Sabzavotlarni to’g’ri pishirish
Sitora Sitora
3 yil ago
To’g’ri tayyorlangan sabzavotlar juda mazali bo’lib, ular ajoyib gazak yoki to’laqonli ovqat vazifasini ham bajaradi. Bugun bunday sabzavotlarni pishirishda qanday qilib ularning foydali xususiyatlarini saqlab qolish haqida ma’lumot beramiz.
Agarda siz o’zingiz va yaqinlaringizning salomatligi haqida qayg’ursangiz, unda bilasizki, sabzavotlar har kunlik taomnoma ro’yxatidan albatta joy olishlari shart. Ular organizmni zarur vitamin va mikroelementlar bilan to’yintirib, immunitetni mustahkamlaydi, teri va soch tashqi ko’rinishini yaxshilaydi. Ammo sabzavotlarni bug’da pishirishning o’zi kamlik qiladi, ulardagi vitaminlarni saqlab qolishdagi ba’zi muhim eslatmalarni bilib olishingiz kerak.
Sabzavotlarni to’g’ri qaynatish
Sabzavotlarni ikki xil usulda qaynatish kerak: suv solingan idishda yoki bug’da. Ularning farqi shundaki, bug’da pishirilgan sabzavotlar foydaliroq hisoblanadi. Ikki xil usulda ham sabzavotlarni quyidagicha tayyorlab olamiz:
Sabzavotlarni archish va to’g’rashdan oldin yaxshilab yuvib oling. To’g’ralgan sabzavotlarni yuvish maslahat berilmaydi, chunki yuvish jarayonida undagi vitaminlar suv bilan yuvilib ketadi.
Sabzavotlarni pishirishdan uzoq vaqt oldin tayyorlamang, taxminan 5-10 daqiqa oldinroq tayyorlab qo’ying. Chunki yorug’lik va havo ham sabzavotlardagi ba’zi foydali xususiyatlarga ta’sir qiladi.
Sabzavotlarni butunligicha qoldiring yoki kattaroq bo’laklarga bo’ling. Kesish jarayonida hujayralar buziladi va foydali xususiyatlarini ham tezroq yo’qotadi.
Pishgan sabzavotga quyidagiu sitrus mevalar sharbatidan seping: limon, apelsin, greypfrut. Ularning yordamida sabzavotlarning ayrim foydali xususiyatlari tezroq hazm qilinadi – masalan, temir.
Shuningdek tayyor sabzavotlarga o’simlik yog’idan ham seping. Bu sabzavotdagi karotin, D va K guruh vitaminlarini organizm tezroq o’zlashtirib olishiga yordam beradi. Masalan yog’ surtilgan sabzi va bulg’or qalampiri faqatgina foydaga xizmat qiladi.
Aytgancha, siz sabzavotlarni suvda qaynatib olsangiz, suvning ko’p bo’lmasligiga ahamiyat bering. Aks holda barcha vitamin va minerallar suvga chiqib ketadi.
Sabzavotlarni to’g’ri qovurish
Qovurilgan sabzavotlar mazali, shu bilan birgalikda foydalilik xususiyatini saqlab qolishini xohlasangiz, quyidagi qoidalarni eslab qoling:
Sabzavotlar bir xil vaqtda pishishi uchun, ularni bir xil kattalikda to’g’rab chiqing.
Qovurishda issiqlik bir xilda tarqalishi uchun, qozondan foydalangan ma’qulroq.
Agar sabzavot xomligicha iste’mol qilishga mo’ljallangan bo’lsa, unda biroz qovuring. Agar pishirib iste’mol qilish kerak bo’lsa, unda uzoqroq qovurib oling.
Qizil lavlagi, yashil loviya va selderey yog’ qo’shishni talab qilmaydi. Ularni quruq tovada qovurib olsa ham bo’ladi, tayyor bo’lganidan so’ng esa yog’ solinadi.
Yog’ni ayamang. Albatta, sabzavotlarni yog’ga botirish ham talab qilinmaydi, lekin qizg’anish ham yaramaydi. Birinchidan, biz yuqorida aytib o’tganimizdek yog’ sabzavotlardagi ayrim moddalarni tezroq o’zlashtirsa, ikkinchidan, sabzavotlarning rangin saqlab qoladi. Masalan: kartoshka va baqlajonni.
Tuzini rostlash esizdan chiqmasin. Agarda piyoz tiniq va yumshoq chiqishini istasangiz unga qovurishning boshida tuz seping. Bu piyozni kuyib ketmasligini oldini oladi. Qovoqcha va baqlajonga oldinroq tuz sepib qo’ysangiz, qovurish jarayonida ular kamroq yog’ni o’ziga shimadi.
Sabzavotlarni gaz pechida qizartirib pishirish
Toblatma sabzavotlar o’zgacha ta’m va mazaga ega bo’ladi. Ularni tayyorlab gaz pechiga solasiz va bo’sh vaqtga ega bo’lasiz. Faqatgina quyidagi nozik jihatlarni yodda saqlang:
Sabzavotlarni bir xil kattalikda kesing, shunda ular bir vaqtda tayyor bo’ladi.
Yog’ni ko’p solmang. Qovurishdan farqliroq, sabzavotlarni duxovkada pishirishda faqat qolipni yog’lab oling va sabzavotlarni ustiga biroz seping. Xohishga qarab sabzavot pishgandan so’ng yana yog’ qo’shishingiz mumkin bo’ladi.
Sabzavotlarning orasida yetarlicha joy qoldiring, hunki pishish jarayonida ular bug’ chiqarishadi va buning oqibatida ular juda pishib ketishi mumkin.
Sabzavotlarni 200 C dan past bo’lmagan darajada pishirish kerak. Agar daraja past bo’lsa, sabzavotlar uzoq vaqt davomida pishadi va ezilib ketish ehtimoli kuchayadi. Shunda foydali xususiyatlari ham yo’qoladi.
Sabzavotlarni pishirish jarayonida aralashtirib tursangiz, barcha tomoni bir xil qizarib pishadi. 40 – 45 daqiqa pishiriladigan sabzavotlarni hech bo’lmasa ikki marotaba aralshtiring.
Va, albatta, xushbo’y ziravorlar qo’shishni unutmang. Ular sabzavotlarni yanada mazaliroq qiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |