik kreking usullari qo`llanadi.
Termek krekinglashda
yuqori molekulali uglevodorodlar
450°C
dan yuqori temperaturada va
yuqori bosim ostida parchalanadi.
Katalitik krekinglashda
esa uglevodorodlarni parchalash jarayoni
alyumosilikat
katalizatorlari
ishtirokida
450°C
dan pastroq temperaturada va atmosfera bosimiga yaqin bosim ostida olib boriladi.
Bu usullar bilan benzin miqdori 80 % gacha oshiriladi.
Birinchi frakziya.
Neftni haydash natijasida
(150°C gacha)
birinchi fraksiyada gazolin olinadi.
Gazolinni qayta haydab petroley efir, aviasion benzin, birinchi va ikkinchi sort benzinlar olinadi.
Ikkinchi fraksiyada
(150-300°C gacha)
har xil tarkibga ega bo`lgan kerosin olinadi.
Uchinchi fraksiyada
–
300°C
dan yuqori temperaturada mazut olinadi. Mazutni qayta ishlab
birinchi navbatda surkov moddasi olinadi. Solyar moyi yonilg`i sifatida va vazelin moyi tayyorlashda
ishlatiladi. Surkov moyidan mashina qismlari va mexanizmlarini moylash uchun moylar olinadi. Gudron
yo`llarni asfalt qilishda ishlatiladi.
Buxoro neftni qayta ishlash zavodining ishga tushirilishi respublikaning neft mahsulotlariga
bo`lgan ehtiyojini to`la qondirishga imkon yaratdi.
Neftni qayta ishlash jarayonida ko`p miqdorda etilen, propilen, betilen, amilen hosil bo`ladi.
Ulardan sintetik materiallar – plastmassa, kauchuk, spirt, aldegid, kislota va yuvuvchi moddalar olinadi.
Toshko`mir.
O`zbekiston katta ko`mir zahiralariga ega. U geologik zahiralari bo`yicha
Markaziy Osiyo bo`yicha ikkinchi o`rinda turadi. O`zbekistonda ko`mir
Angren,
Shargun va Boysun
konlaridan qazib chiqariladi. Ularning umumiy zahirasi – 2
milliard tonnaga yetadi.
Toshko`mirni quruq haydash yo`li bilan smola olinadi. Toshko`mir smolasi
tarkibida 400 da ortiq aromatik va geterosiklik birikmalar bo`ladi. Undagi organik
birikmalar fraksiyalarga bo`lib ajratiladi.
Birinchi fraksiyada
(engil moy fraksiyasi
170°C
gacha) benzol, toluol, ksilol,
tiofen, uglerod sulfid, piridin va boshqa moddalar olinadi.
Ikkinchi fraksiyada
(fenol fraksiyasi
170-210°C
) fenol, krezollar, naftalin,
inden, kumaron, tarkibida azot va oltingugurt bo`lgan moddalar olinadi.
Uchinchi fraksiyada
(naftalin fraksiyasi
210-230°C
) naftalin, metilnaftalin,
tionaften, indol va boshqa moddalar olinadi.
To`rtinchi fraksiyada
(yutib olish fraksiyasi
230-270°C
) naftalinning hosilalari
(asenaften, fluoren, indol va boshqa moddalar) olinadi.
Beshinchi fraksiyada
(antrasen fraksiyasi
270-360°C
) antresen, fenantresen,
karbazol, parafin va moddalar olinadi.
Oltinchi fraksiya
(toshko`mir pek fraksiyasi
360°C
dan yuqori temperaturada)
– parafinlar, piren, xrizen va boshqa moddalar olinadi. Olingan moddalarning ko`pi
va ular asosida olingan preparatlar tibbiyotda va qishloq xo`jaligida keng ishlatiladi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari.
Qishloq xo`jaligida yetishtiriladigan jami mahsulotlar organik birikmalarning
asosiy manbai hisoblanadi.O`zbekiston
paxta, xom ipak, lub ekinlar, qorako`l va
guruch
yetishtirishda dunyoda yetakchi o`rinlarda turadi. Paxta tolasining
90-92 %
ini kletchatka (sellyuloza) moddasi
, donlarning
65-75 % ini kraxmal
,
qandlavlagining asosini
saxaroza
tashkil etadi. Yetishtirilayotgan poliz ekinlari,
bog`dorchilik mevalari tarkibida organik kislotalar, uglevodlar, vitaminlar va boshqa
organik birikmalar mavjud. Masalan, olmada olma kislota, limonda limon kislota
bilan limonen terpen uglevodorodi, uzumda-glyukoza, uzum kislota va boshqa
moddalar bor.
O`rmon xo`jaligi mahsuloti
O`rmon xo`jaligi mahsuloti bo`lgan daraxtlarning yog`och qismini maylalab
quruq haydash natijasida
metil spirt (yog`och spirt), aseton, sirka kislota, fenollar,
furfurol va boshqa organik birikmalar
olinadi. O`rmon atroflarida bitmas tugamas
boylikka ega bo`lgan shifobaxsh o`simliklar o`sadi. Ularning bargi, guli, mevasi,
urug`i, po`stlog`i va ildizlaridan dori-darmon sifatida foydalanishdan tashqari,
ulardan biologik aktiv organik birikmalar –
efir moylari, yog`lar, oqsillar,
uglevodlar, terpenlar, glikozidlar, alkaloidlar, vitaminlar
ajratib olinadi.
Organik modda manbalariga hayvonot olami, suv osti o`simliklari va
hayvonlari ham kiradi. Ulardan oqsillar, vitaminlar, azot va galoidli organik
moddalar olinadi.
Document Outline - Слайд номер 1
- Слайд номер 2
- 1-MAVZU: KIRISH. O’ZBEKISTONDA KIMYO FANI VA SANOATINING RIVOJLANISHI. UGLEVODORODLI XOMASHYOLAR VA MODDALARNING CHEKLANGANLIGI.
- Слайд номер 4
- Слайд номер 5
- Слайд номер 6
- Слайд номер 7
- Слайд номер 8
- Слайд номер 9
- Слайд номер 10
- Слайд номер 11
- Слайд номер 12
- Слайд номер 13
- Слайд номер 14
- Слайд номер 15
- Слайд номер 16
- Слайд номер 17
- Слайд номер 18
- Слайд номер 19
- Слайд номер 20
- Слайд номер 21
- Слайд номер 22
- Слайд номер 23
- Слайд номер 24
- “Dehqonobod kaliyli o'g'itlar zavodi” unitar korxonasi
- Слайд номер 26
- Слайд номер 27
- Слайд номер 28
- Слайд номер 29
- Слайд номер 30
- Слайд номер 31
- Слайд номер 32
- Слайд номер 33
- Слайд номер 34
Do'stlaringiz bilan baham: |