Samarqand davlat universiteti «ijtimoiy-iqtisodiyot» fakulteti



Download 74,75 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2020
Hajmi74,75 Kb.
#34697
  1   2   3
Bog'liq
manaviy madaniyat tarkibida dinning orni

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI


Alisher Navoiy nomidagi
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI

«IJTIMOIY-IQTISODIYOT» FAKULTETI

Bitiruv malakaviy ishi himoyaga

tavsiya etildi «Siyosatshunoslik.

Demokratik jamiyat qurish nazariyasi

va amaliyoti» kafedrasi mudiri,

f.f.n. dots. M.Muxtorov

________________________________
«______» ________________2012 yil

MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Mavzu: «Ma’naviy madaniyat tarkibida dinning o’rni»


Bajardi: «Falsafa» ta’lim yo’nalishi

4-kurs talabasi

Isaqova Elmira Axrorovna
__________________________________


Ilmiy rahbar: «Siyosatshunoslik.

Demokratik jamiyat qurish nazariyasi


va amaliyoti» kafedrasi dotsenti M.Sharopov __________________________

Samarqand – 2012


1


MAVZU: MA’NAVIY MADANIYAT TARKIBIDA DINNING O’RNI


KIRISH………………………………………………………...…………3-5


  1. BOB. MA’NAVIY MADANIYAT VA DIN…………………………6-31

1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din…………………………………………..6-17


1.2. Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni…18-31


  1. BOB. ISLOM DININING SHARQ MA’NAVIY MADANIYATIDA TUTGAN O’RNI VA ROLI………………………………………………...32-58

2.1. Islom osoyishtalik, oliyjanoblik va bag’rikenglik dini………….…32-41


2.2. Islom tasavvufida komil inson talqini…………………………..…42-50
2.3. Islom ma’naviy ta’limotida umuminsoniy axloqiy qadriy
atlarning o’rni………………………………………………………..…51-58


XULOSA………………………………………………………….……59-63


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………...……64-65

2


3

KIRISH


Hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri tarixiy-madaniy va diniy-falsafiy merosimizni o’rganishdir. Buni insonlarning milliy-madaniy yaxlitligi ibtidosi manbai bo’lmish ma’naviy yangilanishdan boshladik. Chunki har qanday madaniyatning asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadiki, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining asosida turli xil diniy-falsafiy aqida va ta’limotlar yotadigan, ularni o’rganmasdan turib, xalqlar madaniyatining shakllanishida asosiy sarchashma hisoblangan ma’naviy manbani bilish mumkin emas.
Jamiyat shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli mustaqillik tufayli davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi tarzida idrok etilmoqda. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy islohotlar jarayonida din va diniy tashkilotlarga munosabat tubdan o’zgardi. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, dinni odamlar uchun zararli deb topish, kurashgan ateizm tamoyiliga mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi. Istiqlol sharofati bilan xalqimizning milliy va ma’naviy madaniyati taraqqiyotiga yo’l ochilib, unitilgan urf-odatlarimiz, milliy an’ana va diniy qadriyatlarimizni qayta tiklashga muvaffaq bo’ldik. Buning boisi shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’lanib, odamlar turmush tarzi, milliy urf-odatlariga aylanib, ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismini tashkil etgan.
Jahon dinlarining biri sifatida islom ta’limoti, uning ma’naviy-axloqiy qadriyatlari ham asrlar davomida Sharq mamlakatlari, jumladan O’rta Osiyo mintaqasida yashab kelgan xalqlarning qalbiga ezgulik, poklik, halollik, insorparvarlik, mehnatsevarlik hissiyotini singdirishga, insoniylikka xos odob-axloqni shakllantirish, ma’naviy boyligini saqlab, uni avlodlardan – avlodga yetkazib berishga xizmat qilib kelgan.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov istiqlolning dastlabki kunlaridanoq milliy va diniy qadriyatlarning ma’naviy madaniyatida tutgan o’rni haqida shunday

4


degan edi: «Bu sohadagi eng asosiy vazifamiz – milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rnini va hurmatini tiklash kabi, mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir»1.
Darhaqiqat, mamlakatimizda istiqlol tufayli dinga e’tiqod qiluvchilarning huquqlari qonun asosida kafolatlangan. Din mustaqililk ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Din, jumladan islom dini mamlakatimizda ma’naviy madaniyatning fenomeni sifatida e’tirof etilgan, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat qonun asosida amalga oshirilmoqda. «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonun (yangi tahriri, 1998) buning dalilidir. O’zbekiston an’anaviy diniy bag’rikenglik (tolerantlik) o’lkasi sifatida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olingan2.
Asrlar davomida insoniyatning ma’naviy-axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy axloqiy qadriyatlar mustaqillik sharoitida odamlarning ma’naviy tarbiyasida, ularning komillik sari intilishiga xizmat qiladi.
Sobiq Sovetlar davlatining parchalanib ketishi va MDHning vujudga kelishi, shuningdek, globallashuv va integrasion jarayonlarning kuchayishi tufayli dinga qiziqish ortib bormoqda. Keyingi yillarda din sohasida nashr etilgan adabiyotlarda, taniqli olimlarning tadqiqotlarida din va uning muammolariga yangicha yondashuv, uni ma’naviy madaniyatning ajralmas qismi sifatida o’rganish, turli dinlarining jamiyat hayotida tutgan o’rnini va funksionallarini har tomonlama tadqiq etish, dinlarning nafaqat islohiy, balki zaminiy mazmuni va hayotiyligini bayon etish fanda hukm surmoqda3.



  1. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T., 8 Toshkent, «O’zbekiston», 2000, 341-bet.




  1. Республикада 15 диний конфессия қонун асосида эркин фаолият юргизмоқда.




  1. Религии мира. Энциклопедический словарь Ф.А.Брокгауза и Н.А. Эсфрона. М., «Вече», 2006, Васильев

Л.С. История религий Востока. М., 1999; Яблоков М.Н. Религиоведение. М., 2001; Гуревич П.С. Философия культуры. М., 1995. Радугин А.А. Введение в религиоведение. М., 2000; Ильин В.В. Кармин А.С. Носович Н.В. Религиоведение Спб,.2008.


5


Mazkur tamoyilni Respublikamizda mustaqillik yillarida chop etilgan risola va darsliklarda hamda islom muammolariga bag’ishlangan tadqiqotlarda kuzatish mumkin1.
Malakaviy bitiruv ishimizda yuqorida ko’rsatilgan manbalarga tayangan holda dinga, jumladan islom diniga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, ma’naviy fenomen sifatida yondashib, uning mohiyatini, turli dinlarning har xil davrlarda jamiyat hayotida tutgan o’rnini tahlil etib, uni odamlar uchun ruhiy – ma’naviy kuch bag’ishlovchi ijtimoiy hodisa ekanligini bayon qilishga jur’at qildik.
Ushbu ishimizda mustaqillik tufayli amalga oshirilayotgan ma’naviy islohotlar jarayonida din va diniy tashkilotlarga bo’lgan munosabatning tubdan o’zgarish, xalq ma’naviyatining muhim sohasi bo’lmish diniy qadriyatlarning inson hayoti uchun zarurligini, xususan hozirgi zamonda xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish vositasi ekanligini yoritishga o’rindik.


  1. Абдусаметов А.Э. Динлар тарихи. Т., 2004; Мўминов А. ва бошқалар. Диншунослик. Т., 2004; Бозоров О., Худойқулов А. Ахлоқий қадриятлар ва ислом. С., «Зарафшон», 1992; Жўраев У., Саиджонов И. дунѐ динлари тарихи. Т., 2001; Оқмуродов Т., Дин ва ҳурфикрлилик тарихи. Т., 1995; Бозоров М., Мардонов Р. Диншунослик асослари. С., 2002.

6


I BOB. MA’NAVIY MADANIYAT VA DIN
1.1. Istiqlol, ma’naviyat va din
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda sodir bo’layotgan islohotlar tizimida ma’naviy yangilanish alohida mavqyega ega. «Mustaqiligimizning dastlabki kunlaridanoq, - deb yozadi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar mobaynida yaratib kelingan g’oyat ulkan bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklanishni milliy o’zlikni anglashning o’sishidan, ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz»1. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ma’naviyat masalalari millat tarixi, axloqiy va diniy qadriyatlar, madaniy meros, an’ana va rasm-rusumlar, milliy mafkura, vatanparvarlik va insonparvarlik, milliy o’zlikni anglash singari juda ko’p omillarni o’z ichiga oladi va pirovardida, inson shaxsini belgilashda asosiy mezon vazifasini bajaradi. Jamiyat va shaxsning ma’naviy qiyofasi, boyligi va istiqboli davlat miqyosidagi vazifa tarzida idrok etilmoqda.
Ma’naviyat murakkab ijtimoiy hodisa bo’lib, uning holati va taraqqiyotiga juda ko’p omillar – siyosat, iqtisod, fan, axloq, san’at, urf-odat kabi hodisalar ta’sir yetkazadi.
Ma’naviy qadriyatlar – bular kishilar ma’naviy faoliyatining mahsuli, bilishning murakkab jarayoni natijasi bilim, hayot, qarash, malakalar samarasidir.
Ma’naviyat jamiyat taraqqiyotining muhim omili bo’lar ekan, u nafaqat bugungi madaniy boyliklarga, qadriyatlarga zamonaviy, ma’naviy yutuqlarga, shu bilan birga har bir xalqning ko’p asrlik ma’naviy merosiga ham tayanadi. Har bir davr, xalq, millatning ma’naviy qadriyatlari tabiiyki, quruq, bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Har qanday ma’naviyat, eng avvalo, jamiyatda avval erishilgan muayyan bilimlar, tajribalar hamda o’tmish avlodlardan bizgacha yetib kelgan ma’naviy merosga, shuningdek, umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga tayanadi.

1 Islom Karimov Karimov. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va
taraqqiyot kafolatlari. T.: «O’zbekiston», 1997, 137-bet.

7


O’zbekiston xalqlarining boy ma’naviy merosi I.A.Karimovning aytganlaridek ikki jabhani – olamni ilmiy bilishi va diniy – falsafiy ta’limotni o’z ichiga oladi. Ota – bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalari, ilmiy kashfiyotlari, badiiy asarlari, axloqiy ta’limotlari bugungi ma’naviy tiklanishning negizini, poydevorini tashkil qiladi. Bu o’rinda islom ma’naviyati va axloqiy ta’limotining mavqyei ham kam emas. Sobiq sho’rolar davrida ma’naviy merosga, xususan diniy qadriyatlarga, jumladan islom ta’limotiga nisbatan mafkuralashgan salbiy munosabat, uni zararli deb topish, kurashchan ateizm tamoyillarini mutlaqlashtirish ma’naviy hayotga ziyon keltirdi.
Ma’naviyat tarkibida dinning alohida o’rni mavjudligi o’z-o’zidan ravshan. Buning boisi avvalo shundaki, din ming yillar mobaynida insoniyat hayotining barcha jihatlari bilan chambarchas bog’lanib, uning turmush tarziga aylanib ketgan. Boshqa tomonidan, din ta’sirining zamirida savob va gunoh haqidagi tasavvurlar turadiki, odamlar bu ma’naviy xodisalarga hyech qachon bafarq qaramagan. Binobarin, savob va gunoh, shuningdek, savobli ish qilganlarning ham bu dunyo, ham nariga dunyo taqdirlanishi, gunohkorlarning esa jazolanishi to’g’risidagi qarashlar kishilik jamiyati taraqqiyatining ilk bosqichlaridan shakllanib, odamlarning axloqiy munosabatlarini tartibga solib kelgan.
Din ijtimoiy ong shakllarining biri sifatida kishilar ma’naviy hayotining kuchli va hatto asosiy omili bo’lgan. E’tiqod sifatida e’tirof etilgan tamoyillarga qat’iy amal qilish va uni kundalik turmushda bajarish dinda asosiy o’rin egallaydi. Diniy talablar har bir shaxsdan qat’iylik, iymoniylik, irodalilik, sabr-toqatlilik, chidamlilik, shukronalik, xullas odamiylilik, haqiqiy fidoiylilikni, e’tiqodga amal qilishni taqozo etadi va kishining ma’naviy salohiyatini shakllantiradi. Prezidentimiz Imom al-Buxoriy yodgorlik majmui ochilishiga bag’ishlangan nutqlarida dinning inson ma’naviyatini kamol toptirishdagi roliga baho berib, shunday ta’riflagan edi: «Men ilohiy dinimizning olijanob intilishlarimizga xizmat qiladigan, xayrli ishlarimizda bizga madad beradigan bitmas – tuganmas kuch-qudrat manbai bo’lib qolishiga ishonaman»1.



  1. «Миллий тикланиш», 1998, 27 октябрь.

8


Yuqorida aytilgan fikrlardan kelib chiqadigan xulosa shuki, ma’naviyat uzluksiz jarayon bo’lib, jamiyat hayotining barcha sohalarida o’zining chuqur ta’sirini topgan. Ma’naviyatning mohiyatini Prezidentimiz I.A.Karimov shunday bayon qilganlar: «Ma’naviyat deganda, avvalambor, odamni ruhan poklanishga, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, inson ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-e’tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan kuchni tasavvur qilaman»1. Bu ta’rifda ma’naviyatning haqiqiy mohiyati, ko’pqirrali mazmuni, uning tarkibiy qismida dinning o’rni ham ifodasini topgan. Ma’naviyat sohasida tadqiqot olib borgan Muhammadjon Imomnazarov esa, ma’naviyatni «inson qalbida aks etgan ilohiy» nur, Oliy haqiqat nuridir», - deb baho beradi. Sobir Mirvaliyev uni «odamiylik, insoniylik majmuasi» sifatida tushuntiradi. Har holda din jamiyat va inson ma’naviy hayotida alohida o’rin tutadi. Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo’lgan ishonch, e’tiqodda namoyon bo’ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan biri sifatida ham madaniyat tarixida o’ziga xos o’rin egallaydi.
Mutaxassislar fikricha diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega bo’lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amallari birligida o’z ifodasini topadi. Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida aks etadigan xudo, payg’ambarlar, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton. «Muqaddas yozuvlar, ularning odamlar hayotiga ta’siri to’g’risidagi tushunchalar majmuiga aytamiz.
Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog’liq bo’lgan ojizligi, zaifligi, qo’rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning diiny amaliyotlari esa xudoga toat-ibodat, diniy talablar va marosimlarni bajarish, nazr-niyozlarni o’z ichiga oladi»2.
Insoniyat jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo’lgan emas. Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o’rtasidagi


  1. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch», T., «Ma’naviyat», 2008, 29 bet.




  1. Маданият ва жамият. Т., «Ўзбекистон», 1993, 27-бет.

9


murakkab munosabatlar sabab bo’lgan. Olimlarning fikricha ilk diniy tasavvurlar, asosan, paleolit – qadimgi tosh davrining so’nggi bosqichida paydo bo’lgan.
Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning dahshatli va tushunib bo’lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan ma’naviy hodisa sifatida paydo bo’lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning sirli hodisalarini tushunish sohasida tajriba to’plab borgan. Buning oqibatida kishilar ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu kuchlar o’z mohiyatiga ko’ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan tasavvurlar hosil bo’lgan.
Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas, aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida, «muqaddas-ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o’simliklarga, hayvonlarga va shunga o’xshashlarga e’tiqod qo’yib, ularga sig’inganlar. Animiylik, feteshlik, totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday aqidalar negiz bo’lgan.
Real mavjud va ayni vaqtda, g’ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo’lgan predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishlik afsungarlik bilan bog’langan bo’lib, hodisalar yo’nalishini sehrgarlik bilan o’zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb hisoblangan ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil mohiyat - «ruh» sifatida ajratiladi, oqibat – natijada tanadan alohida yashovchi «jon» (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug’chilik jamiyati barham topishi jaryonida qabilaviy dinlar o’rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo’lgan ko’pxudolikni ifodalovchi dinlar paydo bo’ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar so’nggi bosqichlarida esa jahon dinlari – buddizm (milloddan avvalgi VI-V asrlar) xristivnlik (I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik (ko’pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo’lishi bilan bog’liq ravishda shakllangan ijtimoiy

10


munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik) dinlar yuzaga kelgan. Milloddan avvalgi VI asrda Eron va Markaziy Osiyoda paydo bo’lgan zardushtiylik va keyinchalik kirib kelgan buddaviylik, xristianlik, yaxudiylik va islom dini yuqoridagi xususiyatlarni o’zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda, mehr-muruvvat, o’zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi umuminsoniy
qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o’tmishda inkor etilgan edi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi roli butunlay yo’qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o’ziga xos bebaho qadriyatlari, Qur’oni Karim, Hadisi Sharif, Tafsirlarni, diniy allomalarning jahon e’tirof etgan asarlarini o’rganish zararli deb topildi.
Milliy istiqlol tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida diniy qadriyatlarning tutgan mavqyei o’z o’rniga qo’yildi. Istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo’l bilan kirib borishning asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi va taraqqiy etishiga ko’mak beradigan ma’naviy omillardan ustunlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir. Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o’zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy qadriyatlar bu jarayonda o’ziga xos mavqye tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz turmush tarzi diniy an’analar bilan milliy urf-odatlar shu qadar chambarchas bog’lanib ketganki, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi1.
Diiny qadriyatlarning islohotlarni amalga oshirish sharoitida kishilarni yuksak axloqiy ruhda kamol toptirish bilan bog’liq asosiy xususiyatlari va funksiyalari jamiyat ruhiyati, xalq turmush tarzi, umuman, ma’naviyat tizimi negizida qarab chiqilmog’i kerak. Shu ma’noda, milliy va umuminsoniy fazilatlarni mujassamlashtirgan diniy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi. «Madaniyatshunoslik asoslari» mualliflarining qayd qilganidek, darhaqiqat, mulk shakllarining xilma-xil mehnat



  1. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T., «O’zbekiston», 1994, 22-bet.

11


xaraktiriga, taqsimot masalasiga belgilovchi ta’sir ko’rsatuvchi, bu fuqarolar turmush darajasining rang-barangligiga olib keldi, biroq bu xilma-xillikni xalqimizning umuminsoniy tamoyillari hisoblangan soflik, halollik, diyonatlilik kabi fazilatlar uyg’unlashtirib turadi. Ayni vaqtda, muqaddas dinimiz islom ham insonning bosqinchilik, zo’rovonlik, o’g’rilik, poraxo’rlik, bo’hton, sotqinlik, sudxo’rlik, g’iybat, chaqimchilik, tuhmat, xiyonat, qimor bilan bog’liq illatlarini qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki bitim tuzishga taqiqlaydi1.

Hozirgi paytda tijorat va iqtisod sohasiga bozor tashvishlari bilan band tadbirkorlik, fermerlar, tijoratchilarni kirib kelishi, o’z-o’zidan ravshanki, ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish masalasini keltirib chiqaradi. Binobarin, tijorat va iqtisodiyot ishlarining ko’lami uni tashkil etuvchilar va amalga oshiruvchilar oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo’lish mas’uliyatini qo’yadi. Bunday yuksak tuyg’uni tarkib toptirishda musulmonchilikning eng muqaddas tamoyillari negiz bo’lib xizmat qilishi kerak. Buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriyning xadisi shariflarida bayon etilishiga, mol-dunyosi ko’p odam badavlat emas, balki nafsi to’q inson badavlatdir, savdo-sotiqda hiylakorlik, bozorni kasod qilish maqsadida ataylab narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish makruhdir2.

Islom qadriyat sifatida yolg’iz diniy qoidalar, ko’rsatmalar, tamoyillar yig’indisidan iborat emas, ayni vaqtda, u kishilar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, huquqiy munosabatlarning ham ifodasidir. Shu ma’noda, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning islom dini va uning sofligini saqlash asosida jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga erishganligini esga olish o’rinlidir. «Temur tuzuklari»da qayd etilishicha, davlat agar dinu diyonat asosida qurilmas ekan, to’ra-tuzukka bog’lanmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati, tartibi yo’qoladi. Bunday saltanat yalong’och odamlarga o’xsharkim, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. Yoxud kasi nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to’sig’i yo’q uyga o’xshaydi»3.



  1. «Madaniyatshunoslik asoslari». T., 2006, 96-97-bet.




  1. Ismoili al-Buxoriy, Hadis, 4-jild. T., Qomuslar bosh tahririyati, 1992, 204-b




  1. Temur tuzuklari. T., 1991, 57-bet..

12


Amir Temur o’z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Alloh, tafakkur, qilich, kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni ta’kidlaydi. Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elut xalqining or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
Yuqorida aytilgan fikolar umuman din, xususan islom va islomiy qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur etishga asos bo’ladi.
Mamlakatimizda milliy istiqlol tufayli bozor munosabatlari tomon qo’yilgan har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan diniy qadriyatlarimizga yangicha munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Yaqin vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy ravishda chetlashtirilgan diniy omillar o’z maqomiga ega bo’lganligi ravshan. Holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning yuksak ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi va o’z navbatida bu falsafiy va axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg’un holda, Xoja Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg’un holda shakllanishi lozim»1.
Ko’rinib turibdiki, hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mintaqiy, ham madaniy jihatdan zarurdir, ayni vaqtda, bu – xalqimizning dunyo-qarashi, axloqining mazmunini belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Avvambor, din dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o’rnini hisobga olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg’unlashtirish masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat bilan dinning o’zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining konstitusion negizga qo’yilishi,



  1. Karimov I.A. Vatan sajdogoh kabi muqaddasdir. 3-tom. T., «O’zbekiston», 1996, 7-8 betlar..

13


Respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqyei, xalq o’rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro’yobga chiqishida uning ijobiy ta’sir ko’rsatish kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi.
Din davlatdan rasman ajratilgan bo’lsa ham, jamiyatdan ajralmagan va Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek «dinning ishi dinniki, davlatning ishi davlatniki», «lekin ayrim kishilar buni noto’g’ri tushunib siyosatga aralashuvlari, osoyishtalikka raxna solishlari, g’arazli niyatlardan foydalanishga, soxta obro’ orttirishda intilishlari mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi g’arazgo’y va mutaassib kishilarga undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar uchun foydalanish xavfini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I.A.Karimov Shveysariyadagi «Forum - Fond» xalqaro iqtisodiy tashkilotining IV sessiyasida so’zlagan nutqida bu haqda o’ta jiddiy va qat’iy fikrlari bildirgan edi. «Biz fuqarolik haqida qonun qabul qildik. Bu qonun mamlakatda yashovchi barcha millatlarning huquqlarini shunchaki e’lon qilib qolmasdan, bu huquqlarga kafolat ham beradi. Biz diniy aqidaparastlik va mutaassiblik xavfini bartaraf qildik. Sovet imperiyasi barbod bo’lganidan keyin vujudga kelgan bo’shliqni mana shu aqidaparastlik va mutaassiblik bilan to’ldirishi mumkin va shunday xavf mavjud edi»1.
Tarixdan ma’lumki, hamma zamonlarda ham kishilar ong-qarashlarida aqidaparastlik va mutaassiblik shakllanishi xavfi mavjud bo’lib kelgan, bu bugun ham bartaraf etilmaganligi ma’lum. Jadidchilik xarakatining yirik namoyandasi Mahmudxoja Behbudiy o’z davrida Buxoro amirligida xonaqo va masjidlar qurish poygasi ko’chayib ketganligidan tashvishga tushib, «namoz uchun bir yerda masjid va bir mulla kifoya edi. Boshqa masjidlar o’rniga maktablar solinib, bunda yig’ilgan faqir va yo’qsullarning bolalalarini o’qitsalar edi, shuncha safil (qo’lidan ish kelmaydigan) kishilar o’rniga o’zi ko’r saturgan bir to’da faol odamlar yetishar edi»2, deb yozgan edi. Shu nuqtai – nazardan respublikamiz rahbariyati tomonidan


  1. Karimov I.A.O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T., 1993, 241-242 betlar.




  1. Iqtibos «Madaniyatshunoslik asoslari» o’quv qo’llanmasidan, 99-b.

14


dinga nisbatan olib borilayotgan oqilona siyosati o’zining ijobiy samarasini berayotganligi ravshan.
Boshqa jihatdan, diniy, jumladan islomiy qadriyatlar xalqimiz turmush tarzi, ma’naviy fazilatlari negizini tashkil etishi sir emas. Ijtimoiy taraqqiyot va yangilanish yo’lidan borayotgan, bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan paytda milliy-tarixiy turmush tarzimizni, xalqning urf-odatlarini, an’analarini, tafakkurini hisobga olish bilan birga diniy qadriyatlarning milliy qadriyatlar bilan uzviy bog’liq holda namoyon bo’lishini ham e’tibordan chetda qoldirish mumkin emas.
Shuni ham aytish kerakki, din barcha millat kishilari uchun muqaddas ruhiy boylik bo’lib, ularni ezgulikka, poklik, xalollik, vijdoniylikka chorlaydi. Din nafaqat oxiratda, balki shu dunyoda ham baxt-saodatga erishish mumkinligini e’tirof etadi. Yaxshilikni istovchi har bir kishi boshqa odamlar qalbiga ezgulik va mehr-muruvvat nurini bag’ishlamog’i darkor, yomonlik yo’liga kirgan odam esa shu fe’l-atvori uchun yorug’ dunyoning o’zida jazosi va ajrimini oladi. Bu axloqiylikning islomiy tamoyilidir. «Kimning amali qanday bo’lsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi, - deb yozadi buyuk alloma Imom G’azzoliy, - u bu dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarning javobini ko’rmaguncha ketmaydi. U bu dunyoda o’z amallariga yarashi muomala ko’radi»1.
Islom qoidalariga ko’ra, olam yaxshiliklar va ezguliklarga to’la, insonning komil bo’lishligi uchun imkoniyatlar yetarli. Shubha yo’qki, xalqimizning ma’naviy merosi, ma’naviy olami hamda o’zligi islom ta’limoti tufayli uzoq vaqt saqlanib kelgan.
Din o’z mohiyati jihatidan axloqiy va ma’naviy fazilatlarni qayta tiklashga da’vat etilgandir. Mamlakatimizda mustaqillik tufayli diniy e’tiqodga keng yo’l ochilgan, dindorlarga e’tiqodlari uchun kafolat berilgan, din mustaqillik ma’naviyatining tarkibiy qismiga aylangan bugungi kunda uning axloqiy qimmati yanada ortib borishi tabiiy. Bu o’rinda buyuk alloma Bahouddin Naqshbandning qo’yidagi so’zlari ibratlidir: «Ibodat o’n qism, o’ndan to’qqiz qismi halollikni



  1. G’azzoliy. Tavba qilayotgan odamlar. «Milliy tiklanish», 1995, 5 sentyabr.

15


qidirish, bir qismi esa boshqa ibodatlardir»1. Buning ma’nosi shuki, har bir kishi o’z mehnati bilan topgan rizki, mahsuloti hisobiga umr kechirish kerak. Darhaqiqat, din ayni paytda, shakllangan axloqiy qoidalar majmuasi, unda xalq axloqiy kamolotining bosh va asosiy talablari mujassamlashgandir. Bu axloqiy dastur va axloqiy ne’matlar esa hamma vaqt xalq tomonidan vasiyat etib qoldirilgandir.
Diniy e’tiqodlar, g’oyalar va ta’limotlar hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va innovasion jarayonlarning chinakam poydevori bo’lib xizmat qilishini ham alohida e’tirof etish lozim. Iqtisodiy, siyosiy, demokratik islohotlarning moddiy kuchga aylanishi, shubhasiz. Shu faoliyat sohiblari bo’lgan insonlarning halolligi, o’z burchiga sadoqati kabi omilarga ko’p jihatdan bog’liqdir. Shuningdek, bu tizimda xalq va mamlakatning osyishtaligi, ma’naviy barqarorligi ham yaratuvchanlik salohiyatiga ega. Shu ma’noda umuman din va islom dini ham hozirgi zamonda tinchlik, iymon, ehson, poklik, insonparvarlik va vatanparvarlik uchun odamlarni yo’naltiradigan ma’naviy hodisadir.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida insonning fe’l-atvori, odobi, dunyoqarashi va umuman ma’naviy dunyosi milliy va umuminsoniy qadriyatlar ta’sirida shakllanadi. Jumladan, shaxsning nafaqat dunyoviy, shuningdek diniy talab va ko’rsatmalari ruhi bilan sug’orilgan bo’ladi. Fuqarolar, jamoalarning ma’naviy hayoti, ishlab chiqarish faoliyati, o’zligini anglashda diniy qadriyatlarning o’rni ham kam emas. I.A.Karimov ta’kidlaganidek, sharqona islomiy axloq kodeksining ahamiyati orta boradi. Shunday ekan, bugun siyosiy-ijtimoiy hayot haqida gap ketganda dinning, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatidagi ahamiyati orta borishini e’tibordan soqi qilib bo’lmaydi.
Mustaqillik sharoitida din va diniy qadriyatlarning yuqorida qayd etilgan ijobiy jihatlarini e’tirof etish bilan birga, haqiqiy islomiy axloq-odob, islomiy qadriyatlar bilan hyech qanday aloqasi bo’lmagan aqidaparastlik, eksterimizmning



  1. Абул Муҳсин Муҳаммад Боқир Баҳовуддин Балогардон. Т., «Ёзувчи», 1993, 55-б.

16


har qanday ko’rinishiga qarshi murosasiz kurash olib borish har bir fuqaroning burchidir. Holbuki, adolatli, demokratik, fuqarolik jamiyati qurilayotgan hozirgi har qanday shakldagi aqidaparastlik ijtimoiy taraqqiyotimiz yo’lida to’sqinlik qiladi.
Milliy istiqlolimizning ilk qadamlaridanoq dinning jamiyat ma’naviy hayotida tutgan o’rni oqilona tarzda belgilab olindi. Din mamlakatimizda ma’naviy madaniyat fenomeni sifatida e’tirof etildi, dinga va diniy tashkilotlarga munosabat qonun asosida amalga oshirilmoqda. Respublikada qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diiny tashkilotlar to’g’risida»gi Qonun (yangi tahriri 1998)buning dalilidir.
O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitusiyasining 31-moddasida fuqarolarning vijdon erkinligi qonuniy ravishda kafolatlangan. Endilikda kishilarmiz xohlagan biror dinga e’tiqod qilishlari, qonunni buzmagan holda diniy marosim, urf-odatlarini hyech qanday moneliksiz amalga oshirishlari mumkin. I.A.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida…» asarida davlat bilan din o’rtasidagi aloqadorlarning mohiyatini belgilaydigan beshta tamoyil asoslab berilgan.
Bundan tashqari, Qur’oni Karim va Hadisi Sharif kabi muqaddas kitoblar o’zbek tiliga tarjima qilinib nashr etildiki, bulardagi odob – axloq va ma’naviyatga oid ko’rsatmalar ma’naviyatimizni boyitib, tarbiyaviy ishlarimizni olib borishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Islomning axloqiy va ma’naviy ta’limotiga oid bo’lgan «Jomi as-sahiq», «Hidoya», «Mushkot», «Xikmat», «Chor kitob», «Pandnoma» kabi manbalarda insoniylik, ibodatning tartib qoidalari va ularni mukammal bajarishga ko’rsatma berish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng yoritalgan, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan har xil razil xislatlar qattiq qoralanadi, islom ta’limotiga zid bo’lgan fikrlar tozalangan.
Prezident I.A.Karimov mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy mustahkamlash jarayonida ma’naviyatni boyitishning alohida o’rni mavjudligini qayta-qayta uqtirmoqda. Shuningdek, Yurtboshimiz yoshlar ongiga dunyoviy bilimlarni

17


singdirish bilan birga, ming yillar mobaynida sinalgan va yuksak diniy tamoyillar bilan uyg’unlashib ketgan odob-axloq ko’rsatmalari asosida ularni tarbiyalash, kamol toptirish ishiga ham alohida e’tibor berayotganligini qayd etish lozim.
Hozir dinga bo’lgan munosabatimiz ham tubdan o’zgardi. Dinni «inson uchun zararli», «jamiyat taraqqiyotida to’sqinlik qiladi» degan noto’g’ri tushunchalar o’rniga uning ma’naviy madaniyatimizning ajralmas bir qismi bo’lishi, kishilarni barkamollikka, ezgu ishlarga va birdamlikka o’rgatuvchi bir butun dunyoqarash tizimi, turmush tarzi ekanligini ham anglamoqdamiz. Shuning uchun faqatgina bizning respublikasizgina emas, balki butun MDXda ham dinga ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida qarash, dinning jamiyatdagi funksiyalarini chuqur tahlil qilish, uning hayotiyligini xolisona ko’rsatish tamoyili keng yoyilgan.
Necha ming yillar mobaynida insoniyatning ma’naviy – axloqiy va madaniy qiyofasini shakllantirib kelgan jahon dinlari, jumladan islom dini tomonidan ardoqlangan umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar mustaqillik sharoitida kishilarimizning axloqiy tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

18


1.2. Ma’naviy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni
Dinning mohiyati va jamiyat hayotida tutgan o’rni ilohiyot va fanda turlicha talqin etiladi. Ilohiyotshunoslar fikricha – din xudo tomonidan o’z payg’ambarlari orqali bashariyat olamiga joriy qilinishi zarur bo’lgan ilohiy qonunlardir. U azaldan insonning xudo bilan aloqa qilish ehtiyojidir.
Din – tabiat, jamiyat, inson va uning ongini, yashashdan maqsadi hamda taqdirini bevosita qurshab olgan, atrof-muhitdan tashqarida bo’lgan, insonni yaratgan, ayni zamonda unga birdan-bir «to’g’ri», «haqiqat» va «odil» hayot yo’lini ko’rsatadigan va o’rganadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir.
Dunyoviy, ilmiy nuqtai nazar bo’yicha esa din, ijtimoiy – tarixiy hodisa. Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining ma’lum bosqichida paydo bo’lgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Din – muayyan ta’limotlar, his-tuyg’ular, toat – ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo’ladigan, odam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tarzi, uni idrok etishning o’ziga xos usuli. Olamda odamlar jamoasi paydo bo’lganidan to bizgacha o’tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks ettirishdir. Dinning nima ekanligi turlicha izohlansa – da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoqlik tuyg’usidir. Bu tuyg’u insonning eng teran va go’zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Darhaqiqat, «dunyoda dini, ishonchi, ehtiqodi bo’lmagan xalq, elat, millat yo’q. Chunki biron – bir xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror – bir narsaga ishonchsiz yashay olmaydi. Shuning uchun har qanday din jamiyatda ma’lum ijtimoiy, ma’naviy, ruxiy va ko’pgina boshqa vazifalarini bajaradi.
Dinning funksiyalari hozirgi dinshunoslik fanida juda keng turli konsepsiyalarga ko’rsatiladi. Din kishilar hayotida o’z qavmlari uchun to’ldiruvchi, ovutuvchi (kopensatorlik) funksiyani bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj paydo bo’lib turadi. U o’z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat, o’zga insonlar bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida hayotiy ehtiyoji, maqsadlariga yetishishi ilojsiz bo’lib qolganda, unda qandaydir ma’naviy-ruhiy ehtiyojga zarurat sezadi. Shu paytda u xudoga, payg’ambarlar, farishtalar, avliyolar

19


ajdodlarining ruhlariga murojaat» qilib, ishonch bilan ulardan madad so’raydi va ko’nglida «Xudo xohlasa yaxshi bo’ladi, dunyo baumed» deb, o’ziga tasalli beradi, o’zini ruhiy-ma’naviy tinchitadi. Dinning to’ldiruvchanlik funksiyasi uning ijtimoiyligida eng asosiy vazifa hisoblanadi va shu bois din o’tmishda ham, hozirda ham jamiyat a’zolari hayotida mustahkam o’rin egallagan. Shu sababdan dindorlar va dindor bo’lmagan odamlar ham dinning kompensatorlik kuchiga ishonadilar, o’zlariga ma’naviy-ruxiy taskin berib qurbonlik qiladilar, chiroq yoqadilar, muqaddas joylarga ziyoratga boradilar, sadaqa beradilar va hokazo.
Ya’ni din insonlar hayotida ma’naviy-ruhiy kuch, odamlarning irodasini, iymonini baquvvat qiladigan omil sifatida jamiyatda xizmat qiladi.
Hozirgi zamon dinshunoslik fanida dinning kompensatorlik funksiyasini bayon qilishda mutaxassislar har xil yondashib, uni «dushespasitelnaya»1 (ya’ni shaxsga nisbatan «jonni qutqazish» , «najot berish», «ruhni baquvvat qilmoq») ma’nolarida ishlatgan. Dinning bu funksiyasini nemis sosiologi M.Veber «smыslopologayuщaya» (ya’ni «mazmunga ega») deb, uni asosiy va hamma dinlar uchun umumiy sifatida e’tirof etadi. Bu funksiyasi odamni «biroz to’xtab, orqaga nazar tashlash», «hayot mazmuni», «ruhni, jonni qutqazish» haqida uylashga vodor qiladi. Irodasi kuchsiz odamlarga taskin beradi, ularning hayot qiyinchiliklarini yengishga psixoterapevtik vosita bo’lib xizmat qiladi2. Dinni tadqiq etuvchilar uni ma’naviy omil sifatida inson hayotiga mazmun baxsh etadi deb, ta’kid qilganlar masalan, Z.Freyd ta’limotining davomchisi va keyinchalik uni tanqid qiluvchisi Shveysariyalik psixolog K.Yung ham shu mavqyeidan turib, dinning funksiyasini tushuntiradi. Uning fikricha din inson hayotini mazmunli qiladi, uning ko’nglini ochadi, yorug’lik beradi, hayotdan bahramand bo’lishga undaydi, insonni narsalar dunyosi ta’siridan, iste’molchilik hirsidan qutqazadi va bugun ham individlarni kundalik hayotlarida ularni doimo himoya qiladi3. Mualliflar dinning madaniyatga nisbatan funksiyasini – «ma’naviy» deb bayon etganlar. Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini,



  1. Ильин В., А.Кармин, Н.Носович. Религиоведение. Спб, 2008, 35-б.




  1. Ўша жойда. с.-36.




  1. Юнг К.Р.Архитик и символ. М., 1992, с.-81.

20


munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy – siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy-hissiy ta’sir yetkazadi. Butun madaniyatning din zaminida integrasiyasi xususan O’rta asrlarda kuchli ekanligi ma’lum. Shuningdek, G’arbda O’rta asrlarda maktablar cherkov qoshida bo’lgan, kutubxonalar monastirlarda joylashgan eng katta kitoblar xazinasi XII asrdayoq Praga monastirida edi, qo’lyozma kitoblarni monarxlar ko’chirilgan, birinchi slavyan alifbosini monarxlar Kirill va Mifodiylar tuzganlar (IX asr). Birinchi Universitet – Parijda badavlat ruhoniy Sorbonna tomonidan bunyod etilgan. Me’morchilik inshootlarining bezatishida diniy mavzular asosiy o’rin egallagan. Uyg’onish davrining Buyuk rassomlari – Rafael, Mikelanjello, Leonardo da Vinchi, Rembrant, Andriy Rublev va boshqalar diniy binolarning bunyodi va bezashida katta hissa qo’shganlar. Yevropada dastlabki sahna asarlari misteriya va pastorale nomlanib, madaniyati syujetlarni aks etgan. Diniy ibdoat va marosimlarning Yevropada musiqa va qo’shiq aytish bilan o’tkazilishi, ibodatxonalarning haykallar va ikonalar bilan jihozi, musulmonlarning Qur’on qiroati va ibodat qilishdagi chiroyli amallari dindor va g’ayri dindorlarga chuqur ma’naviy-hissiy ta’sir yetkazadi.
Nemis sosiologi M.Veber dinning jamiyatga nisbatan munosabatini deb, «Mirskaya funksiya» bayon qilib, uni uch tipini ko’rsatadi: Birinchidan, dunyoga, hayotga moslashadigan dinlar – konfusiychilik, daosizm; Ikkinchidan, - hayotdan uzoqlashga undaydigan dinlar – hinduizmiylik va buddaviylik; Uchinchidan, - dunyoni o’ziga singdiruvchi dinlar – yahudiylik va nasroniylik. Dinlarning har qaysi tipii hayotiy – dunyoviy funksiyasini o’ziga xos tarzda bajaradi. Ammo bu dinlarning barchasi jamiyatda ijtimoiy tartibni saqlash va tashkillashtirish maqsadida ma’naviy kuch omili bo’lib xizmat qiladi. Yagona e’tiqod kishilarni

21


birlashtiradi1. Islomda bu funksiyani amalda shariat – islom huquqiy – axloqiy kodeksi bajaradi.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu, uning birlashtiruvchiligida (integrasion) funksiyasida namoyon bo’ladi. Har bir din o’ziga e’tiqod qiluvchilarni o’z ta’limotiga amal qilishga undaydi. Ularni o’z ta’limoti doirasida saqlashga harakat qiladi. Har qaysi din hamisha muayyan ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotni o’z ta’sirida tutishga harakat qiladi. Bu ta’sirning muntazamligini ta’minlash maqsadida xalqlarning ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, shuningdek, hatto adabiyoti va san’atiga ham ta’sir o’tkazadi.
Dinning integrasion funksiyasi o’tmishda ham, bugungi kunda ham ko’pgina olimlarning diqqat markazida bo’lib kelgan. Darhaqiqat, har qaysi din unda e’tiqod qiluvchilarni o’zining g’oyalari atrofida birlashtirishga harakat qiladi. Ikkinchidan, zamon talabiga binoan va global muammolar yuzaga kelgani bilan dinlararo integrasiya ham kuchayib bormoqda.
Dinning integrasion funksiyasi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu sifat turli tarixiy davrlarda, har qaysi dinda o’ziga xos tarzda namoyon bo’lgan. Masalan, xristianlik yuzaga kelganda uning g’oyalari atrofida dastaval qullar va kambag’allar o’z ruhiy ehtiyojlarini qondirish uchun muttahid bo’lganlar. Bu integrasion jarayon Rim imperiyasining zodagonlarini ham asta – sekin o’ziga tortgan. Bu hodisaning mohiyatini yaxshi fahmlangan imperator Konstantin 313 yil xristianlikni saltanatning rasmiy davlat dini deb e’lon qilgan, o’zi ham uni qabul qilgan. Xristianlik tufaydi Rim imperiyasi birlashgan va kuchli davlatga aylangan. Keyinchalik O’rta asrlarda ko’pgina yevropa davlatlarida, 988 yili rusda ham xristianlik yagona e’tiqodga aylangan, ya’ni o’zining tub ma’noda integrasion funksiyasini bajargan va bugun ham keng ma’noda bajarib kelmoqda.
Yuqoridagi hodisani islom tarixida ham ko’rish mumkin. Uning vujudga kelishi arafasida og’ir iqlim sharoitida yashovchi arab qabilalari parokandalikni boshdan kechirganlar. Muhammad (s.a.v.) faoliyati tufayli ular yagona xudo Alloh g’oyasi ostida muttahid bo’lganlar.



  1. Ильин В., А.Кармин ва бошқалар. Религиоведение, с.-38.

22


Dinning integrasion funksiyasini tadqiq etib, uning jamiyat hayotida abadiy qolishini bashorat qilgan Fransuz sosiologi E.Dyurkgeym, kapitalizm sivilizasiyasining vujudga kelishiga xristianlikning protestantlik yo’nalishi va uning axloqiy normalari turtki bo’lganini aytgan nemis sosiologi M.Veber katta ilmiy ahamiyatga ega1.
Xristianlikning uchinchi, so’nggi yo’nalishi bo’lgan protestantlik (XVI asr) katolisizmdagi ko’pgina ortiqcha diniy ibodat va ko’rsatmalarini isloh qilib, indulgensiyadan voz kechib, diniy erkinlikni keng joriy etishga muvaffaq bo’ldi. Natijada protestantlikni yoqlaganlarning soni ortib bordi, uning lyuteranlik (Martin Lyuter nomidan), kalvinistik (Djon Kalvin) va anglikanlik cherkovlari vujudga kelib jahon bo’ylab yoyilib ketdi. Protestantlik cherkovlari jamiyatda ro’y berayotgan yangi burjua tartiblarni himoya qilardi va Yevropada Refermasiyaga asos soldi.
Dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni masalasi bilan ko’proq din sosiologiyasi shug’ullanadi. Sosiologiya mavqyeidan turib dinning ijtimoiy funksiyalari tadqiqi etishda din jamiyat hayotining ajralmas tarkibiy qismi, odamlar uchun zarur ma’naviy-axloqiy kuch ekanligi nuqtai nazardan yondashadi, uni ijtimoiy munosabatlarning vujud kelishi va rivojlanishining omili sifatida tushuntiradi2.
Dinning ijtimoiy funksiyasi haqidagi ta’limotni funksiyaanalizm nisbatan faol tadqiq etadi. Uning namoyandalaridan biri sosiolog E.Dyurkgeyn fikricha din odamlarda ularning axloqiy umumiyligini anglashga yordam beradi, jamiyatni barqarorligini ta’minlaydi. Barqarorlik integrasiya asosida dindorlar, dindor bo’lmaganlar, ijtimoi guruhlar, institutlar, uyushmalar ittifoqi va hamkorligining samarasidir.
Darhaqiqat, har bir din aloqa bog’lashlik funksiyasini bajaradi, ya’ni har bir din o’z qavmlarining birligini, jamiyat va shaxsning o’zaro aloqada bo’lishini ta’minlashga intiladi. Bunda u yoki bu dinga e’tiqod qiluvchi kishilarning o’z


  1. Радугин F. Введение в религиоведение. М., «Центр», 2000, с.22.




  1. Ўша жойда. 46-бет.

23


dinidagi boshqa kishilar bilan bog’liqlikda bo’lishi, urf-odat, marosim va bayramlarni, ibodatlarni jamoa bo’lib bajarishi nazarda tutiladi.
Tadqiqotchilar dinning dunyoqarash, falsafiy funksiyasi ham mavjud deb qayd etadilar. Bu vazifa – insonga yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo va narigi dunyo masalalariga o’z munosabatini bildirib turishni o’z ichiga oladi. Bundan tashqari, jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq me’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirilgan va hamma uchun bajarishi majburiy imperativ xulq-atvor qoidasiga aylantirgan.
Dinshunos olim D.M.Ugrinovichning fikricha dinning ijtimoiy roli uning turli davrlarda jamiyatda tutgan o’rni bilan belgilanadi, chunki zamon va jamiyatda sodir bo’ladigan o’zgarishlarda din ta’sirining darajasi va mavqyei turlicha bo’lishi mumkin. O’rta asrlardagi feodal jamiyatida din jamiyat hayotining hamma soholarini o’z ta’siriga tutgan va ijtimoiy munosabatlarda diniy normalarni qonunlashtirilgan. Osiyoning ayrim mamlakatlarida (Eron, Saudiya Arabistoni) din avvalgidek odamlar hayotida mustahkam mavqyega ega. Kishilar xulq-atvori va ijtimoiy institutlar faoliyatida ta’sir yetkazib turadi. Yevropa va Amerika mamlakatlarida esa sekulyarizasiya jarayoni tufayli dinning roli o’zgargan. Din jamiyatning ko’p sohalaridan xoli bo’lgan va faqat kishilar ma’naviy xatti-harakatlarining sababini ifoda etuvchi omildir1.
Taniqli amerikalik faylasuf va sosiolog E.Fromm o’zining «Psixoanaliz va din» nomli asarida dinning ijtimoiy roliga har tomonlama yondashib, uning gumanistik va avtoritar tamoyillariga e’tibor bergan. Birinchisiga dastlabki buddaviylik, daosizm va Isoi Masehning ta’limotini taaluqli deb topgan. Uningcha, Budda xudo emas, balki ulug’ ustozdirkim «Uyg’onib», ison borligining haqiqatini birinchi bo’lib anglagan. U g’ayri tabiiy kuch nomidan emas, balki aql nuqtai nazaridan har bir kishiga murojaat qilib, o’qtiradiki o’z aqlu farosati bilan haqiqatni bilishiga shaxsan intilsin. Shu bois, Nirvana konsepsiyasi ojiz va gunohkor odam holati bo’lmasdan, insonning to’liq uyg’ongan, o’zligini anglagan



  1. Угринович Д.М. Введение в религиоведение. М., 1985, с.-55.

24


holati hisoblanadi. Shuning uchun, buddaviylikda ilohiylikdan ko’ra, insoniylik tamoyillari kuchliroqdir2.
Dinning insonparvarlik (gumanistik) tamoyili yoki funksiyasi, shubhasiz insonni ma’naviy-ruhiy shakllantirish orqali amalga oshadi. Bu jihatdan islom ta’limoti ham o’zining insonparvarlik tamyoili bilan jahon dinlari tizimida alohida mavqyega ega. Islomning gumanistik tamoyili uning muqaddas kitobi Qur’oni Karim va hadisda ifodasini topgan. Islom, uning gumanistik g’oyalari inson va jamiyatni ma’naviy poklanishiga yo’l ochadi. Zero, uning ta’limotida ezgulik va insoniylikka da’vat etuvchi, inson ruhiyatiga ta’sir qiluvchi boy va sermazmun o’gitlar bisyor. Jumladan, Yurtboshimiz I.A.Karimov islom dini haqida bunday deb yozgan edilar: «Islom dini… biz uchun ham imon, ham axloq, ham diyonat, ma’rifat ekanligini unutmaylik. Ana shu ma’rifatni kishilarimiz jon-jon deb qabul qiladilar va yaxshi o’gitlarga amal qiladilar. Mehr – oqibatli, nomusli, oriyatli bo’lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga harakat qiladilar. Din xalq ma’naviyatining, ma’rifatining yuksalishiga katta hissa qo’shib kelgan ekan, bugungi davlatchiligimiz haqida so’z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo, ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e’tiborda tutishimiz kerak»1. Mana shu ma’noda islom dini tarixiga nazar tashlasak, ko’ramizki, «bu dinni anglash, uni tushunish, tushuntirish, targ’ib va pokligini saqlash borasida asrlar mobaynida ko’p-ko’p bahs-munozara va tortishuvlar, hatto jangu-jadallar ham bo’lib o’tganligini ko’ramiz» - deb ta’kidladi I.A.Karimov Imom Motrudiy tavalludining 1130 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda so’zlagan nutqida. Darhaqiqat, islom dinining ta’limoti insonparvarlik mohiyatiga ko’ra, insonning hayoti va taraqqiyotini yaxshilash, poklik sari, adolat sari yo’naltirishda, odamlarni millati, tili, dinidan qat’iy nazar, o’zaro ahil, bahamjihat, mehr-oqibatli bo’lib yashashga da’vat etadi.
Islom dining mintaqamiz xalqlari hayotiga kirib kelishi islom qadriyatlarining odamlar ongi va shuuri, turmush tarzidan o’rin olishi bilan shaxs


  1. Иқтибос юқорида келтирилган А.Радугин китобидан, 57-бет.

25


ma’naviyatining shakllanishi va yuksalishida yangi bosqichni boshlab berdi. Chunki «.. Din o’z mazmuni mohiyati bilan azaldan jamiyat taraqqiyotiga, kishilarning tafakkuri va ma’naviyatiga, shu jamiyatga xolisona xizmat qiladigan ma’naviy komil insonlarni tarbiyalashdek sharafli ishga xizmat qilib kelgan»1.
Qayd qilish joizki jamiyatda integrasion jarayon va barqarorlik, totuvlikni saqlash bilan birga ayrim tarixiy davrlarda jamiyat taraqqiyotining sustlashiga, nizolar kelib chiqishiga, odamlar hayotini xavf ostida qolishiga ham sabab bo’lgan.
Bunga tarixda sodir bo’lgan Salib yurishlari, Fransiyadagi diniy urushlar (XVI) va «Varfolomey kechasi» - gugenotlar (protestantlar) qirg’ini, hinduiylikdagi odamlarni kastalarga bo’linishi, yaxudiylikning yahudiy millatini xudo nazarida tushgan millat deb e’lon qilinishi, shuningdek, hozirgi fundamentalizm va eskterimizmning xavfsizlikka tahdidi kabi hodisalar misol
bo’la oladi. Ammo ravshanki bu harakatlar dinning haqiqiy mohiyati bo’lmasdan, ayrim diniy tashkilotlar va ashaddiy aqidaparastlarning qora niyatilari va manfaatlari bilan bog’liq hodisadir.


  1. asrning oxirgi choragida Markaziy Osiyo xalqlarining siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy va ma’naviy hayotida ulkan o’zgarishlar sodir bo’lib, mustaqil davlatlar

hamdo’stligi vujudga keldi. Bunday sharoitda xalqaro miqyosida dinlarning faollashuvi, ularning siyosiylashib borishi bilan bir qatorda, turli diniy konferensiyalarning insoniyat ma’naviy boyligi ekanligidan foydalanadigan, hokimiyat uchun kurashda qurol sifatida ishlatishga urunuvchi turli diniy haarkatlar yuzaga kela boshladi. Ular o’z g’oyalarini dindorlarga tez singdirish yo’llarini axtarib, ham siyosiy, ham ma’naviy jihatdan turli diniy konfessiyalar o’rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqarish bilan cheklanmasdan, so’iqasd va terror usullarini qo’llanadilar.


O’tgan davr ichida turli ekstremistik diniy uyushmalar milliy xavfsizligimizga, xalqimiz va davlatimiz borqarorligini buzishga harakat qilib ko’rdilar.

1 Уватов У. Иймон нури. Т., «Ёзувчи», 1996, 4-бет

26


Bunday harakatlarni boshqaradigan siyosiy kuchlar, diniy tashkilotlar va ularning missionerlari, guruhlar mavjud bo’lib, goh yashirin, goh oshkora faoliyat ko’rsatadilar. Keyingi yillarda terrorizm va diniy eksterimizm bir-biri bilan qovushib ketdi ham. «Islom bayrog’i ostida ro’y berayotgan hodisalar g’oyat xilma-xil, ko’pqirrali, ba’zan ziddiyatli va hatto qarama-qarshi qutbli ekanligiga qaratmoqchiman», - deb yozadi I.A.Karimov «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida» nomli asarida va shu kabi hodisalarni asl mohiyati va maqsadlarini ko’rsatadi1.

O’zbekiston hukumati terrorchilik va uning diniy eksterimizm shaklidagi noxush hodisalarni o’z vaqtida oldini olish va mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlash maqsadida zaruriy chora tadbirlarni amalga oshirdi2.


O’zbekistonda tashrif buyurgan Amerika Oliy Islom Kengashining raisi Shayx Muhammad Hishom Qabboniy shunday aytgan edi: «… Islom dini birodarlik, mehr-muhabbat va rahmdillik dini bo’lib, terrorchilik buzg’unchilikning har qanday ko’rinishini rad etadi va keskin qoralaydi. Bugungi kunda namoyon bo’layotgan diniy niqobdagi terrorchilik va turli buzg’unchilik xatti-harakatlarini islom nomidan gapirib, yovuz maqsadlarini oqlashga o’rinishdan o’zga narsa emas»3.
Dinning yana bir muhim funksiyasi – bu uning boshqaruv, odamlar o’rtasidagi munosabatlarni, turmush tarzini tartibga solish va nazorat qilishdan iborat. Din axloqiy va normalarga rioya qilishni talab qiladi va dindorlarni yaxshi fazilatli bo’lishga, diyonatli bo’lishga da’vat etadi. Jamiyat, guruh va shaxs ma’naviy hayotining muayayn sohasi bo’lgan din umuminsoniy axloq ma’yorlarini o’ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan va hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalarsiga anlantirgan. Odamning odamlar bilan hamkorlikda, muloqotda, do’st bo’lib yashashiga ko’maklashgan va hamon ko’maklashib kelmoqda. Shuning uchun dinda xususan, jahon dinlari – buddaviylik, xristianlik va islom ta’limotlarida odob-axloq muammolari juda katta o’rin olgan. Bejis emaski keyingi yillar dinshunosligida jahon dinlarini «ma’naviy dinlar» («duxovnыye religii») deb



  1. Каримов И.А. Хавфсизлик ва барқарорлик тараққиѐти йўлида. Т.6, Т.: «Ўзбекистон», 1998, 34-бет.




  1. Ўзбекистон Республикасининг 2000 йил 15 декабрда қабул қилинган «Терроризмга қарши кураш қонуни, 2004 йил 30 апрель мазкур қонунга ўзгартишлар киритди ва 06.07.2004 йил кучга кирди».

  2. «Халқ сўзи» газетаси, 10 октябрь 2000 йил.

27


ataganlar. Shu sababdan din asrlar davomida odamlar ongida ma’naviy qadriyat sifatida singib, jamiyat uchun zarur bo’lgan. Shuning uchun dinni qattiq qilgan. B.Spinoza, dinga umuman ishonmagan buyuk Volter dinni jamiyat va insonlar uchun zarurligini e’tirof etganlar.
Diniy ko’rsatmalar va muqaddas axloqiy qoida va talablar dindorlar tomonidan uzoq yillar davomida yaxlit holda qabul qilindi va jamiyatda odamlar munosabatini tartibga solishga xizmat qilmoqda.
IX asrdan IV asrga qadar tuzilgan «Avesto» diniy mazmunda bo’lishiga qaramay, ma’naviy-axloqiy o’git va tartib qoidalarni bajo keltirishni insonning muqaddas burchi deb e’lon qiladi.
Biroq zardushtiylikda axloqiy tushunchalar insoniy tus berilgan obrazlar shaklida bayon qilinadi. Zardushtiylik ta’limotiga ko’ra «iymonli kishi o’g’rilik va tolonchilikdan, o’zgaralarning mol-mulkiga ko’z olaytirishdan, birovning haqqiga xiyonat qilishdan tikiladigan komil insondir. Tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida ko’proq qayg’uring, ya’ni avvalo ma’naviy dunyoning musaffo bo’lsa, moddiy turmushingiz ham yaxshilanib boraveradi, deydi Ahuramazda o’z o’gitlarida»1.
Zardusht o’z ta’limotida qabilalar o’rtasidagi nizolarning oldini olish, adolat o’rnanish, g’ayriinsoniy urf-odatlarga, qon to’kilishiga yo’l qo’ymaslik kabi illatlarni bartaraf qilish bilan ezgulik ishlarni amalga oshirishni maqsad qilib olgan. «Yaxshi niyat, yaxshi so’z, yaxshi amallar» shioridan ma’lumki zardushtiylik qadim zamondan oliy ma’naviy qadriyatlarni turli xalqlar ongiga singdirib kelmoqda.
Zardushtiylik ta’limotiga binoan dunyoni azaliy ezgulik bag’riga qaytarishning birdan-bir yo’li – bu, pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbidan chiqarib tashlash, iymon – e’tiqodli bo’lish, yetim-yesir va miskinlarga yordam berish hamda yaxshi niyat va yaxshi so’z edi.
Tuproq, suv, havoni bulg’ash, ifloslantirish, eng og’ir gunoh deb belgilangan. Zardushtning xususan, «tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib



  1. Oqmurodov T. Din va hurfikrlilik tarixi. T., «O’qituvchi», 1995, 54-bet.

28


hisoblanishi lozim, - deb o’qtiradi. Bolalarni nafaqat jismonan barkamol, ayni paytda, ma’naviy jihatdan pok, xush axloqli bo’lishi masalasi ham alohida o’rin tutadi. Ma’naviy – axloqiy tarbiyada bolalarning mehnatsevar, kasb-hunar egasi bo’lishiga, mehnatga inson kamoloti va axloqiy sog’lomligining manbai deb qarashga katta urg’u berilgan. Bularsiz inson rohat-farog’at hayot kechira olmaydi., ezgulik va yaxshilik ishlarining sohibi bo’la olmaydi. Ana shu axloqiy tamoyillar bu dinning keng yoyilishiga yo’l ochib berdi.
Zardusht yashagan zamon urug’-qabilachilik munosabatlari yemirilayotgan, uning o’rnida dastlabki davlatchilik asoslari qaror topayotgan davr edi. Biroq mahalliy-qabilaviy diniy e’tiqodlar jamiyat taraqqiyotidagi bu yangi bosqichning to’la qaror topishiga to’sqinlik qilmoqda edi. Bundan tashqari, zardusht yashagan murakkab davrda o’lkaning turli qabilalarini birlashtirish va ularni ilk markazlashgan davlatchilik g’oyasi atrofida uyushtirish ham zaruratga aylangan edi. Bularning barchasi jamiyat uchun yangi mafkuraga muhtojlikni vujudga keltirgan. Bu muhtojlikni hammadan ko’proq donishmand Zardusht anglab yetgan edi. U inqirozdan qutulish, xalqlar, qabilalarni birlashtirib, yagona davlatchilikka erishishning birdan-bir yo’li yangi din bo’lishi zarurligini anglab yetdi.
Zardushtiylik ta’limoti o’zining ezgulik va insonparvarlik g’oyalari tufayli nafaqat O’rta Osiyo va Eron, balki ko’pgina boshqa hududlarga ham yoyildi. Buni taniqli G’arb olimlari e’tirof qilganlar. Jumladan fransuz olimi Jan Dyushe yozadi: «Osiyoning barcha farzandlari ichidan G’arb birinchi o’rinda Zardushtni o’ziga ma’naviy ustoz qilib tanladi. Uning g’oyalari ISO Masih ta’limotidan ilgari Yunonistonni boyitgan ed. Zardushtni Platon ham bilar edi. Budda va Konfusiylarning ovozlari Yevropaga yetib kelishi uchun ko’p vaqtlar kerak bo’ldi. Shu sababli Zardusht G’arbda Qadimgi Osiyoning yagona donishmandi bo’lib qoldi»1.S.F.Oldenburg esa zardushtiylik o’z davrining «eng oqilona dinidir», deb e’tirof etadi, Yu.A.Rapoportning fikricha «Zardushtiylik o’tmish dinlarining eng kuchlilaridandir. Uning buddaviylik, xristianlik va islomga ma’lum darajada ta’siri bor». (yuqoridagi asar, 32-bet) Darhaqiqat, zardushtiylik zamon talabini,



  1. Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 33-bet.

29


odamlarning ma’naviy ehtiyojini to’la qondirgan dinlardan hisoblanadi. Uning ta’limoti kelajakka ishonch bilan qarashni targ’ib etadi va insoniyat tarixida muhim o’ringa ega bo’ldi.
Dinning boshqaruv va jamiyat hayotini tartibga solish (regulyativ) funksiyasi xususan konfusiychilik dinida o’ziga xos tarzda namoyon bo’lib kelgan. Xalqni mavjud tartib-qoidalarni rioya va hurmat qilish ruhida tarbiyalash konfusiychilik dinining asosiy maqsadi edi. Aslida bu falsafiy ta’limot bo’lib, milodning boshlarida uning asosida Xitoyda konfusiychilik dini vujudga keldi1.
Konfusiychilik ta’limoti markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi kabi muammolari turadi. Chunki, jamiyatning qanday bo’lishi insonlar xatti-harakatiga ko’p bog’liqdir. Shu bois Konfusiy kamolotga yetish inson idealini (UZYuN-UZ) yaratgan va birga fuqarolar ana shu ideal insonday bo’lishga intilishi zarur deb hisoblagan. Konfusiy tasavvur etgan ideal inson eng muhimi ikki fazilat-insonparvarlik va o’z burchini his etishga ega bo’lishi lozim edi2. Insonparvarlik deyilganda – odamiylik, rahm-shafqatli bo’lish, o’zaro bir-biriga yordam berishga tayyor turish, kamtarlik, adolatli bo’lish, qadr-qimatni hurmatlash, beg’arazlik, insonlarga mehr-muhabbat kabilar tushunilgan.
Burchni his etish deyilganda esa – bilimga intilish, o’tmish meroslarini, marosimlarini hurmat qilish, sadoqatli, ochiq ko’ngilli bo’lish kabilar tushunilgan. Shuning uchun burchni his etish masalasiga axloqiy majburiyat, deb qaralgan.
Konfusiychilikning ideal inson ta’limoti ayni paytda, o’z ichiga «munosib fuqaro» tushunchasini ham oladi. «Munosib fuqaro» deb, har tomonlama an’anaviy va axloqiy komil inson tushuniladi. Ideal inson to’g’rsidagi ta’limot Xitoy jamiyatining barqarorlashuvida, Xitoy xalqi mentalitetining shakllanishida juda katta ijobiy ta’sir yetkazgan. Bu ta’limotga ko’ra jamiyat barqarorligini, taraqqiyotini faqat axloqli va ma’naviyati yuksak shaxslar ta’minlaydi.


  1. Jo’rayev U., I.Saidjanov. Dunyo dinlari tarixi. 60-бет.




  1. O’sha joyda. 62-бет.

30


Konfusiychilik davlat hokimiyatiga yuqori malakali, o’z vataniga sadoqatli, o’z vazifasini vijdonan bajaradigan amaldorlar zarur deb hisoblaydi.
Konfusiy ta’limotiga binoan davlat ishlarida qabul qilinadigan bo’lajak mansabdorlarning ijtimoiy kelib chiqishinidan qat’iy nazar, birinchi o’rinda qobiliyat va etikasi qo’yilishi zarur hisoblanadi. Konfusiychilik Xitoy xalqining ongiga urf-odatiga, turmush tarziga butun singib ketgan, boshqa qo’shni Janubiy Osiyo mamlakatlariga ham ta’siri bor. Shuning uchun taniqli sharqshuno olim L.S.Vasilyevning Xitoy diniy hayoti, jumladan konfusiychilik integrasion kuchi haqida yozganlariga ko’ra, bu ta’limot yuqori ahamiyatga ega. Unda butun Xitoy xalqining milliy madaniyati, ruhiyati, dunyoqarashi, e’tiqodi jamiyat oldidagi burchi ifodasini topgan. Konfusiychilik ijobiy ta’sirini o’zida singdirgan Uzoq Sharq va Janubiy – Sharqiy Osiyo mamlakatlari bugungi taraqqiyoti darajasi bilan dunyoni hayratga solgan1.
Shuni ham qayd qilish joizki fanda axloqiy qadriyatlar dinniki emas, axloq diniy tasavvurlardan oldin paydo bo’lgan va o’z paydoishi jihatidan insoniy hodisa degan qarashlar ham mavjud. Darhaqiqat, «Ilm-fan axloqqa tarixiy hodisa sifatida qaraydi. Chunki axloqiy tartib-qoidalar minglab yillar davomida insoniyat jamiyatining rivojlanishi insoniy munosabatlarning taraqqiyoti jarayonida yaratildi. Shu bilar birga jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichida tarixiy hodisa sifatida paydo bo’lgan din jamiyatda yuzaga kelgan axloqiy tartib-qoidalarga jiddiy ta’sir ko’rsatadi»2. Har holda mualliflarning e’tirof etilishicha, jamiyat tomonidan qabul qilingan va o’zlashtirilgan, foydali bo’lgan axloqiy tartib-qoidalar, garchi diniy aqida sifatida bo’lsa ham, shu jamiyat hayotidagi ijobiy hodisadir.
Din umuminsoniy va milliy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazish ishiga yordam berib kelgan va bugun ham odamlarga hayotdagi muammo va qiyinchiliklarni yengib o’tishda ruhiy kuch-quvvat bag’ishlab kelmoqda. Din-ming yillardan beri odamlarda ishonch hissini, ertangi kunga umid hissini mustahkamlab kelmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov hozirgi zamonda


  1. Васильев Л.С. История религий Востока. М., 1999, 309-бет.




  1. Бозоров О., А.Худойқулов. Ахлоқий қадриятлар ва ислом, 13-бет.

31


dinning insoniyat hayotidagi ahamiyati haqida bunday degan edilar: «Insoniyat murakkab jarayonni boshidan kechirayotgan hozirgi davrda dinning turli xalqlar o’rtasida muloqot o’rnatish, ularni ma’naviy va jihatdan yaqinlashtirish, zulm va zo’ravonlikka qarshi birgalikda kurashga da’vat etish borasidagi ahamiyati beqiyosdir».
Shundan qilib, ma’naviy-ruhiy qadriyat sifatida dinning jamiyat hayotida tutgan o’rni uning funksiyasi ko’p qirralidir. Inson o’zining tub mohiyati bo’lmish ma’naviyligi bilan o’zga jonzotlardan farq qiladi. Buning uchun insoniyat ma’naviyligining bosh negizi bo’lmish diniy ta’limotning insoniy tamoyillariga nazar tashlashi lozim. Chunki «Din odamzotni hyech qachon yomon yo’lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o’tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam bolasini hushyor bo’lishga, harom yo’llardan uzoq yurishga, yaxshi bo’lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi»1 – deb yozadi I.A.Karimov.


  1. Iqtibos qorida ko’rsatilgan «dunyo dinlari tarixi»dan keltirilgan, 9-b.

32


II BOB. ISLOM DININING ShARQ MA’NAVIY MADANIYaTIDA
Download 74,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish